RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BYUDJET-SOLIQ MUNOSABATLARINING MUHIM MASALALARI

Аннотация

Mazkur tezisda byudjet-soliq siyosatining bugungi kundagi dolzarb masalalari o’rganib chiqilgan va shu bilan birga ,,O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risi”da belgilab berilgan soliq sohasini takomillashtirish jihatlarini o’z ichiga oladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
62-66
18

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ochilova , Z. . (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BYUDJET-SOLIQ MUNOSABATLARINING MUHIM MASALALARI. Модели и методы в современной науке, 3(19), 62–66. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/60940
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur tezisda byudjet-soliq siyosatining bugungi kundagi dolzarb masalalari o’rganib chiqilgan va shu bilan birga ,,O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risi”da belgilab berilgan soliq sohasini takomillashtirish jihatlarini o’z ichiga oladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

62

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BYUDJET-SOLIQ

MUNOSABATLARINING MUHIM MASALALARI

Ochilova Zebo Kamoliddin qizi

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya

akademiyasi, ,, Moliya” yo’nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14557136

Anotatsiya

Mazkur tezisda byudjet-soliq siyosatining bugungi kundagi dolzarb

masalalari o’rganib chiqilgan va shu bilan birga ,,O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risi”da belgilab
berilgan soliq sohasini takomillashtirish jihatlarini o’z ichiga oladi.

Byudjet-soliq siyosati to’g’ri va aniq yo’lga qo’yilishi uchun texnologik

infratuzilmani yaxshilash, maxsus hozirgi holatga mos keladigan dasturlarni
ishlab chiqish, xorij tajribalarini o’rganish va tadbiq etish, IT savodxonligiga
ko’proq e’tibor qaratish va byudjet-soliq siyosatida nazoratni kuchaytirish
masalalari ko’rib chiqilgan. Bugungi kundagi iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini
berayotgan qo’shimcha o’zgarishlar va ba’zi kiritilayotgan o’zgarishlar natijasida
yuzaga kelayotgan muammolar ham keltirib o’tilgan. Shu bilan birga bu
muammolarning oldini olish bo’yicha taklif va xulosalar ham keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Byudjet-soliq siyosati, O’zbekiston iqtisodiyoti, raqamli

iqtisodiyot, fiskal ma’suliyat, Prezident Farmoni, strategiya, konseptual, QR
kodlar,

E-Ijara,

onlayn-kassa

apparat,

onlayn-terminallar,

axborot

texnologiyalar, IT, audit

Soliqlar davlat va mahalliy hokimiyatlat daromadlarining katta qismini

tashkil etadi. Jamiyat esa ularni to’g’ri, to’liq va o’z vaqtida yig’ish davlatning
boshqa funksiyalarini masalan sog’liqni saqlash, ta’lim, mudofaa va shunga
o’xshash sohalarni o’z vaqtida samarali va to’liq bajarishga imkon beradi.
Shuning uchun hukumatimiz o’z vazifalarini oson, kam xarajat va samarali
bajarishning eng ilg’or usullarini topishadi va ularni sinab ko’rgan holda
amaliyotga tadbiq etishadi. Bugungi kundagi axborot texnologiyalari ilg’or
rivojlangan asrda esa bu usullarni hech ikkilanmasdan raqamli texnologiyalarni
joriy etish va ularni yanada rivojlantirish deyishimiz mumkin.

Bugungi kunda byudjet-soliq siyosati va amaliyoti davlat iqtisodiyotini

boshqarishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlar nafaqat
davlat xarajatlari yo’nalishini va hajmini belgilaydi, balki iqtisodiy faoliyat,
jamiyatning moliyaviy barqarorligi va ijtimoiy sohaga ham ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Bugungi kundagi zamonaviy sharoitlarda jahon iqtisodiyoti
glaballashuvning qiyinchiliklari, demografik strukturadagi o’zgarishlar va


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

63

texnologik yangiliklar bilan yuzlashayotganda bir qator qiyinchiliklarga duch
kelmoqda. Bunga misol qilib ijtimoiy sohani ta’minlash, investitsiya va
tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, davlat xizmatlari va infratuzilmasi
sifatini yaxshilash, byurokratik xarajatlarni kamaytirish va fiskal ma’suliyatni
taminlash kabilarni keltirishimiz mumkin. Shuning uchun byudjet-soliq tizimini
samarali boshqarish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib
bormoqda.

O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga qaraydigan

bo’sak, kundan-kunga iqtisodiy sohaning rivojlanib borayotgani va
iqtisodiyotning barcha sohalari raqamli iqtisodiyotga qadamma-qadam
o’tayotgani sababli byudjet-soliq siyosatida ham ko’plab islohotlarni amalga
oshirishga to’g’ri keldi va 2017-yil 7-fevralda ,, O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi 4947-sonli
Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu strategiyada mamlakatimizning
kelajagini belgilaydigan barcha sohadagi aniq maqsadlar belgilab olindi.
Endilikda bu belgilab olingan barcha sohalar rivoji uchun ajratilgan mablag’lar
samaradorligini yanada ehtiyotkorlik bilan kuzatilishi va baholanishi, ya’ni
doimiy ravishda audit o’tkazib turilishi ham zarur. Maqsadlarning amalda
bajarilishini ta’minlashimiz uchun quyidagi vazifalarning bajarilishi
ta’minlanishi kerak:

-

byudjet-soliq siyosatining davr bilan hamnafasligini ta’minlash;

-

byudjet-soliq siyosati davlatimiz rivojlanishining o’zgargan sharoitlariga

tezda moslasha bilishini ta’minlash;

-

o’z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o’z

vaqtida topa bilish;

-

strategik konseptual yechimlarni ishlab chiqish;

-

mablag’larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash;

-

fuqorolar

ijtimoiy

talab-ehtiyojlarini

qondirishning

moliyaviy

bazasinita’minlashga o’tish;

Bundan tashqari mamlakatimizda so’ngi yillarda xorijiy davlatlarning

bugungi kundagi tajribalariga tayangan holda soliq tizimida bir qancha elektron
tizimlar joriy qilindi:

-

QR-kodlar asosida maxsus nazorat belgilarini ro’yxatdan o’tkazish

va skanerlash tizimi;

-

QQS to’lovchilarni ro’yxatdan o’tkazishning maxsus tizimi;

-

onlayn-kassa apparatlari va onlayn-terminallar axborot tizimi;


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

-

ko’chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo’yishga mo’ljallangan E-

Ijara (ijara.soliq.uz) elektron servisi;

-

soliq to’lovchilar va ularning hisobvaraqlarini elektron ro’xatdan o’tkazish

tizimi;

-

soliq to’lovchilarning shaxsiy kabinenti orqali soliq hisobotini elektron

topshirish tizimi;

Bularning joriy qilinishi ham byudjet-soliq siyosatining to’g’ri va to’liq

amalga oshirilishiga o’zining katta ulushini qo’shishidir. Bular kabi xorij
tajribasida sinovdan o’tgan usullarni mamlakatimizga joriy qilinishi byudjet-
soliq siyosatida ancha o’z natijalarini ya’ni ijobiy natijalarni ko’rsatishi bilan bir
qatorda bu bilan bog’liq bir qancha chalkashliklar va muammolarni ham keltirib
chiqarmoqda. Bunday chalkashliklar va muammolarning eng asosiy
sabablaridan biri bu iqtisodiy va unga aloqador barcha sohalar to’liq
raqamlashtirishga o’tkazilmaganligidadir va bu barcha sohalar to’liq
raqamlashtirishga o’tmas ekan bir-biriga bog’liq muammolar zanjiri davom
etaveradi.

Soliq va soliqqa tortish sohasi mamlakatdagi iqtisodiyotning barcha

tarmoqlari va davlatning barcha tuzilmalari bilan chambarchas bog’liq ekan,
soliq siyosatida faqatgina raqamli texnologiyalarni joriy etish va
rivojlantirishning o’zi iqtisodiy sohani balki davlat daromadlarining oshishi
uchun yetarli emas. Bugungi kunda joriy etilgan raqamli texnologiyalar o’z ishini
yaxshi biladigan, tartibli, zamon bilan hamnafas va halol soliq to’lovchilarga
qator yangiliklar va qulayliklar bergan bo’lsada, axborot texnologiyalarni yaxshi
tushunmaydigan, telekommunikatsiya sifati past hududlarda yashovchi soliq
to’lovchilarda qo’shimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda, ba’zi egri
yo’llardan fodalanadigan, insofsiz soliq to’lovchilar uchun esa soliq to’lashdan
qochish uchun yangi yo’llarni ochib bermoqda.

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish uzoq muddatli

jarayon hisoblanadi va u samarali natijalarga olib chiqadi, ammo ushbu
jarayonni amalga oshirishdagi faoliyat anchagina murakkab va yo’qotishlardan
holi emas, ya’ni qisqa muddatli raqamlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan
muammolar talaygina. Raqamli iqtisodiyot sharoitida byudjet-soliq
munosabatlarining muhim masalalari tahlili asosida bir qancha xulosalar
chiqarish va davlat byudjet-soliq siyosatini boshqarishni takomillashtirish
bo’yicha quyidagi takliflarni keltirishimiz mumkin:

1. Davlat xarajatlarini optimallashtirish va davlat dasturlatining

samaradorligini monitoring qilish. Davlat dasturlarini baholashni kuchaytirish


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

va byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida
doimiy ravishda audit nazoratini o’tkazib turish va xarajatlar tahlilini olib borish
zarur.

2.Soliqqa tortishda uzviy aloqador boshqa tarmoq va sohalar hali to’liq

raqamlashtirish va mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarini bir-biri bilan
ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi mukammal raqamli tizim yaratilishi zarur.

3.Biz amaliyotga tadbiq etgan dasturiy mahsulotlar boshqa rivojlangan

davlatlarda o’z samarasini bergan andozalar hisoblanadi va biz bu dasturiy
mahsulotlarni shundayligicha foydalanmasdan, unga mahalliy o’ziga xosliklarni
va vaqtga mos o’zgarishlarni muntazam ravishda qo’shimcha va o’zgartirishlar
kiritib borishimiz zarur.

4. Amaliyotga tadbiq etgan dasturlarni mamlakatimizni bugungi

kundagi iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda ularni moslashtirishimiz
uchun kuchli IT mutaxasislarini yetishtirishga e’tibor qaratishimiz zarur.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, byudjet-soliq siyosatini

rivojlantirishda faqat bir tomonlama cheklanibgina qolmasdan, iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarini qamrab olgan holda muammolar yechimini topish va ushbu
sohalarning qisqa muddat ichida raqamli iqtisodiyotga o’tish yo’llarini xorij
tajribalaridan o’rganib, ularni sinab, tahlil qilgan holda amaliyotga tadbiq
etishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar

strategiyasi to’g’risida’’gi 4947-sonli PF.2017.7-fevral
Malikov.S.T Byudjet-soliq siyosati. 2019-yil.
2.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq-byudjet siyosatini amalga

oshirishning ustuvor yo’nalishlari. TDIU. ,,Qamar Media’’. 2024-787b.
3.

Agzamov.A.T. Soliq tizimidagi islohotlar - makroiqtisodiy barqarorlikni

ta’minlashning muhim fiskal omili sifatida. “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar”. 2015 №2.
4.

Usmonov.Q.A. Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni, usullari va

ularni takomillashtirish yo’nalishlari. “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy va elektron jurnali. 2014. №4
5.

https://lex.uz/docs/-6770520

6.

https://api.ziyonet.uz/uploads/books/835095/5e7315b87a52b.pdf

7.

https://in-

academy.uz/index.php/yo/article/download/30430/19476/30258
8.

https://docx.uz/document/hozirgi-sharoitda-o-zbekiston-respublikasida-

byudjet-soliq-siyosatining-ustuvor-yo-nalishlari-b8f27a13?lang=uz


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

9.

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/2024_yilda_soliq_va_byu

djet_siesatidagi_asosiy_uzgarishlar
10.

https://lex.uz/docs/-6718864?ONDATE=01.01.2024

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi 4947-sonli PF.2017.7-fevral

Malikov.S.T Byudjet-soliq siyosati. 2019-yil.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq-byudjet siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlari. TDIU. ,,Qamar Media’’. 2024-787b.

Agzamov.A.T. Soliq tizimidagi islohotlar - makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim fiskal omili sifatida. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”. 2015 №2.

Usmonov.Q.A. Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni, usullari va ularni takomillashtirish yo’nalishlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy va elektron jurnali. 2014. №4

https://lex.uz/docs/-6770520

https://api.ziyonet.uz/uploads/books/835095/5e7315b87a52b.pdf

https://in-academy.uz/index.php/yo/article/download/30430/19476/30258

https://docx.uz/document/hozirgi-sharoitda-o-zbekiston-respublikasida-byudjet-soliq-siyosatining-ustuvor-yo-nalishlari-b8f27a13?lang=uz

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/2024_yilda_soliq_va_byudjet_siesatidagi_asosiy_uzgarishlar

https://lex.uz/docs/-6718864?ONDATE=01.01.2024