Axmedov Oybek

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Axmedov Oybek Saporbayevich O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc). 2016 yilda 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o’zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. Unga 2020 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan professorlik ilmiy unvoni berilgan. Olimning rahbarligida bugungi kunga qadar 20 dan ortiq doktorant filologiya yo’nalishi bo’yicha falsafa doktori (PhD) hamda filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2010-2024 yillarda Axmedov Oybek Saporbayevich tomonidan nashrdan chiqqan “Soliqchi mutaxassislar uchun ingliz tili fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma”, “Ingliz va o’zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari (monografiya)”, “English on Taxes and Taxation (o’quv qo’llanma)”, “English for Economists (darslik)”,“Bank-moliya va soliq sohasiga oid terminlarning inglizcha-o’zbekcha lug’ati”, “English on Economics, Business and Taxation (o’quv qo’llanma)” “English in Architecture and Civil Engineering (o’quv qo’llanma)”, “English for Geologists (o’quv qo’llanma)” kabi 18 dan ortiq adabiyotlar muallifi. Oybek Axmedov yaratgan “Inglizcha-o’zbekcha-ruscha farmatsevtik terminlar lug’ati” va “Irrigatsiya va melioratsiya sohasiga oid terminlarning ruscha-o’zbekcha-inglizcha izohli lug’ati”dan hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida foydalanib kelinmoqda. Olim O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining o’zbek tili milliy korpusi “Farmatsevtik terminlarning uch tillik elektron lug’ati” bo’yicha patent muallifidir. Shuningdek, tilshunos olim Respublikamizdagi doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinadigan Ilmiy kengashlar a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, Amerika Qo’shma Shtatlarining “American Journal of Linguistics” va “American Journal of Pedagogical and Educational Research” hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attastatsiya komissiyasining filologiya, falsafa va pedagogika fanlari bo’yicha ekspert kengashining 2018 yil 29 dekabrdagi 260/6-sonli bayonnomasi asosida tavsiya qilingan, ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining “Tafakkur Ziyosi” (ISSN rakami: 2181-6131) ilmiy-uslubiy jurnallarining tahririyat Hay’at a’zosi hisoblanadi. Oybek Axmedov tomonidan tayyorlangan o’quv qo’llanmalari va darsliklar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus sertifikatlari (griflari)ni olgan. Uning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan shu kungacha 220 dan ortiq ilmiy maqolalari mamlakatimiz va AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Avstriya, Hindiston, Frantsiya, Germaniya, Turkiya kabi xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan. O.S.Axmedovning ilmiy maqolalariga chet elda, shuningdek SCOPUS va Web of science xalqaro bazalarida indeksatsiya qilingan maqolalariga ko’plab iqtiboslar berilgan. Oybek Axmedov Training Qualification UK tomonidan berilgan TESOL 6 (Ofqual Regulated) sertifikatiga ega. Shuningdek, Axmedov Oybek Saporbayevich 2024 yilda Finlyandiya, Shvetsiya va Turkiya davlatlarida o’z malakasini oshirib kelgan.

inLibrary
Hammasi 2023 - 2024
Iqtiboslar statistikasi 43 36
h-indeks 2 1
inR 99.86 8.61