2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
144
OʻZBEK TILIDA QARASHLILIK-TEGISHLILIK MAʼNOSINING SOʻZ
SEMANTIKASI TAʼSIRIDA YASHIRIN IFODALANISHI USULI
Мuattar Ismoilova
PhD
https://doi.org/10.5281/zenodo.17218003
Annotatsiya.
Oʻzbek tilida qarashlilik-tegishlilik maʼnosining muayyan soʻzlar orqali
ularning semantikasi taʼsirida yashirin ifodalanishi ham kuzatiladi. Bunday vaziyatda ushbu
soʻzlar ishirokida tuzilgan gaplardan yashirin tarzda qarashlilik-tegishlilik maʼnosi anglashiladi.
Qarashlilik-tegishlilik maʼnosining gapda yashirin tarzda voqelanishiga turtki beruvchi
birliklarga ega, ega boʻlmoq, egalik qilmoq; ixtiyorida, izmida, tasarrufida, qaramogʻida
kabilarni kiritish mumkin. Oʻzbek ti lida ega leksemasi va u ishtirokida yasalgan ega boʻlmoq,
egalik qilmoq feʼl leksemalari orqali nutqda yashirin tarzda qarashlilik-tegishlilikni bildiruvchi
axborot voqelanadi.
Ega leksemasi koʻpmaʼnoli soʻz boʻlib, “narsa-predmetga ega” maʼnosida qoʻllanganda
yashirin tarzda qarashlilik-tegishlilik maʼnosini ifodalaydi. Bunda ega leksemasi “egallangan
predmet” tushunchasini anglatuvchi joʻnalish kelishigidagi ismlar bilan bogʻlanadi, “predmetni
egallagan shaxs” tushunchasini bildiruvchi birlik esa bosh kelishikdagi ismlardan tarkib topadi.
Masalan, Salim noyob qoʻlyozmaga ega gapidan noyob qoʻlyozmaning Salimga tegishli ekanligi
anglashiladi. Bunda Salim – posessor, noyob qoʻlyozma – korrelyat, ega leksemasi esa
qarashlilik-tegishlilik
maʼnosini ifodalovchi vosita. Ammo bunday konstruksiyalarda
qarashllik/tegishlilik maʼnosi yashirin tarzda ifodalanadi. Bunda subyektning predmetga ega
boʻlishi zamirida ushbu predmetning shu subyektga tegishliligini anglatuvchi axborot yuzaga
keladi. Bu axborot gapning semantik strukturasi orqali yashirin tarzda yuzaga chiqadi.
Kalit soʻzlar:
posessor,ega, ixtiyorida, leksema, tasarrufida, feʼl.
THE METHOD OF IMPLICIT EXPRESSION UNDER THE INFLUENCE OF WORD
SEMANTICS OF THE CONCEPTS OF POSSESSION-RELATIONSHIP IN UZBEK
LANGUAGE
Abstract.
In the Uzbek language, the hidden expression of the meaning of belonging-
belonging through certain words under the influence of their semantics is also observed. In such a
situation, the meaning of belonging-belonging is understood in a hidden way from sentences
formed with the participation of these words. The units that give rise to the hidden realization of
the meaning of belonging-belonging in a sentence can be included: to have, to have, to possess; to
be at one's disposal, to be under one's control, to be under one's control. In the Uzbek language,
information expressing belonging-belonging is hidden in speech through the lexeme ega and the
verb lexemes ega and ega, to have formed with its participation.
The lexeme ega is a polysemantic word, and when used in the meaning of "to own a thing-
object", it expresses the hidden meaning of belonging-belonging. In this case, the possessor
lexeme is associated with nouns in the genitive case, which means the concept of “possessed
object”, while the unit denoting the concept of “person possessing the object” is composed of
nouns in the genitive case. For example, from the sentence Salim owns the unique manuscript, it is
understood that the unique manuscript belongs to Salim. In this case, Salim is the possessor, the
unique manuscript is the correlate, and the possessor lexeme is a means of expressing the
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
145
meaning of belonging-belonging. However, in such constructions, the meaning of
belonging/belonging is expressed in a hidden way. In this case, the subject’s possession of the
object contains information that the object belongs to this subject. This information is hidden
through the semantic structure of the sentence.
Keywords:
possessor, owner, at the disposal, lexeme, at the disposal, verb.
Kirish
Oʻzbek tilida bir obyektning ikkinchisiga egalik qilishi orqali ikki obyektning oʻrtasidagi
grammatik va semantik munosabatning lisoniy birliklar bilan ifodalanishi qarashlilik-tegishlilik
deb yuritiladi. Shu obyektlardan biriga egalik qiluvchini posessor, egallangan obyektni esa
korrelyat deb atash qarashlilik-tegishlilik munosabatlarida strategik meʼyor sanaladi.
Oʻzbek tilida ham qarashlilik-tegishlilik munosabati ikki obyekt oʻrtasida birining
boshqasiga egalik qilishi, birining boshqasiga tegishli ekanligining ifodalanishida yuzaga chiqadi.
Qarashlilik-tegishlilik kategoriyasini verballashtirishda birinchi navbatda qaratqich kelishigi va
egalik affikslari muhim oʻrin tutadi.
Egalik affikslarining asosiy maʼnosi ot va otlashgan soʻzlar oʻrtasida grammatik
munosabatni ifodalash boʻlib, aniqlanmishda ifodalangan shaxs, narsa, hodisaning qaratqich
aniqlovchida ifodalangan shaxs, narsa, hodisaga tegishli, qarashli, mansub, xos ekanligini
tasdiqlashdan iborat. Yaʼni ot turkumiga xos boʻlgan soʻzning ot turkumiga oid boshqa soʻz bilan
munosabati qaratqich kelishigi va egalik shakli orqali bir-birini taqozo qilgan holda yuzaga
chiqadi. Bunday munosabat natijasida birikmada qarashlilik-tegishlilik maʼnosi ifodalanadi.
Oʻzbek tilida qarashlilik-tegishlilikni ifodalovchi bu kabi vositalarning maxsus tizimi
mavjud, ularning qoʻllanish xususiyatlari, grammatik maʼnosi va vazifalari kontekst talabidan
kelib chiqib belgilanadi. Garchi bunday sintaktik konstruksiyalar “qarashlilik-tegishlilik” maʼnosi
ostida birlashsa-da, ularda bir-biridan farqlanuvchi turli semantik munosabatlar qayd etiladi.(
Gʻulomov, 1941:52)
Ega
leksemasi quyidagi maʼnosida ham gapda qarashlilik-tegishlilikni bildiruvchi
axborotni yuzaga chiqaradi: “5 Narsani “yuzaga keltirish, tayyorlash va sh.k. jihatidan
qarashliligini bildiradi”. Masalan,
Osh egasi bilan shirin
maqolida oshning egasiga, yaʼni uni
tayyorlagan insonga tegishli, qarashli ekanligi maʼnosi anglashiladi. Shunisi xarakterliki,
ega
leksemasining “3 Shaxs yoki narsada oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan narsaning bor, mavjud
ekanini bildiradi; bor, mavjud” maʼnosida ham qarashlilik-tegishlilikka ishora kuzatiladi. Masalan,
Men shu dalahovliga egaman
gapidan Menda shu dalahovli bor axboroti bilan birga Shu dalahovli
menga tegishli axboroti anglashiladi. Yaʼni subyektda biror narsa-predmetning mavjud ekanligi
haqidagi hukm bu narsaning ayni subyektga tegishli ekanligini anglatuvchi axborotga ishora qilib
turadi. Bu axborot asosiy axborot zamirida yashirin tarzda yuzaga chiqadi.Quyidagi gapning
semantikasiga eʼtibor qaratamiz:—
Said Xalil mamlakatning diniy peshvosi sifatida podshoh
hokimiyatini ichdan nazorat qilish huquqiga ega edi.
Ushbu gapning semantik strukturasidan
yashirin tarzda “Said Xalilga mamlakatning diniy peshvosi sifatida podshoh hokimiyatini ichdan
nazorat qilish huquqi tegishli edi”. Yoki
Safar qanchalik yaxshi doʻst hisoblanmasin, mana shu
kabi odatlari, kibrga bandaligi Omonulloga yoqmaydi. Baʼzilar doʻst tanlash imkoniyatiga ega
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
146
boʻladilar.
Anglashiladiki, [Ism
b.k.
+ Ism
joʻn.kel.
+ ega] qolipidagi sintaktik konstruksiyalarda doimo
yashirin tarzda qarashlilik-tegishlilikni bildiruvchi axborot ifodalanadi.
Bunday tuzilishdagi sintaktik konstruksiyalarda bosh kelishikdagi ismlardan tashkil topgan
birlik posessor vazifasida, joʻnalish kelishigidagi ismlar bilan ifodalangan birlik esa korrelyatni,
yaʼni egalik qilingan predmet tushunchasini anglatadi. Masalan:
Kamolot zinalaridan o‘tib shon-
shavkatga, mol-dunyoga, o‘zi bir vaqtlar entikib orzu qilgan hamma narsaga ega bo‘libdi-yu,
xuddi o‘sha zinalarda bitta narsasini, eng aziz, eng pokiza narsasini – odamgarchiligini tushirib
qoldiribdi.
Yoki
Nimaiki topgan bo‘lsam, xudo xohlasa, hammasiga o‘zing ega bo‘lasan. Mayli,
prokuror bo‘l, mayli savdo xodimi bo‘l, faqat davomchim bo‘lsang bas, deb yuzu ko‘zlarimdan
ko‘p o‘pardi. Nimadandir qalbim g‘ururga to‘lib borayotganini his qilib turardim
.
Bunga birgina
misol, Itolmasning nazarida, og‘asi Erdonboy otasidan qolgan bir xum tillaga ega boʻlmaguncha
binoyidek yigit edi. Otasining vafotidan soʻng ulkan boylikka ega boʻlgach, birdaniga oʻta xasis,
oʻta kibrli kimsaga aylandi-qoldi.
Shunisi xarakterliki,
ega
leksemasi gapda inkor ifodalovchi
emas, na...
yuklamalari bilan birikib kelgan holatda gapda qarashlilik-tegishlilikni ifodalovchi
axborot ifodalanmaydi. Masalan:
Salim noyob qoʻlyozmagan ega emas. Salim na noyob
qoʻlyozmaga ega.
U odil edi! Lekin unda hech qanaqa huquq yoʻq edi. U javohir edi! Ammo qavmda
javohirni toshdan farqlaydigan odamning oʻzi yoʻq edi. Boz ustiga, bu ovulda tugʻmas xotin yerda
yotgan toshchalik qadrga ega emasdi.
Nutqda
ega
leksemasi bilan hosil qilingan
ega boʻlmoq,
egalik qilmoq
feʼl leksemalari ham uchraydi. Bunday yasalmalar orqali narsa-predmetga ega
boʻlganlik yoki egalik qilinishi harakati sodir etilgandagina gapda qarashlilik-tegishlilikni
ifodalovchi yashirin axborot ifodalanadi. Egalik qilish harakati hali amalga oshmagan boʻlsa yoki
amalga oshayotgan boʻlsa, harakatning inkori ifodalansa, gapda qarashlilik-tegishlilik maʼnosi
yuzaga chiqmaydi. Masalan:1.
Anvar ersa avvalo Raʼno kabi bir rafiqagʻa ega boʻlmoqchi va shu
vositada boshqa masalalarga qaramoqchi edi.
2.
Nigor oyim yigirma-oʻttuz qizni oʻqutib ulardan
tushkan “ozodliq” va “panjshanbalik” pullarga ham ega boʻlolmas, har kun deyarlik muhtarab
maxdum pochchagʻa hisobini batamom topshurib turishqa majbur edi
(Qodiriy, 2014: 46).
Koʻrinadiki, birinchi misolda ega boʻlmoq feʼl leksemasi orqali harakatning kelgusida
rejalashtirilganligi ifodalangan, shu sababli gapda Anvarning hali rafiqaga ega boʻlmaganligi
anglashiladi.Keyingi gapda esa
ega boʻlmoq
feʼl leksemasi boʻlishsiz shaklda ishlatilgan. Natijada
gapning ushbu feʼl ishtirok etgan qismidan “pulga ega boʻlmaganlik” maʼnosi ifodalanadi.
Demak,
ega boʻlmoq, egalik qilmoq
feʼl leksemalari orqali qarashlilik-tegishlilik maʼnosining
ifodalanishi uchun ushbu feʼllar anglatgan harakat amalga oshgan boʻlishi shart. Ega boʻlish,
egalik qilish harakati amalga oshgach, harakat natijasi sifatida predmetga egalik, predmetning shu
shaxsga tegishli ekanligi maʼnosi yuzaga chiqadi.
Asosiy qism
Nutqda qarashlilik-tegishlilik maʼnosi
ixtiyorida, izmida, tasarrufida, qaramogʻida
leksemalari bilan ham yuzaga chiqadi. Bu birliklar, garchi egalik affiksi va oʻrin-payt kelishigini
qabul qilgan boʻlsa-da, ushbu affikslar soʻz tarkibida oʻz vazifasidan uzoqlashgan. Shu sababli
ixtiyorida, izmida, tasarrufida, qaramogʻida
soʻzlari nutqda yaxlit birlik sifatida ishlatiladi va
gapda qarashlilik-tegishlilik maʼnosi egalik affiksi orqali emas, ayni shu soʻzlar semantikasi
taʼsirida yuzaga chiqadi.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
147
Ega
leksemasi quyidagi maʼnosida ham gapda qarashlilik-tegishlilikni bildiruvchi
axborotni yuzaga chiqaradi: “5 Narsani “yuzaga keltirish, tayyorlash va sh.k. jihatidan
qarashliligini bildiradi”
1
. Masalan,
Osh egasi bilan shirin
maqolida oshning egasiga, yaʼni uni
tayyorlagan insonga tegishli, qarashli ekanligi maʼnosi anglashiladi. Shunisi xarakterliki,
ega
leksemasining “3 Shaxs yoki narsada oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan narsaning bor, mavjud
ekanini bildiradi; bor, mavjud”
2
maʼnosida ham qarashlilik-tegishlilikka ishora kuzatiladi
(OʻTIL
5, 2008:18). Masalan,
Men shu dalahovliga egaman
gapidan Menda shu dalahovli bor axboroti
bilan birga Shu dalahovli menga tegishli axboroti anglashiladi. Yaʼni subyektda biror narsa-
predmetning mavjud ekanligi haqidagi hukm bu narsaning ayni subyektga tegishli ekanligini
anglatuvchi axborotga ishora qilib turadi. Bu axborot asosiy axborot zamirida yashirin tarzda
yuzaga chiqadi.
Maʼlumki, egalik affiksi soʻzga qoʻshilib, asosdan anglashilgan predmetga (predmet ‒
keng maʼnoda) egalik/qarashlilik maʼnosini ifodalaydi. Masalan,
kitobim ‒ kitob menga tegishli,
ukam ‒ uka menga qarashli
kabi. Ammo ixtiyorimda birligi egalik affiksini qabul qilganligi uchun
“ixtiyor menga tegishli” maʼnosini anglatmaydi (G‘ulomov, 2008:140).Yoki
tasarrufingda
birligi
orqali ham “tasarruf senga tegishli” maʼnosi yuzaga chiqmaydi. Xuddi shunday,
qaramogʻimda
birligida ham “qaramogʻ menga tegishli” maʼnosi anglashilmaydi. Bu holat
ixtiyorida,
tasarrufida, qaramogʻida
birliklari tarkibida egalik affiksi hamda oʻrin-payt kelishigi maʼnosi va
vazifasidan uzoqlashganligini, bu birliklar mazkur affikslari bilan yaxlit holda maʼno kasb etishi
va shu holida leksik birlik maqomiga ega boʻlganligini koʻrsatadi. Demak,
ixtiyorida, izmida,
tasarrufida, qaramogʻida
gapda yaxlit birlik sifatida ishtirok etadi. Qarashlilik-tegishlilik
maʼnosi ushbu birliklar semantikasi taʼsirida yashirin ifodalanadi. Maʼlumki,
ixtiyorida
soʻzining asos qismi “1 Xohish-istak erki; erk, xohish. 2 Foydalanish, tasarruf yoki idora qilish
huquqi; izm” maʼnosini anglatadi (G'aynullina, 2002:19).
“QARAMOG‘ Tarbiya, boqish, tasarruf va sh.k. jihatdan mansublik, ixtiyorida bo‘lish,
qaramlik.
O‘n yoshimgacha onamning qaramog‘ida tarbiyalandim. ‒ Azizbek Turkiston
xonligining eng zolim... beklaridan va uning o‘z qaramog'ida bo‘lgan Toshkent aholisiga qilgan
zulmlari Farg‘onaga doston.
Eshmat aka... qaramog‘idagi bolalari to‘g‘risida spravka kelsa,
uyga qaytarishlari lozimligini yozardi
. Nutqda
qaramogʻida
soʻzi,
qaramogʻida qolmoq,
qoramogʻida boʻlmoq
feʼl leksemalari kimsaga nisbatan ishlatilganda, asosan, “tarbiyasida,
boquvida” maʼnosi reallashadi. Masalan:1.
“Boquvida” maʼnosi ifodalanadi: Bir oʻgʻilning
qaramogʻida qolgan keksa otasi bor edi
.Nutqda
qaramogʻida
soʻzi,
qaramogʻida qolmoq,
qoramogʻida boʻlmoq
feʼl leksemalarining “tasarrufida, ixtiyorida boʻlmoqlik” semasi yuzaga
chiqqanda “tegishlilik, qarashlilik” ifodalanadi. Biroq bu maʼno yashirin xarakterga ega boʻladi.
Bu birliklar nafaqat kishilarga, balki xoʻjalik, davlat, yurt kabilarga nisbatan ham ishlatiladi.
Bunday vaqtda ushbu birliklarning “taʼminotida boʻlmoq,” “tasarrufida boʻlmoq” maʼnolari
voqelanadi. Masalan:1. “Taʼminotida” maʼnosi ifodalanadi:
OTMlarda tahsil olayotgan yetim
bolalar davlat qaramogʻida boʻladi
.2. “Tasarrufida boʻlmoq” maʼnosi ifodalanadi:
Oʻzbekistonda
bank aktivlarining 80 foizdan ortigʻi davlat qaramogʻida.
Gapda qoʻllangan
qaramogʻida
soʻzi,
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий
нашриёти. 2008. 5- жилд. – Б. 18.
2
Ko‘rsatilgan manba. – B. 17.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
148
qaramogʻida qolmoq, qoramogʻida boʻlmoq
feʼl leksemalarining aynan “tasarrufida boʻlmoq”
maʼnosi reallashganda esa sintaktik konstruksiyada “xoʻjalikka tegishli”, “davlatga tegishli”,
“hokimlikka tegishli” kabi turli axborotlar ifodalanadi. Masalan:1.
“Andijon” futbol klubi
bundan buyon Andijon viloyati hokimligi qaramogʻida boʻladi.
Berilgan gapdan “Andijon” futbol
klubi bundan buyon Andijon viloyati hokimligiga qarashlidir” axboroti anglashiladi.
Ko‘rinadiki, oʻzbek tilida gapda qoʻllangan
qaramogʻida
soʻzi,
qaramogʻida qolmoq,
qoramogʻida boʻlmoq
feʼl leksemalari orqali ularning semantikasi taʼsirida yashirin axborot
ifodalanadi.Shuningdek, nutqimizda
tasarrufida
hamda bu soʻz ishtirokida yasalgan
tasarrufida
boʻlmoq, tasarrufida qolmoq
feʼl leksemalari orqali ham gapda yashirin tarzda qarashlilik-
tegishlilik maʼnosi ifodalanadi.
“TASARRUF
[a. ‒ o‘z ixtiyoriga olish, egalik qilish; mustaqil harakat qilish;
o‘zboshimchalik]
kt.
Foydalanish, egalik huquqi, ixtiyori; egalik, xo‘jayinlik. Xususiy tasarruf.
Bu
yer-suvlar qadimdan boyning tasarrufida edi. ‒ Otasi esa Bobomirzani o‘zining ko‘z qorachig‘i
deb bilar, shu sababdan katta ro‘zg‘orni boshqarishni, yer-suv, mol-dunyo tasarrufini shuning
qo
‘
liga tashlab ketish niyatida yurardi.
I.Rahim, Taqdir. [Berdiqul]
Yarim qo‘ra molning he yo‘q-
be yo‘q o‘gay akasi tasarrufiga o‘tib ketganidan yuragi tars yorilay dedi
. N.Norqobilov, Tog‘dagi
yolg‘iz odam” (OʻTIL 3, 2008:417).
Oʻzbek tilida
tasarruf qilmoq (etmoq)
soʻzi ham uchraydi. Ammo bu soʻz kitobiy uslubga
xoslanganligi sababli ogʻzaki nutqda deyarli kuzatilmaydi. Mazkur soʻz gapda “egalik qilmoq”
maʼnosida qoʻllanib, egalik, tegishlilik maʼnosi ifodalaydi. Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da
tasarruf qilmoq (etmoq)
soʻzi quyidagicha izohlangan: “Tasarruf qilmoq (yoki etmoq) Egalik
qilmoq.
Mening butun xojaligimni tasarruf qilishga undan boshqa kishining haddi yo‘q
.
Fotih
Iskandar butun yer yuzini tasarruf etib ham, ko
‘
ngli zarracha shod bo‘lmagach, onasiga shunday
maktub yozgan...
Koʻrinadiki,
tasarruf
soʻzi va undan hosil qilingan
tasarruf qilmoq (etmoq)
soʻzi
“egalik qilmoq” maʼnosini bildiradi. “Egalik qilmoqlik” tegishlilikni anglatadi. Shu jihatdan bu
soʻzlar ishtirok etgan gaplardan yashirin tegishlilik/qarashlilik maʼnosi anglashiladi. Xususan,
Fotih Iskandar yer yuzini tasarruf etib
birikmasi orqali “Yer yuzi Fotih Iskandarga tegishli”
axboroti anglashiladi.Demak, bu soʻz ham kontekstda yashirin tegishlilik/qarashlilikni ifodalab
keladi.Qarashlilik-tegishlilik maʼnosini yashirin ifodalovchi bu birliklarning nutqda qoʻllanishi
hamda faollik darajasi turlicha. Demak,
ixtiyorida, izmida, tasarrufida, qaramogʻida
gapda
yaxlit birlik sifatida ishtirok etadi. Qarashlilik-tegishlilik maʼnosi ushbu birliklar semantikasi
taʼsirida yashirin ifodalanadi (Guzev, 1987:91).
Maʼlumki,
ixtiyorida
soʻzining asos qismi “1 Xohish-istak erki; erk, xohish. 2
Foydalanish, tasarruf yoki idora qilish huquqi; izm”
3
maʼnosini anglatadi
(OʻT IL 2, 2004:501).
Ega, ixtiyorida, izmida, tasarrufida, qaramogʻida
soʻzlari kitobiy uslubga xos boʻlsa-da,
ularning nutqda qoʻllanish darajasi bir-biridan farqlanadi.
Izohdan koʻrinadiki, mazkur birlik toʻgʻridan toʻgʻri qarashlilik/ tegishlilik maʼnosini
anglatmaydi. Ammo uning biror narsadan “foydalanish, tasarruf yoki idora qilish huquqi”ga
egalikni anglatishi gapda ixtiyorida soʻzi orqali yashirin qarashlilik-tegishlilik maʼnosi
ifodalanishiga yoʻl ochadi. Masalan:
“Botanika” bogʻi Fanlar akademiyasi ixtiyorida. Qachonki,
3
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий
нашриёти. 2004. 2 жилд. – Б. 501.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
149
sukunat zangi – g‘ayritabiiy bir sasdan oʻziga kelganida, kun adoqlab, bobo quyosh allaqachon
choʻqqilardan biri boshiga qoʻngan – hademay borliqni qora tun ixtiyorida qoldirib, togʻlar
ortiga shoʻngʻish taraddudida edi
(G'adzhiev, 1975:22). Berilgan birinchi gapdan “Botanika”
bogʻi Fanlar akademiyasiga tegishli, uning qaramog‘ida, unga tegishli” kabi ma’nolar ifodalanadi
va shunday axborot anglashiladi. Ikkinchi misolda ham adib tun cho‘kishini “borliqni qora
tunning ixtiyorida qoldirish” ifodasi bilan tasvirlaydi va bunda ohorli poetik tasvir yaratadi. Yoki
Shirin shahridagi chempionlar maskani yana sportchilar ixtiyorida
. Ushbu gapdan “Shirin
shahridagi chempionlar maskani yana sportchilarga tegishli” axboroti anglashiladi.
Xulosa
Oʻzbek tilida
ixtiyorida, tasarrufida, qaramogʻida, izmida
soʻzlariga
boʻlmoq, qo lmoq
feʼllarining birikib kelishidan hosil boʻlgan
ixtiyorida boʻlmoq, tasarrufida boʻlmoq, qaramogʻida
boʻlmoq, izmida qolmoq; ixtiyorida qolmoq, tasarrufida qolmoq, qaramogʻida qolmoq, izmida
qolmoq
yasama feʼllari ham mavjud. Shunisi xarakterliki, feʼl yasalishida mazkur soʻzlarning
semantikasi butkul oʻchib ketmaydi. Shu sababli ushbu feʼllar orqali ham ularning semantikasi
taʼsirida gapda qarashlilik-tegishlilik maʼnosi ifodalanadi.
Nutqda
ixtiyorida
soʻzi baʼzan
izmida
soʻzi bilan;
ixtiyorida boʻlmoq
,
ixtiyorida qolmoq
soʻzlari
izmida boʻlmoq, izmida qolmoq
yasalmalari bilan almashinib qoʻllana oladi. Bunday
vaqtda
izmida, izmida boʻlmoq, izmida qolmoq
birliklari “tasarruf, tasarruf qilish, egalik qilish”
maʼnosini anglatib, qarashlilik-tegishlilik maʼnosini yashirin ifodalashga xizmat qiladi. Masalan,
“Iztopar itlar isteʼdodli izquvarlar izmida”
gapida qoʻllangan
izmida
soʻzi “tasarrufida” maʼnosini
bildiradi.
Tasarrufida boʻlmoqlik
esa predmetga egalikni anglatadi. Shu jihatdan ushbu gapdan
izmida
soʻzi semantikasi taʼsirida yashirin tarzda “Iztopar itlar isteʼdodli izquvarlarga tegishli”
axboroti anglashiladi.
Oʻzbek tilida
qaramogʻida
hamda bu soʻz ishtirokida yasalgan
qaramogʻida boʻlmoq,
qaramogʻida qolmoq
feʼl leksemalari orqali ham gapda yashirin qarashlilik-tegishlilik ifodalanadi.
Maʼlumki,
qaramogʻida
soʻzi qaramogʻ soʻzi asosida hosil qilingan boʻlsa-da, bugungi
kunda yaxlit birlik sanaladi. Ammo bu soʻz qaramogʻida shaklida “Oʻzbek tilining izohli
lugʻati”da uchramaydi.
Qaramogʻ
soʻziga lugʻatda quyidagicha izoh berilgan: “QARAMOG‘
Tarbiya, boqish, tasarruf va sh.k. jihatdan mansublik, ixtiyorida bo‘lish, qaramlik.
O‘n
yoshimgacha onamning qaramog‘ida tarbiyalandim. ‒ Azizbek Turkiston xonligining eng zolim...
beklaridan va uning o‘z qaramog'ida bo‘lgan Toshkent aholisiga qilgan zulmlari Farg‘onaga
doston.
Eshmat aka... qaramog‘idagi bolalari to‘g‘risida spravka kelsa, uyga qaytarishlari
lozimligini yozard
(G'ulomov, 1941:61).
Nutqda
qaramogʻida
soʻzi,
qaramogʻida qolmoq, qoramogʻida boʻlmoq
feʼl
leksemalarining “tasarrufida, ixtiyorida boʻlmoqlik” semasi yuzaga chiqqanda “tegishlilik,
qarashlilik” ifodalanadi. Biroq bu maʼno yashirin xarakterga ega boʻladi.
Bu birliklar nafaqat kishilarga, balki xoʻjalik, davlat, yurt kabilarga nisbatan ham
ishlatiladi. Bunday vaqtda ushbu birliklarning “taʼminotida boʻlmoq,” “tasarrufida boʻlmoq”
maʼnolari voqelanadi. Masalan:1. “Taʼminotida” maʼnosi ifodalanadi:
OTMlarda tahsil olayotgan
yetim bolalar davlat qaramogʻida boʻladi
. 2. “Tasarrufida boʻlmoq” maʼnosi ifodalanadi:
Oʻzbekistonda bank aktivlarining 80 foizdan ortigʻi davlat qaramogʻida.
Gapda qoʻllangan
qaramogʻida
soʻzi,
qaramogʻida qolmoq, qoramogʻida boʻlmoq
feʼl leksemalarining aynan
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
150
“tasarrufida boʻlmoq” maʼnosi reallashganda esa sintaktik konstruksiyada “xoʻjalikka tegishli”,
“davlatga tegishli”, “hokimlikka tegishli” kabi turli axborotlar ifodalanadi. Masalan:Ko‘rinadiki,
oʻzbek tilida gapda qoʻllangan
qaramogʻida
soʻzi,
qaramogʻida qolmoq, qoramogʻida boʻlmoq
feʼl leksemalari orqali ularning semantikasi taʼsirida yashirin axborot ifodalanadi (Ismoilova,
2024:130).
Oʻzbek tilida iboralar, maqollar, oʻxshatishli qurilmalarda qaratqich kelishigi
qoʻllanilishining individual xususiyatlari bor. Bunday birliklarda mazkur kelishik koʻproq belgili
keladi. Masalan,
kalning temirdan tarogʻi bor
,
ammamning buzogʻi, boʻzchining mokisiday,
anqoning urugʻi, ogʻzining tanobi qochdi, otning qashqasi, suhbatning guli, gapning poʻstkallasi.
Oʻzbek tilida vositasiz qaratqich kelishigi vositasida bogʻlangan frazema va idiomalarda
qaratqich kelishigining oʻrni faqatgina subyektga koʻra belgilanadi. Vositali qaratqich kelishigida
tayanch komponentning oʻrni substantiv hisoblanadi.
Хullas, o‘zbek tilida ayrim so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi ta’sirida ham qarashlilik-
tegishlilik ma’nosi ifodalanadi. Ammo bu so‘zlar ifodalagan qarashlilik-tegishlilik ma’nosi
yashirin xarakterga ega bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ayub G‘ulomovning ilmiy merosi (4-kitob). O‘zbek tilida aniqlovchilar. O‘zbek tilida
kelishiklar. – Toshkent, 2008. – 140 b.
2.
Qodriy A. “O’tkan kunlar” romani, Sharq nashriyoti, 2014 yil, 400 b.
3.
O‘zbek tilining izohli lugati. 5 jildi. – Toshkent, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 3- jild. – B. 417.
4.
O‘zbek tilining izohli lugati . 5 jildi. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti. 2004. 2 jild. – B. 501.
5.
Andrey D. Kaksin. K. voprosu o kategoriya prityazhatel'nosti i formakh yeyeyo
vyrazheniya v khakasskom yazyke / Tehlikedeki Diller Dergisi /Journal of Endangered
Language/ Elektron manzil: https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/689697
6.
Asaturova S. Sredstva vyrazheniya kategorii prinadlezhnosti v raznosistemnykh yazyka, v
chastnosti, v russkom i gruzinskom (Na materiale russkikh i gruzinskikh narodnykh
skazok) // https://journals.4science.ge/index.php/TUW/article/view/1693/1646
7.
Bastrakova E.A. Nekotorye osobennosti kategorii possessivnosti v russkom yazyke v
sravnenii s drugimi yazyka // https://scipress.ru/philology/articles/nekotorye-osobennosti-
kategorii-posessivnosti-v-russkom-yazyke-v-sravnenii-s-drugimi-yazykami.html
8.
– 264 s.
9.
G'adzhiev N. Kategoriya prinadlezhnosti v sovremennom azerbaydzhanskom yazyke:
Avtoreferat. dis. kand. filol. nauk. – Baku, 1975. – 22 s.
10.
G'aynullina R.G. Semantiko-sintaksicheskaya struktura possessivnykh predlozheniy:
Avtoreferat. diss. kand. filol. nauk. – Tver', 2002. – 19 s.
11.
Guzev V.G. Ocherki po teorii tyurkskogo slovoizmeneniya: Ima (na materiale
staroanatolijsko-tyurkskogo yazyka). – L.: Izd-vo LGU, 1987. – 141 s.
12.
G'ulomov A. O'zbek tilida kelishiklar / Trudy Uzbekskogo filiala AN SSR. Ser. 2. – Kn.2.
–T., 1941.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
151
13.
Ismoilova Muattar Ilyosovna,
“O‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi
birliklarning semantik xususiyatlari” dissertatsiya. 2024 yil. Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti.
