BANK TIZIMI VA MOLIYA BOZORLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK

Annotasiya

Mazkur maqola bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada, avvalo, bank tizimi va moliya bozorlarining funksiyalari va asosiy faoliyatlari ko'rib chiqiladi. Banklar pul mablag'larini yig'ish, kreditlar berish, va to'lov tizimlarini amalga oshirish orqali iqtisodiy faoliyatni qo'llab-quvvatlaydi, moliya bozorlari esa investitsiyalar va kapital ajratish jarayonlarini tashkil etadi. Maqolada bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi bog'liqlikning asosiy jihatlari, jumladan, likvidlik ta'minoti, kredit tizimi, inflyatsiya va foiz stavkalarining o'zaro ta'siri, risklarni boshqarish, hamda iqtisodiy o'sish va barqarorlikni qo'llab-quvvatlash jarayonlari muhokama qilinadi. Ushbu aloqalar orqali banklar va moliya bozorlari bir-birini to'ldiruvchi va ta'sir etuvchi tizimlar sifatida iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynashadi. Maqola bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi murakkab o'zaro aloqalarni tushunish uchun foydali manba bo'lib, iqtisodiy siyosat va moliyaviy nazoratni yaxshilashga doir tavsiyalarni taqdim etadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sodiqova, N., & Irgasheva , F. (2025). BANK TIZIMI VA MOLIYA BOZORLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK . Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(5), 703–712. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/97181
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqola bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada, avvalo, bank tizimi va moliya bozorlarining funksiyalari va asosiy faoliyatlari ko'rib chiqiladi. Banklar pul mablag'larini yig'ish, kreditlar berish, va to'lov tizimlarini amalga oshirish orqali iqtisodiy faoliyatni qo'llab-quvvatlaydi, moliya bozorlari esa investitsiyalar va kapital ajratish jarayonlarini tashkil etadi. Maqolada bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi bog'liqlikning asosiy jihatlari, jumladan, likvidlik ta'minoti, kredit tizimi, inflyatsiya va foiz stavkalarining o'zaro ta'siri, risklarni boshqarish, hamda iqtisodiy o'sish va barqarorlikni qo'llab-quvvatlash jarayonlari muhokama qilinadi. Ushbu aloqalar orqali banklar va moliya bozorlari bir-birini to'ldiruvchi va ta'sir etuvchi tizimlar sifatida iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynashadi. Maqola bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi murakkab o'zaro aloqalarni tushunish uchun foydali manba bo'lib, iqtisodiy siyosat va moliyaviy nazoratni yaxshilashga doir tavsiyalarni taqdim etadi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

703

BANK TIZIMI VA MOLIYA BOZORLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK

Sodiqova N.T

Ilmiy rahbar.

Irgasheva Feruza

Osiyo xalqaro universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15512363

Annotatsiya. Mazkur maqola bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi o'zaro

bog'liqlikni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada, avvalo, bank tizimi va moliya

bozorlarining funksiyalari va asosiy faoliyatlari ko'rib chiqiladi. Banklar pul mablag'larini

yig'ish, kreditlar berish, va to'lov tizimlarini amalga oshirish orqali iqtisodiy faoliyatni qo'llab-

quvvatlaydi, moliya bozorlari esa investitsiyalar va kapital ajratish jarayonlarini tashkil etadi.

Maqolada bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi bog'liqlikning asosiy jihatlari,

jumladan, likvidlik ta'minoti, kredit tizimi, inflyatsiya va foiz stavkalarining o'zaro ta'siri,

risklarni boshqarish, hamda iqtisodiy o'sish va barqarorlikni qo'llab-quvvatlash jarayonlari

muhokama qilinadi. Ushbu aloqalar orqali banklar va moliya bozorlari bir-birini to'ldiruvchi

va ta'sir etuvchi tizimlar sifatida iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta'minlashda muhim rol

o'ynashadi. Maqola bank tizimi va moliya bozorlari o'rtasidagi murakkab o'zaro aloqalarni

tushunish uchun foydali manba bo'lib, iqtisodiy siyosat va moliyaviy nazoratni yaxshilashga

doir tavsiyalarni taqdim etadi.

Tayanch so’zlar: likvidlik, kredit, foiz stavkalari, iqtisodiy o’sish, moliya bozorlari

Аннотация. Данная статья посвящена анализу взаимосвязи между банковской

системой и финансовыми рынками. В статье рассматриваются основные функции и

деятельность банковской системы и финансовых рынков. Банки поддерживают

экономическую активность через сбор денежных средств, предоставление кредитов и

осуществление платежных систем, в то время как финансовые рынки организуют

инвестиционные процессы и привлечение капитала. В статье обсуждаются ключевые

аспекты взаимосвязи между банковской системой и финансовыми рынками, включая

обеспечение ликвидности, кредитную систему, взаимное влияние инфляции и

процентных ставок, управление рисками, а также поддержку экономического роста и

стабильности. Эти связи подчеркивают, что банки и финансовые рынки являются

взаимодополняющими и взаимно влияющими системами, играющими важную роль в

обеспечении экономического развития и стабильности.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

704

Статья служит полезным источником для понимания сложных взаимосвязей

между банковской системой и финансовыми рынками, а также дает рекомендации по

улучшению экономической политики и финансового регулирования.

Ключевые слова: ликвидность, кредиты, процентные ставки, экономический

рост, финансовые рынки.

Abstract

.

This article is dedicated to analyzing the interconnection between the banking

system and financial markets. The article discusses the main functions and activities of the

banking system and financial markets. Banks support economic activity through the collection

of funds, the provision of loans, and the implementation of payment systems, while financial

markets organize investment processes and capital allocation. The article addresses key

aspects of the relationship between the banking system and financial markets, including

liquidity provision, the credit system, the mutual impact of inflation and interest rates, risk

management, as well as supporting economic growth and stability. These connections highlight

that banks and financial markets are complementary and mutually influencing systems, playing

a crucial role in ensuring economic development and stability. The article serves as a useful

resource for understanding the complex interrelationships between the banking system and

financial markets, and provides recommendations for improving economic policy and financial

regulation.

Keywords: liquidity, credit, interest rates, economic growth, financial markets.

Mamlakatimizda tanlangan iqtisodiy rivojlantirishning o‘z modeli va uning tamoyillari

asosida ishlab chiqilgan, chuqur va har tomonlama o‘ylangan mamlakatni isloh qilish va

modernizatsiyalashning tadrijiy dasturi izchil amalga oshirilishi jahon moliyaviy-iqtisodiy

inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyoti, uning moliya va bank tizimiga salbiy ta’sirini sezilarli

darajada kamaytirish imkonini berganligi qayd etildi.

Banklarning moliya bozoridagi faoliyatini tartibga solish va fond bozori kapitalizatsiya

darajasini, ishtirokchilarning, shu jumladan, xorijiy investorlarning investitsion faolligini

ushlab turish murakkab muammolardan hisoblanadi. Bu muammolarning samarali yechimi

moliya bozorida banklarning raqobatbordoshliligi va xavfsizligi, barqarorligi va likvidliligi,

investorlar uchun jalbdorliligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, “Hukumat va Markaziy bank

xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq

muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

705

Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat

banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini

yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama

oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi

iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Yangi moliyaviy

instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmаtlari ko‘lamini yanada

kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur.”, deb

ta’kidlaganlar.

Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining moliya bozoridagi faoliyati

yuqori daromad keltiruvchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidliligini

ta’minlaydi. Banklarning moliya bozoridagi faoliyati turli xil qimmatbaho qog‘ozlar: oddiy va

imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel

va boshqalarga mablag‘larini qo‘yish orqali amalga oshiriladi.

O‘z likvidliligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo‘lmagan summani

boshqa qimmatli qog‘ozlarga: bank aktseptlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tijorat

qog‘ozlarini, brokerlik ssudalar va tovar-kredit korporatsiyalarini sertifikatlariga qo‘yishadi.

Daromadlikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidliligini xavf ostiga qo‘ygan holda

banklar o‘z mablag‘larini ba’zi bir hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsilarning

birinchi darajali obligatsiyalariga investitsiya qiladilar.

Tijorat banki fond bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bilan

emitent, investitsiya, brokerlik, dilerlik faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek, ular bilan

boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi. Banklar moliya bozorida moliyaviy vositachi va

professional ishtirokchi sifatida faoliyat olib boradi.

O‘zbekistonda moliya bozorining rivojlanishiga bank tizimi katta hissa qo‘shib

kelmoqda. Bank sohasining rivojlanishi undagi o‘zgarishlar, moliya bozori bilan chambarchas

bog‘liqligi, uning rivojlanishida eng katta omil ekanligi shubhasiz.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakat bank tizimini xalqaro

miqyosga chiqishi va xalqaro moliya bozorlari bilan munosabatlarini takomillashtirish

maqsadida tijorat banklarining moliya bozorlaridagi operatsiyalarini rivojlanishini ta`minlash

borasida respublika tijorat banklari oldida turgan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va

bu borada ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

706

Bozor munosabatlariga o‘tish bilan ko‘p ukladlik iqtisodiyotning shakllanishi tijorat

banklarini tashkil etishga turtki bo‘ldi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan, birinchi navbatda, bank ishini tashkil

etish mazmunini o‘zgartirishga kirishildi. Ko‘p tomli yo‘riqnomalar o‘rniga bank ishlarini

yuritishning metodik ko‘rsatmalari tayyorlandi, kreditlashni kredit shartnomasi asosida amalga

oshirish yo‘lga qo‘yildi, ko‘pgina operatsiyalardan bank nazorati olib tashlandi.

Tijorat banklari xo‘jalik tashkiloti kabi korxonaning alohida tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyatini yuritib o‘zlarining konkret natijalaridan hamda

mijozlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan manfaatdordir.

Tijorat banklari jamiyatning ijtimoiy bazasini ifoda etib, iqtisodiyotni boshqarishda

tizim sifatida qatnashib, Markaziy bankning pul, kredit va foizlar sohasidagi siyosatini tadbiq

etuvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Tijorat banklarini rivojlanishi tor ma’noda bo‘lsa ham ijtimoiy mahsulotning natijasi

bo‘lib hisoblanadi hamda tarkibiy qismiga kiradi.

Yuqorida keltirilgan fikirlarimizni tahlil etadigan bo‘lsak, tijorat banklarining

mohiyatini ularning milliy iqtisodiyotda bajaradigan roli va funksiyalari ochib beradi. Banklar

korxona sifatida o‘z funksiyasining ko‘pchilik qismini ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash

va ist’emol bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Bozor munosabatlariga o‘tish bilan tijorat banklari o‘z manfaatlari doirasida bo‘sh pul

resurslarini harakatga keltiruvchi infratuzilmasining muhim tarkibiy qismiga aylanadi.

Banklarning ikki pog‘onali tizimining paydo bo‘lishi pul muomalasi barqarorligini

ta’minlash zarurati orqali paydo bo‘ldi, iqtisodiyotning "sog‘lomligi" ko‘p jihatdan ana shunga

bog‘liqdir. Pul aylanishini umumilliy darajada tartibga solish huquqini olgan banklar

keyinchalik yoki to‘la davlat banklariga yohud davlat bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan

banklarga aylandi. Bu esa ularga davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkonini berdi.

Banklarning bajaradigan operatsiyalariga qarab emissiya va tijorat banklariga

bo‘linadi.

Har qanday mamlakatda emissiya banklari kredit tizimining markazi hisoblanadi, ularga

davlat banknotalar chiqarish, emissiya uchun monopoliyalik huquqini beradi. Ular boshqa

banklarni kreditlaydi va shu ma’noda banklarning banki sanaladi. Bizning mamlakatimizda

kredit tizimining markazi, emissiya banki va banklarning banki O‘zbekiston Respublikasining

Markaziy banki hisoblanadi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

707

Tijorat banklari bank tizimining quyi bog‘ini bo‘lib, mijozlarga tijorat tomoyillarida

kredit, hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan bevosita vazifalarini bajaradigan mustaqil

bank muassasa tarmoqlaridan tarkib topgan.

Tijorat banklari amalda o‘z mijozining xo‘jalik faoliyati xizmati bilan bog‘liq kredit,

hisob-kitob va moliya operatsiyalarini barcha turlarini bajaradi. Tijorat banklari sanoat, savdo

va boshqa xil korxonalarini asosan omonat tarzida jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan

kreditlaydi, korxonalar o‘rtasida hisob-kitoblarini amalga oshiradi, shunindek, fond,

vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekistonda bank tizimini shakllantirishda vujudga kelayotgan boshqa bir muhim

muammo – bu tijorat banklarining vujudga kelishi va rivojlanishida davlatning rolidir.

Odatda, ishlab chiqarishning pasayishi va pulning qadrsizlanishiga olib keladigan,

butun xo‘jalik tizimi qayta quriladigan bozor munosabatlariga o‘tish chog‘ida bozor

infratuzilmasining tarkib topishida davlat tomonidan ko‘mak berilishi zarur hisoblanadi.

Davlatning roli ishlab chiqarishdagi jamg‘arishni jadallashtirishdan, moliyaviy

resurslarni jalb etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ulardan foydalanish

imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida iqtisodiy va moliyaviy muhitni yaratishdan iboratdir.

O‘zbekistonda davlat ishtirokida ixtisoslashtirilgan moliya muassasalari tashkil etildi,

ularning maqsadi uzoq davr mobaynida iqtisodiyotning sarmoyaga bo‘lgan ehtiyojini

ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Ularning faoliyati, asosan, xususiy sektorning dastavval kichik va

o‘rta tadbirkorlikning mavqeyini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratildi.

Ixtisoslashish va kredit, investitsiya operatsiyalari vazifalarini iqtisodiyot sektorlari

bo‘yicha taqsimlash respublikamizdagi bank muassasalarining o‘ziga xos xususiyati

hisoblanadi.

Ularning faoliyati, asosan, ustun tarmoqlar: paxtachilik va uning mahsulotini qayta

ishlash bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarni, avtomobilsozlikni, uy-joy qurilishini, savdoni va

hokazolarni rivojlantirishga qaratildi.

Ayrim banklarning ixtisoslashishi mamlakat uchun hayotiy muhim bo‘lgan iqtisodiyot

tarmoqlarining davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanishi iqtisodiy jihatdan zarurligi bilan

bog‘liqdir. Bunday tarmoqlarni moliyalash davlat bilan birgalikda imtiyozli shartlar asosida

amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda ixtisoslashtirilgan aksiyadorliktijorat banklari boshqa

tarmoqlaridagi mijozlar bilan kredit va moliyaviy bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega. Ular

bu huquqdan unumli foydalanmoqdalar ham. Bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror

kirib borishini ta’minlaydi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

708

Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan samarali nazorat qilish,

omonatchilar va aksiyadorlarning manfaatlarini himoyalash maqsadida bank nazorati tizimini

mustahkamlash yuzasidan muntazam ish olib bormoqda.

Bugungi kunda bank ishi barqarorligini asosi bo‘lgan Markaziy bank nochor banklarni

o‘z vaqtida aniqlash va ularga iqtisodiy madad berish, ularning sinishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-

tadbirlarini ko‘rmoqda, bankrotlik holatlarini kamaytirish va tizimli tavakkalchilikning oldini

olishini ta’minlanmoqda. Tijorat banklari soni hozirda ko‘payib bormoqda. Markaziy bank

tijorat banklari o‘rtasidagi raqobatni rivojlantirish, ular faoliyatini diversifikatsiyalash va

universallashtirish maqsadida bunday ko‘payishga ko‘maklashmoqda. Biroq bu borada hali

ko‘p ish qilinishi lozim.

Tijorat banki mohiyatini uning maqsad va vazifalarini yaxshi tushunmaslik tijorat

banklari faoliyatida eng ko‘p tashvish uyg‘otmoqda. Bu holat aniq shakllantirilgan va puxta

belgilangan rivojlanish strategiyasi yo‘qligida o‘z aksini topayapti. Bu banklar faqat shu kungi

foydani o‘ylamoqdalar.

Tijorat banklari faoliyatining asosiy maqsadini umumiy ko‘rinishda moliya xizmatlari

taklif etish va ko‘rsatish sifatida ifodalash mumkin.

Yangi banklarning muassislariga qo‘yiladigan talablar Jahon banki, Xalqaro valyuta

fondi va boshqa nufuzli tashkilotlarning tavsiyanomalarini hisobga olib ishlab chiqilgan hamda

mamlakatlarida qabul qilingan ehtiyotkorlik andozalariga mos keladi. O‘zbekistonda bank

ochish yetarli ega malakaga bo‘lgan va bank ishi borasida o‘ziga dog‘ tushirmagan omilkor

shaxslar uchun imtiyoz hisoblanadi. Sarmoyaning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar

asta-sekin oshirib borilmoqda. Bunday yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga

tijorat banklarining faoliyatini samarali nazorat qilib turishga, banklarda vujudga keladigan

muammolarni oldindan ko‘ra bilishga va ularni bartaraf qilish uchun o‘z vaqtida chora-tadbirlar

ko‘rishga imkon beradi. Bugungi kunda deyarli barcha banklar aksiyadorlik jamiyatlariga

aylantirilgan yoki shu shaklda ochilgan.

Bu holat qonunlashtirib qo‘yilgan. Respublikaning yirik banklari aksiyadorlashtirilgan

va davlat mulkchiligidan chiqarilgan. Banklar faoliyatini tartibga soladigan asosiy me’yoriy

hujjatlardan biri – bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi talab va tavsiyalari o‘rganilib, ishlab

chiqilgan «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari» hozirgi paytda qayta ishlagan

va takomillashtirilgan; bunda yangi hisob rejasi talablari va tijorat banklari aktivlarini

tasniflashning yuqoridagi aytilgan tartibi hisobga olindi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

709

Unda bank sarmoyasiga kattaroq talablar belgilanadi, yangi prudensial me’yorlar, shu

jumladan, banklarning qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar bilan o‘tkazadigan operatsiyalari

bo‘yicha, bir omonatchiga to‘g‘ri keladigan eng yuqori tavakkalchilik bo‘yicha me’yorlar

kiritildi.

Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq isloh qilish iqtisodiyotni isloh

qilish bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Respublikada o‘tkaziladigan keng ko‘lamdagi

xususiylashtirish dasturi iqtisodiy faollikning, demak, bank kreditlari va xizmatlariga bo‘lgan

talabning oshishini ta’minlashi lozim.

O‘zbekiston bank tizimining o‘ziga xosligi shunda ko‘rinadiki, rasman muayyan

ixtisosdagi (investitsiya, ipoteka, birja va boshqa) bank sifatida ro‘yxatga olingan ko‘pgina

tijorat banklari vujudga kelgan holatga ko‘ra universal bank sifatida faoliyat yuritishga majbur

bo‘lmoqda. Ko‘pincha ular oddiy bank-kredit bitimlarini amalga oshirish bilan

kifoyalanmoqdalar. Shu bilan birga qarz mablag‘larini byudjetga jalb qilish maqsadida davlat

qisqa va o‘rta muddatli obligatsiyalari bilan borgan sari faolroq operatsiyalar o‘tkazishga

tortilmoqdalar.

Hozirgi zamonaviy raqamli iqtisodiyotda banklarni an’anaviy tarzda faoliyatning bank

sohasi deb tushuniladigan tor doiradagi xizmatlar segmentida emas, balki moliyaviy

xizmatlarining ko‘p tarmoqli sohasida ish olib borishlarida o‘z ifodasini topgan yangi voqelikni

hisobga olinishini e’tibordan chetda qoldirmasliklari zarur. Moliyaviy xizmatlar sohasidagi

o‘zgarishlar bugungi kunda texnologiya, foiz xatari, mijoz uchun raqobat, sarmoya adekvatligi

kabi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq.

Tijorat banklari xizmatlari bozorlarida qarz mablag‘larini shakllantiruvchi, tartibga

soluvchi va boshqaruvchi eng muhim elementlaridan biridir. Shu munosabat bilan ular

zimmasiga sarmoyalarning saqlanishi va ko‘paytirilishini, pullarning samarali ishlarga

solinishini, demak, zarur daromadlar olinishini ta’minlash vazifasi yuklatiladi.

Tijorat banklari o‘z mijozlarining asosiy agenti, ya’ni ishonch bildirgan shaxsning

topshiriqlarini bajaruvchisi, ular mablag‘larining bosh tasarrufchisi, aksiyalar hamda bankdagi

hisobvaraqlar egalari aksariyat ko‘pchiligi uchun eng yaqin maslahatchi va eksperti

hisoblanadilar. Shuning uchun banklar asosiy iqtisodiy, moliyaviy masalalar hamda shu bilan

bog‘liq yuridik muammolarni chuqur va juda yaxshi bilishi, rivojlangan axborot-tahlil bazasiga

ega bo‘lishi va ayni paytda o‘z vazifalariga taalluqli har qanday so‘rov bo‘yicha konkret

yordam bera olishi lozim.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

710

Juda katta o‘z sarmoyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari yirik investor sifatida

chiqishlari, ya’ni umuman xalq xo‘jaligi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatishlari ehtimol tutilgan

tarkibiy qayta ko‘rish ishlariga aralashishlari va hatto iqtisodiyot sho‘balarining istiqbollarini

belgilashlari mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Qudratova,

G.

M.

(2025).

TEXNOLOGIK

PARKLARNING

MINTAQA

INNOVATSION RIVOJLANISHINI TA'MINLASHDAGI AHAMIYATI.

YANGI

O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(8), 170-178.

2.

Sodiqova, N. (2025). IQTISODIYOT FANLARINI OʻQITISHDA TALABALAR

TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA

TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI.

"ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ"

международный научно-методический журнал

,

2

(19).

3.

Bahodirovich, K. B. (2025, April). STRUCTURE OF THE CASH FLOWS

STATEMENT. In

CONFERENCE OF MODERN SCIENCE & PEDAGOGY

(Vol. 1,

No. 1, pp. 325-330).

4.

Алимова, Ш. А. (2025). УСТОЙЧИВЫЕ ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК: ОТ ТРЕНДА К

НЕОБХОДИМОСТИ

РАСШИРЕННАЯ

ВЕРСИЯ.

Modern

Science

and

Research

,

4

(5), 76-81.

5.

Toshov, M. H. (2025). SАNОАT KОRXОNАLАRIDА MEHNАTGА HАQ TО'LАSH

TIZIMINI BОSHQАRISH.

Modern Science and Research

,

4

(4).

6.

Azimov, B. (2025). METHODS AND MODELS FOR ASSESSING THE SOCIO-

ECONOMIC

EFFICIENCY

OF

REGIONAL

INNOVATION

INFRASTRUCTURE.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 685-691.

7.

Ikromov, E. I., & Safarova, J. (2025). O’ZBEKISTONDA YASHIL

TADBIRKORLIKNI

HUDUDLARDA

RIVOJLANTIRISHI

ISTIQBOLLARI.

Modern Science and Research

,

4

(4), 421-428.

8.

Raxmonqulova, N. O. (2025). DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY ON

A GLOBAL SCALE AND THE EXPERIENCE OF COUNTRIES.

SHOKH LIBRARY

.

9.

Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI

BOSHQARISH

MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH.

STUDYING

THE

PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS

,

1

(7), 145-150.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

711

10.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN

ECONOMIC

PROFESSIONS.

Journal

of

Multidisciplinary

Sciences

and

Innovations

,

1

(2), 153-155.

11.

Bazarova, M. (2025). FEATURES OF ASSESSING THE EFFECTIVENESS OF

INNOVATION RISK MANAGEMENT OF AN EDUCATIONAL ORGANIZATION

IN THE PROCESS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF ACTIVITIES.

Journal of

Multidisciplinary Sciences and Innovations

,

1

(2), 161-164.

12.

Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF MICROECONOMIC ANALYSIS IN

ENHANCING ECONOMIC EFFICIENCY THROUGH MARKET EQUILIBRIUM

ANALYSIS.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 634-637.

13.

Bobojonova, M. (2025). GREEN ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN AND

ITS OPPORTUNITIES.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 592-595.

14.

Jumayeva, Z. (2025). THE FORMATION OF THE GREEN ECONOMY CONCEPT,

STAGES OF DEVELOPMENT AND ITS RELEVANCE.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(3), 262-266.

15.

Ibragimov, A. (2025). TAX POLICY AND IMPACT ON ECONOMIC

DEVELOPMENT.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 259-261.

16.

Djurayeva, M. (2025). ISSUES OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE

ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(3), 596-598.

17.

Umarova, H. (2025). RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA KORXONA

RISKLARINI BOSHQARISH VA BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI.

Modern

Science and Research

,

4

(5), 158-161.

18.

Aslanova,

D.

(2025).

CHALLENGES

OF

IMPLEMENTING

MODERN

MANAGEMENT PRINCIPLES IN THE TOURISM INDUSTRY.

Journal of

Multidisciplinary Sciences and Innovations

,

1

(2), 119-121.

19.

Rajabova, D. (2025). SPECIFIC FEATURES AND FACTORS OF SUSTAINABLE

DEVELOPMENT OF THE INNOVATIVE ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL

ENTERPRISES.

Journal of Applied Science and Social Science

,

1

(2), 474-479.

20.

Игамова, Ш. З. (2024). МЕТOДИЧЕCКИЕ РЕКOМЕНДАЦИИ ПO

ФOРМИРOВАНИЮ

OРГАНИЗАЦИOННO-ЭКOНOМИЧЕCКOГO

МЕХАНИЗМА OБЕCПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНOCТИ ИННOВАЦИOННOГO


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

712

развития ПРЕДПРИЯТИЙ CТРOИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛOВ.

Gospodarka i

Innowacje.

,

43

, 335-340.

21.

Akramova, O. (2025). FOREIGN COUNTRIES IN EXPERIENCE INVESTMENT

ATTRACTIVENESS INCREASE MECHANISMS AND UZBEKISTAN IN

PRACTICE USE OPPORTUNITIES.

Journal of Multidisciplinary Sciences and

Innovations

,

1

(1), 395-398.

22.

Jumayev, B. (2025). BIG DATA: CUSTOMER CREDIT ANALYSIS USING

DIGITAL

BANKING

DATABASE.

International

Journal

of

Artificial

Intelligence

,

1

(2), 1056-1059.

23.

Gafarova, D. (2025). INNOVATION POLICY OF THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN: ACHIEVEMENTS AND PROSPECTS.

Journal of Multidisciplinary

Sciences and Innovations

,

1

(2), 165-167.

24.

Raximova, L. (2025). DIRECTIONS AND PRIORITY FEATURES OF THE

TRANSITION TO THE" GREEN ECONOMY".

Journal of Multidisciplinary Sciences

and Innovations

,

1

(2), 156-160.

Bibliografik manbalar

Qudratova, G. M. (2025). TEXNOLOGIK PARKLARNING MINTAQA INNOVATSION RIVOJLANISHINI TA'MINLASHDAGI AHAMIYATI. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(8), 170-178.

Sodiqova, N. (2025). IQTISODIYOT FANLARINI OʻQITISHDA TALABALAR TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI. "ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 2(19).

Bahodirovich, K. B. (2025, April). STRUCTURE OF THE CASH FLOWS STATEMENT. In CONFERENCE OF MODERN SCIENCE & PEDAGOGY (Vol. 1, No. 1, pp. 325-330).

Алимова, Ш. А. (2025). УСТОЙЧИВЫЕ ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК: ОТ ТРЕНДА К НЕОБХОДИМОСТИ РАСШИРЕННАЯ ВЕРСИЯ. Modern Science and Research, 4(5), 76-81.

Toshov, M. H. (2025). SАNОАT KОRXОNАLАRIDА MEHNАTGА HАQ TО'LАSH TIZIMINI BОSHQАRISH. Modern Science and Research, 4(4).

Azimov, B. (2025). METHODS AND MODELS FOR ASSESSING THE SOCIO-ECONOMIC EFFICIENCY OF REGIONAL INNOVATION INFRASTRUCTURE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 685-691.

Ikromov, E. I., & Safarova, J. (2025). O’ZBEKISTONDA YASHIL TADBIRKORLIKNI HUDUDLARDA RIVOJLANTIRISHI ISTIQBOLLARI. Modern Science and Research, 4(4), 421-428.

Raxmonqulova, N. O. (2025). DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY ON A GLOBAL SCALE AND THE EXPERIENCE OF COUNTRIES. SHOKH LIBRARY.

Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS, 1(7), 145-150.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN ECONOMIC PROFESSIONS. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 153-155.

Bazarova, M. (2025). FEATURES OF ASSESSING THE EFFECTIVENESS OF INNOVATION RISK MANAGEMENT OF AN EDUCATIONAL ORGANIZATION IN THE PROCESS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF ACTIVITIES. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 161-164.

Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF MICROECONOMIC ANALYSIS IN ENHANCING ECONOMIC EFFICIENCY THROUGH MARKET EQUILIBRIUM ANALYSIS. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 634-637.

Bobojonova, M. (2025). GREEN ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN AND ITS OPPORTUNITIES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 592-595.

Jumayeva, Z. (2025). THE FORMATION OF THE GREEN ECONOMY CONCEPT, STAGES OF DEVELOPMENT AND ITS RELEVANCE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 262-266.

Ibragimov, A. (2025). TAX POLICY AND IMPACT ON ECONOMIC DEVELOPMENT. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 259-261.

Djurayeva, M. (2025). ISSUES OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 596-598.

Umarova, H. (2025). RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA KORXONA RISKLARINI BOSHQARISH VA BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI. Modern Science and Research, 4(5), 158-161.

Aslanova, D. (2025). CHALLENGES OF IMPLEMENTING MODERN MANAGEMENT PRINCIPLES IN THE TOURISM INDUSTRY. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 119-121.

Rajabova, D. (2025). SPECIFIC FEATURES AND FACTORS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE INNOVATIVE ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. Journal of Applied Science and Social Science, 1(2), 474-479.

Игамова, Ш. З. (2024). МЕТOДИЧЕCКИЕ РЕКOМЕНДАЦИИ ПO ФOРМИРOВАНИЮ OРГАНИЗАЦИOННO-ЭКOНOМИЧЕCКOГO МЕХАНИЗМА OБЕCПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНOCТИ ИННOВАЦИOННOГO развития ПРЕДПРИЯТИЙ CТРOИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛOВ. Gospodarka i Innowacje., 43, 335-340.

Akramova, O. (2025). FOREIGN COUNTRIES IN EXPERIENCE INVESTMENT ATTRACTIVENESS INCREASE MECHANISMS AND UZBEKISTAN IN PRACTICE USE OPPORTUNITIES. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(1), 395-398.

Jumayev, B. (2025). BIG DATA: CUSTOMER CREDIT ANALYSIS USING DIGITAL BANKING DATABASE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1056-1059.

Gafarova, D. (2025). INNOVATION POLICY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN: ACHIEVEMENTS AND PROSPECTS. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 165-167.

Raximova, L. (2025). DIRECTIONS AND PRIORITY FEATURES OF THE TRANSITION TO THE" GREEN ECONOMY". Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 156-160.