“Bilga xoqon” romanida inson va tabiat talqini

Annotasiya

Isajon Sulton XXI  asr o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan taniqli yozuvchidir. U o‘zining yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror nasri bilan o‘zbek xalqi ma’naviyatining yuksalishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Isajon Sulton o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur yozuvchilari qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratmoqda. Ushbu maqolada Isajon Sultonning tabiat va inson munosabatlarini tasvirlashdagi  badiiy mahorati “Bilga xoqon” romani orqali tadqiq etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
599-605
33

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Madaminova , D. ., & Rahimova , B. . (2024). “Bilga xoqon” romanida inson va tabiat talqini. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 2(1/S), 599–605. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67681
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Isajon Sulton XXI  asr o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan taniqli yozuvchidir. U o‘zining yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror nasri bilan o‘zbek xalqi ma’naviyatining yuksalishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Isajon Sulton o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur yozuvchilari qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratmoqda. Ushbu maqolada Isajon Sultonning tabiat va inson munosabatlarini tasvirlashdagi  badiiy mahorati “Bilga xoqon” romani orqali tadqiq etilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Interpretation of human and nature in the novel “Bilga
Khagan”

Dilnura MADAMINOVA

1

, Bekposhsha RAKHIMOVA

2


Urgench State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

Isajan Sultan is a well-known writer who has significantly

contributed to the development of Uzbek literature of the 21st
century. He has a special place in the rise of the spirituality of
the Uzbek people with his unique prose, created with high

artistic skill. Isajan Sultan, among the famous writers of Uzbek
and world literature, is creating irreplaceable works on the

topic of nature. This article explores Isajan Sultan's artistic skill
in describing nature and human relations through his novel

“Bilga Khagan”.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp599-605

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

man and nature,

dialogue,

knowledge hook,

Ishbara,

heroic speech,

father and son,

brothers.

“Bilga xoqon” romanida inson va tabiat talqini

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

inson va tabiat,

dialog,

Bilga xoqon,

Ishbara,

qahramon nutqi,

ota va o‘g‘il,

aka-uka.

Isajon Sulton XXI asr o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga

katta hissa qo‘shayotgan taniqli yozuvchidir. U o‘zining yuksak
badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror nasri bilan o‘zbek

xalqi ma’naviyatining yuksalishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Isajon
Sulton o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur yozuvchilari

qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratmoqda.
Ushbu maqolada Isajon Sultonning tabiat va inson

munosabatlarini tasvirlashdagi badiiy mahorati “Bilga xoqon”

romani orqali tadqiq etilgan.

1

Student, Urgench State University. E-mail: madaminovadilnura56@gmail.com.

2

Candidate of Philological Sciences, Associate Professor, Urgench State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

600

Толкование человека и природы в романе “Бильга

Каган”

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

человек и природа,

диалог,

Бильга

-

Каган,

намек,

речь героя,

отец и сын,

братья и сестры

.

Исаджон Султан –

известный писатель, внесший

большой вклад в развитие узбекской литературы XXI века.

Своей уникальной прозой, созданной с высоким

художественным мастерством, он занимает особое место в

подъеме духовности узбекского народа. Среди известных

писателей узбекской и мировой литературы Исаджон

Султан создает неповторимые произведения на тему

природы. В этой статье исследуется художественное

мастерство Исаджона Султана в изображении природы и

человеческих отношений в его романе «Бильга Каган».

O‘zining bir qator hikoya va qissalari bilan o‘quvchilarini topa bilgan,

adabiyotshunoslik ilmi sohasida ham muayyan tadqiqotlar olib borayotgan, yangi

asr ostonasida adabiyot maydonida shakl va mazmun qamrovi, ma’no

-mohiyati bilan

badiiy tafakkur olamidaturli xil mavzudagi asarlari bilan o‘quvchilar qalbidan joy olib
ulgurgan ijodkorlardan biri Isajon Sultondir. Istiqlol davri adabiyoti shaxsni o‘zlikni

anglash yo‘lidagi turfa xil holatlarni ramziy, majoziy, tasvir orqali aks ettirmoqda.
Istiqlolga erishganimizdan keyin yaratilgan ko‘pgina asarlardan oliy rutbaga

ko‘tarilgan, dunyo yaralishining sababi, adoqsiz ilohiy nur bilan yo‘g‘rilgan inson
ruhiyatidagi o‘zgarishlarni asar sujetiga singdirganligini adibning bir qator nasriy

asarlari misolida kuzatish mumkin. Bu davr adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham,
badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham biror qolipga solinmagan, tabiiy ravishda

taraqqiy qilayotgan estetik hodisa sifatida namoyon bo‘layotganligini ham qayd qilib
o‘tish lozim. Bu esa badiiy adabiyot uchun hayot haqiqatini ko‘rsatish bilan bir

qatorda inson ruhiy olamidagi ma’naviy evrilishlarni, turfa xil ziddiyatli holatlarni
tasvirlash jarayonida namoyon bo‘lmoqda: “Qahramonlar qismati, shaxsiyati, ruhiyati

tasviri, tahlilidan ko‘pdan

-

ko‘p ramziy

-simvolik ishoralar, shtrixlar, kinoya-kesatiqlar,

yana qandaydir sirli jihatlarga duch kelib xayolga tolasiz, ularning mag‘zini

chaqishga urinasiz”, deb qayd etganda adabiyotshunos Umarali Normatov haqli edi.

Shu boisdan ham, istiqlol adabiyoti xilma

xil, turfa xil ohangdagi badiiy asarlarni

maydonga keltirdi. Bu davr adabiyoti tipik odamni emas, balki alohida o‘ziga xos va

betakror odamni tasvir etmoqda. Istiqlol davri adabiyoti munosabatlar adabiyotiga,

tuyg‘ular, kechinmalar adabiyotiga aylanib ulgurdi.

Isajon Sulton nasri, jumladan, hikoyalari xususida ham qator tadqiqotlar yaratildi.

U.Normatov , A.Rasulov , I.G‘afurov ,Q.Yo‘ldoshev , U.Hamdam , R.Rahmat , H.Zaripov va
boshqalarning tadqiqotlarida Isajon Sulton asarlari tahlilga tortiladi. “Isajon Sulton nasri

badiiyati” kitobi ana shu tadqiqotlar samarasi o‘laroq maydonga keldi . Tadqiqotlarda
Isajon Sulton nasrining o‘ziga xos xususiyatlari, hikoyalardagi inson obrazining yangicha

tamoyillari, modern yo‘nalishdagi hikoyalarning o‘ziga xos jihatlari xususidagi
tadqiqotlari mavzuni to‘laroq yoritishga xizmat qiladi.

Isajon Sulton barcha asarlarida inson va tabiat bir-biridan ajralmas, ular koinot

cheksizliklarida yaxlit va bir butunlikni tashkil etadi, borliq bu

yaxlitlik, demoqchi

bo‘ladi. Inson borliqda benihoya nozik a’zo, nozik hujayralardan bino bo‘lgan. Samoning


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

601

cheksizligi uni qo‘rqitadi. Qo‘rqinch butun vujudi, hissiyotlari, kechinmalari, fikrlash

tarzlarini qamrab oladi. Uni faqat aql va jon muhofaza qiladi. Har qanday balo-qazo,

ofatlardan saqlaydi. ”Bilga xoqon” romanida ham inson va to‘fon, qo‘rquv va umid,

zarurat va adolat badiiy tasvir makonlariga tortiladi. Va bunda shoironalik nasr bilan,

nasr shoironalik bilan og‘ushta keladi. Yozuvchi ko‘proq bolalik zehniga mustahkam

o‘rnashgan taassurotlar, kechinmalar, fikr shu’lalari ustida sermanzara kartinalar chizadi.
“Yuraging titradimi, budunim” deb, narsa

-ashyolar, kimsalar, voqealar, qismatlarning

tanazzullarini qalamga tortib boradi. Uning butun ijodiy ongini “O‘lsang boshingni tik
tutib o‘l! Qolsang ko‘ksingni kerib

-

kerib yasha” degan sodda, ammo inson uchun behad

qimmatli so‘zlar boshqarayotgandek tuyuladi. Ilm

-

fanga ma’lum narsalar shoirona

qobiqqa solib aytilayotganga o‘xshaydi.

Tasvir jozibasi Isajon Sulton “Bilga xoqon” romanida juda mohirona beriladi.

“Uning teranliklarida hayot va haqiqat jozibasi yotgandagina qudratli badiiyat hodisasiga

aylanadi. Isajon Sulton yozuvchi sifatida shu yo‘sin va yo‘nalishni mahkam tutgan va o‘z
tanlagan badiiyat yo‘lidan shiddat bilan odimlamoqda. Odamlar endilikda hech narsadan

hayratlanmay qo‘ydi. Ularni hayratga solish juda qiyin. O‘yin mashg‘ulotlari behad
ko‘paygan va bu urchigan o‘yinlar butun xayollarini band etgan. Ammo kuch va ezgulik

barcha zamonlarda ham kechinmalar kalavasi va pildirog‘i bo‘lmish insonni hanuz
hayratga soladi. “Aqlga yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur”… Navoiy yaratilish va

yaralish naqshlaridan hayrat inson, ya’ni demak, aql uchun tugamaydi, Masihni ham yuz

hayratga solgan narsa shu

Yaratgan va uning yaralmishlari, deydi. Bizga hozir ma’lum

bo‘lgan narsadan ertaga hayratomuz hodisalar bunyod bo‘ladi. Va mangu hayotning
charxpalagi hech qachon yangilik va kashfiyotlar qilishdan to‘xtamaydi” .

Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida yaratilgan obrazlar va ularning ruhiyat

tasviri betakror. Yozuvchining yaratgan har bir qahramonidan kitobxon nimanidir

olishga va nimadandir voz kechishga harakat qiladi. Chunki, yozuvchi badiiy asoslashni

va bu boradagi badiiy detallarni juda o‘rinli qo‘llaydi. Shu boisdan ham Isajon Sulton

asarlarni o‘qigan kitobxonda voqealar real hayotda yuz berayotgandek tasavvur

qoldiradi. Adib xalqimizning adabiy-estetik ehtiyojini qondirishga shuningdek, ijtimoiy-

estetik didni o‘stirishga intilib kelayotgan iste’dodli ijodkorlardan biridir.

Yozuvchi hech qachon bitta holat, bitta masalaga yopishib olmaydi. Uning

“Shamolli kecha”, “Sog‘inch”, “Avliyo”, “Oydinbuloq” hikoyalarida shamol esishi, o‘yini,
qahri, muloyimligi o‘ziga xos timsol. Darvoqe, yozuvchining “Boqiy darbadar” romanida

bo‘ron dahshatli tush va ilohiy aralashuv sifatida ko‘rsatilgan edi. “Ozod”da sarsari
shamol ham hamroh, ham ustoz, ham roviy, ham tabiatning betakror kuchi. “Shamolli

kecha” hikoyasida shamol real voqelik hamda taqdir shamoli tarzida namoyon bo‘ladi.

Isajon Sulton barcha asarlarida inson va tabiat bir-biridan ajralmas, ular koinot

cheksizliklarida yaxlit va bir butunlikni tashkil etadi, borliq bu

yaxlitlik, demoqchi

bo‘ladi. Inson borliqda benihoya nozik a’zo, nozik hujayralardan bino bo‘lgan. Samoning

cheksizligi uni qo‘rqitadi. Qo‘rqinch butun vujudi, hissiyotlari, kechinmalari, fikrlash

tarzlarini qamrab oladi. Uni faqat aql va jon muhofaza qiladi. Har qanday balo-qazo,

ofatlardan saqlaydi. ”Qo‘riqchi”, “Shamolli kecha”, “Mansub

-

1984”, “Sog‘inch”, “Ozor”,

“Farishta”, “Xazinabon”, “Sofiya”, Suvdagi kosa”, “Atomlar muzeyida”, “Qismat”, “Bog‘i

Eram hikoyalari”, barcha qissalari va romanlarida inson va to‘fon, qo‘rquv va umid,

zarurat va adolat badiiy tasvir makonlariga tortiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

602

“Bilga xoqon” romanining I bo‘limi “Kichik yish” deb nomlangan bo‘lib, “Ko‘gman

tog‘i etaklariga qish bola tashlagan, qor momoguldurak bilan yoqqan edi.”, –

deya

boshlanadi. “Bilga xoqon” romani tariximiz bilan tanishishda katta ahamiyatga ega.

Romandagi tabiat tasvirlari o‘sha davrni tasavvur qilish, kitobxon ko‘z o‘nggida

gavdalantirishda asosiy vazifani bajargan. Isajon Sulton tasvir mahorati tufayli ham asar

muvaffaqiyatli chiqqan, “Bilga xoqon” romanida go‘yo o‘tmish tiriladi, tasvir mahorati
sabab asarda aks etgan voqelik jonlanadi. Ko‘z ilg‘amas olis zamon va makonga sayohat

qiladi:“Aytilganidek bo‘ldi. Qozonlar osilib, chaqmoqtosh bilan o‘t yoqildi, qor suvi
eritildi, teriga o‘rab qo‘yilgan oq moylar bilan etlar solindi. Qolgan

-qutgan tariqlardan

so‘k oshi qilindi, so‘ngak pishirildi. Chiqolmaganlarga idish

-oyoqqa solib ichkariga eltib

berildi, ko‘pchilik tashda, qozon tegrasida yeb olishgach, ulusning qorni to‘yib, bolalar

qor o‘ynab qolishdi, xotinlar qo‘nalg‘iga kirishdi. Bir qancha er Ishbara

-yu Bulut bilan

tashqarida, o‘yinga alahsigan bolalarni kuzatib turishardi.” Aslida, tarixiy mavzudagi

asarda kishini o‘ziga jalb etadigan jihati undagi tabiat tasvirining voqealiklar bilan
hamohangligidir. Isajon Sulton talqinidagi tabiat tasvirlari o‘tmishni boricha ko‘rsatadi,

asar tilining soda va so‘zlarning hamohangligi ham fikrimiz isbotidir:

a)

“Yillar o‘taverdi. Yana ko‘klam keldi, tog‘

-

u tosh, cho‘l uzra o‘t undi, ifor

yugurdi. Yilqi shunchalar ortdiki, sanog‘ini bilmas bo‘ldilar. Alplaru botirlar Kichik ko‘l

yoqalariga borib-

kelib turishardi.”

b)

“Kul Tigin tuproqqa berilgach, O‘tukan yishning eng yuksak yeriga, erkli

yellar tinmay esib turadigan yalangga qo‘rg‘on tiklanib, yo‘l qilindi, balbali tikildi. Biroq,

bular Kul Tigin qozongan zafarlarga ozlik qildi. Kul Tigin yotgan yerga borish yo‘lining
boshiga toshdan ikki qo‘chqor boshini qadadilar. Eng uzun, eng enli balbal toshlarini olib

kelib tikishgan edi, barchasining sanog‘i bir yuz o‘ttiz oltita bo‘ldi. Uzun yo‘ldan shunday,
balballar oralab o‘tib borilardi.”

c)

“Shundan keyin kun yetmish kez chiqib

-

botdi. Oy ikki kez sindi.”

d)

“Shu on ko‘kda qanot yoyib uchayotgan bir burgutni ko‘rdi.

U lochin emas, o‘lim qushi edi.

Ana o‘sha qush Ishbarani olib ketdi.

Ishbara ko‘kka uchdi.

Shu kuni-

yu undan keyingi kun tinimsiz yomg‘ir yog‘averdi. O‘langlar, o‘tlar

-u

toshlar ho‘l bo‘ldi. Suvlar toshib

-

toshib, qo‘y

-

qo‘zilarni oqizib ketdi.”

Asardan bunday misollarni ko‘p uchratamiz. Ona tabiat. Uning sofligi, tabiiyligini

asrab-avaylash va kelajak avlodga butunligicha yetkazish har bir davrda ham muhim

bo‘lgan. “Bilga xoqon” romani orqali uzoq o‘tmishdagi insonlarning turmush tarzi bilan

tanishar ekanmiz, Ishbara yamtarning murojaati bugungi kunimiz uchun ham dolzarbdir:

“Asra sen xoqoningni, yer

-

suvingni, o‘tlog‘ingni, qiz

-kelinlaringni, kuyovlaringni,

o‘g‘illaringni! O‘zingni, o‘g‘loningni, ish

-

kuchingni xoqoningga ber! Och eding, to‘q

bo‘lding, chig‘ay eding, but bo‘lding. To‘nsiz eding, to‘nli bo‘lding. Esingni yig‘, qattiq yig‘!”

Darhaqiqat, biz bugungi globallashuv zamonida esimizni qattiq yig‘ib tabiatni asrashimiz
zarur. Tabiat misoli zargarga o‘xshaydi. Uning bagʻridan unib chiqqan har bir daraxt, har

bir giyoh, hayvonot olami, oʻrmonlar oʻziga xos bir olamdir. Qisqa qilib aytganda, ona
tabiatga mehrli, muhabbatli boʻlaylik. Oilalardan boshlab ekologik tarbiyani

kuchaytiraylik.

Tabiatni

asrab-avaylashimiz,

gul-u

giyohlar,

daraxtzorlarni

parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiatni asrasak, bugungi hayotimiz va avlodlar kelajagi

uchun shunchalik koʻp qaygʻurgan boʻlamiz.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

603

Isajon Sulton asarlarida inson obrazining turli xil talqinlarini kuzatamiz. Adib

insonni jamiki murakkabliklari bilan aks ettirishga urinadi, inson va uning taqdiridagi

izohlash mushkul bo‘lgan chigalliklarni tushunishga urinadi. Uning qahramonlari

ko‘pincha o‘ylovchi, fikrlovchi, ma’nan baland, nozik tuyg‘ular egasi bo‘lgan insonlar.
Isajon Sulton “Bilga xoqon” romanida ko‘plab shaxslarga murojaat qiladi va betakror

obrazlar yaratadi. Jumladan, Bilga xoqon, To‘nyuquq, Kultegin, Ishbara yamtar, Bulut, El
Bo‘g‘u, Kunsuluv, Eltarish xoqon, Uyuq Tarlaq, Kur Shad va boshqalar. Yozuvchi

turklarning o‘tmishdagi hayotini juda oʻrinli topib tasvirlaydi, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va
Kultigin obrazlarining real qiyofasini chizadi: “Bilga xoqon o‘zg‘ir, alp xoqon, kishilarning

ichini o‘yib, o‘tday yondiradigan so‘zlarini so‘zlayverdi..”, “…o‘zi tugal, o‘yi teran Bilga
xoqon erlarini asradi, o‘lmasin dedi…”, “Bilga degan birovi xoqon o‘tirmish, bilmagani

yo‘qmish…”

Romandagi To‘nyuquq obrazini kuzatar ekanmiz, u yurt tinchligi yo‘lida ko‘p

yaxshi ishlarning boshida turadi. Mamlakat ozodligi, insonlarning erkin hayoti,
xoqonlikning tiklanishi va el-

yurt tinch yashashiga munosib hissasini qo‘shadi.

To‘nyuquq qo‘rqmas bahodir, ulug‘ yo‘lboshchi sifatida gavdalanadi, nuni Inigach ko‘l
yoqasidagi savash, Yaris dashtida kechgan janglar ta’rifida ko‘rishimiz mumkin.

Isajon Sulton qahramon nutqini individuallashtirish orqali uning shaxsiyati,

dunyoqarashi, ruhiyati haqida o‘quvchiga ko`p narsalarni yеtkaza oladi. Shuni ta’kidlash

kerakki, dialoglardagi qahramon nutqi obrazning to‘laqonli, jonli chiqishini ta’minlaydi.

Misol uchun, rommandagi dialoglarni keltirsak:

“ –

Kishi nima uchun yaraladi?

deb so‘radi u. Bir qarasang, pildirab yuradi,

yolg‘ondan ursang, g‘ingshib yig‘laydi. Keyin o‘sib

-

uylanib, bola ko‘radi. Ota

-enasi qariydi,

ularni boqaman deb ov qiladi, urushga kiradi. Keyin o‘ziyam o‘ladi…

Yana nima qilsin?

deb so‘radi Achun Kulug Tirig. –

Boshqa qiladigan ishi yo‘g‘

-

u?

To‘g‘ri, –

dedi Ishbara.

Yana nimayam qilsin?”;

“ –

Bilib qo‘y, hoy budun ! Kishi o‘g‘li o‘lgani tug‘ilarmish. Bir Tangri

yashagay. Bu kun, yo‘qsa, erta baribir o‘lajaksan! Shunga deyman: qo‘rqma!

Shoqoldayin ochlikdan o‘lma! Sillang qurib cho‘zilib yotma! O‘lsang boshingni tik tutib o‘l!
Qolsang ko‘ksingni kerib

-kerib yasha!

Yasha! Yasha!

deb hayqirdi budun.”

Yozuvchi kitobxon didining yuksakligi, hissiyotlarining ingichkaligi, so‘z zalvorini

his qilish salohiyatiga ishonadi. Kechinma va tuyg‘ularni moddiylashtirish, har bir so‘zni
joyida qo‘llash, holatlarni manzaralantirish, ramz va ishoralar tilida so‘zlash, chigal

o‘ylar

-u iztiroblar, tasvirlar ana shu ishonchdan oziqlanadi. Isajon Sulton nasrida

bugungi davr o‘zbek adabiyotidagi izlanishlariga xos bir talay belgilar mujassam. Ularda

ijtimoiy-

axloqiy taraqqiyot yo‘sinlari alohida shaxs ruhiyati orqali tasvirlanadi. Adib olam

va odam ruhiyatiga mansub hodisalarni o‘ziga xos tarzda ifodalaydi. Shaxsning bir

qarashda anglash mushkul bo‘lgan murakkab ruhiyati, hissiyoti va ko‘ngil talpinishlarini
badiiy tadqiq etar ekan, unga alohida betakror qadriyat sifatida qaraydi, ma’naviyatini

turli rakurslardan turib kuzatadi. “Bilga xoqon” romani yangilanayotgan milliy
tafakkurning hosilasi, o‘ziga xos estetik hodisadir. Adib oddiy va jo‘n tuyulgan

voqealardan ulkan mazmun topishga intiladi. Bu xususiyat uning yirik epik manzaralar

tasviriga o‘tishiga yo‘l ochadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

604

“Isajon Sulton ko‘proq ota, ona, opa

-singil, aka-ukalar, ularning bir-biriga mehr-

oqibati to‘g‘risida yozishni xush ko‘radi. Adibning ta’kidlashicha, “Ota naqadar ulug‘ zot,
ona esa qanchalar muqaddas ekanini” yosh avlod ongiga singdirish har bir

qalamkashning muqaddas burchidir. Ularni yozuvchining barcha asarlarida uchratish

mumkin. Ayniqsa, “Ota qasidasi”, “Otamga nimadir bo‘ldi”, “Shamolli kecha”, “Men, onam

va O‘rta yer dengizi” hikoyalari, “Munojot”, “Onaizorim” kabi qissalari bu jihatdan

xarakterlidir. Aslida ota-ona mavzusining manguligi, ular obrazi yaratilgan asarlarning

son-

sanog‘i yo`qligi barchaga ma’lum. Shuningdek, ota

-

ona to‘g‘risida hech yo‘q bir satr

ko‘ngil izhorini bitmagan ijodkor ham uchramaydi. Biroq, Isajon Sulton tasvirlagan ota,

xususan, ona obrazi o‘ziga xos tabiati va qiyofasi bilan ajralib turadi” . “Bilga xoqon”
romanini o‘qir ekansiz, oila, ota va o‘g‘il, aka va uka o‘rtasidagi munosabatlar hamma

zamonda ham dolzarbligini yo‘qotmaganini guvohi bo‘lasiz. Asarni o`qish davomida bu

kabi misollarni ko`plab uchratishimiz mumkin. Adib bu qahramonlarni shunchaki

yaratmagan, balki ularni kashf etgan. Romanning “Ishbara yamtarning o‘tmishi” qismida
“Toy ot bo‘lsa, ot tin olur, o‘g‘il er yetilsa otasi tin olur” maqoli qo‘llanilgan. Ishbara botir

Alp Qora Boʻgʻuning oʻgʻli edi. Qora Boʻgʻu uzun boʻyli, koʻngli qattiq kishi edi. Ishbarani
suyagi otasiga tortadi. Oʻn ikki yoshida otasiga tenglashib, yonida yuradi. Qora Boʻgʻu

“Toy ot boʻlsa, ot tin olur, oʻgʻil er etilsa, otasi tin olur”,

-

deb, oʻgʻliga bori bilganlarini

oʻrgatadi. O‘tmishga, bobo

-

momolarimizning hayotiga nazar tashlasak, oilada o‘g‘il bola

tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Bolaligidan oilaning suyanchi, kattasi, opa

-

singillarining himoyachisi bo‘lishini, qolaversa, Vatanning tayanchi ekanini uqtirib, shu

asosda tarbiya berilgan. El Bo‘g‘u ham o‘g‘lini xuddi shunday maqsadda tarbiyalaydi.

Farzand tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor

vazifalardan biri bo‘lib kelgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, badiiy asarning salmoqdorligi, voqelik

mohiyatiga chuqurroq kirib borish, inson ichki olamini anglashga intilish Isajon Sulton
asarlarining asosiy jihatlaridan biridir. U inson qadri, azaliy qadriyatlar, odamlararo

munosabat izlarini turfa taqdirlar ko‘nglidan izladi. Bu borada muallifning badiiy
mahorati “Bilga xoqon” romanida yaqqol sezilib turadi. Isajon Sulton yaratgan o‘tmish

dunyoning oddiy odamlariga xos favqulodda jihatlar kitobxon qalbiga juda-juda yaqinligi
bilan diqqatga loyiqdir. Isajon Sulton inson xarakterini chuqur anglab tasvirlashda

bugungi kunning eng ilg‘or adiblaridan biridir. “Bilga xoqon” va boshqa asarlarida hozirgi
nasrimizda kechayotgan ijodiy izlanishlar o‘z ifodasini topgan. Bu holatni asarlarining

mavzu va uslubiy-shakliy jihatdan rang-

barangligida, epik bayonning ta’sirchanligi va

qahramonlar ichki olamining teran tasvirida ko‘ramiz. Bu qahramonlar turli yosh va

kasbga mansub bo‘lishsa ham ularning qismati Vatan taqdiri bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, har birining o‘z qarashi, individual xususiyatlari, milliy koloritni aks ettiruvchi

betakror jihatlari bor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Abdurahmonov Gʻ. Adabiy asar tilini oʻrganish haqida.// Oʻzbek tili oʻqitish

metodikasi.

Toshkent. Fan. 1966.

2.

Badiiyat ufqlari.

Toshkent: Universitet, 2008.

3.

Hamdam U. Badiiy tafakkur tadriji.

Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002.

200 b.

4.

Isajon Sulton.”Bilga xoqon” roman, qissalar va hikoyalar. Toshkent: Factor books

nashriyoti, 2022.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

605

5.

Isajon Sulton nasri badiiyati: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar/

to‘plab nashrga

tayyorlovchilar:

G.Sattorova, M.Qo‘chqorova.

- Toshkent: Turon

zamin ziyo, 2017.

6.

N.Rahmonov. Mangu bitiktoshlar ilhomi: https://uza.uz/posts/25169.

7.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Risola.

–T., Ma’naviyat, 2000.

-112 bet.

8.

Q.Yoʻldoshev. Soʻz yolqini. –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot

-matbaa

ijodiy uyi, 2018.

B. 265.

9.

Rasulov A. Badiiylik

bezavol yangilik.

Toshkent: “Sharq” NMAK, 2007. –

B.305.

Bibliografik manbalar

Abdurahmonov Gʻ. Adabiy asar tilini oʻrganish haqida.// Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent. Fan. 1966.

Badiiyat ufqlari. – Toshkent: Universitet, 2008.

Hamdam U. Badiiy tafakkur tadriji. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002. – 200 b.

Isajon Sulton.”Bilga xoqon” roman, qissalar va hikoyalar. Toshkent: Factor books nashriyoti, 2022.

Isajon Sulton nasri badiiyati: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar/ to‘plab nashrga tayyorlovchilar : G.Sattorova, M.Qo‘chqorova. - Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017.

N.Rahmonov. Mangu bitiktoshlar ilhomi: https://uza.uz/posts/25169.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Risola. –T., Ma’naviyat, 2000. -112 bet.

Q.Yoʻldoshev. Soʻz yolqini. –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. –B. 265.

Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 2007. – B.305.