SUN’IY INTELLEKT VA HUQUQIY JAVOBGARLIK

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt tizimlarining jinoyat huquqida javobgarlikka tortilishi masalasi yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi SI texnologiyalarining kundalik hayotga tobora keng kirib borayotganligi bilan bog‘liq. Jinoyat tarkibining asosiy elementlari – Aktus Reus va Mens Rea nuqtai nazaridan tahlil qilinar ekan, SI harakatlarida ong, niyat va ruhiy holat kabi subyektiv belgilar mavjud emasligi ko‘rsatiladi. Tahliliy va solishtirma-huquqiy metodlar asosida jinoyat javobgarligining amaldagi shakllari SIga tatbiq etilishi qiyin ekani asoslanadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
560-564
4

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Faroxiddin Maxammadzokir o‘g‘li Voxidov. (2025). SUN’IY INTELLEKT VA HUQUQIY JAVOBGARLIK. International Journal of Scientific Researchers, 11(1), 560–564. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/107862
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt tizimlarining jinoyat huquqida javobgarlikka tortilishi masalasi yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi SI texnologiyalarining kundalik hayotga tobora keng kirib borayotganligi bilan bog‘liq. Jinoyat tarkibining asosiy elementlari – Aktus Reus va Mens Rea nuqtai nazaridan tahlil qilinar ekan, SI harakatlarida ong, niyat va ruhiy holat kabi subyektiv belgilar mavjud emasligi ko‘rsatiladi. Tahliliy va solishtirma-huquqiy metodlar asosida jinoyat javobgarligining amaldagi shakllari SIga tatbiq etilishi qiyin ekani asoslanadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

560

Faroxiddin Maxammadzokir o‘g‘li Voxidov

Magistrant Toshkent Davlat Yuridik Universiteti

Toshkent, O‘zbekiston

e-mail:

farohiddinvohid@gmail.com

tel: +998 94 425-46-64

SUN’IY INTELLEKT VA HUQUQIY JAVOBGARLIK

Annotatsiya:

Maqolada sun’iy intellekt tizimlarining jinoyat huquqida javobgarlikka tortilishi

masalasi yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi SI texnologiyalarining kundalik hayotga tobora

keng kirib borayotganligi bilan bog‘liq. Jinoyat tarkibining asosiy elementlari – Aktus Reus va

Mens Rea nuqtai nazaridan tahlil qilinar ekan, SI harakatlarida ong, niyat va ruhiy holat kabi

subyektiv belgilar mavjud emasligi ko‘rsatiladi. Tahliliy va solishtirma-huquqiy metodlar

asosida jinoyat javobgarligining amaldagi shakllari SIga tatbiq etilishi qiyin ekani asoslanadi.

Tayanch so‘zlar:

sun’iy intellekt, jinoyat javobgarligi, elektron shaxs, huquqiy subyekt, jinoyat

tarkibi, mens rea, aktus reus, algoritmik qarorlar, niyat, javobgarlik modeli.

Аннотатсия:

В статье рассматривается вопрос возможности привлечения систем

искусственного интеллекта к уголовной ответственности. Актуальность темы обусловлена

всё более широким применением ИИ в повседневной жизни. С точки зрения состава

преступления, подчёркивается отсутствие у ИИ таких субъективных признаков, как

намерение, вина и психическое состояние. С применением аналитического и

сравнительно-правового методов показано, что существующие формы уголовной

ответственности трудно применимы к ИИ. Делается вывод о целесообразности

возложения ответственности на разработчика или пользователя ИИ-системы.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, уголовная ответственность, электронная

личность, правовой субъект, состав преступления, mens rea, actus reus, алгоритмические

решения, намерение, модель ответственности.

Annotation:

The article examines the issue of whether artificial intelligence systems can be

subject to criminal liability. The relevance lies in the growing presence of AI in daily life. From

the perspective of criminal elements, it is highlighted that AI lacks subjective characteristics

such as intention, guilt, and mental state. Using analytical and comparative legal methods, the

study argues that current forms of criminal liability are difficult to apply to AI systems. It

concludes that responsibility is more appropriately assigned to the developer or user of the

system.

Key words:

artificial intelligence, criminal liability, electronic personhood, legal subject,

elements of crime, mens rea, actus reus, algorithmic decision-making, intent, liability model.

Zamonaviy dunyoda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanib,

insoniyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kirib bormoqda. Kompyuter tizimlari endilikda

nafaqat oddiy hisob-kitoblarni bajarish vositasi balki murakkab qarorlar qabul qilish, o‘z-o‘zini

o‘rgatish va ma’lum ma’noda mustaqil harakat qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lib bormoqda. Bu


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

561

esa, o‘z navbatida, huquqiy munosabatlar doirasida yangi tushuncha – “elektron shaxs”

tushunchasini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Biroq, sun’iy intellektning huquq

subyekti maqomini, ayniqsa uning huquqiy javobgarlik masalasini hal qilish zamonaviy yuridik

fanning eng murakkab vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Sun’iy intellektning shiddat bilan rivojlanishi yaqin kelajakda huquq nazariyasini tubdan

qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi, chunki SI o‘zining intellektual qobiliyatlari

bilan inson darajasiga yaqinlashgani sari, huquqiy munosabatlar doirasida uning o‘rni haqidagi

savollar dolzarblashib boradi [1]. Darhaqiqat, agar SI o‘zining harakatlari natijasida zarar еtkazsa,

javobgarlik kimga yuklatilishi kerak – ishlab chiqaruvchiga, foydalanuvchiga yoki SI tizimining

o‘zigami? Bu savolga javob topish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega.

Mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega sun’iy intellekt tizimlari ko‘payib borayotgan

bir paytda, ularga yuridik shaxs maqomini berish taklifi ilgari surilmoqda. Yevropa Parlamenti

2017 yilda robotlarga “elektron shaxs” maqomini berish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqqan

bo‘lsa-da, bu taklif keng qo‘llab-quvvatlanmadi [2]. SI tizimlarining hozirgi rivojlanish

bosqichida ularga huquq subyekti maqomini berish uchun zarur bo‘lgan asosiy komponent –

haqiqiy ong va o‘zlikni anglash mavjud emasligi taklifni qo‘llab-quvvatlamaslikka sabablardan

biri deyish mumkin.

Sun’iy intellekt javobgarligining asosiy muammosi uning bir maromli bo‘lmagan

tabiatidir. Murakkab SI tizimlarida qaror qabul qilish jarayoni shunchalik ko‘p o‘zgaruvchilar va

algoritmlarni o‘z ichiga oladiki, hatto uni yaratgan dasturchilar ham ba’zan SI nima uchun aynan

shu qarorni qabul qilganini tushuntira olmaydilar. Bu esa, zarar еtkazilgan taqdirda, aybdorni

aniqlashni murakkablashtiradi.

SI va huquqiy javobgarlik

Huquqiy javobgarlik nazariyasi an’anaviy ravishda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar

uchun ishlab chiqilgan. Huquqbuzarlik sodir etishda oqibatlar uchun jazo tayinlashda uni sodir

etgan individning niyati, aybdorlik hissi va o‘z harakatlarini anglash qobiliyati muhim elementlar

hisoblanadi. Biroq, hozirgi SI tizimlari bu elementlarning birortasiga ham ega emas. Jumladan,

SIda “niyat” tushunchasi yo‘q, uning harakatlari faqat algoritmlarga asoslanadi. Ho‘sh sun’iy

intellekt qonuniy harakatlar doirasidan chiqib ketganda kim javobgar bo‘ladi? Bugungi kungi SI

imkoniyatlaridan kelib chiqib bunday holatlarda javobgarlik SI ishlab chiqaruvchilar,

dasturchilar, SIning sozligiga mas’ul shaxslar yoki foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanishi

mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari uchun jazo tayinlashdan maqsad ularni qayta

tarbiyalash hisoblanadi. Jismoniy shaxsda bu jamiyatda izolatsiyalanish natijasida ruhiyatiga

ta’sir etish shaklida yoki moliyaviy shaklda namoyon bo‘lib g‘ayrihuquqiy harakatlarni qayta

sodir etishdan tiyib turadi. Yuridik shaxslarda esa obroning tushushi va moliyaviy zarar shaklida

ko‘rinadi. Ammo SIda bu maqsadga erishib bo‘ladimi? Bugungi kundagi SI tizimlarida jazo

qo‘llash orqali shaxsni qayta tarbiyalash maqsadiga erishib bo‘lmaydi. Chunki SI shaxs emas va

unda insonga xos hissiyotlar yo‘q, moliyaviy ehtiyoj hamda istaklardan holi. Bu esa sun’iy

intellektni javobgar qilishning mantiqan asoslanmaganini ko‘rsatadi. SIni javobgar qilish uchun

avvalo unga elektron shaxs maqomini berish va unga mos bo‘lgan jazo turlarini ishlab chiqish

lozim bo‘ladi. Bugungi mavjud jazo turlari SI uchun mutlaqo mos emas.

Demak, SI qabul qilgan qarorlar uchun chora ko‘rishda ayni damdagi huquq tizimlari

qo‘llashi mumkin bo‘lgan chora har bir vaziyat uchun alohida yondashishdir. Hodisa yuzasidan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

562

ayb qaysi shaxsda ekanligini aniqlash, shaxslar aybdor bo‘lmaganda esa vaziyatni taraflar

ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holat deb baholash mumkin.

SI va jinoiy javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 10-moddasiga ko‘ra qilmishida jinoyat

tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart. Kodeks 16-

moddasiga binoan esa jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish

javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Jinoyat tarkibi – muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur

bo‘lgan qilmishning obyektiv va subyektiv jihatlarining mavjudligidir [3]. An’anaviy jinoyat

huquqidan ma’lumki jinoyat tarkibi subyekt, subyektiv tomon, obyekt va obyektiv tomondan

tashkil topgan. Bu elementlardan birining mavjud emasligi jinoyatning mavjud emasligini

bildiradi.

Harakat qonuniy jihatdan jinoyat deb hisoblanishi uchun ikkita asosiy element bo‘lishi

kerak: Aktus Reus (noqonuniy harakat) va Mens Rea (aybli niyat) [4]. Bu ikki element bir

vaqtning o‘zida mavjud bo‘lishi kerak. Jinoiy javobgarlikning ushbu asosiy prinsipi lotincha

“Aktus non facit reum nisi mens sit rea” iborasida o‘z ifodasini topgan, ya’ni qasd yoki maqsad

yuridik jihatdan aybli bo‘lmasa, sodir etilgan qilmishning o‘zi odamni aybdor qilib qo‘ymaydi

[5]. Mens Rea va Aktus Reus an’anaviy jinoyatlarning eng muhim ikki tushunchalaridir.

“Shaxslarning qonun bilan ta’qiqlangan xatti-harakatlarining oqibati” Aktus Reus sifatida

ta’riflanadi. G‘ayrihuquqiy harakat jinoyat deb topilishi uchun harakat yoki harakatsizlik mavjud

bo‘lishi kerak. Aynan shu harakat yoki harakatsizlik Aktus Reus beradigan tushunchadir. Aktus

Reus qonun bilan taqiqlangan huquqqa xilof harakatni ifodalaydi [6]. U jinoyatning tashqi

elementi deb ham ataladi [7]. Bu ochiq harakat yoki inson xatti-harakatlarining jismoniy

natijasidir [5]. Bunday noqonuniy harakat ixtiyoriy ravishda sodir etilishi kerak [8]. Mens Rea

esa “aybli qasd”ni nazarda tutadi [9]. Jinoyatning eng muhim jihati bu jinoyat sodir etuvchining

ruhiy holatidir. Shaxsning xulq-atvori doimgiday bo‘lishi mumkin, lekin ruhiy holat uni “Reus”

ga ya’ni harakat yoki harakatsizlikka aylantiradi. Mens Rea ruhiy holat bo‘lib, faqat

ayblanuvchigagina ma’lum bo‘ladi. Demak, har qanday jinoyat ishini ko‘rib chiqish jarayonida

ish holatlari bo‘yicha sudda to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbot qiluvchi dalillar bilan Mens Rea mavjudligini

isbotlash juda qiyin.

Butun dunyo qonun chiqaruvchi organlari ayblanuvchining jinoyat sodir etishga

undaydigan ruhiy holatining turli ko‘rinishlarini ta’kidlaydilar. Ayblanuvchining ruhiy holatining

keng doirasini taxminan ikki toifaga bo‘lish mumkin, xususan: aniq niyat (to‘g‘ri qasd); va

umumiy nomaxsus niyat (egri qasd) [8]. Aktus Reus, ya’ni harakat va Mens Rea ya’ni ruhiy

holat o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. Agar Mens Rea bo‘lmasa sodir etilgan harakat jinoiy harakat

deb baholanmaydi.

Keling endi SI qabul qilgan qarorlar orqali yuzaga kelgan jinoyatlar tarkibini tahlil qilib

ko‘ramiz. Bunday jinoyatlarda jinoyat tarkibiy elementlaridan obyekt ya’ni zarar ko‘rgan

ijtimoiy munosabat mabjud bo‘ladi; obyektiv tomon – SI qabul qilgan qarorning amalga

oshirilish jarayoni, usuli ham mavjud; hattoki subyekt – jinoiy qilmish qarorini qabul qilgan

shaxs SI ham mavjud. Ammo jinoyat subyketiga bevosita bog‘liq bo‘lgan subyektning jinoyat

sodir etishdagi niyati, ruhiy holati mavjud emas. Jinoyat tarkibiy elementi bo‘lgan subyektiv

tomon qasd yoki ehtiyotsizlikda namoyon bo‘ladi. SIda qaror qabul qilishda, harakat yoki

harakatsizlikda na qasdning shakllaridan biri va na ehtiyotsizlik turlaridan biri bor. Ya’ni

subyektning harakati va “niyati” orasida bog‘liqlik yo‘q va bu jinoyat tarkibi mavjud emasligini

ko‘rsatadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

563

Bugungi kundagi SIda jinoiy qasd mavjud bo‘lmasligini quyidagicha tushuntirish

mumkin. Insonda qaror qabul qilshda quyidagilar mavjud bo‘ladi:

- niyat: “Men buni xohlayman.

- qasd:”Men buni muayyan maqsad uchun qilaman”

- maqsad: “Men shunga erishmoqchiman”

Bu holat SIda quyidagicha:

- algoritmik vazifalar: “Agar A bo‘lsa, B qil.”

- modelga o‘rgatilgan maqsad funksiyasi: Masalan, “to‘g‘ri tasnifla”, “xatoni minimallashtir”,

“yutishni maksimal qil”.

- optimallashtirish: Harakatlar ma’lum matematik mezonlarga qarab tanlanadi.

- rejalashtirish: Oldindan belgilangan model asosida qarorlar qabul qilinadi.

Shu sababdan aytish mumkinki SIda “niyat” yo‘q, lekin “dasturlangan maqsadga erishish

mexanizmi” bor.

Misol: Agar SI shaxmatda o‘ynayotgan bo‘lsa, u g‘alaba qozonishga harakat qiladi,

chunki shunday dasturlangan. Ammo u “Men g‘alaba qozonishni xohlayman” deb his qilmaydi,

chunki unda ong va ichki niyat yo‘q. SIda niyat va qasd mavjud emas, lekin u maxsus

maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqilgan algoritmlarga asoslangan holda qaror qabul qiladi.

SIni jinoiy javobgarlikka tortib bo‘lmasligi sabablarini ko‘rib chiqdik. Endi agar SI

jinoyat subyketiga aylansa va uni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lsa qanday natijaga

erishim mumkinligini tahlil qilamiz. SI jinoyat subyketiga aylansa SI va jinoiy javobgarlik

o‘rtasida SI uchun mos javobgarlik turini tanlash va sankisya qo‘llash kabi yangi muammolar

yuzaga keladi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan jinoiy jazo turlarining birortasi SIga nisbatan

qo‘llashga mos emas. Eng muhim tomoni esa SIga jazo qo‘llab jazodan ko‘zlangan natijaga ham

erishib bo‘lmaydi. Chunki jazoning asosiy maqsadlari jazolash, qayta jinoyat sodir etishning

oldini olish, tarbiyaviy ta’sir, boshqalarga ogohlantiruvchi ta’sirlar SIda hech qanday ahamiyat

kasb etmaydi. SI qo‘llanilgan jazoni sezmaydi (uning hissiyati yo‘q), jazodan xulosa

chiqarmaydi (o‘rganadi, lekin bu axloqiy qaror qabul qilib buni takrorlamaydi degani emas),

unda pushaymonlik, ixtiyoriy to‘xtash bo‘lmaydi. Bu esa SIni jinoyat subyekti qilish va unga

jazo qo‘llashning ma’nosiz ekanini ko‘rsatadi.

Xulosa

Sun’iy intellekt tizimlarining jadal rivojlanishi huquqiy tizim oldiga yangi, murakkab

savollarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, SI tomonidan qabul qilingan qarorlar natijasida zarar еtkazilgan

hollarda kim javobgar bo‘lishi kerakligi masalasi bugungi kunda dolzarbdir. Yuqoridagi

tahlillardan ko‘rinib turibdiki, amaldagi huquqiy normalar, jumladan jinoyat huquqi me’yorlari

SIni jinoyat subyekti sifatida e’tirof etishga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki jinoyat tarkibini tashkil

etuvchi eng muhim elementlardan biri – Mens Rea, ya’ni qasd, niyat, ruhiy holat SI tizimlarida

mavjud emas. SI o‘z harakatlarini ongli, ixtiyoriy yoki axloqiy asosda emas, balki algoritmlar

asosida, oldindan belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiradi.

Bundan tashqari, jinoiy jazoning maqsadi bo‘lgan shaxsni tarbiyalash, ogohlantirish,

jazolash va uni jamiyatdan izolatsiya qilish SI uchun mutlaqo natijasizdir. SI shaxs emas, u

insoniy his-tuyg‘ular, axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy mas’uliyatdan xoli. Demak, bugungi

texnologik rivojlanish bosqichida sun’iy intellektni jinoyat subyekti sifatida e’tirof etish va uni

jinoiy javobgarlikka tortish na nazariy, na amaliy jihatdan maqsadga muvofiq emas.

Kelajakda SI huquqiy maqomini belgilash zarurati tug‘ilishi mumkin, ammo bu holatga

faqat chuqur va keng ko‘lamli normativ-huquqiy, falsafiy hamda axloqiy tahlillar asosida

yondashish lozim bo‘ladi. Ayni paytda esa javobgarlik SIga emas, balki uni yaratgan, sozlagan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

564

yoki foydalangan inson yoki yuridik shaxslar zimmasiga yuklatilishi eng to‘g‘ri еchim bo‘lib

qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Michael Hallisey, “Legal Implications of Autonomous AI Systems,” International

Journal of AI Law 8, no. 3 (2020): 128-143.

2.

Mady Delvaux, “Robotics and Artificial Intelligence: Report with Recommendations

to the Commission on Civil Law Rules on Robotics,” European Parliament Committee on

Legal Affairs (2017), ED 15-28/2-2017.

3.

Jinoyat huquqi (umumiy qism). Yuridik texnikum o'quvchilari uchun darslik. T.:

TDYU nashriyoti, 2021.-304 b.

4.

Catherine Elliot & Frances Quinn, Criminal Law (9 ed. 2012), https://

www.pearson.com/uk/educators/higher-education-educators/program/Elliott-Criminal-Law-

9th -Edition/PGM1025870.html.

5.

Vibhute, Psa Pillai’s Criminal Law (12th Ed. 2015) supra note 9,

Https://Lexisnexis.In/P-S-A-Pillai-Criminal-Law.

6.

Iryna Marchuk, The Fundamental Concept of Crime in International Criminal Law

(1st ed. 2014), http://link.springer.com/10.1007/978-3-642-28246-1

7.

Mike Molan, Denis Lanser & Duncan Bloy, Principles Of Criminal Law (4th Ed.

2000), https://Www.Worldcat.Org/Title/BloyParrys-Principles-Of-Criminal-Law-Principles-

Of-Criminal-Law/Oclc/437154677.

8.

Gerhard O W Mueller, On Common Law Mens Rea, 42 MINN. LAW REV. 1958. – p

1043–1104 https://scholarship.law.umn.edu/mlr/1384.

9.

R.C. Nigam, “Law of Crimes in India”, Principals of criminal Law, Vol 1, Asia

Publishing House, 1965. – p 6.

References

Michael Hallisey, “Legal Implications of Autonomous AI Systems,” International Journal of AI Law 8, no. 3 (2020): 128-143.

Mady Delvaux, “Robotics and Artificial Intelligence: Report with Recommendations to the Commission on Civil Law Rules on Robotics,” European Parliament Committee on Legal Affairs (2017), ED 15-28/2-2017.

Jinoyat huquqi (umumiy qism). Yuridik texnikum o'quvchilari uchun darslik. T.: TDYU nashriyoti, 2021.-304 b.

Catherine Elliot & Frances Quinn, Criminal Law (9 ed. 2012), https:// www.pearson.com/uk/educators/higher-education-educators/program/Elliott-Criminal-Law-9th -Edition/PGM1025870.html.

Vibhute, Psa Pillai’s Criminal Law (12th Ed. 2015) supra note 9, Https://Lexisnexis.In/P-S-A-Pillai-Criminal-Law.

Iryna Marchuk, The Fundamental Concept of Crime in International Criminal Law (1st ed. 2014), http://link.springer.com/10.1007/978-3-642-28246-1

Mike Molan, Denis Lanser & Duncan Bloy, Principles Of Criminal Law (4th Ed. 2000), https://Www.Worldcat.Org/Title/BloyParrys-Principles-Of-Criminal-Law-Principles-Of-Criminal-Law/Oclc/437154677.

Gerhard O W Mueller, On Common Law Mens Rea, 42 MINN. LAW REV. 1958. – p 1043–1104 https://scholarship.law.umn.edu/mlr/1384.

R.C. Nigam, “Law of Crimes in India”, Principals of criminal Law, Vol 1, Asia Publishing House, 1965. – p 6.