MEASURES TO PREDICT THE WINTERING OF ALFALFA DISEASES IN THE CONDITIONS OF KARAKALPAKSTAN AND TO COMBAT THEIR HARM

Abstract

Predicting the wintering of Bede's ascochitosis in the conditions of Karakalpakstan, measures to increase and develop ascochitosis and the harm it brings, as well as to combat.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Allabergenov, N., & Durshimbetov, I. (2023). MEASURES TO PREDICT THE WINTERING OF ALFALFA DISEASES IN THE CONDITIONS OF KARAKALPAKSTAN AND TO COMBAT THEIR HARM. Modern Science and Research, 2(10), 801–803. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24726
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Predicting the wintering of Bede's ascochitosis in the conditions of Karakalpakstan, measures to increase and develop ascochitosis and the harm it brings, as well as to combat.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

801

QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA BEDA KASALLIKLARINING QISHLAB

CHIQISHINI BASHORAT QILISH VA ZARARIGA QARSHI KURASH CHORALARI.

Allabergenov Nosirbek Aslanbek o'g'li

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

O'simliklar himoyasida monitoring va bashorat 2-kurs magistratura talabasi.

Durshimbetov Ispandiyar Kerimbergenovich

.

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

qishloq xoʻjaligi falsafa fanlari doktori. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10041812

Annotatsiya.

Qoraqalpog'iston sharoitida bedaning askoxitoz kasalligini qishlab

chiqishini bashorat qilish, askoxitoz kasalligini ko‘payish va rivojlanish va keltiradigan zarari
hamda qarshi kurash choralari.

Kalit soʻzlar:

Askoxitoz kasalligi, askoxitoz kasalligini qishlab chiqishini bashorat qilish,

askoxitoz kasalligini ko‘payish va rivojlanish, qarshi kurash choralari.

MEASURES TO PREDICT THE WINTERING OF ALFALFA DISEASES IN THE

CONDITIONS OF KARAKALPAKSTAN AND TO COMBAT THEIR HARM.

Abstract.

Predicting the wintering of Bede's ascochitosis in the conditions of

Karakalpakstan, measures to increase and develop ascochitosis and the harm it brings, as well as
to combat.

Key words:

Ascocytosis disease, predicting the wintering of ascocytosis, reproduction and

development of ascocytosis, measures to combat.

ПРОГНОЗ ЗИМОВКИ ЛЮЦЕРНЫ В УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКИИ И

МЕРЫ БОРЬБЫ С ВРЕДИТЕЛЯМИ.

Аннотация.

Прогнозирование зимовки люцерны в условиях Каракалпакии,

размножения и развития аскохитоза и причиняемого им вреда, а также меры борьбы.

Кальтовые слова:

болезнь аскохитоза, прогноз зимнего выхода аскохитоза,

размножение и развитие болезни аскохитоза, меры борьбы.

Beda yer unumdorligini oshirish va chorva ozuqa bazasini yaratishda asosiy ekin

hisoblanadi. Uch yil davomida bir gektar maydonda 600–900 kg sof azot toʻplaydi. Tuproq
donadorligini tiklab, suv-fizik xossalarini yaxshilaydi. Erishi qiyin boʻlgan fosforli birikmalarni
parchalab, ularni keyingi ekinlar oʻzlashtirishi uchun tayyorlab beradi. Tuproqni turli kasallik
tarqatuvchi infeksiya unsurlardan tozalaydi. Beda bilan boqilgan chorva mollarining
mahsuldorligi, goʻshti va sutining sifati oshadi. Beda o‘simligi qishloq xo‘jalik ekinlari uchun
almashlab ekishda katta ahamiyatga ega, tuproqni g‘o‘za viltidan tozalaydi, ikkilamchi
sho‘rlanishda sho‘rni yuvishda foydalaniladi, tuproq va suv eroziyasi ta‘sirini kamaytiradi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida beda dalalarida bir qator kasallik turlari uchraydi. Bu
kasalliklarning ekin maydonlarida tarqalishi, rivojlanishi, iqtisodiy zararini hisobga olgan
holda, ularni eng asosiylari qatoriga un-shudring, qo‘ng‘ir dog‘lanish, sariq dog‘lanish,
askoxitoz, fuzarioz, zang kasalliklarini kiritish mumkin. Beda o‘simligining askoxitoz kasalligi
yog‘ingarchilik ko‘p kuzatiladigan va sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida keng
tarqalgan. O‘simlikning barcha a‘zolari zararlanadi. Barglarda shakli, o‘lchami va ranggi har


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

802

xil bo‘lgan dog‘lar hosil bo‘ladi: mayda, to‘q jigarrang yoki deyarli qora, ko‘pincha xira
sarg‘ish gardishli; ancha yirik(diametri3-5 mkm), to‘q jigarrang, ammo ochroq markazli va
sarg‘ish hoshiyali; eng yirik (diametri6-8 mkm), och qo‘ng‘ir yoki och sariq, hoshiyasi to‘q
qo‘ng‘ir dog‘lar. Poya, bargbandi va dukkaklarda dog‘lar birmuncha maydaroq, to‘q qo‘ng‘ir,
dastlab moysimon hoshiyali, keyinchalik u sarg‘ish tusga kiradi. O‘simlikning zararlangan
a‘zolari quriydi, urug‘lar puch, qo‘ng‘ir tusli va burishgan qobiqli bo‘lib qoladi.

Askoxitoz kasalligini tarqalishi va keltiradigan zarari:

Bedaning agrotexnik va

meliorativ ahamiyati undan olingan hosilga bog‘lik bo‘lib, dalada beda o‘simligining o‘sishi
past va rivojlanishi yaxshi bo‘lmasa, uning hosili pasayadi, tuproq hosildorligiga va erning
meliorativ holatini yaxshilashga ko‘rsatadigan ta‘siri kamayadi. Bedadan yuqori hosil olish
uni agrotexnik qoidalarga mos ravishda tarbiyalashga, bahorda qo‘lay muddatlarda ekish, o‘z
vaqtida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, zararkunandalarga, kasalliklarga va begona o‘tlarga
qarshi oldidan kurash choralarini qo‘llash, vaqtida sug‘orish va isrof qilmasdan yig‘ib olishga
bog‘lik bo‘ladi.

Kasallangan o‘simlik o‘sishdan, rivojlanishdan orqada qoladi, maysalar nobudbo‘ladi,

dukkaklarini pishishi sekinlashadi bir me‘yorda pishmaydi. Kasallangan barglar to‘qilib ketadi,
kasallangan dukkaklaridagi don pishib etilmaydi, puch bo‘lib, unib chiqish qobiliyati pasayib
ketadi. Hosildorlik o‘rtacha3-3,5 ts/ga kamayadi.

O‘simlik poyasida, shoxlarida va gul bandlarida qoramtir ezilgan dog‘lar paydo

bo‘ladi. Poya qobig‘i titiladi va jaroqatlanadi. Zararlangan poya ingichkalanadi va nobud
bo‘ladi. Askoxitoz bilan zararlangan o‘simlik pichani hosili16-30%, mumkin50% gacha
yo‘qotiladi, urug‘ning unuvchanligi 30% gacha kamayadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi etilmagan
zamburug‘ Ascochyta imperfestaPeck. O‘simlik qoldiklarida zamburug‘ qora piknidalar paydo
qiladi, piknidalar bir xo‘jayrali, ayrimlari ikki xo‘jayrali piknosporalari bilan, o‘lchami5-
15x2,5-5 mkm. Etarlicha namlik bo‘lganda piknidalar etilib elimsimon pushtirangda massalar
turida unib chiqadi. Inkubatsion davri4-6 kunni tashkil qiladi. Askoxitoz kasalligi patogeni
gribnitsa va pikosporali piknida shaklida urug‘larda va o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi.

Askoxitoz kasalligini ko‘payish va rivojlanish xususiyatlari:

Askoxitoz kasalligini

takomillashmagan zamburug‘ Ascochyta imperfesta Peck. qo‘zg‘atadi. Askoxitoz dunyoda va
bizning sharoitimizda bedaning eng keng tarqalgan va zararli kasalligidir. Kasallik
qo‘zgatuvchisi barglarni, yosh shoxlarni, poyalarni, gul a‘zolarini, dukkaklarni va urug‘larni
zararlaydi, shuningdek ildiz tizimining yuqorgi qismini jarohatlaydi. Patogenning jarohati
natijasida barglarda mayda nuqtali qora dog‘lar hosil bo‘ladi va ularni kattaligi1-8 mm li
bir-biridan ancha farqlanadi. Beda barglarini zararlash tavsifiga bog‘lik Ascochyta imperfesta
15 mikromitsetlari, kasallikni namoyon bo‘lish bo‘yicha har xil shaklda farqlanadi.

Ko‘p hollarda askoxitoz mayda shaklda, diametri 2 mm gacha, bargning asosiy va

tomirlari buylab joylashgan bo‘lib, noto‘g‘ri shakllarda, keskin farqlanadigan, qoramtir-
qo‘ng‘ir yoki qora dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. Bargning pastki tomonida dog‘lar ancha yirik
bo‘lib, bargda bir tekis tarqalmagan, ko‘pincha piknidalari yaxshi ko‘ringan holda joylashadi.
Kasallik bilan kuchli darajada jarohatlanganda dog‘lar qo‘shiladi va barg shapalog‘i buylab
markazi tomonga tarqaladi, va uning yirtilib ketishiga olib keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

803

Askoxitoz kasalligiga qarshi kurash choralari:

Askoxitoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi

zamburug‘beda urug‘ida hamda o‘simlik qoldiqlarida mitseliy va piknida shaklida qishlaydi.
Bahorda konidiyalar bedani zararlaydi va zararlanishdan 4-6 kun so‘ngra yangi piknidalar hosil
bo‘ladi.

Kasallikning zarari bedaning ko‘k massasi va urug‘i hosili kamayishin keltirib chiqaradi.

Beda kasalliklariga qarshi kurash choralaridan kasalliklarga chidamli navlarni yaratish va ekish,
urug‘ni sog‘lom yoki kam zararlangan o‘simliklardan olish, urug‘lik bedani em-xashak sifatida
o‘stiriladigan ekindan hamda birinchi yil ekinlarini keyingi yil ekinlaridan uzoqroq dalalarda
joylashtirish, beda uru g‘ini puxta tozalash va samarali fungitsid bilan dorilash, tuproqqa mineral
o‘g‘itlarni balansi saqlangan holda va tuproqning agroximik analizi natijalarini hisobga olib,
mikroelementlar bilan birga solish, bahorda beda o‘sib boshlashidan oldin ekinlarni boronalash
va o‘simlik qoldiqlaridan puxta tozalash qo‘llaniladi.

Beda ekinini kasalliklardan himoyalashda muhim tadbirlardan urug‘liklarni furaj

ekinlaridan, birinchi yilgi bedani esa qari ekinzorlardan fazoviy izolyatsiyalash, erta bahorda
bedani boronalash (ko ‘karmasdan oldin) va o’simlik qoldiqlarini daladan chiqaribtashlash,
g‘unchalash va gullay boshlash davrida askoxitoz va boshqa dog‘lanish kuchli rivojlanganda
bedani pichanga o‘rib yuborish (bunday hollarda urug‘likka ikkinchi o‘rim qoldiriladi). O‘rilgan
bedani o‘z vaqtida daladan olib chiqish lozim, chunki bu ish kechiktirilsa qayta ko‘karayotgan
beda takroriy zararlanishi mumkinligi tadqiq qilingan.

Bedaning askoxitoz kasalligi bilan kurash choralariga dastlab dalalarni sanitariya

holatlarini yaxshilash kiradi. O‘simliklarni qoldiqlarini yo‘q qiladigan har qanday agrotexnik
usullarni qo‘llash, bedaning dastlabki zararlanish darajasini kamaytiradi. Bedaning askoxitoz
kasalligini paydo bo‘lishi va tarqalishi yuqorida belgilab o‘tilganidek zararlangan o‘simlik
qoldiqlari hisoblanadi. Qishlab chiqqan o‘simlik qoldiqlarini bahorda tahlil qilganimizda
piknidalarda yashashga qobiliyati bo‘lgan konidiyalardni bor ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1.

Arslonov M.T., Aliev Sh.K., Sagdullaev A.U., Xujaev O.T., Muxitdinov V.N.,
Babaxanova M., Abdullaeva X.Z., Abduvosiqova L.A. Qishloq xo‘jalik ekinlarining
zararkunandalari, kasalliklari va ularni hisoblash hamda tarqalishini bashorat qilish.
Toshkent, «Fan va texnologiya», 2018. 404+16 bet rasmlar.

2.

Toreniyazov E.Sh., Xo‘jaev Sh.T., Xolmuradov E.A., O‘simliklarni

3.

himoya qilish. Toshkent, Navro‘z. 2018. -878. b.

4.

http://www.zin. ru.

5.

4.www.plantprotection.com

References

Arslonov M.T., Aliev Sh.K., Sagdullaev A.U., Xujaev O.T., Muxitdinov V.N., Babaxanova M., Abdullaeva X.Z., Abduvosiqova L.A. Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va ularni hisoblash hamda tarqalishini bashorat qilish. Toshkent, «Fan va texnologiya», 2018. 404+16 bet rasmlar.

Toreniyazov E.Sh., Xo‘jaev Sh.T., Xolmuradov E.A., O‘simliklarni

himoya qilish. Toshkent, Navro‘z. 2018. -878. b.

http://www.zin. ru.

4.www.plantprotection.com