PROFESSIONAL YURIDIK TA’LIM - INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING YANGI BOSQICHI

Annotasiya

Ushbu maqolada uzluksiz professional ta’lim ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanganligi sababli ham xorijda sinovdan o‘tgan ta’limning jozibadorligini ta’minlash prinsiplari amaliyotga joriy etilishi yoritilgan. Ushbu maqolada professional ta’lim - mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy vositalari hamda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyati, bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrovi, ularning bandlik masalasi, o‘quv jarayonlariga zamonaniy axborot texnologiyalarni qo‘llanishi, shuningdek rivojlangan xorijiy davlatlarining tajribasi hamda ularni professional ta’lim muassasalariga tadbiq etishga oid masalalar tahlil qilingan hamda bu borada tegishli takliflar ilgari surilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jalilov, N. (2024). PROFESSIONAL YURIDIK TA’LIM - INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING YANGI BOSQICHI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(8), 4–7. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36392
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada uzluksiz professional ta’lim ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanganligi sababli ham xorijda sinovdan o‘tgan ta’limning jozibadorligini ta’minlash prinsiplari amaliyotga joriy etilishi yoritilgan. Ushbu maqolada professional ta’lim - mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy vositalari hamda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyati, bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrovi, ularning bandlik masalasi, o‘quv jarayonlariga zamonaniy axborot texnologiyalarni qo‘llanishi, shuningdek rivojlangan xorijiy davlatlarining tajribasi hamda ularni professional ta’lim muassasalariga tadbiq etishga oid masalalar tahlil qilingan hamda bu borada tegishli takliflar ilgari surilgan.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

4

PROFESSIONAL YURIDIK TA’LIM - INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING YANGI

BOSQICHI

Jalilov Nodirbek Komil o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.13250781

Annotatsiya.

Ushbu maqolada uzluksiz professional ta’lim ixtiyoriylik tamoyiliga

asoslanganligi sababli ham xorijda sinovdan o‘tgan ta’limning jozibadorligini ta’minlash

prinsiplari amaliyotga joriy etilishi yoritilgan. Ushbu maqolada professional ta’lim -

mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy vositalari hamda Adliya vazirligi yuridik

texnikumlari faoliyati, bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrovi, ularning bandlik masalasi,

o‘quv jarayonlariga zamonaniy axborot texnologiyalarni qo‘llanishi, shuningdek rivojlangan

xorijiy davlatlarining tajribasi hamda ularni professional ta’lim muassasalariga tadbiq etishga

oid masalalar tahlil qilingan hamda bu borada tegishli takliflar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar:

professional ta’lim, yuridik texnikum, istiqbol, xorijiy tajriba, integratsiya,

bandlik, yangicha yondashuv, innovatsion hamda raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari,

zamonaniy axborot-texnologiyalarni,

ta’lim tizimi, bakalavriat.

PROFESSIONAL LEGAL EDUCATION - NEW LEVEL OF INNOVATIVE

EDUCATION SYSTEM

Abstract.

In this article, due to the fact that continuous professional education is based on

the principle of voluntariness, the implementation of the principles of ensuring the attractiveness

of education tested abroad is highlighted. In this article, professional education is the main means

of preparing specialists for professional activities, as well as the activities of legal technical

schools of the Ministry of Justice, the coverage of graduates with higher education, their

employment, the use of modern information technologies in educational processes, as well as the

experience of developed foreign countries and their issues related to application to professional

educational institutions were analyzed and appropriate proposals were put forward in this regard.

Key words:

professional education, legal technical school, perspective, foreign experience,

integration, employment, new approach, innovative and digitized educational technologies,

modern information technologies, education system, bachelor's degree.

ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ ЮРИДИЧЕСКОЕ ОБРАЗОВАНИЕ – НОВЫЙ УРОВЕНЬ

ИННОВАЦИОННОЙ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В

данной

статье

реализация

принципов

обеспечения

привлекательности образования, апробированных за рубежом, объясняется тем, что


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

5

непрерывное профессиональное образование основано на принципе добровольности. В

данной статье профессиональное образование является основным средством подготовки

специалистов к профессиональной деятельности, а также деятельность юридических

техникумов Министерства юстиции, охват выпускников высшим образованием, их

трудоустройство, использование современных информационных технологий в

Проанализированы образовательные процессы, а также опыт развитых зарубежных

стран и их вопросы, связанные с применением в профессиональных учебных заведениях, и

выдвинуты соответствующие предложения в этой связи.

Ключевые слова:

профессиональное образование, юридический техникум,

перспектива, зарубежный опыт, интеграция, трудоустройство, новый подход,

инновационные и цифровые образовательные технологии, современные информационные

технологии, система образования, бакалавриат.

Bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash,

ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog‘liqdir.

Barchamizga ma’lumki, XXI asr boshlarida kеchayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,

dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni

shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta’lim tizimida tub islohotlar qilishni talab etayapti desak

mubolag’a bo’lmaydi. Xozirgi kunda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning moddiy

texnik bazasi mustaxkamlanib, ta’lim sifati yuqori bosqichga ko’tarilib borilayotgan bir vaqtda

pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimi ham yo’lga qo’yildi.

Yangi O‘zbekiston sharoitida demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini

shakllantirish yo‘lida inson iqtisodiy va siyosiy hayotning faol sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Bu esa, o‘z navbatida, yosh avlodni butun hayoti davomida o‘rganish va ta’lim olish qobiliyati

bilan qurollantirish zarurligini ko‘rsatadi. Uzluksiz ta’lim ijodiy, ijtimoiy faol hamda ma’naviy

boy shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’limning yagona

tizimida esa, maktabga tayyorgarlik muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF‒80-son “Maʼmuriy

islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda

ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ishlab chiqilgan.

Ushbu Farmonga asosan, Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 4 ta malaka

oshirish markazlari birlashtirilib, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

instituti tashkil etilmoqda;


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

6

TDYU hamda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida adliya

faoliyati sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan taʼminlanadi;

huquqni qo‘llash sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish hamda huquqiy

muammolarni joyiga chiqqan holda ilmiy tadqiq qilish tizimi joriy etiladi;

Namangan va Samarqandda yuridik litseylar tashkil etiladi;

2 080 ta maktabda “Huquq sinfi” va huquq fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini

tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi

joriy etiladi1.

Shu o‘rinda aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik

texnikumlari (keyingi o‘rinlarda – yuridik texnikum) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada

takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3666-son qaroriga muvofiq

tashkil etilgan.

Bugungi kunda yuridik texnikumlarda jami 5077 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

Yuridik texnikumlarda Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit

Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida «yurisprudensiya» mutaxssisligi bo‘yicha

malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqiladi.

Belgilansinki, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda

ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni

shakllantirishga qaratilgan «Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz

yoshlar bilan» g‘oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat

yuridik universiteti va yuridik texnikumlar:

yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish,

ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini

kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishga;

adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali

«Tengdoshimga huquqiy yordam» tadbirlarini o‘tkazib borishga;

huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan

hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo‘yicha amaliy

tadbirlarni tashkil qilishga;

1

https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidentining-2024-yil-24


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

7

yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik

maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o‘quv kurslarini joriy etishga;

ta’lim muassasalarida «Huquqiy bilimlar oyligi»ni o‘tkazib borish va yoshlarning huquqiy

bilim olishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va

tanlovlarni tashkil qilishga mas’ul hisoblanadi

2

.

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning

huquqiy maqomini oshirish, ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish borasida keng ko‘lamli

ishlar olib borilmoqda.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini

yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son

qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida

adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham

boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni.

5.

https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidentining-2024-yil-24.

6.

O‘G‘Li, J. N. K. (2023). YANGI O ‘ZBEKISTONNING SHAROITIDA ADLIYA

VAZIRLIGI YURIDIK TEXNIKUMLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

MASALALARI. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 136-141.

7.

O‘G‘Li, J. N. K. (2023). HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI

PROFILAKTIKASINING USUL VA SHAKLLARI. Ta’lim fidoyilari, 12, 99-105.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.05.2024 yildagi PF-80-son

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni.

https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidentining-2024-yil-24.

O‘G‘Li, J. N. K. (2023). YANGI O ‘ZBEKISTONNING SHAROITIDA ADLIYA VAZIRLIGI YURIDIK TEXNIKUMLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 136-141.

O‘G‘Li, J. N. K. (2023). HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKASINING USUL VA SHAKLLARI. Ta’lim fidoyilari, 12, 99-105.