KORRUPSIYA – DAVLATNING IQTISODIY VA MA’NAVIY TARAQQIYOTI UCHUN XAVF SOLUVCHI ILLAT

Abstract

Ushbu maqolada “korrupsiya” tushunchasining mazmun-mohiyati haqida  qisqacha ta’rif berish asosida davlat va jamiyat taraqqiyoti  uchun  xavf soluvchi illat ekanligi ko‘rsatib berilgan.  Korrupsiya illatining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi, shakllari ifoda etilgan.  Ushbu illatning diniy manbalarda  ham qaayd etilganiga ham qisqacha asoslar keltirilgan. Yurtimiz va dunyoning ayrim  davlatlarida korrupsiyaning holati va unga qarshi kurashish haqida ma’lumotlar berilgan.

 

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
161-163
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Boltayev Samandar Shuhratjon o’g’li. (2025). KORRUPSIYA – DAVLATNING IQTISODIY VA MA’NAVIY TARAQQIYOTI UCHUN XAVF SOLUVCHI ILLAT. International Journal of Scientific Researchers, 12(1), 161–163. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130420
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada “korrupsiya” tushunchasining mazmun-mohiyati haqida  qisqacha ta’rif berish asosida davlat va jamiyat taraqqiyoti  uchun  xavf soluvchi illat ekanligi ko‘rsatib berilgan.  Korrupsiya illatining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi, shakllari ifoda etilgan.  Ushbu illatning diniy manbalarda  ham qaayd etilganiga ham qisqacha asoslar keltirilgan. Yurtimiz va dunyoning ayrim  davlatlarida korrupsiyaning holati va unga qarshi kurashish haqida ma’lumotlar berilgan.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

161

KORRUPSIYA – DAVLATNING IQTISODIY VA MA’NAVIY TARAQQIYOTI

UCHUN XAVF SOLUVCHI ILLAT

Boltayev Samandar Shuhratjon o'g'li

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnalogiyalar instituti, Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot

fakulteti, yurisprudensiya yoʻnalishi 1-bosqich 109-guruh talabasi

boltayevsamandar29@gmail.com

Annotatsiya

:Ushbu maqolada “korrupsiya” tushunchasining mazmun-mohiyati haqida

qisqacha ta’rif berish asosida davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun xavf soluvchi illat ekanligi

ko‘rsatib berilgan. Korrupsiya illatining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi, shakllari ifoda etilgan.

Ushbu illatning diniy manbalarda ham qaayd etilganiga ham qisqacha asoslar keltirilgan.

Yurtimiz va dunyoning ayrim davlatlarida korrupsiyaning holati va unga qarshi kurashish

haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar

: korrupsiya, pora, davlat, qonun, jamiyat, illat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat,

shaxsiy manfaat, ,siyosiy vaziyatlar.

Kirish.

Korrupsiya - jamiyatning turli yo‘llar bilar iskanjaga oladigan daxshatli

illatdir. Ushbu illat davlat, jamiyat taraqqiyotiga, uning sohalari rivojiga to‘siq bo‘ladi,

demokratiya, huquq va qonun ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlari buzulishiga olib

keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar

xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik,terorizm va boshqa hodisalar ildiz otib,

gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Xalqning kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, adolat haqida

qarashlariga va davlatga nisbatan ishonchsizlik olib keladi. Shu sababli uning asoslari, kelib

chiqishini o‘rganish va kurashish dolzarb masalalardan biri.

Tadqiqot uslublari.

Ushbu maqola tahliliy tadqiqot sifatida ilmiy-nazariy manbaalar

tahlilini va qonun hujjatlari asoslarini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid bo‘lgan

ilmiy tushunchalar, yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda ushbu

sohada amalda bo‘lgan holatlar tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda bilishning

umumiy-ilmiy metodlari bo‘lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish

uslublari, shuningdek, umumiy mantiqiy metodlar – induksiya, deduksiya, analiz, sintez va

maxsus huquqiy metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda

grammatik tahlil metodidan ham foydalanilgan.

Ilmiy ishning natijasi.

“korrupsiya” tushunchasining mazmun-mohiyati davlat va

jamiyat taraqqiyoti uchun xavf soluvchi illat ekanligi ko‘rsatib berish asnosida, unga qarshi

murosasizlik shakllanadi. Korrupsiya illatining jamiyatimiz uchun, insonlar uchun birdek

kurashish zarurligi ahamiyatini tushunib yetadi.

Asosiy qism.

Shu o‘rinda korrupsiya atamasiga qonunchilikda berilgan ta’rifni keltirib

o‘tish joiz: “korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy

manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish

maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof

ravishda taqdim etish” [3.3-modda]

Korrupsiya - “lotincha (corrumpo-aynish, poraga sotilish) – mansabdor shaxsning o‘z

mansab bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

162

qilishidan iborat amaliyot, qolaversa, mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi

ham korrupsiya deyiladi.[4]

Korrupsiya - hozirgi kunda jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun eng katta g‘ov sifatida

ko‘zga tashlanmaoqda. Unga qarshi kurashish zarururligini dolzarb, eng muhim vazifaga

aylangan. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo’lishidan qat’iy nazar,

barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati

hamda davlatimiz tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilyotgan bo‘lsada,

hanuzgacha bartaraf etilmayapti.

Korrupsiya muammosi bugungi kunda ilmiy tahlil etiladigan va xavfni baholaydigan

mezonlarga ega. Korrupsiyani idrok etish indeksi (CPI) – ekspertlar va biznes rahbarlarining

baholashiga asoslangan holda davlat sektorida korrupsiyani qabul qilish darajasi boʻyicha

mamlakatlarni

baholovch

va

reytingga

joylashtiruvchi

koʻrsatkich.

CPI

odatda korrupsiyani „shaxsiy manfaatlar uchun ishonib topshirilgan vakolatni suiisteʼmol

qilish“ deb taʼriflaydi. Indeks 1995-yildan beri har yili Transparency International nodavlat

tashkiloti tomonidan chop etiladi. 2022-yil yanvar oyida chop etilgan 2021-yilgi CPI 2020-yil

1-maydan 2021-yil 30-aprelgacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi vaziyat asosida 180 ta davlatga

„100 (juda toza) dan 0 (oʻta korrupsiyalashgan) shkalasi boʻyicha“ oʻrin berib

chiqqan. Daniya, Yangi Zelandiya, Finlandiya, Singapur hamda Shvetsiya dunyodagi eng kam

korrupsiyaga uchragan davlatlar sifatida qabul qilinadi va xalqaro moliyaviy shaffoflik

reytingida doimiy ravishda yuqori oʻrinlarda turadi, eng yuqori korrupsiyaga uchragan davlatlar

esa Suriya, Somali (ikkalasi 13 ball) va Janubiy Sudandir (11 ball).[6]. Ushbu reytingda

yurtimiz 140- o‘rinda qayd etilgan.[6]

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – Oʻzbekiston

Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat organi hisoblanadi.

Bugungi kunga

kelib, jamiyat hayotining barcha sohalarida: iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda, oliy ta’lim tizimida,

sog‘liqni saqlash tizmida, davlat xaridlari sohasida va boshqa sohalarda ham bu illatga qarshi

kurash olib borilyapti. Xalqimizda “Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan afzaldir”

degan naql mavjud. Jamiyatimizdagi har qanday jarayonga loqayd munosabatda bo‘lmasdan

barchamiz birgalikda unga qarshi kurasha olak, albatta uni yengamiz. Buning uchun avvalo

aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish zarur.

Korrupsiyadan ko‘rilayotgan zararning ko‘lami cheksiz. Uning zararini buyuk

alloma Mahmud Zamaxshariy o‘ziga xos tarzda ifoda etgan: “Pora faqat nohaqlig-u zolimlarga

yordam beruvchidir”.[5]

Din nuqtayi nazaridan ham korrupsiya qoralanadi. Islom dinida pora harom qilingan.

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday deydi: “Bir-birlaringizning mollaringizni nohaq yemanglar.

Bilaturib odamlarning mollaridan bir qismini yeyish maqsadida gunoh yo‘l bilan uni

hokimlarga uzatmanglar” (Baqara surasi, 188-oyat). Hadislarda aytadilarki, “Rasululloh

sollallohu alayhi vasallam pora beruvchi, pora oluvchi va ularning o‘rtasidagi vositachini

la’natladilar” (Imom Ahmad rivoyati).

Shu o ‘rinda korrupsiya qarshi kurash usullarini ishlab chiqishdan oldin, uni tarixiy

ildizlari, asoslarini, shart-sharoit, manbalarini topish zarur. Korrupsiyaning tarixiy ildizlariga

va unga qarshi kurashish xususida ma’lumotlar ham foydali: korrupsiyaning tarixiy asoslari

juda qadimga borib taqalar ekan, bu illat qabila sardorlariga sovg‘a berish odatidan kelib

chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq

davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga

katta to‘siq ekanligini oshkor etib qo‘ydi.

Korrupsiyaning quyidagi 4 ta asosiy sababini keltirishimiz mumkin:


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

163

1.Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va

kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.

2.Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi.

Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni

yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash ularda uzoq vaqt mansabda turishiga

ishonchsizlik paydo bo’lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.

3.Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki,

ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi va aksar holda uzoq

muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar

ochiladi.

4.Ko’p tomonlama sabablar.Ba’zan davlat rahbariyatining o’ziga xos xulqi tufayli davlat

boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat

mansablariga ishonchga sazovar odamlar tayinlangan taqdirda ham institsional va tizimga oid

muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari hajmida pora

beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu

jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha “Korrupsiya

odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga solidi, tabiiy

resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo’lishiga shart-

sharoit yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiya jamiyatning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan va

davlatni ich-ichidan yemiradigan og‘ir illatdir. U insonlarni tubanlashtirib, adolat o‘rniga

manfaatni ustun qo‘yadi, natijada fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi pasayadi. Ushbu

muammoni hal qilish uchun qonun ustuvorligi, shaffoflik va fuqarolarning huquqiy

madaniyatini oshirish zarur. Faqat shu yo‘l bilangina korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib

borish va jamiyat taraqqiyotini ta’minlash mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2023 yil.

-80 b.

2.“Yangi O‘zbekiston strategiyasi 2022-2026” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-

son Farmoni Lex.uz. 2022.

3.O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida. Toshkent

sh., 2017-yil 3-yanvar, O‘RQ-419-son.34-modda.

4. https://uz.wikkipedia.org

5.https://naqshband.uz

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Korrupsiyani_idrok_etish_indeksi

7. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/122

8.Yoshlarda huquqiy madaniyatni shaklantirish yo‘lida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning

ahamiyati. (2025). Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi , 2(1), 16-

18. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/247

9.Yoshlarni umuminsoniy prinsiplar asosida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni.

(2025).

Zamonaviy

ilm-fan

va

innovatsiyalar

nazariyasi

,

2(1),

1922. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/249

10.Ilm

fan

yangiliklari

konferensiyasi.

-Andijon-2024,

http://worldlyjournals.com/index.php/ztvdq

References

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2023 yil. -80 b.

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi 2022-2026” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni Lex.uz. 2022.

O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida. Toshkent sh., 2017-yil 3-yanvar, O‘RQ-419-son.34-modda.

https://uz.wikkipedia.org

https://naqshband.uz

https://uz.wikipedia.org/wiki/Korrupsiyani_idrok_etish_indeksi

https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/122

Yoshlarda huquqiy madaniyatni shaklantirish yo‘lida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ahamiyati. (2025). Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi , 2(1), 16-18. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/247

Yoshlarni umuminsoniy prinsiplar asosida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni. (2025). Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi , 2(1), 1922. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/249

Ilm fan yangiliklari konferensiyasi. -Andijon-2024, http://worldlyjournals.com/index.php/ztvdq