INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
595
BOLALAR NUTQINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
Musurmonova Dildora Ikrom qizi
Termiz davlat universiteti 2-bosqich magistranti
+998900091401
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalar nutqining o‘ziga xos xusuiyatlari, bolalar nutqining
rivojlanish bosqichlari, bolaning aktiv nutqqa o‘tishi, nutqida qiyoslash vositalaridan
foydalanish jarayonlari ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsatilgan va tabiiy nutq jarayonidagi hamda
badiiy asarlarda uchraydigan misollar orqali o‘rganilib, fikr-mulohazalar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
bola nutqi, semantik doira, kognitiv rivojlanish, egosentrik nutq, verballashuv,
ontogenez.
Annotation:
This article scientifically examines the specific features of children's speech, the
stages of its development, the transition of a child to active speech, and the use of comparative
expressions in their speech. These aspects are explored through examples from both natural
speech processes and literary works, with accompanying analysis and commentary.
Key words:
Child speech, semantic field, cognitive development, egocentric speech,
verbalization, ontogenesis.
Bola nutqi inson hayotining dastlabki yillarida shakllanadigan murakkab va bosqichli
jarayondir. Bu jarayon tilga oid bilimlarning ijtimoiy muhit orqali o‘zlashtirilishi, muloqotga
bo‘lgan ehtiyoj va nutq faoliyatining asta-sekin rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Bolalar
nutqining o‘ziga xos xususiyatlari uning fiziologik, psixologik, ijtimoiy va lingvistik omillar
bilan chambarchas aloqadorligini ko‘rsatadi. Psixolingvistik nuqtai nazardan qaralganda, bola
nutqi tafakkur bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. L.S. Vigotskiy fikricha, bola nutqi dastlab
ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, keyinchalik ichki nutqqa aylanadi. Bu esa uning fikrlash jarayoni
va tushunchaviy dunyosining kengayib borishini anglatadi. Shu sababli, bola nutqining o‘ziga
xos xususiyatlarini o‘rganishda psixik rivojlanish darajalari, idrok, eslab qolish, e’tibor kabi
kognitiv omillar muhim ahamiyat kasb etadi.1
Nutqiy rivojlanishning har bir bosqichida bolaning til birliklarini o‘zlashtirish darajasi,
ularning mazmunan to‘g‘ri ishlatilishi, gap tuzish malakasi va kontekstual muloqotga kirishish
qobiliyati farq qiladi. 2 - 3 yoshli bolalarda nutq fonetik jihatdan cheklangan, so‘zlar
soddalashtirilgan va semantik jihatdan tor doiraga ega bo‘lsa,
4 - 5 yoshdan boshlab bola
murakkab gaplar tuzishga intiladi, o‘xshatish, qiyoslash, sabab–oqibat munosabatlarini
ifodalashga urinadi. Shu bosqichlarda sintaktik tuzilmalar soni ham ortadi.
Bolalar nutqining yana bir o‘ziga xos jihati – bu individuallik va emotsional ifodalilikdir.
Bola nutqida ko‘pincha subyektiv baholash, hissiy ohang, obrazli ifodalar uchraydi. Bu holat,
1 Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – B. 19.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
596
ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda tez-tez kuzatiladi. Masalan, “Onam quyoshga
o‘xshaydi” kabi ifodalar bola tafakkurining obrazli va qiyosiy xususiyatlarini namoyon qiladi.
Shuningdek, bola nutqida normadan og‘ishlar, ya’ni nutqiy xatolar ham tabiiy jarayon
sifatida qaraladi. Bu xatolar fonetik (tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish), leksik (so‘zlarni
noto‘g‘ri tanlash), grammatik (tuzilmalarda xatolik), hamda pragmatik (nutqiy vaziyatga mos
kelmaslik) darajalarda yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarning sabablari ko‘pincha bola
miyasining yetilmaganligi, nutq apparatining fiziologik jihatdan to‘liq shakllanmaganligi va
yetarli til muhitining mavjud emasligi bilan izohlanadi.2
O‘zbek tilshunosligida ham bolalar nutqining lingvistik xususiyatlariga oid tadqiqotlar
mavjud. Jumladan, M. Jo‘rayev, N. Yusupova, O. Jo‘raqulova kabi olimlar bolalar nutqining
rivojlanish bosqichlari, fonetik va leksik imkoniyatlari, shuningdek, qiyosiy ifodalarning
qo‘llanishi haqida muhim ilmiy qarashlarni ilgari surganlar. Bola nutqining o‘ziga xosligi uning
rivojlanish bosqichlari, psixik holati, til muhitiga bog‘liqligi hamda tafakkur darajasi bilan
belgilanadi. Bu xususiyatlarni chuqur o‘rganish, ayniqsa qiyoslash kabi lingvistik hodisalarning
bolalar nutqida qanday shakllanishini anglashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bolalar nutqi - bu tabiiy rivojlanish jarayoni bo’lib, ularning tilni o‘rganish va ifodalash
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bolalar nutqining qanday paydo bo‘lishini tushunish uchun, bir
nechta muhim jarayonlarga, shu jumladan, biologik, psixologik va ijtimoiy omillarga e’tibor
qaratish lozim. Quyida bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida ayrim asosiy
fikrlarni keltiramiz:
Bolalar nutqi biologik asosga ega. Ularning miya va nerv tizimlari tuzilishi tilni
o‘rganish uchun moslashgan. Nutqni o‘rganish jarayoni bolaning miyasi tomonidan
boshqariladi va bolaning miyada nutqqa javob beradigan maxsus markazlar faoliyatiga bog‘liq.
Bolalar nutqi rivojlanishini quyidagicha ketma-ketlikda tushunishimiz mumkin:
Tovushlarni ajratish: Bolalar ilk boshida tovushlarni faqat eshitadilar, ammo vaqt o‘tishi
bilan ular bu tovushlarni tasniflashni va aniq belgilangan tovushlarga (fonemalarga)
aylantirishni boshlaydilar.
O‘z talaffuzlari va tovushlar: Yangi tug‘ilgan chaqaloq ovoz chiqarish orqali atrofdagi
tovushlarni ajratishni boshlaydi. Boshqa so‘zlarni takrorlash orqali ularning nutqi tobora aniq
va mantiqli bo‘ladi.
Birinchi so‘zlar: Bolalar birinchi marta so‘zlarni o‘rganishda qisqa, lekin muhim
so‘zlarni ishlatadilar (masalan, “mama”, “dada”, “papa”, “yo’q”).3
Bola nutqining shakllanishi va rivojlanishida kognitiv taraqqiyot hal qiluvchi omil
sifatida qaraladi. Chunki til - bu nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki tafakkur, idrok, xotira,
e’tibor, tasavvur kabi psixik jarayonlarning verbal ifodasidir. Aynan shu sababli bola
tafakkurining rivojlanish darajasi, uning til vositalaridan qanday va qay darajada foydalana
olishini belgilab beradi. Bolalar aqliy qobiliyatlari va tasavvurlari kengaygani sayin, nutqlarini
yanada boyitib boradilar.
Kognitiv rivojlanish - bu bolaning atrof-muhitni anglash, idrok etish, aqliy
operatsiyalarni amalga oshirish (taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish, sabab - oqibat
munosabatlarini tushunish) qobiliyatlarining shakllanish jarayonidir. J.Piaje nazariyasiga ko‘ra,
2
2 Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – B. 25.
3
Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – B.30.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
597
bola 2 - 7 yosh oralig‘ida preoperatsional bosqichda bo‘ladi. Bu davrda u konkret predmetlarga
asoslangan fikrlash, o‘z tajribasidan kelib chiqib tushunish, sodda tasniflash kabi kognitiv
harakatlarni amalga oshiradi. Bu esa bevosita uning nutqida sodda, lekin mazmunli qiyoslashlar,
ifodalar, tasviriy vositalar paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Masalan, maktabgacha yoshdagi
bola: “Oy nondek yumaloq”, “opam mendan uzun”, “men yugurdim, u sekin bordi” kabi
gaplarni ishlatadi. Bu kabi nutqiy konstruktsiyalar bolaning atrofdagi obyektlar orasida
munosabatlar o‘rnatish qobiliyati, ya’ni kognitiv tasniflash, o‘xshashlikni aniqlash va
solishtirish faoliyatining kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.
Tilshunos olima G.G.Granatova fikricha, “kognitiv jarayonlar til orqali tashkil etiladi va
bola til orqali voqelikni kognitiv jihatdan modellashtiradi”.4 Ya’ni, til va tafakkur o‘zaro
dialektik bog‘liqlikda rivojlanadi. Bu bog‘liqlik ayniqsa bola nutqida turli qiyosloviy birliklar,
taqqoslash ifodalari orqali o‘z aksini topadi. Shuningdek, V.S.Muxina bolalarda idrokiy faoliyat
nutq orqali mukammallashishini alohida ta’kidlab o‘tadi: “Kichik yoshdagi bola ko‘rganini
tushunmaydi, u aytib berganlarigina uning xotirasida mustahkamlanadi.”5 Demak, bola
tasavvurining shakllanishi ham til orqali mustahkamlanadi, bu esa nutqiy imkoniyatlarining
kengayishiga olib keladi. Bolaning kognitiv rivojlanishi shunchaki intellektual salohiyat bilan
emas, balki u orqali semantik tizimni tushunish, sintaktik strukturalarni o‘zlashtirish va nutqiy
vaziyatga mos ifoda tanlash qobiliyati bilan ham bevosita bog‘liqdir. Shu sababli, qiyoslash
vositalarining bola nutqida erta paydo bo‘lishi - bu tafakkurning chuqurlashayotganidan dalolat
beradi. Masalan, “Bolakay oyga qarab, u paxtadek oq va yumshoq deb o‘yladi.” Bu gap orqali
bolaning tasviriy, obrazli fikrlashga intilishi va abstrakt tushunchalarni konkret obyektlar orqali
ifodalashga harakat qilgani seziladi. Bunday qiyosiy fikrlar esa bolaning kognitiv darajasiga
mos ravishda shakllanadi va nutqini murakkablashtiradi. Bola tafakkurining rivojlanishi
nutqning grammatik va semantik boyishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kognitiv rivojlanishsiz
to‘laqonli nutqiy rivojlanish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Aynan shuning uchun ham
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda faqat lug‘aviy boylik emas, balki ularning
tafakkur jarayonlarini faollashtirish, taqqoslash, o‘xshatish, sabab - oqibat bog‘lanishini
shakllantirishga yo‘naltirilgan nutqiy mashqlarni joriy etish muhim hisoblanadi.
Bolalar atrofdagi kattalar bilan muloqotda bo‘lish orqali nutqni rivojlantiradilar. Ota-
onalar va boshqa kattalar bolaning nutqini rag‘batlantirishadi, savollar berishadi va nutqni
to‘g‘rilashadi. Bu jarayon bolaning nutqni tezda rivojlantirishiga yordam beradi. Bundan
tashqari nutqning rivojlanishi bolaning yashash muhiti va madaniy kontekstiga bog‘liq. Har bir
madaniyat va til bolalarga o‘ziga xos nutqni o‘rganish imkoniyatini beradi. Masalan, ba’zi
madaniyatlarda bolalar erta yoshda ijtimoiy rollarni o‘rganishadi va ko‘proq ijtimoiy o‘zaro
aloqalarga kirishadilar, bu esa ularning nutq rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalar nutqi ularning hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Nutq
bolaga o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashda yordam beradi. Masalan, bola o‘zining baxtli yoki
xafalik holatlarini so‘zlar orqali boshqalar bilan ulashishni boshlaydi. Nutq orqali bola o‘z his-
tuyg‘ularini boshqarishni va ifodalashni o‘rganadi. Bu, shuningdek, bolaga o‘zining ichki
dunyosini boshqalarga tushuntirish imkoniyatini beradi.
Bolalar nutqi tabiiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘ladi va bir qator biologik, kognitiv,
psixologik va ijtimoiy omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Bolalar tilni atrof-muhitdan
4 Гранатова Г.Г. Психолингвистика: проблемы соотношения языка и мышления. - Москва: Флинта, 2001. -
С.112
5 Мухина В.С. Детская психология. - Москва: Академия, 2005. - С.45
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
598
o‘rganib, muloqotda bo‘lish orqali nutqlarini rivojlantiradilar. Nutqning rivojlanishi bolaning
fikrlash, hissiy va ijtimoiy o‘sishini ta’minlaydi. Nutqning paydo bo‘lishi va rivojlanishining
har bir bosqichi bola uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, bu esa uning dunyoqarashini boyitadi
va ijtimoiy hayotga integratsiyasini osonlashtiradi. Bolalar nutqi o‘zining rivojlanish jarayonida
bir nechta bosqichlardan o‘tadi. Har bir bosqichda nutq qobiliyatlari yangi bilimlar asosida
shakllanadi. Nutq rivojlanishi bolaning atrofdagi dunyo haqidagi tushunchalarini tasvirlash va
ifodalashda birinchi qadamlarni qo‘yadi. Bolalar dastlab so‘zlarni eshitish, keyinchalik esa
ularni talaffuz qilish orqali o‘rgana boshlaydilar. Bolalar uchun til faqat kommunikatsiya
vositasi emas, balki o‘xshashlik va farqlarni ajratish orqali ularning tafakkurini
rivojlantirishning asosiy usulidir. Masalan, bolalar yangi so‘zlar va tushunchalarni o‘rganishda
qiyoslashni qo‘llaydilar, bu esa ularning nutqida o‘xshashliklarni aniqlashga yordam beradi.
Bolalar nutqi haqida gap borar ekan, avvalo bolalik o‘zi qanday tushuncha degan savolga ilmiy
javob topib, uni boshqa davrlardan chegaralab olish zarur. Bolalik - ontogenezninig dastlabki
davrlarini belgilash uchun (tug‘ilgandan o‘smirlikkacha bo‘lgan davrni) qo‘llanadigan
tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko'ra bolalik - go‘daklik (tug‘ilgandan l
yoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7
yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha) davrlami o‘z ichiga
oladi.6 Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va
“nutqsiz” taraqqiyot davridir. U hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi.
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko‘ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun
katta ahamiyatga egadir. Lekin ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning
tevarak-atrof bilan o‘zaro munosabatida bo‘lishi natijasida takomillashadi. Bolaning eshitish
orqali idrok etishi oldindan tovushlarni ajratishga va ularni sintez qilishga o‘rganib boradi.
Bolaning eshitib bilib olishi shartli bog‘lanishlarning sifatiga bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan
bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin
ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo‘lsa, uning o‘zi
uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli
bo‘ladi. Go‘daklik yoshida bolalarni harakat ko‘nikmalari, ayniqsa qo‘l va va oyoqlarning
murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik
bolalarni bilish va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o‘ynaydi.
Bola qo‘l va oyoq harakatlari hisobiga olam haqida axborotlarning ahamiyatli qismini
oladi.
Faqat 5-6 yoshlardagina bolalarda ichki nutq faol rivojlanadi va ular endi o‘zi bilan o‘zi
ovoz chiqarib gaplashmasdan fikr qila ola boshlaydi. Bolalikda tafakkur va nutq bir-biriga
chambarchas bog‘liq, keyinchalik inson rivojlana borishi bilan tafakkur ma’lum ma’noda tildan
ajrala boradi, mustaqil ko‘rinishga ega bo‘ladi (u yoki bu darajada ichki nutqiy reaksiyalardan
holi bo‘la boradi).7
Sh.Amonturdiyevaga ko‘ra,8 bolalar nutqining rivojlanishi uch bosqichda kechadi:
Verballashuvgacha bo‘lgan davr. Bu bosqichda bola gapirmaydi, biroq bolada o‘zining
atrofidagi yaqinlari bilan so‘zlashish jarayoniga qadar bo‘lgan ko‘nikmalar hosil bo‘ladi,
6
Z.Nishanova, G.Alimova, M.Asranboyeva, A.Turg‘unboyeva Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi.-
Toshkent: Innovatsiya-ziyo, 2019, B.5.
7
Sh.Amonturdiyeva. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Termiz: Irfon – print, 2022. – B. 14-15.
8 Sh.Amonturdiyeva. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Termiz: Irfon – print, 2022. – B. 48.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
599
kelgusidagi nutqiy faoliyati uchun zaruriy sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Odatda,
go‘dakning dastlabki guvranishida onasi u bilan gaplasha boshlaydi. Bola bu tovushlarni
ilg‘ab oladi va ularni takrorlashga harakat qiladi.
Bola boshqa tovushlar orasidan nutqiy tovushlarni ajrata boshlaydi, ovozga qarab
gapirayotgan shaxsni ajratadi, yaqinlarining ovozini, nutqini taniydi. Nutq ovozining
xosligini baholay oladi (jahl bilan gapirilsa yig‘laydi, kulgili ohangga kulib javob
qaytaradi, erkalatish yoki buyruq ohangidagi so‘zlarni tushuna boshlaydi). Verballashuvgacha
bo‘lgan bosqich bolaning kattalar tomonidan aytilgan oddiy, sodda gaplarini tushunishi
hamda passiv nutqqa kirishishi bilan yakunlanadi.
Bolaning aktiv nutqqa o‘tishi. Bu davr, odatda, bola umrining 2-yilida kechadi.
Bolaning fonematik eshitish qobiliyati rivojlanadi. U ilk so‘zlarini, masalan, oyi, aya, opa, apa,
ada, dada kabilarni aytadi. So‘zlardagi ayrim tovushlarning tushirilishi va noto‘g‘ri talaffuz
qilish (kel o‘rniga te, ovqat o‘rniga okat) hollari kuzatiladi. Ba‘zan kattalar tomonidan
aytilgan so‘zni bola qisqaroq yoki ayrim qismlarini ikki marta qaytarib, bo‘g‘inlarga ajratib
talaffuz qiladi (masalan, qo‘g‘irchoq o‘rniga choq, kompot o‘rniga pot va h.k.). Bola nutqining
dastlabki davrlarida takrorlanuvchi bo‘g‘inlardan iborat so‘zlarni talaffuz qilish qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Shuning uchun ham kattalar aytgan ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarni bola
ikkilantiradi (masalan, osh so‘zi o‘rniga ashsha, non so‘zi o‘rniga nanna). Ikki so‘zni bir-
biriga bog‘lab ifoda hosil qilishga urinish 1,5 yoshda yuz beradi. Asta-sekin buyruq mayli
o‘zlashtiriladi.9
Nutqning muloqot uchun asosiy vositaga aylanishi. Bu bosqichda so‘zlovchining
maqsadi, voqealarning borish jarayoni va mazmuni aniqlashadi. Bolaning lug‘at boyligi
kengayib, grammatik konstruksiyalar murakkablashadi, uning talaffuzi tiniqlashadi.
Ikki yoshdan so‘ng bola so‘zlar morfemikasi va so‘z yasalish qonuniyatlariga muvofiq
so‘z boyligini kengaytiradi. Ikki yarim yoshli bola nutqida ikki so‘zdan iborat sodda so‘z
birikmalari (bular ko‘proq fe’liy birikmalar bo‘ladi) ifodalana boshlaydi. Bola birlik va
ko‘plikni farqlash hamda qo‘llash, ba’zi kelishik qo‘shimchalarini ifodalashni o‘rganadi. Uch
yoshdan so‘ng bola sodda gaplarni, keyin esa murakkab gaplarni nutqida qo‘llay boshlaydi.
Nutqiy rivojlanishi me’yorda kechgan bola uch yoshni to‘ldirish arafasida taxminan 1000 ta
so‘zni bilsa, 6-7 yoshlarda uning so‘z boyligi 3000-4000 ta so‘zdan tashkil topadi. 10
Nutqning grammatik qurilishi bolalarda uch yoshning boshlarida shakllana boshlaydi.
Bola maktab yoshiga yetar chog‘ida deyarli barcha so‘z yasash, so‘z o‘zgartish ko‘nikmalarini
hosil qiladi. O‘zaro bog‘langan, grammatik shakllangan kontekstli nutq paydo bo‘ladi. Maktab
davrida bola ta’lim jarayoni orqali nutqqa ongli ravishda egalik qila boshlaydi. Yozma nutq va
o‘qish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa nutqning leksik, grammatik, stilistik tomonlarini
boyishiga, og‘zaki va yozma nutqning takomillashuviga olib keladi.
Bolalar nutqidagi o‘ziga xos hodisalardan biri egosentrik nutqdir. O‘z genezisiga ko‘ra
egosentrik nutq maktab yoshigacha bo‘lgan bolaning o‘yin yoki boshqa mashg‘ulotlar
jarayonida o‘zi bilan gaplashishidan shakllanadi. Bolaning bu nutqi suhbatdoshining bor-
9
Sh.Amonturdiyeva. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Termiz: Irfon – print, 2022. – B. 49.
10
Sh.Amonturdiyeva. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Termiz: Irfon – print, 2022. – B. 50
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
600
yo‘qligidan qat’iy nazar, amalga oshadi. Jan Piaje mazkur hodisaga xos ikki holatni ajratib
ko‘rsatadi:
1) suhbatdoshsiz nutq (kommunikatsiyaga qaratilmagan nutq)
2) suhbatdosh fikri inobatga olinmaydigan, bolaning o‘z nuqtayi nazariga asoslangan
nutq. 11
J.Piajega ko‘ra, 3-4 yoshdagi bola nutqining 40%ni egosentrik nutq tashkil qiladi. Bola
maktab yoshiga yetganda, bu nutq asta-sekin yo‘qoladi.
Umuman, bola nutqining shakllanishi 3-11 yoshgacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.
Bolaning nutqi aynan ana shu davrlarda shakllanib, individual nutqning asosiy ko‘rsatkichlarini
hosil qila boshlaydi.
Shunday qilib, shaxsning psixik rivojlanishi ijtimoiy rivojlanishdir. Shaxsning
ijtimoiylashuv jarayoni mazkur jamiyat madaniyatining o‘zlashtirilishidir. Tilni o‘zlashtirish
shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayonidagi hal qiluvchi omildir. Til bolaning ongiga
jamoaning ijtimoiy tajribasi doirasida kirib boradi va bu ijtimoiylashuv natijalarini to‘plash
vositasi sanaladi. 12
Bolalar nutqining rivojlanishida so‘z boyligining kengayishi muhim ahamiyatga ega.
Qiyoslash jarayoni orqali bolalar yangi so‘zlarni o‘zlashtirishda sinonimlar va antonimlar
o‘rtasidagi farqlarni tushunadilar. Masalan, biror narsa haqida gapirganda, ular o‘xshash yoki
qarama-qarshi so‘zlarni ishlatib, tasvirni aniqroq qiladilar: “katta” va “kichik” so‘zlari bolalar
uchun bir-biriga qarama - qarshi tushunchalar bo‘lib, ularni tanishish va ajratish jarayonida
qiyoslash orqali o‘rganadilar. Bolalar nutqi rivojlanishida qiyoslashning o‘rni juda katta.
Qiyoslash bolalar nutqining lingvistik rivojlanishiga va ularning tilni o‘rganishdagi
muvaffaqiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar o‘zlarining so‘z boyligini kengaytirish va
grammatik tuzilmalarni o‘rganishda qiyoslashni muhim vosita sifatida ishlatadilar. Bu
jarayonda ular o‘xshashlik va farqlarni aniqlash orqali yangi tushunchalarni o‘zlashtiradilar.
Bundan tashqari bolalar nutqida sintaktik tuzilmalar o‘z rivojlanishini davom ettiradi. Buning
asosiy xususiyati shundaki, bolalar nutqida grammatik xatoliklar bo‘lishi mumkin, lekin ular bu
xatoliklarni qiyoslash orqali tuzatadilar. Misol uchun, ular kichik yoshlarda “men boradi”,
“dadam ertaga keldi”, “ertalabdan boya aytaman” kabi oddiy gap tuzishda xatoliklarga yo‘l
qo‘yishlari mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan to‘g‘ri grammatik shakllarni o‘zlashtiradilar.
FОYDALANILGAN ADABIYОTLAR RО‘YХATI:
1. Umurqulov Z. Badiiy matnda qiyos va uning lingvopoetik qimmati. Filologiya
2. fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Termiz ,2020.
3. Л.С.Выготский. Мышление и речь. – Москва: Полиграфкнига, 1934.
4. Мухина В.С. Детская психология. - Москва: Академия, 2005.
11
Sh.Amonturdiyeva. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Termiz: Irfon – print, 2022. – B. 50.
12
Sh.Amonturdiyeva. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Termiz: Irfon – print, 2022. – B. 51.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
601
5. Sh. Amonturdiyeva. Psixolingvistika. – Termiz: Irfon-Print, 2022.
6. Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi
nashriyoti, 2006.
