TASHKILOTDA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH VA UNI AMALGA OSHIRISH STRATEGIYASI

Annotasiya

Ushbu maqola tashkilotlarda kadrlar siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish strategiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy, kreativ va ishchan kadrlarni shakllantirish, tarbiyalash va kelgusida ularning yuqori rahbar lavozimlarda faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berishdan iborat. Kadrlar siyosatining maqsadi-tashkilotni o‘z vaqtida, talablarga javob beradigan va kreativ fikrlaydigan kadrlar bilan ta‘minlash va ularni yuksaltirishdan iborat. Tashkilotning kadrlar siyosatiga turli omillar ta‘sir qiladi, ularning ta‘siri ostida uni to‘g‘irlash yoki butunlay o‘zgartirish mumkin. Tashkilotda kadrlar siyosatining eng muhim jihati shundaki, rahbar toifasidagi xodimlar zaxirasi bilan ishlashdir. Xodimlar zaxirasi-tashkilotning yuqori lavozimlariga xodimlarni tayyorlab borish (o‘qitish, malakasini oshirish) tushuniladi. Milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida aniq maqsadli ishlab chiqilgan milliy kadrlar siyosati endi shakllanib kelmoqda va ushbu maqolada ularni qanday amalga oshirish rejasi ochib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shamuratov Maqsad Xudoyberganovich,Azimov Bobir Fattohovich. (2025). TASHKILOTDA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH VA UNI AMALGA OSHIRISH STRATEGIYASI. IQRO Jurnali, 14(01), 3–6. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/69391
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola tashkilotlarda kadrlar siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish strategiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy, kreativ va ishchan kadrlarni shakllantirish, tarbiyalash va kelgusida ularning yuqori rahbar lavozimlarda faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berishdan iborat. Kadrlar siyosatining maqsadi-tashkilotni o‘z vaqtida, talablarga javob beradigan va kreativ fikrlaydigan kadrlar bilan ta‘minlash va ularni yuksaltirishdan iborat. Tashkilotning kadrlar siyosatiga turli omillar ta‘sir qiladi, ularning ta‘siri ostida uni to‘g‘irlash yoki butunlay o‘zgartirish mumkin. Tashkilotda kadrlar siyosatining eng muhim jihati shundaki, rahbar toifasidagi xodimlar zaxirasi bilan ishlashdir. Xodimlar zaxirasi-tashkilotning yuqori lavozimlariga xodimlarni tayyorlab borish (o‘qitish, malakasini oshirish) tushuniladi. Milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida aniq maqsadli ishlab chiqilgan milliy kadrlar siyosati endi shakllanib kelmoqda va ushbu maqolada ularni qanday amalga oshirish rejasi ochib berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Shamuratov Maqsad Xudoyberganovich

Osiyo xalqaro universiteti MM1-IQ-24 guruhi magistri

maqsadshamuratov8@gmail.com

Azimov Bobir Fattohovich

Osiyo xalqaro universiteti

“Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi

TASHKILOTDA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH VA UNI AMALGA

OSHIRISH STRATEGIYASI

ANNОTАTSIYA:

Ushbu maqola tashkilotlarda kadrlar siyosatini shakllantirish va uni amalga

oshirish strategiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy, kreativ va ishchan kadrlarni

shakllantirish, tarbiyalash va kelgusida ularning yuqori rahbar lavozimlarda faoliyat yuritishiga

sharoit yaratib berishdan iborat.

Kadrlar siyosatining maqsadi-tashkilotni o‘z vaqtida, talablarga

javob beradigan va kreativ fikrlaydigan kadrlar bilan ta‘minlash va ularni yuksaltirishdan iborat.

Tashkilotning kadrlar siyosatiga turli omillar ta‘sir qiladi, ularning ta‘siri ostida uni to‘g‘irlash

yoki butunlay o‘zgartirish mumkin. Tashkilotda kadrlar siyosatining eng muhim jihati shundaki,

rahbar toifasidagi xodimlar zaxirasi bilan ishlashdir. Xodimlar zaxirasi-tashkilotning yuqori

lavozimlariga xodimlarni tayyorlab borish (o‘qitish, malakasini oshirish) tushuniladi. Milliy

iqtisodiyotning barcha sohalarida aniq maqsadli ishlab chiqilgan milliy kadrlar siyosati endi

shakllanib kelmoqda va ushbu maqolada ularni qanday amalga

oshirish rejasi ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Kadrlar siyosati, kadrlar siyosatining maqsadi,

xodimlar zaxirasi, karera,

strategiya.

АННОТАЦИЯ:

Данная статья посвящена формированию кадровой политики в

организациях и стратегии её реализация которая замотается в формировании, воспитании

и подготовке современных, творческих и трудолюбивых кадров и создании условий для

их работы на высоких руководящих должностях в будущее.

Целью кадровой политики является обеспечение организации своевременными,

квалифицированными и творчески мыслящими, квалифицированными и творчески

мыслящими кадрами и их продвижение по службе. На кадровую политику организации

влияют реальные факторы, под воздействием которых она может корректироваться или

полностью меняется.

Важнейшим аспектом кадровой политики в организации является работа с резервом

управленческим сотрудников. Кадровый резерв подразумевает подготовку сотрудников к

высоким должностям организации (обучение, повышение квалификации). В настоящее

время формируется национальная кадровая политика с конкретными целями во всех

отраслях раскрывается план их реализации.

Ключевые слова:

Кадровая политика, цель кадровый политики, кадровый резерв, карьера,

стратегия.

ANNOTATION:

This article focuses on the formation and implementation strategy of

personnel policy in organizations. It aims to shape a modern, creative and industrious workforce,

create conditions for their growth and prepare them for high-level managerial positions in the

future. The main purpose of personnel policy is to increase the efficiency of the organization’s


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

activities by aligning its requirements with the creative ideas of employees. The personnel policy

of the organization is influenced by various factors, which can either partially or completely

change its direction. One of the key aspects of personnel policy in organizations is working with

the personnel reserve, particularly in managerial positions. This involves preparing and

developing employees for higher positions (training and improving their qualifications). A well-

structured national personnel policy designed to meet the goals of various sectors of the national

economy, is currently taking shape. This article reveals the plan for implementing such policies

in practice.

Keywords:

Personnel policy, objectives of personnel policy, personnel reserve, career, strategy.

KIRISH

Har qanday zamonaviy tashkilotning boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifasi– tashkilot uchun

yuqori malakali xodimlarni topish, barcha xodimlarni yagona maqsadga chorlash va ruhlantirish,

eng yuqori ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishish uchun ularni jipslantirish, o‘zgaruvchan

bozor munosabatlari sharoitida omon qolish tadbirlarini qo‘llashni talab qiladi. Globallashuv

jarayonida hamda milliy iqtisodiyotimizdagi ro‘y berayotgan jarayonlar avvalo, kadrlar

siyosatida ham o‘zgarishlarni talab qiladi. Shu asnoda, har bir tashkilotda kadrlar siyosatini

shakllantirish tartibi qandayligi, kadrlar siyosati o‘z ichiga olgan masalalar qay darajada olib

borilayotganligiga bog‘liq. Shu ma’noda, biror obektni boshqarishda kadrlarni to‘g‘ri tanlash,

ularni to‘g‘ri joylashtirish va ularni yuksaltirish orqali maqsadga erishish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kadrlar siyosati

- keng ma’noda tashkilot rahbariyati va mehnat jamoasi

uchun ishlab chiqarish texnologiyasi, ijtimoiy mehnat ko‘rsatkichlari va tashkilotning

rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarzda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qarashlar,

prinsip va me’yorlar majmuidir.

Tashkilotning asosiy boyligi va biznes vazifalarini amalga oshirishdagi asosiy resursi

tashkilotning malakali va faol xodimlari hisoblanadi. Bunday yondashuv kadrlar siyosatining

asosini tashkil etadi.

Kadrlar siyosatining maqsadi

tashkilotni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, ularning

samarali ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish,

bilim va malakalarni yosh xodimlarga yetkazishdan iborat.

Kadrlar siyosati tamoyillari:

-boshqaruvning barcha darajalarida xodimlarga nisbatan tashkilot qadriyatlariga asoslangan

qarorlar qabul qilishda yagona yondashuvni ta’minlash;

-kadrlarni inson resurslarini muntazam baholash asosida boshqarish jarayonlarini

rejalashtirishning uzluksizligini ta’minlash;

-inson resurslarini boshqarishda shaffoflik va ochiqlik;

-inson resurslarini boshqarishda samaradorlik va iqtisodiy yondashuv;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

-zamonaviy kadrlar texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish

asosida inson resurslarini boshqarish usullarini takomillashtirish;

-ijtimoiy-siyosiy va tashqi iqtisodiy omillarning o‘zgarishiga moslashuvchanlik;

-an’analarni meros qilib olish - inson resurslarini boshqarishda ijobiy an’analarni saqlash.

Kadrlar siyosatining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

-kadrlarni tanlash va baholash;

-xodimlarni tayyorlash va rivojlantirish;

-xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash;

-ijtimoiy siyosat;

-korporativ aloqalar;

-yoshlar bilan ishlash.

Kadrlar siyosati ijtimoiy hamkorlik va sheriklik asosida tashkilotning texnik, iqtisodiy va

ijtimoiy muammolarini hal qilishda o‘z kasbiy salohiyatini maksimal darajada namoyon etishga

intiladigan yuqori malakali xodimlar jamoasini boshqarishning samarali mexanizmini yaratishga

qaratilgan. Tashkilotning kadrlar siyosati mehnat bozorida jozibador va ijtimoiy mas’uliyatli ish

beruvchi maqomini saqlab qolishga qaratilgan.

Karera –

xodimning lavozimda yoki kasbiy-malakaviy darajasi o‘sishi. Mehnat

jarayonida insonning faolligini ifodalovchi holati va xatti-harakatining ongli

dinamikasi natijasi hamdir.

Strategiyalar tashkilotning iqtiqbol maqsadlariga erishishga qaratilgandir, ammo

yanada tor va ishchanroq rejaga qaratilgan kadrlar siyosatida amalga oshirishga va

barcha joriy maqsadlarni haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib

turadi. Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qiluvchi kadrlar strategiyasi turli xil

bo‘lishi mumkin, masalan:

- kadrlarni yoshartirish strategiyasi;

– kadrlarni saralash va tanlashga ketuvchi xarajatlarni kamaytirish strategiyasi;

– kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishtirish va ularning bilim darajalarini oshirib borish

strategiyasi;

– rahbar xodimlarning zaxirasini yaratish strategiyasi;

– har bir xodimning ish faoliyatini ob’ektiv baholash strategiyasi;

– personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari mas’uliyatini oshirish

strategiyasi;

– yuqori samara bilan ishlovchi jamoalarni yaratish strategiyasi;

– boshqa xodimlarga namuna bo‘luvchi “yetuk professional” –mutaxassislarni etishtirish

strategiyasi;

– mavjud personalni qisqartirish va personal o‘zaro almashinuvi strategiyasi;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

– rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini ularning ish natijalariga javobgarligini oshirish bilan

birga kengaytirish strategiyasi.

Kadrlar strategiyalari kadrlar siyosati singari turli davrlar hususiyatlaridan kelib

chiqqan holda qaytadan ishlab chiqilishi mumkin va odatda, o‘rta va uzoq

muddatlarga mo‘ljallanib qabul qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash

ko‘pgina omillar: tashkilotning rivojlanish bosqichlari, bozor sharoitidagi o‘zgarib

turuvchi tashkiliy maqsadlari, boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq.

XULOSA

Tashkilot (korxona) rahbarining asosiy vazifalaridan biri bu-faoliyat olib borayotgan tashkilotda

kadrlarni tayyorlashga e’tibor qaratishi, to‘g‘ri baholashi, rag‘batlantirishi lozim. Yangi

tayinlangan xodimlarga “Ustoz-shogird” an’analari bo‘yicha, malakali va tajribali xodimlarni

biriktirishi kerak. Kadrlarni o‘z bilimlarini, tajribalarini ko‘rsatishi uchun imkoniyat va sharoit

yaratishi lozim. Yana bir e’tiborga loyiq jihati - kadrlar qo‘nimsizligi. Agar tashkilotda kadrlar

qo‘nimsizligi ko‘paysa, tashkilotning rivojlanishiga va mehnat jamoasining ruhiga salbiy ta’sir

qiladi. Shuning uchun kadrlar siyosatini to‘g‘ri olib borish, tashkilot uchun ham mehnat jamoasi

uchun ham katta ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 03.10.2019 yildagi PF-5843-son

2.

В.Umurzaqov, G.Abdurahmanova, S.Xolmuratov Korxonada kadrlar siyosati (oliy ta’lim

muassasalari talabalari uchun oʻquv qoʻllanma) - T.: «Fan va texnologiya», 2019

3.

Q.X.Abduraxmonov va N.Q.Zokirova Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. –T.: “Fan va

texnologiya”, 2013

4.

https://www.saneg.com/uz/page/19-kadrovaya-politika

5.

Www. Bibliofond.ru (referativ ma’lumotlar sayti)

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 03.10.2019 yildagi PF-5843-son

В.Umurzaqov, G.Abdurahmanova, S.Xolmuratov Korxonada kadrlar siyosati (oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun oʻquv qoʻllanma) - T.: «Fan va texnologiya», 2019

Q.X.Abduraxmonov va N.Q.Zokirova Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. –T.: “Fan va texnologiya”, 2013

https://www.saneg.com/uz/page/19-kadrovaya-politika

Www. Bibliofond.ru (referativ ma’lumotlar sayti)