Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
306
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLIGIYALARNING QO‘LLANISHI:
XALQARO TAJRIBA VA ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR
Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi
Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0003-6868-1770
zaynutdinovamuslimakhon@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mehmondo‘stlik sanoatidagi innovatsion texnologiyalar va
ularning turizmni rivojlantirishdagi roli baholangan. Tadqiqot jarayonida xalqaro tajriba tahlil
etilgan va innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizda tadbiq etish hamda istiqbolli
yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, turizmdagi innovatsion texnologiyalar yordamuda
turistik tashkilotlarning xizmatlar sifatini oshirish va turistlarni jalb qilis strategiyalarini
rivojlantirishni nazarda tutadi.
Kalit so‘zlar:
turizm, ziyorat turizmi, turistik resurslar, innovatsiya, texnologiya, xizmatlar,
IT, IoT AR/VR voqelik.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ТУРИЗМА:
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ И ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ
Сохибова Муслимахон
Научно-исследовательский институт развития туризмa
Аннотация.
В данной статье оцениваются инновационные технологии в
индустрии гостеприимства и их роль в развитии туризма. В ходе исследования был
проанализирован международный опыт, разработаны возможности применения
инновационных технологий в нашей стране и перспективные направления. Также
предусмотрено повышение качества услуг туристических организаций и разработка
стратегий привлечения туристов с помощью инновационных технологий в туризме.
Ключевые слова:
туризм, паломнический туризм, туристские ресурсы, инновации,
технологии, услуги, IT, IoT, AR/VR реальность.
INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TOURISM DEVELOPMENT:
INTERNATIONAL EXPERIENCE AND PROSPECTIVE DIRECTIONS
Sokhibova Muslimakhon
Research institute of Tourism development
Abstract.
This article discusses innovative technologies in tourism. It also analyzes
international experience, and the application of innovative technologies in our country. The
improvement of the quality of services of tourist organizations and the development of tourist
attraction strategies with the help of innovative technologies in tourism is also provided.
Key words:
tourism, ziyarah tourism, tourist resources, innovation, technology, services, IT,
IoT, AR/VR reality.
UO‘K: 338.48
V SON - MAY, 2024
306-312
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
307
Kirish.
Bugungi kunda turizm zamonaviy dunyoning muhim global ijtimoiy-iqtisodiy hodisasi
sifatida ifodalanadi. Tez sur’atlarda rivojlanib borayotganligiga qaramay, turizm industriyasi
an’anaviy rivojlanishdan tashqari, raqobat bozorida ustunlikka erishish uchun innovatsiyalarni
keng joriy eta olishi lozim.
Turizmda innovatsiyalar – yangi turistik marshrutlar, loyihalar va turlarni ilmiy va
texnologik yutuqlar, IT texnologiyalar, shuningdek, boshqaruv va marketing sohalaridagi
yetakchi tajribalardan foydalanish orqali tashkil etish, shu orqali mahalliy aholini band qilish,
daromadlar oshishini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish hamda mintaqa va
mamlakatning turistik imidjini yaxshilashga imkon beruvchi omillar tushuniladi.
O‘zbekiston katta turistik salohiyatga ega. Mamlakatimizda 8,4 mingga yaqin madaniy
meros obyektlari mavjud bo‘lib, ulardan 209 tasi to‘rtta muzey shaharlar: Xiva, Buxoro,
Shahrisabz va Samarqandda joylashgan (Bekmuradova, 2024). Bundan tashqari yurtimizning
boy tarixi, madaniyati, milliy urf-odat va an’analari, iqlimi, tabiiy manzaralari turistlarni jalb
qila oladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham turizm sohasiga innovatsiyalarning joriy
etilayotganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Jumladan, 2018-yilning dekabr oyidan
respublikada xalqaro turistlar uchun elektron vizalar berish jarayoni boshlandi. Ko‘plab
turistik obyektlar, mehmonxona va turar joylarda dastlabki to‘lov tizimlari yangilandi va
onlayn to‘lov imkoniyatlari yaratildi. Ushbu misollar turizmdagi innovatsiyalarning bir
qismigina bo‘lib, mazkur sohani rivojlantirish mamlakatning turistik imidjini yaxshilash,
turistik oqimni ko‘paytirish, sayyohlar uchun yangi tajriba yaratishda katta rol o‘ynaydi.
Adabiyotlar sharhi.
Innovatsiya iqtisodiy termin sifatida bir qator olimlarning tadqiqotlarida tahlil qilingan
bo‘lib, globallashuv va raqamlashtirish jarayonlarining keskin rivojlanish davrida katta
ahamiyatga ega hisoblanadi. Joseph Schumpeter (2013) “Kapitalizm, sotsializm va
demokratiya” asarida innovatsiyalarni iqtisodiyotning “yangi dastaklari” sifatida tadqiq etgan.
Romer (1990) esa “Endogen texnologik o‘zgarishlar” nomli tadqiqotida “endogen
innovatsiyalar” konseptini ishlab chiqqan va ularning iqtisodiy o‘sishning asosiy faktorlaridan
biri sifatida ochib bergan.
Aynan turizmdagi innovatsiyalarga oid tadqiqotlar ham ilmiy adabiyotlarda ko‘p
uchraydi. Xususan, D. Buhalis, C. Costa “Turizm menejmenti dinamikasi: tendensiya, menejment
va instrumentlar” asarida e-turizm konsepsiyasini ochib bergan. Sheldon (
2020)
“O‘zgarishlar
uchun turizm tajribasini loyihalash” nomli tadqiqotida ekologik turizm, turizm madaniyati va
ijtimoiy turizm sohasidagi innovatsiyalar mavzusini ochib bergan.
Mahalliy olimva tadqiqotchilar ham turizmning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga
doir ko‘plab tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, Tuxliyevning (2023) bir qator tadqiqotlarida
turizmni O‘zbekistonda rivojlantirish modellari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib
bergan. Bundan tashqari, Astanakulovning (2024) “Turizm 4.0: turizm industriyasida raqamli
texnologiyalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” nomli tadqiqotida turizmda
raqamlashtirish, avtomatlashtirish va robotizatsiya masalalarini ochib bergan.
Ammo olib borilgan tadqiqotlar yetarli darajada emas. Ko‘p ilmiy adabiyotlarda
innovatsiyalarga umumiy yondashiladi va iqtisodiy sektorning xususiyatidan kelib chiqib har
biriga alohida yechim taklif qilinmagan. Shuning uchun aynan turizmda qo‘llanilishi lozim
bo‘lgan innovatsiyalarni alohida tadqiq qilish lozim.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida innovatsiyalar va ularning bugungi kundagi o‘rni, innovatsiyalarning
turizmda qo‘llanilishi, shuningdek, mamlakatimizda turizmga oid ayrim statistik ma’lumotlar
tahlil qilindi. Shu bilan birgalikda, tadqiqot ishi davomida kuzatish, qiyoslash, tizimli va qiyosiy
tahlil, statistik guruhlash kabi usullardan foydalanildi. Xususan, o‘ndan ortiq milliy va xorijiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
308
adabiyotlarda mazkur mavzuga doir tadqiqotlar o‘rganib chiqildi va tahlil etildi. Mavzuga doir
bugungi kundagi tendensiya baholandi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Turizmni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning rolini tadqiq qilish nazariy
jihatdan tadqiqotchilarning e’tiborini qaratadi. Sababi, olimlar tomonidan ishlab chiqilgan
innovatsion jamiyat konsepsiyasi iqtisodiy rivolanish to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarni tubdan
o‘zgartirib yubordi. Innovatsiyalarning kengayishi, ularning inson hayotining barcha
jabhalarida tadbiq qilinishi turizm sohasidagi menejmentning yangi ko‘rinishga o‘tishini taqozo
etdi.
Bundan tashqari, tizimli, kompleks, texnologik yondashuvni amalga oshirish turizmda
innovatsion faoliyatning asosiy talabi hisoblanadi. Shuning uchun innovatsion rivojlanish
xususiyatlarini o‘rganis muhim ahamiyat kasb etadi (Astanakulov, 2023).
Innovatsion texnologiyalar sayohat jarayonini nafaqat sayyohlar, balki turizmning barcha
ishtirokchilari uchun soddalashtiradi. Bu esa mamlakatga turistlar oqimining ko‘payishiga
turtki bo‘la oladi. Biroq, innovatsion texnologiyalarning turizm oqimiga ta’sirini baholashda
ko‘plab omillar, xususan, texnologiyalarning mavjudligi, sayyohlar ehtiyoji va tashrifdan
maqsadi, turistik yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olinishi jihatidan
murakkab bo‘lishi mumkin.
1-rasmda 2016-2023-yillar kesimida xalqaro turistik tashriflar soni keltirilgan. Rasmda
ko‘rinib turibdiki, 2016-2019-yillar kesimida xalqaro tashriflar soni xalqaro turistik bozorda
barqaror o‘sib borgan va 2019-yilda eng yirik ko‘rsatkichga yetgan va 1462,27 million kishini
tashkil etgan. Ammo, 2020-yilda butun dunyoda kuzatilgan COVID-19 pandemiyasi sababli
turistik tashriflar soni qariyb 72 foizga kamaydi. 2021-yilda tashriflar soni 12 foizga ko‘paygan
bo‘lsa-da, pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan qariyb 3 barobar kam ko‘rsatkichni qayd
etdi. 2022-yilda mamlakat va mintaqalararo pandemiya sababli yuzaga kelgan sanitariya-
epidimiologik talablar asta-sekin kamayib borishi natijasida turistik oqim hajmi ham oshdi va
960,19 millionni tashkil etdi. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 1285,66 millionni tashkil etgan bo‘lsa-
da, 2019-yilga nisbatan 12 foiz kamligicha qoldi.
1-rasm. 2016-2023-yillar kesimida xalqaro turistik tashriflar soni (million kishi)
97
Pandemiya butun dunyo mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 2-
rasmda 2016-2023-yillar kesimida O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni keltirib
https://www.statista.com/statistics/209334/total-number-of-international-tourist-arrivals/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
1245,17
1337,22
1412,36
1462,27
406,45
457,51
960,19
1285,66
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
309
o‘tilgan. 2019-yilda jami turistlar soni 6748,5 mingdan ziyod kishini tashkil qilgan, 2020-yilda
esa bu ko‘rsatkich pandemiya sababli 77,7 % ga kamaygan. 2021-yilda O‘zbekistonga jami
1881,3 ming nafar turistlar tashrif buyurdi, bu esa 2019-yildagidan 3,5 barobar kichik
ko‘rsatkich edi. Ammo, pandemiya tufayli vujudga kelgan cheklovlar qisqargach, mamlakatga
turistlar oqimi yana ko‘paya boshladi. 2023-yilda tashrif buyurgan sayyohlar soni 6,6
milliondan oshdi va pandemiyagacha bo‘lgan holatni 98,2 % ga tikladi.
2-rasm. 2016-2023-yillar kesimida O‘zbekistonga tashrif buyurgan
sayyohlar soni (ming kishi)
98
Mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlarning kelib chiqish geografiyasiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, turistlarning katta qismi qo‘shni mamlakatlarga to‘g‘ri kelishiga guvoh
bo‘lishimiz mumkin. 2022-yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlarni davlatlar
kesimida ulushini tahlil qiladigan bo‘lsak (3-rasm), 83,4 % sayyoh qo‘shni davlatlardan
kelayotganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Qolgan 11,6 % turist qolgan MDH
mamlakatlaridan va yana 5 % sayyohlar uzoq xorijiydan tashrif buyurgan.
3-rasm. 2022-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar (davlatlar kesimida)
99
98
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
99
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
2027
2690,1
5346,2
6748,5
1504,1
1881,3
5232,8
6632,8
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Qo'shni
davlatlardan
83%
Qolgan MDH
davlatlaridan
12%
Uzoq xorijdan
5%
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
310
O‘zbekistonga xorijdan tashrif buyurgan shaxs elektron vizani rasmiylashtirishi mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizga 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari vizasiz tartibda tashrif
buyurishlari mumkin
100
. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Mustaqil
davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchilari uchun ikki tomonlama vizasiz rejim joriy etilgan,
xususan: Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya
Federatsiyasi, Qirg‘iziston, va Tojikiston (Astanakulov, 2023).
Xalqaro tajribaga nazar soladigan bo‘lsak, turizmni rivojlantirish uchun keng
qo‘llaniladigan bir qancha innovatsion texnologiyalarga guvoh bo‘lishimiz mumkin (1-jadval).
Mazkur texnologiyalar sayyohlarga keng imkoniyat va qulayliklarni yaratibgina qolmay, turdan
yaxshi taassurot olishlarini ham ta’minlaydi.
Turizm yaxshi rivojlangan mamlakatlardan biri Fransiyada ham bir qator innovatsion
texnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, Shahar va muzeylar, restoranlar, transport
xizmatlarini topishga yordam beruvchi mobil ilovalar va veb-saytlar, san’at galereyalari va
muzeylarda AR/VR texnologiyalari, IoT (Internet of Things), xavfsiz omonat tizimi, gastronomic
turizm platformalari mavjud (
Cró, 2020).
1-jadval
Xalqaro tajribada turizmni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan innovatsion
texnologiyalar
101
№
Innovatsion
texnologiya
Qo‘llanilishi
1
Xavfsizlik va omonat
tizimi
Sayyohlarga qulay va ishonchli omonat tizimlarini taqdim etuvchi
texnologiyalar, ular moliyaviy ma’lumotlarni himoya qilish, to‘lov
jarayonlarini soddalashtirish va global to‘lov tizimiga integratsiyani
ta’minlay oladi
2
Turistik harakatlar
monitoringi va tahlili
Bunda sayyohlar va turistik agentliklar tomonidan to‘plangan
ma’lumotlar uzluksiz monitoring va analiz qilinadi, natijada mavjud
tendensita aniqlash va qarorlar qabul qilishda to‘g‘ri yo‘nalish
imkoniyati yuzaga keladi
3
Mahalliy axborot
tizimi va interaktiv
qidiruv
Xorijiy turistlarga mahalliy qidiruv tizimini taqdim etish, restoranlar,
turistik manzillar, joylashtirish vositalari va boshqa turistik
resurslarning ro‘yxatlarini taqdim etish, Shahar va mamlakat haqida
interaktiv ma’lumotlar berish uchun mobil ilovalar va veb-saytlar ishlab
chiqiladi
4
Virtual voqelik
Vitual va qo‘shimcha voqelik texnologiyalari sayyohlarda takrorlanmas
turistik tassurotni shakllantirishga yordam beradi
5
Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlar va media olami turizmga oid kontentlar, sayyohlar
uchun qiziqarli manzillar haqida batafsil ma’lumot yetkazib berishda
xizmat qiladi, bundan tashqaro turistlar o‘zaro fikr almashishi uchun
platforma vazifasini bajaradi
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun qo‘llash
mumkin bo‘lgan innovatsion texnologiyalar sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin (4-
rasm):
100
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-viza-rejimining-soddalashtirilishi-turizm-sohasi-oldida-misli-korilmagan-imkoniyatlarni-ochdi
101
Muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
311
4-rasm. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun qo‘llanilishi lozim
bo‘lgan innovatsion texnologiyalar
102
1. Mobil ilovalar – sayyohlar uchun mobil ilovalar yaratish orqali sayohat marshrutlari,
shaharning xaritasi, turistik manzillar va bir qator turistik xizmatlarni taqdim etish mumkin.
2. VR/AR voqelik – bunday yuqori texnologiyali innovatsiyalarni sohaga joriy qilis orqali
turistik manzillarning imidjini oshirish, sayyohlarni qo‘shimcha jalb qilishga erishish mumkin.
3. IoT (Internet of Things) – mazkur texnologiyalar orqali mehmonxona va joylashtirish
manzillari, xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini avtomatlashtirish, sayyohlarni qo‘llab-
quvvatlash va maxsus xizmatlarni taklif qilish mumkin.
4. Ma’lumotlar monitoring va tahlili – sayyohlar haqida to‘liq ma’lumot to‘plash, tahlil
qilish imkoniyatini beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida sayyohlarning talablari va sayohat tarixi
bo‘yicha maxsus takliflarni ishlab chiqish mumkin.
5. Xizmatlarni avtomatlashtirish – avtomatlashtirilgan xizmatlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish
tizimi turizm sohasini rivojlantirishga bevosita yordam beradi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalar nafaqat turizm, balki iqtisodiyotning
boshqa sektorlarida ham muhim rol o‘ynaydi. Ularning qo‘llanilishining asosiy sababi turizm
ishtirokchilari uchun yetarlicha qulayliklar yaratish, turistik operatsiyalar sifatini oshirish va
raqobatbardosh bozor sharoitini yaratishdan iborat.
Innovatsiyalar yangi turlarni ishlab chiqish, mijozlarning xohish va istagidan kelib chiqish
takliflar yaratish va turdan taassurotni yaxshilashga bevosita hissa qo‘shadi.
Birinchi navbatda, sayyohlarda turdan qoladigan taassurotlarni yaxshilash muhim
ahamiyat kasb etadi. Innovatsiyalar sayyohlarga turni qulayroq va ta’sirliroq o‘tishiga yordam
beradi. Ikkinchidan, tabiiy va madaniy resurslarni muhofaza qilish va samarali boshqarish
uchun ekologik/yashil texnologiyalar va turizm modellarini qo‘llash lozim.
Umuman olganda, innovatsion texnologiyalar Respublikamiz mehmondo‘stlik sanoati
uchun istiqbolli yo‘nalishlar hisoblanadi. Mutaxassislar ulardan zamonaviy va jozibador
turistik takliflarni yaratish, xorijiy sayyohlarni jalb qilish va turistik taassurot sifatini
yaxshilashda foydalanishlari mumkin.
102
Muallif ishlanmasi
Mobil ilovalar
VR/AR voqelik
Ma'lumotlar monitoringi va
tahlili
Xizmatlarni avtomatlashtirish
IoT
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
312
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Astanakulov O., Soxibova M. (2023). Turizm sohasi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning
muhim omili sifatida. Scientific Journal of “International Finance & Accounting” Issue 5, October
2023. ISSN: 2181-1016
Aстанакулов О., & Сохибова, М. (2023). Халқаро туристик хизматларнинг
ривожланиши динамикаси ва тенденцияларининг таҳлили. Iqtisodiyot Va taʼlim, 24(5),
346–353.
https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss5/%x
Aстанакулов, О.Т. (2024). Туризм 4.0: туризм индустриясида рақамли
технологияларни ривожлантиришнинг замонавий тенденциялари. Science and innovation,
3(Special Issue 28), 662-667.
Bekmuradova, Laylo. (2024) "Инновационные технологии в индустрии
гостеприимства: перспективы и реализация в узбекистане." Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
2.4: 329-340.
Cró, Susana, and António Miguel Martins. (2020) "Foreign Direct Investment in the tourism
sector: The case of France." Tourism Management Perspectives 33: 100614.
Ergashev, R.X., Akchurina A.M. Turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish yo’llari.
Gospodarka i Innowacje. 24 (2022): 253-258.
Jabborova, Zuhra. Turizmda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo ‘llab-
quvvatlashning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. Innovatsion texnologiyalar 50.02
(2023): 145-149.
Romer, Paul M. (1990) "Endogenous technological change." Journal of political Economy
98.5, Part 2: S71-S102.
Sadulayevich, Qutlimurotov Fayzullo. "Turizmda innovatsiyalarning o ‘rni va ularning
turizm faoliyatiga ta’siri." World scientific research journal 24.1 (2024): 19-24.
Schumpeter, Joseph A. (2013) Capitalism, socialism and democracy. routledge.
Sheldon, Pauline J. (2020) "Designing tourism experiences for inner transformation."
Annals of Tourism Research 83: 102935.
Tuxliyev, Nurislom. (2023) "Tourism development model in uzbekistan and its specific
characteristics." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.3: 73-78.
