ВАЖНОСТЬ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ В МЕЖДУНАРОДНОЙ ТОРГОВЛЕ

Аннотация

В данной статье проанализированы роль и значение международной торговли для экономики страны, перспективы внедрения электронной коммерции в международную торговлю, проблемы, возможности внедрения электронной коммерции, научно-теоретические и практические взгляды зарубежных ученых на эту тему. Приведены в соответствующем порядке выводы и предложения по проблемам внедрения электронной коммерции в международной торговле

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
239-246
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Пулатхужаева D. (2024). ВАЖНОСТЬ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ В МЕЖДУНАРОДНОЙ ТОРГОВЛЕ. Экономическое развитие и анализ, 2(5), 239–246. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48569
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье проанализированы роль и значение международной торговли для экономики страны, перспективы внедрения электронной коммерции в международную торговлю, проблемы, возможности внедрения электронной коммерции, научно-теоретические и практические взгляды зарубежных ученых на эту тему. Приведены в соответствующем порядке выводы и предложения по проблемам внедрения электронной коммерции в международной торговле


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

239


XALQARO SAVDODA ELEKTRON TIJORATNING AHAMIYATI

Pulatxujaeva Dono Mirashidovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-8069-0878

donopulathuzaeva@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiyotiga tutgan o’rni va

ahamiyati, xalqaro savdoda elektron tijoratni joriy etish istiqbollari, elektron tijoratni jariy

etishdagi muammolar, imkoniyatlar, bu borada xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy va amaliy
qarashlari, tahlil qilingan. Xalqaro savdoda elektron tijoratni joriy etishdagi muammolarga

tegishli tartibda xulosa va takliflar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

elektron savdo, xalqaro aloqa, logistika, xizmat ko’rsatish, aloqa, internet,

kommunikatsiya, savdo platformalari, raqobat, innovatsiya.

ВАЖНОСТЬ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ В МЕЖДУНАРОДНОЙ ТОРГОВЛЕ

Пулатхужаева Доно Мирашидовна

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье проанализированы роль и значение международной

торговли для экономики страны, перспективы внедрения электронной коммерции в
международную торговлю, проблемы, возможности внедрения электронной коммерции,

научно-теоретические и практические взгляды зарубежных ученых на эту тему.
Приведены в соответствующем порядке выводы и предложения по проблемам внедрения

электронной коммерции в международной торговле.

Ключевые слова:

электронная коммерция, международные коммуникации,

логистика, сервис, связь, интернет, коммуникации, торговые платформы, конкуренция,
инновации.

THE IMPORTANCE OF E-COMMERCE IN INTERNATIONAL TRADE

Pulatkhodjaeva Dono Mirashidovna

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article analyzes the role and importance of international trade in the

country's economy, prospects for the introduction of e-commerce in international trade, problems
in the jarring of e-commerce, opportunities, scientific-theoretical and practical views of foreign

scientists in this regard. Conclusions and proposals have been made in the relevant order to the
problems in the introduction of e-commerce in international trade.

Key words:

e-commerce, international communication, logistics, service, communication,

internet, communication, trading platforms, competition, innovation.

UO‘K: 339.544

V SON - MAY, 2024

239-246


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

240

Kirish.

Globallashuv jarayonlari chuqurlashayotgan va milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi

o’sayotgan pallada elektron tijoratning iqtisodiyotda alohida olingan sohasi sifatida rivoj
topishi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining

qo’lanishiga doir masalalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlar kengayishi va
mazkur sanoatning salohiyatini amaliyotda to’laqonli qo’llash milliy iqtisodiyotning

raqobatdoshligini kuchaytirishda muhim rol o’ynaydi hamda shu tarzda xususiy va davlat
tuzilmalarining strategik barqarorligini ta’minlaydi. Jahon bozorining zamonaviy rivojlanish

yo’nalishlariga ko’ra, elektron tijorat sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning
samarali qo’llanishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlarning samaradorligini

oshirishga zamin yaratib, iqtisodiyotning turli jabhalarida mavjud tovar va xizmatlar
bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit yaratadi va shu orqali aholi

turmush tarzi yaxshilanishiga sabab bo’ladi.

Jahonda elektron tijoratni samarali tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar

olib borilmoqda. Shu munosabat bilan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish, B2B, B2C,
B2G, C2C singari biznes platformalarini joriy etish va samaradorligini oshirish, keskin va

murosasiz raqobat mavjud bo’lgan xalqaro savdo xizmatlari bozorining yangi segmentlariga
kirib borish, elektron tijorat faoliyati samaradorligini ta’minlash bo’yicha innovatsion vositalar

va zamonaviy talablar, elektron tijoratni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va

takomillashtirish tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biridir (U.K. Sotvoldiyev, 2024).
So’nggi yillarda O’zbekistonda elektron tijorat va uning platformalarini tashkil etish va

rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur muhim qaror munosabati bilan
mamlakatimizda elektron tijoratni jadal rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver”

sifatida rivojlantirish, uning hajmini kamida 2,5 barobarga oshirish chora-tadbirlari 2022-
2026-yillarda Yangi O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri

sifatida belgilandi (Farmon, 2022).

Bunday vazifalarni samarali amalga oshirish respublikada elektron tijoratni boshqarish

mexanizmini takomillashtirish, elektron tijorat kompaniyalari faoliyatini boshqarishda yuqori
samaradorlikka erishish, elektron tijoratni boshqarish samaradorligini baholash metodikasini

takomillashtirishga qaratilgan, shuningdek, O’zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish
bo’yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar ta’sirida elektron tijorat faoliyati asosiy

parametrlar hisoblanib, prognozli ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun ilmiy izlanishlarni talab
etadi.


Adabiyotlar sharhi.

Gorodnova (2018) tomonidan elektron tijorat algoritmlarini inson hayotiga qo’shimcha

imkoniyatlarga ega yordamchi sifatida kiritish bunday integratsiyaning asosiy ustunligini olish

imkonini beradi – bu nafaqat qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish, balki ularning sifatini

sezilarli darajada yaxshilashga olib kelishi asoslangan.

Jilin, Safaryanlarning (2020) tadqiqotlarida bugungi kunda kompaniyalarning 37 foizi

algoritmik xizmatlar va elektron tijorat texnologiyalaridan foydalanishi, bu kelajakda yangi
yuqori intellektli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari doimiy ravishda oshib

borishidan dalolat berishi yoritib o’tilgan.

Arxipov (2020) tomonidan 2018-yilda dunyoda Big Data va biznes-analitika

xizmatlaridan foydalanishdan tushgan daromad hajmi 168,8 milliard AQSh dollarini tashkil
etishi, prognozga ko’ra, 2023-yil oxiriga bu ko’rsatkich 274,3 milliard AQSh dollaridan oshishi

tahlillar asosida yoritib berilgan edi.

Elektron tijorat va elektron savdoga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar mavjud bo’lib,

elektron savdo sohasida faoliyat yuritadigan xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining turli
jihatlarini ko’rib chiqqanlar. Xususan, Yefimova vaTarasov (2018) o’z tadqiqotilarida internet-


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

241

savdoning an’anaviy savdoga nisbatan afzalliklari hamda uni takomillashtirishning asosiy
yo’nalishlarini yoritib berganlar.

Xususan, Zaxarov va Cherxanovalar (2019) o’z tadqiqot ishlarida elektron tijorat

platformalarining o’sishi, korxonalarda kiberxavfsizlik tizimini takomillashtirish va xalqaro

tanlov savdolarida kriptovalyutalardan foydalanish kabi elektron tijorat tendensiyalari tahlil
qilingan.

Mahalliy olimlardan Ilxamova (2023) Zamonaviy sharoitda mamlakatning, ayniqsa uning

viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri bu elektron tijoratdir deb

keltirib o’tgan.

Maxkamov (2023) elektron tijorat ham rivojlanish bosqichlarida xuddi shu geoiqtisodiy

va geosiyosiy jarayonlarga tayanadi. Mamlakatda yaratilgan yaxshi sharoit institutsional
tizimning yaxshi tashkil etilishi geosiyosiy tomondan rivojlanishga, infrastrukturaning yaxshi

tashkil etilishi, kadrlarning tayyorgarligi geoiqtisodiy jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi deb
baholaydi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy tadqiqotni shakllantirishda qiyosiy tahlil, ma’lumotlarning analitik tahlili, ilmiy

abstraksiya, induksiya, deduksiya usullardan foydalandik. Muammolar o’rganilib, ularga yechib

topishda qiyosiy va analitik tahlil usullaridan kengroq foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Jahon iqtisodiyotida integrasiyalashuv jarayoning tobora chuqurlashib borishi, axborot

texnologiyalarining jadal rivojlanishi va Internet tarmog’idan tijorat maqsadlarida faol

foydalanish jarayonida elektron tijorat hajmining oshib borishi kuzatilmoqda. Elektron tijorat
xizmatining dunyo miqyosidagi o’rni va roli yildan-yilga o’sib borayotgan bo’lib, bugun ushbu

soha dunyo aholisining ko’plab qismini o’z doirasiga qamrab olmoqda.

Elektron tijorat xizmatini rivojlantirish mamlakatlar uchun beqiyos darajadagi

imkoniyatlarni taqdim etadi. Global aloqa tarmoqlari va, birinchi navbatda, Internetning paydo
bo’lishi elektron tijorat faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish sohasida haqiqiy inqilobga

olib keldi. Natijada nafaqat biznes yuritishning yangi yo’nalishlari paydo bo’ldi, balki mavjud
yo’nalishlar ham tubdan o’zgardi. Texnologiyalarning rivojlanishi xalqaro biznesga juda ham

samarali tarzda yordam bermoqda. Hozirgi kunda dunyo bo’ylab millionlab odamlar elektron
tijorat xizmatlaridan foydalanishni o’zlari uchun qulay deb hisoblamoqdalar. Bu tanlov esa

elektron tijorat xizmatidan foydalanayotgan korxonalar uchun yuqori daromad oqimini
ta’minlamoqda.

O’zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonunida elektron

tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan: “Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga

oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishga doir tadbirkorlik

faoliyati elektron tijoratdir”.

O’z navbatida Elektron tijorat tizimi uch sinfga bo’linadi:

-

chakana savdoni tashkil etish bo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);

-

biznes hamkor bilan aloqalar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);

-

iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C);

Misol sifatida – virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin. Elektron tijorat

quyidagi o’ziga xos qulaylik va ustunliklarga ega:

-

xalqaro operasiyalarda axborot olish tezligi oshadi;

-

ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;

-

arzon kommunikasiya vositalaridan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari

kamayadi.

Biznesning turli sohalarida electron tijorat dasturlari va xizmatlarini tatbiq etish

natijalarini o’rganish bo’lib, bu electron tijorat tizimlarini yanada rivojlantirishning asosiy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

242

yo’nalishlarini aniqlash imkonini berdi. Elektron tijorat va axborot texnologiyalarining hayotda
keng qo’llanilishi bilan bog’liq asosiy muammolar, xavf va tahdidlar jamiyat, shaxs va davlat

miqyosida ularni joriy etish ahamiyati yoritildi. Elektron tijorat xizmatlarini joriy etishning
asosiy maqsadi texnologik va biznes jarayonlarida odamni to’liq almashtirish emas, balki inson

mehnati samaradorligini va umuman biznes samaradorligini oshirishdir.

1-rasm. Elektron tijoratda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning

YaIMdagi ulushi (yillik) (siat.stat.uz)

80

Mamlakatizda elektron tijorat uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo’lsa ham ammo

elektron tijoratda yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymatning YaIM dagi ulushi sezilarli darajada

o’sishni ko’rsatmayapti. Buning sababi mahsulot va xizmatlarning sifatida bo’lishi ham
mumkin.

O’zbekiston uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamiyat

hayotini tizimlashtirish jarayonini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon,

axborot-texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikasiya
tarmoqlarining modernizasiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi, hokimiyat organlarida

boshqaruv tizimlarining keng tatbiq etilishi, transport-aloqa tizimlarining avtomatlashtirilishi
va ko’plab sohalar faoliyatini tizimli ravishda tashkil etishda o’z aksini topadi.

“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron

almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va
ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi.

Elektron tijorat paydo bo’lganiga qisqa fursat bo’lganiga qaramay, bu faoliyat bilan bog’liq

AQSh bozorlarida yiliga o’rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag’lar aylanadi.

Umuman olganda elektron tijorat bu savdo sohasi sifatida ta’riflangan, kompyuter

tarmoqlari orqali pul va savdo operasiyalarini amalga oshiradigan, shu jumladan

operasiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan biznes jarayonlar: elektron marketing, hujjat
aylanishi, tovarlar/xizmatlarni yetkazib berish kabi jarayonlarni o’zida jamlagan zamonaviy

faoliyat turidir. O’z navbatida elektron tijorat tizimi uch sinfga bo’linadi:

-

Chakana savdoni tashkil qilish bo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C) – olcha.uz, abad.uz,

texnoman.uz;

-

Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B) – market.vsm.uz;

80

https://siat.stat.uz/reports-filed/3058/line-data


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

243

-

Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol sifatida – olx.uz,

uzybor.uz, e-auksion, www.ebay.com kabilarni keltirish mumkin.

Afzalliklari va kamchiliklari. Tadbirkorlikni internet orqali rivojlantirish biznes

chegaralarini va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatini kengaytiradi, haftada yetti kun davomida

sotishga, iste’molchilarga vaqtni tejash bilan sifatli, qulay hamda ko’plab miqdordagi tanlov
imkoniyati mavjud bo’lgan turli xildagi tovar va xizmatlarni qulay narxlarda sotib olish kabi

afzalliklarini taklif etadi. Masofaviy xizmatlarning kengayishi boshqa sohalarga, masalan,
yetkazib berish uchun transport vositalariga bo’lgan talabni oshiradi va shu kabi sohalarni

yanada rivojlanishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Misol uchun, “Amazon” kompaniyasi
endilikda elektron tijoratlardagi tovarlarni yetkazib berishda dronlar xizmatidan

foydalanmoqda.

Prognozlarga ko’ra, 2024-yil oxiriga kelib, sotuvlarning 60 foizi internet orqali amalga

oshirildi. Asosiy afzallik bu katta moliyaviy investisiyalar va xarajatlarni talab qilmasdan, jahon
bozoriga chiqish qobiliyatidir. Ushbu savdo turiga cheklovlar jug’rofiy jihatdan aniqlanmagan.

Bu iste’molchilarga global tanlovni amalga oshirish, kerakli ma’lumotlarni olish va
joylashuvidan qat’iy nazar barcha potentsial yetkazib beruvchilarning takliflarini taqqoslash

imkonini beradi. Bundan tashqari, yakuniy iste’molchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa tufayli,
onlayn tadbirkor vositachilar tarmog’ini qisqartiradi, ularni butunlay yo’q qilish ehtimoli ham

mavjud. Bu ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi provayder va oxirgi foydalanuvchi

o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri kanal yaratadi, bu esa maqsadli bozorning individual imtiyozlariga
javob beradigan mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilishga imkon beradi.

Elektron tijorat yetkazib beruvchilarga o’z mijozlariga yaqinroq bo’lishga imkon beradi,

bu esa kompaniyalarning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi.

Natijada, iste’molchi xizmat sifatining yaxshilanishiga olib keladi, bu esa yaqinlikka, shuningdek
sotishdan oldin va keyin qo’llab-quvvatlashga imkon beradi. Elektron tijoratning ushbu yangi

shakllari tufayli endi iste’molchilar kuniga 24 soat onlayn do’konlarga ega bo’lmoqdalar.

Kam xarajatlar, odatda elektron tijorat bilan bog’liq bo’lgan yana bir muhim ustunlikdir.

Muayyan ish jarayoni qanchalik sodda va qulay bo’lsa, uning muvaffaqiyat qozonish ehtimoli
shuncha katta bo’ladi. Bu tranzaksiya xarajatlari va mijozlarga to’lanadigan narxlarning

sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.

Sotuvchi uchun elektron tijorat chakana savdo sohasida biznesni yuritishning eng arzon

usullaridan biridir. Xaridor uchun bu tovarlarning yanada jozibador narxlari tufayli pulni
tejash, shuningdek uyingizga qulay vaqtda tovarlarni yetkazib berish orqali vaqtni tejash

imkoniyatidir. Onlayn do’konlarning afzalliklari, shuningdek, ularning kechayu-kunduz
ishlashini va xaridor uchun qulay bo’lgan har qanday usulda sotib olish yoki xizmat haqini

to’lash qobiliyatini (turli xil elektron to’lov tizimlaridan foydalanish, yetkazib berish paytida
kuryerga naqd pul berish, qabul qilish punkti yoki omborda ishlaydigan xodimlar) o’z ichiga

olishi kerak.

Virtual tijorat elektronika, maishiy texnika, mebel, kiyim-kechak va poyabzal, uy-ro’zg’or

buyumlari segmentlarida keng namoyish etilgan. Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda oziq-ovqat

mahsulotlarini onlayn savdosi bozori, ayniqsa, yirik shaharlarda, asosan uyga oziq-ovqat sotish
va yetkazib berish xizmatlarining rivojlanishi tufayli jadal rivojlanmoqda. Hech bir mamlakat

global iqtisodiyotning ustuvorliklarini hisobga olmasdan iqtisodiy siyosatni oqilona
shakllantirishni

va

amalga

oshira

olmaydi.

Ayniqsa

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarning jadal rivojlanishi globallashuvning obyektiv jarayonlari bilan uzviy bog’liq
ravishda iqtisodiy faoliyatning yangi turini - elektron tijorat yoki elektron tijoratni

shakllantirishga olib keldi. Savdo tashkilotlari va mijozlar o’rtasidagi munosabatlarda,
tovarlarni taqsimlash jarayonlarini boshqarish, bozorni monitoring qilish, yetkazib

beruvchilar, biznes sheriklar va davlat idoralari bilan samarali munosabatlarni rivojlantirishda
elektron

tarmoqlarning,

birinchi

navbatda

Internetning

imkoniyatlaridan

faol

foydalanilmoqda.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

244

Keyingi yillarda jahon elektron tijorat aylanmasi barqaror o’sib bormoqda, eMarketer

ma’lumotlariga ko’ra, 2018-yilda u 2,9 trln. AQSh dollarni tashkil etgan, 2019-yil yakunlariga

ko’ra, global elektron tijorat aylanmasi 3,5 trln. AQSh dollaridan oshishi, 2023-yilga kelib esa
bu ko’rsatkich 6,5 trln. AQSh dollarga tashkil etgan.

Elektron tijorat bilan bog’liq infratuzilma – Internetdan foydalanish, to’lovlar, do’konlar

va logistika – onlayn xaridlar hajmi oshishi uchun muvozanatli tarzda rivojlanishi kerak. Ba’zi

MOMIH (Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi) mamlakatlarida e’tiborga molik
tendensiya xususiy banklarning ushbu turli komponentlarni integrasiyalashuviga jalb qilish

bo’ldi. Gruziya, Qozog’iston, Mo’g’uliston va Tojikistondagi innovatsion banklar yangi to’lov
vositalari va kreditlardan foydalanishni rag’batlantirish maqsadida o’z mamlakatlarida eng

yirik onlayn bozorlarni yaratdilar.

Shuningdek, ular kuryerlik kompaniyalari bilan shartnoma tuzish, yetkazib berish

startaplarini qo’llab-quvvatlash va Mo’g’uliston misolida milliy pochta operatorining qisman
ulushini sotib olish orqali yetkazib berish yechimlarini ishlab chiqdilar. To’lovlarni va yetkazib

berishni on-layn do’kon bilan birlashtirish muvaffaqiyat uchun juda muhimdir.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, elektron tijoratda yaratilgan yalpi qo’shilgan

qiymatning O’zbekiston YaIMdagi ulushi deyarli ahamiyatsiz. Elektron to’lov tizimi bo’yicha
internet orqali xizmat ko’rsatadigan kompaniyalarga to’xtaladigan bo’lsak, ularning eng yirigi

Paypal tizimidir. 1998-yili tashkil etilgan PayPal ayni paytda jahonning 190 mamlakatida

faoliyat olib boradi va 164 milliondan ortiq ro’yxatdan o’tgan mijoziga ega. Tizim 24 ta milliy
valyutada ish yuritadi (A.A. Ro’ziqulov, 2012).

Aynan PayPal tizimida birinchi bo’lib mijozlar o’rtasida to’lovni amalga oshirishda

elektron pochtadan foydalanish joriy etilgan. Uning bizda mavjud tizimlardan farqi ham

shundan iboratki, mijoz to’lovni o’z uyida yoki ish joyida Internet orqali amalga oshiradi.
Himoyalangan bog’lanish orqali akkauntga e-mail va parol kiritilgandan so’ng tizimdan

foydalaniladi.

Shuningdek, PayPal foydalanuvchilari bir-birlarining hisobiga pul o’tkazishlari ham

mumkin. Mijozlar tizimdan foydalanganda mablag’larni o’zlarining bank kartalari yoki
bankdagi hisob raqamlari yordamida qoplaydi. Ushbu tizim orqali nafaqat turli xizmatlar uchun

to’lovni amalga oshirish, balki eBay kabi internet auksionlardan har xil mahsulotlarni sotib
olish ham mumkin.

2003-yili tashkil etilgan yana bir yirik elektron to’lov tizimi–Moneybookers asosiy

raqobatchisi PayPalga yetarlicha qarshilik ko’rsatmoqda. Bugunga kelib 170 dan ortiq

mamlakatda ushbu tizimning mijozlari mavjud. Yaqinda “eKarmon” elektron to’lov tizimi ham
quyidagicha chiqish qildi:

Yaqin vaqtlar ichida O’zbekiston Respublikasi aholisida uyidan yoki ish joyidan

chiqmagan holda oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib maishiy va kompyuter texnikasini sotib

olish, mobil aloqa, internet, telefon va kommunal to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek, kino

va teatrga chiptalar sotib olish imkoniyati yuzaga keladi. Ortiqcha vaqt sarflab, do’konma-
do’kon yurishning hojati qolmaydi. Internet orqali ishlaydigan ushbu tizimning xavfsizligini

ta’minlash maqsadida elektron raqamli imzodan foydalanilmoqda.

Zamonaviy bozor iqtisodiyotidagi elektron tijorat an’anaviy savdo usullariga xos bo’lgan

moddiy xarajatlar va vaqt xarajatlarining katta qismini kamaytirish orqali iste’molchi uchun
shiddatli raqobatda g’oliblikni ta’minlash vositasi sifatida paydo bo’ldi. Shu ma’noda, to’laqonli

elektron tijorat rivojlangan bozor iqtisodiyotida yuqori darajadagi raqobat sharoitida paydo
bo’ladi, yashaydi, rivojlanadi va bozor munosabatlarining mohiyati sifatida savdo-sotiq

operatsiyalarini o’tkazish shakl va usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Shu bilan birga elektron-savdoning salbiy oqibatlarini ham ko’rsatib o’tish lozim. Ayrim

tadqiqotlarga ko’ra dunyoda onlayn-tijoratning keskin o’sishi jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy
muammolarni keltirib chiqardi. Internet asrida rivojlangan mamlakatlar aholisi endi ko’p

do’konlarga ehtiyoj sezmaydilar. Vaziyatning boshqa tomoni shundaki, xarid qilish markazidagi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

245

do’konning odatiy formatida qolib, o’z vaqtida Internetga kira olmagan sotuvchilar bankrotlik
xavotirga ega. AQShda 2017-yil davomida 3500 dan ortiq do’konlar yopildi (S.N. Xamrayeva,

Sh.X. Xasanov, 2020).

Tahlillarga ko’ra, besh yildan so’ng AQShda savdo markazlarining yarmi yopilishi

mumkin. Bu esa o’z navbatida, ishsizlik darajasining ortishiga olib keladi. Sababi bitta operator
bir vaqtning o’zida bir nechta sotuvchilarning o’rnini bosa oladi. Shuningdek, elektron tijorat

orqali xizmatlar amalga oshirilganda, mahsulotlarni saqlash uchun katta omborxonalar,
muzlatkichlarga bo’lgan talabni pasaytiradi.

Shuni aytish mumkinki savdo sohasida elektron axborot texnologiyalaridan foydalanish

bozor tovar-pul munosabatlarining asosi va mohiyati sifatida ishlab chiqaruvchidan tovarlar

(xizmatlar) harakatida vositachilar sonini (ya’ni tovar ayirboshlash) qisqartirish hisobiga
tovarlar (xizmatlar) bozorining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Iste’molchiga, kapital aylanishini tezlashtirish, tranzaksiya xarajatlarni sezilarli darajada
pasaytirish, mintaqaviy xo’jalik-iqtisodiy komplekslarni qayta qurish jarayonlarini

faollashtirish imkonini beradi.

Elektron tijoratning rivojlanish darajasiga global tarmoqning kirib borish darajasi va

foydalanuvchilar soni kabi ko’rsatkichlar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Texnik nuqtai nazardan,
O’zbekiston Respublikasi interneti mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirishga tayyor.

Mamlakatimizning hududining katta qismi internet bilan qamrab olingan: internetdan

foydalanuvchilar sonining tezlik bilan o’sishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanishi kuzatilmoqda, bu tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun zamonaviy axborot va

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan potensial xaridorlar soniga o’zining ijobiy
ta’sirini ko’rsatmoqda.


Xulosa va takliflar

Elektron tijorat mexanizmlarining rivojlanishi va barqaror ishlashi uchun zarur bo’lgan

shart-sharoitlar to’g’risida dastlabki xulosalarni chiqargan holda, quyidagi xulosa va takliflarni

keltirish mumkin. Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun quyidagi natijalarni
beradi:

-

Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbekiston mehnat bozori tuzilmasiga ijobiy ta’sir

ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini

yaratadi.

-

O’zbekiston

iqtisodiyotining

barqarorlashishi,

tovar

va

xizmatlarning

raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi
eksport imkoniyatlarining oshishiga olib keladi.

-

Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishi, marketing, menejment kabi

sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.

-

Elektron tijorat sohasida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish zarur.

-

Ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda loyihalar

yaratish, ilmiy ishlar, maqolalar yozish, shu sohada internet-resurlarini, media materiallarini

yaratish, doimiy forum va virtual ko’rgazmalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron
tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng

asosiy muammolardan biri – malakali kadrlarni tayyorlash uchun oliy ta’lim muassasalarida
zamon talablariga javob beruvchi kompleks laboratoriyalarni yaratish lozim.

-

Aholiga telekommunikasiya-aloqa xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni

kuchaytirish. Bu esa o’z navbatida aloqa kompaniyalari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar

sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum internet
zonasining yaratilishiga olib keladi.

-

AKT sohasiga investisiyalarni kiritish uchun va unda chuqur islohotlarni olib borishda

qulay huquqiy sharoitning ko’rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo’lishini ta’minlash.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

246

-

Axborot texnologiyalarining butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalishini ta’minlash.

Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy

qilinishi elektron tijorat hajmining yuqori darajada oshishiga olib keladi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Baxtiyor Maxkamov, Gulnora Ismoilova, & Bobur Raximov (2023). Elektron tijorat

infratuzilmasi va uning geoiqtisodiy ahamiyati. innovations in Technology and Science
Education, 2(10),

974–983.

Retrieved

from

https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/1278

Farmon (2022), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-Yillarga mo’ljallangan

yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida 28.01.2022 yildagi PF-60-son.

Global Ecommerce (2018): Statistics and International Growth Trends (Infographic).

https://www.shopify.com/enterprise/global-ecommerce-statistics

Ilxamova Y.S. (2023) “Elektron tijorat: tushunchasi, maqsadlari va asosiy yo'nalishlari”

2023-01-20, 136-140 b.

Ефимова Н. А., Тарасов А. С. (2018) Совершенствование работы интернет-магазина

//Вестник Белгородского университета кооперации, экономики и права. – №. 5. – С. 174-
183.

Жилин В.В., Сафарьян О.А. (2020) Искусственный интеллект в системах хранения

данных

//

Advanced

Engineering

Research

(Rostov-on-Don).

№2.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/iskusstvennyy-intellekt-v-sistemah-hraneniya-dannyh

https://unctad.org/press-material/global-e-commerce-hits-256-trillion-latest-unctad-estimates

Захаров А.Н., Чехранова Т.А. (2019) Тенденции развития электронной торговли в

международной практике Российский внешнеэкономический вестник. № 6. С. 102-106.

Рўзиқулов А.А. (2012), “Электрон тижорат: имкониятлар, муаммолар ва ечимлар”

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, март.

Сатволдиев

У.K.

(2024).

Ўзбекистонда

электрон

тижоратнинг

ривожлантиришнинг ўзига хос хусусиятлари. Scientific Journal of Actuarial Finance and
Accounting, 4(03), 217-227.

https://doi.org/10.55439/AFA/vol4_iss03/152

Хамраева С.Н. Хасанов Ш.Х. (2020) “Жаҳон электрон савдо хизматини ривожланиш

ҳолати ва таҳлили” “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-

iyun, 321-328 бб.

Библиографические ссылки

Baxtiyor Maxkamov, Gulnora Ismoilova, & Bobur Raximov (2023). Elektron tijorat infratuzilmasi va uning geoiqtisodiy ahamiyati. innovations in Technology and Science Education, 2(10), 974–983. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/1278

Farmon (2022), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-Yillarga mo’ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida 28.01.2022 yildagi PF-60-son.

Global Ecommerce (2018): Statistics and International Growth Trends (Infographic). https://www.shopify.com/enterprise/global-ecommerce-statistics

Ilxamova Y.S. (2023) “Elektron tijorat: tushunchasi, maqsadlari va asosiy yo'nalishlari” 2023-01-20, 136-140 b.

Ефимова Н. А., Тарасов А. С. (2018) Совершенствование работы интернет-магазина //Вестник Белгородского университета кооперации, экономики и права. – №. 5. – С. 174-183.

Жилин В.В., Сафарьян О.А. (2020) Искусственный интеллект в системах хранения данных // Advanced Engineering Research (Rostov-on-Don). №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/iskusstvennyy-intellekt-v-sistemah-hraneniya-dannyh https://unctad.org/press-material/global-e-commerce-hits-256-trillion-latest-unctad-estimates

Захаров А.Н., Чехранова Т.А. (2019) Тенденции развития электронной торговли в международной практике Российский внешнеэкономический вестник. № 6. С. 102-106.

Рўзиқулов А.А. (2012), “Электрон тижорат: имкониятлар, муаммолар ва ечимлар” “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, март.

Сатволдиев У.K. (2024). Ўзбекистонда электрон тижоратнинг ривожлантиришнинг ўзига хос хусусиятлари. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 4(03), 217-227. https://doi.org/10.55439/AFA/vol4_iss03/152

Хамраева С.Н. Хасанов Ш.Х. (2020) “Жаҳон электрон савдо хизматини ривожланиш ҳолати ва таҳлили” “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 321-328 бб