ROSSIYA TOMONIDAN BUXORONING QONGA BOTIRILISHI

Annotasiya

Ushbu maqolada biz Rossiya Buxoro amirligining tugatilishi va undagi boshqa siyosiy vaziyatlarni tahlil etamiz. Oʻtgan asr boshlarida Buxoroda ijtimoiy hayotda ham katta oʻzgarishlar roʻy beradi. Buxoro xalqi rus mustamlakachiligi va oʻrta asr boshqaruvini amalga oshirayotgan amir istibdodiga ham qarshi kurashar edilar. Shu bilan birga Buxoroning ijtimoiy hayotida ruhoniylar katta ta’sirga ega edi. XX asr boshiga kelib Rossiya Buxoroni qaram qilish uchun astoydil harakat qila boshlaydi. Biz ko‘pgina manbalarni ishga solgan holda ushbu jarayonni tahlil etishga harakat qildik.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Juliboyev, A. . (2024). ROSSIYA TOMONIDAN BUXORONING QONGA BOTIRILISHI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(7), 104–1110. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36151
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada biz Rossiya Buxoro amirligining tugatilishi va undagi boshqa siyosiy vaziyatlarni tahlil etamiz. Oʻtgan asr boshlarida Buxoroda ijtimoiy hayotda ham katta oʻzgarishlar roʻy beradi. Buxoro xalqi rus mustamlakachiligi va oʻrta asr boshqaruvini amalga oshirayotgan amir istibdodiga ham qarshi kurashar edilar. Shu bilan birga Buxoroning ijtimoiy hayotida ruhoniylar katta ta’sirga ega edi. XX asr boshiga kelib Rossiya Buxoroni qaram qilish uchun astoydil harakat qila boshlaydi. Biz ko‘pgina manbalarni ishga solgan holda ushbu jarayonni tahlil etishga harakat qildik.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 5

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


104

ROSSIYA TOMONIDAN BUXORONING QONGA BOTIRILISHI

Juliboyev Alimardon Abdulmajid o‘g‘li

Student of the history education department of the Faculty of History of KSPI.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13133384

Annotatsiya.

Ushbu maqolada biz

Rossiya Buxoro amirligining tugatilishi va undagi

boshqa siyosiy vaziyatlarni tahlil etamiz. Oʻtgan asr boshlarida Buxoroda ijtimoiy hayotda

ham katta oʻzgarishlar roʻy beradi. Buxoro xalqi rus mustamlakachiligi va oʻrta asr boshqaruvini

amalga oshirayotgan amir istibdodiga ham qarshi kurashar edilar. Shu bilan birga Buxoroning

ijtimoiy hayotida ruhoniylar katta ta’sirga ega edi. XX asr boshiga kelib Rossiya Buxoroni qaram

qilish uchun astoydil harakat qila boshlaydi. Biz ko‘pgina manbalarni ishga solgan holda ushbu

jarayonni tahlil etishga harakat qildik.

Kalit so‘zlar:

Buxoro, hukumat, imperiya, qizil armiya, siyosiy vaziyat, ijtimoiy hayot,

elchilik, komissiya.

THE BLOOD DROWNING OF BUKHARA BY RUSSIA

Abstract.

In this article, we will analyze the dissolution of the Russian Bukhara Emirate

and other political situations in it. At the beginning of the last century, great changes took place

in the social life of Bukhara. The people of Bukhara also fought against the Russian colonialism

and the tyranny of the emirs who were implementing medieval rule. At the same time, priests had

a great influence in the social life of Bukhara. By the beginning of the 20th century, Russia began

to make serious efforts to annex Bukhara. We tried to analyze this process using many sources.

Key words:

Bukhara, government, empire, red army, political situation, social life,

embassy, commission.

КРОВАВОЕ ЗАТОПЛЕНИЕ БУХАРЫ РОССИЕЙ

Аннотация.

В данной статье мы анализируем распад Русского Бухарского эмирата

и другие политические ситуации в нем. В начале прошлого века в общественной жизни

Бухары произошли большие перемены. Жители Бухары также боролись против

российского колониализма и тирании эмиров, осуществлявших средневековое правление. В

то же время большое влияние в общественной жизни Бухары имели священники. К началу

XX века Россия начала предпринимать серьезные усилия по аннексии Бухары. Мы

попытались проанализировать этот процесс, используя множество источников.

Ключевые слова:

Бухара, правительство, империя, Красная армия, политическая

ситуация, общественная жизнь, посольство, комиссия.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 5

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


105

Amir Olimxon 1920-yil 2-iyulda RSFSR bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatish

maqsadida V.Lenin va L.Troskiy huzuriga general Mahdixon Hoji Jo‘rabek to‘qsoba, Gʻaybulla

Xo‘ja, Hoji Mirzo, Mirzo Navro‘zbeylardan iborat favqulodda elchilarni jo‘natdi[1]. Xuddi shu

kuni qizil askarlar tomonidan Kogonda Buxoro amirligiga tegishli bino va zakotxona

keltirilayotgan rus askarlarini joylashtirish maqsadida bosib olindi[2]. Shu yil 4-iyulda

V.Kuybishev Buxoro vakillari bilan uchrashuvda Sharq davlatlari hukumatlari mustaqillikni

istasalar, sovet Rossiyasi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishlari shartligini, imperialistik davlatlar

bilan yaqinlashishga har qanday urinish ularning mustaqilligini tugatilishiga olib kelishini,

ochiqdan-ochiq ta’kidladi. RSFSR tashqi ishlar xalq komissarligining O‘rta Osiyo bo‘yicha

muxtor vakili 1920-yil 14-iyulda Buxoro amiriga Turkiston bilan yaxshi qo‘shnichilik

munosabatlariga rahna solayotgan kishilarni jazolash uchun aralash komissiya tuzishni talab qilib,

nota topshirdi.

Toshkentda nashr etiladigan “Izvestiya” gazetasida 1920-yil 25-iyulda Buxoro

fuqarolaridan 1500 kishining RKP MK va hukumat idoralariga topshirgan “Buxoro xalqining og‘ir

ahvoli haqidagi” maktubi e’lon qilindi. Unda aholining og‘ir ahvoli, mamlakat ichidagi norozilik

kayfiyatlari, Angliya bilan olib borilayotgan muzokaralar va shikoyat, Rossiya ezilgan xalqlar

huquqlarining amaldagi himoyachisi bo‘lishini amalda ko‘rsatmog‘i, kerakligi haqida gap

boradi[3].

Butun Rossiya MIK Turkiston ishlari komissiyasining 1920-yil 3-avgustdagi yig‘ilishida

Yosh buxoroliklar va Buxoro kommunistik partiyalarining qo‘shilishi haqida qaror qabul qilindi.

Bolsheviklar sarkardasi M. Frunze 1920-yil 15-avgustda Toshkentda chiqadigan

“Железный путь” xaftaligining 4-sonida e’lon qilingan “Rossiya va Buxoro” nomli maqolasida

Buxoro bilan sovet Rossiyasi o‘rtasidagi munosabatlarda uning ichki ishlariga aralashmaslikning

iloji yo‘qligini, xas-po‘slashga harakat qildi. RSFSR Buxoroga qarshi urushga barcha vositalarni

ishga solib tayyorgarlikni avj oldirdi. Toshkentda nashr etiladigan “Известия Турк ЦИК”

gazetasida 1920-yil 25-iyulda 15 000 buxorolik dehqonning go‘yoki, sovet hukumatidan yordam

so‘rab qilgan murojaati e’lon qilindi. 1920-yil avgust oxirlarida ish boshlagan Sharq xalqlari I

s’yezdida ham O‘rta Osiyodagi mavjud hukumatlarni ag‘darib tashlash g‘oyasi ilgari surildi.

Sovet hukumati Buxoro Rossiyaga nisbatan dushmanlik holatida, Turkistonga bostirib

kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb, targ‘ibot ishlarini kuchaytirib, 1920-yil yozida yirik armiya

qismlarini amirlik chegaralariga keltirdi. Buxoro chegaralariga yaqin bo‘lgan Turkiston

shaharlaridagi garnizonlar harbiy jihatdan mustahkamlandi[4]. RSFSR hukumati 1919-yil

dekabrda Turkiston bilan chegaradosh davlatlarda jumladan, Buxoro va Xivada mavjud


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 5

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


106

hokimiyatlarni ag‘darib tashlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish uchun

baynalminal targ‘ibot kengashini tuzdi.

1920-yil yanvarda Turkistonda tashkil etilgan Yosh buxoroliklar partiyasi mazkur tashkilot

tomonidan 1920-yilning 6-fevraldan boshlab Buxoro hududida amir hokimiyatiga qarshi targ‘ibot

ishlarini olib borish vakolatiga ega bo‘ldi. Turkkomissiya 1920-yil 12-fevralda “Yosh buxoroliklar

partiyasining Turkiston byurosi”ni tashkil etdi. “Совинтерпроп” 1920-yil 25-martda Buxoro

kommunistlarini amirga qarshi kurashda Yosh buxoroliklar bilan kelishgan holda harakat qilishlari

haqida qaror qabul qildi. Turkomissiya amirlikka qarshi muxolifat kuchlarini jipslashtirish,

Buxoroda to‘ntarishni amalga oshirish bilan bevosita shug‘ullandi. 1920-yil 24-iyunda Buxoroda

qurolli qo‘zg‘olonni tayyorlash bo‘yicha harbiy-inqilobiy byuro tuzilib, uning tarkibiga

Turkomissiya a’zolari V.Kuybishev, M. Frunze, Turkiston kommunistlari kotibi N.To‘raqulov,

BKP (b) MK kotibi N. Xusainov, yosh buxoroliklar rahbari F. Xo‘jayev va boshqalar kirgan edi.

Turkkomissiyasining 1920-yil 30-iyul kungi majlisida RSFSRning siyosiy, iqtisodiy va

harbiy ko‘magida Buxoroda to‘ntarishni amalga oshirish haqida qaror qabul qilindi. 1920-yil 29-

iyulda RKP (b) MKning tashkiliy byurosi amir hokimiyatini tugatishda Yosh buxoroliklar

partiyasiga yordam ko‘rsatish haqida qaror qabul qildi. Turkkomissiya V.Kuybishev, M.Frunze,

Geller, N.To‘raqulov, I.Husainov, F.Xo‘jayevlardan iborat harbiy inqilobiy byuro tuzib, unga

Buxoroda qurolli qo‘zg‘olonni tayyorlash va amalga oshirish vazifasi topshirildi. 1920-yil 24-

iyunidan 25-avgustigacha bo‘lgan muddatda mazkur byuro tomonidan to‘ntarishdan keyin e’lon

qilinadigan chaqiriqlar, deklaratsiyalar, dekretlar loyihalari tayyorlandi. 1920-yil 10-avgustda

Buxoro Muvaqqat inqilobiy-demokratik hukumatini tuzish haqida qaror qabul qilindi. 1920-yil

16-avgustda BKPning Chorjo‘yda bo‘lib o‘tgan 4 s’yezdida Buxoro amirining hokimiyatini

ag‘darib tashlash masalasi ko‘rib chiqilib, Turkkomissiyadan yordam so‘raldi. Turkkomissiyaning

1920-yil 25-avgustda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Buxoro amirligini tugatish masalasi uzil-kesil hal

qilindi. Shuningdek, ushbu yig‘ilishda amirlik tuzumi tugatilgach, Buxoro va RSFSR o‘rtasida

yagona bojxona tartiblarining o‘rnatilishi, RSFSR bilan tuzilajak Buxoro Respublikasining

kelishgan holda iqtisodiy siyosat yuritishi, Rossiya bilan mustahkam harbiy-siyosiy ittifoqi haqida

qarorlar qabul qilindi. Ko‘rinib turibdiki, RSFSR bolsheviklarining asl maqsadlari amir

hokimiyatini tugatish orqali Buxoro xalqini asoratga solish, uning boyliklari ustidan egalik qilish

bo‘lgan edi.

Turkkomissiya, Turkiston fronti rahbarlari 1920-yil 31-iyulda Moskvaga yuborgan

mutlaqo maxfiy ma’lumotida 1200 kishidan iborat uch xildagi Buxoro qizil armiyasini tuzish

ishlari yakunlanganligi, joylarda inqilobiy faoliyatni kuchaytirish choralari ko‘rilayotganligi,

bo‘lg‘usi Buxoro hukumatining umumiy faoliyat dasturi, yaqin kelajakdagi tadbirlari dasturi


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 5

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


107

ishlab chiqilganligi, hukumat tarkibi aniqlanib, eng muhim organlar tuzilganligi, yangi hukumat

tarkibi haqida yaqin orada e’lon qilinadigan chaqiriqlar, dekretlar loyihalari ishlab chiqilganligi

ma’lum qilindi. Buxoro amirligini tugatish operatsiyasi inqilobiy portlash ko‘rinishida, ya’ni

musulmon askarlar ishtirokida rus qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirildi. Rus

bolsheviklari Buxoro amirligini tugatish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rdilar. Bolsheviklar

diplomatlarining sa’y-harakatlari tufayli amir hukumati xalqaro maydonda yakkalab qo‘yildi,

tashqaridan bo‘ladigan har qanday yordamdan mahrum etildi. Turkkomissiya rahbarlarining

Moskvaga yuborgan ma’lumotlarida Turkiya rahbarlaridan biri Jamol posho bilan suhbatda

Buxoro amirligining tugatilishi Anqara hukumati tomonidan hech qanday e’tirozga sabab

bo‘lmasligi, Afg‘oniston tomonidan Buxoroga hech qanday yordam ko‘rsatilmasligi aniq ekanligi,

ma’lum qilindi. Bundan tashqari hali Buxoro amirligi ag‘darilmasdan turib, Turkkomissiya a’zosi

V.Kuybishev imzolagan 9 kishidan iborat Buxoroning yangi hukumati tarkibi ham tuzildi .

M.Frunzening Moskvaga yuborilgan telegrammasi 1920-yil 10-avgustda RKP (b) Markaziy

Qo‘mitasi siyosiy byurosida muhokama qilinib, Buxoroga qarshi harbiy reja asosan ma’qullandi.

Siyosiy byuro ko‘rsatmasida amirlikka qilinadigan hujum operatsiyalari faqat ma’lum

darajada xalq nazariga tushgan Buxoro inqilobiy markazi mavjud bo‘lgandagina sodir bo‘lishi

mumkin bu markaz hech bo‘lmaganda bizning hududimizda bo‘lib bizni ana shunday hujumga

chorlashi lozim, deyilgan edi[5].

Turkkomissiya rahbarlari harbiy rejasiga ko‘ra Chorjo‘yda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon qizil

armiyaning Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlari uchun signal bo‘lishi lozim edi. Chorjo‘y

qo‘zg‘oloni boshlanishi bilan M.Frunze Turkiston fronti qo‘shinlariga Rossiyaning butun harbiy

qudrati bilan Buxoro amirligiga qarshi hujum boshlashi haqida buyruq berdi. 1920-yil 28-avgustda

V.Kuybishev Toshkent kommunistlari yig‘ilishida so‘zga chiqib, Buxoro amirligi so‘zsiz yakson

qilinadi, deb bayonot berdi. M. Frunze tomonidan ishlab chiqilgan Buxoro amirligini tugatish

harbiy operatsiyasi kuchli va qo‘qqisdan qilinadigan hujumga asoslangan edi. Lekin Buxoro

shahrini bir zarba bilan bosib olish rejasi amalga oshmadi. Birinchi sharqiy musulmon polki

“qo‘zg‘olon ko‘targan Buxoro aholisi” sifatida jangga kiritildi. Turkiston fronti qo‘shinlarining

30, 31-avgust kunlari Buxoroga qilgan hujumlari ham samara bermadi. Qarshi darvozasi vayron

qilingach, mudofaa devori portlatildi, shahar to‘xtovsiz ravishda yerdan va osmondan

bombardimon qilindi. “Adolatni tiklash” shiori ostida bolsheviklar ko‘hna Buxoroga “asr

bosqini”ni uyushtirdilar. Bolsheviklar qo‘shinining Buxoro amirligiga harbiy hujumi ularning

“Biz Sharqda ozodlik missiyasini bajarmoqdamiz”, degan da’volari mutlaqo asossizligini

ko‘rsatdi. Moskva va Toshkentda ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, Buxoro amirligiga birinchi zarba


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 5

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


108

Yosh buxoroliklar va buxorolik kommunistlardan iborat Buxoro oppozisiyasi berishi, shundan

so‘ng ularning rasmiy iltimosiga ko‘ra, qizil armiya asosiy qismlari yordamga kelishi lozim edi.

Buxoro amirligiga qarshi urushga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Harbiy-inqilobiy byuro

targ‘ibot va tashviqot ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1920-yil 10-avgustda Buxoroning

Muvaqqat inqilobiy qo‘mitasi va Nozirlar Kengashi tashkil etildi. Turkomissiya majlisida 23-

avgustda “Buxoro inqilobiy hukumati”ning dasturi muhokama qilinib, qabul qilindi. 1920-yil

avgustining o‘rtalarida Chorjo‘yda Buxoro kommunistik partiyasining IV s’yezdi o‘tkazilib, unda

qurolli qo‘zg‘olon Said Olimxon hokimiyatini ag‘darib tashlashning asosiy vositasi, degan, qaror

qabul qilindi. 1920-yil 23-avgustda Beshim Sardor qo‘mondonligidagi turkmanlar polki amirlik

tuzumiga qarshi urushni boshlab berdi. 29-avgustda Eski Chorjo‘y bosib olindi. Beshim Sardor

boshchiligidagi inqilobiy qo‘mita yordam so‘rab sovet hukumatiga murojaat qildi. Shu kuni

“qo‘zg‘olon ko‘targan Buxoro xalqiga” yordam ko‘rsatishga kirishish uchun Turkiston fronti

qo‘shinlariga buyruq berildi.

“Inqilobiy Buxoro”ga yordam ko‘rsatish uchun yirik sovet harbiy kuchlari harakatga

keltirildi. Sovet rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, bosqinchi armiya 7000 miltiq va qilich, 40 ta to‘p, 230

ga yaqin pulemyot, 10 ta zirxli avtomobil, 5 ta zirxli poyezd, 12 ta samoloyot bor edi[6]. Buxoroga

qarshi harbiy yurishga deyarli 5000 kishidan tashkil topgan buxorolik inqilobiy tuzilmalar xam

qatnashdi. Amirlik qo‘shinlari harbiy qurol yarog‘ jixatidan bosqinchi armiyaga teng kela olmasdi.

O‘z navbatida bosqinchi qizil qo‘shin grajdanlar urushi yillarida Rossiyaning turli

hududlarida, shuningdek, Polshaga qilingan harbiy harakatlarda, Turkistondagi istiqlolchilar

harakatini bostirishda, Xiva xonligini tugatishda katta tajriba to‘plagan edi.

Bolsheviklar hukumatining harbiy jihatdan ancha kuchli bo‘lgan harbiy kuchlari 1920-yil

28-avgustdan 29-avgustga o‘tar kechasi Buxoro “inqilobiy tuzilmalari” ishtirokida amirlik

hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Shahrisabz, Kitobni bosib olib, Buxoroga

yaqinlashdilar.

Mamlakat poytaxti uchun bo‘lgan janglarda amir qo‘shinlari bosqinchilarga qattiq

qarshilik ko‘rsatdi, janglarda shahar aholisi ham ishtirok etdi. Bolsheviklar dohiysi V. Lenin

ko‘rsatmasiga ko‘ra, M. Frunze qo‘shinlari Buxoro Arkiga yosh buxoroliklar qismlari, general

Chanishev boshliq tatar askarlaridan keyin hujumga o‘tishi kerak edi.

Buxoroning so‘nggi amiri Olimxon o‘z xotiralarida shunday yozadi: “ular (bolsheviklar)

o‘zlarining bronevik va bronepezdlarida oldinga harakatlanib, bir vaqtning o‘zida zambaraklardan

o‘q uzildi… yettita aeroplan Buxoroni bombardimon qila boshladi”[7].

M. Frunze boshchiligidagi qizil qo‘shinlar Buxoro shahrini vayronaga aylantirganligi

voqealar ishtirokchisi Mashiniskiy “Buxoroda inqilob uchun kurash” deb nomlangan


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 5

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


109

bayonnamosida shunday deb yozgan edi: Buxoro bo‘ylab bir necha million o‘q va bir necha ming

zambarakning yondiruvchi snaryadlari otilgan.

Ularning ichida bir qancha kimyoviylari ham bo‘lgan. “Buxoro markazi va uning vokzalga

yaqin bo‘lgan joylari butunlay vayron bo‘lgan. Masjidlar jiddiy zararlangan, ulardan omon qolgan

ikki uchtasi oshxona va kazarmalarga aylantirilgan”[8]. 4 kun davom etgan qonli janglardan so‘ng

amirlikning so‘nggi tayanchi Ark bosib olindi. Inqilob sharofati bilan eski Buxoro aholisining

anchagina qismi, shuningdek, mudofa devorlari orqasida jon saqlashga harakat qilgan atrof

kishilar aholisining ancha qismi halok bo‘ldi. O‘liklar soni shu qadar ko‘p ediki, ularni yig‘ishtirib

olishga ulgurmas edi. Qadimiy Buxoroning deyarli yarmi yonib bo‘lgan asosiy qismi harobaga

aylantirilgan edi. Buxoro amirligiga qilingan harbiy harakatlarda Turkiston fronti hal qiluvchi rol

o‘ynadi. Mahalliy tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan

hunrezlikni “kichik qiyomat” – “qiyomati asar” deb aytgan edi[9]. Uning keltirishicha, 34 guzar,

3 mingdan ortiq do‘kon, 20 ga yaqin saroy, 29 masjid yonib harob bo‘lgan 3000 yaqin hovli yonib

kul bo‘ldi. Poytaxt ishg‘ol etilishidang biroz vaqt ilgari amir Olimxon o‘z yaqinlari bilan shaharni

tashlab chiqqan edi. Buxoroning istilo qilinishi sovet tarix fanida despotizmning tugatilishi, qizil

armiyaning qo‘zg‘olon ko‘targan xalqqa yordami sifatida talqin etildi. Lekin istiqlolimiz sharofati

bilan birlamchi manbalarning o‘rgatilishi Buxoro bosqinini to‘la idrok etish imkonini berdi. 1920-

yilning 31-avgust va 1-sentyabr kunlari Buxoro ustiga ikki yuzdan ortiq jangovar bombalar

aeroplanlardan yog‘dirildi. Masjidlar otxonalarga, qizil askarlarning qo‘rg‘onlariga aylantirildi,

muqaddas Qur’on varaqlari papiros o‘rash uchun ishlatildi[10].

Xulosa qilib aytganda, sovet hokimiyati qadimgi Buxoroni bosib olish orqali bu yerda misli

ko‘rilmagan vahshiylik va xunrezlikni amalga oshirdi. Tarixiy madaniy yodgorliklar vayron

qilindi. Minglab begunoh kishilarning yostig‘ini quritdi, xalq mehnati evaziga to‘plangan behisob

boyliklar zo‘rovonlik bilan tashib ketildi. Tarix sabog‘i shuni ko‘rsatadiki, sovet

mustamlakachilari o‘z maqsadlariga erishish uchun eng qabih, eng jirkanch usullarni qo‘lladilar.

REFERENCES

1.

Амир Саййид Олимхон Бухоро халқининг хасрати тарихи Т.: “Фан”, 1991. – Б. 14.

2.

Медведов.В. Нечаянная революция. “Дружба Народов”, 1992 г. №1, стр. 156.

3.

История Бухарская Народная Советская Республика. Сб. Мат-в Т 1976. Стр. 22-23.

4.

Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида Тошкент.: 2000. – Б.124-125.

5.

Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида Тошкент.: 2000. – Б.126.

6.

Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида Тошкент.: 2000. – Б.127.

7.

Амир Саййид Олимхон Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. Тошкент.: 1991. – Б.25.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 5

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


110

8.

Холбоев С. Бухоро амирлигининг олтин хазинаси. Тошкент.: 2008. – Б.38.

9.

Муҳаммад Али Балжувоний “Тарихи Нофеий” (Фойдали тарих) Тошкент.: 2001. – Б.

64.

10.

Ражабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. Тошкент.: 2002. -

Б.15.

Bibliografik manbalar

Амир Саййид Олимхон Бухоро халқининг хасрати тарихи Т.: “Фан”, 1991. – Б. 14.

Медведов.В. Нечаянная революция. “Дружба Народов”, 1992 г. №1, стр. 156.

История Бухарская Народная Советская Республика. Сб. Мат-в Т 1976. Стр. 22-23.

Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида Тошкент.: 2000. – Б.124-125.

Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида Тошкент.: 2000. – Б.126.

Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида Тошкент.: 2000. – Б.127.

Амир Саййид Олимхон Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. Тошкент.: 1991. – Б.25.

Холбоев С. Бухоро амирлигининг олтин хазинаси. Тошкент.: 2008. – Б.38.

Муҳаммад Али Балжувоний “Тарихи Нофеий” (Фойдали тарих) Тошкент.: 2001. – Б. 64.

Ражабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. Тошкент.: 2002. - Б.15.