146
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
RHUS CORIARIA L. ASOSIDA OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING
TEXNOLOGIK XOSSALARI
Abdullayeva D.Q.
1,2
Turaboyev Sh.M.
1
Sagdullaev B.T.
1
1
O’zR FA Bioorganik kimyo instituti,
2
Toshkent farmatsevtika instituti
Toshkent farmatsevtika
instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
e-mail: abdullayevadilya8@gmail.com, tel: (88) 434-06-90
https://doi.org/10.5281/zenodo.17326439
Dolzarbligi.
Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunga kelib
respublikamizda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari
boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, har 100 ming
aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda. Bu borada men amalga oshirmoqchi
boʻlgan izlanishlarim asosida inson tanasining funksional holatini normallashtirish va yaxshilash
uchun tabiiy biologik faol birikmalar - flavonoidlar
Rhus coriaria
L o’simligi quruq ekstraktidan
LOR aʼzolarining yuqumli kasalliklari namoyon bo'lishini pasaytiruvchi biologik faol qo’shimcha
ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish yotadi.
Tadqiqotning maqsadi.
Mahalliy oʻsimlik xomashyolari asosida tabletka shaklidagi biologik
faol qo’shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish.
Usul va uslublar:
Olingan quruq ekstraktni texnologik xossalaridan saralanish tarkibi,
sochiluvchanlik, sochiluvchan zichlik, tabiiy og’ish burchagi, g’ovakligi va qoldiq namligi kabi
ko’rsatkichlar o’rganildi. Quruq ekstraktning fizik-kimyoviy va texnologik xossalari umumiy qabul
qilingan usullar yordamida ilmiy tadqiqot izlanishlar olib borildi.
Natijalar:
Ilmiy tadqiqot
Rhus coriaria
L. quruq ekstrakti namunalari zarrachalarining shaklini
qurollanmagan ko’z bilan ko’rish imkoniyati bo’lmaganligi sababli mikroskop orqali kuzatishlar olib
borildi. Mikroskopik tekshiruvlar asosida zarrachalarning o’lchami va shakli anilqandi, shuningdek,
sochiluvchanligi, sochiluvchan zichligi, tabiiy og’ish burchagi, qoldiq namligi tadqiq qilindi.
Mikroskopik tekshiruvlar quruq ekstrakt zarrachalari turli o’lchamda, anizometrik shakldan
tashkil topganligini ko’rsatdi. Saralanish tarkibi +1000 mkm elakda 21,82%, -1000 +800 mkm elak
to’plamida 13,39%, -800 +500 mkm elakda 11,72%, -500 +300 mkm elakda 18,84%, -300 +200 mkm
elakda 9,20%, -200 +150 mkm elakda 4,60%, -150+100 mkm elaklararo to’plamda 12,07% va -100
mkm elakda 8,35% ko’rsatkichlar aniqlanib, katta o’lchamlardagi elaklarda yuqoriroq foizni, kichik
elaklarda nisbatan past foizni tashkil etishi namoyon bo’ldi. Quruq ekstraktning texnologik xossalari
Davlat farmakopeyasida keltirilgan usullar yordamida o’rganilganda uning sochiluvchanligi 7,69*10
-
3
kg/s, sochiluvchan zichligi 0,365 g/ml, tabiiy og’ish burchagi 40 gradus, gigroskopiklik darajasi
14,5%, qoldiq namlik 6,5% ni tashkil etganligi ilmiy izlanishlar asosida o’rganib chiqildi.
Xulosalar.
Ilmiy izlanishlar olib borish jarayonida tajriba natijalariga asoslangan holda shuni
xulosa qilishimiz mumkinki, quruq ekstraktning saralanish tarkibi elaklar to’plamlariga nisbatan
o’zaro teng taqsimlanmadi, bu esa quruq ekstrakt tarkibidagi zarralar shakllarni har xil bo’lganligi
sabablidir va tajribadan ko’rinadiki katta o’lchamdagi elaklarda taqsimlanish yuqori foizni namoyon
qildi. Sochiluvchan zichligi past, tabiiy og’ish burchagi qoniqarli, gigroskopik, qoldiq namligi
meyorida ekanligi qayd etildi.
