Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida “Fozil odamlar shahri” asarining ahamiyati

Annotasiya

So’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida Ichki Ishlar Organlariga, umuman tizimga bo’lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Islohotlarning natijasi sifatida davlatimiz rahbari hamda Ichki ishlar vaziri tomonida qabul qilingan bir qator farmon, qaror, buyruqlami keltirib o‘tishimiz mumkin. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 2-aprelda qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” tasdiqlan- di. Ushbu konsepsiyada Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, xodimlar ma’naviy salohiyati hamda mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ulaming ongida Vatan taqdiri hamda kelajagi uchun daxldorlik tuyg’usini yanada mustahkamlash kabi ulug‘ maqsadlar o‘z aksini topgan.

  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
  • Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси
CC BY f
101-104
28

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Utepov, D., & Fazliddinova, F. (2024). Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida “Fozil odamlar shahri” asarining ahamiyati . Ўзбекистонда хотин-қизларнинг ҳуқуқларини таъминлаш ва оилавий зўравонликни олдини олишнинг долзарб масалалари, 1(1), 101–104. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ensuring-womens-rights/article/view/36702
Dilmurod Utepov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Huquqbuzarliklarprofilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, mayor
Farida Fazliddinova, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси
kunduzgi ta ’lim kursanti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

So’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida Ichki Ishlar Organlariga, umuman tizimga bo’lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Islohotlarning natijasi sifatida davlatimiz rahbari hamda Ichki ishlar vaziri tomonida qabul qilingan bir qator farmon, qaror, buyruqlami keltirib o‘tishimiz mumkin. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 2-aprelda qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” tasdiqlan- di. Ushbu konsepsiyada Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, xodimlar ma’naviy salohiyati hamda mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ulaming ongida Vatan taqdiri hamda kelajagi uchun daxldorlik tuyg’usini yanada mustahkamlash kabi ulug‘ maqsadlar o‘z aksini topgan.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

101

2023 йил 6 декабрь

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI FAOLIYATIDA “FOZIL

ODAMLAR SHAHRI” ASARINING AHAMIYATI

Utepov Dilmurod Sheraliyevich,

O‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi Huquqbuzarliklarprofilaktikasi

faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, mayor

Fazliddinova Farida Nasriddin qizi,

O‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi kunduzgi ta ’lim kursanti

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida Ichki

Ishlar Organlariga, umuman tizimga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib
bormoqda. Islohotlarning natijasi sifatida davlatimiz rahbari hamda Ichki ishlar vaziri
tomonida qabul qilingan bir qator farmon, qaror, buyruqlarni keltirib o‘tishimiz
mumkin. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 2-aprelda qabul qilingan
“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi
kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan “Ichki ishlar organlarida
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” tasdiqlan- di. Ushbu
konsepsiyada Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil
etish tizimini yanada takomillashtirish, xodimlar ma’naviy salohiyati hamda
mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularning ongida Vatan taqdiri hamda kelajagi
uchun daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash kabi ulug‘ maqsadlar o‘z aksini
topgan.

Ichki ishlar xodimlarida xizmat burchiga sadoqat va mas’uliyat hissini oshirish

Vatanga sidqidildan xizmat qilish sharafli burch ekanligini ongu-shuuriga
singdirishga kitob mutolaasi muhim va ta’sirchan vosita hisoblanadi. Tizim xodimlari
o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellectual salohiyati,
siyosiy-huquqiy bilimini ohirish ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ulug‘
ajdodlarimizning ma’naviy merosini, ularning noyob asarlari, ibratli hayoti va
ijtimoiy faoliyatini chuqur o‘rganish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi Ichki
ishlar organlari xodimlari o‘rtasida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan tashqari Ichki ishlar vazirining 2021-yil 3-iyuldagi buyrug‘iga asosan

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati
tasdiqlangan.

Ushbu ro‘yxatda Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari ham

mavjud bo‘lib, ushbu asar Ichki ishlar organlari xodimlari uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.

Avvalambor ushbu nodir asarning muallifi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak,

buyuk mutafakkir, o‘z davrining yorqin yulduzi asli ismi Muhammad Ibn Muhammad
Ibn Tarxon bo‘lgan Abu Nasr Forobiy 873-yilda Turkistonning Forob degan joyida
tug‘ilgan. Alloma dastlab Forobda o‘qigan, keyinchalik Buxoro va Samarqandda
tahsil olgan. Umrining so‘nggi yillarida esa Xalabda keyinroq Damashqda yashagan


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

102

2023 йил 6 декабрь

hamda shu yerda 950-yilda vafot etgan. Arabiynavis olimlardan biri Zahiriddin
Abulhasan Zayd Al Bayhaqiyning ma’lumotlariga qaraganda, islom o‘lkalari olimlari
orasida bundan oldin bunchalik o‘tkir odam bo‘lmagan. Shuning uchun ham
Arastudan keyin “Sharq Arastusi”-Ikkinchi mual- lim deb nom olgan. Abu Nasr
Forobiy 160 dan ortiq asarlar yaratgan. Jumladan “Inson ta’nasining a’zolari
haqidagi” risolasi kata ahamiyatga ega. Bu asar tibbiyot sohasidan ham xabardor
ekanligining hamda Abu Ali Ibn Sinoning o‘tmishdoshi bo‘lganligining tasdiqidir.
Bundan tashqari “Musiqa haqida katta kitob” bilan O‘rta asrning yirik musiqashunosi
sifatida maydonga chiqqan, alloma musiqaga doir kitob yozibgina qolmay, balki o‘zi
ham bir qancha musiqa asboblarini chalishni bilgan. O‘rta asr fanining taraqqiyotida
Forobiyning ilmlar tasnifi muhim rol o‘ynaydi. “Ilmlarning tasnifi haqida”,
“Ilmlarning kelib chiqishi haqida” risola- larida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga
yaqin ilm sohasining tartibi, ta’rifi va tafsilotini bergan.

Buyuk mutafakkirimizning falsafa sohasidagi eng yirik asari bu “Fozil odamlar

shahri”dir. Ushbu asar ma’naviy-axloqiy ruhdagi asar hisoblanib, olim ushbu asarda
baxt-saodatga yetishuv yo‘llari, fozil jamiyat, fazilatli xalqlar, adolat, fozil shahar
rahbari qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritgan.

Jumladan, Forobiyning fikricha yomonliklar ham erkin istak va erkin tanlov

bilan sodir qilinadi. Istak niyatlar yaxshi bo‘lsagina, shahar aholisi ma’naviy kamol
topib, baxt-saodatga yetisha oladi hamda haqiqiy baxt-saodatga yetishuv yo‘lida bir-
birlariga yordam berib yaxshi, go‘zal ish amallar qiluvchi odamlar yashaydigan
shahar esa fozila shahar, ya’ni fozil odamlar shahri hisoblanadi. Barcha shahar- larda
baxt-saodatga yetishuv yo‘lida go‘zal xayrli ishlarga bir-biriga yordam beruvchi
xalqlar esa fazila, ya’ni fazilatli xalqlardir.

Bundan tashqari alloma yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fozil odamlar shahriga

rahbarlik qiluvchi shaxs ya’ni, rais a’zoning sifatlari haqida ham ma’lumot berib
o‘tgan. Uning fikricha, inson badanining rais a’zosi yurak hisoblanib, u tabiatiga
ko‘ra boshqa a’zolarni boshqaradi, shu sabab yurak eng a’lo va eng yuksak a’zo
hisoblanadi. Xuddi shunday shahar-jamiyatning rahbari ham har tomonlama yuksak
darajadagi shaxs hisoblanib, o‘z navbatida eng barkamol boshliq hisoblanadi. U o‘z
yaqinidagi mansabdorlarni boshqaradi. Raisga ya’ni rahbarga bo‘ysunuvchi yaqin
a’zolar ham axloqan va ma’nan rivojlangan bo‘lishi hamda o‘zidan quyida turuvchi
boshliqlarni boshqara olishi kerak. Forobiy yurak inson tanasidagi nbosh a’zo sifatida
boshqa a’zolarning mavjudligini, tirikligini, tartibli nva bir me’yorda ishlashini
ta’minlabgina qolmay, biror a’zo kasallansa uning holatini yaxshilashga yordam
berishini, shunga o‘xshagan holda biror bir shahar- davlatning boshlig‘i ya’ni rahbari
ham o‘z qo‘l ostidagi biror mansabdor shaxsning faoliyati izdan chiqsa, uni
tuzatishini aytib o‘tgan. Shuningdek, Forobiy rahbar bo‘lishning ikkita eng asosiy
shartini ham keltirib o‘tadi.

Unga ko‘ra: duch kelgan har qanday odam shahar-davlatga rahbarlik qilolmaydi.

Shuning uchun avvalo 1) Inson tabiatida rahbarlik qilish qobiliyati (ma’naviy aqliy
yetuklik) bo‘lishi zarur. 2) Bunday odam yuqori mavqei, insoniy fazilatlari,
qobiliyatlari bilan xalq orasida hurmat qozongan bo‘lishi zarur. Rahbar- lik sohasida
tajriba orttirishi ham muhim. Bundan tashqari olim ushbu asar orqali adolat, adolatli


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

103

2023 йил 6 декабрь

jamiyat, shuningdek, fozillar shahri hokimining eng muhim bo‘lgan o‘n ikkita sifatini
keltirib o‘tgan. Unga ko‘ra fozillar shahri hokimi avvalo to‘rt muchasi sog‘lom bo‘lib,
o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishida biror a’zosidagi nuqsoni xalal bermasligi
lozim. Aksincha u sog‘-salomatligi tufayli bu vazifalarni ham oson bajarishi lozim.

Ikkinchidan, bunday shahar hokimi tabiatan nozik farosatli bo‘lib, suhbat-

doshining so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg‘ab olishi, shu sohada umumiy
ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.

Uchinchidan, u anglagan, ko‘rgan, eshitgan narsalarini xotirasida to‘la-to‘kis

idrok eta olishi, barcha tafsilotlarni unutmasligi zarur.

To‘rtinchidan, u zehni o‘tkir, zukko bo‘lib, har qanday narsaning b ilinar-

bilinmas alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur.

Beshinchidan, u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida fasohatli ifodalay

olishi zarur.

Oltinchidan, u ustozlardan ta’lim olishi, bilim-ma’rifatga havasli bo‘lishi kerak.
Yettinchidan, taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat

emas, aksincha o‘zini tiya oladigan bo‘lishi darkor.

Sakkizinchi u haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yol-

g‘onni va yolg‘onchi odamlarni yomon ko‘radigan bo‘lishi zarur.

To‘qqizinchi, u o‘z qadrini biluvchi nomus-oriyatli odam bo‘lishi, pastkash-

liklardan yuqori turuvchi, tug‘ma oliyhimmat bo‘lishi, ulug‘ oliy ishlarga intilishi
zarur.

O‘ninchidan, bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlariga qiziqmaydigan bo‘lishi

zarur.

O‘n birinchi tabiatan adolatparvar bo‘lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va

jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko‘ruvchi, o‘z odamlariga ham,
begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlan-
ganlarga madad beruvchi bo‘lishi kerak.

O‘n ikkinchidan, o‘zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshi- rishda

qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va hadiksirashlarga yo‘l
qo‘ymasligi zarur.

Ushbu asar har bir shaxsda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllan-

tiribgina qolmay, balki uning har tomonlama mukammal va yuksak inson bo‘lib
yetishishiga xizmat qiladi. Ayniqsa qaysi soha bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘sha
sohaning rahbarlari shuningdek, Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan rahbar
xodimlar ham o‘z faoliyatlarida Forobiy ta’kidlab o‘tganidek, adolat bilan ish tutsalar,
shu rahbarlar rahbarlik qilayotgan shahar-davlat hamda jamiyat faro- von va tinch
bo‘ladi, har xil noxush hodisalar shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldi
olinadi. Bundan tashqari ushbu nodir asar shaxsda insonga xos bo‘lgan eng oliy
fazilatlarni jumladan, adolat, sadoqat, himmat kabi xislatlarni shakllantiradi.
Shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘qilishi kerak bo‘lgan badiiy
asarlar ro‘yxatidan ushbu noyob asarning joy olganligi ham asar qanchalik qiymatga
ega ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ushbu asarni mutolaasini
kuchaytirish maqsadida aholi orasida xususan, Ichki ishlar organlari xodimlari
o‘rtasida ham yanada kengroq targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirishimiz darkor.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

104

2023 йил 6 декабрь

Buning uchun ushbu asar doirasida har kitobxonlik tanlovlari hamda viktorinalar
o‘tkazib boorish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

“Ichki Ishlar Organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va

jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son 2021-yil 2-
aprel.

2.

Ichki Ishlar Vaziri buyrug‘i 2021-yil 3-iyul

3.

Abu Nasr Forobiy Fozil odamlar shahri. -T Yangi asr avlodi, 2018. -B. 318.

4.

Югай,

Л.

Ю.

"КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ

АСПЕКТЫ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БИОМЕТРИЧЕСКИХ ДАННЫХ, СОДЕРЖАЩИХСЯ В
СОЦИАЛЬНЫХ

СЕТЯХ." А437

Актуальные

проблемы

борьбы

с

преступлениями и иными правонарушениями: материалы двадцатой
международной научно-практической конференции/под ред.. 2022.

5.

Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ

КАК ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ
BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST
TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ–НОВЫЕ ВЫЗОВЫ
РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.

6.

Югай, Людмила. "Вопросы классификации биометрической

идентификации личности в эпоху цифровизации." Актуальные вопросы и
перспективы цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 181-
187.

7.

Людмила, Ю. Г. А. Й., and Хагани ГАДЖИЕВ. "Использование

цифровой экспертизы при доказывании факта распространения ложной
информации в интернете." Юрист Ахборотномаси 2.1 (2021): 208-218.

8.

Югай, Л. Ю. "Биометрическая идентификация личности по

изображению лица человека: опыт Республики Узбекистан." (2023).

9.

Югай, Людмила. "Судебно-экспертная деятельность в Республике

Узбекистан в эпоху цифровизации." Современные тенденции развития
цифровизации в сфере юстиции 1.1 (2022): 35-40.

Bibliografik manbalar

“Ichki Ishlar Organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son 2021 -yil 2-aprel.

Ichki Ishlar Vaziri buyrug‘i 2021-yil 3-iyul

Abu Nasr Forobiy Fozil odamlar shahri. -T Yangi asr avlodi, 2018. -B. 318.

Югай, Л. Ю. "КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БИОМЕТРИЧЕСКИХ ДАННЫХ, СОДЕРЖАЩИХСЯ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ." А437 Актуальные проблемы борьбы с преступлениями и иными правонарушениями: материалы двадцатой международной научно-практической конференции/под ред.. 2022.

Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ КАК ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ-НОВЫЕ ВЫЗОВЫ РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.

Югай, Людмила. "Вопросы классификации биометрической идентификации личности в эпоху цифровизации." Актуальные вопросы и перспективы цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 181-187.

Людмила, Ю. Г. А. Й., and Хагани ГАДЖИЕВ. "Использование цифровой экспертизы при доказывании факта распространения ложной информации в интернете." Юрист Ахборотномаси 2.1 (2021): 208-218.

Югай, Л. Ю. "Биометрическая идентификация личности по изображению лица человека: опыт Республики Узбекистан." (2023).

Югай, Людмила. "Судебно-экспертная деятельность в Республике Узбекистан в эпоху цифровизации." Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции 1.1 (2022): 35-40.