International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
4
ARAB TARJIMACHILIGI VA TADRIJI
Fayziyev Jaloliddin
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi, Toshkent. O‘zbekiston.
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
tarjimashunoslik,
arab
tili,
arab
tarjimashunosligi tadriji, arabshunoslik, arab xalqlari tarixi va yashash tarzi, shu bilan
birgalikda arab tilining gramatik va leksik shakillanishi, mumtoz arab tilining paydo
bo‘lishi haqida dunyo olimlarining bergan fikr mulohazalariga alohida e’tibor
qaratilgan. Shu bilan birgalikda Saudiya adabiyotining zamonaviy arab tili prozasi
hamda nasrining rivoj topishi yoritib berilgan.
Tayanch so‘zlar:
tarjimashunoslik, arab tili, arabshunoslik, leksika, gramatika,
mumtoz arab tili, adabiyot, matn, tarjima, tarjimon, tamoil, nasr, xalq, arab, o‘zbek.
Аннотация:
Данная статья посвящена арабскому языку, принципу
арабского переводоведения, арабистике, истории арабских народов, образу
жизни, лексическому и грамматическому формированию арабского языка,
возникновению классического арабского языка, и мнения мировых ученых. При
этом освещается развитие современной арабской прозы и прозы саудовской
литературы.
Ключевые слова:
переводоведение, арабский язык, арабистика, лексика,
грамматика, классический арабский язык, литература, текст, перевод,
переводчик, принцип, проза, народная, арабская, узбекская.
Annotation:
This article focuses on the Arabic language, the principle of Arabic
translation studies, Arabic studies, the history of the Arab peoples, the way of life, the
lexical and grammatical formation of the Arabic language, as well as the commense
of the classical Arabic language and the opinions of world scientists. At the same
time, the development of modern Arabic poetic writings and prose of Saudi literature
are highlighted.
Key words:
translation studies, Arabic language, Arabic studies, lexicon,
grammar, classical Arabic language, literature, text, translation, translator, principle,
prose, folk, Arabic, Uzbek.
О’zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib
kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix,
falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо’qimachilik,
kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О’zbekiston
olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
5
о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib
hissa qо‘shmoqdalar.
Bugungi shiddat bilan kechayotgan bir davrda jahondagi tezkor taraqqiyot
talablariga javob bera oladigan bilimli yoshlarni tarbiyalash masalasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan kun tartibiga qo‘yildi.
Yurtboshmizning:
“Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon
hayotning, do‘stona hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolati!”
fikrlarida ham
ulug‘ taraqqiyot yo‘li mujassamdir.
Jahonda fan va texnologiyalarning jadal rivoji ko‘p madaniyatli dunyoda yosh
avlodning bir necha tillarni mukammal bilishini taqozo etadi. Chet tillarini o‘rganish,
ular materiali asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda keng ko‘lamda
amalga oshirilayotgan faoliyatlardan biridir. Xususan, arab tilini o‘rganish, bu til
materiali asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish arab davlatlari bilan xalqaro
munosabatlarimizni mustahkamlashda, kengaytirishda, albatta, o‘z ijobiy natijasini
beradi.
Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarining aksar qismida davlat tili
hisoblangan arab tili va adabiyoti borasidagi ilmiy tadqiqotlar olib borishni
zamonamizning o‘zi taqazo qilib turipti. Shunday ekan biz yosh tarjimashunoslardan
bugungi kunda talab qilinadigan asosiy vazifa etib, arab davlatlarini tarixi,
madaniyati, iqtisodi, siyosatini yoritib berishga xizmat qiluvchi ko‘plab hikoya, qissa,
matn, asar va romanlarni tarjima va shuningdek qiyosiy tadqiq qilib o‘zbek xalqi
o‘rtasida madaniy tanitishimiz vazifamizdir.
Arab tilshunoslariga ma’lumki, arab tili - somiy tillar guruhining janubiy
tarmogʻiga mansub tildir. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika shimolidagi
yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Shuningdek bugungi
kunda arab tilida 300 mln. dan ortiq aholi gaplashadi. Bizga qadimiy arab tili
miloddan avvalgi V - IV-asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab
tilining paydo boʻlishiga zamin boʻlgan. Mumtoz arab tilining leksik va grammatik
shakllanishi johiliya davri V - VII - asrlar, shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon
boʻla boshlagan.
Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada
goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. VIII - IX-asrlarda mumtoz
Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan oʻlkalarda rasmiy va ilmiy til
boʻlib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda
yozganlar. Mumtoz arab tili leksik jihatdan bir oz oʻzgargan holda, hozirga qadar
arablarning adabiy tili boʻlib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini
birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa moʻtabar manbalardir.
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конститутсияси
қабул қилинганининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузасидан. 2018-йил 7-декабр.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
6
Ayniqsa Bag‘dod xalifaligida tashkil etilgan ilmiy markaz va unda arab olimlari
bilan bir safda ko‘plab musulmon o‘lkalaridan kelgan olimlarning tadqiqot ishlari
olib borishgani arab tilining ilm fan sohasidagi mavqeini yanada yuqoriga ko‘tardi.
Natijada bu til musulmon sharqi hududida Evropadagi lotin tili kabi fan tiliga aylandi.
Bundan tashqari, u ko‘plab musulmon sharq mamlakatlarida uzoq vaqt davlatlararo
muomala tili bo‘lib ham xizmat qildi. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar,
radio va televideniye hozirgi shu tilda.
Arablar soʻzlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, shuningdek fonetik va
leksik jihatdan bir-biriga oʻxshamaydi. Sudan, Suriya, Misr, Iroq, Magʻrib, Xasaniya
(Mavritaniya) va Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga boʻlinadi. Ushbu
lahjalar asosan quyidagi 3 sababga koʻra yuzaga kelgan:
1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil boʻlgan Qur’oni
Karim tili asos boʻlgan, zero oʻsha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi
qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi;
2) hozirgi zamonamiz arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab
boʻlmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan bo‘lib, ularning hozirgi
soʻzlashuv tilida islomgacha mavjud boʻlgan ona tillari unsurlarining boʻlishi,
tabiiydir;
3) arab dunyosining aksar qismi gʻarb istilochilari hukmronligi ostida
boʻlganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgandir. Turkiston
hududi, xususan hozirgi damdagi Oʻzbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan
boʻysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda
arab yozuvi mazkur hududda ilm fan tili va yozuviga aylandi. Ayni shu bilan bogʻliq
holda arabshunoslik vujudga keldi.
VIII аsrning bоshlаridа Mоvаrоunnаhrni аrаblаr butunlаy egаllаgаn edilаr.
Islоm dini mаmlаkаtdа hukmrоn din, аrаb yоzuvi yаgоnа yоzuv, аrаb tili аdаbiy til
bо‘lib qоldi. Оlimlаr vа shоirlаr аrаb tilidа kitоblаr yоzа bоshlаdilаr. Аrаblаr istilоsi
dаvridа eng kо‘p tаrjimа qilingаn аsаrlаr tаrixiy-bаdiiy jаnrdа yаrаtilgаn kitоblаr
bо‘lib, ulаrni kо‘pinchа аdib, shоirlаr tаrjimа qilаr edilаr. О‘shа dаvrdа bizning
hududimizdа аrаb tilidа yоzgаn kаttа-kаttа оlimlаr, tаrixchilаr yetishib chiqdi.
Chunki аrаb tili о‘shа dаvrning ilm tili hisоblаngаnligi uchun Fаrоbiy, ibn Sinо,
Beruniy kаbi оlimlаr о‘z аsаrlаrini аrаb tilidа yоzdilаr. 359-yildа vаfоt etgаn оlim
Аbu Bаkr Muhаmmаd bin Jа’fаriy Nаrshаxiy Buxоrо tаrixigа оid “Tаhqiqul-vilоyаt”
(“О‘lkаni о‘rgаnish”) nоmli аsаrini yоzdi
Arablarning ichki ahvoliga tashqi ta’sir ko‘rsatish shakllaridan biri iudaizmning
yarim orolda tarqalishi va Xristianlik. Bu ta’sir ayniqsa yarim orolning janubida
kuchli bo‘lib, u yerda nasroniylashgan Efiopiya ta’siri ostida mahalliy xudolar
2
Hamidov X.X. Tarjimashunoslik. – Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2012. – B.17.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
7
panteonining birlashishi sodir bo‘lib, bu osmon va Yerning yagona hukmdori
g‘oyasining paydo bo‘lishiga yordam berdi.
-Rahmanan (uning ismi shimoliy arab lahjalari fonetikasiga ko‘ra o‘zgartirilib,
keyinchalik Rahmon Ollohning sifatlaridan biri bo‘lgan). Shu bilan birga, yahudiylik
Arabistonga nasroniylikdan ko‘ra geografik jihatdan chuqurroq kirib bordi. Agar
ikkinchisi yarim orolning chekka hududlarida (Laxmid va G‘asoniylar
podshohliklarida) keng tarqalgan bo‘lsa, Yahudiy koloniyalari esa Hijoz (shu
jumladan Madinada) va Najd vohalarida mavjud edi.Biroq shu jumladan hozirgi
hudud Saudiya Arabistoni hali ham butparast edi. Mahalliy panteonga erkak va ayol
xudolar kiradi. Kundalik amaliyot toshlar, daraxtlar, yulduzlar va samoviy
hodisalarni, xudolar va odamlar o‘rtasida vositachi sifatida yaxshi va yovuz ruhlarni
hurmat qilish edi. Mabudlar va ziyoratgohlar xudolarga bag‘ishlangan bo‘lib, ulardan
biri Makka Ka’basi bo‘lib, u asta-sekin uning atrofida marosimlar rivojlanib, tan
olingan diniy markazga aylanib bordi va keyinchalik islom marosimining bir qismiga
aylandi. 570 efiopiyaliklarning Makkaga qilgan muvaffaqiyatsiz yurishi bu markazni
“Xudo saqlagan” degan alohida maqom berdi.
Tаrjimа hаqidа ilk nаzаriy fikrlаr dаstlаb qаdim Rimdа yuzаgа kelgаn edi.
Yunоn vа lоtin tillаrini mukаmmаl bilgаn Аristоtel, Sitserоn vа Gоrаtsiy tаrjimа
jаrаyоnidа sоʻz ketidаn quvish yаrаmаydi, ulаrning mаʼnо ifоdаlаrini аvvаl tаrоzidа
оʻlchаb, keyin tаrjimа qilish mаʼqul, degаn fikrni bildirgаnlаr. Keyinchаlik Itаliyаdа
Bаrtоlоmeо vа Mаnetti, Frаnsiyаdа dyu Belle vа Mаlerb, Аngliyаdа Bekоn vа
Drаyden, Germаniyаdа Gyоte vа Gumbоldt, Rоssiyаdа Lоmоnоsоv vа Sumаrоkоv
tаrjimа xususidа оʻz nаzаriy tushunchаlаrini bildirib оʻtgаnlаr
Umuman olganda tarjimashunoslik haqida fikr yuritar ekanmiz, tarjima haqida
so‘z yuritsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarjima bu
bir tildagi matnni boshqa tilda
qayta yaratishdan iborat adabiy ijodning bir turi, shu o‘rinda tarjimonning ijod
mahsulidir. Tarjima bu millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishidir.
Chunonchi tarjima tilshunoslikning bir qismiga aylandi. Bu tillar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni o‘rnatishga yordam bera boshladi va ular
o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqladi. Shu asnoda tilshunoslikning ta’siri hatto
tarjima turlarini lingvistik aloqalardagi farqlarga va tillarning funktsional
imkoniyatlariga qarab belgilashni ham o‘z ichiga olgan. Vaholangki tarjima
tilshunoslikdagi turli sohalar bilan o‘zaro aloqada demakdir. Bir jihatdan esa bu
umumiy tilshunoslik bilan bog‘liq: sintaksis, semantika va morfologiya. Boshqa
tomondan esa, u stilistika, sotsiolingvistika va psixolingvistika bilan o‘zaro aloqada
bo‘lib, qiyosiy tadqiqotlar, bilingualizm va ikkinchi til ta’limi kabi boshqa sohalarda
tilshunoslik uchun muhim manbaga aylandi.
3
Hamidov X.X. Tarjimashunoslik. – Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2012. – B.12.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
8
Tarjima sohasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tanlangan xorijiy tillardagi til
birliklarini puxta o‘rganish lingvomadaniy tahlil jarayonida katta ahamiyatga egadir.
Undan tashqari madaniyatlararo farqni idrok qila olish uchun asl matn tilidagi xalq
mentalitetini ham tushunish va o‘rganish talab etiladi. Tarjima normalariga muvofiq
tarzda leksik, grammatik, stilistik uslublarini o‘z o‘rnida qo‘llay olish tarjima sifatini
yaxshilaydi. Maʼlum bir xalq madaniyatining aynan shu xalq so‘zlashadigan tilda aks
etishini tushunamiz.
Lingvomadaniyatda xalqning nafaqat bugungi kundagi turmush tarzi, balki
asrlar davomida shakllanib kelgan milliy, tarixiy, diniy madaniyati aks etadi. Har bir
tildagi folklor janrlar, maqollar, iboralar, shu tilda muloqot qiladigan xalqning asrab -
avaylanadigan, eng ko‘p o‘rganiladigan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xalq og‘zaki
merosi hisoblanadi. Bu sohaning vazifasi til orqali xalqning bugungi kungacha
shakllangan
madaniyatini
o‘zida
aks
ettira
olishidir.
Madaniyat
-
lingvomadaniyatning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Madaniyatda eng avvalo shu olam va
inson tushunchasi bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq holatda amalga oshadi.
Jamiyatdagi har bir shaxs bolaligidan ona tilini xalqining madaniyati bilan birga
o‘ziga singdirib oladi. Xalq madinayatining barcha nozik tomonlari shu xalqning o‘z
tilida aksini topgan bo‘ladi.
Tarjimaning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, asliyat va qayta tiklangan matn
xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl
nusxani aks ettirish, tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega
boʻlishi mumkindir. Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar
orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgandir. Bu tilmochlik deb
ataladigan ogʻzaki turi hozirgi vaqtda ham saqlanib qolgan.
Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati esa tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi.
Til esa badiiy asarda estetik hodisa, sanʼat faktidan biriga aylanadi. Adabiy asar tili
bu bir alohida badiiy voqelikning unsuridir. Tarjimada ana shu obrazli ifodaviy
tildagi badiiy maʼnoni boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga oʻtkazish, obrazni
obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi. Shuning uchun tarjimon asardagi
voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi.
Tarjimonning
ijodiy
qobiliyati
va
bilimi
uning
imkoniyatlarini
kengaytiradi.Tilshunoslik, tarjimashunoslik, arabshunoslik umuman olganda quyida
nomlari aytib o‘tilgan bir biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ushbu sohalar
vakillari
hisoblangan
tilshunoslar,
tarjimashunoslar
va
shu
o‘rinda biz
arabshunoslarning ham eng asosiy quroli bu ona tili demakdir. Shunday ekan tarjima
jarayonida tarjimon hammavaqt oʻz ona tilida fikrlaydi, ona tili unga tahlil quroli,
sinov mezoni boʻlib xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan,
Nizomiyning “Xisrav va Shirin” dostonini oʻgirgan Qutb (“Nizomiy bolidan holva
pishurdim”) tarjima nusxa koʻchirish kabi bir ish boʻlmay, ijodiy jarayon ekanini,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
9
tarjimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi boʻlishi kerakligini aytadi.
Shunday ekan turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus
tarjima maktablarining yuzaga kelganligining oʻziyoq uning shakllangan tamoyillari,
anʼanalari boʻlganligini koʻrsatadi.
Hozigi davrga kelib har bir taraqqiy etgan xalq jahondagi yuzlab xalqlar tilidan
oʻz ona tiliga ilm-fan va madaniyatning oʻnlab sohalari tarixiga oid materiallarni lirik
sheʼrlar, xabarlar, texnologiya adabiyoti va boshqalarni tarjima qiladi.Tarjima bu
nusxa koʻchirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari,
tarjimada iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini ona-tilda
badiiy ifodalasa, tarjimon asl matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi.
Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi
kerak.
Tilshunoslikning bir bo‘lagi hisoblangan arabshunoslik haqida fikr mulohaza
yuritadigan bo‘lsak,
arabshunoslik bu: Arab xalqlarining tili, tarixi, iqtisodiyoti va
madaniyatini tadqiq etuvchi fanlarning o‘zaro jamlangan bir majmui demakdir.
Arabshunoslik asli arab boʻlmagan, (
مجع
(ajam) - arab emas)
, lekin arab tilida ijod
qilgan olimlarning madaniy meroslarini ham oʻrganadi.
Arabshunoslik Gʻarbiy Yevropada XVI-asr oxirida vujudga keldi. Rim, Parij,
Leyden uning asosiy markazlari boʻlgan. XIX-asr - XX-asr boshlarida arab
grammatikasi, leksikografiya va adabiyotshunoslik boʻyicha Silvestr de Sasi,
Fransiyalik J. Belo, Norvegiyalik K. Kaspari, Buyuk Britaniyalik U. Rayt, R.
Nikolsonlar, G. Fleysher, T. Nyoldeke, Germaniyalik K.Brokkelman, G. Freytag,
X.Ver, Gollandiyalik Ya. Goldus, Vengriyalik I. Goldsiyer kabi arabshunoslar ilmiy
tadqiqot ishlari olib borganlar.
Arab tili XIX asr mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolari
bilan J. Sovaje, E. Levi-Provansal, Fransiyalik arabshunos K. Kazn , Germaniyalik K.
Bekker, Angliyalik D. Dennet, B. Lyu-is, G. A. R. Gibb, Italiyalik K. A. Nallino, E.
Rossi, Germaniyalik G. Kampfmeyer, AQSHlik Ch. Adame, J. Xeyvort-Denn, Sh.
Issavi, Buyuk Britaniya A. Xaurani, S. Longrigg, Fransiyalik J. Berk va boshqa
arabshunoslar shugʻullanganlar.
Hozirda Arabshunoslik bilan Leyden, Parij, Oksford, Kembrij, Galle, Praga,
Rim, Qohira, Damashq, Bayrut, Jazoir, Tunis, Rabot, Hartum, Haydarobod
4
Ajam
(
arab.
مَجَع — arab emas ) — arablardan boshqa bo‘lgan Sharq xalqlari uchun umumiy nomidir. Shuningdek,
arablar istiqomat qiladigan sharq mamlakatlari, xususan,
Turon, Eron
ham “Mulki ajam” deya yuritilgandir. Bu
o‘lkalardan yetishib chiqqan olimlar „ajamiy“ deb atalgan. Keyinchalik ajam nomi faqat
eronliklarga
nisbatan
qoʻllanilgan, Eronni esa, Ajam yoxud Ajamiston deb ataganlar. 2) Oʻrta asr “oʻn ikki maqom” tizimidagi shu’ba.
Musiqa risolalarida Ajam Rahoviy maqomi, Bayoti Ajam - Navo maqomi, Navroʻzi Ajam - Hijoz maqomi shu’balari
sifatida qayd etilgani maʼlum. 3) Oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa Sharq xalqlari mumtoz musiqa merosida mavjud
cholgʻu va ashula asarlari. Jumladan, Shashmaqom turkumining Segoh maqomi cholgʻu boʻlimida Muhammasi Ajam
qismi, ashula boʻlimida Navroʻzi Ajam shu’basi, Xorazm maqomlari turkumining Segoh maqomi ashula boʻlimida
Nasri Ajam shu’basi, shuningdek Toshkent — Fargʻona maqom yoʻllari qatorida Navroʻzi Ajam kuyi, toʻrt qismli Ajam
va uning taronalari cholgʻu turkumi va boshqa. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
10
universitetlarida, shuningdek Tunisdagi Arab mamlakatlari ligasi qoshidagi Arab oliy
bilimlari instituti, Bag‘dodda Islomshunoslik instituti, Londonda Sharq va Afrika
mamlakatlarini oʻrganish maktabi, Parijda Sharq tillari maktabi va boshqa ilmiy
markazlar shugʻullanadi.
Rossiyada Sankt-Peterburg, Moskva, Ukrainada Harkov, Tataristonda Qozon
universitetlarida arab tili oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Sankt-Peterburg XX-asrda
Arabshunoslar markazi boʻlib qolgan. Rossiyadagi Arabshunoslikka nemis
arabshunosi X. D. Fren, miyerlik Shayx Tantoviylar asos solgan. Akademik B. D.
Dorn, professor V. V. Grigorev, professor V. F. Girgas, akademik V. R. Rozen kabi
arabshunos olimlar arab tili, adabiyoti, dini va tarixiga oid koʻplab ilmiy asarlar
yaratganlar.
Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Oʻzbekiston hududida arablar istilosi
arab tili din va ilm-fan tiliga aylangach, mahalliy olimlar asarlarini arab tilida yoza
boshlaganlar. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy,
Zamaxshariy, Sam’oniy va boshqalarning fanning turli sohalari - fal-safa, mantiq,
geologiya, tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, arab tili, adabiyoti, folklori, tarixi,
etnografiyasi, tarixiy geografiyasi va boshqalarga doir risolalari Sharq va Gʻarb
arabshunoslari uchun hozirgi ham eng muhim tadqiqot manbai boʻlib qolmoqda.
Islom dini, fiqh va Hadis ilmi sohasida ham Turkiston olimlari koʻplab asarlar
yaratganlar. Bular jahon miqyosida, xususan arab olamida ham yuqori baholanib, tan
olingan.
Madaniyatlararo muloqotda tarjimaning milliy-madaniy xususiyatlarini to‘g‘ri
aks ettirish, sohalarga oid terminologik lug‘atlar tuzish va ularni abrobatsiyadan
o‘tkazish, tarjimashunoslikda mavjud muammolar bo‘yicha ilmiy qarashlarni tahlil
qila bilish, turli muassasalarda turist yo‘lboshlovchisi, havo yo‘llarida servis xodimi,
firma va mehmonxonalarda menejer xizmatini ko‘rsata olish ko‘nikmalarini ham
egallash tarjima sohasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Tarjimon tarjimonlik
faoliyatlarida tarjima ishini tashkil qilish, tarjimonning huquq va burchlarini bilish,
tarjima vositalari, elektron resurslarlardan foydalana olish, tarjimalarni tahrir qilish va
tanqidiy maqolalar yozish, tarjimaga adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai
nazaridan yondashuvlarni farqlay olish, tarjima metodlarini bilish va amaliyotda
qo‘llay olish, xalqaro konferensiyalarda sinxron, vizual, ketma-ket tarjima qila olish
kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishlari kerak. Tarjimonlik va muharrirlik faoliyatlarida
(ommaviy axborot vositalarida) matbuot, kinostudiyalarda matnlarni ona tiliga va ona
tilidan turk tiliga tarjima qila olish, turk tilidagi gazeta, jurnallarda tarjimon, muharrir
va adabiy xodim sifatida faoliyat yuritish, teleko‘rsatuvlarda boshlovchilik,
5
Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi
— Arab xalifaligining O‘rta Osiyoga Arab xalifaligining O‘rta
Osiyoda VII—VIII asrlarda
islom dinini
yoyish, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi (hozirgi Turkmaniston,
O‘zbekiston,
Tojikiston
,
Qozog‘iston
va Qirg‘iziston) yerlarni bosib olish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
11
radioeshittirishlarda suxandonlik qila olish, nutq uslublarini to‘g‘ri qo‘llash, imlo,
punktuatsiya, intonatsiya va uslub qoidalarini to‘gri qo‘llash qobiliyatiga ega
bo‘lishlari kerak.
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston qadimdan ilm-fan va madaniyat
markazi bo‘lib, arab tili bu jarayonda muhim o‘rin egallab kelgan. Bugungi
globallashuv davrida arab tilini o‘rganish va bu til asosida tarjima faoliyatini olib
borish xalqaro hamkorlik, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim
vosita hisoblanadi.
Tarjima – bu nafaqat til, balki madaniyatlararo muloqotni ta’minlaydigan ijodiy
jarayon bo‘lib, tarjimonning til bilimi, madaniy saviyasi va tafakkuri asosida sifatli
amalga oshiriladi. Arabshunoslik, tarjimashunoslik va tilshunoslik bir-biriga
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni o‘zaro uyg‘unlashtirish bugungi kunda dolzarb
ilmiy va amaliy vazifadir. Shunday ekan, tarjimon zamonaviy til vositalarini
mukammal biluvchi, xalqaro maydonda erkin fikr almashuvchi va madaniyatlararo
ko‘prik bo‘luvchi ijodkor sifatida jamiyatda muhim o‘rin egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 448 b.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг
Ўзбекистон Республикаси Конститутсияси қабул қилинганининг 26 йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги маърузасидан. 2018-йил 7-декабр.
3.
Hamidov X.X. Tarjimashunoslik. – Toshkent: Toshkent davlat
sharqshunoslik instituti, 2012. – B.17.
4.
Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили
стилистикаси. Тошкент: Ўқитувчи,1983. -248 б.
5.
Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. -М.:
Международное отношение, 1980. 342 с.
6.
Арабский-русский словарь. -Тoshkent: Баранов.
7. http://arabicgroup.narod.ru/hatt.html
8.
