ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
595
BOSHLANG`ICH SINFLARDA FONETIKANING NAZARIY ASOSLARINI
SHAKLLANTIRISH
Ortiqboyeva Dilrabo Rahmatulla qizi
+99877-232-05-22
https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17352429
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda fonetikaning nazariy asoslarini
shakllantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Fonetika, nutq tovushlari va ularning xususiyatlarini
o‘rganish orqali o‘quvchilarning til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Maqolada fonetikani o‘rganishning asosiy tamoyillari, dars jarayonida qo‘llaniladigan
usullar va metodlar, shuningdek, o‘quvchilarning nutq madaniyatini yaxshilashga qaratilgan
faoliyatlar tavsiflanadi. Fonetikaning nazariy asoslarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni
to‘g‘ri talaffuz, intonatsiya va nutqning boshqa fonetik xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadi
ko‘zda tutiladi.
Kalit so'zlar:
fonetika, boshlang‘ich sinf, nutq tovushlari, til bilish ko‘nikmalari, nazariy
asoslar, talaffuz, intonatsiya, o‘quvchilar, dars jarayoni
Аннотация.
В данной статье рассматривается вопрос формирования
теоретических основ фонетики в начальных классах. Фонетика играет важную роль в
развитии языковых навыков учащихся посредством изучения звуков речи и их свойств. В
статье описываются основные принципы изучения фонетики, методы и приёмы,
используемые на уроке, а также мероприятия, направленные на повышение речевой
культуры учащихся. Целью является ознакомление учащихся с правильным
произношением, интонацией и другими фонетическими свойствами речи путём
формирования теоретических основ фонетики.
Ключевые слова:
фонетика, начальный класс, звуки речи, языковые навыки,
теоретические основы, произношение, интонация, учащиеся, процесс урока
Abstract.
This article considers the issue of forming the theoretical foundations of
phonetics in primary grades. Phonetics plays an important role in the development of students'
language skills through the study of speech sounds and their properties. The article describes the
basic principles of studying phonetics, methods and techniques used in the lesson, as well as
activities aimed at improving students' speech culture. The goal is to familiarize students with
correct pronunciation, intonation and other phonetic properties of speech by forming the
theoretical foundations of phonetics.
Keywords:
phonetics, primary grade, speech sounds, language skills, theoretical
foundations, pronunciation, intonation, students, lesson process
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O`zbek tilining davlat
tili sifatidadagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora tadbirlari tog`risida”gi Farmoni ijrosini
ta’minlash maqsadida ”2020-2030- yillarda o’zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi”10 qabul qilindi. Bu respublikamizda davlat tili to’g’risidagi
qonunchilikni takomillashtirish va o’zbek tilinining xalqaro miqyosdagi obro’- e’tiborini
oshirishga xizmat qiladi. Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni
ifodalashda muhim o’rin tutadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
596
Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir, Bu vosita
qanchalik takomillashsa fikr shunchalik aniq, ta`sirchan ifodalanadi. Boshlang`ich sinflarda ona
tilini chuqur o`rganish zaruriyati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
Mamlakatimizda ta’limning eng asosiy zamini hisoblanuvchi umumiy o‘rta ta’lim
maktablari uchun Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqildi va “Milliy o‘quv dasturi” deb nomlanishi
biz yosh pedagoglarga katta umidlar baxsh etmoqda. Shuningdek, o‘zbek tilini o‘qitish
metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa respublikamiz hududida istiqomat qiluvchi barcha
millatlar o‘zbek tilini jadal o‘rgatishni ta’minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish hozirgi
kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Shu paytgacha Ona tili va O‘qish fanlari
alohida o‘qitilar edi. Bu ikki fanni birlashtirgan yangi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” deb
nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etiladi. Boshlang‘ich ta’limning
ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf
o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini
shakllantirish ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini
ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga
o‘rgatishdan iborat. Boshlang’ich ta’limda-o’quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni
og’zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o’rgatishdan iborat.
Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1.Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2.Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. ”Fonetika” bo’limining izchil kursi
”Fonetika va grafika ”, ”Nutq tovushi va harf”, ”Unli tovushlar”, ”Undosh tovushlar”, ”Nutq
a’zolari”, ”Lab tovushlari”, ”Til tovushlari”, ”Burun tovushlari”, ”Bo’g’iz tovushi”,”Nutq
tovushlarining ma’no farqlash vazifasi” singari mavzularni o’z ichiga qamrab oladi. ”Nutq
tovushi va harf” mavzusini o’tishda o’qituvchi ayrim so’zlarni o’quvchilar diqqatiga havola etib,
bu so’zdagi tovushlarning talaffuzini qiyoslash, unlilar va undoshlarning xususiyatlarini
aniqlash, ularning talaffuzida ishtirok etadigan nutq a’zolarini belgilashni topishlari mumkin.
O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o’zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga
olgan holda, o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirish, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishi
zarur. Savod o'rgatish analitiksintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga
bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi,
o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi.
Savodga o`rgatish davrida o’quvchilarga avval unli tovushnio’rgatishdan boshlanadi.
Dastlab unli yozilishi talaffuziga mos keladigan so’zlar tanlanadi. Bolalarni yozuvga
o’rgatishda so’z tarkibidagi harflarning to’g’ri, aniq yozilishi va qo’shilishiga daftarlarni ozoda
tutishga bolalar e’tibori tortiladi.
O’qituvchining savod o’rgatish davrdagi darslarni to’g’ri tashkil etishi, o’quvchilarning
fonetik va grafik bilimlarni kelgusida puxta egallashlariga zamin yaratadi. O’qituvchining bu
sohadagi yutuqlarilari uning dars o’tish usullari, mahorati, darsda qo’llaydigan didaktik
materiallarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Intefaol dars jarayonini tashkillashtirish, o’quvchilarning
dars davomida faollashuviga, ularni darsni o’zlashtirish ko’rsatkichlarini o’sishiga sabab bo’ladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
597
O’qituvchi dars o’tish jarayonida o’quv materiallarining ma’lum bir qismi o’quvchilar
tomonidan mustaqil o’rganiladi, so’ngra sinfda har tomonlama muhokama etiladi. Bu esa
o’quvchilarning o’tilgan mavzuni puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Interfaol usullar xilma-hil bo’lib, qaysi metodni tanlash o’qituvchining o’tayotgan
mavzusi, darsning maqsadi va vazifalariga bog’liq.
Buning uchun o’qituvchi doimo yangiliklar izlanishi, har darsda yangi-yangi usullarni
qo’llashi, o’z bilimini doimiy ravishda oshirib borishi lozim. Savodga o‘rgatish davrida
o‘quvchilar bilan didaktik o‘yinlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish lozim. Xususan, “Ranglar
so‘zlaganda”, “O‘zingni yelpi”, “Olma terish”, “Kungaboqar”, “Ko‘zgu”, “Super lotto”,
“Piramida”, “Аksini toping”, “Poyezd”, “O‘zbekiston mevalari”, “Ot va uning bolasi toychoq”,
“Rolli o‘yin”, “Ekskursiya”, “Chechanlik” kabi didaktik o‘yinlar shular jumlasidandir.
Darslikka jumboqli topshiriqlarning kiritilishi o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni
rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilimdonlikka undashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek,
turmushda bola nutqida faol qo‘llanadigan yoki ularga yaxshi tanish bo‘lgan “ma”, “ma-na”,
“nom”, “ni-ma” (16-bet) kabi ba’zi so‘zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining
boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimlarni mustahkamlashda,
ularga tavsiya qilinayotgan o‘quv materiallarining yetarli darajada bo‘lishiga, ya’ni ko‘proq so‘z
o‘qish imkoniyatini hosil qillishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so‘zlar (fe’l)ga oid
boshlang‘ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan.. O‘qituvchi darslik materiallari
bilan cheklanib qolmay, ushbu so‘zlar mazmunini to‘liq izohlashda turli mazmunli rasmlardan
ijodiy foydalanishi maqsad muvofiqdir.
Quyida ana shu o’yinlardan namunalar keltiramiz: “Sirli kataklarni to`ldir” o’yini.
O’quvchilarga kataklarni to’ldirib, tovushdor so’zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi.
Masalan, “choy” so’zini “loy” so’zigacha davom ettirish talab etiladi. O’quvchilar
guruhlarga ajratilib galma –galdan so’zlarni davom ettirishadilar. “Sirli kataklarni to’ldir” o’yini.
O’quvchilarga kataklarni to’ldirib, tovushdor so’zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi.
Masalan, “choy” so’zini “loy” so’zigacha davom ettirish talab etiladi. O’quvchilar
guruhlarga ajratilib galma –galdan so’zlarni davom ettirishadilar.
“Keyingi bo`g`inini top” o’yini. Berilgan bo’g’inlar ishtirokida so’z tuzish tushuntiriladi
va qaysi o’quvchi ko’p so’z tuza olsa, o’yin g’olibi bo’ladi. Masalan, bo, bu, ju, ni, lo, sa, mu….
1) Bola, bobo, bozor, bodom; 2) Bo’yin, bo’ri, bo’liq, bo’zchi; 3) Jo’ja, jo’ra, jo’xori,jo’ra; 4)
Nima, nizom, nigoh, nido, nihol; 5) Lola, loyiq, lochin, lobar; 6) Savob, sarob, saxovat, sadoqat,
sahifa…
“Fonetika” garchand tilning tovush tizimi bilan ish ko’rsa-da, ammo o’quvchilarning
so’z boyligini oshirish, tez va to’g’ri o’qish malakalarini takomillashtirish, fikrni ifodalashda
tovushlarning boy imkoniyatlaridan foydalanish, mant yaratishga o`rgatish diqqat markazida
bo’lishi lozim.
Didaktik o’yinlar nazariy amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishdagi
turlarga ajratiladi. Ular o’quvchilardagi tahlil qilish mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash,
o’lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish,
guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o’stirish, til o’rganish, yangi bilimlar olish faoliyatini
rivojlantiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
598
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, ta’lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o’yinlar
o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Unga dam olish yoki vaqt
o’tkazish vositasi emas, balki ta’lim beruvchi faoliyati sifatida qarash lozim.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, boshlang’ich ta’limning 1-4 sinflari bola hayotida
muhim davrni tashkil qilib, o’quvchilarning keyingi davrdagi o’qish jarayoniga bo’lgan
tasavvurida eng ahamiyatli davrdir. Dars mashg’ulotlari vaqtida har bir o’qituvchi o’z
o’quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolaning o’qish, o’zlashtirish, bilim, ko’nikma,
malakalarini egallash darajasi yuqori ko’rsatkichlarni tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev.Toshkent shahri,2019 yil 21 oktabr
O’zA.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori. – “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil, 21-aprel.
3.
https://fayllar.org/ona-tili-fanidan-oquv-dasturi-1-2-4-sinf-uqtirish-xati.html
4.
A.
G’ulomov,
M.Qodirov,M.Ernazarova,
A.Bobomurodova,
N.Alavutdinova,
V.Karimova. Ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent -2012.144-bet.
5.
Alifbe Metodik qo’llanmaRohatoy Safarova, Muhayyo Inoyatova, Mirhabib G‘ulomov.
6.
A.G’ulomov,
M.Qodirov,M.Ernazarova,
A.Bobomurodova,
N.Alavutdinova,
V.Karimova. Ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent -2012.144-bet
