BANK AMALIYOTIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLANILISHI

Annotasiya

. Mazkur maqolada bank amaliyotida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati, afzalliklari va asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Raqamli bank xizmatlari, sun’iy intellekt, biometrik identifikatsiya, blokcheyn texnologiyasi, bulutli texnologiyalar hamda katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili kabi ilg‘or yechimlar tahlil qilinib, ularning bank tizimiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida bank operatsiyalarining xavfsizligi, tezkorligi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati qanday oshirilayotganiga e’tibor qaratilgan. Maqola bugungi kunda bank tizimining raqamli transformatsiyasi jarayonida innovatsiyalarning o‘rni va istiqbollarini ochib beradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sodiqova, N., & Irgasheva, F. (2025). BANK AMALIYOTIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLANILISHI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(6), 513–515. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/115485
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

. Mazkur maqolada bank amaliyotida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati, afzalliklari va asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Raqamli bank xizmatlari, sun’iy intellekt, biometrik identifikatsiya, blokcheyn texnologiyasi, bulutli texnologiyalar hamda katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili kabi ilg‘or yechimlar tahlil qilinib, ularning bank tizimiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida bank operatsiyalarining xavfsizligi, tezkorligi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati qanday oshirilayotganiga e’tibor qaratilgan. Maqola bugungi kunda bank tizimining raqamli transformatsiyasi jarayonida innovatsiyalarning o‘rni va istiqbollarini ochib beradi.


background image


Iyun, 2025-Yil

513

BANK AMALIYOTIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLANILISHI

Sodiqova N.T.

Osiyo xalqaro universiteti

Irgasheva Feruza

Osiyo xalqaro universiteti 3-MMT-23 guruhi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15735647

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bank amaliyotida innovatsion texnologiyalarni

qo‘llashning ahamiyati, afzalliklari va asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Raqamli bank xizmatlari,
sun’iy intellekt, biometrik identifikatsiya, blokcheyn texnologiyasi, bulutli texnologiyalar hamda
katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili kabi ilg‘or yechimlar tahlil qilinib, ularning bank tizimiga
ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida bank operatsiyalarining
xavfsizligi, tezkorligi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati qanday oshirilayotganiga e’tibor
qaratilgan. Maqola bugungi kunda bank tizimining raqamli transformatsiyasi jarayonida
innovatsiyalarning o‘rni va istiqbollarini ochib beradi.

Kalit so’zlar:

bank amaliyoti, innovatsion texnologiyalar, raqamli bank, sun’iy intellekt,

blokcheyn, biometrik identifikatsiya, moliyaviy xizmatlar.

Abstract.

This article highlights the importance, advantages, and main directions of

applying innovative technologies in banking operations. Advanced solutions such as digital banking
services, artificial intelligence, biometric identification, blockchain technology, cloud computing,
and big data analytics are analyzed, focusing on their impact on the banking system. Additionally,
attention is given to how innovative technologies improve the security, speed, and quality of
customer service in banking operations. The article reveals the role and prospects of innovations in
the digital transformation process of today’s banking sector.

Keywords:

banking operations, innovative technologies, digital banking, artificial

intelligence, blockchain, biometric identification, financial services.

Аннотация.

В данной статье освещается значимость, преимущества и основные

направления применения инновационных технологий в банковской деятельности.
Анализируются передовые решения, такие как услуги цифрового банкинга, искусственный
интеллект, биометрическая идентификация, технология блокчейн, облачные вычисления и
анализ больших данных, а также их влияние на банковскую систему. Особое внимание
уделяется тому, как инновационные технологии повышают безопасность, скорость и
качество обслуживания клиентов в банковских операциях. В статье раскрывается роль и
перспективы инноваций в процессе цифровой трансформации современной банковской
сферы.

Ключевые слова:

банковская деятельность, инновационные технологии, цифровой

банкинг, искусственный интеллект, блокчейн, биометрическая идентификация,
финансовые услуги.


Mamlakatimizda banklarning innovatsion faoliyatini takomillashtirishga alohida e'tibor

berilib, uning taraqqiyotini ta'minlash maqsadida 2020-2025-yillarga mo'ljallangan "O'zbekiston
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmonida bank tizimining barqarorligini oshirish, iqtisodiyotni kredit bilan


background image


Iyun, 2025-Yil

514

ta'minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish bank xizmatlari sohasida vazifalar belgilab berildi.
Respublikamizdagi tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish iqtisodiyotdagi
keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish bo'yicha iqtisodiyotimiz tarmoqlari va
sohalarida olib borilayotgan islohotlar sharoitida amaldagi xizmatlar sifatini oshirish, yangiliklarni
amaliyotga tadbiq eitshni faollashtirishtirishni va bunda xorijiy banklar tajribasini keng qo'llash
talab qilinadi. Iqtisodiyotda zaruriy tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirmasdan, bank mahsulot
va xizmatlarni diversifikatsiyalamasdan va texnologik jihatdan yangilamasdan turib, jahon moliya
bozorida mustahkam o'ringa ega bo'lish mushkul. Innovatsion bank xizmatlarini amaliy tadbiq etish,
kuchli raqobat mavjud bo'lgan hozirgi sharoitda, to'g'ridan-to'g'ri yangi bank xizmatlarini va
mahsulotlarini ishlab chiqishda yangicha tamoyil va mexanizmlarini amalda joriy etish dolzarb
masaladir.

Tijorat banklarni yangicha (innovatsion) fikrlar va g'oyalar yordamida boshqarish vazifasini

amalga oshirish uchun banklar faoliyati tizimining samaradorligi va qulayligini oshirish, ya'ni
mijozlarga yaratilgan qulayliklar, imtiyozlar va eng muhimi ularning ishonchini qozonish asosiy
ahamiyatga egadir. Zamonaviy raqamli texnologiyalar bank sohasida yangi elektron jihozlar va
xizmatlarni joriy etish bilan bir qatorda ularni taklif qilayotgan tashkilotlarning rivojlanishini ko'rish
imkonini beradi.

Bugungi kunda, zamonaviy iqtisodiy rivojlanish innovatsiyalar nuqtai nazaridan, ushbu

sohaga ko`proq e`tibor qaratilishini taqozo etmoqda. Shu sababli, aynan ma'lum bir innovatsion
operatsiyalarning o'ziga xosligi iqtisodiyot darajasini oshirishga va uning barcha segmentlarining
barqaror ishlashiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ma’lumki, aynan innovatsiyalar, moliya bozori
segmentiga kuchli ta'sir ko'rsatib, aynan ushbu sohada yuzaga keladigan ayrim jarayonlarning
minimal va qisqa dinamikasi nafaqat davlatlararo tartibga solish darajasida, balki butun xalqaro
moliya tizimi doirasidagi muhim iqtisodiy o'zgarishlarni rag'batlantirilishiga olib keladi . Ushbu
yoki boshqa o'zgarishlar iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga turtki bo'lib xizmat qilishi yoki
aksincha uzoq muddatli moliyaviy taqchillikka olib kelishi mumkin. Shunga qaramay, hozirgi
zamon voqeiliklari, innovatsiyalarning jamiyat hayotining barcha jabhalarida yuzaga kelayotgan
salbiy dinamik jarayonlarga ta'siri nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etishini ko'rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda "bank innovatsiyasi" tushunchasining umumiy qabul qilingan yagona ta’rifi

mavjud emas. Ilmiy adabiyotlarda bank (yoki moliyaviy) innovatsiyalarni tor va keng ma’noda
ko‘rish mumkin.

Birinchi holda, innovatsiya ilgari mavjud bo‘lmagan (yaxshilangan) xizmatlar yoki

mahsulotlarni yaratish bilan belgilanadi. Keng ma’noda innovatsiyani “bank faoliyatining istalgan
sohasida ma’lum ijobiy iqtisodiy-strategik samaraga ega bo‘lgan ko‘p qirrali innovatsiyalar tizimi”
deb ta’riflash mumkin. Iqtisodchilarning fikr-mulohazalarini, shuningdek, bank biznesining
voqeligini hisobga olgan holda, biz bank innovatsiyasi - bu yangi xizmat yoki bank yangi mahsuloti,
ularni taqdim etish texnologiyasi yoki u yoki bu shaklda yangi yoki takomillashtirilgan jarayon,
degan xulosaga kelgan xolda bank faoliyati samaradorligini oshirlishini tushunishimiz to‘g‘ri
bo‘ladi. Iqtisodiy tizimlar uchun "innovatsiya" atamasining mohiyatini o‘rganib, mavjud bo‘lgan
turli nuqtai nazarlarni tahlil qilib, bank biznesida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
muallif nuqtai nazardan bank innovatsiyasi haqidagi tushunchasi shakllantirildi.


background image


Iyun, 2025-Yil

515

Bank innovatsiyalari, albatta, nafaqat yangi, balki ilgari taklif qilingan bank xizmatlarini

ham o‘z ichiga olishi, agar mijozlar ularni qabul qilish usullari o‘zgargan bo‘lsa, bu ularni taqdim
etish sifatining yaxshilanishiga olib kelgan bo‘lsa (Internet-banking). Ta’rifda ko‘rsatilgan foyda
bank tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirishi, amalga oshirgan operatsiya uchun xavfiga
mukofot sifatida olinadi, chunki ilgari tuzilgan ta’riflarning ba’zi mualliflari esa - "bank
mijozlarining foyda olishda yordam berish" xizmat turi deb ta’rif berishgan.

Iqtisodiy rivojlanish har doim yangi texnologiyalarni joriy etish orqali asoslangan, ammo

uzoq vaqt davomida bu jarayon juda sekin davom etgan. Zamonaviy texnologik inqilob sharoitida
va ayniqsa yaqinda rivojlangan mamlakatlar industrial jamiyatga o‘tayotgan bir paytda, iqtisodiy
rivojlanishning sifat jihatidan yangi xususiyatga ega bo‘ldi.

Uning belgilovchi xususiyatlari quyidagilardan iborat: -birinchidan, innovatsion jarayonni

innovatsiyalarni yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish jarayoni sifatida sifat, miqdor va tarkibiy
o‘zgarishlar markaziga qo‘yish; -ikkinchidan, innovatsion jarayonni doimiy ishlaydigan omilga
aylantirish; -uchinchidan, o‘zgarish tezligi misli ko‘rilmagan darajada yuqoriligi. O‘zbekiston
banklar tizimini jadal rivojlantirish stsenariysi va chora-tadbirlar dasturi belgilangan, bunda: -
Banklari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarining miqdoriy va sifat jihatidan o‘sishi; - boshqaruv
samaradorligini oshirish; - kreditlash sohasida dolzarb loyihalarni amalga oshirish va boshqalar
kiradi.

Bank innovatsiyalari o‘z maqsadlariga ko‘ra, yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu bizga

bank innovatsiyalarini tasniflash turlarini tizimlashtirishga imkon beradi, ular orasida texnologik,
ilmiy, tashkiliy, axborot, aloqa, marketing, ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatish va boshqalarni
ajratib ko‘rsatish mumkin. Innovatsiyalarni tavsiflovchi bank mahsulotlari va xizmatlarining butun
majmui innovatsiyalarni rag‘batlantiruvchi, joriy qiluvchi va iste’mol qiluvchi bozor
sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi bilan belgilanadi, bu esa ularning institutsional asosini yana bir
bor ta’kidlaydi.

REFERENCES

1.

2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 yil 2020 maydagi PF5992-sonli farmoni.

2.

www.cbu.uz .- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-sayti.

3.

www.mineconomy.uz. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining veb-sayti.

4.

Bank sektorida innovatsion menejment. Innovatsiyalar va tashkilotlarni boshqarish 2011 yil.
1-son. 4-8 bet

5.

Bank faoliyati samaradorligini oshirish tamoyillari va mexanizmlari. Koch Larisa
Vyacheslavovna, muallifning referati.

http://www.isuct.ru

6.

Tohir o’g’li, M. T., & To’rayevna, S. N. (2024). O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
INVESTITSION SIYOSAT.

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION

TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(14), 45-53.

7.

Sodiqova, N. T., & Yuldasheva, H. (2025). ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI
KAMAYTIRISH-IQTISODIY

TARAQQIYOTNING

HAL

QILUVCHI

OMILI

SIFATIDA.

Modern Science and Research

,

4

(5), 713-720.


background image


Iyun, 2025-Yil

516

8.

Sodiqova, N. T. (2025). RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI.

Modern Science and Research

,

4

(4), 561-570.

9.

Sodiqova, N. T. (2025). IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHNING ZAMONAVIY
TENDENSIYALARI.

Modern Science and Research

,

4

(4).

10.

Sodiqova, N. T., & Irgasheva, F. (2025). BANK TIZIMI VA MOLIYA BOZORLARI
O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK.

Modern Science and Research

,

4

(5), 703-712.

11.

Sodiqova, N. T., & Roziqova, Z. (2025). DAVLAT BYUDJETINING KAMOMADLIK
MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH IMKONIYATLARI.

Modern Science and

Research

,

4

(5), 721-725.

12.

Sodiqova, N. T., & Islomova, M. (2025). BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISHNING
O’ZBEK MODELI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Modern Science and

Research

,

4

(5), 726-732.

13.

Sodiqova, N. T. (2025). KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI
IQTISODIYOTDA TUTGAN O ‘RNI.

Modern Science and Research

,

4

(4), 589-595.

14.

Sodiqova, N. T., & Sharifova, A. (2025). MENEJMENT-KORXONALARNI
BOSHQARISH TIZIMI SIFATIDA.

Modern Science and Research

,

4

(3), 188-193.7

15.

Bahodirovich, X. B., & To’rayevna, S. N. (2025). BANK TIZIMI VA UNING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(4), 372-379.]

16.

Sodiqova, N. T., & Yuldasheva, H. (2025). IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT
TARAQQIYOTIDAGI O’RNI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 182-187.

17.

To’rayevna, O. M., & To’rayevna, S. N. (2025). KORXONALARNI STRATEGIK
RIVOJLANISHIDA XODIMLAR VA MEHNAT MOTIVATSIYASI TIZIMI.

MODERN

EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS

,

1

(7), 6-14.

18.

Sodiqova,

N.

T.

(2025).

WAYS

TO

ENHANCE

COMPANY

COMPETITIVENESS.

Ethiopian

International

Journal

of

Multidisciplinary

Research

,

12

(01), 145-150.

19.

Sodiqova, N. T., & Irgasheva, F. (2025). BANK TIZIMI MOLIYA TIZIMINING ASOSIY
TARKIBIY QISMI SIFATIDA.

Modern Science and Research

,

4

(3), 268-278.

20.

Bobojonova, M. J., & Sodiqova, N. T. (2025). JAHON IQTISODIYOTDA YASHIL
IQTISODIYOTNING O'SISHI VA GG-GE-SD MODELI.

MODERN EDUCATIONAL

SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS

,

1

(6), 251-260.

Bibliografik manbalar

2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 yil 2020 maydagi PF5992-sonli farmoni.

www.cbu.uz .- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-sayti.

www.mineconomy.uz. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining veb-sayti.

Bank sektorida innovatsion menejment. Innovatsiyalar va tashkilotlarni boshqarish 2011 yil. 1-son. 4-8 bet

Bank faoliyati samaradorligini oshirish tamoyillari va mexanizmlari. Koch Larisa Vyacheslavovna, muallifning referati. http://www.isuct.ru

Tohir o’g’li, M. T., & To’rayevna, S. N. (2024). O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSION SIYOSAT. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 45-53.

Sodiqova, N. T., & Yuldasheva, H. (2025). ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISH-IQTISODIY TARAQQIYOTNING HAL QILUVCHI OMILI SIFATIDA. Modern Science and Research, 4(5), 713-720.

Sodiqova, N. T. (2025). RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Modern Science and Research, 4(4), 561-570.

Sodiqova, N. T. (2025). IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI. Modern Science and Research, 4(4).

Sodiqova, N. T., & Irgasheva, F. (2025). BANK TIZIMI VA MOLIYA BOZORLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK. Modern Science and Research, 4(5), 703-712.

Sodiqova, N. T., & Roziqova, Z. (2025). DAVLAT BYUDJETINING KAMOMADLIK MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH IMKONIYATLARI. Modern Science and Research, 4(5), 721-725.

Sodiqova, N. T., & Islomova, M. (2025). BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISHNING O’ZBEK MODELI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Modern Science and Research, 4(5), 726-732.

Sodiqova, N. T. (2025). KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA TUTGAN O ‘RNI. Modern Science and Research, 4(4), 589-595.

Sodiqova, N. T., & Sharifova, A. (2025). MENEJMENT-KORXONALARNI BOSHQARISH TIZIMI SIFATIDA. Modern Science and Research, 4(3), 188-193.7

Bahodirovich, X. B., & To’rayevna, S. N. (2025). BANK TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(4), 372-379.]

Sodiqova, N. T., & Yuldasheva, H. (2025). IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI. Modern Science and Research, 4(3), 182-187.

To’rayevna, O. M., & To’rayevna, S. N. (2025). KORXONALARNI STRATEGIK RIVOJLANISHIDA XODIMLAR VA MEHNAT MOTIVATSIYASI TIZIMI. MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS, 1(7), 6-14.

Sodiqova, N. T. (2025). WAYS TO ENHANCE COMPANY COMPETITIVENESS. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 12(01), 145-150.

Sodiqova, N. T., & Irgasheva, F. (2025). BANK TIZIMI MOLIYA TIZIMINING ASOSIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA. Modern Science and Research, 4(3), 268-278.

Bobojonova, M. J., & Sodiqova, N. T. (2025). JAHON IQTISODIYOTDA YASHIL IQTISODIYOTNING O'SISHI VA GG-GE-SD MODELI. MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS, 1(6), 251-260.