O‘RTA OSIYODA QISHLOQ FOJIASI: SURGUN QILINGAN VATANDOSHLARIMIZ TAQDIRI.

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda quloqlashtirish jarayoni taʼsirida surgun qilingan vatandoshlarimiz taqdiri haqidagi maʼlumotlar tahlil qilinadi. Surgun azoblari aniq hujjatlar asosida ko‘rsatib beriladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
109-110
8

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mo‘minov , X., & Norov, K. (2025). O‘RTA OSIYODA QISHLOQ FOJIASI: SURGUN QILINGAN VATANDOSHLARIMIZ TAQDIRI. Модели и методы в современной науке, 4(9), 109–110. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/109378
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda quloqlashtirish jarayoni taʼsirida surgun qilingan vatandoshlarimiz taqdiri haqidagi maʼlumotlar tahlil qilinadi. Surgun azoblari aniq hujjatlar asosida ko‘rsatib beriladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

109

O‘RTA OSIYODA QISHLOQ FOJIASI: SURGUN QILINGAN

VATANDOSHLARIMIZ TAQDIRI.

Mo‘minov Xikmatillo Chari o‘g‘li

Norov Kamoliddin Bayramali o‘g‘li

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15688325

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda quloqlashtirish jarayoni

taʼsirida surgun qilingan vatandoshlarimiz taqdiri haqidagi maʼlumotlar tahlil
qilinadi. Surgun azoblari aniq hujjatlar asosida ko‘rsatib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Xerson, Qolmiq, ʼʼSobiq quloqlarʼʼ, OGPU, Prikumsk,

dizenteriya, Yangi Konstitutsiya.

Surgun qilingan vatandoshlarimizning bir qismi Ukrainaning Xerson

viloyatiga surgun qilingan. Ularning surgundagi ahvoli haqida guvohlik beruvchi
arxiv hujjatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, maxsus ko‘chirilganlar orasida
ko‘z, tanosil kasalliklari tarqalgan, bir necha ich terlama hodisalari yuz berdi.
Dizenteriya ko‘p miqdorda bolalar o‘limini keltirib chiqarmoqda.

1932-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Xerson viloyatida joylashgan mehnat

ko‘chkindilari 14394 kishidan iborat bo‘lgan, tug‘ilganlar 383,yangi qo‘shilganlar
3,qochoqlikdan qaytarilganlar 140,jami qo‘shilganlar 526 kishini tashkil etgan.
Ularning kamayib ketishi ancha yuqori bo‘lgan, vafot etganlar 704,qochib
ketganlar 961,boshqa har xil sabablar bilan qochib ketganlar 359,jami
qochganlar 2024 kishini tashkil etgan. 1932-yil oxiriga borib mehnat
ko‘chkindilari miqdori 13436 kishiga tushib qolgan

Shimoliy Kavkazda dastlab mehnat qishloqlari, maxsus qishloqlar 1930-yili

Terek va Stavropol okruglarining dehqonchilik uchun noqulay yerlarida
yerlarida, o‘lkaning shimoli-sharqiy qismi bo‘lgan Qolmiq ASSR ning g‘arbiy va
janubiy chegarasida tashkil etilgan. 1930-1931-yillari Shimoliy Kavkaz
o‘lkasining ichida 2-toifali quloqlar surgun qilingan.

1932-yil 1-yanvar maʼlumotiga ko‘ra, o‘lkadagi mehnat qishloqlarida 55318

nafar quloq qilinganlar yashagan. Ular Orjonikidze, Krasnodar o‘lkalaridan,
Rostov viloyatidan, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmanistondan OGPUning
ʼʼuchlikʼʼlari va ijroiya komitetlar qarorlari asosida bu joyga keltirilgan.

Barcha posyolkalarda ich terlama, bezgak, shilpiqliq kasalliklari tarqalgan.

Mozdak rayonidagi 227 oiladan ich terlamaga uchragan 30hodisa yuz bergan.
Buning sabablaridan biri - suvning yomonligi.

Yana arxiv hujjatlariga ko‘ra, quyidagi maʼlumotlarga duch kelishingiz

mumkin.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

110

Bu davrda o‘zbek va tojiklardan yoshi 8dan 15gacha bo‘lgan 994 bola

savodsiz. Prikumsk rayoni turkman posyolkasida o‘zbek va tojik tillarida o‘qish
darsliksiz boshlangan.

Shimoliy Kavkaz o‘lkasiga surgun qilinganlarning maʼlum qismi o‘zlarining

bu joyga nohaqdan quloq qilib ko‘chirib keltirilganlaridan norozi bo‘lib arizalar
bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘lganlar. Mazkur masala bilan
shug‘ullanuvchi komissiya tuzilgan. Komissiya aʼzolari har bir arizani o‘rganib
chiqib o‘z mulohaza, takliflarini taqdim qilgan.

Shimoliy Kavkaz o‘lkasidagi maxsus ko‘chirilganlardan 2041 ariza tushgan.

Ulardan 259 arizachining talabi qondirilib, surgundan ozod qilingan, 615 ta
arizani qayta ko‘rib chiqishga, 1167 ta arizaga salbiy javob berishga qaror
qilingan

Xullas, 1933-yilgi daxshatli fojeali ocharchilik, qahatchilikda mehnat

ko‘chkindilari safida yo‘qotish juda katta miqdorni tashkil etgan.

1936-yil 5-dekabrda SSSR Konstitutsiyasi qabul qilinadi. ʼʼSobiq quloqlarʼʼ

bundan juda katta umidvor edilar. Haqiqatdan ham endi ularning farzandlariga
pasport olish va boshqa grajdanlik huquqlaridan foydalanish imkoniyati taqdim
etilgandi.

1939-yildan boshlab quloqlarning maʼlum qismi ozod etilib o‘z yurtlariga

qayta boshladi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, quloqlashtirish va surgun jarayoni xalqimiz

boshiga tushgan ulkan musibatlardan biri bo‘lib, unda o‘rta hol va boy tabaqa
vakillari geografik jihatdan ham noqulay o‘lkalarga surgun etilib, ming azoblarga
giriftor etildi. Ulardan kam sonlilarigina sog‘-omon yurtlariga qaytdi. Qiynoq
azoblar, kasalliklardan halok bo‘lganlar ko‘p bo‘ldi. Bu achchiq tarixni kelgusi
avlodlarga yetkazish tarixchi olimlar uchun ham sharafli ham o‘ta masʼuliyatli
vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Rustambek

Shamsutdinov.

Qishloq

fojiasi:

Jamoalashtirish,

quloqlashtirish, surgun. Toshkent-2003

2.Rossiya Federatsiya Davlat Arxivi 9479-FOND.

Bibliografik manbalar

Rustambek Shamsutdinov. Qishloq fojiasi: Jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun. Toshkent-2003

Rossiya Federatsiya Davlat Arxivi 9479-FOND.