TARIXIY-MA’NAVIY QADRIYATLARNI O‘RGANISHDA MUZEYLARNING AHAMIYATI

Abstract

Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Eshmoʻminov, O. . (2025). TARIXIY-MA’NAVIY QADRIYATLARNI O‘RGANISHDA MUZEYLARNING AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(10), 266–269. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137989
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

266

TARIXIY-MA’NAVIY QADRIYATLARNI O‘RGANISHDA MUZEYLARNING

AHAMIYATI

Eshmoʻminov Ozodbek Ziyodulla oʻgʻli

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti

“Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17382047

Annotatsiya.

Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda

ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga
oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini
rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi,
Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar
yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Muzey, eksponat, qadriyat, an’ana, "Muzeylar faoliyatini tubdan

yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmon, "Moziydan sado", ilmiy tadqiqotlar.

THE IMPORTANCE OF MUSEUMS IN THE STUDY OF HISTORICAL AND

SPIRITUAL VALUES

Annotation.

The article mainly discusses the first museums that appeared in our country

and their tasks, the importance of the work being carried out to pass on museum objects to future
generations, the attention paid to the development of museum work in our country during the
years of independence, the division of existing museums in Uzbekistan into types depending on
the type of activity, and the history of the establishment and activities of the Surkhandarya
Museum of Local Lore.

Keywords:

Museum, exhibit, value, tradition, decree "On the fundamental improvement

and perfection of museum activities", "Voice from the Museum", scientific research.

ЗНАЧЕНИЕ МУЗЕЕВ В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИЧЕСКИХ И ДУХОВНЫХ

ЦЕННОСТЕЙ

Аннотация.

В статье рассматриваются, в основном, первые музеи, появившиеся

на территории нашей Родины, и их задачи, значение проводимой работы по передаче
музейных предметов будущим поколениям, внимание, уделяемое развитию музейного дела
в нашей стране в годы независимости, разделение музеев на типы в зависимости от вида
деятельности, история создания и деятельности Сурхандарьинского краеведческого
музея.

Ключевые слова:

музей, экспонат, ценность, традиция, Указ «О коренном

улучшении и совершенствовании деятельности музеев», «Эхо музея», научные
исследования.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarimizni

avaylab asrash, va uni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim
ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu borada ma’naviy qadriyatlarimizning asosi bo‘lgan
ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni o‘rganish, xalqimizning dunyo tamaddunida tutgan o‘rniga
xolisona baho berish, hamda o‘tmishdagi boy tariximizni o‘rganishda albatta muzeylarning o‘rni
va ahamiyati juda muhim hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

267

Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor,

ayniqsa, "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi farmoni muzeyshunoslik sohasida burilish
yasadi. Natijada muzeylar faoliyatini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar zamirida o‘tmish
tariximiz, boy madaniy merosimizni o‘rganish shuningdek, ilmiy tadqiqotlar orqali xalqaro
aloqalarni, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida ham muhim ishlar amalga oshirib
kelinmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud muzeylar xorijiy hamkor davlatlar bilan o‘zaro
ko‘rgazmalar faoliyatini tashkil etish orqali mamlakatning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo
jamoatchiligiga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob ashyolarni dunyo bo‘ylab targ‘ib etish
kabi hamkorlik aloqalari yanada rivojlantirib borilmoqda. Muzeyshunoslik sohasidagi
tadqiqotlarni yanada rivojlantirish borasida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli "Moziydan
sado" ilmiy jurnalining nashr etilishi bu boradagi ilmiy tadqiqotlarda yanada muhim ahamiyat
kasb eta boshladi.

Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish

tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida,
xalq ta’limi tizimida ko‘plab muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari viloyat markazlari va
poytaxtimizda joylashgan.

O‘zbekistonda mavjud muzeylar faoliyat turiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
Birinchi, turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarini olib boradigan

muzeylar kiradi.

Ushbu turdagi muzeylar bir vaqtning o‘zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda

ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir sohaga
ixtisoslashgan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo‘lgan
maxsus muzeylar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi
bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi. Shuningdek, uchinchi turdagi muzeylarga faqat
o‘quv turidagi muzeylar kiradi. Bu turdagi muzeylarning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini
yaxshilashdan iborat.

Shuningdek, mamlakatimizda ko‘plab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va

mashhur san’at arboblari uy muzeylari mavjud. Bu muzeylar xalqimizning uzoq tarixidan xikoya
qiluvchi, moziydan sado beruvchi ma’naviyat maskanlari bo‘lib, milliy mafkura va tafakkurni
rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur va iftixorni yuksaltirishda ulug‘ qadamjolar bo‘lib
xizmat qiladi.

Bugungi kunda muzeyshunoslik sohasida zamonaviy ilmiy tasniflarga ko‘ra, muzey tur va

sohalar bo‘yicha farqlanadi. Muzeyshunoslikni turlarga ajratishda ularning ijtimoiy vazifasiga
ko‘proq e’tibor qaratilib, bunday muzeylarlarda ko‘proq, ilmiy tadqiqot-ma’rifiy masalalar
muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba’zan ular xalq muzeyi, ommaviy muzeylar deb ham
ataladi. Shuningdek, tadqiqot (ilmiy tadqiqot muassasalari qoshida o‘ziga xos labarotoriya
vazifasini o‘tovchi) va o‘quv turidagi muzeylarga bo‘linadi. Sohalar bo‘yicha faoliyatiga qarab
tarix, tabiatshunoslik, san’atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa sohalarga oid
muzeylarga bo‘linadi. Bugungi kunda muzeylarning memorial muzeylar, hamda o‘lkashunoslik
kabi turlari ham faoliyat olib bormoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, Turkiston o‘lkasida muzeyshunoslik ishlari

XIX asrning 2 yarmida faol tarzda olib borilib 1876-yil (hozirgi O‘zbekiston tarixi muzeyi)
dastlabki muzeylar tashkil etilgan. Shuningdek, bu davrda respublika hududida, 1896-yilda
Samarqand xalq muzeyi (hozirgi A. Ikromov nomidagi O‘zbekiston xalqlari, madaniyati va
san’ati tarixi muzeyi), 1899 -yilda Farg‘ona xalq muzeyi (hozirgi Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik
muzeyi) lari faoliyati ham dastlabki tarzda yo‘lga qo‘yilgan edi.

O‘zbekistonning janubiy o‘lkalarida XX asrning boshlarida muzey ishlarining tashkil

etilishi albatta bu vohamizning o‘ziga xos boy o‘tmish tarixi qadimgi davrlarga borib taqalishi
kabi omillar bilan bog‘liqdir. Aynan tarixiy ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, eng
qadimgi shaharsozlik madaniyati (Sopollitepa, Jarqo‘ton) hamda davlatchilik tarixiga (Baqtriya)
ega bo‘lgan vohamiz tarixi bugungi kunda dunyo olimlari tomomnidan katta qiziqishlar bilan
o‘rganilib bormoqda.

Tarixiy jarayonlarda o‘ziga xos madaniyatga ega Termiz tarixi azal-azaldan tarixchi va

sayyohlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Shu tufayli ko‘plab tadqiqotchilar Termiz
tarixiga doir topilmalardan iborat kolleksiyalarni yaratish ustida ishlarni amalga oshirishgan.

Ammo bu kollleksiyalar aynan o‘lkamiz hududida emas, balki uzoq o‘lkalarda olib

ketilgan va shu yerlarda turli ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. O‘lkamiz tarixi va madaniyatiga
oid bo‘lgan eng ko‘p moddiy-ma’naviy boyliklarimiz uzoq davrlar mobaynida tashib olib
ketilgan.

Bunday

noyob

asori-atiqalarimiz

nafaqat

Surxondaryo

vohasidan

balki,

mamlakatimizning yana ko‘plab shaharlaridan turli sabab bahonalar bilan olib chiqib ketilgan.

Ammo XX asrning boshlariga kelib milliy respublikalar tashkil etilishi hamda madaniy

muassasalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida aksariyat moddiy ma’naviy boyliklar hamda
ma’naviy meroslar o‘lka hududlarida saqlab qolinishiga erishilgan. Bu borada albatta
Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi vohamiz tarixiga oid ilmiy
ma’naviy meroslarimizni saqlab qolishda muhim o‘rin tutgan.

O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixiga haqida so‘z borar ekan, albatta bu

hududdagi noyob tarixiy manbalar hamda ularning topilishi jarayonlari bilan bevosita bog‘liq
ekanligi ko‘rishimiz mumkin. Rossiya imperiyasi tomonidan Termiz ishg‘ol etilgach, Amudaryo
bo‘ylab Pattakesarda joylashgan chegara harbiy brigadasi qo‘shinlari tomonidan sim to‘siqlar
Qarshi shahridan Termizgacha tortib chiqiladi. Ana shu jarayonda chegara hududlaridan
(Qoratepa, Fayoztepa, Chingiztepa, Eski Termiz, Payg‘ambar oroli) ko‘plab noyob tarixiy
buyumlar topilib, Termizdagi chegara brigadasiga qarashli zobitlar uyi binosining ikkita
xonasida arxeologiya, numizmatika va etnografiyaga doir buyumlar to‘plana boshlaydi.
Keyinchalik ushbu binoda to‘plangan ashyolar asosida yopiq muzey, 1917-yilga qadar faoliyat
ko‘rsatadi.

Vohaning ko‘plab, fidoiy insonlarining samarali mehnatlari tufayli, 1933-yil

Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi faoliyatiga dastlabki tarzda tashkil etiladi. ga asos
solingan edi. Ushbu muzeyning birinchi rahbari A.Parfyonov hisoblanib, muzey dastlab 7
bo‘limdan iborat holda faoliyat olib borgan. O‘lkashunoslik muzeyi uzoq davrdagi smarali
faoliyati davomida voha tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasi va boshqa sohalariga
oid boy ilmiy eksponatlarni to‘plash va uni namoyish etish borasida muhim ishlarni amalga
oshirib, hozirgi kunda ushbu muzeyning eksponotlari soni 80 mingdan ortiqni tashkil etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

269

Shuningdek, mustaqillik yillarida muzeyshunoslik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor

qaratilishi va bu sohani yangi bosqichlarga olib chiqish ishlari yanada rivojlantirilib, Termiz
shahrining 2500 yillik yubeleyi munosabati bilan 2002-yil aprel oyida Termiz arxeologiya
muzeyi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi tarixiy voqealardan biri bo‘ldi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash muhimki, boy tariximiz va ma’anaviy merosimizni ko‘z

qorachig‘iy asrash, kelgusi avlodlarga yetkazishda muzeylarning o‘rni va ahamiyatini a’lohida
hisoblanadi. Shu bois, boy ma’naviy qadriyatlarimizni har doim teran his qilgan holda
muzeyshunoslik sohasini rivojlantirish bu tariximizni yanada chuqurroq bilish bilan bir qatorda
davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlarni kelgusi avlodlarga meros sifatida yetkazishda muhim
ma’naviy maskan hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Botirov.I.T. Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi tarixi.Fan.-Toshkent 2011.

2.

Ibroximov.I. Muzeyning ekologiya darsxonasi./ Xalq so‘zi.2011-yil 24- iyun.123-son.

3.

Hakimov.A.O‘zbekiston badiiy hunarmandligi mustaqillik davrida. “Moziydan sado”,

2013.-3-son.(59).

4.

Safarov Sh.Termiz va Termiziylar Termiz «Jayxun», 1993.

5.

Termiz buyuk yo‘llar chorrahasidagi ko‘hna va yangi shahar. T., «Sharq», 2001.

6.

Tursunov S.N., Qobilov E.O va boshq. Surxondaryo tarix ko‘zgusida. T., «Sharq», 2001.

7.

“Xalq so‘zi” gazetasi 1998-yil 23-yanvar №12-247.

8.

Xolmuminov X.E. Tarixiy o‘lkashunoslik. O‘quv qo‘llanma. T: “Tafakkur” nashriyoti,

2021.

9.

Xolmirzaev A. Surxondaryoning tabarruk ziyoratgohlari. – T.: “G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at” nashriyoti, 2001

10.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF

SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

11.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy

tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

12.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA

TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social

sciences

,

2

(1), 43-51.


References

Botirov.I.T. Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi tarixi.Fan.-Toshkent 2011.

Ibroximov.I. Muzeyning ekologiya darsxonasi./ Xalq so‘zi.2011-yil 24- iyun.123-son.

Hakimov.A.O‘zbekiston badiiy hunarmandligi mustaqillik davrida. “Moziydan sado”, 2013.-3-son.(59).

Safarov Sh.Termiz va Termiziylar Termiz «Jayxun», 1993.

Termiz buyuk yo‘llar chorrahasidagi ko‘hna va yangi shahar. T., «Sharq», 2001.

Tursunov S.N., Qobilov E.O va boshq. Surxondaryo tarix ko‘zgusida. T., «Sharq», 2001.

“Xalq so‘zi” gazetasi 1998-yil 23-yanvar №12-247.

Xolmuminov X.E. Tarixiy o‘lkashunoslik. O‘quv qo‘llanma. T: “Tafakkur” nashriyoti, 2021.

Xolmirzaev A. Surxondaryoning tabarruk ziyoratgohlari. – T.: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at” nashriyoti, 2001

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.