Profilaktika inspektorining oilaviy nizolarni bartaraf etishda himoya orderining o‘rni

Аннотация

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlaming zamirida avvalambor inson qadri yotadi. Fuqarolaming huquq va erkinliklarini ta’minlash, huquqbuzarliklami oldini olish borasida bir qancha ijobiy ishlar qilinmoqda. Dono xalqimiz “Vatan oiladan boshlanadi” - deb bejiz aytishmagan. Negaki avvalo oila tinch ekan mahalla tinch, mahalla tinch ekan tuman, viloyat tinchdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu xususida to’xtalib o‘tar ekan, “Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo’lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida c’tibor bermasa, hcch qaehon natija bo’lmaydi”- dcya o‘z fikrlarini bayon qilgan. Bu avvalo “tuman-mahalla-oila-fuqaro” kesimida ish olib borish kerakligi belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar soni 9 503 244 ta bo‘lib, undan 30 yoshgacha bo’lgan yosh oilalar soni 2 886 296 tani, birgina joriy yil oktabr oyi yakuniga ko‘ra esa yangi rasmiylashtirilgan nikohlar soni 214 923 tani tashkil etgan bo‘lsa 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 40 200 ta oilaviy ajrimlar qayd ctilgan. Oila qurganiga 5 yil to’lmagan oilalar o’rtasidagi ajrimlar esa 17 628 tani tashkil etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, nafaqat yosh oilalarda balki turmush qurilganiga ancha yillar bo’lgan oilalarda ham ajrimlar soni ko’payayotganligini ko’rish mumkin.

CC BY f
56-62
28

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Утепов D., & Ергашев S. (2024). Profilaktika inspektorining oilaviy nizolarni bartaraf etishda himoya orderining o‘rni. Актуальные вопросы обеспечения прав женщин и предотвращения насилия в семье в Узбекистане, 1(1), 56–62. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ensuring-womens-rights/article/view/36692
Дилмурод Утепов, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан
Старший преподаватель кафедры профилактики преступности, майор
Сардорбек Ергашев, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан
курсант дневного обучения
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlaming zamirida avvalambor inson qadri yotadi. Fuqarolaming huquq va erkinliklarini ta’minlash, huquqbuzarliklami oldini olish borasida bir qancha ijobiy ishlar qilinmoqda. Dono xalqimiz “Vatan oiladan boshlanadi” - deb bejiz aytishmagan. Negaki avvalo oila tinch ekan mahalla tinch, mahalla tinch ekan tuman, viloyat tinchdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu xususida to’xtalib o‘tar ekan, “Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo’lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida c’tibor bermasa, hcch qaehon natija bo’lmaydi”- dcya o‘z fikrlarini bayon qilgan. Bu avvalo “tuman-mahalla-oila-fuqaro” kesimida ish olib borish kerakligi belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar soni 9 503 244 ta bo‘lib, undan 30 yoshgacha bo’lgan yosh oilalar soni 2 886 296 tani, birgina joriy yil oktabr oyi yakuniga ko‘ra esa yangi rasmiylashtirilgan nikohlar soni 214 923 tani tashkil etgan bo‘lsa 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 40 200 ta oilaviy ajrimlar qayd ctilgan. Oila qurganiga 5 yil to’lmagan oilalar o’rtasidagi ajrimlar esa 17 628 tani tashkil etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, nafaqat yosh oilalarda balki turmush qurilganiga ancha yillar bo’lgan oilalarda ham ajrimlar soni ko’payayotganligini ko’rish mumkin.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

56

2023 йил 6 декабрь

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILAVIY NIZOLARNI

BARTARAF ETISHDA HIMOYA ORDERINING O‘RNI

Utepov Dilmurod Sheraliyevich,

O ‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi Huquqbuzarliklarprofilaktikasi

faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, mayor

Ergashev Sardorbek Farhod o‘g‘li,

O‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi kunduzgi ta ’lim kursanti

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning zamirida

avvalambor inson qadri yotadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash,
huquqbuzarliklarni oldini olish borasida bir qancha ijobiy ishlar qilinmoqda. Dono
xalqimiz “Vatan oiladan boshlanadi” - deb bejiz aytishmagan. Negaki avvalo oila
tinch ekan mahalla tinch, mahalla tinch ekan tuman, viloyat tinchdir. Prezident
Shavkat Mirziyoyev ham bu xususida to‘xtalib o‘tar ekan, “Oila men uchun
muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim
bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat,
tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi”- deya o‘z fikrlarini
bayon qilgan. Bu avvalo “tuman-mahalla-oila-fuqaro” kesimida ish olib borish
kerakligi belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar soni 9 503 244 ta
bo‘lib, undan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar soni 2 886 296 tani, birgina joriy yil
oktabr oyi yakuniga ko‘ra esa yangi rasmiylashtirilgan nikohlar soni 214 923 tani
tashkil etgan bo‘lsa 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 40 200 ta oilaviy ajrimlar
qayd etilgan. Oila qurganiga 5 yil to‘lmagan oilalar o‘rtasidagi ajrimlar esa 17 628
tani tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nafaqat yosh oilalarda balki turmush
qurilganiga ancha yillar bo‘lgan oilalarda ham ajrimlar soni ko‘payayotganligini
ko‘rish mumkin.

So‘nggi vaqtga kelib oila sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli

islohotlarga qaramay, oila-turmush sohasidagi muammolar, ayniqsa, er-xotin,
qaynona-kelin munosabatlarida qarama-qarshilik ko‘payib borayotgani, oilada erlar
tomonidan o‘z ayollariga nisbatan ma’naviy, jismoniy va ruhiy tazyiqlarning avj
olayotgani achchiq haqiqatdir. Bu sohadagi huquqbuzarliklarni oldini olish, oilada
barqaror sog‘lom muhitni qaror toptirish borasida qator qonunlar va qarorlar ishlab
chiqarilgan. Bu borada 2023-yil 11-aprel kuni qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq
va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bu sohadagi eng muhim
vazifalarni belgilab berdi. Ushbu hujjat bilan sohadagi yuzga kelayotgan
kamchiliklar, ko‘p vaqtdan beri jamoatchilik tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘la-
yotgan muammolarga barham berildi.

Yurtimiz oilalarida odatda ko‘p a’zolik, ya’ni nafaqat er va xotin, balki ularning

qarindoshlari ham munosabatlar zanjirida muhim rol o‘ynaydi. Qaynona, qaynota va
boshqa qarindoshlarning oiladagi kelinga zulm qilishi, uning so‘zsiz bo‘ysunishini,
hech qanday imtiyozlar talab qilmasligini istashi yoki ota-onaning farzandga,
kelinlarning betob qaynona yoki qaynotaga bosim o‘tkazishi kabi holatlar kuzatiladi.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

57

2023 йил 6 декабрь

Afsuski, ana shu vaziyatlar aksar hollarda jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishiga
yoki oxirgi, kritik nuqtaga yetib borguncha zulmga bardosh berib, jiddiy tan
jarohatlari, ruhiy zarbalar olishiga, sog‘lig‘ini tiklanmas darajada yo‘qotishiga sabab
bo‘ladi. Qolaversa, jamiyatda birovning ichki ishiga aralas- hmaslik, o‘z tinchini
o‘ylash, muammoga beparvolik va toqatlilik holatlar mavjud. Oilaviy zo‘ravonlik
nazoratdan chiqib, muammo kattalashgach, qilingan murojaatlar ko‘pincha
profilaktika inspektori yoki mahalla fuqarolar yig‘inida tezda yopiladi, sabablar
o‘rganilmaydi, faqat o‘sha vaziyatning o‘zigagina taalluqli, vaqtinchalik choralar
bilan cheklanib qolinadi. Natijada muammo chuqurroq ildiz otib boraveradi.
Achinarlisi ko‘pincha jabrlanuvchining o‘zi murojaat qilmaydi yoki ishni javobgarni
jazolashgacha olib bormay, da’vosini qaytarib oladi. Jazolanmagan jinoyatlar esa
vaqt o‘tgani sari kattalashishi yoki yana takrorlanishi sir emas.

Boshqarib bo‘lmaydigan, kishi hayotiga xavf tug‘diradigan, uni o‘z joniga qasd

qilish darajasiga yetkazadigan oilaviy zo‘ravonlik katta ijtimoiy muammoga aylanib
bormoqda. U bilan davlat miqyosida kurashish lozim.

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonunlar - 2016” deb nomlangan

hisobotida aytilishicha, hozirda dunyodagi 46 mamlakatda oilaviy zo‘ravonlikni
taqiqlovchi qonunlar mavjud emas va bu o‘zining salbiy jihatlarini ko‘rsatmay
qolmayapti.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha xotin-

qizlar umumiy sonidan 35 foizi, ya’ni har uchinchisi zo‘ravonlikka duch kelmoqda.
Bu degani, ushbu muammo jahondagi hech bir mamlakatni chetlab o‘tmagan, u xoh
rivojlangan, xoh rivojlanayotgan yoki uchinchi dunyo davlati bo‘lsa ham. Shunga
yarasha, bu muammoni bartaraf etish yo‘nalishida ko‘pgina mamlakatlar o‘ziga xos
tajriba to‘plaganlar. Bunda asosiy tamoyil - davlat va nodavlat tuzilmalarining
jamoatchilik bilan doimiy aloqada bo‘lishidan iborat. Chunki zo‘ravonlik, har qanday
jinoyat kabi, ogohlik va shaffoflikdan “qo‘rqadi”, zo‘ravonning xatti-harakatlari
jamiyat tomonidan qoralanishi esa uni to‘xtatishning eng samarali yo‘li. Shu jihatdan
O‘zbekiston ham turli mutasaddi tuzilmalar va jamoat tashkilotlar hamda keng
jamoatchilikning bu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi
xorijiy tajribasidan foydalanmoqda. Bu ayniqsa tegishli yo‘nalishda qabul
qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ustida ishlashda yaqqol namoyon
bo‘lmoqda. Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish
yo‘nalishida ham yangi tajribalar qo‘llanilmoqda. Bu ham juda muhim, chunki xuddi
o‘sha himoya orderi yoki boshqa imkoniyatlardan foydalanish uchun ham
zo‘ravonlikka duch kelayotgan xotin- qizlar ular haqida bilishlari lozim. Shundagina
ular o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqara oladilar.

O‘zbekistonda 2021-2022-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga

oiladagi kamsitishlar bo‘yicha 72 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 61
mingdan (85 foizdan) ortig‘i xotin-qizlarning kamsitilishiga taalluqli bo‘lgan.,
BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi
tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun alohida
ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

Endilikda er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ining o‘z huquqlarini amalga


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

58

2023 йил 6 декабрь

oshirishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa yoki tahqirlasa, qo‘rqitsa, yaqin
qarindoshlardan ajratib qo‘ysa, qilmishning og‘irlik darajasidan kelib chiqib,
ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Masalan, shaxs o‘z turmush o‘rtog‘ini haqoratlab, qadr-qimmatini tahqirlasa, 6

mln so‘m jarimaga tortiladi. G‘arazli niyatlar bilan kaltaklab, badaniga og‘ir tan
jarohati yetkazsa, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilda ilgari himoya orderi berilgan xotin-qizlarning

12 nafari takroran zo‘ravonlikka uchragan.

Zo‘ravonlik

- xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy

ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish
orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun
bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan
g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);

Himoya orderi

- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini

taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik
sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan
ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjatdir.

Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan, ularni sodir etishga moyil

bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi. Tazyiq va zo‘ravonlikdan
jabrlangan shaxslar hisobini yuritish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish
profilaktika inspektorining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Himoya orderi quyidagi holatlarda beriladi:

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning murojaati;

jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, OAV va ijtimoiy

tarmoqlarda tarqalgan xabarlar;

tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar

xodimlari tomonidan aniqlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar.

Tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risida xabar bergan shaxslar va tazyiq va

zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘riqlanadi. O‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan jabrlanuvchilarning himoya orderini berish to‘g‘risidagi arizasi ularning
qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida ko‘rib
chiqiladi. Profilaktika inspektori ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari
tomonidan taqdim etilgan murojaatlar va xabarlarni 24 soat mobaynida o‘rganib
chiqadi hamda o‘rganish davomida:

- jabrlanuvchi va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar hamda boshqa shaxslar bilan

holat yuzasidan suhbat o‘tkazadi;

-

jabrlanuvchi va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning turmush tarzi, tazyiq va

zo‘ravonlik sodir etilishining kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganadi;

-

jabrlanuvchi va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya

qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

59

2023 йил 6 декабрь

Himoya orderi uch qismdan iborat bo‘lib:

S

birinchi qismi (asli) to‘ldirilgandan so‘ng jabrlanuvchilarga beriladi;

S

ikkinchi qismi (nusxasi) zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga beriladi;

S

uchinchi qismi profilaktika inspektorida qoladi.

Himoya orderi

o‘ttiz kun

muddatgacha beriladi (xavf bartaraf etilmagan

taqdirda bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzaytiriladi)
va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:

S

tazyiq o‘tkazishni va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash;

S

tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va

zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va ta’lim
muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq o‘tkazgan va
zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yo‘l qo‘yiladi);

S

tazyiq o‘tkazilgan va zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zo‘ravon-

likdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning
bir xonada birga bo‘lishini taqiqlash;

S

tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va

zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va
zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazga
joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash,
shuningdek, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklash;

S

tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat

quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki
unda ko‘rsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek, qurol sotib
olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.

Himoya orderida qonun hujjatlarida belgilanmagan boshqa cheklovlarni

nazarda tutish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 11.04.2023-yil kunidagi

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini
ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan
o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

gi O‘RQ-829-son qonuniga asosan himoya

orderining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini hal qilishda, sud nazarda
tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qo‘llashga haqli:

J

tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning muayyan joylarga

borishini taqiqlash;

•S

narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish

kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir
etgan shaxsning zimmasiga yuklatish;

tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchi


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

60

2023 йил 6 декабрь

yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrla-
nuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini
vaqtinchalik cheklash.

Himoya orderining amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:

jabrlanuvchi himoya orderini tugatishni so‘rab murojaat qilganda;

himoya orderida belgilangan muddat (uzaytirilgan muddat) tugaganda;

jabrlanuvchi yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsdan biri sud tomonidan

muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

sodir etgan jinoyati uchun jabrlanuvchi yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning

biriga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanganda;

jabrlanuvchilar yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning biri sodir etgan jinoyati

uchun ozodlikdan mahrum etilganda;

jabrlanuvchilar yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning biri majburiy

davolanishga yuborilganda;

jabrlanuvchi va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning biri qonun hujjatlariga

muvofiq doimiy yashash joyidan uzoq muddatga boshqa mamlakatga chiqib
ketganda;

jabrlanuvchi va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslardan biri vafot etganda.

Amalda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxsga himoya orderi ichki ishlar

idoralari tomonidan 30 kunga berilar edi, endilikda “Xotin-qizlar huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilish tizimi yanada
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan esa
bunday orderning muddati sud tomonidan 1 yil muddatgacha uzaytirilishi
belgilanmoqda. Bundan ko‘rinadiki oldin ushbu harakat faqat profilaktika katta
inspektori tomonidan amalga oshirilgan va bunda o‘ziga yarasha bir qancha
kamchiliklar aniqlangan.

Shuningdek, himoya orderi bilan zo‘ravonga nisbatan jabrlanuvchi yashaydigan

turar-joy maydoni yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyi
yoki boshqa joylarga yaqinlashishini muayyan vaqtga cheklash, muayyan joylarda
bo‘lmaslik, narkologik kasallikdan davolanish kabi qo‘shimcha majburiyatlar
yuklatilish mumkinligi belgilanmoqda.

Bu borada

oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar va ularning qarovsiz

qolayotgan voyaga yetmagan farzandlari uchun sud qarori chiqqunga qadar aniq bir
mexanizm bilan tartibga solinadigan maxsus vaqtinchalik boshpana maskanlari
tashkil qilinishi darkordir. Masalan, 2008-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmoni bilan odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish
bo‘yicha

Reabilitatsiya etish markazi

tashkil etilgan edi. Shu kabi reabilitatsiya

markazlari oilada zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan odamlar uchun ham bunyod etilishi
lozim. Markazlar jabrdiydalarga tibbiy, psixologik, ijtimoiy va yuridik yordam
ko‘rsatishi kerak. Bunday markazlar nafaqat shaharlarda, balki viloyat va qishloq
hududlarida ham ochilishi lozim. Chunki sodir etilayotgan zo‘ravonlik va boshqa
g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar nafaqat shaharlarda, balki qishloq hududlarida sodir


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

61

2023 йил 6 декабрь

etilmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, xalqimizning tinch va osuda hayot

kechirishi, jamiyatimizning rivoj topishi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.
Shunday ekan bu boradagi majburiyatlarimizni vijdonan ado etgan holda oilaviy
zo‘ravonliklarni oldini olish borasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya
etib yashash barchamizning ham fuqarolik, ham insoniy burchimizdir. Muqaddas
dinimizda ham insonlar bir-birlarini aslo kamsitmasligi, o‘zaro hurmat va ishonch ila,
milliy qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni tark qilishlari keltirib
o‘tilgandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., 2023, 126-b.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // - URL: http:lex.uz.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi //

- URL: http:lex.uz.

4.

O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi

(16.09.2016 y.) qonuni // O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami. -
T., 2016. - № 38. - 438-m.

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan

himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019 yil 2 sentabr, O‘RQ-561-son // URL:
http://www.lex.uz.

6.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari

hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasiunur ayrim qonun
xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2023 yil 11
aprel, O‘RQ-829-son // URL: http://www. lex.uz.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va

zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori, 2020 yil 4 yanvar, VMQ 3-son // URL:

http://www.lex.uz

.

8.

Yugay, L. Y. "Biometrics as a means of monitoring migration processes."

(2022).

9.

Югай, Людмила. "Методика компьютерно-технической экспертизы по

преступлениям

в

сфере

цифровых

технологий." Противодействие

правонарушениям в сфере цифровых технологий и вопросы организационно-
правового обеспечения информационной безопасности 1.01 (2022): 68-76.

10.

Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ

КАК ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ
BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST
TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ–НОВЫЕ ВЫЗОВЫ
РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.

11.

Югай, Людмила. "Вопросы классификации биометрической

идентификации личности в эпоху цифровизации." Актуальные вопросы и
перспективы цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 181-
187.

12.

Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

62

2023 йил 6 декабрь

criminalistics." Society and innovations, Special 7 (2022): 289.

13.

Югай, Людмила. "Совершенствование института адвокатуры в

контексте конституционных реформ." Общество и инновации 4.8/S (2023): 1-9.

Библиографические ссылки

O‘zbckiston Rcspublikasining Konstitutsiyasi. - T., 2023, 126-b.

0‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // - URL: http:lex.uz.

0‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi // - URL: http:lex.uz.

0‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi (16.09.2016 y.) qonuni // 0‘zbckiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami. -T.,2016.-№38.-438-m.

0‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019 yil 2 sentabr, O‘RQ-561-son // URL: http://www.lex.uz.

0‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan 0‘zbekiston Respublikasiunur ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2023 yil 11 aprel, O‘RQ-829-son // URL: http://www. lex.uz.

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2020 yil 4 yanvar, VMQ 3-son // URL: http://www.lex.uz.

Yugay, L. Y. "Biometrics as a means of monitoring migration processes." (2022).

Югай, Людмила. "Методика компьютерно-технической экспертизы по преступлениям в сфере цифровых технологий." Противодействие правонарушениям в сфере цифровых технологий и вопросы организационноправового обеспечения информационной безопасности 1.01 (2022): 68-76.

Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ КАК ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ-НОВЫЕ ВЫЗОВЫ РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.

Югай, Людмила. "Вопросы классификации биометрической идентификации личности в эпоху цифровизации." Актуальные вопросы и перспективы цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 1 SI-187.

Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in criminalistics." Society and innovations, Special 7 (2022): 289.

Югай, Людмила. "Совершенствование института адвокатуры в контексте конституционных реформ." Общество и инновации 4.8/S (2023): 1-9.