MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BYUDJET-SOLIQ
MUNOSABATLARINING MUHIM MASALALARI
Ochilova Zebo Kamoliddin qizi
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya
akademiyasi, ,, Moliya” yo’nalishi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14557136
Anotatsiya
Mazkur tezisda byudjet-soliq siyosatining bugungi kundagi dolzarb
masalalari o’rganib chiqilgan va shu bilan birga ,,O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risi”da belgilab
berilgan soliq sohasini takomillashtirish jihatlarini o’z ichiga oladi.
Byudjet-soliq siyosati to’g’ri va aniq yo’lga qo’yilishi uchun texnologik
infratuzilmani yaxshilash, maxsus hozirgi holatga mos keladigan dasturlarni
ishlab chiqish, xorij tajribalarini o’rganish va tadbiq etish, IT savodxonligiga
ko’proq e’tibor qaratish va byudjet-soliq siyosatida nazoratni kuchaytirish
masalalari ko’rib chiqilgan. Bugungi kundagi iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini
berayotgan qo’shimcha o’zgarishlar va ba’zi kiritilayotgan o’zgarishlar natijasida
yuzaga kelayotgan muammolar ham keltirib o’tilgan. Shu bilan birga bu
muammolarning oldini olish bo’yicha taklif va xulosalar ham keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Byudjet-soliq siyosati, O’zbekiston iqtisodiyoti, raqamli
iqtisodiyot, fiskal ma’suliyat, Prezident Farmoni, strategiya, konseptual, QR
kodlar,
E-Ijara,
onlayn-kassa
apparat,
onlayn-terminallar,
axborot
texnologiyalar, IT, audit
Soliqlar davlat va mahalliy hokimiyatlat daromadlarining katta qismini
tashkil etadi. Jamiyat esa ularni to’g’ri, to’liq va o’z vaqtida yig’ish davlatning
boshqa funksiyalarini masalan sog’liqni saqlash, ta’lim, mudofaa va shunga
o’xshash sohalarni o’z vaqtida samarali va to’liq bajarishga imkon beradi.
Shuning uchun hukumatimiz o’z vazifalarini oson, kam xarajat va samarali
bajarishning eng ilg’or usullarini topishadi va ularni sinab ko’rgan holda
amaliyotga tadbiq etishadi. Bugungi kundagi axborot texnologiyalari ilg’or
rivojlangan asrda esa bu usullarni hech ikkilanmasdan raqamli texnologiyalarni
joriy etish va ularni yanada rivojlantirish deyishimiz mumkin.
Bugungi kunda byudjet-soliq siyosati va amaliyoti davlat iqtisodiyotini
boshqarishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlar nafaqat
davlat xarajatlari yo’nalishini va hajmini belgilaydi, balki iqtisodiy faoliyat,
jamiyatning moliyaviy barqarorligi va ijtimoiy sohaga ham ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Bugungi kundagi zamonaviy sharoitlarda jahon iqtisodiyoti
glaballashuvning qiyinchiliklari, demografik strukturadagi o’zgarishlar va
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
texnologik yangiliklar bilan yuzlashayotganda bir qator qiyinchiliklarga duch
kelmoqda. Bunga misol qilib ijtimoiy sohani ta’minlash, investitsiya va
tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, davlat xizmatlari va infratuzilmasi
sifatini yaxshilash, byurokratik xarajatlarni kamaytirish va fiskal ma’suliyatni
taminlash kabilarni keltirishimiz mumkin. Shuning uchun byudjet-soliq tizimini
samarali boshqarish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib
bormoqda.
O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga qaraydigan
bo’sak, kundan-kunga iqtisodiy sohaning rivojlanib borayotgani va
iqtisodiyotning barcha sohalari raqamli iqtisodiyotga qadamma-qadam
o’tayotgani sababli byudjet-soliq siyosatida ham ko’plab islohotlarni amalga
oshirishga to’g’ri keldi va 2017-yil 7-fevralda ,, O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi 4947-sonli
Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu strategiyada mamlakatimizning
kelajagini belgilaydigan barcha sohadagi aniq maqsadlar belgilab olindi.
Endilikda bu belgilab olingan barcha sohalar rivoji uchun ajratilgan mablag’lar
samaradorligini yanada ehtiyotkorlik bilan kuzatilishi va baholanishi, ya’ni
doimiy ravishda audit o’tkazib turilishi ham zarur. Maqsadlarning amalda
bajarilishini ta’minlashimiz uchun quyidagi vazifalarning bajarilishi
ta’minlanishi kerak:
-
byudjet-soliq siyosatining davr bilan hamnafasligini ta’minlash;
-
byudjet-soliq siyosati davlatimiz rivojlanishining o’zgargan sharoitlariga
tezda moslasha bilishini ta’minlash;
-
o’z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o’z
vaqtida topa bilish;
-
strategik konseptual yechimlarni ishlab chiqish;
-
mablag’larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash;
-
fuqorolar
ijtimoiy
talab-ehtiyojlarini
qondirishning
moliyaviy
bazasinita’minlashga o’tish;
Bundan tashqari mamlakatimizda so’ngi yillarda xorijiy davlatlarning
bugungi kundagi tajribalariga tayangan holda soliq tizimida bir qancha elektron
tizimlar joriy qilindi:
-
QR-kodlar asosida maxsus nazorat belgilarini ro’yxatdan o’tkazish
va skanerlash tizimi;
-
QQS to’lovchilarni ro’yxatdan o’tkazishning maxsus tizimi;
-
onlayn-kassa apparatlari va onlayn-terminallar axborot tizimi;
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
64
-
ko’chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo’yishga mo’ljallangan E-
Ijara (ijara.soliq.uz) elektron servisi;
-
soliq to’lovchilar va ularning hisobvaraqlarini elektron ro’xatdan o’tkazish
tizimi;
-
soliq to’lovchilarning shaxsiy kabinenti orqali soliq hisobotini elektron
topshirish tizimi;
Bularning joriy qilinishi ham byudjet-soliq siyosatining to’g’ri va to’liq
amalga oshirilishiga o’zining katta ulushini qo’shishidir. Bular kabi xorij
tajribasida sinovdan o’tgan usullarni mamlakatimizga joriy qilinishi byudjet-
soliq siyosatida ancha o’z natijalarini ya’ni ijobiy natijalarni ko’rsatishi bilan bir
qatorda bu bilan bog’liq bir qancha chalkashliklar va muammolarni ham keltirib
chiqarmoqda. Bunday chalkashliklar va muammolarning eng asosiy
sabablaridan biri bu iqtisodiy va unga aloqador barcha sohalar to’liq
raqamlashtirishga o’tkazilmaganligidadir va bu barcha sohalar to’liq
raqamlashtirishga o’tmas ekan bir-biriga bog’liq muammolar zanjiri davom
etaveradi.
Soliq va soliqqa tortish sohasi mamlakatdagi iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari va davlatning barcha tuzilmalari bilan chambarchas bog’liq ekan,
soliq siyosatida faqatgina raqamli texnologiyalarni joriy etish va
rivojlantirishning o’zi iqtisodiy sohani balki davlat daromadlarining oshishi
uchun yetarli emas. Bugungi kunda joriy etilgan raqamli texnologiyalar o’z ishini
yaxshi biladigan, tartibli, zamon bilan hamnafas va halol soliq to’lovchilarga
qator yangiliklar va qulayliklar bergan bo’lsada, axborot texnologiyalarni yaxshi
tushunmaydigan, telekommunikatsiya sifati past hududlarda yashovchi soliq
to’lovchilarda qo’shimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda, ba’zi egri
yo’llardan fodalanadigan, insofsiz soliq to’lovchilar uchun esa soliq to’lashdan
qochish uchun yangi yo’llarni ochib bermoqda.
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish uzoq muddatli
jarayon hisoblanadi va u samarali natijalarga olib chiqadi, ammo ushbu
jarayonni amalga oshirishdagi faoliyat anchagina murakkab va yo’qotishlardan
holi emas, ya’ni qisqa muddatli raqamlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan
muammolar talaygina. Raqamli iqtisodiyot sharoitida byudjet-soliq
munosabatlarining muhim masalalari tahlili asosida bir qancha xulosalar
chiqarish va davlat byudjet-soliq siyosatini boshqarishni takomillashtirish
bo’yicha quyidagi takliflarni keltirishimiz mumkin:
1. Davlat xarajatlarini optimallashtirish va davlat dasturlatining
samaradorligini monitoring qilish. Davlat dasturlarini baholashni kuchaytirish
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
65
va byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida
doimiy ravishda audit nazoratini o’tkazib turish va xarajatlar tahlilini olib borish
zarur.
2.Soliqqa tortishda uzviy aloqador boshqa tarmoq va sohalar hali to’liq
raqamlashtirish va mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarini bir-biri bilan
ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi mukammal raqamli tizim yaratilishi zarur.
3.Biz amaliyotga tadbiq etgan dasturiy mahsulotlar boshqa rivojlangan
davlatlarda o’z samarasini bergan andozalar hisoblanadi va biz bu dasturiy
mahsulotlarni shundayligicha foydalanmasdan, unga mahalliy o’ziga xosliklarni
va vaqtga mos o’zgarishlarni muntazam ravishda qo’shimcha va o’zgartirishlar
kiritib borishimiz zarur.
4. Amaliyotga tadbiq etgan dasturlarni mamlakatimizni bugungi
kundagi iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda ularni moslashtirishimiz
uchun kuchli IT mutaxasislarini yetishtirishga e’tibor qaratishimiz zarur.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, byudjet-soliq siyosatini
rivojlantirishda faqat bir tomonlama cheklanibgina qolmasdan, iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarini qamrab olgan holda muammolar yechimini topish va ushbu
sohalarning qisqa muddat ichida raqamli iqtisodiyotga o’tish yo’llarini xorij
tajribalaridan o’rganib, ularni sinab, tahlil qilgan holda amaliyotga tadbiq
etishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi to’g’risida’’gi 4947-sonli PF.2017.7-fevral
Malikov.S.T Byudjet-soliq siyosati. 2019-yil.
2.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq-byudjet siyosatini amalga
oshirishning ustuvor yo’nalishlari. TDIU. ,,Qamar Media’’. 2024-787b.
3.
Agzamov.A.T. Soliq tizimidagi islohotlar - makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashning muhim fiskal omili sifatida. “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar”. 2015 №2.
4.
Usmonov.Q.A. Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni, usullari va
ularni takomillashtirish yo’nalishlari. “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy va elektron jurnali. 2014. №4
5.
https://lex.uz/docs/-6770520
6.
https://api.ziyonet.uz/uploads/books/835095/5e7315b87a52b.pdf
7.
https://in-
academy.uz/index.php/yo/article/download/30430/19476/30258
8.
https://docx.uz/document/hozirgi-sharoitda-o-zbekiston-respublikasida-
byudjet-soliq-siyosatining-ustuvor-yo-nalishlari-b8f27a13?lang=uz
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
66
9.
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/2024_yilda_soliq_va_byu
djet_siesatidagi_asosiy_uzgarishlar
10.
https://lex.uz/docs/-6718864?ONDATE=01.01.2024
