PO‘LATXON QO‘ZG‘OLONI BOSHLANISHI UCHUN SHAROITLAR VA XALQ TOMONIDAN QO‘LLAB - QUVVATLANISHI

Annotasiya

Ushbu maqolada biz 1870 – yillarga kelganda Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvolni bir qator tadqiqotlar asosida taxlil etamiz. Bu davrda xonlik hududi ancha qisqarib ketgan, xazinaga tushadigan daromadlar ham kamaygan edi. Xazinani to‘ldirish uchun esa, og‘ir va xilma-xil soliq va majburiyatlar joriy etilardi. Qo‘qon xonligi Rossiya tomonidan egallana boshlangandan so‘ng, aholining ahvoli kundan-kunga yana ham og‘irlashib bordi. Xalqdan keragidan ortiq narsalar talab etila boshlandi. Bosqinchilar zulmi ostida qolgan xalqning hayoti og‘irlashib ketishi, soliqlarning ko‘payib borishi, qimmatchilik va ocharchilikning avj olishi, amaldorlarga nisbatan nafratning oshib borishi esa, xalqning qo‘llariga qurol olib, o‘z ozodliklari, erklari uchun kurashishiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan xalq harakatlaridan biri bo‘lgan Po‘latxon qo‘zg‘oloni shu tarzda boshlandi. Ammo bu qo‘zg‘olonga baho berishda shu kunga qadar tarixchi olimlar o‘rtasida hamfikrlik yo‘q. Birlari uni “xalq harakati” desa, ikkinchilari “reaktsion harakat”, uchinchilari “milliy ozodlik kurashi”, boshqalari esa “o‘zaro feodal urush” deb ataydilar.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Juliboyev, A. (2024). PO‘LATXON QO‘ZG‘OLONI BOSHLANISHI UCHUN SHAROITLAR VA XALQ TOMONIDAN QO‘LLAB - QUVVATLANISHI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(7). Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36272
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada biz 1870 – yillarga kelganda Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvolni bir qator tadqiqotlar asosida taxlil etamiz. Bu davrda xonlik hududi ancha qisqarib ketgan, xazinaga tushadigan daromadlar ham kamaygan edi. Xazinani to‘ldirish uchun esa, og‘ir va xilma-xil soliq va majburiyatlar joriy etilardi. Qo‘qon xonligi Rossiya tomonidan egallana boshlangandan so‘ng, aholining ahvoli kundan-kunga yana ham og‘irlashib bordi. Xalqdan keragidan ortiq narsalar talab etila boshlandi. Bosqinchilar zulmi ostida qolgan xalqning hayoti og‘irlashib ketishi, soliqlarning ko‘payib borishi, qimmatchilik va ocharchilikning avj olishi, amaldorlarga nisbatan nafratning oshib borishi esa, xalqning qo‘llariga qurol olib, o‘z ozodliklari, erklari uchun kurashishiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan xalq harakatlaridan biri bo‘lgan Po‘latxon qo‘zg‘oloni shu tarzda boshlandi. Ammo bu qo‘zg‘olonga baho berishda shu kunga qadar tarixchi olimlar o‘rtasida hamfikrlik yo‘q. Birlari uni “xalq harakati” desa, ikkinchilari “reaktsion harakat”, uchinchilari “milliy ozodlik kurashi”, boshqalari esa “o‘zaro feodal urush” deb ataydilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

302

PO‘LATXON QO‘ZG‘OLONI BOSHLANISHI UCHUN SHAROITLAR VA XALQ

TOMONIDAN QO‘LLAB

-

QUVVATLANISHI

Juliboyev Alimardon Abdulmajid o‘g‘li

QDPI Tarix fakulteti Tarix ta’lim yo‘nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13133355

Annotatsiya.

Ushbu maqolada biz 1870 – yillarga kelganda Qo‘qon xonligidagi siyosiy

jarayonlar hamda ichki ahvolni bir qator tadqiqotlar asosida taxlil etamiz. Bu davrda xonlik
hududi ancha qisqarib ketgan, xazinaga tushadigan daromadlar ham kamaygan edi. Xazinani
to‘ldirish uchun esa, og‘ir va xilma-xil soliq va majburiyatlar joriy etilardi. Qo‘qon xonligi
Rossiya tomonidan egallana boshlangandan so‘ng, aholining ahvoli kundan-kunga yana ham
og‘irlashib bordi. Xalqdan keragidan ortiq narsalar talab etila boshlandi. Bosqinchilar zulmi
ostida qolgan xalqning hayoti og‘irlashib ketishi, soliqlarning ko‘payib borishi, qimmatchilik va
ocharchilikning avj olishi, amaldorlarga nisbatan nafratning oshib borishi esa, xalqning
qo‘llariga qurol olib, o‘z ozodliklari, erklari uchun kurashishiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyo
tarixida eng uzoq davom etgan xalq harakatlaridan biri bo‘lgan Po‘latxon qo‘zg‘oloni shu tarzda
boshlandi. Ammo bu qo‘zg‘olonga baho berishda shu kunga qadar tarixchi olimlar o‘rtasida
hamfikrlik yo‘q. Birlari uni “xalq harakati” desa, ikkinchilari “reaktsion harakat”, uchinchilari
“milliy ozodlik kurashi”, boshqalari esa “o‘zaro feodal urush” deb ataydilar.

Kalit so‘zlar:

Po‘latxon, xalq xarakatlari, soliqlar, Qo‘qon xonligi, qirg‘izlar.

CONDITIONS AND POPULATION SUPPORT FOR THE START OF THE STEEL

REVOLT

Abstract.

In this article, we analyze the political processes and the internal situation in the

Kokhan Khanate in the 1870s based on a number of studies. During this period, the territory of
the khanate was much reduced, and the revenues to the treasury were also reduced. To fill the
treasury, heavy and various taxes and duties were introduced. After the occupation of the Kokan
Khanate by Russia, the situation of the population became worse day by day. More things were
demanded from the people. The life of the people under the tyranny of the conquerors became
more difficult, taxes increased, inflation and hunger increased, and hatred for the officials
increased, which caused the people to take up arms and fight for their freedom and liberties. This
is how the Polat Khan Uprising, one of the longest-lasting popular movements in the history of
Central Asia, began. However, there is no consensus among historians in the assessment of this
uprising. Some call it "people's movement", others "reactionary movement", still others "national
liberation struggle", and others "inter-feudal war".

Key words:

Polat Khan, people's movements, taxes, Kokan Khanate, Kyrgyz.

УСЛОВИЯ И ПОДДЕРЖКА НАСЕЛЕНИЯ ДЛЯ НАЧАЛА СТАЛЬНОГО

ВОССТАНОВЛЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье на основе ряда исследований анализируются

политические процессы и внутренняя ситуация в Коканском ханстве в 1870-е годы. За
этот период территория ханства значительно сократилась, сократились и поступления
в казну. Для наполнения казны были введены тяжелые и разнообразные налоги и
повинности. После оккупации Коканского ханства Россией положение населения день ото
дня ухудшалось. От народа требовалось больше вещей. Жизнь народа под тиранией


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

303

завоевателей усложнилась, увеличились налоги, увеличилась инфляция и голод, усилилась
ненависть к чиновникам, что заставило народ взяться за оружие и бороться за свою
свободу и вольности. Так началось восстание Полат-хана, одно из самых
продолжительных народных движений в истории Центральной Азии. Однако среди
историков нет единого мнения в оценке этого восстания. Одни называют его «народным
движением», другие «реакционным движением», третьи «национально-освободительной
борьбой», третьи «межфеодальной войной».

Ключевые слова:

Полат-хан, народные движения, налоги, Коканское ханство,

киргизы.

Rossiya hukumati XIX asrning 60 – yillaridan e’tiboran O‘rta Osiyoga harbiy xarakatlarni

boshladi. 1862 - yil kuzida Qo‘qon xonligiga qarashli Pishpak va To‘qmoq qal’alarini rus
qo‘shinlari egallaydi. 1864 - yil bahorida Sibir va Sirdaryo liniyalari birlashtirildi.

Bu joylardan polkovnik M. Chernyaev va polkovnik N. Verovkin boshchiligida ikki rus

otryadi jo‘natiladi. Rus qo‘shinlari Avliyo ota va Turkistonni zabt etadi. M. Chernyaev Rossiya
tarafdorlari yordami bilan Toshkentni ixtiyoriy ravishda bo‘ysundirishga xarakat qiladi.

Ammo, Toshkentning hamma aholisi Rossiyaga bo‘ysunish fikrida emas edi. Shuning

uchun ham Chernyaev 1865 - yil iyun oyida Toshkentga hujum qilib, uni bosib oladi. 1865 - yil
avgustda esa, Toshkent rasmiy sur’atda Rossiya imperiyasi mustamlakasi deb e’lon qilinadi.

Qo‘qon xonligining Turkiston, Chimkent, Toshkent va boshqa shaharlarini bosib olgan

chor istilochilari bu hududlami Rossiya tasarrufiga kiritib oladilar va rasmiy “qonunlashtirib” ham
qo‘yadilar. 1868 - yil 13 - fevral kuni Turkiston general-gubernatorligi bilan Qo‘qon xonligi
o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Bu kelishuv, o‘z mohiyati bilan, Qo‘qon xonligi uchun nihoyatda
og‘ir, sharmandali shartnoma edi

1

. Rossiya hukumati tazyiqi ostida, Rossiyaning manfaatlarini

ko‘zlab tuzilgan bu shartnomadan xonlikning butun xalqi qoniqmadi. O‘sha paytda xalq orasida
xon va uning gumashtalari Qo‘qon xonligini chor Rossiyasiga sotmoqchi, degan fikrlar ham keng
tarqalgan edi. Uning zamondoshlarining guvohlik berishicha, Xudoyorxon so‘nggi o‘n yillik
(1865-1875) xukmdorligida o‘z xalqini mislsiz taladi, bu davr o‘g‘rilik va qotillikga to‘la davr
edi. Shu davr tarixchisi bo‘lgan va tarixini yozgan Muhammad Aziz Marg‘iloniy o‘z asarida
Xudoyorxonning so‘nggi safari haqida shunday yozadi: “Yana taxtga o‘tirsam hammaga teng
podsho bo‘laman, birini biridan farq etmayman” deb parvardigorga shart va va’da qilgan ekan”

2

.

Xudoyorxonning ayshu-ishratga mukkasidan ketib, xalq, Vatan manfaatini chet el

bosqinchisi oyog‘i ostiga tashlaganini esa shunday tasvirlaydi: “O‘rusiya bilan urushmayman. Boji
xiroj berib turishni xohlayman. Pulni ko‘paytirsam bo‘lar ekan. Boshqa tomondan keladigan yov
yo‘q.

Boxuzur ayshu ishrat qilib yotaman”, deb muqarrar qilibdi

3

. Molu dunyoga haddan ziyoda

hirs qo‘ygan va xazinasini boyitish uchun ko‘p soliqlar solgan.

1

O‘zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachiligi davrida) 1-kitob / Mas’ul muharrir N. Abduazizova. - Т.:

“Sharq”, 2011. - B. 182.

2

Muhammad Aziz Marg‘iloniy. Tarixi Aziziy (Farg‘ona chor mustamlakasi davrida). Nashrga tayyorlovchilar:

Shodmon Vohidov, Dilorom Sangirova. Т.: “Ma‘naviyat”, 1999, - B. 14.

3

O‘sha joyda. – B. 14.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

304

Xudoyorxonning mana shunday ishlari va razil axloqi xalq, beklar, sipohiylar, boylar va

ulamolaming noroziligini keltirib chiqargan. Xudoyorxonning majburiy yo‘llar bilan soliq to‘plab,
katta boylik orttirgani, hatto, o‘lkani istilo qilgan rus mustamlakachilarining asarlarida ham o‘z
aksini topgan: “Soliqqa tortiladigan mollarning turlari juda ko‘p bolib, ular imkoni boricha barcha
narsalardan olinib, xalq tom ma’noda shilingan. Hatto kambag‘allar keltirib sotadigan qamish
shox-shibba, yantoq va shunga o‘xshash narsalardan ham soliq undirilgan.

Keyingi vaqtlarda tog‘lardan ariqlar orqali oqib keladigan suvga ham soliq solingan. Faqat

nafas olinayotgan havodan soliq olinmagan xolos. Bu hol xonga qarshi norozilikning asosiy
omillaridan biri boigan edi”. Oqibatda mamlakatda g‘alayonlar boshlandi. Xalq bundan norozi
bo‘lib 1871 - yili So‘xda g‘alayon ko‘taradi. Xon uni osongina tinchitadi. Lekin bundan o‘ziga
saboq olmaydi. O‘sha kezlarda Qo‘qon xonligida yana bir muhim hodisa – Po‘latxon qo‘zg‘oloni
sodir bo‘ladi. Bu hodisa ruslar tomonidan xonlikning tugatilishi va uning hududlari Rossiyaga
qo‘shib olinishini tezlashtiradi. 1873 - yilining bahorida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi.

Bu mashhur Po‘latxon qo‘zg‘aloni edi. Bu qo‘zg‘alon 1875 - yilning 7 - avgustida milliy

ozodlik kurashiga aylanib ketadi. Mirzo Olim Mushrifning (Ansob us-salotin va tavorix ul-
havoqin) asarida shunday ma’lumot bor: “Abdurahmon Oftobachini qo‘shub, ko‘p askar birla
buyurdi. Bular borib urushub qirg‘izlarni qochurdilar. Qirg‘izlar parishon bo‘lub ketdilar. Bir
necha biylar, chunonchi, Umarbek, Abdurahmon shayton, Qoraqushbiy va Sulaymon o‘g‘ri va bir
necha qirg‘iz biylar birla qolga tushti, ko‘p obro‘ birla kelib xonni ko‘rub, muloqot qilib, duo
ayladilar. Filjumla, xotirjam bo‘ldilar. Ersa Musulmonqul degan qirg‘iz qipchoq urushdan qochub,
bir necha qirg‘izlar maslahat aylab xonzoda topmoq uchun Buxoro tarafiga borib, Po‘latxon valadi
Murodxonni oldiga borib vasvasa qilib ekan. Urganjg‘a, Muhammad Alixon o‘g‘li
Muzaffarxonnmg oldiga borib, necha kun turub vasvasa qildikim, xon qilib, ota taxtiga
o‘lturmoqqa fotiha o‘qubmiz, sizga buyurdilar, hamma xaloyiq sizga muntazir turubdirlar, debdi.

Muzaffarxon aytdikim: “Sizga qirg‘iz xalqini e’tiborlaring yo‘q turur. Qalandarxon akamni

ham olib borib, Murg‘zor qishloqda o‘ldurub qo‘ydinglar. Alhamdululloh yovhat bahuzur” deb
qabul qilmadi. Musulmonqul noiloj qaytib Toshkentga keldi, ersa Muhsinboyning o‘g‘li mullo
Abdulmo‘minning hovlisiga qo‘nub erdi. Anda bir mulla Ishoq degan qirg‘iz bala Mazang degan
mavze’da nosfurushlik qilur ekan. Azbaroyi nos olmoqqa kelgan ekan.

Abdulmo‘min mazkur aytdikim: “Ey ahmoq qirg‘iz, shul qirg‘iz balani Po‘ladxon deb olib

borg‘il. Ish saranjom topganda, bir xon topilur”, dedi ersa ma’qul bo‘lib, o‘shal qirg‘iz balani olib
Obliq ustidin oshib Chust ustiga kelib, qo‘shung‘a qo‘shuldi. Qirg‘izlar hursand bo‘lub, shodiyona
qo‘ydilar, oq kigizga solib xon ko‘tardilar”

4

. Po‘latxon

5

1844 – yilda Marg‘ilon shahriga yaqin

Uhna degan qishloqda istiqomat qiluvchi Bo‘ston qabilasiga mansub oilada tug‘ilgan va otasi
Marg‘ilondagi Oqmadrasada mudarrislik qilgan. O‘zi Qo‘qondagi Tunqator madrasasida o‘qigan.

Andijondagi masjidda imomlik qilgan, savdogarlik, nosfurushlik bilan ham shug‘ullangan.
Toshkentga kelib, Abdulmo‘min otaliq bilan tanishgach, shu yerda vaqtincha yashab

qoladi. 1872 - yili Sher dodxoh boshliq bir guruh qo‘qonliklar Samarqandda istiqomat qilayotgan

4

Mirzo Olim Mushrif. Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqin: “Sultonlar nasabi va xoqonlar tarixi” (Qo‘qon xonligi

tarixi) (Nashrga tayyorlovchi: A. Matg‘oziev, M. Usmonova; So‘zboshi muallifi A. Matg‘oziev)T.: G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti 1995, -B. 80-81.

5

Ishoq Hasan o‘g‘li (1844 – 1876 – yillar. Marg‘ilon).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

305

Po‘latbekni (Olimxonnnng nevarasi) Qo‘qonga taklif qilib, uni xon qilib ko‘tarishga va’da
qilishadi. Lekin, Po‘latbek bu taklifni rad etadi. Shundan so‘ng qo‘qonliklar Toshkentga kelib,
Abdulmo‘min otaliq bilan uchrashganlar. Ularning iltimosiga ko‘ra, Ishoq Hasan “Po‘latxon”
nomi bilan fitnachilar va hokimiyat uchun kurashayotgan qirig‘izlar qo‘zg‘oloniga boshchilik
qilishga rozi bo‘lgan va Namanganga (Koson)

6

kelib qo‘zg‘olonga rahbarlik qila boshlagan.

Uning tomoniga Xudoyorxon siyosatidan norozi bo‘lgan yirik boylar, qabila zodagonlari

va harbiylar, hatto Xudoyorxonning o‘g‘li va boshqa qarindoshlari ham o‘tgan. 1873 - yilda
qirg‘izlar “Po‘latxon”ni Qo‘qon xoni deb e’lon qilgan edilar. Ammo, Xudoyorxon Toshkentga
qochgandan keyin Abdurahmon oftobachi Nasriddinbekni xon deb e’lon qilib taxtga o‘tqizgan.

Shu sababli “Po‘latxon” Abdurahmon oftobachi va Nasriddinxonlarga qarshi kurashni

boshlab yuboradi. Oqibatda, Qo‘qon xonligida ikki hokimiyatchilik paydo bo‘ladi. Buning oldini
olib, kuchlarni birlashtirish maqsadida Abdurahmon oftobachi 1875 - yil 7 - avgustida Chor
Rossiyasi mustamlakachilariga qarshi g‘azavot e’lon qiladi va xalq ozodlik harakatini boshlab
yuboradi. “Po‘latxon” bu harakatni qo‘llab quvvatlaydi, ammo qo‘shinini jangga olib kirmaydi.

1875 - yil 23 - avgustida Mahram qal’asi ostonasida ruslar bilan Abdurahmon

oftobachining qo‘shini o‘rtasida qattiq jang bo‘ladi.

Qo‘qonliklar mag‘lubiyatga uchraydi. K. P. Kaufman qo‘zg‘olonchilarni birin - ketin tor -

mor etib, Qo‘qon, Marg‘ilon va O‘shni jangsiz bosib olgan. 1875 – yil 22 - sentyabrda Kaufman
Marg‘ilon shahriga Nasriddinxonni taklif qilib, aholi uchun juda og‘ir bo‘lgan shartnomaga imzo
chektiradi. Natijada, aholi Nasriddinxonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Nasriddinxon Toshkentga
qochishga majbur bo‘ladi. “Po‘latxon” rasman Qo‘qon xoni deb e’lon qilinadi. Abdurahmon
oftobachi ham uni tan oladi. “Po‘latxon” bilan yarashib harbiy kuchlarini birlashtiradi. Rus
askarlari bilan bo‘lgan janglarda kuchlar teng bo‘lmagani natijasida “Po‘latxon” mag‘lubiyatga
uchraydi. 1876 - yil 1 - martda Marg‘ilon shahrida dorga osib o‘ldiriladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Qo‘qonda kechgan janglarda yengilgan soxta Po‘latxon

Marg‘ilon yaqinida ruslar qo‘liga tushadi. Uni xalqning ko‘z o‘ngida dorga osishadi. Haydarbek
Bobobekovning yozishicha, soxta Po‘latxon – Mulla Ishoq o‘ldirilganda 33 yoshda bo‘lgan. Shu
tariqa Qo‘qon xonligi tugatiladi. Uning o‘rniga tashkil etilgan Farg‘ona viloyatiga general
Skobelev harbiy gubernator etib tayinlanadi. Po‘latxon o‘ldirilgandan so‘ng ham Farg‘ona
vodiysining turli hududlarida qo‘zg‘olonlar davom etadi. Ayniqsa, “Oloy malikasi” nomi bilan
tanilgan ayol – Qurbonjon dodxoh va uning o‘g‘illari boshchiligidagi qo‘zg‘olon qariyb bir yil
davom etadi.

REFERENCES

1.

Muhammad Aziz Marg‘iloniy. Tarixi Aziziy (Farg‘ona chor mustamlakasi davrida).
Nashrga tayyorlovchilar: Shodmon Vohidov, Dilorom Sangirova. Т.: “Ma‘naviyat”,
1999.

2.

Mirzo Olim Mushrif. Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqin: “Sultonlar nasabi va
xoqonlar tarixi” (Qo‘qon xonligi tarixi) (Nashrga tayyorlovchi: A. Matg‘oziev, M.

6

Бабабеков Н. Х. Народные движения в Кокандском ханстве и их социално – економические и политические

предпосылки (ХVIII – XIX ВВ) – Ташкент.: Фан. 1990. СС - 83


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

306

Usmonova; So‘zboshi muallifi A. Matg‘oziev)T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti 1995.

3.

Бабабеков Н. Х. Народные движения в Кокандском ханстве и их социално –
економические и политические предпосылки (ХVIII – XIX ВВ) – Ташкент.: Фан.
1990.

4.

O‘zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachiligi davrida) 1-kitob / Mas’ul
muharrir N. Abduazizova. - Т.: “Sharq”, 2011.

5.

Bobobekov H. “Isyon”. “Sharq yulduzi” jurnali, 1989-yil, 11-son.

Bibliografik manbalar

Muhammad Aziz Marg‘iloniy. Tarixi Aziziy (Farg‘ona chor mustamlakasi davrida). Nashrga tayyorlovchilar: Shodmon Vohidov, Dilorom Sangirova. Т.: “Ma‘naviyat”, 1999.

Mirzo Olim Mushrif. Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqin: “Sultonlar nasabi va xoqonlar tarixi” (Qo‘qon xonligi tarixi) (Nashrga tayyorlovchi: A. Matg‘oziev, M. Usmonova; So‘zboshi muallifi A. Matg‘oziev)T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti 1995.

Бабабеков Н. Х. Народные движения в Кокандском ханстве и их социално – економические и политические предпосылки (ХVIII – XIX ВВ) – Ташкент.: Фан. 1990.

O‘zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachiligi davrida) 1-kitob / Mas’ul muharrir N. Abduazizova. - Т.: “Sharq”, 2011.

Bobobekov H. “Isyon”. “Sharq yulduzi” jurnali, 1989-yil, 11-son.