ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
9
SPORT YAKKAKURASHLARIDA MASHG‘ULOTLAR TA’SIRIGA MOSLASHISH
USULLARI
Allanazarova Amangul
Berdaq nomidagi QDU
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17258016
Annotatsiya.
Ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va
sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin
va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va
superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini
baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari
mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Yunon-rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va tuzilishini batafsil tahlil
qilib, kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan, bu esa
mutaxassislarni individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga oshirishning
o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va texnik-taktik
tayyorgarlik jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur qildi.
Kalit sozlar:
Trevoga fazasi. Qarshilik ko‘rsatish fazasi. Charchoq fazasi. kurash
musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan.
Sport fiziologiyasida qisqa muddatli va uzoq muddatli moslashuvni ajratib ko‘rsatish
odatiy hol hisoblanadi. Qisqa muddatli moslashuvning asosi uch bosqichdan iborat stress
reaksiyasidan iborat: 1. Trevoga fazasi. 2. Qarshilik ko‘rsatish fazasi. 3. Charchoq fazasi. Bu
kanadiyalik patofiziolog Gans Selye tomonidan batafsil tavsiflangan. Charchoq fazasi adrenalin
va noadrenalin ishlab chiqarishning ortishi bilan birga kechadi. Qarshilik ko‘rsatish fazasi o‘sish
jarayonlarini faollashtiruvchi kortikosteroid gormonlar ishlab chiqarishning ortishi bilan
tavsiflanadi.
Fazaning davomiyligi organizmning tug‘ma moslashuvchanligiga bog‘liq, ammo
moslashish jarayonlari cheksiz emas. Charchoq fazasida stress reaksiyasi susayadi, buyrak usti
bezlari charchaydi va himoya ta’siri yo‘qoladi. Uzoq muddatli moslashish organlar va tizimlar
funksiyasini tashqi sharoitlarga nisbatan o‘zgaruvchanligini, shu jumladan, mashg‘ulot
yuklamalari tizimi, ularning kamayishi yoki ko‘payishini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun
yuklamani o‘zgartirish tizimidagi ushbu kuchlanish parametrlarini miqdoriy baholash asosida
barcha organlar va tizimlarning kuchlanish darajasini hisobga olish kerak.
V.S.Stepanovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida malakali sportchilar bilan ishlashda
qo‘llaniladigan mashg‘ulotning standart yuklamalari vaqt o‘tishi bilan mashg‘ulot samarasini
pasaytiradi, bu esa, mashg‘ulotlar siljishlarining kamayishiga va sport mahoratini o‘sishining
sekinlashishiga olib keladi. Binobarin, ushbu sport mahorati darajasini oshirishning eng muhim
omillaridan biri – bu belgilangan mashg‘ulot vazifalariga va kontingentning tayyorgarlik
darajasiga qarab yuklamalarning hajmi yoki intensivligini izchil oshirish hisoblanadi. Shu
sababli, bir qator mashg‘ulot tizmilarida, ayniqsa, xorijiy tizimlarda, moslashish jarayonlarini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
10
tubdan o‘zgartirgan va turli xil mashg‘ulot sikllarida katta mashg‘ulot siljishlarini olishga imkon
beruvchi stress yuklamalariga asoslangan metodlar qo‘llanilgan [80; 62-64-b].
T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini
oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan
holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida
kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi.
Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan
yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini
oshirishga imkon yaratadi. Yunon-rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va
tuzilishini batafsil tahlil qilib, kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini
ta’kidlagan, bu esa mutaxassislarni individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga
oshirishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va
texnik-taktik tayyorgarlik jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur
qildi [20; 16-20-b].
A.L.
Kabanovning
fundamental
asarlari
sportchining
umumiy
va
maxsus
tayyorgarligining optimal nisbati muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, u, birinchidan, ushbu
muammoning noodatiy murakkabligini ta’kidlagan, va boshqa tomondan, uning mohiyatini
belgilaydigan bir qator alohida qoidalarni aniqlagan. Birinchidan, muallif, sportchilarni
tayyorlash ko‘p komponentli jarayon ekanligini ta’kidlagan, uning mazmuni tanlangan sport
turiga ixtisoslashuvning o‘ziga xos omillarini (maxsus tayyorgarlik) va sport ixtisoslashuviga
kirmaydigan, ammo sportchining takomillashuvida (umumiy tayyorgarlik) ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan mashg‘ulot jarayonining boshqa bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, ushbu
omillar va bo‘g‘inlarning optimal kombinatsiyasi sportchining eng samarali tayyorgarligini
ta’minlaydi va umumiy hamda maxsus tayyorgarlikning birligi tamoyili samaradorligini
tavsiflaydi. Uchinchidan, tanlangan sportning o‘ziga xos xususiyatlari sportchining umumiy
tayyorgarligi mazmunida sezilarli iz qoldiradi, bu mana shu o‘ziga xoslikka ko‘ra sezilarli
darajada farqlanadi. To‘rtinchidan, hajmlar va maxsus tayyorgarlikning nisbatlari ko‘plab
omillarga, shu jumladan, sportchining tayyorgarlik darajasiga, sport turining o‘ziga xos
xususiyatlariga, uzoq muddatli mashg‘ulot jarayonining bosqichiga va rivojlanishning individual
xususiyatlariga bog‘liq. Shu bilan birga, ushbu nisbatlarning juda keng doirasi mavjud bo‘lib, bu
faqat prinsipial yo‘nalishlarga ega, ammo sanab o‘tilgan omillarga ko‘ra, bular umumiy va
maxsus tayyorgarlikning aniq miqdoriy hajmlari hisoblanmaydi [47;36-38-b].
S.N. Nikitin va A.G.Levitskiylarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida, sportchilar
tayyorgarligini individuallashtirish muammosini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan, u
individual xususiyatlarni hisobga olgan holda yuqori malakali kurashchilarni tayyorlashning
rasional jihatlarini yaratishning tizimli metodologiyasini ishlab chiqdi, yetakchi kurashchilarni
kompleks tayyorlash tizimini shakllantirdi, sportchilarni tayyorlashning shaxsga yo‘naltirilgan
uch darajali mualliflik konsepsiyasini ishlab chiqdi, bu sportchining o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda o‘quv, mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini optimallashtirishga imkon
beradi.
Bularning barchasi muallifga olimpiya kurashchisining ideal modelini ilmiy asoslash,
ishlab chiqish va yaratish hamda buning asosida optimal sport natijalariga erishish maqsadida
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
11
kurashchining
individual
musobaqa
uslubini
takomillashtirishning
samarali
tizimini
shakllantirishga imkon berdi. Kurashchining shaxsiy faoliyat uslubiga ega bo‘lish g‘oyasi ilgari
surilgan bo‘lib, u kurashchining individual psixologik, funksional, taktik, texnik, anatomik va
morfologik xususiyatlariga asoslanuvchi yuqori barqaror taktik usullar va ularning variantlari
bilan tavsiflanadi. [66;67-69-b].
Bizning fikrimizga ko’ra kurashchilarning mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish va
tuzatish, ularning maxsus tayyorgarligini individual har tomonlama baholash asosida amalga
oshirilishi kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, muallif tomonidan kurashchilar mahoratining
individual xususiyatlarini tahlil qilish asosida yuklama parametrlarini rejalashtirish va tartibga
solishning eksperimental tizimini amalga oshirishning ishlab chiqilgan texnologiyasi o‘quv-
mashg‘ulot jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishga va sportchilarning sportdagi
yutuqlarini barqaror o‘sishiga yordam beradi.
A.S.Solodkov, I.V.Levshin va A.N. Polikarpochkinlarning ko’p yillik ilmiy
tadqiqotlarida kurash nazariyasi va metodikasi sohasidagi uzoq muddatli izlanishlariga asoslanib,
tamoyillar va o‘qitish usullarining majmuasi shaklidagi musobaqalarni tizimli tadqiqoti
metodologiyasidan foydalangan holda ushbu jarayonning original mualliflik konsepsiyasini
ishlab chiqdi. Muallifning fikricha, “yakkakurashchilarning individual tayyorgarligi,
sportchining motivatsiyasi, jangni olib borish taktikasi, hujum harakatlari bo‘lajak musobaqalar
talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak, bu sportchilarga xos bo‘lgan barcha eng
yaxshisini maksimal darajada qo‘llash, bo‘lajak jang sharoitlarini hisobga olgan holda ularning
kamchiliklarini bartaraf etish hamda xalqaro arenalarda yuqori sport natijalariga erishishni
barqarorlashtirish imkonini berishi aytib o’tilgan [79; 76-85-b].
Z.S. Artiqovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida kurashchilarning murakkab texnik va
taktik harakatlarining tuzilishini o‘rgandi, harakatlarning barqaror tuzilishi va harakat malakasi
tebranishlarining optimal diapazonini ajratgan holda, usullarning barqaror va o‘zgaruvchan
fazalarining bog‘liqligini aniqladi, bu esa, o‘z navbatida, usulning murakkablik darajasiga
bog‘liq.
Ushbu konsepsiyaning bazaviy asoslari kurash texnikasi va taktikasi bo‘yicha ko‘plab
tadqiqotlarda,
shu
jumladan,
kurashchilarning
texnik
va
taktik
tayyorgarligini
individuallashtirish jarayoni samaradorligini oshirish muammosini ishlab chiqishda o‘z aksini
topdi [99;15-30-b].
Bizning fikrimizga ko’ra hozirgi vaqtda u yoki bu sport ixtisosligiga bo‘lgan tug‘ma
qobiliyatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sportda, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar sporti
seleksiyasida genetik omillarni hisobga olish alohida ahamiyatga ega. Sportchilarni tayyorlash
sohasida individual texnikani tanlashda, jismoniy va funksional tayyorgarlik va tiklash
vositalarining xususiyatlarida individual yondashuv tendensiyasi mavjud bo‘lganligi sababli, har
bir sportchi uchun jismoniy tarbiya va sportning, sportchining individual xususiyatlariga
moslashgan usul va vositalari maxsus tanlanadi.
A.I. Voronov tomonidan kurashchilarning qobiliyatlarini musobaqa faoliyatining
individual uslubiga birlashtirishning original konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Muallifning fikriga
ko‘ra, bunday uslubni shakllantirish jarayoni umumiy qobiliyatlar (sensor, harakatli, intellektual)
va maxsus harakat ko‘nikmalarining (hujum, himoya, qarshi hujum) optimal kombinatsiyasi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
12
asosida amalga oshirilishi kerak. Ular kurashchining musobaqa faoliyatini individual uslubini
shakllantiruvchi integral qobiliyatga birlashadi [105;13-16-b].
Shunday qilib, yuqoridagi qoidalarni aniqlash, “sport cho‘qqilariga nafaqat tor
ixtisoslashuv omillari, balki ular bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan sportchilarning umumiy
tayyorgarligi omillari ham ta’sir ko‘rsatadi, ular chuqur ixtisoslashtirilgan mashg‘ulot samarasi
bilan birgalikda sportchining potensial salohiyatini maksimal darajada oshirishga, ularni sport
yutuqlarida ko‘paytirish va amalga oshirishga ko‘maklashadi”, deb ta’kidlashga imkon berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924- son
“O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va
ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son «Jismoniy
tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi PQ-3306-son «Kurash
milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881 sonli «Kurash
milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi 118-son
«2019- 2023 yillar davomida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori.
6.
Caudron S. Attenuation of the tvoked responses with repeated exposure to proprioceptive
distrubaces is muscle specific /Caudron S. L Langlois and other 2010, №2 – P. 161-168.
7.
Jumaniyazov, D., & Jumanov, B. (2024). MEKTEPKE SHEKEMGI BALALARǴA
HÁREKETLI OYINLARDAN PAYDALANIW ZÁRÚRLIGI HÁM ONIŃ MAQSETI,
WAZIYPALARI.
Modern Science and Research
,
3
(11), 546-550.
8.
Jumaniyazov, D., & Yuldashov, U. (2024). TÁJIRIYBELI BASKETBOLSHILARDIN
JARÍS
ISKERLIGINE
TEXNIKALÍQ
TAYARLÍǴÍ.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 664-666.
9.
Jumaniyazov, D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME
TÁLIM HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
396-400.
10.
Yuldashov, U. K., & Jumanıyazov, D. Q. (2024). FIZIKALIQ SAPALAR HÁM
OLARDIŃ BIR-BIRI MENEN FIZIOLOGIYALIQ BAYLANISLIǴINA SIPATLAMA.
