2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
4
BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN
FOYDALANISH AHAMIYATI
Ravshanova Xafiza Ismatilloyevna
Oqdaryo tumani 42-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Kimyo fani o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13751601
Annotatsiya.
Bugungi zamonaviy ta’limni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Dars mazmunini ochib beruvchi faol usullar ham talabaga ham pedagogga amaliy
ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda. An’anaviy darsdan farqli o‘laroq metodlar dars jarayoniga jon
kiritib, eng muhimi o‘quvchi ongni o‘stirmoqda. Endi talaba sherigining soyasida soyalab emas,
o‘z nuqtai nazarini ommaga etarlicha bayon eta olayapdi. Demakki, interfaol usullar darsning jon
tomiriga aylanmoqda. Maqolada ham ushbu metodlardan namunalar asosida izlanishlar olib
borilib ahamiyati tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
interfaol metod, talaba, seminar, dars, ta’lim-tarbiya.
THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS IN TEACHING BIOLOGY
Abstract.
Today's modern education cannot be imagined without interactive methods.
Active methods that reveal the content of the lesson to both the student and the student is
acting as a practical assistant to the pedagogue. Unlike a traditional lesson, the methods bring
life to the lesson process, and most importantly, the student's mind grows. Now the student is not
shadowing in the shadow of his partner, but his own point of view can tell the public enough.
Therefore, interactive methods are becoming the lifeblood of the lesson. The article is also
based on examples of these methods researches have been carried out and their importance has
been analyzed.
Key words:
interactive method, student, seminar, lesson, education
ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ В
ПРЕПОДАВАНИИ БИОЛОГИИ
Аннотация.
Современное
образование
невозможно
представить
без
интерактивных методов. Активные методы, раскрывающие содержание урока, служат
практическим помощником как ученику, так и учителю. В отличие от традиционного
урока, методы оживляют процесс урока, а главное, развиваются умственные способности
ученика. Теперь студент не таится в тени своего партнера, а способен достойно
изложить свою точку зрения публике. Поэтому интерактивные методы становятся
2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
5
основой урока. В статье на примерах этих методов проводятся исследования и
анализируется их важность.
Ключевые слова:
интерактивный метод, студент, семинар, урок, обучение.
Ma’lumki, barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan
borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Shuni inobatga olib, Interfaol usullarni qo’llash natijasida
o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni
asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari
shakllanib, rivojlanib bormoqda desak yanglishmaymiz.
Xo‘sh, interfaol usullarning qanday ma’noga ega va uning ahamiyati qanday?
Eng avvalo, interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi
faollikni shirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga
yordam berishini anglashimiz lozim.
Demakki, Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish,
o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin
seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik
guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va
boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga
xos ahamiyatga ega. Quyida eng ilg‘or pedagogik interfaol usullardan namuna keltirib tahlil qilar
ekanmiz, bu usullarning amaliy ahamiyati, foydasi to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Akvarium metodi.
Bunda 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo’ylab o’tiradilar. Ular –
«baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o’tiradilar (yoki turadilar). Ular –
«baliq ovchilari». Ichki doira a’zolari («baliqlar») o’qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama
qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron
o’quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo’shimcha qiladilar, savol
beradilar, aniqlashtiradilar.
SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak.
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so’ng ishtirokchilar joylari bilan
almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo’ylab o’tiradilar). Barcha ishtirokchilar
doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanish doiralari. Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi.
2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
6
Afzalliklari. Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni
(masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama
jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e’tibor
jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari.
Muammoni muhokama qilishda barcha o’quvchilar faol ishtirok etish jarayonida bahs-
munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois o’qituvchi yaxshi tayyorlanishi va kuchli
qarama-qarshiliklar paydo bo’lishiga yo’l bermaydigan uslublarni bilishi lozim. Aniq nazorat
bo’lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o’quvchilar undan chiqib qolishlari (jarayonda
ishtirok etmasliklari) mumkin. O’qituvchi muammoni muhokama qilishga barcha o’quvchilarni
jalb qilish usullarini o’ylab chiqishi kerak.
Xulosada avvalo, interfaol metodning an’anaviy metoddan farqli tomonlarini ko‘rib
chiqish lozim.
Birinchidan, darsda barcha mavzular bo’yicha talaba uchun qulay bo’lgan dars turlari
shaklida qo’llaniladi. Interfaolda ayrim mavzular bo’yicha interfaol darsning qulay bo’lgan turlari
shaklida qo’llaniladi.
Ikkinchidan, Dars mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish,
mustahkamlansa, faol metodda dars mavzusi bo’yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni
bayon qilish, himoyalashga o’rgatiladi.
Uchinchidan, o‘qituvchining vazifalari Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash,
nazorat, topshiriqlar berishdan iborat bo‘lsa, noan’anaviyga o‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini
va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab beriladi.
To‘rtinchidan, Darsga tayyorgarlikka dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni
tayyorlash kabi talablar qo‘yilsa, interfaol metodda Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar
uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlanadi. O’quvchilar
tayyorgarligi esa, oldingi dars bo’yicha vazifalarni bajarib kelish talablari berilsa, yangi metodda
yangi dars mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish talabi
qo‘yiladi.
Interfaol usullarda vaqt talabi dars vaqtining ko’p qismi o’quvchilarning mustaqil
topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o’z xulosalarini bayon qilishi va
himoyalashiga sarflanishi bilan belgilansa, an’anaviy ta’limda dars vaqtining ko’p qismi
o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi,
o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.
2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
7
Darsning modul va algoritmlaridan an’anaviy ta’limda har bir o’qituvchi o’zi qo’llayotgan
metodga muvofiq foydalansa, noan’anaviy ta’limda har bir dars oldindan tayyorlangan modullar
va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o’tkaziladi. O’quvchilardan talab qilinadigan faollik
darajasi noan’anaviy ta’limda O’qituvchi ham, o’quvchilar ham har tomonlama faol. Hamkorlik,
hamijodkorlik shakllari: o’qituvchi-o’quvchi; o’quvchi-o’quvchi; o’quvchi-kichik guruh; kichik
guruh-kichik guruh; o’quvchi-o’qituvchi; kichik guruh-o’qituvchi; guruh-o’qituvchi shaklida
bo‘lsa, an’anaviy ta’limda O’qituvchi har tomonlama faol, o’quvchilar diqqatni jamlash,
tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo’yicha faol. Muloqot shakllari: o’qituvchi-guruh;
o’qituvchi-o’quvchi; o’quvchi-o’quvchi; o’quvchi-o’qituvchi; guruh-o’qituvchi; shaklda bo‘ladi.
Beshinchidan, bilimlarni o’zlashtirishning asosiy usullari an’anaviy ta’limda muloqot,
muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa, noan’anaviy
ta’limda muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil
tarzda namoyon bo‘ladi.
Noan’anaviy ta’limda mashg’ulot shakllarining ham ahamiyati boshqacha, ya’ni unda
ma’ruza, guruh yoki juft bo’lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar
olib boriladi.
Eng muhimi noan’anaviy ta’limda mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’z fikr, xulosalarini
shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish kabi kutilgan natijalarga erishiladi.
REFERENCES
1.
N.M.Abdurahmonova. Biologiya fanini o‘qitishda innovatsion ta’limning afzalliklari va
uning imkoniyatlari. 1-3 betlar.
2.
N.Reyimbayeva. Biologiya fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning amaliy
ahamiyati. https://megaline.uz
3.
D.R.Iminova Biologiya darslarida o‘yinli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. 19-20
betlar.
4.
https://www.conferences.uz
