JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shamuratov Maqsad Xudoyberganovich
Osiyo xalqaro universiteti MM1-IQ-24 guruhi magistri
Azimov Bobir Fattohovich
Osiyo xalqaro universiteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi
TASHKILOTDA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH VA UNI AMALGA
OSHIRISH STRATEGIYASI
ANNОTАTSIYA:
Ushbu maqola tashkilotlarda kadrlar siyosatini shakllantirish va uni amalga
oshirish strategiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy, kreativ va ishchan kadrlarni
shakllantirish, tarbiyalash va kelgusida ularning yuqori rahbar lavozimlarda faoliyat yuritishiga
sharoit yaratib berishdan iborat.
Kadrlar siyosatining maqsadi-tashkilotni o‘z vaqtida, talablarga
javob beradigan va kreativ fikrlaydigan kadrlar bilan ta‘minlash va ularni yuksaltirishdan iborat.
Tashkilotning kadrlar siyosatiga turli omillar ta‘sir qiladi, ularning ta‘siri ostida uni to‘g‘irlash
yoki butunlay o‘zgartirish mumkin. Tashkilotda kadrlar siyosatining eng muhim jihati shundaki,
rahbar toifasidagi xodimlar zaxirasi bilan ishlashdir. Xodimlar zaxirasi-tashkilotning yuqori
lavozimlariga xodimlarni tayyorlab borish (o‘qitish, malakasini oshirish) tushuniladi. Milliy
iqtisodiyotning barcha sohalarida aniq maqsadli ishlab chiqilgan milliy kadrlar siyosati endi
shakllanib kelmoqda va ushbu maqolada ularni qanday amalga
oshirish rejasi ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Kadrlar siyosati, kadrlar siyosatining maqsadi,
xodimlar zaxirasi, karera,
strategiya.
АННОТАЦИЯ:
Данная статья посвящена формированию кадровой политики в
организациях и стратегии её реализация которая замотается в формировании, воспитании
и подготовке современных, творческих и трудолюбивых кадров и создании условий для
их работы на высоких руководящих должностях в будущее.
Целью кадровой политики является обеспечение организации своевременными,
квалифицированными и творчески мыслящими, квалифицированными и творчески
мыслящими кадрами и их продвижение по службе. На кадровую политику организации
влияют реальные факторы, под воздействием которых она может корректироваться или
полностью меняется.
Важнейшим аспектом кадровой политики в организации является работа с резервом
управленческим сотрудников. Кадровый резерв подразумевает подготовку сотрудников к
высоким должностям организации (обучение, повышение квалификации). В настоящее
время формируется национальная кадровая политика с конкретными целями во всех
отраслях раскрывается план их реализации.
Ключевые слова:
Кадровая политика, цель кадровый политики, кадровый резерв, карьера,
стратегия.
ANNOTATION:
This article focuses on the formation and implementation strategy of
personnel policy in organizations. It aims to shape a modern, creative and industrious workforce,
create conditions for their growth and prepare them for high-level managerial positions in the
future. The main purpose of personnel policy is to increase the efficiency of the organization’s
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
activities by aligning its requirements with the creative ideas of employees. The personnel policy
of the organization is influenced by various factors, which can either partially or completely
change its direction. One of the key aspects of personnel policy in organizations is working with
the personnel reserve, particularly in managerial positions. This involves preparing and
developing employees for higher positions (training and improving their qualifications). A well-
structured national personnel policy designed to meet the goals of various sectors of the national
economy, is currently taking shape. This article reveals the plan for implementing such policies
in practice.
Keywords:
Personnel policy, objectives of personnel policy, personnel reserve, career, strategy.
KIRISH
Har qanday zamonaviy tashkilotning boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifasi– tashkilot uchun
yuqori malakali xodimlarni topish, barcha xodimlarni yagona maqsadga chorlash va ruhlantirish,
eng yuqori ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishish uchun ularni jipslantirish, o‘zgaruvchan
bozor munosabatlari sharoitida omon qolish tadbirlarini qo‘llashni talab qiladi. Globallashuv
jarayonida hamda milliy iqtisodiyotimizdagi ro‘y berayotgan jarayonlar avvalo, kadrlar
siyosatida ham o‘zgarishlarni talab qiladi. Shu asnoda, har bir tashkilotda kadrlar siyosatini
shakllantirish tartibi qandayligi, kadrlar siyosati o‘z ichiga olgan masalalar qay darajada olib
borilayotganligiga bog‘liq. Shu ma’noda, biror obektni boshqarishda kadrlarni to‘g‘ri tanlash,
ularni to‘g‘ri joylashtirish va ularni yuksaltirish orqali maqsadga erishish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Kadrlar siyosati
- keng ma’noda tashkilot rahbariyati va mehnat jamoasi
uchun ishlab chiqarish texnologiyasi, ijtimoiy mehnat ko‘rsatkichlari va tashkilotning
rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarzda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qarashlar,
prinsip va me’yorlar majmuidir.
Tashkilotning asosiy boyligi va biznes vazifalarini amalga oshirishdagi asosiy resursi
tashkilotning malakali va faol xodimlari hisoblanadi. Bunday yondashuv kadrlar siyosatining
asosini tashkil etadi.
Kadrlar siyosatining maqsadi
tashkilotni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, ularning
samarali ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish,
bilim va malakalarni yosh xodimlarga yetkazishdan iborat.
Kadrlar siyosati tamoyillari:
-boshqaruvning barcha darajalarida xodimlarga nisbatan tashkilot qadriyatlariga asoslangan
qarorlar qabul qilishda yagona yondashuvni ta’minlash;
-kadrlarni inson resurslarini muntazam baholash asosida boshqarish jarayonlarini
rejalashtirishning uzluksizligini ta’minlash;
-inson resurslarini boshqarishda shaffoflik va ochiqlik;
-inson resurslarini boshqarishda samaradorlik va iqtisodiy yondashuv;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
-zamonaviy kadrlar texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish
asosida inson resurslarini boshqarish usullarini takomillashtirish;
-ijtimoiy-siyosiy va tashqi iqtisodiy omillarning o‘zgarishiga moslashuvchanlik;
-an’analarni meros qilib olish - inson resurslarini boshqarishda ijobiy an’analarni saqlash.
Kadrlar siyosatining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
-kadrlarni tanlash va baholash;
-xodimlarni tayyorlash va rivojlantirish;
-xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash;
-ijtimoiy siyosat;
-korporativ aloqalar;
-yoshlar bilan ishlash.
Kadrlar siyosati ijtimoiy hamkorlik va sheriklik asosida tashkilotning texnik, iqtisodiy va
ijtimoiy muammolarini hal qilishda o‘z kasbiy salohiyatini maksimal darajada namoyon etishga
intiladigan yuqori malakali xodimlar jamoasini boshqarishning samarali mexanizmini yaratishga
qaratilgan. Tashkilotning kadrlar siyosati mehnat bozorida jozibador va ijtimoiy mas’uliyatli ish
beruvchi maqomini saqlab qolishga qaratilgan.
Karera –
xodimning lavozimda yoki kasbiy-malakaviy darajasi o‘sishi. Mehnat
jarayonida insonning faolligini ifodalovchi holati va xatti-harakatining ongli
dinamikasi natijasi hamdir.
Strategiyalar tashkilotning iqtiqbol maqsadlariga erishishga qaratilgandir, ammo
yanada tor va ishchanroq rejaga qaratilgan kadrlar siyosatida amalga oshirishga va
barcha joriy maqsadlarni haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib
turadi. Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qiluvchi kadrlar strategiyasi turli xil
bo‘lishi mumkin, masalan:
- kadrlarni yoshartirish strategiyasi;
– kadrlarni saralash va tanlashga ketuvchi xarajatlarni kamaytirish strategiyasi;
– kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishtirish va ularning bilim darajalarini oshirib borish
strategiyasi;
– rahbar xodimlarning zaxirasini yaratish strategiyasi;
– har bir xodimning ish faoliyatini ob’ektiv baholash strategiyasi;
– personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari mas’uliyatini oshirish
strategiyasi;
– yuqori samara bilan ishlovchi jamoalarni yaratish strategiyasi;
– boshqa xodimlarga namuna bo‘luvchi “yetuk professional” –mutaxassislarni etishtirish
strategiyasi;
– mavjud personalni qisqartirish va personal o‘zaro almashinuvi strategiyasi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
– rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini ularning ish natijalariga javobgarligini oshirish bilan
birga kengaytirish strategiyasi.
Kadrlar strategiyalari kadrlar siyosati singari turli davrlar hususiyatlaridan kelib
chiqqan holda qaytadan ishlab chiqilishi mumkin va odatda, o‘rta va uzoq
muddatlarga mo‘ljallanib qabul qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash
ko‘pgina omillar: tashkilotning rivojlanish bosqichlari, bozor sharoitidagi o‘zgarib
turuvchi tashkiliy maqsadlari, boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq.
XULOSA
Tashkilot (korxona) rahbarining asosiy vazifalaridan biri bu-faoliyat olib borayotgan tashkilotda
kadrlarni tayyorlashga e’tibor qaratishi, to‘g‘ri baholashi, rag‘batlantirishi lozim. Yangi
tayinlangan xodimlarga “Ustoz-shogird” an’analari bo‘yicha, malakali va tajribali xodimlarni
biriktirishi kerak. Kadrlarni o‘z bilimlarini, tajribalarini ko‘rsatishi uchun imkoniyat va sharoit
yaratishi lozim. Yana bir e’tiborga loyiq jihati - kadrlar qo‘nimsizligi. Agar tashkilotda kadrlar
qo‘nimsizligi ko‘paysa, tashkilotning rivojlanishiga va mehnat jamoasining ruhiga salbiy ta’sir
qiladi. Shuning uchun kadrlar siyosatini to‘g‘ri olib borish, tashkilot uchun ham mehnat jamoasi
uchun ham katta ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 03.10.2019 yildagi PF-5843-son
2.
В.Umurzaqov, G.Abdurahmanova, S.Xolmuratov Korxonada kadrlar siyosati (oliy ta’lim
muassasalari talabalari uchun oʻquv qoʻllanma) - T.: «Fan va texnologiya», 2019
3.
Q.X.Abduraxmonov va N.Q.Zokirova Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. –T.: “Fan va
texnologiya”, 2013
4.
https://www.saneg.com/uz/page/19-kadrovaya-politika
5.
Www. Bibliofond.ru (referativ ma’lumotlar sayti)
