FEATURES OF THE TAX ADMINISTRATION ON PROFIT TAX IN THE CONTEXT OF THE DEVELOPMENT OF DIGITAL INFRASTRUCTURE

Abstract

This article is devoted to the improvement of tax administration related to profit tax. Income tax is an important source of revenue for the government, and effective tax administration is essential to ensure effective revenue collection and taxpayer compliance. This analysis explores various aspects of tax administration that could be improved to simplify the process, reduce tax evasion and create a more business-friendly environment. The analysis includes a review of relevant literature, studies and experiences from different countries. At the same time, such areas as underground trade and general catering, transport by motor vehicle, housing construction and repair, provision of residential services in the economy are studied, foreign experience and scientific-practical conclusion on its application in our country. and suggestions are formulated.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Babajanov, D. (2024). FEATURES OF THE TAX ADMINISTRATION ON PROFIT TAX IN THE CONTEXT OF THE DEVELOPMENT OF DIGITAL INFRASTRUCTURE. Economic Development and Analysis, 2(6), 33–41. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48699
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the improvement of tax administration related to profit tax. Income tax is an important source of revenue for the government, and effective tax administration is essential to ensure effective revenue collection and taxpayer compliance. This analysis explores various aspects of tax administration that could be improved to simplify the process, reduce tax evasion and create a more business-friendly environment. The analysis includes a review of relevant literature, studies and experiences from different countries. At the same time, such areas as underground trade and general catering, transport by motor vehicle, housing construction and repair, provision of residential services in the economy are studied, foreign experience and scientific-practical conclusion on its application in our country. and suggestions are formulated.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

33


RAQAMLI INFRAT

UZILMANI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA FOYDA SOLIGʻI

BOʻYICHA SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGINING XUSUSIYATLARI

Babajanov Davronbek Jumamuratovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0001-1577-0580

davrbobo@mail.ru


Annotasiya.

Mazkur maqola foyda soligʻi bilan bogʻliq soliq maʼmuriyatchiligini

takomillashtirishga bagʻishlangan. Foyda soligʻi davlat uchun muhim daromad manbai boʻlib,

samarali soliq maʼmuriyatchiligi byudjet daromadlarini samarali yigʻish va soliq toʻlovchilar

to

monidan rioya etilishini taʼminlash uchun juda muhimdir. Ushbu tahlil jarayonni soddalashtirish,

soliq toʻlashdan boʻyin tovlash holatlarini kamaytirish va tadbirkorlik subʼektlari uchun yanada

qulay muhit yaratish maqsadida takomillasht

irilishi mumkin boʻlgan soliq maʼmuriyatchiligining

turli jihatlarini oʻrganadi. Tahlil turli mamlakatlardagi tegishli adabiyotlar, tadqiqotlar va

tajribalarni koʻrib chiqishni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma savdo

va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-

joy qurilishi va taʼmirlash, turarjoy

xizmatlarini koʻrsatish kabi sohalar oʻrganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qoʻllash

boʻyicha ilmiy

-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.

Kalit soʻzlar

:

soliq, foyda

soligʻi, soliq tushumlari, usullar va vositalar, ilgʻor axborot

-

kommunikasiya texnologiyalari, tahlil, optimallashtirish, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi. soliq

munosatlari, soliq siyosati, davlat byudjeti, soliq maʼmuryatchiligi, soliq yuki.

ОСОБЕННОСТИ НАЛОГОВОГО АДМИНИСТРИРОВАНИЯ ПО НАЛОГУ НА ПРИБЫЛЬ В

УСЛОВИЯХ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ

Бабажанов Давронбек Джумамуратович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

Данная статья посвящена совершенствованию налогового

администрирования по налогу на прибыль. Подоходный налог является важным

источником доходов правительства, и эффективное налоговое администрирование

имеет важное значение для обеспечения эффективного сбора доходов и соблюдения
требований налогоплательщиков. В этом анализе рассматриваются различные аспекты

налогового администрирования, которые можно улучшить, чтобы упростить процесс,

сократить уклонение от уплаты налогов и создать более благоприятную для бизнеса

среду. Анализ включает обзор соответствующей литературы, исследований и опыта
разных стран. При этом изучаются такие направления, как подпольная торговля и

общепит, автомобильный транспорт, жилищное строительство и ремонт, оказание

жилищно

-

бытовых услуг в экономике, зарубежный опыт и научно

-

практические

заключения по его применению в нашей стране и предложения. сформулированы.

Ключевые слова:

налог, налог на прибыль, налоговые поступления, методы и

инструменты, передовые информационно

-

коммуникационные технологии, анализ,

оптимизация, налоговые льготы, налоговая ставка. налоговые отношения, налоговая

политика, государственный бюджет, налоговое администрирование, налоговое бремя.

UO

K: 336.201

VI SON

IYUN, 2024

33-41


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

34

FEATURES OF THE TAX ADMINISTRATION ON PROFIT TAX IN THE CONTEXT

OF THE DEVELOPMENT OF DIGITAL INFRASTRUCTURE

Babajanov Davronbek Jumamuratovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article is devoted to the improvement of tax administration related to profit

tax. Income tax is an important source of revenue for the government, and effective tax

administration is essential to ensure effective revenue collection and taxpayer compliance. This

analysis explores various aspects of tax administration that could be improved to simplify the
process, reduce tax evasion and create a more business-friendly environment. The analysis includes

a review of relevant literature, studies and experiences from different countries. At the same time,
such areas as underground trade and general catering, transport by motor vehicle, housing

construction and repair, provision of residential services in the economy are studied, foreign
experience and scientific-practical conclusion on its application in our country. and suggestions are

formulated.

Key words:

tax, profit tax, tax revenue, methods and tools, advanced information and

communication technologies, analysis, optimization, tax benefits, tax rate. tax attitudes, tax policy,
state budget, tax administration, tax burden.

Kirish.

Jahonda tobora keskinlashib borayotgan global raqobat sharoitida mamlakatlarning

moliyaviy barqarorli

gini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etib, bu soliq

-byudjet tizimining

samaradorligini taʼminlash, mahalliy byudjetlarning barqarorligi va ularning daromadl

ar

bazasini mustahkamlashning dolzarbligini oshirmoqda. “Foydani soliqqa tortish bevosita

soliqqa tor

tish amal qilishining yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi, yaʼni soliqlarning fiskal

funksiyasini bajarish maqsadida xoʻjalik subyektlariga toʻgʻridan

-

toʻgʻri taʼsir koʻrsatish roʻy

beradi. Uzoq yillar davomida foyda soligʻi byudjet soliq daromadlarining aha

miyatli qismini

shakllantirib, tashkilotlarning rivojlanishida muhim tartibga soluvchi rolni oʻynaydi”. Jahon

iqtisodiyotida huquqiy jihatdan shakllantirilgan korporativ soliq stavkalari korporatsiyalar duch

keladigan asosiy soliq stavkasi hisoblanib, bu y

uridiksiyalarni hisobga olgan holda va vaqt oʻtishi

bilan korporatsiyalar uchun standart soliq stavkalarini taqqoslash uchun qoʻllanilishi

mumkinligini anglatadi.

Adabiyotlar sharhi.

Hozirgi kunda turli mulk shaklidagi xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning

asosiy maqsadi

kamroq xarajat qilgan holda maksimal foyda olishga harakat qilishdir. Shu bilan birga, korxona

toʻlov intizomi mustahkam boʻlsa, byudjetga oʻz vaqtida soliqlarni toʻlab har bir jarimalardan

qochishga intiladi va soliqlarni oʻz vaqtida byudjetga toʻlaydi. Foyda tijorat asosida faoliyat
yuritayotgan xoʻjalik subʼektlarining soʻnggi moliyaviy natijasi boʻ

lishi bilan birga, respublika va

mahalliy byudjetlar daromadining asosiy moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi.

Narxlar barqaror boʻlganda foyda dinamikasining oʻsishi ko

rxonaning samarali faoliyat

yuritayotganligidan dalolat beradi. Foyda hajmining oʻsishi korxonaning moliyaviy qudra

ti,

ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish fondini tashkil etish hamda ishchi-
xizmatchilarni moddiy

ragʻbatlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Abdukarimov (2005)

foydani murakkab iqtisodiy kategoriyalardan biri sifatida eʼtirof etib, u asosan qoʻshimcha

qiymat yaratish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi

deb

taʼkidlaydi.

Alieva (2011) foydani tadbirkorlik faoliyati xizmatlari uchun toʻlov, yaʼni aynan tovarlar va

xizmatlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni mohirona birlashtirishi, korxona boshqarish

boʻyicha noodatiy qarorlar qabul qilishi, mahsulotlarning

innovatsion turlarini joriy qilishi,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

35

ishlab chiqarish jarayonini oʻzgartirishi uchun, shuningdek iqtisodiy risk

uchun mukofot sifatida

eʼtirof e

tadi. Nemis iqtisodchisi E.F. Sheffle foydani investitsiya qilingan kapital qaytimi sifatida

talqin etgan.

Milyakov (1999) foydani korxona byudjetini shakllantirishning muhim manbasi va bu

manba hisobidan ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish amalga osh

irilishini aytib oʻtadi.

Koʻpchilik singari Mardiasmo (2013) ham, foyda soligʻini foyda bilan bogʻlaydi. U foyda

soligʻi

qonunchilikda koʻrsatilgan subʼektiv shartlar va obʼektiv talablarga rioya qilingandagi soliq

toʻlovchilardan olinadi deb fikr keltirad

i.

Toshmurodov (2004) korxonalar foyda soligʻining mohiyati foydaning bir qismini majburiy

toʻlov sifatida davla

t byudjetiga markazlashtirilishida yuzaga keladigan munosabatlarda

namoyon boʻladi. Shu munosabat bilan –

foy

da soligʻi tushunchasiga quyidagi t

aklif

shakllantirildi:

foyda soligʻi deganda korxona, tashkilot va birlashmalarda yaratilgan

qoʻshimgan qiymat

ning bir qismi foydani qonun doirasida belgilangan chegaralarda majburiy

toʻlov sifatida davlat byudjeti ixtiѐriga oʻtkazilishi bilan bogʻliq pu

l munosabatlari tushuniladi.

A.Fedorov. (2010) fikricha, “maʼmuriy yukni kamaytiradigan va yirik soliq toʻlovchi

larning

investitsiya faolligini ragʻbatlantiradigan soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha

chora-tadbirlar taklif etgan, amaldagi soliq imtiyozlarini sezilarli darajada kengaytiradigan va

toʻldiradigan hamda oʻz investitsiya manbalarini koʻpaytiradigan yirik soliq toʻlovchilarning
investitsiya faoliyatini soliq orqali ragʻbatlantirish usullari va uslub

larini ishlab chiqqan, ularning

samaradorligini baholagan”.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan

foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni

takkomilashtirishga doir maʼlumotlar

va ularni tahlillar amalga oshirilib ilmiy xulosalar berildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bugungi kunda inson faoliyatining barcha sohalarida raqamlashtirish masalasi juda

dolzarb va muhim ahamiyatga ega. Inson mehnatini abstraksiyalash va uni mashina mehnati

bilan almashtirishga qaratilgan loyiha va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bu yuksalishning eng

qisqa yoʻl

idan borish imkoniyatini beradi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar

sifatini oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham kamaytiradi. Shu bilan birga, mamlakat

rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan eng ogʻir illat –

korrupsiya balosini yoʻqo

tishda ham katta rol

oʻynaydi. Soliq munosbatlarini tartibga solishda soliq maʼmuriyatchiligi muhim ahamiyat kas

b

etib unda raqamlashtirish ishl

arini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu ayniqsa

foyda soligʻi boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligin

i raqamlashtirish orqali normativ-huquqiy bazani

bir maromda shakllanishiga olib keladi. Xususan, Oʻzbekiston Re

spublikasi Prezidentining ushbu

sohaga katta eʼtibor qaratib, 2020

-yilning 24-yanvarida Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida

shunday dedilar: “

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, raqobatbardosh

iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish maqsadida

yurtimizda 2020-

yilga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”

6

, deb nom

berish

ni taklif etgan. Prezidentimiz oʻz Murojaatnomasida “Raqamli Oʻzbekiston –

2030”

dasturini ishlab chiqish vazifasini belgilab berdilar.

Soliq hisobot shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020

-yil 28-

yanvardagi 2020-03-son qarori bi

lan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 3221

-son, 24.02.2020-y.)

“Soliq hisobot shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga

asosan ishlab chiqilgan va

tasdiqlangan. Mazkur Qarorning 3-

ilovasi bilan foyda soligʻi hisoboti shakllari tasdiqlangan.

Hisobotning 9 ta ilovasi mavjud. 1-ilova

jami daromadlari, 2-ilova

xarajatlar, 3-ilova

investitsiyaviy chegirma, 4-ilova

imtiyozlar, 5-ilova

nol stavka qoʻllaniladigan soliqqa

6

Ўзбекистон Республикаси Пезиденти Ш.М. Мирзиёевнинг 2020 йил 21 январдаги Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига ва Сенетига

Мурожаатномаси. http://turkiston.uz (мурожаат санаси: 16.03.202

0)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

36

tortiladigan foyda, 6-ilova

joriy soliq bazasidan kamaytiriladigan oldingi soliq davrining

zararlari, 7-ilova

alohida operatsiyalar boʻyicha zararni koʻchirishning xususiyatlari, 8

-ilova

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan va hisobga olinadigan foyda soligʻi

summasi, 9-ilova

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston

Respublikasidan tashqarida olinishi lozim boʻlgan (olingan) dividendlar tarzidagi
daromadlardan foyda soligʻining maʼlumotnoma hisob

-kitobi.




















1-

rasm. Oʻzbekiston soliq tizimida soliq maʼmuriyatchiligi oid raqamlashti

rish

huquqiy bazaning shakllanishi

7

Mazkur foyda soligʻi hisobotining satrlari oʻrganilganda, soliq toʻlovchilarga qulaylik

yaratish, ularning hisobotni tuzishga ketadigan vaqtini

tejash va xatoga yoʻl qoʻymasligining

oldini olish maqsadida, ayrim satrlarini raqamlashtirish (boshqa hisobot satrlari yoki boshqa

tashqi manba dast

urlari bilan integratsiya qilish) boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.

Birinchidan, kredit (qarz, mikrokred

it va boshqa moliyaviy operatsiyalar) boʻyicha

mukofot tarzidagi daromad (1-ilova 030-

satr), sugʻurta, qayta sugʻurta tashkilotining qayta

sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha daromadi (1

-ilova 040-satr), amortizatsiya qilinadigan

aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad (1-ilova 050-satr), mol-

mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad (1-ilova 060-satr), tekin olingan mol-
mulk (xizmatlar) satri (1-ilova 070-satr), inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-

moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad (1-ilova 080-satr),

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan

7

Muallif tomonidan tuzilgan.

axborot

texnologiyalari

mahsulotlarini

ishlab

chiqarishni

rivojlantirish

uchun eng qulay

sharoitlarni

yaratish

maqsadida butun

respublika

hududida

Texnopark

rezidentlarini

joylashtirish

xalqaro reytinglardagi va

alohida tarkibiy

indikatorlardagi oʻrnini

yaxshilash uchun masʼul

davlat organlari roʻyxati

«Elektron hukumat»

tizimini rivojlantirish va

«Raqamli Oʻzbekiston –

2030» dasturini amalga

oshirish

“Oʻzbekiston Respublika

si

Prezidentining 24.07.2021-

yildagi

PF-6268

-son

Farmoni bilan quyidagi

hujjatlarga oʻzgartirish va

qoʻs

himchalar kiritildi

Oʻzbe

kiston

Respublikasi

Prezidentning

18.05.2019-

yildagi

PQ-4321

-son

qarorida:

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentning

30.06.2017-

yildagi

PF-5099

-

son Farmonida:

Oʻzbekist

on

Respublikasi

Prezidentning

17.01.2019-

yildagi

PF-5635

-son

Farmonida:

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

10.01.2019-

yildagi

PF-5624

-

son Farmonida:

«elektron

hukumat» va

raqamli iqtisodiyot

tizimi doirasidagi

loyihalarni amalga

oshirish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

37

daromad (1-ilova 090-

satr), talab qilish huquqidan oʻzganing foyda

siga voz kechish shartnomasi

boʻyicha olingan daromad (1

-ilova 100-satr), dividendlar tarzidagi daromadlar (1-ilova 110-

satr), foizlar tarzidagi daromadlar (1-ilova 120-satr), valyuta kursi farqidan daromadlar (1-ilova

130-satr), moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-

mulkni berish boʻyicha pul

mukofoti tarzidagi daromad (1-ilova 140-satr), notijorat tashkilotlari tomonidan aholining diniy
m

aqsadda foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan

daromadlari (1-ilova 150-satr), nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan

foydasi (1-ilova 160-satr), Transfert narxni belgilash natijasida olinmagan daromad summasi (1-

ilova 170-

satr), operativ ijara boʻyicha xarajatlar (2

-ilovasi 0112-satri), foizlar va ayrim

chiqimlar boʻyicha xarajatlar (2

-ilovasi 0114-

satri), oʻzi ishlab chiqargan

oʻz qishloq xoʻjaligi

mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromad (5-ilova 011-satri), ijtimoiy sohada

faoliyatni amalga oshirishdan olingan daromad (5-ilova 013-satri) satrlarini elektron
hisobvaraq-faktura (EHF) dasturi bilan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (MHIK)

orqali integratsiya qilish.

Ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 248

-

moddasining toʻrtinchi qismida

belgilangan hollarda va tartibda soliq bazasiga tovarlar (xizmatlar)ning bozor qiymatidan kelib

chiqqan holda tuzatish kiritish natijasida olingan daromadlar (1-ilova 180-satr) satrini

qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoboti 1

-ilovasi (soliq davridagi tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish

boʻyicha aylanmalar) 0108

-satri bilan integratsiya qilish.

Uchinchidan, mol-

mulk, yer, suv resurslaridan hamda yer qaʼridan foydalanganlik soliqlar,

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobi (Qarorga 7-ilova) 170-satri,

joriy soliq davrining 1-

yanvar holatiga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyic

ha

toʻlanadigan yer soligʻi hisob

-kitobi (Qarorga 8-ilova) 040-satri, suv resurslaridan

foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi 080-satri 22-

ustuni, yer qaʼridan foydalanganlik uchu

n

soliq boʻyicha soliq hisoboti shakllari, yer qaʼridan foydalanganlik uchu

n soliq hisob-kitobi 050-

satri bilan integratsiya qilish.

Toʻrtinchidan, soliq toʻlovchining Soliq kodeksining 376

-moddasida nazarda tutilgan

jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan xarajatlari (2-ilova 0119-

satr), jismoniy shaxsl

ardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisoboti

shakllari 6-ilovasi 6-ustuni jami bilan integratsiya qilish.

Beshinchidan, foyda soligʻi hisobotining 5

-i

lovasi (nol stavka qoʻllaniladigan soliq

toʻlovchilar foydasi) tovar (xizma

t)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromad (016-

satri)ni qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoboti 2

-

ilovasi (soliq davrida qoʻshilgan qiymat soligʻidan

ozod qilinadigan va n

ol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar

ni

(xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmalari) 041-satri bilan integratsiya qilish.

Iqtisodiyotda soliq munosabatlarini, shuningdek, foyda soligʻi maʼmuriyatchiligini

takomillas

htirish modernizatsiyalashning eng yorqin koʻrinishlaridan biri hisoblanadi

. Bu

avvalo, milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, aholi farovonl

igini taʼminlash kabi muhim

ijtimoiy muammolarni ham hal etish imkonini beradi. Shu boisdan ham foyda soli

gʻi boʻyicha

soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish orqali optimallashti

rish va boshqa iqtisodiy

kategoriyalar bilan uygʻunligini taʼminlash juda muhim masalalardan biridir. Foyda soligʻini

samarali takomillashtirishda hozirgi global iqtisodiyotda koʻproq maʼlumotlarni almashishda

elektronlashtirish muhim hisoblanadi. Bunda, s

oliq va moliyaviy hisobotlarning toʻliq elektron

shaklda taqdim etilishiga

oʻtilganligi tadbirkorlarning koʻp vaqtlarini sarflab navbatda

turishlarini oldini olish bilan bir qatorda

ularning qoʻshimcha xarajatlarini yaʼni mablagʻlarini

iqtisod qilishda jud

a katta yordam boʻlmoqda. Ushbu avtomatlashtirilgan dasturlar va usullar

da

vlat budjetiga toʻlanadigan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish imkonini

bermoqda. Shun

ingdek, soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxslar internetdagi “Shaxsiy

kabi

net”lari orqali soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni ham onlayn shaklda toʻ

lash imkoniyatiga

ega boʻlib kelishmoqda. Bu esa qoʻshimcha ish va ovoragarchiliklarning oldini olmoqda va

foyda

soligʻi boʻyicha ham soliq maʼmuriyatchiligini takomillashishiga imk

oniyat hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

38

Umuman olganda, Oʻzbekistonda olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy maqsadlaridan

biri bu

budjetga toʻlanadigan toʻlovlarning toʻgʻriligi, shaffofligi,

ochiqligi hamda taqdim etilgan

elektron maʼlumotlarni qayta ishlab joʻnatish imkoniyati mavjudligi ham muhim boʻlib

hisoblanadi. Bu esa foyda soligʻining soliq maʼmuriyatchiligini modernizatsiyalash va isloh

qilishda soliq-budjet munosabatlarini optimallas

htirishga, soliq toʻlovchilarning mustaqil

daromad topishlariga, soliq teks

hiruvlarining samaradorligini oshirishga, soliq toʻlovchilar

faoliyatiga asossiz aralashuv va tekshiruvlarning oldini olishga, faoliyat yuritmagan hisobot

davrlari uchun nooʻrin qoʻshimcha soliq toʻlovlarni majburiy tarzda toʻlamasdan xarajatlarini

yanada

kamaytirish kabi koʻplab imkoniyatlarni yaratib bera oladi deb hisoblaymiz.

Foyda soligʻi hisobotlarini shakllantirish ham foyda soligʻi maʼmuriyatchiligining bir qismi

boʻlib hisoblanadi. Foyda soligʻi hisobotini shakllantirishda uning 4

-

ilovasi “Imtiyozlar”

hisobotida imtiyozdan foydalanish uchun imtiyoz turi raqamlashtirilgan

boʻlib, korxonaning

murojaatiga asosan hisobot shaklida avtomat shakllanadi. Shuningdek, foyda soligʻi

his

obotlaridagi maʼlumotlar bilan soliq organlarida mavjud maʼlumotlar oʻzaro

solishtirilib,

korxona tomonidan taqdim etilgan hisobotdagi maʼlumotlarning

haqqoniyligi tekshiruvdan

oldingi avtomatlashtirilgan “Avtokameral dasturiy mahsuli” yordamida tekshirish

imkoniyati

yaratildi.

Axborot texnologiyalaridan foydalanish soliq maʼmur

iyatchiligining paradigmasini

konseptual jihatdan o

ʻzgartirmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirish, bir tomondan, yangi

salohiyatli imkoniyatlarni ochib bersa, ikkinchi tomondan, soliqni tartibga solish va nazorat

qilishning anʼanaviy yoʻnalishlarida yangi mu

ammolarni keltirib chiqarmoqda. Dissertatsiyada

soliq maʼmuriyatchiligi jar

ayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishning

afzalliklari va kamchiliklarini oʻrganganmiz.

Raqamli iqtisodiyotda yuzaga keladigan yangi soliq

xatarlarining salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora

-tadbirlar belgilanib, soliq sohasida yangi

axborot texnologiyalarini joriy etish chora-

tadbirlari tahlili oʻtkazildi va raqamli iqtisodiyotda

Oʻzbekistonda soliq maʼmuriyatchiligi sifatini oshirish va samaradorligini oshir

ish istiqbollari

belgilandi.

Hozirgi vaqtda kommunikatsiya texnologiyalari ijtimoiy sohaga taʼsir qiluvchi muhim omil

boʻlib, bu oʻz navbatida iqtisodiy rivojlanishga taʼsir koʻrsa

tadi. Iqtisodiy rivojlanishning yangi

bosqichining zamonaviy tendensiyalarini belgilovchi internetda jadal rivojlanayotgan biznes

jarayonlar, global axborot-moliya markazlari va global mobil aloqa tarmoqlarining

shakllanishidan iborat boʻlmoqda. Bularning barchasi iqtisodiy jarayonlarga taʼsir qiladi va

bugungi kunda raqamli xalqaro iqtisodiyot shakllanayotganidan dalolat beradi. Raqamli

iqtisodiyot odamlarning ehtiyojlarini yanada malakali va samarali qondirish mumkinligini

koʻrsatadi. Raqamli iqtisodiyotn

ing muvaffaqiyatli ishlashi uchun uchta asosiy komponent zarur:

1) infratu

zilma yoki internet, dasturiy taʼminot va telekommunikatsiyalarga kirishni

taʼminlash;

2) elektron biznes, kompyuter tarmoqlari orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;

3) elektron tijorat, internet orqali tovarlarni (xizmatlarni) sotish

8

.

Raqamli iqtisodiyotda institutsional va infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun zarur

shart-sharoitlar axborot muhitini yaratish, platformalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, bozor

subyektlari (yetkazib beruvchilar, tovarlar, ishlar, xizmatlar isteʼmolchilari) oʻrtasida samarali

tarmoqlararo oʻzaro hamkorlikni taʼminlashdan iborat.

Yangi turdagi nomoddiy manfaatlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot quyidagi

xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

katta hajmdagi maʼlumotlarni biznes jarayonlariga kiritish

(Big Data);

yangi formatdagi koʻplab biznes modellaridan foydalanish; —

daromad manbayi

yurisdiksiyasini aniqlashda qiyinchiliklarni aniqlash.

Iqtisodiyotning yangi turini

afzalliklari ishtirokchilar oʻrtasidagi sodda va tezkor oʻzaro

aloqani oʻz ichiga oladi,

bu orqali iqtisodiy jarayonlar sodda va shaffof tarzda boshqariladi.

8

Chelysheva, E.A. (2016) Problems and prospects of the improvment tax regulation. Nauchnyy vestnik Yuzhnogo instituta menedzhmenta

Scientific

Bulletin of the Southern Institute of Management. 1. pp. 33

39. (In Russian). DOI: 10.31775/2305-3100-2016-1-33-39


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

39

Bunday iqtisodiyot xalqaro miqyosda, turli davlat jarayonlariga integratsiyalashuvi muammosiz
juda oson rivojlanishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni raqamlashtirishning davom

etayo

tgan jarayonlari sifat jihatidan yangi formatdagi biznes modellarining paydo boʻlishi

munosabati bilan soliq maʼmuriyatchiligiga yangicha yondashuvlarni belgilashni ta

qozo

etmoqda.

Ushbu dissertatsiyada raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali soliq maʼmur

i kontekstida

raqamli iqtisodiyotning taʼrifini oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy

rivojlanishni raqamlashtirish soliq va

soliq maʼmuriyatchiligi sohasida ham yangi imkoniyat

larni ochib beradi, ham yangi

muammolarni keltirib chiqaradi. Tadqiqot maqsadi soliq maʼm

uriyatchiligi jarayonida

qoʻllaniladigan zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishni

ng afzalliklarini aniqlash va

muammolarni aniqlash, iqtisodiyotni raqamlashtirishning yangi sharoitida uning

samaradorligini oshirish yoʻnalishlarini aniqlashdan iborat. Soliq maʼmuri orqali soliq
munosabatlari tartibga solinadi, soliq toʻlovchilar va soliq boshqaruvi organlarining oʻzaro

munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hal etiladi. Institutsional nazariya
soliq boshqaruvini soliq munosabatlari, davlat siyosati, tegishli organlarning vakolatlari va soliq

tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlari bilan shakllanadigan koʻp qirrali

murakkab institut sifatida qaraydi.

Raqamli iqtisodiyotda soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga yangi ax

borot texnologiyalarini

joriy etish mumkin boʻladi, bu esa uning

sifati va samaradorligini oshiradi. Shakllangan raqamli

muhit sharoitida soliq organlari tomonidan zamonaviy IT vositalarini joriy etish soliq

toʻlovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioy

a qilmaslik xavfini minimallashtirish, soliq

maʼmuriyatchiligi samaradorligini maksimal d

arajada oshirish va soliq qonunchiligiga rioya

qilish koʻrsatkichini 100 foizg

a yaqinlashtirish imkonini beradi. 2017-

yildan beri Oʻzbekistonda

soliq organlari budjet tizimi daromadlarining qariyb 90 foizini, shu jumladan, soliq

maʼmuriyatchiligini boshqar

ishda yangi islohotlarni joriy qilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda soliq

maʼmuriyat

chiligining hech qanday tartib-qoidasini soliq organlarining kundalik faoliyatiga ITni

fa

ol joriy qilmasdan amalga oshirib boʻlmaydi. Oʻzbekiston soliq tizimi ushbu sohada keng

koʻlamli va murakkab loyihalarni amalga oshirishda allaqachon tajribaga ega va

soliq

maʼmuriyatchiligida yangi ITdan foydalanish soliq bazasini kengaytirish va Oʻzbekis

ton budjet

tizimining daromadlarini oshirish uchun muhim salohiyatni aniq koʻrsatib turib

di. Soliq yukini

oshirmasdan zamonaviy texnologiyalar iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq

maʼmuriyatchiligini sifat jihatidan oʻzgartirish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanligiga eʼtibor

qaratildi. Elektron xizmatlar va raqamli yetkazib berish kanallari sohasida soliq xizmati organlari

soliq maʼmuriyatchiligi boʻyicha foydali boʻlishi mumkin boʻlgan axborot texnologiyalarini
oʻrgana boshladi. Eng yaxshi jah

on tajribasi

mobil texnologiyalar, sunʼiy intellekt, aqlli portallar

va katta maʼlumotl

ar texnologiyalaridan biz global nazorat va tahliliy tizimni yaratgan holda

am

aliyotimizda foydalanganmiz. Jahon olimlarining tadqiqotlarida mualliflardan biri “Big Da

ta

texnologiyasiga katta eʼtibor qaratilayotgan xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda zamonaviy

raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida soliq maʼmuriyatchiligin

i rivojlantirishning

potensial imkoniyatlari va yangi yoʻnalishlarini belgilab bergan”

9

. (Smart Portal Solutions &

Natural sistems). Ushbu texnologiyalar soliq sohasida risklarni boshqarish samaradorligini

oshirishga, operatsiyalarning shaffofligini oshir

ishga yordam berishi va soliq toʻlovchilar

tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilish min

imal ogʻirlik va maksimal darajada qulay va

samarali boʻladigan muhitni yaratishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish

juda keng doiradagi muammola

rni hal qiladi hamda vazifalari va soliq maʼmurining

paradigmasini konseptual ravishda oʻz

gartirishga imkon beradi.

Foyda soligʻini undirishda soliq maʼmuriyatchiligi jarayonlarini raqamlashtirishning asosiy

afzalliklari quyidagilardan iborat:

9

Петухова Р.А. Развитие международного обмена налоговой информацией в процессе деофшоризации экономики // Промышленная политика

в цифровой экономике: проблемы и перспективы (ЭКОПРОМ

-2

017): труды научно

-

практической конференции с зарубежным участием 16–

17

ноября 2017 г. / под ред. д

-

ра экон. наук, проф. А.В. Бабкина. Томск : Изд

-

во Политехнического университета, 2017.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

40

‒ soliq maʼmuriyatchiligi xarajatlarini kamaytirish (masalan, soliq tekshiruvlarini oʻtkazish

muddati

qisqaradi; Oʻzbekiston soliq organlari maʼlumotlariga koʻra, 2017

-yil oxirida soliq

tekshiruvlari

soni

2 baravardan koʻproq kamaydi. 5 yilda korxonalarning foydasi

2 baravardan ortiq oshdi,

tushuntirish ishlarini olib borish uchun soliq organlarining mehnat xarajatlari kamaydi);

‒ soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sxemalarini aniqlashni tezlashtirish va soliq

majburiyatlarini minimallashtirish (masalan, Oʻzbekiston Res

publikasi soliq organlari

maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 5 yil ichida bir kunlik firmalar faoliyatiga chek qoʻyildi);

‒ soliq toʻlovchilar zimmasidagi maʼmuriy yukni va maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish

(soliqlarni deklaratsiyalash va toʻlash

jarayonida vaqt va mehnat sarfini kamaytirish hamda soliq

nazoratining boshqa choralari);

‒ soliq tekshir

uvlarining muvofiqlik risklarini kamaytirish (nazorat qiluvchi organ va soliq

toʻlovchi oʻrtasidagi kelishuvga yoʻl qoʻymaslik, soliq tekshiruvi paytida yoʻl qoʻyilgan xatolar

sonining kamayishi);

‒ biznes yuritish va soliq maʼmuriyatchiligi geografiyasini

kengaytirish va h.k.

Raqamli iqtisodiyotning faol rivojlanishiga qaramay, dunyoning koʻplab mamlakatlarida

soliq jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish nihoyatda sekin kechmoqda, bu esa

ularning imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishiga toʻsq

inlik qilmoqda. Ularning soliq

maʼmuriyatchiligidagi afzalliklari bu 2022

-yilgi Digital evolution index m

aʼlumotlariga koʻra,

“dunyodagi birinchi raqamli iqtisodiyotlar oʻntaligi ustuvorlik tartibida kelmoqda. Bular

Norvegiya, Shvetsiya, Shvetsariya, Germaniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong,

Buyuk Britaniya, AQSh davlatlar hisoblanadi”

10

. Garchi Oʻzbekiston ushbu reytingda yuqori

oʻrinlarni egallamagan boʻlsa

-

da, ekspertlar Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyoti rivojlanishining eng

yuqori choʻqqisini qayd etib, uning barqaror oʻsishini bashorat qilishimiz mumkin. Raqamli

texnologiyalardan foydalanishning afzalliklariga qaramay, yangi biznes modellarining paydo

boʻlishi bilan soliq maʼmuriyatchiligi jarayonida muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Xulosa

qilib aytadigan boʻlsak, soliq maʼmuriyatchiligi jarayonlarini raqamlashtirishning

asosiy afzalliklari soliq maʼmuriyatchiligi xarajatlarini kamaytirish, soliq toʻlashdan boʻyin

tovlash sxemalarini aniqlashni tezlashtirish va soliq majburiyatlarini minimallashtirish, soliq

toʻlovchilar zimmasidagi maʼmuriy yukni va maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish, soli

q

tekshiruvlarining muvofiqlik risklarini ka

maytirish, biznes yuritish va soliq maʼmuriyatchiligi

geografiyasini kengaytirishdan iboratdir.

Xulosa va takliflar.

Foyda soligʻi maʼmuriyatchiligini takomillashtirish tahlili boʻyicha takliflar Aniqlikni

oshirish va noaniqlikni kamaytirish uchun foyda s

oligʻi qonunlari va qoidalarining murakkab

qoidalarini koʻrib chiqing va soddalashtiring. Keraksiz byurokr

atik tartib-qoidalarni bartaraf

etish va soliq toʻlash va hisobot berish talablarini soddalashtirish.

Soliq toʻlovchilarni foyda soligʻi boʻyicha majb

uriyatlar va rioya qilish tartib-qoidalari

haqida xabardorlik va tushunishni oshirish uchun kompleks taʼli

m dasturlarini ishlab chiqish.

Yuqori xavfga ega boʻlgan soliq toʻlovchilarni aniqlash uchun xavf

-xatarga asoslangan

yondashuvni tatbiq etish va muvofiqlikni maqsadli bajarish uchun resurslarni taqsimlash.

Soliq toʻlashdan boʻyin tovlashni aniqlash va oldi

ni olish, soliqlarning adolatli va adolatli

yigʻilishini taʼminlash uchun muntazam soliq tekshiruvlari va tekshiruvlarini oʻtkazish. Soliq

deklarasiya

sini oson va tezroq topshirish hamda qogʻozbozlikni qisqartirish uchun elektron soliq

toʻlovi va toʻlov ti

zimlarini joriy etish.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Mardiasmo D. (2013) Taxation, Publisher Andi, Revition Edition,

p. 55.

10

Digital Planet. (2017) How competitiveness and trust in digital economies vary across the world. [Online] Available from:

https://sites.tufts.edu/digitalplanet/ files/2017/05/Digital_Planet_2017_FINAL.pdf.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

41

Maxmudova, N. J. (2020). Theoretical foundations of risk management in large corporate

structures. ISJ Theoretical & Applied Science, 06 (86), 83-88.

Tashmuradov T. (2004) Soliq nazariyasi va tizimi. Darslik.

T.: Bilim,. -

320 б.

Абдукаримов Б. (2005) ва бошқ. Корхона иқтисодиёти. –

Т.: Фан, , 220 б.

Алиева С.С. (2011) Совершенствование формирования и распределения прибыли

предприятий в условиях модернизации экономики. (на примере предприятий

Самаркандской области). Автореферат диссертации на соискание ученой степени к.э.н. –

Т.: БФА, –

с. 26.

Мануйленко В.В., Садовская Т.А. Экономическая сущность, виды и функции прибыли

хозяйствующего субъекта: современный аспект //Финансовая аналитика: проблемы и
решения. –

2012.

№. 33. –

с. 26.

Миляков Н.В. (1999) Налоги и налогообложение. Курс лекций. –

М.: ИНФРА

-

М,. –

с. 348.

Федоров Андрей Николаевич. Налоговое администрирование и стимулирование

инвестиционной

активности

крупнейших

налогоплательщиков.

Автореферат

диссертации на соискание ученой степени кандидат экономических наук. Нижний

Новгород 2010.

Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlari.

www.soliq.uz

.

References

Mardiasmo D. (2013) Taxation, Publisher Andi, Revition Edition, – p. 55.

Maxmudova, N. J. (2020). Theoretical foundations of risk management in large corporate structures. ISJ Theoretical & Applied Science, 06 (86), 83-88.

Tashmuradov T. (2004) Soliq nazariyasi va tizimi. Darslik. –T.: Bilim,. -320 б.

Абдукаримов Б. (2005) ва бошқ. Корхона иқтисодиёти. – Т.: Фан, , 220 б.

Алиева С.С. (2011) Совершенствование формирования и распределения прибыли предприятий в условиях модернизации экономики. (на примере предприятий Самаркандской области). Автореферат диссертации на соискание ученой степени к.э.н. – Т.: БФА, – с. 26.

Мануйленко В.В., Садовская Т.А. Экономическая сущность, виды и функции прибыли хозяйствующего субъекта: современный аспект //Финансовая аналитика: проблемы и решения. – 2012. – №. 33. – с. 26.

Миляков Н.В. (1999) Налоги и налогообложение. Курс лекций. – М.: ИНФРА-М,. – с. 348.

Федоров Андрей Николаевич. Налоговое администрирование и стимулирование инвестиционной активности крупнейших налогоплательщиков. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидат экономических наук. Нижний Новгород 2010.

Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlari. www.soliq.uz.