O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINING BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashimizda xalq pedagogikasi umuman olganda ilmiy pedagogika bilan bog‘liqligi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoshlar tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelayotgani haqida yoritilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Khrojiddinova, M. ., & Rasulova, M. . (2025). O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINING BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI. Interpretation and Researches, (11(57). Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/121324
M. Khrojiddinova, QDU
O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi
M. Rasulova, QDU
talabasi
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashimizda xalq pedagogikasi umuman olganda ilmiy pedagogika bilan bog‘liqligi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoshlar tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelayotgani haqida yoritilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

40

O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINING BOLALAR TARBIYASIDAGI

AHAMIYATI

M. Xrojiddinova

QDU O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

M. Rasulova

QDU talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar

qilib tarbiyalashimizda xalq pedagogikasi umuman olganda ilmiy pedagogika bilan
bog‘liqligi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoshlar tarbiyasiga ta’sir etish
vositasi bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelayotgani haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

xalq og'zaki ijodi, mabai, turlari, retseptor, xalq pedagogikasi,

axloqiy tarbiya, axloqiy fazilatlar.


Хаlq оg‘zaki ijodi namunalari asosida o‘quvchilarga milliy qаdriyatlarni

shakllantirish tarbiyalanuvchi ruxiyatiga muayyan suratda ta’sir qilish jarayoni
tushuniladi. 5-6- sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirishda ularning
yosh xususiyatlarini inobatga olish zarur. 5-6- sinf o‘quvchilarining axloqiylik
darajasiga, ularning kelgusi hayotdagi yo‘riqnomalariga xalq og‘zaki ijodida
tarannum etilgan fazilatlar katta ta’sir o‘tkazadi.

Odamning yuksak psixik funksiyalari tariqasida bolalikda berilgan idrok, diqqat

va tafakkur borliqni bilish formalari sifatida qaralishi shak-shubhasizdir. Faoliyatning
bilish manbai, muloqotning esa odamning shaxsiy taraqqiyoti manbai ekanligi
ma’lum. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida aks etgan yuksak g‘oyalar ustida fikr
yuritar ekanmiz, bunda yosh davridanoq bir-biridan ajralib turadigan o‘quvchilarni
ko‘z oldimizga keltirishimiz lozim. 5-6- sinf o‘quvchilarida bilish jarayonlari (sezgi,
idrok, tafakkur, xayol va xotira)ni o‘rganish tashislashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning individual jamoatchilik hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy va
tabiiy (tug‘ma) xulq-atvori, hatti-harakatlarini tushuntirib va uni oldindan aytib
berishda uning biosoidal tabiatini hisobga olish zarurligi o‘rganiladi. Ma’lumki, bola
markaziy nerv tizimining tuzilishi, uning ishi (vazifalari) va xususiyatlari, uning
markaziy va pereferik qismi, bosh miyaning tuzilishi, har bir neyronning tuzilishi va
uning ish tartibi, "retseptor" tushunchasi va uning turlari, "analizator" tushunchasi,
odam bosh miya qobig‘ining tuzilishi va uning asosiy maydonlari satqi qismlari
ustida, bosh miya qobig‘ida sodir bo‘ladigan asosiy psixik jarayonlar va kishining
psixik holatlari, retikulyar formatsiyalarining markaziy nerv tizimida tutgan o‘rni,
uning roli va vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish pedagogik tashhislashni
oqilona tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

41

Bundan tashqari хаlq оg‘ki ijodi namunalari asosida 5-6- sinf o‘quvchilarini

axloqiy tarbiyalashda bola psixikasi, unda nerv bog‘lanishlarining prinsipi va
umumiy mexanizmlari, psixik hodisalarning miya ishi bilan bog‘liqligi, ularning
psixik jarayonlari bilan aloqasi va xulq-atvor, xatti-harakatlarini boshqarishdagi,
psixik hodisalar va miyaning ayrim tuzilishining bir xildagi o‘zaro ta’siri,
muammolari haqida ma’lumotga ega bo‘lgani afzal. Shu bilan bir qatorda, bola
miyasida sodir bo‘ladigan psixik holatlarning anatom-fiziologik xususiyatlari bunda
sezgilarning tarkib topishida ishtirok etadigan miya tuzilishi va tanamizdagi
a’zolarning fiziologik mexanizmlari ustida o‘ylanib ko‘rishi zarur. Axloqiy tarbiya
fazilatlari: sabr-qanoat, matonatni xulq-atvorning genetik ildizi bunda odam
psixologiyasi va uning xulq-atvori, xatti-harakatlari rivojlanishida genetika va muhit,
biologik va ijtimoiy omillarni tushuntirish muammolari, irsiyat mexanizmlari
haqidagi tasavvurlar asosida hal qilishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya tadbirlarini
amalga oshirishda xalq pedagogikasidan foydalanish o‘rinlidir.

Хalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi bo‘lgan o‘zbek xalq

pedagogikasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy xayotning barcha tomonlarini, xalq og‘zaki
ijodi,

qadrshunoslik,

udumshunosligi

va

marosimshunosligining

yetakchi

yo‘nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. U
xalqimizning asrlar davomida to‘plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy,
falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini,
xulosalarini lo‘nda va donishmandona tarzda ifodalaydi. Хalq pedagogikasida
tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni birlamchi-ikkilamchisi bo‘lmaydi, hamma narsa
hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni chog‘da tarbiyaning nihoyatda
nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o‘lchab bir kesishga
amal qilinadi. Хalq pedagogikasining o‘ziga xosligi shundaki, u bugun va ertani
uylab ish tutadi, ya’ni o‘tmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetishlik, kelajakka
umid asosida tarbiya olib boradi.

Хalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib

borishining, inson va Vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning
qayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra va serma’noligida bo‘lsa, ikkinchidan, uning
bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi,
tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilganligi, uchinchidan, milliy
yo‘nalishga, umumbashariy g‘oya-maqsadlarga qaratilgan bo‘lganligidir. Shuning
uchun xalq pedagogikasi tarix to‘fonlariga haramasdan o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi
va yoshlar tarbiyasi borasida hal qiluvchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Bolalarga axloqiy tarbiya berishda bolalar o‘yin folklorining o‘rni va ahamiyati

katta bo‘lsa, xalq an’anaviy sporti - farzandlar jismoniy baquvvatligi va yetukligining
garovidir. Хalq pedagogikasining ekologik tarbiya berishdagi imkoniyati ham
kengdir. Atrof muhit va tabiatni e’zozlash, hayvonlar, qushlar, dov-daraxt,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

42

o‘simliklar, yer, suv, borliqqa munosabatni ifodalovchi qarashlar ekologik tarbiya
berishga qaratilgandir. Тurli udumlar, rasm-rusm, marosimlar, tabiat bayramlari,
«Navro‘z», «Mehrjon», «Hayit bayrami», bolani beshikka solish, sunnat qilinishi,
uylanish, payg‘ambar yoshi, oltin va kumush to‘ylar, turli yubileylar, odatlar,
udumlar va marosimlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati ham juda kattadir.

Тurli qo‘shiqlar orqali go‘zallik, orzu-umid va boshqalar tarannum etilib,

insonda cheksiz muhabbatni tarkib toptiradi. Ertaklar orqali yaxshilikka mehr,
yovuzlikka nafrat tarbiyalanadi. Yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib
tarbiyalashimizda ayniqsa, qahramonlik dostonlarining ahamiyati ham kattadir. Хalq
pedagogikasi umuman olganda ilmiy pedagogika bilan bog‘liqdir. Ma’lum ma’noda
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoshlar tarbiyasiga ta’sir etish vositasi
bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda. Chunonchi, tez aytishlar - bolalar
nutqini o‘stirishga, topishmoqlar - bolalarning topqirligi, zehnini tarbiyalashga,
maqollar- bolalarning axloq-odob tarbiyasiga, qo‘shiqlar- bolalarning nafosat
tarbiyasiga, doston va ertaklar bolalarning aqliy, axloqiy, jismoniy va umuman har
tomonlama tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bizning fikrimizcha, hozirgi vaqtda bolalarga sabr, matonat, fidoiylik kabi

axloqiy fazilatlarni singdirishda qo‘yidagi jihatlar hisobga olinishi zarur:

- diqqatni, sabr-toqatni boshqarish, topshiriqlarni bajarish tayyorgarligi

ifodalangan ishga munosabat;

-bir qadar tarbiyachidan holi bo‘lish guruh bilan aloqa o‘rnatish qobiliyatini

ko‘rsatuvchi ijtimoiy jihat.

Albatta, bolada bu ko‘rsatkichlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, ular pedagogik

jarayon mahsulidir, shu boisdan tarbiyachi bolalar ongini o‘stiradigan, mustaqil fikr
yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishtiradigan real muhit yaratishi lozim. Bugun
bolalarning aqliy, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi chet-el metodlari
(«Montessori», «Breynring», «Breynshtorming»)dan qator ta’lim muassasalarida
foydalanishmoqda va yaxshi natijalarga erishilmoqda.

Yuksak ma`naviy-axloqiy tarbiyalangan insonda vatanga muhabbat, samimiy

do`stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mustahkam e`tiqod, imon, nafosat, axloqiy
madaniyat singari fazilatlar mujassamlashadi. Uning sifat darajasi kishilarning
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqning ma`naviy merosiga, xalq og‘zaki
ijodiga bo`lgan munosabatlarida namoyon bo`ladi. Axloqiy tarbiyaning negizi
hisoblangan xalq og‘zaki ijodi shaxsning ijtimoiy tuzumiga munosabati, turli ma`rifiy
- axloqiy g`oyalar, tushunchalar, qarashlar, tasavvurlar tizimining mahsulidir.
Axloqiy tarbiyaning mohiyatini namoyon etuvchi ob`ekt shaxs hisoblanadi.Jamiyat
taraqqiyot etgan sari axloqiy tarbiyaning shakli, qamrovi, ta`sir kuchi ham o`zgarib
boradi.Bunday o`sishni jamiyat rivojlanishining tezlanishi, ijtimoiy munosabatlarning
holati talab qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ob`ektiv talabiga binoan tarixiy jarayonda


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

43

shaxsning axloqiy tarbiyasini o`sishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga nisbatan tezroq
amalga oshishi kerak. Zotan, muayyan davrning tarbiya masalalari, har bir ijtimoiy
hodisada bo`lgani singari uning qoloq tomonlari va ayni vaqtda, shu davrning
umumiy tafakkur darajasidan o`zib ketadigan ilg`or fikrlar, qarashlar va nazariyalar
ham bo`ladi. Axloqiy tarbiyaning davr talab ehtiyojlariga bog`liqligi dialektik jarayon
bo`lib, u ichki ziddiyatlarga ega. Bizning nazarimizda, shaxsning axloq tarbiyasi
ichki ma`naviy-axloqiy dunyosi, ma`naviy-axloqiy ehtiyoji, ma`naviy-axloqiy
qiziqishi, ma`naviy-axloqiy faoliyati va ma`naviy qadriyat kabi asosiy belgilar
tizimidan iborat bo`lib, ular o`zaro bir-biri bilan bog`liqdir. Shaxsning ma`naviy-
axloqiy ehtiyoji ma`naviy-axloqiy qiziqishni vujudga keltiradi, u shaxs faoliyati
jarayonida namoyon bo`ladi va natijada ma`naviy-axloqiy qadriyat yuzaga keladi.
Ma`naviy qadriyat o`z navbatida yuqori ma`naviy-axloqiy ehtiyojning paydo
bo`lishiga asos bo`ladi. Ma`naviy-axloqiy rivojlanishning bu aylanish davri uzluksiz
davom

etadi.

Shunday qilib, axloqiy tarbiya insoniyat faoliyati mahsuli bo`lib, u o`zining moddiy
va ma`naviy jihatlari bilan shaxs axloqiy sifatlarini shakllanishiga bevosita ta`sir
etadi. Ayniqsa, ma`naviy-axloqiy madaniyatning fan, adabiyot, san`at, maorif, din,
xalq og‘zaki ijodi, milliy qadriyatlar kabi serqirra manbalari o`quvchida axloqiy
tarbiya va sifatlarini shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev. Sh. M: “ Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini

birgalikda

barpo

etamiz”.-

T.:O‘zbekiston-2017,13-b

2. Mirziyoyev SH. M: “Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz”-T:O‘zbekiston-2017,14-b

3. Mirziyoyev Sh. M: ”Ta’lim sohasidagi muammolar,ularni hal etish va ta’lim

sifatini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor mavzusida”30.10.2020.

4. Karimov. I. A: “O‘zbеkistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li ’-.T.:

O‘zbеkiston, 1992 70-71 bеt.

5. Avloniy. A: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.-T.:.Yoshlar nashriyot uyi.

2018.9 bet

6. Haydarov. M: “Xalq og‘zaki ijodi na’munalarida tarbiya masalalari”.-Т.: Fan,

2004..12-bet.
7. To‘rayev. S: “Folklorshunoslik: udumlar, qadriyatlar, marosimlar”.-Т.: Mehnat,
2005.-56-bet.

8. Madayev. O. ”O‘zbek xalq og‘zaki ijodi ”.-T.:Mumtoz so‘z,2010
9. Madayev. O,Sobitova.T: ”Xalq og‘zaki poetik ijodi ”.-T.:Sharq,2010
10. Zamonov Z va boshqalar. ”Tarbiya” o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma.-

T.:

Zamin

nashr,2020

References

Mirziyoyev. Sh. M: “ Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.- T.:O‘zbekiston-2017,13-b

Mirziyoyev SH. M: “Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”-T:O‘zbekiston-2017,14-b

Mirziyoyev Sh. M: ”Ta’lim sohasidagi muammolar,ularni hal etish va ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor mavzusida”30.10.2020.

Karimov. I. A: “O‘zbеkistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li ’-.T.: O‘zbеkiston, 1992 70-71 bеt.

Avloniy. A: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.-T.:.Yoshlar nashriyot uyi. 2018.9 bet

Haydarov. M: “Xalq og‘zaki ijodi na’munalarida tarbiya masalalari”.-Т.: Fan, 2004..12-bet.

To‘rayev. S: “Folklorshunoslik: udumlar, qadriyatlar, marosimlar”.-Т.: Mehnat, 2005.-56-bet.

Madayev. O. ”O‘zbek xalq og‘zaki ijodi ”.-T.:Mumtoz so‘z,2010

Madayev. O,Sobitova.T: ”Xalq og‘zaki poetik ijodi ”.-T.:Sharq,2010

Zamonov Z va boshqalar. ”Tarbiya” o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma.-T.: Zamin nashr,2020