Анализ повествования в романе “Абу Райхан Беруни”

Аннотация

В данной статье анализируются сюжеты романа «Абу Райхан Беруни» народного писателя Узбекистана Исажона Султана, а также рассказывается о сути романа, писательском мастерстве и героях. Композиция произведения основывается на рассказах, что повышает его художественную ценность.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
240-243
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мадаминова D., & Рахимова B. (2024). Анализ повествования в романе “Абу Райхан Беруни”. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(4), 240–243. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67774
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируются сюжеты романа «Абу Райхан Беруни» народного писателя Узбекистана Исажона Султана, а также рассказывается о сути романа, писательском мастерстве и героях. Композиция произведения основывается на рассказах, что повышает его художественную ценность.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Analysis of stories in the novel “Abu Rayhon Beruniy”

Dilnura MADAMINOVA

1

Bekposhsha RAHIMOVA

2

Urganch State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 June 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

15 July 2024

This article analyzes the plots of the novel "Abu Raykhan

Beruni" by the people's writer of Uzbekistan Isajon Sultan, and

also talks about the essence of the novel, the writer's skill and

the heroes. The composition of the work is based on stories,

which increases its artistic value.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp240-243

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

historical-biographical

novel,

history and literature,

Abu Rayhan Beruniy,

stories,

Abu Fazl,

Mansur Ibn Iraq.

“Abu Rayhon Beruniy” romanidagi hikoyatlar tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

tarixiy-biografik roman,

tarix va adabiyot,

Abu Rayhon Beruniy,

hikoyat,

Abu Fazl,

Mansur Ibn Iroq.

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon

Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romanidagi hikoyatlar tahlil

qilingan, shuningdek, romanning mohiyati, yozuvchi mahorati,

obrazlar haqida so‘z boradi. Asar kompozitsiyasining asosini

hikoyatlar tashkil etgan bo‘lib, asarning badiiy qiymatini yanada

oshirgan.

Анализ повествования в романе «Абу Райхан Беруни»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Историко-биографический

роман,

история и литература,

Абу Райхан Беруни,

рассказы,

В данной статье анализируются сюжеты романа

«Абу Райхан Беруни» народного писателя Узбекистана

Исажона Султана, а также рассказывается о сути романа,

писательском

мастерстве

и

героях.

Композиция

произведения основывается на рассказах, что повышает

1

Student, Urganch State University. E-mail: madaminovadilnura56@gmail.com

2

Ilmiy rahbar, f.f.n.,dots. Urganch davlat universiteti.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

241

Абу Фазл,

Мансур ибн Ирак.

его художественную ценность.

KIRISH

Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan vatanimiz qadimdan jahon

sivilizatsiyasi markazi, ilm-ma’rifat o‘chogi bo'lib, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga

munosib hissa qo‘shib kelgan. Zaminimiz ikki buyuk Uyg‘onishga beshik bo‘lgani shunday

deyishimizga asos bo‘la oladi. Tarixiy ma’lumotlar jahondagi eng qadimiy ilmiy

maskanlar ham aynan yurtimiz hududida paydo bo‘lganini tasdiqlamoqda.

Isajon Sulton XXI asr o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan

taniqli yozuvchidir. U o‘zining yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror nasri

bilan o‘zbek xalqi ma’naviyatining yuksalishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Yozuvchi tarixiy

shaxslar obrazlariga ko‘p murojaat qilgan. “Alisher Navoiy”, “Bilga Xoqon” romanlari,

“Robiya Balxiy”, “To‘linoy xayollari” qissalari va yangi “Abu Rayhon Beruniy” asarini

misol qilib keltirishimiz mumkin. Isajon Sulton adabiyot va tarix haqida shunday fikrlarni

bildirgan: “Usullar, shakllar o‘zgarsa-da, adabiyot o‘z ishida davom etaveradi – u

solnomachidir. Tarix kitoblari ma’lum davrda ro‘y bergan voqealardan darak bersa,

adabiyot o‘sha davr kishilarining kechinmalaridan so‘z yuritadi, ruhiyatiga nazar soladi...”

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Adabiyotimizda Beruniy siymosiga bag‘ishlangan Odil Yoqubovning “Ko‘hna

dunyo” romani, Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar” qissasi bor. Bu aszarlar

qatoriga Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani ham qo‘shildi. Birinchi Sharq

Renessansi yuzaga kelganida tamal toshini o‘tagan Xorazm “Dorul-hikma val-maorif”

akademiyasida tadqiqotlar olib borgan buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy va sulton

Mahmud G‘aznaviy haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton “Abu Rayhon

Beruniy” nomli tarixiy-biografik roman yozdi. Bu asar Abu Rayhon Beruniy tavalludining

1050 yilligiga bag‘ishlangan. Muallif asar shakliga katta e’tibor beradi. Bugungacha

yaratilgan barcha asarlarda Abu Rayhon Beruniyga shohlardan jabr ko‘rgan olim sifatida

qarash shakllangan edi, aslida Beruniy hukmdorlar panohida faoliyat yuritgan, ularning

barchasi ilm-fanga keng yo‘l ochib berishgan edi. Shunday hukmdorlaridan biri sulton

Mahmud G‘aznaviydir. “Abu Rayhon Beruniy” romanida sulton Mahmud G‘aznaviy

shaxsiyatiga ham kengroq o‘rin berilgan. Ushbu asarda yuzdan oshiq kishilar bor va

ularning barchasi Beruniy va Mahmud G‘aznaviy haqida so‘z aytishadi. Asar 13 qismdan

iborat bo‘lib, uning tarkibidagi hikoyatlar roman kompozitsiyasining asosini tashkil etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Quyida biz romandagi ayrim hikoyatlarga to‘xtalib o‘tamiz. Asar kompozitsiyasi

boshqa asarlarga nisbatan o‘zgacharoq yaratilgan. Roman Abu Fazl Rayyoniy hikoyasi

bilan boshlanadi, asar voqealari ham aynan shu shaxs tilidan keltiriladi. 13 qismdan

iborat mazkur romanning hikoya uslubi, badiiy tasvir vositalari va adibning so‘z

qo‘llashdagi mahorati jihatdan ham adabiyotimizning durdona asarlaridan biridir. Unda

X-XI asrda Movarounnahr va Xurosonda yuz bergan tarixiy voqealar, jasur va mard

sarkardalar – Alptegin, Sabuktegin, sulton Mahmud va Mas’ud G‘aznaviy kabi shaxslar

hayotiga oid voqealar qiziqarli tarzda bayon etilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Muallif ushbu asarda yangi bir uslubga qo‘l urgan, romanda voqealar Abu Fayz

laqabli Abdulloh Rayyoniy nomidan hikoya qilinadi. Beruniyning hayoti va kishilik

siymosi, ilm yo‘lidagi salohiyati, beqiyos tafakkuri Abu Fazl nigohi bilan tasvirlanadi.

Beruniy kabi buyuk zotlarni yetishtirgan muhitni ulug‘lab “Bunday muzaffarona ishlarni

qilmagan yoki qila olmagan sultonlar afsus va nadomat barmog‘ini tishlasinlar! Diyonat


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

242

va bilim yo‘lida saltanat iqtidorini sarflagan hukmdorlarga esa Tangrining salomlari

bo‘lsin!” deydi. [4;7]

Yoshi o‘n to‘rtda, zakosi to‘lib toshib turgan, ko‘zlarida o‘smirlarcha samimiyat va

soflik ufurib turgan Abu Rayhonning Mansur ibn Iroq bilan suhbatini “Qiyot. Abul A’lo
Gurganjiy hikoyasi”da ko‘rishimiz mumkin. Ushbu hikoyada Beruniy berilgan savollarga
o‘zining javobi bilan Mansur Ibn Iroqni hayratga soladi. Yosh Beruniy Abul A’lo
Gurganjiyning qo‘lida cho‘liq ya’ni cho‘pon bo‘lib ishlagan. Hikoya Gurganjiy tilidan
beriladi, Gurganjiy o‘z vaqtida bilim o‘rganmaganiga afsuslanib, Beruniyni Mansur Ibn
Iroq ixtiyorida qoldiradi. Shundan so‘ng, “Qiyot. Mansur Ibn Iroq hikoyasi” keltirilgan
bo‘lib, Abu Rayhonning yoshlikdan ilmdagi salohiyati yuksak ekanligini bilib olamiz.
Uning quyidagi gaplari fikrimizni isbotlaydi: “O‘smirlar zehnini Alloh taolo qay tarz
quvvatlantirishini va qay tarz bilimga chanqoq qilib qo‘yishini balsam edi ! Abu Rayhon
saboqlarni juda tez yodlab olardi. Shu bilan birga, ongida so‘ngsiz savollar paydo bo‘lar
va ularni mendan so‘rashdan tortinmasdi.”[4;22]

“Qiyot. Yadid Ibn Yunon hikoyasi”da esa Yadid Ibn Yunonning Beruniyga qo‘shni

bo‘lib qolishi, yosh olimga suryoniy tilini o‘rgatishi, Beruniyning 16 yoshida benazir aql-
zako egasi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. “Qiyot. Karvonboshi Sa’d hikoyasi” ham
karvonboshi Ahmad Abu Sa’d tilidan hikoya qilinadi. Ahmad Abu Sa’s Beruniy haqida
shunday deydi: “Abu Rayhon so‘zlarimni diqqat bilan tingladi. Tiniq ko‘zlariga, ravshan
aql balqib turgan nigohiga qarab turib, o‘z hayotim haqida o‘yladim. Allohga shukr,
shunday bir bandasi bilan meni uchrashtirib, umr qanchalar bebaho xazina ekanini, uni
nimalarga sarflash kerakligini ko‘rsatdi.” [4;47]

“Ray. Zargar Abu Zarr hikoyasi”. Ushbu hikoyada hikmat va bilim ortidan yugurib

yurgan musofir Beruniy va zargar Muhsin Abu Zarrning tanishuvi va Beruniyning
qimmatbaho buyumlarni o‘lchashda nimalardan foydalanishlariga qizqishi va o‘rganishi
voqealari tasvirlangan.

Shuningdek, asarda Al-Xo‘jandiy, Abu Sahl Masihiy, Xoja Minovandiy, Ko‘chi Baluj,

Shayx Mamshod Dinovariy, Shayx Xoja Abdul Aziz Barzoniy, Ayoz va nishopurlik kishi
hikoyalari berilgan. Muallif bu asarda Beruniy obrazini tasvirlar ekan, turli toifa
vakillariga murojaat qiladi. Bu esa asarning badiiy qiymatini yanada oshirgan.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” tarixiy-biografik
romani o‘zgacha uslubda yaratilgan. Ahamiyatlisi shundaki, muallif voqealarni
qahramonlar tilidan hikoya qilar ekan, Beruniy siymosini ortiqcha ta’riflarga o‘rab-
chirmab tashlamaydi. Uni uzun bo‘yli, quyuq qora qoshli, ko‘zlarida o‘smirlarcha
samimiyat va soflik ufurib turgan, o‘sha davr sultonlari tomonidan tilla-kumush, ot va
shunga o‘xshash qimmatbaho sovg‘alar berilganda barchasini rad etib, fikr-u zikri ilmda
bo‘lgan muazzam siymo sifatida gavdalantiradi. Beruniy ana shunday ulug‘ zot, “Abu
Rayhon Beruniy” romani esa ulug‘ zotga munosib asardir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

“O‘tmishdagi kabi qahramonlar yetishib chiqishi uchun, avvalo, u qahramonlarni

tanishtirish, o‘zligini anglatishdan tashqari, ular yetishib chiqqan tarixiy muhitni ham
jonlantirish zarur.”, – deganida Isajon Sulton mutlaqo haq edi. Xulosa qilib aytganda, Abu
Rayhon Beruniy asrlar davomida avlodlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, “Abu Rayhon
Beruniy” romani esa bu nomni yana tarix zarvaraqlariga muhrladi. Abu Rayhon Beruniy
haqidagi ushbu asar yoshlarimizni bilim o‘rganishga va yangidan-yangi kashfiyotlarni
maqsad qilib olishga ruhlantiradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

243

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdurahmonov Gʻ. Adabiy asar tilini oʻrganish haqida. – Toshkent. Fan. 1966.

2.

Badiiyat ufqlari. – Toshkent: Universitet, 2008.

3.

Hamdam U. Badiiy tafakkur tadriji. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002.

4.

Isajon Sulton. Abu Rayhon Beruniy. Toshkent: “Innovatsion rivojlanish

nashriyot-matbaa uyi”, 2023.

5.

Isajon Sulton nasri badiiyati: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar,

maktublar/ to‘plab nashrga tayyorlovchilar : G.Sattorova, M.Qo‘chqorova. – Toshkent:
Turon zamin ziyo, 2017.

6.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Risola. –T., Ma’naviyat, 2000. -112 bet.

7.

Q.Yoʻldoshev. Soʻz yolqini. –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa

ijodiy uyi, 2018. –B. 265.

8.

Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 2007. –

B.305.

9.

www.oyina.uz. “Osorul-boqiya” degan dasturxon yozaman, uning ne’matlarini

bironta zodagon yoki davlatmand huzuridan topolmaysan”. Beruniy siymosiga yangi
chizgilar.

Библиографические ссылки

. Abdurahmonov Gʻ. Adabiy asar tilini oʻrganish haqida. – Toshkent. Fan. 1966.

. Badiiyat ufqlari. – Toshkent: Universitet, 2008.

. Hamdam U. Badiiy tafakkur tadriji. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002.

. Isajon Sulton. Abu Rayhon Beruniy. Toshkent: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2023.

. Isajon Sulton nasri badiiyati: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar/ to‘plab nashrga tayyorlovchilar : G.Sattorova, M.Qo‘chqorova. - Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017.

. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Risola. –T., Ma’naviyat, 2000. -112 bet.

. Q.Yoʻldoshev. Soʻz yolqini. –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. –B. 265.

. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 2007. – B.305.

. www.oyina.uz. “Osorul-boqiya” degan dasturxon yozaman, uning ne’matlarini bironta zodagon yoki davlatmand huzuridan topolmaysan”. Beruniy siymosiga yangi chizgilar.