ARALASH TA’LIMDA O‘QITUVCHINING ROLI

Аннотация

Ushbu maqolada aralash ta’lim sharoitida o‘qituvchining roli, uning yangi funksiyalari va zamonaviy ta’limdagi o‘rni yoritilgan. An’anaviy yondashuvdan farqli ravishda, o‘qituvchi endilikda motivator, yo‘naltiruvchi, texnologik yordamchi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, aralash ta’limni tatbiq etishdagi dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilingan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Собирова M. . (2025). ARALASH TA’LIMDA O‘QITUVCHINING ROLI. Interpretation and Researches, (11(57). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/121323
Мохира Собирова , BuxDPI
Pedаgоgik ta’lim kаfedrаsi о‘qituvchisi
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada aralash ta’lim sharoitida o‘qituvchining roli, uning yangi funksiyalari va zamonaviy ta’limdagi o‘rni yoritilgan. An’anaviy yondashuvdan farqli ravishda, o‘qituvchi endilikda motivator, yo‘naltiruvchi, texnologik yordamchi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, aralash ta’limni tatbiq etishdagi dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilingan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

34

ARALASH TA’LIMDA O‘QITUVCHINING ROLI

Sоbirоvа Mоxirа Rаsulоvnа

BuxDPI Pedаgоgik ta’lim kаfedrаsi о‘qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada aralash ta’lim sharoitida o‘qituvchining roli,

uning yangi funksiyalari va zamonaviy ta’limdagi o‘rni yoritilgan. An’anaviy
yondashuvdan farqli ravishda, o‘qituvchi endilikda motivator, yo‘naltiruvchi,
texnologik yordamchi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, aralash ta’limni tatbiq
etishdagi dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

aralash ta’lim, raqamli kompetensiya, pedagogik kompetensiya,

guruh rahbari, fasilitator, o‘qituvchi roli, texnologiyalari.

THE ROLE OF THE TEACHER IN BLENDED EDUCATION

Sobirova Mokhira Rasulovna

Teacher of the Department of Pedagogical Education

of BukhSPI


Abstract:

This article highlights the role of the teacher in blended learning

environments, their new functions, and their place in modern education. Unlike the
traditional approach, the teacher now emerges as a motivator, guide, and
technological assistant. Additionally, the article analyses current issues and promising
directions in implementing blended learning.

Keywords:

blended learning, digital competence, pedagogical competence,

group leader, facilitator, teacher role, technologies.

РОЛЬ УЧИТЕЛЯ В СМЕШАННОМ ОБУЧЕНИИ

Собирова Мохира Расуловна

Преподаватель кафедры педагогического образования

БухГПИ


Аннотация:

В данной статье освещается роль учителя в условиях

смешанного обучения, его новые функции и место в современном образовании.
В отличие от традиционного подхода, учитель теперь выступает в качестве
мотиватора, направляющего и технологического помощника. Также
проанализированы актуальные вопросы и перспективные направления
внедрения смешанного обучения.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

35

Ключевые слова:

смешанное обучение, цифровая компетенция,

педагогическая компетенция, руководитель группы, фасилитатор, роль учителя,
технологии.


Oliy ta’lim tizimida “Blended learning” texnologiyasi (ya’ni, aralash ta’lim)

jahon tajribasida ko‘plab muvaffaqiyatli amaliyotlar orqali sinovdan o‘tgan bo‘lib, u
muayyan nazariy-metodik asoslarga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bu yondashuv
ta’lim sifatini oshirish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni kengaytirish va ta’lim
jarayonini moslashuvchanlashtirishda samarali vosita sifatida qo‘llanilmoqda.

Mamlakatimizda esa “Blended learning” texnologiyasi nisbatan yangi

hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu borada sezilarli qadamlar tashlangan bo‘lsa-da,
uning nazariy va amaliy asoslari hali to‘liq shakllanmagan. Shu sababli, qator
mahalliy tadqiqotchilar tomonidan mazkur texnologiyaning milliy ta’lim tizimiga
moslashtirilgan modellari, o‘qitish metodikasi, infratuzilma talablari va baholash
mezonlari bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar natijasida,
mamlakatimizda aralash ta’limni samarali joriy etish uchun ilmiy asoslangan,
amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlar ishlab chiqilishi kutilmoqda. Bu esa
O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni

yuzaga keltirmoqda. An’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari bilan onlayn ta’limning
uyg‘unlashuvi nafaqat dars shaklini, balki undagi ishtirokchilar – o‘qituvchi va
o‘quvchining ham rolini tubdan o‘zgartirdi. Endilikda o‘qituvchi nafaqat bilim
beruvchi, balki

murabbiy, yo‘naltiruvchi, fasilitator

sifatida namoyon bo‘ladi.

Aralash ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, eng avvalo, o‘qituvchilarning
kasbiy tayyorgarligi, pedagogik va raqamli kompetensiyalari

19

ni oshirish zarur

20

.

Ko‘plab xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aralash ta’limda o‘qituvchining roli
faqatgina dars o‘tish bilan cheklanmay, balki o‘quvchilarning faoliyatini
muvofiqlashtirish, ularni kuzatib borish, individual yordam ko‘rsatish, raqamli
vositalardan samarali foydalanish kabi ko‘p qirrali vazifalarni ham qamrab oladi.
Bunday ikki yo‘nalishli (an’anaviy va virtual) muloqot shakli asosida tashkil
etiladigan ta’lim jarayonida o‘qituvchi

asosiy pedagogik jarayon ishtirokchisi

sifatida markaziy o‘rinda turadi.

O‘qituvchidan faqat fan bo‘yicha bilimga ega

bo‘lish emas, balki:

– Virtual ta’lim muhitida

raqamli pedagogika;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;

19

Graham, C. R. (2006). Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions. In

The Handbook

of Blended Learning

20

Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008).

Blended Learning in Higher Education: Framework, Principles, and

Guidelines

. San Francisco: Jossey-Bass.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

36

– Talabalarni

rag‘batlantirish (motivatsiyasini kuchaytirish), yo‘naltirish va

faoliyatini boshqarish

kabi kompetensiyalarga ega bo‘lishni talab etadi.

Shu sababli, aralash ta’lim sharoitida o‘qituvchining roli quyidagi funksiyalar

orqali yangicha talqinda namoyon bo‘ladi:

Guruh rahbari sifatida.

O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki

ta’lim

jarayonini tashkil qiluvchi va boshqaruvchi

sifatida guruhdagi talabalarning

faolligini muvofiqlashtiradi. O‘quv resurslari, vaqt taqsimoti va baholash mezonlarini
moslashtirishda rahbarlik qiladi.

Motivator sifatida.

Virtual va aralash ta’limda talabani o‘z-o‘zini o‘qitishga

undash

uchun

o‘qituvchi

psixologik,

axloqiy

va

didaktik

jihatdan

rag‘batlantiruvchi vositalardan foydalanadi

. Bu jarayonda talabani faol ishtirok

etishga ilhomlantirish, o‘quv maqsadlarining dolzarbligini anglatish muhim
ahamiyatga ega.

Faoliyat tashkilotchisi sifatida.

O‘qituvchi o‘quv materiallarini

turli shaklda

taqdim etadi

, amaliy mashg‘ulotlar va loyihalar orqali talabaning faol ishtirokini

ta’minlaydi. Bunda u:

– Yuzma-yuz va onlayn faoliyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi;
– Talabalar o‘rtasida

hamkorlik va fikr almashinuvi muhitini yaratadi

;

– O‘quv natijalariga yo‘naltirilgan

metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi

.

Aralash ta’limda o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi muhim sanaladi. Aralash

ta’limning muvaffaqiyatli joriy etilishi o‘qituvchining pedagogik mahorati va
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llay olishiga bevosita bog‘liq. Shu
sababli, quyidagi asosiy

pedagogik kompetensiyalar

alohida ahamiyat kasb etadi:

Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish kompetensiyasi

– o‘qituvchi

o‘quvchilarning ehtiyojlari, mavzuning xususiyati va mavjud texnologiyalar asosida
oflayn va onlayn darslarning uyg‘unlikda tashkil etilishini oldindan rejalashtiradi.

Interaktiv ta’lim metodlarini qo‘llash

– aralash ta’lim sharoitida “aqliy

hujum”, “fikrlar almashinuvi”, “klaster”, “case-study”, “jamoaviy loyiha” kabi
metodlardan foydalangan holda o‘quvchilarni faol fikrlashga undaydi.

O‘quvchilarga yo‘naltirilgan yondashuv

– har bir o‘quvchining bilim olish

sur’ati, o‘zlashtirish darajasi va qiziqishlariga mos o‘qitish strategiyasini ishlab
chiqadi.

Reflektiv yondashuvni joriy etish

– o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z o‘qish

jarayoni haqida o‘ylashga, o‘zini tahlil qilishga undovchi faoliyat turlarini (kundalik
yuritish, baholash jurnallari, savolnoma) qo‘llaydi.

Muloqot va pedagogik etikani saqlash

– o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan

ijobiy, ishonchli, madaniyatli muloqotni yo‘lga qo‘yadi, onlayn hamda oflayn
sharoitda pedagogik etika tamoyillariga amal qiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

37

Mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash

– o‘quvchilarni mustaqil ravishda

izlanish olib borishga, turli manbalarni tahlil qilishga yo‘naltiradi, masalan, loyiha
ishlari, onlayn topshiriqlar yoki ochiq ta’lim platformalari orqali.

2. Raqamli (axborot-kommunikatsion) kompetensiyalar

Zamonaviy raqamli vositalardan foydalana olish qobiliyati aralash ta’limning

texnologik negizini tashkil etadi. Ushbu kompetensiya quyidagi elementlarni qamrab
oladi:

Moodle, Google Classroom, MS Teams

kabi onlayn ta’lim platformalaridan

samarali foydalanish;

– Video darslar, infografik materiallar, onlayn testlar va elektron darsliklar

yaratish;

– Raqamli baholash vositalaridan (Kahoot, Quizizz, Google Forms) foydalanish

orqali bilimlarni monitoring qilish;

– O‘quvchilarni raqamli manbalarni tanlash va tahlil qilishga o‘rgatish.

3. Kommunikativ va psixologik kompetensiyalar

Aralash ta’limda samarali muloqot va ijobiy psixologik muhitni yaratish

o‘quvchilarning motivatsiyasi va ishtirokini ta’minlaydi. Bu kompetensiyaga
quyidagilar kiradi:

– Onlayn va oflayn sharoitda aniq, to‘g‘ri va madaniyatli muloqot olib borish;
– O‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash

strategiyalarini ishlab chiqish;

– Stressga chidamlilik, o‘zini boshqarish va o‘quvchilarni emotsional jihatdan

qo‘llab-quvvatlash;

– Jamoada ishlash ko‘nikmasi va ijobiy muhit yaratish.
Aralash ta’lim muvaffaqiyati o‘qituvchining o‘z kasbiy malakasini doimiy

ravishda rivojlantirishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi va o‘quvchilarga
individual yondashuv asosida ishlay olishiga bog‘liqdir. Shu bois, zamonaviy
o‘qituvchi o‘zgaruvchan ta’lim muhiti talablariga moslashuvchan bo‘lishi va uzluksiz
o‘z ustida ishlashi zarur. O‘qituvchi auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda
aralash ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu yondashuv talabalarning mustaqil ishlash samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi hamda ularning ta’lim jarayonidagi faolligini rag‘batlantiradi. Amaliy va
seminar mashg‘ulotlari o‘qituvchi tomonidan talabalarning tayyorgarlik darajasi,
bilim va ko‘nikmalari asosida individual yoki guruhiy shaklda tashkil etiladi. Ushbu
mashg‘ulotlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Moslashuvchanlik.

Mashg‘ulotlarning shakli va mazmuni talabalarning o‘quv

ehtiyojlari va bilim darajasiga qarab o‘zgarib turadi, bu esa ta’lim jarayonining
samaradorligini oshiradi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

38

Faollik va interaktivlik.

Auditoriyada talabalarning faol ishtirokini ta’minlash

uchun muhokamalar, guruh ishlar, case-study metodlari, loyihalar ustida ishlash
qo‘llaniladi.

Mustaqil o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash.

O‘qituvchi mustaqil ishlash uchun

zarur bo‘lgan o‘quv materiallari va resurslarni oldindan taqdim etadi, shuningdek,
talabalarni samarali mustaqil faoliyatga yo‘naltiradi.

Shaxsiy yondashuv.

Individual yondashuv orqali talabalar bilimlari va

ko‘nikmalarining darajasi aniqlanadi, ularning zaif tomonlari bo‘yicha qo‘shimcha
yordam ko‘rsatiladi.

O‘zaro fikr almashish va hamkorlik.

Guruh ichida va guruhlar o‘rtasida

muloqot va hamkorlik ta’lim jarayonining sifatini oshiradi, ijtimoiy ko‘nikmalarni
rivojlantiradi.

Teskari aloqa va monitoring.

Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi

talabalarning faoliyatini doimiy kuzatib boradi, ularning bilim darajasini baholaydi va
kerak bo‘lganda kursni moslashtiradi. Bu xususiyatlar asosida aralash ta’limda
auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish nafaqat ta’lim sifatini yaxshilaydi, balki
talabalarni mustaqil va samarali o‘rganishga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Natijada,
talabalar nafaqat nazariy bilimlarni egallaydilar, balki amaliy ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradilar, bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muhim omil bo‘ladi.

Aralash ta’lim modeli ta’lim tizimiga yangi yondashuv va sifat bosqichini olib

kiradi. Ushbu yondashuvda o‘qituvchining roli an’anaviy bilim beruvchidan ko‘ra
kengroq va murakkabroq bo‘lib, u ta’lim jarayonining dizayneri, yo‘naltiruvchisi,
kuzatuvchisi, motivatori hamda raqamli vositalarni samarali qo‘llovchi mutaxassis
sifatida namoyon bo‘ladi.

Shunday ekan, aralash ta’limda o‘qituvchining roli susaymaydi, aksincha,

yanada faol, mas’uliyatli va kompleks

tus oladi. Bu esa o‘qituvchilarning kasbiy

kompetensiyalarini doimiy rivojlantirish va yangilash zaruratini yuzaga keltiradi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Binkley, M. et al. (2011), “Defining twenty-first century skills”, in Griffin, P.,

B. McGaw and E. Care (eds.), Assessment and Teaching of 21st Century Skills,
Springer Netherlands, Dordrecht, https://doi.org/10.1007/978-94-007-2324-5_2.

2. V.L.Byrd and P.A.Asunda, "Using Evidence Based Practices and Learning to

Enhance Critical Thinking Skills in Students Through Data Visualization," 2020
IEEE Frontiers in Education Conference (FIE), Uppsala, Sweden, 2020, pp. 1-9, doi:
10.1109/FIE44824.2020.9274157.

Using Evidence Based Practices and Learning

to Enhance Critical Thinking Skills in Students Through Data Visualization |
IEEE Conference Publication | IEEE Xplore


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

39

3. Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008).

Blended Learning in Higher

Education: Framework, Principles, and Guidelines

. San Francisco: Jossey-Bass.

4. Graham, C. R. (2006). Blended learning systems: Definition, current trends,

and future directions. In

The Handbook of Blended Learning

5. Hadiyanto, H., Failasofah, F., Armiwati, A., Abrar, M., & Thabran, Y. (2021).

Students’ Practices of 21st Century Skills between Conventional learning and
Blended Learning. Journal of University Teaching & Learning Practice, 18(3), 07.

6. Дубина И.Н. Субъектно-личностные и социокультурные аспекты

творчества: опыт контекстуального и терминологического различения //
Поволжский журнал по философии и социальным наукам. – Самара, 2000. – №
7.

7. Voogt, J., & Roblin, N. P. (2012). A comparative analysis of international

frameworks for 21

st

century competences: Implications for national curriculum

policies.

Journal

of

Curriculum

Studies

,

44

(3),

299–321.

https://doi.org/10.1080/00220272.2012.668938

8. Isaksen, S.G., Dorval, K.B.,

Treffinger, D.J. (2011). Create Approaches to

Problem Solving: A Framework for Innovation and Cange 3

rd

Edition (3

rd

ed.).Sage

Publication, Ins.

9. K-12 Blended Teaching A Guide to Personalized Learning and Online

Integration Charles R. Graham, Jered Borup, Cecil R. Short, & Leanna

10. Pardede, P. (2020). Integrating the 4Cs into EFL Integrated Skills Learning.

Journal of English Teaching, 6(1), 71-85.

11. Shan, S., Li, C., Shi, J., Wang, L., & Cai, H. (2014). Impact of effective

communication, achievement sharing and positive classroom environments on
learning performance. Systems Research and Behavioral Science, 31(3), 471-482.

12. Supena, I., Darmuki, A., & Hariyadi, A. (2021). The Influence of 4C

(Constructive, Critical, Creativity, Collaborative) Learning Model on Students'
Learning Outcomes. International Journal of Instruction, 14(3), 873-892

13.

https://www.researchgate.net/publication/378853042_AUDITORIYA_MAS

HG‘ULOTLARDA_TALABALARNING_IJODIY_FAOLIYATINI_TAKOMILLA
SHTIRISH_IMKONIYATLARI

14.

https://www.researchgate.net/publication/378908509_ZAMONAVIY_TA'LI

M_TIZIMIDA_BLENDED_LEARNING_TEXNOLOGIYASI?_tp=eyJjb250ZXh0Ij
p7InBhZ2UiOiJwcm9maWxlIiwicHJldmlvdXNQYWdlIjpudWxsLCJwb3NpdGlvbiI
6InBhZ2VDb250ZW50In19


Библиографические ссылки

Binkley, M. et al. (2011), “Defining twenty-first century skills”, in Griffin, P., B. McGaw and E. Care (eds.), Assessment and Teaching of 21st Century Skills, Springer Netherlands, Dordrecht, https://doi.org/10.1007/978-94-007-2324-5_2.

V.L.Byrd and P.A.Asunda, "Using Evidence Based Practices and Learning to Enhance Critical Thinking Skills in Students Through Data Visualization," 2020 IEEE Frontiers in Education Conference (FIE), Uppsala, Sweden, 2020, pp. 1-9, doi: 10.1109/FIE44824.2020.9274157. Using Evidence Based Practices and Learning to Enhance Critical Thinking Skills in Students Through Data Visualization | IEEE Conference Publication | IEEE Xplore

Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008). Blended Learning in Higher Education: Framework, Principles, and Guidelines. San Francisco: Jossey-Bass.

Graham, C. R. (2006). Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions. In The Handbook of Blended Learning

Hadiyanto, H., Failasofah, F., Armiwati, A., Abrar, M., & Thabran, Y. (2021). Students’ Practices of 21st Century Skills between Conventional learning and Blended Learning. Journal of University Teaching & Learning Practice, 18(3), 07.

Дубина И.Н. Субъектно-личностные и социокультурные аспекты творчества: опыт контекстуального и терминологического различения // Поволжский журнал по философии и социальным наукам. – Самара, 2000. – № 7.

Voogt, J., & Roblin, N. P. (2012). A comparative analysis of international frameworks for 21st century competences: Implications for national curriculum policies. Journal of Curriculum Studies, 44(3), 299–321. https://doi.org/10.1080/00220272.2012.668938

Isaksen, S.G., Dorval, K.B.,  Treffinger, D.J. (2011). Create Approaches to Problem Solving: A Framework for Innovation and Cange 3rd Edition (3rd ed.).Sage Publication, Ins.

K-12 Blended Teaching A Guide to Personalized Learning and Online Integration Charles R. Graham, Jered Borup, Cecil R. Short, & Leanna

Pardede, P. (2020). Integrating the 4Cs into EFL Integrated Skills Learning. Journal of English Teaching, 6(1), 71-85.

Shan, S., Li, C., Shi, J., Wang, L., & Cai, H. (2014). Impact of effective communication, achievement sharing and positive classroom environments on learning performance. Systems Research and Behavioral Science, 31(3), 471-482.

Supena, I., Darmuki, A., & Hariyadi, A. (2021). The Influence of 4C (Constructive, Critical, Creativity, Collaborative) Learning Model on Students' Learning Outcomes. International Journal of Instruction, 14(3), 873-892

https://www.researchgate.net/publication/378853042_AUDITORIYA_MASHG‘ULOTLARDA_TALABALARNING_IJODIY_FAOLIYATINI_TAKOMILLASHTIRISH_IMKONIYATLARI

https://www.researchgate.net/publication/378908509_ZAMONAVIY_TA'LIM_TIZIMIDA_BLENDED_LEARNING_TEXNOLOGIYASI?_tp=eyJjb250ZXh0Ijp7InBhZ2UiOiJwcm9maWxlIiwicHJldmlvdXNQYWdlIjpudWxsLCJwb3NpdGlvbiI6InBhZ2VDb250ZW50In19