INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
161
KORRUPSIYA – DAVLATNING IQTISODIY VA MA’NAVIY TARAQQIYOTI
UCHUN XAVF SOLUVCHI ILLAT
Boltayev Samandar Shuhratjon o'g'li
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnalogiyalar instituti, Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot
fakulteti, yurisprudensiya yoʻnalishi 1-bosqich 109-guruh talabasi
Annotatsiya
:Ushbu maqolada “korrupsiya” tushunchasining mazmun-mohiyati haqida
qisqacha ta’rif berish asosida davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun xavf soluvchi illat ekanligi
ko‘rsatib berilgan. Korrupsiya illatining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi, shakllari ifoda etilgan.
Ushbu illatning diniy manbalarda ham qaayd etilganiga ham qisqacha asoslar keltirilgan.
Yurtimiz va dunyoning ayrim davlatlarida korrupsiyaning holati va unga qarshi kurashish
haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar
: korrupsiya, pora, davlat, qonun, jamiyat, illat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat,
shaxsiy manfaat, ,siyosiy vaziyatlar.
Kirish.
Korrupsiya - jamiyatning turli yo‘llar bilar iskanjaga oladigan daxshatli
illatdir. Ushbu illat davlat, jamiyat taraqqiyotiga, uning sohalari rivojiga to‘siq bo‘ladi,
demokratiya, huquq va qonun ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlari buzulishiga olib
keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar
xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik,terorizm va boshqa hodisalar ildiz otib,
gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Xalqning kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, adolat haqida
qarashlariga va davlatga nisbatan ishonchsizlik olib keladi. Shu sababli uning asoslari, kelib
chiqishini o‘rganish va kurashish dolzarb masalalardan biri.
Tadqiqot uslublari.
Ushbu maqola tahliliy tadqiqot sifatida ilmiy-nazariy manbaalar
tahlilini va qonun hujjatlari asoslarini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid bo‘lgan
ilmiy tushunchalar, yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda ushbu
sohada amalda bo‘lgan holatlar tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda bilishning
umumiy-ilmiy metodlari bo‘lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish
uslublari, shuningdek, umumiy mantiqiy metodlar – induksiya, deduksiya, analiz, sintez va
maxsus huquqiy metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda
grammatik tahlil metodidan ham foydalanilgan.
Ilmiy ishning natijasi.
“korrupsiya” tushunchasining mazmun-mohiyati davlat va
jamiyat taraqqiyoti uchun xavf soluvchi illat ekanligi ko‘rsatib berish asnosida, unga qarshi
murosasizlik shakllanadi. Korrupsiya illatining jamiyatimiz uchun, insonlar uchun birdek
kurashish zarurligi ahamiyatini tushunib yetadi.
Asosiy qism.
Shu o‘rinda korrupsiya atamasiga qonunchilikda berilgan ta’rifni keltirib
o‘tish joiz: “korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy
manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish
maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof
ravishda taqdim etish” [3.3-modda]
Korrupsiya - “lotincha (corrumpo-aynish, poraga sotilish) – mansabdor shaxsning o‘z
mansab bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
162
qilishidan iborat amaliyot, qolaversa, mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi
ham korrupsiya deyiladi.[4]
Korrupsiya - hozirgi kunda jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun eng katta g‘ov sifatida
ko‘zga tashlanmaoqda. Unga qarshi kurashish zarururligini dolzarb, eng muhim vazifaga
aylangan. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo’lishidan qat’iy nazar,
barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati
hamda davlatimiz tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilyotgan bo‘lsada,
hanuzgacha bartaraf etilmayapti.
Korrupsiya muammosi bugungi kunda ilmiy tahlil etiladigan va xavfni baholaydigan
mezonlarga ega. Korrupsiyani idrok etish indeksi (CPI) – ekspertlar va biznes rahbarlarining
baholashiga asoslangan holda davlat sektorida korrupsiyani qabul qilish darajasi boʻyicha
mamlakatlarni
baholovch
va
reytingga
joylashtiruvchi
koʻrsatkich.
CPI
odatda korrupsiyani „shaxsiy manfaatlar uchun ishonib topshirilgan vakolatni suiisteʼmol
qilish“ deb taʼriflaydi. Indeks 1995-yildan beri har yili Transparency International nodavlat
tashkiloti tomonidan chop etiladi. 2022-yil yanvar oyida chop etilgan 2021-yilgi CPI 2020-yil
1-maydan 2021-yil 30-aprelgacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi vaziyat asosida 180 ta davlatga
„100 (juda toza) dan 0 (oʻta korrupsiyalashgan) shkalasi boʻyicha“ oʻrin berib
chiqqan. Daniya, Yangi Zelandiya, Finlandiya, Singapur hamda Shvetsiya dunyodagi eng kam
korrupsiyaga uchragan davlatlar sifatida qabul qilinadi va xalqaro moliyaviy shaffoflik
reytingida doimiy ravishda yuqori oʻrinlarda turadi, eng yuqori korrupsiyaga uchragan davlatlar
esa Suriya, Somali (ikkalasi 13 ball) va Janubiy Sudandir (11 ball).[6]. Ushbu reytingda
yurtimiz 140- o‘rinda qayd etilgan.[6]
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – Oʻzbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat organi hisoblanadi.
Bugungi kunga
kelib, jamiyat hayotining barcha sohalarida: iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda, oliy ta’lim tizimida,
sog‘liqni saqlash tizmida, davlat xaridlari sohasida va boshqa sohalarda ham bu illatga qarshi
kurash olib borilyapti. Xalqimizda “Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan afzaldir”
degan naql mavjud. Jamiyatimizdagi har qanday jarayonga loqayd munosabatda bo‘lmasdan
barchamiz birgalikda unga qarshi kurasha olak, albatta uni yengamiz. Buning uchun avvalo
aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish zarur.
Korrupsiyadan ko‘rilayotgan zararning ko‘lami cheksiz. Uning zararini buyuk
alloma Mahmud Zamaxshariy o‘ziga xos tarzda ifoda etgan: “Pora faqat nohaqlig-u zolimlarga
yordam beruvchidir”.[5]
Din nuqtayi nazaridan ham korrupsiya qoralanadi. Islom dinida pora harom qilingan.
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday deydi: “Bir-birlaringizning mollaringizni nohaq yemanglar.
Bilaturib odamlarning mollaridan bir qismini yeyish maqsadida gunoh yo‘l bilan uni
hokimlarga uzatmanglar” (Baqara surasi, 188-oyat). Hadislarda aytadilarki, “Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam pora beruvchi, pora oluvchi va ularning o‘rtasidagi vositachini
la’natladilar” (Imom Ahmad rivoyati).
Shu o ‘rinda korrupsiya qarshi kurash usullarini ishlab chiqishdan oldin, uni tarixiy
ildizlari, asoslarini, shart-sharoit, manbalarini topish zarur. Korrupsiyaning tarixiy ildizlariga
va unga qarshi kurashish xususida ma’lumotlar ham foydali: korrupsiyaning tarixiy asoslari
juda qadimga borib taqalar ekan, bu illat qabila sardorlariga sovg‘a berish odatidan kelib
chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq
davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga
katta to‘siq ekanligini oshkor etib qo‘ydi.
Korrupsiyaning quyidagi 4 ta asosiy sababini keltirishimiz mumkin:
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
163
1.Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va
kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
2.Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi.
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni
yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash ularda uzoq vaqt mansabda turishiga
ishonchsizlik paydo bo’lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.
3.Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki,
ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi va aksar holda uzoq
muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar
ochiladi.
4.Ko’p tomonlama sabablar.Ba’zan davlat rahbariyatining o’ziga xos xulqi tufayli davlat
boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat
mansablariga ishonchga sazovar odamlar tayinlangan taqdirda ham institsional va tizimga oid
muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari hajmida pora
beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu
jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha “Korrupsiya
odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga solidi, tabiiy
resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo’lishiga shart-
sharoit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, korrupsiya jamiyatning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan va
davlatni ich-ichidan yemiradigan og‘ir illatdir. U insonlarni tubanlashtirib, adolat o‘rniga
manfaatni ustun qo‘yadi, natijada fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi pasayadi. Ushbu
muammoni hal qilish uchun qonun ustuvorligi, shaffoflik va fuqarolarning huquqiy
madaniyatini oshirish zarur. Faqat shu yo‘l bilangina korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib
borish va jamiyat taraqqiyotini ta’minlash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2023 yil.
-80 b.
2.“Yangi O‘zbekiston strategiyasi 2022-2026” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-
son Farmoni Lex.uz. 2022.
3.O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida. Toshkent
sh., 2017-yil 3-yanvar, O‘RQ-419-son.34-modda.
5.https://naqshband.uz
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Korrupsiyani_idrok_etish_indeksi
7. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/122
8.Yoshlarda huquqiy madaniyatni shaklantirish yo‘lida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning
ahamiyati. (2025). Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi , 2(1), 16-
18. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/247
9.Yoshlarni umuminsoniy prinsiplar asosida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni.
(2025).
Zamonaviy
ilm-fan
va
innovatsiyalar
nazariyasi
,
2(1),
1922. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/249
10.Ilm
fan
yangiliklari
konferensiyasi.
-Andijon-2024,
