ENDOFIT MIKROORGANIZMLARNING FARMOKOLOGIK AHAMIYATI VA BIOTEXNOLOGIK QO’LLANILISHI
ushbu maqolada endofit mikroorganizmlar – bu o‘simlik to‘qimalarida yashovchi, biroq ularga zarar yetkazmaydigan mikroorganizmlar bo‘lib, ular o‘zaro foydali aloqalar orqali o‘simliklar hayotiy faoliyatini yaxshilaydi. Ushbu mikroorganizmlar o‘zlarining ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarish qobiliyati tufayli farmakologik va biotexnologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, endofitlar tomonidan sintez qilinadigan bioaktiv moddalar antibakterial, antifungal, antivirus, antikansoregen, immunostimulyator va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning farmatsevtik qo‘llanilish salohiyati juda keng. Ayniqsa, Taxomyces andreanae tomonidan ishlab chiqariladigan taksol, Fusarium turlaridan olingan camptothecin kabi moddalar saraton kasalliklariga qarshi dori vositalarining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, endofitlar biotexnologiyada fermentlar ishlab chiqarishda, o‘simlik himoyasida, biopreparatlar yaratishda va atrof-muhitni bioremediasiya qilishda keng qo‘llanilmoqda. Biotransformatsiya va genetik muhandislik usullari orqali bu mikroorganizmlarning faoliyatini optimallashtirish imkoniyati ham mavjud. Ushbu maqola endofit mikroorganizmlarning farmakologik ahamiyati, ularning ishlab chiqarayotgan bioaktiv metabolitlari va biotexnologik sohalardagi qo‘llanilishi haqida ilmiy-analitik yondashuv asosida tahlil qiladi. Yangi dori vositalarini yaratish va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqishda endofitlarning o‘rni yildan-yilga ortib bormoqda. Shu sababli, bu mikroorganizmlarni chuqur o‘rganish nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb hisoblanadi.