J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
4
SUYAK TO‘QIMALARINING MINERALLASHUVI,
TARTIBGA SOLINISHI, BUZILISHLARI,
REGENERATSIYASI, TRANSPLANTATSIYASI VA
O‘SISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Toshkent Davlat Tibbiyot Umiverstiteti
Gistologiya va Tibbiy Biologiya kafedra asissenti: Tursunmetov Ibodulla
1-Son Davolash fakulteti talabasi: Sotvoldiyev Abdulbosit
Stomotologiya yo’nalishi talabasi: Erkinova Mushtariybonu
mailto:erkinovamushtariybonu5@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada suyak to‘qimasining tuzilishi, hujayra turlari
(osteoblast, osteotsit, osteoklast), ularning vazifalari va suyak to‘qimasining
gistogenez jarayonlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, suyak matritsasining organik
va noorganik tarkibi, kollagenning molekulyar tuzilishi, suyak to‘qimasining
mezenximadan rivojlanish yo‘llari ilmiy asosda bayon etilgan. Maqola suyak
to‘qimasining regeneratsiya va minerallashuv jarayonlaridagi biologik ahamiyatini
yoritadi.
Аннотация:
В статье подробно рассматривается структура костной
ткани, типы клеток (остеобласты, остеоциты, остеокласты), их функции, а
также процессы гистогенеза костной ткани. Описан состав органического и
неорганического матрикса, молекулярная структура коллагена и развитие
костной ткани из мезенхимы. Также освещена биологическая роль костной
ткани в процессах регенерации и минерализации.
Abstract:
This article provides a comprehensive overview of bone tissue
structure, cell types (osteoblasts, osteocytes, osteoclasts), their functions, and the
histogenesis processes of bone tissue. It discusses the composition of the organic
and inorganic matrix, the molecular structure of collagen, and the development of
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
5
bone tissue from mesenchyme. The article also highlights the
biological significance of bone tissue in regeneration and
mineralization processes.
Kalit so‘zlar:
Suyak to‘qimasi, osteoblast, osteotsit,
osteoklast, gistogenez, mezenxima, kollagen, suyak matritsasi, regeneratsiya,
minerallashuv, suyak hujayralari
Ключевые слова:
Костная ткань, остеобласт, остеоцит, остеокласт,
гистогенез,
мезенхима,
коллаген,
костный
матрикс,
регенерация,
минерализация, костные клетки.
Keywords:
Bone tissue, osteoblast, osteocyte, osteoclast, histogenesis,
mesenchyme, collagen, bone matrix, regeneration, mineralization, bone cells.
Suyak to‘qimasi organizmning asosiy tayanch-harakat tizimining strukturaviy
va funksional komponenti hisoblanadi. U organizmga mexanik barqarorlik,
harakatlanish imkoniyati, ichki a'zolarni himoyalash, shuningdek, mineral
moddalarning (ayniqsa, kalsiy va fosfor) zaxirasini ta’minlab beruvchi markaziy
tizimdir. Suyak to‘qimasi o‘ziga xos tarzda ohaklangan hujayralararo modda va uch
xil maxsus hujayra — osteoblast, osteotsit hamda osteoklastlardan tashkil topgan
bo‘lib, har biri o‘ziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlarga ega. Ushbu
hujayralarning o‘zaro ta’siri suyak to‘qimasining shakllanishi, yangilanishi va
buzilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, suyak to‘qimasi
organizmning yoshga bog‘liq o‘zgarishlarida, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida va
ovqatlanish rejimida sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Maqolada suyak
to‘qimasining tuzilishi, hujayralari, gistogenezi va tarkibiy matritsasi to‘g‘risida
ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
6
Suyak toʻqimasi
tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar
tutadigan
biriktiruvchi to’qima
boʻlib, suyak skeletining asosiy
struktura komponenti hisoblanadi. U mexnik vazifalariga koʻra
boshqa biriktiruvchi toʻqimalardan farq qiladi, yaʼni umurtqali
hayvonlar (odam) skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakillantiradi, harakat
funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga koʻndalang yoʻlli birikgan boʻladi).
Kimyoviy-biologik jihatdan esa suyak toʻqimasi organizmda mineral moddalar
almashinuvi balansini taʼminlab turadi. Uning hujayralararo moddalari tarkibida
koʻp miqdorda
kalsiy tuzlari
va
ftor
elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzi 97 %
suyak toʻqimada uchraydi. Tirik organizmning suyak toʻqimasida mineral
elementlarning miqdori doim oʻzgarib turadi. Bunday oʻzgarishlarga, odatda,
birinchidan, organizm yoshining ulgʻayib borishi, kundalik qabul qilinadigan ovqat
tarkibi, ikkinchidan, nerv sistemasining ichki sekretsiya bezlarining unga
koʻrsatadigan taʼsiri sabab boʻladi. Suyak toʻqimasi ham boshqa biriktiruvchi
toʻqimalarga
oʻxshab,
asosan,
suyak
hujayralaridan
va
hujayralararo
moddalardan
tarkib topgan.
Suyak toʻqimasining hujayralari
Suyak toʻqimasi hujayralari bajaradigan fiziologik vazifasi va morfologik
tuzilishiga koʻra uch guruhga boʻlinadi: osteoblast, ostiotsit va ostioklast
hujayralar.
1.
Ostioblast hujayralar kam tabaqalangan bitta yadroli suyak hosil
qiluvchi hujayra boʻlib, suyak toʻqimasi hujayralararo moddasi bilan asosiy modda
uchun kerakli moddalarni sintez qilib beradi. Ostioblast hujayralar tabaqalangan
suyak toʻqimasida, uning singan yoki tiklanayotgan joylarida koʻp uchraydi. Barcha
skelet suyaklari ustini qoplab turuvchi suyak usti pardasi tarkibida doimo boʻladi.
Shakli kubsimon yoki burchaksimon. Sitoplazmaning psrefirek qismida yumaloq
yoki ovalsimon yadrosi boʻladi. Har bir hujayra yadrosida bitta yoki bir nechta
yadrocha boʻladi. Elektron mikroskopda koʻrilganda tarkibidagi organoidlardan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
7
mitoxondriy endoplazmatik to’r va Golji kompleksi yaxshi koʻrinib
turadi. Bundan tashqari sitoplazma qismida koʻplab RNK va yuqori
aktivlikka ega boʻlgan ishqoriy fosfataza uchraydi. Bular toʻqimada
mineral
tuzlar
almashinuvida
ishtirok
etadi.
Organizmning embryonal rivojlanish davrida osteoblast hujayralar mezenxima
hujayralaridan hosil boʻlib, soʻng embrion skeletining rivojlanishida aktiv ishtirok
etadi. Shu bilan birga, toʻqimada sodir boʻladigan fiziologik va reforativ
regeneratsiya jarayonlarini ham taʼminlaydi.
2.
Ostiotsitlar yetilgan, yuqori darajada
tabaqalangan, suyak toʻqimasining asosini tashkil etuvchi hujayralar jumlasidandir.
Atrofi hujayralararo modda bilan oʻralgan. Har bir hujayra hujayralararo moddada
hosil boʻlgan boʻshliqlarda joylashgan. Ostiotsitlar yassilangan yumaloq
yoki ovalsimon shaklda boʻlib, atrofidan kanalchasimon bir nechta oʻsimta
chiqargan yonma-yon joylashgan hujayra oʻsimtalari bir-biri bilan tutashgan boʻlib,
toʻqimaga toʻrsimon shakl beradi.Hujayra oʻsimtalari hujayralararo moddada
joylashgan boʻlib, shu yoʻl orqali toʻqimaning ichki qismiga oziq modda kiradi.
Ishdan chiqqan yoki qarigan toʻqima kanalchalarida oziq moddalar koʻrinmaydi.
Ostiotsitlar joylashgan boʻshliqlarning devoridagi hujayralararo modda tarkibida
odatda tuzlar yigʻilmaydi. Eski adabiyotlarda togʻay hujayralarining kapsulasiga
oʻxshatib, uni ham suyak hujayrasining kapsulasi deb atashgan va oʻziga xos
mustahkam tuzilishga ega boʻlgan deb tushunishgan. Lekin electron
mikroskop yordamida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni koʻrsatdiki, haqiqatdan
ham kapsulada mineral tuzlar yigʻindisi boʻlmas ekan. Shuning uchun ham kapsula
mikroskop ostida yaltirab koʻrinadi. Ostiotsitning ochroq boʻylagan sitoplazmasi
markazida, odatda bitta toʻq boʻyalgan yadro boʻladi. Organoidlardan mitoxondriy
koʻp uchraydi. Golji kompleksi ham uncha rivojlanmagan. Ostiotsitlar toʻqima
faoliyatida deyarli aktiv ishtirok etmaydigan, toʻqimada stabil holatda joylashgan
hujayradir. Ayrim yosh Ostiotsitlar koʻpayish hususiyatiga ega.
3.
Ostioklast
hujayralar togʻay va suyak hujayralarini buzish xususiyatiga ega. Boshqa suyak
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
8
hujayralaridan ancha yirik (50-90 nm) notoʻgʻri shaklda boʻlib, koʻp
yadroli hujayralar qatoriga kiradi. Tarkibida 3-10 tagacha yadrosi
boʻlishi mumkin. Hujayralararo moddaga tegib turgan tashqi
membranasida sitoplazmatik oʻsimtalarga oʻxshash ingichka ichak
epiteliysi mikrovorsinalarini eslatuvchi koʻp miqdordagi oʻsimtalarga ega.
Oʻsimtalar ichida koʻp miqtorda lizosomalarga oʻxshash vakuolalar uchraydi. Ular
hujayra membranasi orqali tashqariga, yaʼni hujayralararo moddaga chiqib, uni
shiddat bilan eritadi. Shu yoʻl bilan ostioklast hujayralar toʻqimaning
rivojlanishining oʻsishi va tiklanishini taʼminlaydi. Ostioklast hujayralar
sitoplazmasining mrkazi asosan bazofil, yaʼni toʻq boʻyaladi, periferik qismlari
oksifil, yaʼni ochroq boʻyaladi. Hujayra oʻsimtalarining ichidagi lizosomalarda
gidrolitik fermentlar koʻp. Mitoxondriyalarning soni ham koʻp. Donali
endoplazmatik toʻr donasiz endoplazmatik toʻrga nisbatan oz. Lizosoma bilan
vakuolalar koʻp miqdorda boʻladi. Ostioklast hujayralarning hujayralararo moddasi
bilan tutashgan joylarida mayda boʻshliqlar hosil boʻladi. Ostioklast hujayralar
normal
fiziologik
holatda
atrofdagi
hujayralararo
moddalarga karbonat
angidrid chiqaradi, u yerda karbonat angidrid suv bilan birikib, karbonat
kislota hosil qiladi:
CO
2
+H
2
O=H
2
CO
3
Natijada kalsiy tuzlari erib, oraliq moddaning organik strukturasi buziladi.
Koʻrinib turibdiki, ostioklast hujayralar suyak toʻqimasining embrional va
postembrional rivojlanish davrida va regeneratsiya jarayonlarida oʻziga xos muhim
vazifalarni bajaradi.
Suyak toʻqimasining gistogenezi
Suyak toʻqimasi asosan ikki yoʻl bilan rivojlanadi. Birinchisida u organizmning
embrional rivojlanishi davrida embrionning mezenxima toʻqimasi hujayralaridan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
9
hosil boʻlsa, ikkinchisida suyak toʻqimasi togʻay toʻqimasidan hosil
boʻladi. Ikkala holda ham suyak toʻqimasining rivojlanishida
mezenxima hujayralari birlamchi material boʻlib xizmat qiladi.
Togʻay toʻqimasining oʻzi ham aslida boshlangich davrda
mezenximadan kelib chiqadi. Suyak toʻqimasining asosiy moddasini suyak
hujayralari ishlab chiqaradi.
Suyak toʻqimasi matritsasi
Suyak toʻqimasining muhim qismi asosiy funksiyalarni bajaradigan
hujayralararo matritsadir. U shartli ravishda organik va mineralllarga boʻlinadi.
Suyakning noorganik mineral komponentlatri 70 % ni tashkil qiladi, qolganlari
organic matritsa (20 %) va suv (10 %) bilan ifodalanadi. Suyakning organik
matritsasi tarkibiga oqsillar va lipidlar kiradi. Organik matritsaning asosini (95 %)
kollagenlar tashkil qiladi: u umumiy oqsilning 25 % ni tashkil qiladi va gʻayrioddiy
aminokislota tarkibiga ega. Butun kollagen molekulasining uzunligi taxminan
300 nm ni tashkil etadi. Kollaegnning turlari koʻp boʻlib, suyakning choʻzilish kuchi
1-tur kollageni tomonidan taʼminlanadi, uning atrofida mineralizatsiya sodir boʻladi.
Kollagen molekulasi toʻgʻri uchli spiral shaklda oʻralgan turli tipdagi uchta
polipeptit zanjiridan iborat. Polipeptit zanjirlari — Gly-X-Y- xarakterli ketma-
ketlikka ega boʻlgan tez-tez takrorlanadigan fragmentlardan qurilgan. Har uchinchi
aminokislota qoldigʻi glitsindir. Prolin koʻpincha X pozitsiyada aniqlanadi, Y
pozitsiyasini ham prolin, ham 4-gidroksiprolin egallashi mumkin. Kollagen
molekulasida 3-gidroksiprolin va 5-gidroksilizin qoldiqlari ham mavjud.
Kollagenning xarakterli xususiyati polipeptid zanjirida gidroksiamin kislotasi
qoldiqlarining mavjudligidir. Prolin va lizin qoldiqlari polipeptid zanjiriga
kirgandan soʻng gidroksillanadi. Prokollagen molekulasidagi prolin va lizin
qoldiqlarining gidroksillanishi faol markazda temir atomlarini oʻz ichiga olgan
prokollagen gidroksilazlar tomonidan katalizlanadi. Kollagen molekulasining
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
10
uchlaridan biri lizin qoldiqlarining yon zanjirlari tomonidan hosil
qilingan bogʻlar bilan oʻzaro bogʻlangan. Tananing qarrishi bilan bu
bogʻlar soni ortadi.
Suyak toʻqimasining mezinximadan rivojlanishi
Suyak toʻqimasi organizmning embrionla rivojlanish davrida embrionning kam
tabaqalangan mezenxima hujayralaridan paydo boʻladi. Datlab plastinkasimon
suyaklarga nisbatan oddiy tuzilishga ega boʻlgan dagʻal suyak toʻqimasi paydo
boʻladi soʻng, u asta sekin suyak plastinkasiga aylanadi. Bungacha mezenximaning
suyak toʻqimasi hosil boʻladigan qismidagi hujayralar shiddat bilan boʻlinadi.
Boʻlingan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay, qattiq birikma hosil qiladi. Shu
bilan bir vaqtda, ular oraligʻida boshlangʻich hujayralararo modda ham yigʻila
boshlaydi. Shu moddadan keyinchalik tabaqalanish jarayoni natijasida kollagen
tolachalar hosil boʻlib, ularning zichlashib qattiqlashishi oqibatida suyak hosil
boʻladi. Oraliq modda koʻpayishi hisobiga suyak hujayralari bir-biri bilan
oʻsimtalari orqali tutashgan holda biroz uzoqlashadi. Soʻng asta — sekin asosiy
modda tarkibida (ossimukoid) paydo boʻlib, toʻqima tolachalarini bir biriga zich
yopishtiradi va qattiq modda shakillanadi. Shakillanmagan suyak toʻqimasining
periferik qismidagi mezenxima hujayralaridan osteoblast hujayralari paydo boʻlib,
shiddat bilan boʻlinadi. Mana shu boʻlinish natijasida hosil boʻlgan hujayralar suyak
plastinkasining tashqi tomoniga joylasha boshlaydi. Bu hodisa embrional rivojlanish
davrida suyak qavatlarini shakillantirib boradigan shiddatli jarayondir.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 4, Series C 2025
11
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Qodirov
.
{{{title}}}
,
2012,
Toshkent:
Fan
va
2.
https://studme.org/376504/meditsina/kletki_kostnoy_tkani
3.
https://compendium.com.ua/clinical-guidelines/osteoporoz-patogenez-
klinika-profilaktika-i-lechenie/glava-1-kostnaya-tkan-stroenie-i-morfologiya-
zavisimost-kostnogo-metabolizma-ot-pitaniya/
4.
Роль
факторов роста фибробластов в регенерации кости. 2017. DOI:
10.1186/S41232-017-0043-8
5.
Вэньчжэ Сунь, Бин Е, Сиюэ Чэнь. Нейрокостная тканевая инженерия:
новые механизмы, потенциальные стратегии и текущие проблемы. 2023.
6.
Damage from Carbonated Soft Drinks on Enamel: A Systematic Review.
Angelo Michele Inchingolo. 2023 Apr 6;15(7):1785. doi: 10.3390/nu15071785
