Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
104
MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TAMINLASHDA HUDUDLARNING
SOLIQ POTENSIALINI O’RNI
Ismoilov Muslimjon Qambarali o’g’li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0003-2598-6240
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hududlarning soliq potensialiga ta’sir etuvchi
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlil qilingan. Hududlarni soliq potensialini oshirishga doir budjet-
soliq siyosatiga doir chora-tadbirlar tizimi, hududlarni soliq to’lay olish qobiliyati, ularni oshirish
va soliqlarni undirish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar xorij tajribasi asosida yoritib
berilgan.
Kalit so’zlar:
soliqlar, soliq potensiali, reprezentativ soliq tizimi, yuridik shaxslar, soliq
tushumlari, soliq tekshiruvlari.
РОЛЬ НАЛОГОВОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНОВ В ОБЕСПЕЧЕНИИ
ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ
Исмоилов Муслимжон Камбарали угли
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье анализируются макроэкономические показатели,
влияющие на налоговый потенциал регионов. Система мер бюджетно-налоговой
политики по повышению налогового потенциала регионов, возможность регионов
платить налоги, взаимоотношения, возникающие в процессе их повышения и взимания
налогов, освещены на основе зарубежного опыта.
Ключевые слова:
налоги, налоговый потенциал, репрезентативная налоговая
система, юридические лица, налоговые поступления, налоговые проверки.
THE ROLE OF THE TAX POTENTIAL OF THE REGIONS IN ENSURING
FINANCIAL STABILITY
Ismoilov Muslimjon Kambarali ugli
Tashkent State University of Economics
Annotation.
This article analyzes the macroeconomic indicators affecting the tax potential
of the regions. The system of budget-tax policy measures to increase the tax potential of the
regions, the ability of the regions to pay taxes, the relations that take place in the process of
increasing them and collecting taxes are highlighted on the basis of foreign experience.
Key words:
taxes, tax potential, representative tax system, legal entities, tax revenues, tax
audits.
UO‘K: 336.2(575.1)
V SON - MAY, 2024
104-111
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
105
Kirish.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda
avvalombor, soliq siyosati samaradorligini oshirish, soliq turlari va ularning amal qilish
mexanizmini soddalashtirish, soliq yuki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida optimal
taqsimlash soliq tizimi oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuningdek
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida amalga oshiriladigan soliq sohasidagi
islohotlarda asosiy e’tibor tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyatini soliqlar vositasida
rag’batlantirishni ko’zda tutadi, lekin shu bilan birgalikda soliqlarning asosiy fiskal funksiyasi
bajarilishi ko’p jihatdan soliqlarning budjetga o’z vaqtida va to’liq undirilish jarayoniga bog’liq.
Bugungi davlat boshqaruvida mahalliy budjetni to’ldirish siyosatini samarali
tashkillashtirish har bir hududni iqtisodiy-ijtimoiy yuksalishidagi muhim jihatlarni aniqlashda
asosiy o’rinni egallaydi. Budjetga soliqlarni va to’lovlarni o’z vaqtida tushushi bo’yicha
hududlar salohiyatini aniqlash, mahalliy budjet daromadlarini shakllantiruvchi omillarni to’lov
qobiliyatini oshirish va kelib chiqishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy salbiy natijalarni
oldindan aniqlash zaruriyat hisoblanadi. Natijada, hududlarni soliq to’lay olish qobiliyatini
aniqlash, qanday qilib budjet daromadlarini ko’paytirish mumkin degan savollarga javob topish
uchun ilmiy asoslangan tavsiya va takliflarga murojaat qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Chet el adabiyotlarida ko’rishimiz mumkinki soliq potensiali asosida ma’lum hududning
soliq tushumlari ko’rinishida daromad keltiradigan soliq bazasi tushuniladi. Xususan, Pelevin
(2014) fikriga ko’ra, bugungi kunda soliq potensialini baholash ahamiyatli topshiriqlardan biri
hisoblanadi, bu nafaqat budjetga tushadigan soliqli tushumlarni o’sishini, shuningdek ushbu
hududning soliq va boshqa tushumlari tushushi prognoz darajasini aniqlash imkonini beradi.
Soliq to’lovlarini tahlil qilishning birinchi bosqichi soliq bazasining holatiga ta’sir qiluvchi
mintaqaviy omillarni o’rganishni o’z ichiga oladi. Mintaqaning soliq potensialini shakllantirish
jarayoniga quyidagi bloklar ta’sir ko’rsatadi:
-
tartibga soluvchi va qonunchilik;
-
iqtisodiy;
-
budjet.
Chun-Yan Kuo (2000) soliq potensialini soliq to’lovchilarning soliq to’lay olishi yoki
davlatning daromad olish qobiliyati tarzida ifodalaydi.
Yuqoridagi fikrlarni o’rganar ekanmiz bu fikrlarga qo’shila olmaymiz. Chunki soliqlarni
to’lash qobiliyatini soliq potensiali bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Soliq potensialiga soliqlarni
to’lsh qobiliyatidan boshqa omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Shuningdek Amerika Qo’shma Shtatlarining hukumatlararo munosabatlar bo’yicha
Maslahat qo’mitasi tomonidan soliq potensialini davlat xarajatlarini qoplash imkoni mavjud
bo’lgan jamiyatning maksimal summasidir deb ta’rif bergan (ACIR, 1982).
Keng ma’noda “soliq potensiali”- bu hududning soliq solinadigan resurslarining umumiy
miqdori. Torroq, аmaliy ma’noda “soliq potensiali”-amaldagi qonunchilikda hisoblab chiqilgan
soliq va yig’im tushumlarining mumkin bo’lgan maksimal miqdori.
Soliq potensiali tushunchasi budjet federalizmi modeli keng qo’llaniladigan ko’pchilik
rivojlangan davlatlarda moliyaviy potensial bilan tenglashtiriladi (Propenko, 2007).
Ko’plab mahalliy iqtisodchi olimlar tomidan ham soliq potensiali haqida fikr-mulohazalar,
ayrim yondashuvlar bildirib o’tilgan. Ulardan Islamkulov (2017) soliq potensiali har bir
davlatning o’ziga xos bo’lgan milliy soliq qonunchiligi, soliq ma’murchiligi, soliq tizimi
xususiyatlari bilan izohlanadi deb fikr bildirgan.
Shuningdek Musalimov (2020) hududlarni soliq potesialini mahalliy budjetlarning
daromad salohiyatini aniqlashdagi muhim element deb hisoblaydi. Albatta hududlarning soliq
potensiali har bir hududning o’zining ichki imkoniyatlaridan, iqtisodiy imkoniyatlaridan, soliq
resurslaridan va soliq to’lovchilarning to’lov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
106
Fikr bildirgan mahalliy va xorijiy olimlarni fikrini o’rganar ekanmiz, ularning soliq
potensialiga bergan ta’riflarini bilan tanishishimiz mumkin. Misol uchun Chun-Yan Kuo (2000)
soliq potensiali soliq to’lovchilarni soliqlarni to’lay olish qobiliyati sifatida ta’rif bergan.
Amerikalik olimlar esa soliq potensialiga davlat xarajatlarini qoplay olish qobiliyati sifatida
qarashgan. Albatta bu berilgan berilgan ta’riflarni hammasi to’g’ri, biroq soliq potensiali
berilgan tushunchalardan kengroq tushuncha. Soliq potensiali nafaqat soliqlarni to’lay olish
qobiliyatini, balki soliq to’lovchilarni ham, soliq qarzlarini undirish qobiliyatini ham, soliq
madaniyatini ham o’zida mujassam etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada mantiqiy usul, kuzatuv, tahlil va sintez, tizimli va qiyosiy tahlil usullaridan
foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Har bir iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatda soliq potensialini aniqlash muhim ahamiyat
kasb etadi. Rus tadqiqotchilari tomonidan soliq potensialini baholash metodologiyasini
tasniflash uchun bir nechta variantlar taklif etgan:
-
iqtisodiy daromadlar ko’rsatkichlari bo’yicha baholash metodi; reprezentativ soliq
sistemasini shallantirish asosida; soliq hisoboti ma’lumotlariga asoslanib va haqiqiy yig’ilgan
soliqlar to’g’risidagi ma’lumotlarga tuzatishlar; soliq potensiali indekslariga asoslangan holda
(Каратаев, 2010);
-
iqtisodiy daromadlar ko’rsatkichlariga asoslangan usul; soliq bo’yicha amalda
to’plangan soliqlar va yig’imlar to’g’risida hisobot berish va ma’lumotlarni tuzatish; indeks
yondashuvidan foydalangan holda(Рощупкина, 2014);
-
makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanadigan va ularga asoslangan usullar guruhi
reprezentativ soliq tizimini shakllantirish (Миронов, 2012).
Soliq potensialini aniqlashning zamonaviy usullaridan quyidagi ekstrapolyatsion
usullarni ko’rishimiz mumkin
29
:
-
soliq hisobotlari ma’lumotlariga va haqiqiy to’plangan soliq to’lovlari bo’yicha
baholash usullari;
-
hududlarni soliq potensiali indeksiga asoslangan baholash usuli;
-
reprezentativ soliq tizimini shakllantirish usuli;
-
jami soliq solinadigan resurslar usuli
30
.
Hududlarni soliq potensialini modellashtirish usullari:
-
asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali baholash usullari(aholi jon boshiga o’racha pul
daromadi; YaHM ko’rsatkichi );
-
korrelyatsiya va regressiya tahlili usuli;
-
yashirin faoliyatni bohalash usuli.
Soliq hisobotlari ma’lumotlariga va haqiqiy to’plangan soliq to’lovlari bo’yicha baholash
usuli individual soliqlar bo’yicha hududlarni soliq potensiali ko’rsatkichlari jamlanmasidan
iborat bo’ladi. Har bir soliq turi bo’yicha soliq potensiali soliq hisoboti bo’yicha hisoblanadi.
Buni eng sodda oddiy o’rtacha harakatlanuvchi usul formulasi orqali ko’rishimiz mumkin:
(1)
Bu yerda: НПР-hududlarni soliq potensiali; n- baholash o’tkaziladigan davr; k-
harakatlanuvchining o’rtacha tartibi (Пугачев, 2016).
https://ru.wikipedia.org/wiki/Экстраполяция
30
Методические аспекты расчета налогового потенциала региона | Региональная экономика и управление: электронный научный
журнал.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
107
Reprezentativ soliq tizimining regression usuli o’rta va uzoq muddat uchun prognoz
qilishda samarali hisoblanib, bu usul budjet daromadlari hajmini aniqlovchi ma’lum o’zaro
bog’liq iqtisodiy ko’rsatkichlar to’plamlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Mazkur
usulning kamchiligi uning murakkabligida bo’lib, turli iqtisodiy xarakterdagi ma’lumotlardan
foydalanish hududlar soliq potensiali ko’rsatkichlarining sezilarli farqlanishiga olib keladi.
Reprezentativ soliq tizimini shakllantirish usuli taqdim etilgan ekstrapolyatsiya
usullaridan biri hisoblanib, buni qo’llash orqali soliq tushumlarini prognoz qilish soliq
stavkalarini aniqlangan soliq bazalariga qo’llash orqali aniqlanadi. Bu usulni formula bilan
ifodalash mumkin:
(2)
Bu yerda:
- i-soliq bo’yicha hududni soliq bazasi; – i-soliq bo’yicha soliq
stavkasi(Пугачев, 2016).
Bu usulning ham o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Bu usul ko’plab omillarning hudud
soliq potensialiga ta’sirini hisobga olishga imkon bermaydi. Masalan sub’ektlarning
rivojalanishidagi farqlarni hisobga olmaydi.
Yuqoridagi fikrlarni o’rganib reprezentativ soliq tizimi deganda, bu soliq bazalariga mos
keladigan mamlakatda o’rtacha soliq stavkalari bo’yicha mintaqaviy budjetga mumkin bo’lgan
soliq tushumlarini prognoz qilishga asoslangan usulni tushunamiz. Reprezentativ soliq tizimida
regressiya usuli yordamida soliq potensialini quyidagi tenglama yordamida baholashimiz
mumkin:
(3)
Bu yerda:
- hududda budjetga to’lanadigan to’lovlar; j=1,2,3,…n-ko’rib chiqilgan
hududlar soni;
- i-mintaqaning soliq bazasi ko’rsatkichlari;
- tasodifiy omillar;
-
tasodifiy o’lchov xatosi (Пугачев, 2016).
1-rasm. 2024-yil yanvar-mart oylarida soliq to'lovchilar tomonidan soliqlarning
ixtiyoriy to'lanish darajasi(foizda)
31
95,0
95,0
96,0
96,0
94,0
96,0
95,0
96,0
96,0
94,0
96,0
96,0
96,0
97,0
97,0
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Andijon
Buxoro
Jizzax
Qashqadaryo
Navoiy
Namangan
Samarqand
Surxandaryo
Sirdaryo
Toshkent
Farg'ona
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
108
1-rasmdan ko’rishimiz mumkinki,
2024-yil yanvar-mart oylarida respublika miqyosida
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 96 %ni
tashkil etdi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar, Toshkent shahrida qayd
etildi – 97%. Buxoro, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm
viloyatlari – 96%. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari – 95%.
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari – 94%. Bu ko’rsatkichlardan ko’rishimiz mumkinki, soliq
madaniyati ham asta-sekin soliq to’lovchilar orasida yuqori darajaga chiqayotganligini
ko’rishimiz mumkin.
Hududlarni soliq potensialini ko’rsatkichlarini quyidagi to’rtta guruhga bo’lib chiqamiz:
1.
Hududlarni soliq potensialini amalga oshirish darajasi;
2.
Soliq daromadlarini budjet darajasida taqsimlash nuqtai nazaridan hududlarni soliq
potensiali tizimlari;
3.
Hududlarning soliq potensialining qo’shimcha nuqtai nazaridan;
4.
Budjetlararo munosabatlar tizimida hududlarning soliq potensialinining roli.
Soliq salohiyatini aniqlashning eng oddiy usullaridan yana biri sifatida professor I.Gorskiy
tomonidan quyidagi usul ishlab chiqilgan(Gorskiy, 1999):
(4)
Bu yerda: NPR — hududning soliq salohiyati, (pul qiymatida);
F — xaqiqiy soliq tushumlari, (pul qiymatida);
Z — hisobot davrida soliq qarzdorligining ortishi (pul qiymatida);
L — hududga to‘g‘ri keluvchi soliq imtiyozlari (pul qiymatida).
2-rasm. 2024-yil 1-choragida “Avtokameral” tizimi orqali amalga oshirilgan
tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari(mlrd.so’m)
32
15,2
16,4
17,7
8,9
21,8
18,1
13,7
21,6
19,4
7,9
14,2
27,7
11,5
56,8
615,5
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxandaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg'ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Yirik soliq to'lovchlar bo'yicha
hududlararo SI
-
100,0
200,0
300,0
400,0
500,0
600,0
700,0
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
109
2-rasmdan ko’rishimiz mumkinki,
2024-yil yanvar-mart oylarida o‘tkazilgan
tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 8 997 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta
hisobotlar taqdim etilgan va 866,3 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan. Viloyatlar kesimida
Toshkent shahrida “Avtokameral” tekshiruvi natijasida 56,8 mlrd.so’m qo’shimcha soliq
aniqlangan. Tekshiruv natijasida Sirdaryo viloyatida eng kam ko’rsatkich 7,9 mlrd.so’m
qo’shimcha soliq aniqlangan. Biz yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki,
qo’shimcha aniqlangan soliqlar hududlarning soliq potensialiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
3-rasm.2024-yil 1-chorakda hududlar kesimida foydalanilgan soliq
imtiyozlari(mlrd.so’m)
33
3-rasmdan ko’rishimiz mumkinki, 2024-yilning 1-choragida 155 468 ta tashkilot 8,6
trln.so’m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. Viloyatlar kesimida ko’rishimiz
mumkinki, Sirdaryo viloyati 1-chorakda 89,5 mlrd.so’m imtiyozlardan foydalangan. Toshkent
shahri 2 454,4 mlrd.so’m imtiyozdan foydalangan holda eng yuqori ko’rsatkich bilan birinchi
o’rinni egallab turibdi.
Foydalanilgan soliq imtiyozlarini soliq turlarida kesimida:
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha 3,9 trln.so’m;
Yer solig’i bo’yicha 1,8 trln.so’m;
Foyda solig’i bo’yicha 1,1 trln.so’m;
Mol-mulk solig’i bo’yicha 792,5 mlrd.so’m;
Itimoiy soliq bo’yicha 576,7 mlrd.so'm;
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha 214,7 mlrd.so‘m;
Aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha 42,7 mlrd.so’m;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha 19,8 mlrd.so‘m imtiyozdan
foydalangan.
157,0 151,4 231,4 126,7 169,2 155,9 208,6 301,8 104,5 89,5 409,8 336,6 137,3
2 454,4
12 283,2
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
110
1-jadval
2024-yildagi 1-choragida hududlarning soliq salohiyati(mlrd.so'm)
34
2024-
yilning 1-
choragida
Budjetga
tushumlar
2024-yilning
1-choragida
foydalanilgan
soliq
imtiyozlari
2024-yil
1-choragida
"Avtokameral"
tizimi orqali
amalga
oshirilgan
tekshiruvdan
oldingi tahlil
natijalari
I.Gorskiy
usuli
NPR=F+Z+L
1 Qoraqalpog'iston Respublikasi
657,0
157,0
15,2
829,2
2 Andijon viloyati
728,1
151,4
16,4
895,9
3 Buxoro viloyati
785,5
231,4
17,7
1 034,6
4 Jizzax viloyati
512,7
126,7
8,9
648,3
5 Qashqadaryo viloyati
944,6
169,2
21,8
1 135,6
6 Navoiy viloyati
482,1
155,9
18,1
656,1
7 Namangan viloyati
685,7
208,6
13,7
908,0
8 Samarqand viloyati
1 112,3
301,8
21,6
1 435,7
9 Surxandaryo viloyati
695,4
104,5
19,4
819,3
10 Sirdaryo viloyati
355,3
89,5
7,9
452,7
11 Toshkent viloyati
1 442,4
409,8
14,2
1 886,4
12 Farg'ona viloyati
1 112,6
336,6
27,7
1 476,9
13 Xorazm viloyati
656,1
137,3
11,5
804,9
14 Toshkent shahri
5 607,7
2 454,4
56,8
8 118,9
15
Yirik soliq to'lovchilar
bo'yicha hududlararo DSI
24 501,5
12 283,2
615,5
37 400,2
JAMI
40 279,0
17 317,3
886,4
58 482,7
2-jadvalda ko’rishimiz mumkinki, I.Gorskiy usuli orqali hududlarning 2024-yilning 1-
choragida soliq salohiyati ko’rsatilgan. Viloyatlar kesimida Sirdaryo viloyatining soliq
salohiyati 452,7(mlrd.so’m) tashkil qilgan. Haqiqatda, Sirdaryo viloyatida 2024-yilning 1-
choragida 355,3(mlrd.so’m) soliqdan tushum tushgan. Gorskiy usulida qo’shimcha
97,4(mlrd.so’m) Sirdaryo viloyatining soliq to’lash qobiliyati aniqlangan. Eng yuqori
ko’rsatkich bo’yicha hududlar ichida Toshkent shahri o’rin olganini ko’rishimiz mumkin.
Toshkent shahridan 2024-yilning 1-choragida 5 607,7 (mlrd.so’m) soliq budjetga tushgan.
Gorskiy usuli orqali Toshkent shahrini 2024-yilning 1-choragida soliq salohiyati 8 118,9
(mlrd.so’m)ni tashkil etgan. Bu esa Toshkent shahrining qo’shimcha 2 511,2 (mlrd.so’m)
soliqni budjetga to’lash qobiliyati mavjudligini bildiradi.
Mazkur usul iqtisodchilar o‘rtasida "haqiqiy usul" deb nom olgan bo‘lib, unda hududning
soliq salohiyati budjetga kelib tushgan haqiqiy soliq tushumlariga nisbatan hisoblanadi.
Albatta, bunday usul umumiy xarakterga ega. Ya’ni, budjetga kelib tushgan soliq tushumlari
bo‘yicha soliq salohiyatini aniqlash miqdoriy xususiyatga ega bo‘lib, sifat ko‘rsatkichlarini
e’tiborga olmaydi. Shu bilan birgalikda, soliq turlari bo‘yicha soliq bazalari qiymati soliq xizmati
organlari tomonidan hisoblab chiqiladi. Bunda soliq bazalarini hisoblab chiqish ancha
murakkabdir.
Xulosa va takliflar.
Bugungi kunda soliq siyosati sohasida hududlarni soliq potensialini aniqlash, soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, soliq tizimini
soddalashtirish hamda soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
111
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlarning asosiy
maqsadlaridan biri bu – soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish va budjet daromadlar bazasini
kengaytirishdir. Bunday qilishga sabab, Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismini soliqlar
tashkil etadi. Soliqlarni o‘z vaqtida budjetga undirilishi esa, davlatning oldindan rejalashtirilgan
zarur xarajatlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Davlat budjeti daromadlarining ortishi, uning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga va moliyaviy barqarorlikka erishishiga xizmat qiladi. Shu
sababli soliqlarni yig‘iluvchanligini oshirish, budjetga qo‘shimcha daromad zaxiralarini
aniqlash hamda yashirin iqtisodiyot darajasini qisqartirish davlat tomonidan bajarilishi muhim
bo‘lgan vazifalardan biri sanaladi.
Hududlarni soliq potensialini aniqlash va soliqlarni undirishni yanada takomillashtirish
va samarali budjet-soliq siyosatini yuritishimiz borasida quyidagi takliflarimizni keltirib
o‘tamiz.
Soliqlarni undirishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Chet elda soliq qarzdorligini undirish bilan shug’ullanuvchi xususiy firmalar ham mavjud bo’lib
ular o’z faoliyatini davlat soliq organlari bilan birgalikda amalga oshiradi. Bu ham o’z navbatida
davlat budjetiga to’lovlarni ta’minlab beradi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
ACIR (1982) Advisory Commission on Intergovernmental Relations. Tax Capacity of the Fifty
States: Methodology and Estimates.
Kuo, C.-Y. (2000) ‘Estimation of Tax Revenue and Tax Capacity’, Development Discussion
Papers.
Каратаев, А.С. (2010) ИНСТРУМЕНТАРИЙ ОЦЕНКИ НАЛОГОВОГО ПОТЕНЦИАЛА
КРУПНЕЙШЕГО
НАЛОГОПЛАТЕЛЬЩИКА,
Вектор
науки
Тольяттинского
государственного университета.
Миронов, А.А. (2012) Методический инструментарий оценки налогового
потенциала региона.
Пелевин, И. Ю. (2014) АНАЛИЗ КОНЦЕПТУАЛЬНЫХ ПОДХОДОВ И МЕТОДОВ ОЦЕНКИ
НАЛОГОВОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНОВ, Статистика и Экономика. doi: 10.21686/2500-
3925-2014-5-70-72.
Прокопенко Р.А (2007) Понятие и роль налогового потенциала в экономическом
развитии региона / Научный журнал «Современные наукоемкие технологии». №12
Пугачев, А.А. (2016) Развитие налогового потенциала региона в рамках
совершенствования налогового федерализма. c-72-76
Рощупкина, В.В. (2014) ‘Теория и методология комплексной оценки налогового
потенциала региона.
Худжамуратович, И. А. (2017) "Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий
электрон журнали. № 2, март-апрель.
Шухрат, М., (2020) Научный, and Финансовый Институт, Т. ‘Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar’ Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel.
