KARTOSHKANING ZAMBRUG`LI KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Аннотация

Kartoshkaning zambrug’li kasalliklari, zambrug’li kasallik belgilari, qarshi kurash choralari.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Panayeva, A. ., & Durshimbetov, I. (2024). KARTOSHKANING ZAMBRUG`LI KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI. Современная наука и исследования, 3(5), 1607–1608. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/35076
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Kartoshkaning zambrug’li kasalliklari, zambrug’li kasallik belgilari, qarshi kurash choralari.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1607

KARTOSHKANING ZAMBRUG`LI KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI

KURASH CHORALARI

Panayeva Ayjamal

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

O'simliklar himoya qilish

(ekin tu’rlari bo’yicha) Bakalavr 4-kurs talabasi.

Durshimbetov Ispandiyar Kerimbergenovich

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti qishloq xoʻjaligi falsafa

fanlari doktori. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.12526035

Annotatsiya. Kartoshkaning zambrug’li kasalliklari, zambrug’li kasallik belgilari, qarshi

kurash choralari.

Kalti soʻzlar: Zambrug’li kasalligi, fuzarioz, vertisillyoz, kalmaraz so`lishi kasalligini

ko‘payish va rivojlanish, qarshi kurash choralari.

FUNGAL DISEASES OF ARTICHOKE AND MEASURES TO CONTROL THEM

Abstract. Fungal diseases of potatoes, symptoms of fungal diseases, countermeasures.
Key words: reproduction and development of Zambrug'li disease, fusarium, verticillosis,

calamari wilt disease, countermeasures.

ГРИБНЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ ТОПИНЫ И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ

Аннотация. Грибковые заболевания картофеля, симптомы грибковых заболеваний,

меры борьбы.

Ключевые слова: размножение и развитие болезни Замбругли, фузариоз,

вертициллёз, болезнь кальмара, меры противодействия.


Kartoshka o`suv davrida turli zamburug`li, bakteriyali va virusli kasalliklar bilan

kasallanadi. Bular orasida zamburug`li kasalliklar juda katta zarar etkazadi. Zamburug`lar o`simlik
o`sib chiqqandan to hosil pishib o`suv davri tugaguncha zarar keltiradi.

Keyingi yillarda respublikamizda ochiq dala sharoitida etishtirilayotgan pomidor,

kartoshka va shirin qalampir ekinlariga zamburug`li kasalliklardan fitoftoroz (

Phytophtora

infestans

), alternarioz (

Alternaria alternata

) va fuzarioz

(

Fusarium oxysporum

f.sp.

lycopersici

)

juda keng tarqalib, hosildorlikka katta zarar etkazmoqda. Kuchli zararlangan maydonlardan 50-60
foizgacha, ayrim yillari ushbu kasalliklar tufayli ba’zi navlardan umuman hosil olish imkoniyati
bo`lmayapti. So`ngi yillarda iqlim sharoitining keskin o`zgarishi oqibatida ilgari bizda
uchramaydigan karantin mikroorganizmlar paydo bo`lib qolmoqda.

Shuning uchun bu patogenlarni tarqalishi va zararini monitoring qilish, kasalliklarga

chidamli navlarni topish, chidamli navlarni ajratib olib ishlab chiqarishga tavsiya etish maqsadga
muvofiqdir. Patogenlarni bioekologiyasini o`rganish, kasalliklarga qarshi yangi fungisidlarni
qo`llash va fermer xo`jaliklarga tavsiya qilish hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir.

Kartoshka fuzarioz so`lishi (fuzarioz vilt)ni

Fusarium oxysporum

f.

tuberosi

va boshqa

Fusarium

turkumiga mansub gifomiset zamburug`lar qo`zg`atadi. Ular issiqsevar zamburug`lar

bo`lib, butun dunyoda, jumladan O`zbekistonda ham keng tarqalgan. Vertisillyoz viltdan farqli
o`laroq, fuzarioz kartoshka tez so`lishiga olib keladi, bunda so`lish o`simlik tepasidan pastga
tarqaladi. Pastki barglar sarg`ayadi, yuqori yarusdagilarida xlorotik dog`lar paydo bo`ladi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1608

o`simlik tepasi qizg`ish tus oladi, ildiz va ildizpoyalari chirishi, o`tkazuvchi to`qimalari miseliy
bilan to`lib, tiqilib qolishi hamda zamburug` metabolitlari o`simlikni zaharlashi so`lish sabablari
hisoblanadi.

Kartoshka vertisillyoz so`lishi (vertisillyoz vilt)ni

Verticillium albo-atrum

ва

V. dahliae

zamburug`lari qo`zg`atadi. Kasallik ko`p mamlakatlarda, jumladan O`zbekistonda ham qayd
etilgan bo`lsa ham, uning kartoshkada tarqalishi va hosilga zarari o`rganilmagan. So`lish odatda
o`simliklar gullash davrida yoki keyinroq, ko`pincha pastki barglarning bir tomoni sarg`ayishi
bilan boshlanadi. Poya pastki qismi qiya kesilsa, o`tkazuvchi to`qimalarda qo`ng`ir dog`larni
ko`rish mumkin. Ko`pincha o`simliklar, so`limasdan sarg`ayadi, vaqtidan oldin etiladi va quriydi.

Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo`llash, ekish uchun quruq, sog`lom,

fungisid (bakterisid) bilan dorilangan urug`lik tuganak ishlatish, nam tuproqqa ekmaslik; dalani
keragidan ortiq sug`ormaslik; almashlab ekishni joriy etish;

Kartoshka tuganaklarining qora kalmaraz (rizoktonioz) kasalligini

Rhizoctonia solani

zamburug`i qo`zg`atadi. Zamburug` tuproqda butun dunyoda tarqalgan, O`zbekistonda
omborxonalarda tuganaklarni zararlashi O`GEBI xodimlari tomonidan xabar qilingan (chop
etilmagan), boshqa kuzatuvlarda uning kartoshka tuganaklarida juda kam uchrashi qayd etilgan.
Rizoktonioz kartoshkaning tuganak, novda, poya, ildizpoya va ildizlarini zararlaydi. Kasal
tuganaklar ekilganda, rizoktonioz nihollarga katta zarar etkazadi, ularni juda siyrak qilib qo`yadi,
chunki nihollar tuproq yuzasiga chiqmasdan yoki chiqqandan so`ng tezda chiriydi. Urug`lik
tuganaklar chuqur ekilsa, nobud bo`lgan nihollar soni oshadi. Ildizpoya va poyaning pastki
qismida biroz botiq, hajmi va shakli har xil bo`lgan qo`ng`ir dog`lar va yaralar, ularning ustida
sarg`ish-qo`ng`ir gifalar qatlami paydo bo`ladi.

Kurash choralari. Urug`lik uchun sog`lom tuganaklar qo`llash, ularni sayoz ekish,

kartoshka ekish qatorlariga tuproq fungisidi kiritish, dalada tuproq kuchli zararlanmagan hollarda
ekishdan oldin samarali fungisid bilan dorilash, hosilni o`z vaqtida yig`ib olish tavsiya qilinadi.

REFERENCES

1.

Бандаренко А.И., Буймистру Л.Д. Использование грибов в борьбе с болезнями
овощных культур. Инф.Бюллетень ВПС МОББ.1985 № 12.

2.

Билай В.И. Фузарий -Киев Наукова-думка.1977 120-236 С.

3.

Буймистру Л.Д., Буймистру В.Е. Влияние триходермина и некоторых химических
препаратов

на

поражаемость

шалфея

мустатного

корневой

гнилью.

//Микробиологический метод борьбы с болезнями растений.-Кишинев.: Штица, 1984-
с60-63.

4.

http://www.zin. ru.

5.

www.plantprotection.com