MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
JAMOAVIY SPORTDA LIDERLIK VA PSIXOLOGIK IQLIMNING
SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Turg‘unova Shirin Zokirjon qizi
talaba
OʻzDJTSU SP 51-22 guruh talabasi
Qahhorova Shoxsanam Abduzoir qizi
Ilmiy rahbar:, o’qituvchi
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15687586
Annotatsiya.
Jamoaviy sport turlarida liderlarning ahamiyati va
sportchilarning psixologik holatini sport natijalariga ta’sirini o‘rganish.
Аннотация.
Изучение значения лидеров в командных видах спорта и
влияния психологического состояния спортсменов на спортивные
результаты.
Abstract.
Studying the importance of leaders in team sports and the
impact of athletes' psychological state on sports results.
Kalit so‘zlar:
Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, lider, psixologik
muhit, uyushganlik, uyushmaganlik, murabbiyning arzandalari
Ключевые слова:
Развитие командных видов спорта, лидер,
психологическая среда, организация, неорганизованность, ценности
тренера
Keywords:
Development of team sports, leader, psychological
environment, organization, disorganization, coach's values
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2024 yildagi «Jamoaviy
sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-421-son qarori qabul qilindi.
Jamoaviy sport turlarini (voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustidagi
хokkey, suv polosi) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari:
Yoshlarning jamoaviy sport turlariga qiziqishini oshirish, sport
musobaqalarini muntazam oʻtkazish;
milliy terma jamoalar va professional sport klublari uchun sport zahirasini
yaratish, shuningdek iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, saralash va seleksiya
qilishning raqamlashtirilgan tizimini joriy etish;
murabbiylar, hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash, malakasini oshirish
va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
хorijiy mutaхassislarni jalb qilish va хalqaro hamkorlikni kengaytirish;
jamoaviy sport turlari boʻyicha zamonaviy sport ob’yektlarini yaratish,
mavjudlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab barcha davlat universitetlarida jamoaviy
sport turlari boʻyicha sport klublari, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida –
kamida uchta jamoaviy sport turi boʻyicha tashkil etiladi.
Shuningdek, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab jamoaviy sport turlari
boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi:
«Maktab ligasi» – umumiy oʻrta ta’lim maktablarining maktab sport
klublari oʻrtasida;
«Talabalar ligasi» va «Oliy ta’lim kubogi» – oliy ta’lim muassasalarining
sport klublari oʻrtasida;
«Rektor kubogi» – oliy ta’lim muassasalari darajasida.
Lider (leader) - inglizcha so'z bo'lib, tarjima qilinganda "Yetakchi,
boshqaruvchi" degan ma'nolarni anglatadi. Liderlik tushunchasining o'ziga xos
xususiyati ijtimoiy psixologiyadagi ikkita fenomen - yetakchilik va rahbaflik
fenomenlarining qiyosiy tahlilida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi.
Sportchilarning yagona maqsadga bo'ysungan holda, hamjihatlikda va
kelishib faoliyat yuritish zaruriyati jamoani boshqarish ehtiyojini keltirib
chiqaradi. Jamoaning rahbari yoki lideri bo'ladigan Kishi albatta jamoaning
boshqa a'zolari (boshqariladiganlar)ni o'ziga bo'ysundira oladigan shaxs
bo'lmog'i lozim. Sotsial-psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, umumiy
vazifani hal etayotgan guruhda liderning mavjudligi faoliyatdagi muvaffaqiyatni
ta'minlasa, liderning yo'qligi mazkur guruhning mag'lubiyatiga olib keladi.
(N.F.Fedotova)
Psixologik muhit
deyilganda quyidagilar tushuniladi: jamoaning
emotsional holati, sportchilar o'rtasidagi ijobiy yoki salbiy shaxsiy
munosabatlar, jamoada mojaroli holatlarning yo'qligi yoki mavjudligi kabi
kompleks jarayonlar. Psixologik muhit har bir sportchining kayfiyatidan tarkib
topadi: sportchining tetikligi, xotirjamligi yoki aksincha vahimaliligi, uning
ushbu jamoa tarkibida ekanligidan qoniqishi psixologik iqlimning asosiy
omillaridir. Emotsiyalar, psixologik iqlimning bir tomonini aks ettiradi. Uning
yana bir muhim tomonlaridan biri bu jamoada shakllangan ma'naviy, axloqiy
me'yorlar hamda qadriyatlardan iboratdir. Nohaq va g'irrom yo'l bilan qo'lga
kiritilgan g'alaba agar jamoadagi o'yinchilarning xursandligiga sabab bo'lsa,
demak ushbu jamoadagi psixologik iqlimni ijobiy baholash mumkin emas. Shu
sababli ham jamoada ma'naviy axloqiy me'yorlarni shakllantirish, ya'ni
sportchilarning jamoadagi xulq-atvorlarini belgilab beruvchi qoida va talablarni
shakllantirish sog'lom psixologik iqlimni shakllantirishning eng muhim va bosh
vazifalaridan biridir.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
Jamoaning psixologik iqlimi haqida faqat uning g'alabani qanday kutib
olishigina emas, balki muvaffaqiyatsizlikni qanday boshdan kechirishi, ya'ni
jamoadagilarning mag'lubiyatga sabab bo'lgan omillarni ochiq va oydin ravishda
tahlil etishga o'zlarida kuch topa olishi, o'yinda yuz bergan kamchilik va
tushkunlikni bartaraf etish xususiyati ham muhim dalil bo'lishi mumkin.
Jamoadagi psixologik iqlimni shakllantirishda sportchilar o'rtasida
ularning faoliyati va muloqatlari jarayonida yuzaga keladigan shaxsiy
munosabatlar tizimi ham katta ahamiyat kasb etadi.
Jamoadagi psixologik iqlimni shakllantirishda sportchilar o'rtasida
ularning faoliyati va muloqatlari jarayonida yuzaga keladigan shaxsiy
munosabatlar tizimi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu o'zaro munosabatlar
jamoada ijobiy iqlimni shakllantirish bilan birga mojaroli vaziyatlarni ham
yuzaga keltirishi mumkin. Ye.P.Ilinning fikriga ko'ra jamoada mojaroli
vaziyatlarning yuzaga kelishiga quyidagi sabablar asos bo'lishi mumkin:
· jamoa a'zolarining yetarli darajada uyushmaganligi;
· sportchilar o'rtasida psixofiziologik, psixologik yoki ijtimoiy psixologik
jihatdan muvofiqlikning mavjud emasligi;
· sportchilar malakasining ular oldiga qo'yilgan vazifalarga nomuvofiqligi;
· jamoada o'z imkoniyatlariga muvofiq bo'lmagan intilishlarga ega bo'lgan
sportchilarning mavjudligi;
· jamoada yuqori tajovuzkorlik xususiyatiga ega va yetakchilik qilishga,
o'zini lider o'rnida ko'rishga intiluvchi sportchilarning mavjudligi;
· bir tomondan ayrim o'yinchilarning o'z qobiliyati va mahorat darajasiga
baho berishning va ikkinchi tomondan jamoa a'zolarining ular mahoratiga
bergan bahosi o'rtasidagi nomuvofiqlikning mavjudligi;
· jamoadoshlar orasida mashg‘ulotlar rejimini buzish natijasida mahorat va
fidoyilikning pasayib ketishi;
· o'yinchilar orasida asosiy tarkibga kirish uchun yashirin raqobatning
mavjudligi;
· jamoada murabbiyning "arzandalari" borligi;
· murabbiy tomonidan sportchilarning moyilligi va imkoniyatlariga
muvofiq kelmaydigan o'yin uslubini qabul qilishga majburlash;
· o'yinchilar tomonidan murabbiyning shaxs va mutaxassis sifatida tan
olinmasligi;
· sport musobaqasi natijalarining jamoa kutgan natijalarga muvofiq
kelmasligi;
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
· jamoada murabbiyning topshiriqlariga, mazkur jamoa bo'yicha ishlab
chiqilgan me'yoriy talablariga turlicha munosabatda bo'ladigan guruhlarning
mavjudligi.
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki, jamoaviy sport turlarida lider yoki
sardor bo‘lishi va unga jamoa a’zolarining itoat qilishi jamoa muhitining muhim
omili bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunga kelib jamoaviy sportchilarning
psixologik holatining barqarorligi sport natijalari uchun muhim ahamiyatga ega.
Sportchilarning musobaqa jarayonida o‘zini tutishi raqib jamoa a’zolari bilan
bo‘ladigan turli xil tortishuvlarda o‘zini to‘g‘ri boshqarishi yoki tartib saqlashi
albatta, sportchilarning psixologik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Sportchilarning
psixologik holatini muntazam ravishda nazorat qilish kamchiliklarni bartaraf
qilish sport psixologlarining zimmasidagi muhim vazifadir.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Sport jamolaridagi o‘zaro munosabatni psixologik tahlil qilish
Mahmud Abdumutal o‘g‘li Yaxshiboyev va Xoliniso Ne‘mat qizi O‘taganova
tomonidan
yozilgan
ushbu
maqolada,
sport jamoalaridagi o‘zaro
munosabatlarning mazmuni, sharoiti va ta’siri o‘rganilgan. Jamoadagi psixologik
muhitni yaxshilash, sportchilar ma’naviy-ruhiy sifatlarini kamol toptirishda
muhim omil sifatida tahlil qilingan.
2.Musobaqalarda sportchilarni psixologik jihatdan tayyorlash
Ulug‘bek Melikboboyevich Shomurotov, Shohzamon Abdisodiq o‘g‘li Rasulov va
Azizbek Qurbonali o‘g‘li Ro‘ziboyev tomonidan yozilgan ushbu maqolada,
sportchining musoboqaga psixologik tayyorlanishi, ma’naviy, mafkuraviy,
irodaviy, jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarning ahamiyati yoritilgan.
Maqola sportchilarni yuqori natijalarga erishish yo‘lidagi psixologik
tayyorgarlikning muhimligini ta’kidlaydi.
3.Liderlik haqidagi ilmiy fikrlarning ijtimoiy-psixologik xususiyati
Baxtiyor Tolibovich Manzitov tomonidan yozilgan ushbu maqolada, shaxsda
liderlikni namoyon bo‘lishi bo‘yicha empirik tashkil etilgan natijalar asosida
ilmiy-nazariy muhokama qilingan. Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati -
guruh manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, doimo guruh oldiga qo‘yilgan
vazifani yechishga sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta
olishidir-deb hisoblanadi.
4. Gapparov Zaxid Gapparovich. Sport psixologiyasi: Jlsmoniy tarbiya instituti
talabalari uchun darslik Z G.Gapparov; tarjimon M.Omon; O'zR Oliy va o'rta
maxsus ta'lim vazirligi -T.:"Mehridaryo", 2011-345 b.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2024 yildagi PQ-421-son
qarori.
