RHUS CORIARIA L. ASOSIDA OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING TEXNOLOGIK XOSSALARI

Аннотация

Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunga kelib respublikamizda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, har 100 ming aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2021
inLibrary
Google Scholar
f
146
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abdullayeva, D., Turaboyev , S., & Sagdullaev , B. (2025). RHUS CORIARIA L. ASOSIDA OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING TEXNOLOGIK XOSSALARI. Евразийский журнал академических исследований, 5(10(MPHAPP), 146. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ejar/article/view/138272
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunga kelib respublikamizda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, har 100 ming aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda.


background image

146

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

RHUS CORIARIA L. ASOSIDA OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING

TEXNOLOGIK XOSSALARI

Abdullayeva D.Q.

1,2

Turaboyev Sh.M.

1

Sagdullaev B.T.

1

1

O’zR FA Bioorganik kimyo instituti,

2

Toshkent farmatsevtika instituti

Toshkent farmatsevtika

instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

e-mail: abdullayevadilya8@gmail.com, tel: (88) 434-06-90

https://doi.org/10.5281/zenodo.17326439

Dolzarbligi.

Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunga kelib

respublikamizda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari
boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, har 100 ming
aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda. Bu borada men amalga oshirmoqchi
boʻlgan izlanishlarim asosida inson tanasining funksional holatini normallashtirish va yaxshilash
uchun tabiiy biologik faol birikmalar - flavonoidlar

Rhus coriaria

L o’simligi quruq ekstraktidan

LOR aʼzolarining yuqumli kasalliklari namoyon bo'lishini pasaytiruvchi biologik faol qo’shimcha
ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish yotadi.

Tadqiqotning maqsadi.

Mahalliy oʻsimlik xomashyolari asosida tabletka shaklidagi biologik

faol qo’shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish.

Usul va uslublar:

Olingan quruq ekstraktni texnologik xossalaridan saralanish tarkibi,

sochiluvchanlik, sochiluvchan zichlik, tabiiy og’ish burchagi, g’ovakligi va qoldiq namligi kabi
ko’rsatkichlar o’rganildi. Quruq ekstraktning fizik-kimyoviy va texnologik xossalari umumiy qabul
qilingan usullar yordamida ilmiy tadqiqot izlanishlar olib borildi.

Natijalar:

Ilmiy tadqiqot

Rhus coriaria

L. quruq ekstrakti namunalari zarrachalarining shaklini

qurollanmagan ko’z bilan ko’rish imkoniyati bo’lmaganligi sababli mikroskop orqali kuzatishlar olib
borildi. Mikroskopik tekshiruvlar asosida zarrachalarning o’lchami va shakli anilqandi, shuningdek,
sochiluvchanligi, sochiluvchan zichligi, tabiiy og’ish burchagi, qoldiq namligi tadqiq qilindi.

Mikroskopik tekshiruvlar quruq ekstrakt zarrachalari turli o’lchamda, anizometrik shakldan

tashkil topganligini ko’rsatdi. Saralanish tarkibi +1000 mkm elakda 21,82%, -1000 +800 mkm elak
to’plamida 13,39%, -800 +500 mkm elakda 11,72%, -500 +300 mkm elakda 18,84%, -300 +200 mkm
elakda 9,20%, -200 +150 mkm elakda 4,60%, -150+100 mkm elaklararo to’plamda 12,07% va -100
mkm elakda 8,35% ko’rsatkichlar aniqlanib, katta o’lchamlardagi elaklarda yuqoriroq foizni, kichik
elaklarda nisbatan past foizni tashkil etishi namoyon bo’ldi. Quruq ekstraktning texnologik xossalari
Davlat farmakopeyasida keltirilgan usullar yordamida o’rganilganda uning sochiluvchanligi 7,69*10

-

3

kg/s, sochiluvchan zichligi 0,365 g/ml, tabiiy og’ish burchagi 40 gradus, gigroskopiklik darajasi

14,5%, qoldiq namlik 6,5% ni tashkil etganligi ilmiy izlanishlar asosida o’rganib chiqildi.

Xulosalar.

Ilmiy izlanishlar olib borish jarayonida tajriba natijalariga asoslangan holda shuni

xulosa qilishimiz mumkinki, quruq ekstraktning saralanish tarkibi elaklar to’plamlariga nisbatan
o’zaro teng taqsimlanmadi, bu esa quruq ekstrakt tarkibidagi zarralar shakllarni har xil bo’lganligi
sabablidir va tajribadan ko’rinadiki katta o’lchamdagi elaklarda taqsimlanish yuqori foizni namoyon
qildi. Sochiluvchan zichligi past, tabiiy og’ish burchagi qoniqarli, gigroskopik, qoldiq namligi
meyorida ekanligi qayd etildi.