MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
23
SAYYODIYNING “TOHIR VA ZUHRA” DOSTONI VA FOLKLOR
Balikova Nigora Norbekovna
Guliston davlat universiteti
Adabiyotshunoslik yo`nalishi
2-bosqich magistri
nigoranorbekovna@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14033534
Sayid Muhammad Sayyodiy XVII – XVIII asrlarda yashab ijod qilgan
ijodkor;ardan biri bo`lib, uning bizgacha bir nechta she’rlari hamda “Tohir va
Zuhra” dostoni yetib kelgan. Doston xalq og`zaki ijodida keng tarqalgan syujetga
asoslangan bo`lib, shoir bu syujetga o’zining badiiy mahorati bilan birmuncha
ishlov beradi. Shu bois uning asari va xalq og`zaki ijodida mavjud variant orasida
mushtaraklik sezilib turadi.
Yozma adabiyotning shakllanishi uchun xalq og`zaki ijodining ta`siri
bo’lganidek, dostonning paydo bo’lishiga ham o’sha afsona, ertaklar turtki
bo’ladi.
Oʻrta Osiyo, Volgaboʻyi, Ozarbayjonda “Tohir va Zuhra” nomi bilan ko`plab
afsonalar keng tarqalgan. Ular asosida xalq ertaklari, dostonlar, keyinchalik
dramalar ham yaratilgan. Dastlab janrlar xususiyatlariga to’xtalsak. Xalq og`zaki
ijodining ertak janri Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida
“etuk” shaklida uchragan va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini
bildiradi. Ertaklar, asosan, didaktik vazifani bajaradi. ertaklarning "Ming bir
kecha", "Panchatantra" va boshqalar yaxshi namunalari, G.X. Andersen, V.Xauf,
A.S.Pushkin kabilarning mumtoz adabiy ertaklari jahon madaniyati xazinasiga
kirgan. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti,
kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas
boglanishi, insonlarga axloqiy va ma'naviy yo’ldosh bolib kelishidadir. Ertaklar
insonning ma'naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug’orilgan bo’lib,
ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o’ziga dushman bolgan kuchlarga qarshi
kurashda doimo g’olib chiqadi. Adabiyotshunoslarning ta`biricha, “Hayot
haqiqati bilan bog’liq bo’lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan,
didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar ertak deyiladi” . Yozma adabiyotda
ham yuqoridagicha ta`riflar mavjud bo`lib, folklorning undan asosiy farqi og`zaki
ekanligi. Xususan, yozma va og`zaki adabiyotning umumiyligini quyidagicha
ifodalash mumkin:
• Har ikkisida ham soʻz san’ati, tasvir vositasi soʻzdir;
• Har ikkisida ham hayot va undagi voqea-hodisalar tasvirlanadi;
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
24
• Voqealar ma’lum bir estetik prinsiplarga asoslangan holda tasvirlanadi;
• Hayot va uning lavhalari badiiy obrazlar orqali tasvirlanadi;
• Obraz va obrazlilik umumiyligi mavjud;
• Tasvir vositalari umumiyligi mavjud;
• Adabiy tur umumiyligi mavjud;
• Vazifa mushtarakligi mavjud: ta’limiy, tarbiyaviy, estetik vazifalar
umumiydir.
Folklor og’zakiligi, variantlilik, kollektiv ijod mahsuli ekanligi va badihago’yligi
bilan yozma adabiyotdan keskin farq qiladi.
Sayyodiyning mazkur dostoni xalq og’zaki ijodidan olingan bo’lsa ham,
yozuvchining badiiyati bilan to’yintirilgan. Doston masnaviyda bitilgan bo’lib
unga ellikdan ortiq g‘azal shaklidagi she’riy parchalar ham kiritilgan. Uning
g`oyaviy dunyosi, obrazlar ko`lami ertakdagidan birmuncha farq qiladi.
Ertakdagiga qaraganda dostonda voqealar keng va batafsil tasvirlangan, bundan
tashqari, qahramonlarning ichki olami, ruhiyatini ochib berishga intilish ham
dostonning originalligini ta’minlagan. Tohirning xondan ruxsat olish voqealari,
Mohimning onasi bilan bilan bog`liq voqealar tasviri, o’sha o’rinlardagi ichki
kechin,alar va ruhiy holatning bayon etilishi, Shahri va Jahongir kabi
personajlarning kiritilishi asarning ohoriyligini ta`minlagan unsurlar sanaladi.
Dostonning kompozitsiyasi an`anaviy ruhda tuzilgan bo`lib, bu uni ertak
varianti bilan yaqinlashtiradi:
Avval Egamning otig`a mamnun,
Dono-yu karim-u hay-yu bechun.
Aytay necha nazmi jongudoze,
Some’ bo’l agar san ahli roze.
Uldir egamizki loyazole,
Losharika fihi bezavole.
Xalloqi jahon-u osmondur,
Avsofi jahonda dostondur
Odamni yaratti arbaadin,
Aytayki, muni sen eshit mandin.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
25
Ob-u otash-u bod-u xok bo`ldi,
Har kim tonidi chu pok bo`ldi…
Ko`rinib turganidek, doston an`anaviy muqaddima bilan boshlanadi.
Muqaddimaning birinchi qismida Yaratganga hamdlar unga xos bo’lgan sifat va
fazilatlar hamda qudrati aytilsa, ikkinchi qismida payg`ambarimizga na`tlar
keltiriladi. So’ng to`rt xalifaning madhiga o`tiladi:
Ey Sayyodiy, agarchi yor ersang,
Bir g`azal o`qig`il xumor ersang:
Odam o`g`lida himmatlig` Muhammad,
Qiyomatda shafoatlig` Muhammad.
Saning nuringdin o`n sakkiz ming olam,
Munavvar bo`ldi pur nurliq Muhammad.
Ki qudrat birla yerdin ko`kka chiqding,
Xudo qoshida xil`atlig` Muhammad.
Duo qildi kelib jumla payambar,
Borining ichida tojlig’ Muhammad…
…Ey Sayyodiy, kel emdi fikr ala,
Mustafoning yoronlarin zikr ayla.
Kim edi Mustafog`a yor bo`lg`on,
Munisi jon-u g`amgusor bo`lg`on…
Shu tariqa shoir doston yozish sabablariga o`tib ketadi. Uning aytishicha,
bir kuni Tohir va Zuhrani tushida ko`radi va ular Sayyodiydan “…Qissamizdin
ayla zohir…” deb so`raydilar va o`sha voqeadan so`ng to`rt yillik mehnat,
harakatlar natijasida ushbu asar paydo bo`ladi. Sayyodiy o‘z asarini «Hindiston
va Shom»da mashhur va manzur bo'lgan ertak-afsona asosida yaratganini, shoir
bu jazrani (ertakni) bo'stonga (nazmga) aylantirib, oshiqlar uchun «xo'b doston»
bitganligini bayon etadi:
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
26
…Chunon ertakki erdi xos-u oma,
To’lub erdi bu Hindiston-u Shoma…
…Quruq jazra edi, bo’ston qildim,
Bu oshiqlarg`a xub doston qildim…
Shoiming voqea va qahramonlarga munosabati, taassurot va xulosalari mana
shu kabi lirik muqaddima, lirik chekinish va lirik xotimalarda ifodalanadi. Shoir
bu asarni xalq og`zaki ijodidan go`zalroq bo’lishi uchun harakat qiladi va bunda
har xil ko`chimlar, o`xshatish, mubolag’a kabi badiiy san’atlardan ham mohirona
foydalanadi.
Binobarin, muallif ko'hna syujetga o'zi yashagan muhitni muayyan darajada aks
ettirish, gumanistik fikrlarini ifodalash nuqtai nazaridan yondashadi. Shuning
uchun o'z g'oyalarini qiziqarli sarguzashtlar, xayoliy-fantastik epizodlar,
to'qnashuvlar fonida tasvirlaydi. «Tohir va Zuhra» xalq ertaklariga yaqin
xususiyatlari, fantaziya boyligi, voqealaming tez rivojlanishi, tasodiflaming
ko'pligi, uslubidagi soddalik, syujetning xalq qissalariga xos bir tarzda bayon
qilinishi kabi jihatlariga ko'ra, xalq kitoblariga yaqinlashuvi yoki xalq kitobi
tomon moyillasha borgan kitobiy poemalaming namunasi sifatida qaralishi
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
Tohir va Zuhra. – T., Mumtoz so’z, 2019
2.
R. Orzibekov. O`zbek adabiyoti tarixi. – T., 2006
3.
Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2002. –
560 b.
4.
Ziyo.uz.com kutubxonasi
5.
Wikipedia.uz
