MOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASHNING XALQARO STANDARTLARI

Annotasiya

Mazkur maqolada moliyaviy risklarni boshqarish va baholashning kompaniyalar istiqbolli prognozlarini ishlab chiqishdagi ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro amaliyotda moliyaviy risklarni baholashning standartlari va ularning iqtisodiy mazmuni tadqiq qilingan. Moliyaviy risklarni boshqarishning muhim hususiyatlariga doir xulosalari yoritilgan. Risk menejmentini takomillashtirishga doir ilmiy takli f va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
12-18
29

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdullayeva, M. (2024). MOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASHNING XALQARO STANDARTLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(5), 12–18. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48545
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada moliyaviy risklarni boshqarish va baholashning kompaniyalar istiqbolli prognozlarini ishlab chiqishdagi ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro amaliyotda moliyaviy risklarni baholashning standartlari va ularning iqtisodiy mazmuni tadqiq qilingan. Moliyaviy risklarni boshqarishning muhim hususiyatlariga doir xulosalari yoritilgan. Risk menejmentini takomillashtirishga doir ilmiy takli f va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

12

MOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASHNING XALQARO STANDARTLARI

Abdullayeva Madinabonu Xasanboyevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0003-3116-3216

Annotatsiya.

Mazkur maqolada moliyaviy risklarni boshqarish va baholashning

kompaniyalar istiqbolli prognozlarini ishlab chiqishdagi ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro

amaliyotda moliyaviy risklarni baholashning standartlari va ularning iqtisodiy mazmuni tadqiq
qilingan. Moliyaviy risklarni boshqarishning muhim hususiyatlariga doir xulosalari yoritilgan.

Risk menejmentini takomillashtirishga doir ilmiy takli f va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

risk menejmenti, investitsion faoliyat, moliyaviy barqarorlik, kapital, moliya,

samaradorlik, moliyaviy instrumentlar, korporativ moliya, baholash.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ СТАНДАРТЫ ОЦЕНКИ ФИНАНСОВЫХ РИСКОВ

Абдуллаева Мадинабону Хасанбоевна

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье описывается актуальность управления и оценки

финансовых рисков при разработке прогнозов компании. Изучено международные

стандарты оценки финансовых рисков и их экономическое сущность. Сделаны выводы о
важных особенностях управления финансовыми рисками. Разработаны научное

предложение и практические рекомендации по совершенствованию управления рисками.

Ключевые слова:

риск-менеджмент, инвестиционная деятельность, финансовая

устойчивость, капитал, финансы, эффективность, финансовые инструменты,

корпоративные финансы, оценка.

INTERNATIONAL STANDARDS FOR RISK MANAGEMENT

Abdullaeva Madinabonu Xasanboevna

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article describes the relevance of managing and assessing financial risks

when developing company forecasts. International standards for assessing financial risks and

their economic essence have been studied. Conclusions are drawn about the important features of
financial risk management. A scientific proposal and practical recommendations for improving

risk management have been developed.

Key words:

risk management, investment activity, financial stability, capital, finance,

efficiency, financial instruments, corporate finance, valuation.

UO‘K: 339.7: 658.005

V SON - MAY, 2024

12-18


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

13

Kirish.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ

boshqaruv tizimini tashkil etish va takomillashtirishga doir bir qator normativ-huquqiy

hujjatlar qabul qilinib, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish,
ularning infratuzilmasi, kapital bozoridagi ishtirokini yanada oshirish va boshqa moliyaviy-

investitsion jihatlarini qamrab oluvchi mustahkam huquqiy asos yaratildi. 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasida «mamlakatimizda kapital

harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni
(aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish hamda sanoatning yetakchi

tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini
yakunlash» (Farmon, 2022) iqtisodiyot sohasidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilab

olingan. Shunga muvofiq, tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga mos ravishda korporativ moliya
siyosatini muvofiqlashtirish, moliyaviy menejmentning xalqaro zamonaviy uslubiyatini joriy

etish, moliyaviy ta’minotning qo‘shimcha manbalarini shakllantirishda moliya bozori bilan
munosabatlarni rivojlantirish, moliyaviy risklarni boshqarishda xalqaro standartlarni joriy

etish, kapital tuzilmasini optimallashtirishda moliyaviy texnologiyalarni tatbiq etishga doir
ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirilishi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmini tashkil

etishning muhim shartlaridan biri moliyaviy risklarni boshqarish borasida oqilona boshqaruv

qarorlarini qabul qilish hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotning real sektori aksiyadorlik

jamiyatlarida moliyaviy risklarni miqdoriy baholash, boshqarish tizimi hususan xalqaro
standartlarni joriy etish va rivojlantirish amaliyoti muammoligicha qolmoqda. Iqtisodiyotning

sektorlari bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlarini oladigan bo‘lsak, moliya sektorida faoliyat
yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida risklarni boshqarish masalasiga alohida ahamiyat

qaratilgan. Asosan tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalarida risklarni boshqarish bo‘yicha
alohida boshqarmalar tashkil etilgan bo‘lib, tijorat banklarda ushbu amaliyot asosan kredit

risklari bilan bog‘liq muammolarni tahlil qiladigan bo‘lsa sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta
hodisalari bilan bog‘liq risklar baholanadi. Iqtisodiyot real sektorida faoliyat yuritayotgan

aksiyadorlik jamiyatlarida esa moliyaviy risklarni boshqarish jarayonini tashkil etish
masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi ushbu sohada yanada ko‘proq ilmiy-amaliy

tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

Adabiyotlar sharhi.

Moliyaviy risklarni boshqarish va kompaniyalarda risk-menejmentini tashkil etishning

ilmiy asoslari va amaliy muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan
bo‘lib, ushbu ilmiy ishlarda moliyaviy risklarni miqdoriy baholash va risk menejmentini tashkil

etishga doir yondashuvlar, xulosalar bayon etligan.

Risklarni boshqarish investitsiya qarorlaridagi noaniqlikni aniqlash, tahlil qilish va qabul

qilish yoki ma’lum bir muammolarni bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Oddiy qilib aytganda, bu

investitsiya bilan bog‘liq moliyaviy risklarni kuzatish va ularga qarshi kurashish jarayonidir
(Wang, Zhang and other, 2024). Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyalari moliyaviy

tavakkalchilikning turli shakllari bilan kurashish uchun mo‘ljallangan harakatlar rejasi yoki
siyosatidir. Strategiyalar har qanday firma yoki jismoniy shaxs uchun iqtisodiyot va moliya

tizimida faoliyat yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos moliyaviy risklarni boshqarishda
muhim ahamiyatga ega (Fan, Chen, and other, 2023).

Moliyaviy risklarni boshqarish bu moliyaviy risklarni aniqlash va profilaktikasi bilan

bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqarish funksiyasi hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish

ko‘plab kompaniyalar uchun xavflarni boshqarishning ayniqsa “nozik” va muhim jihati
hisoblanadi, chunki u kompaniya moliyasini himoya qilish va yo‘qotishlarni oldini olish bilan

bog‘liq. Pul oqimi prognozi, diversifikatsiya va malakali moliyaviy boshqaruv - bularning
barchasi samarali moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

14

Moliyaviy risklarni samarali boshqarish mavjud xarajatlarni tejashga, optimal qarorlar qabul

qilishga va daromadni oshirishga olib keladi (Lancaster, Goff , 2023).

Professor Burxanovning (2019) fikriga ko‘ra, moliyaviy barqarorlik foyda olish va

qarzlarni to‘lash, korxona o‘z faoliyatini moliyalash imkoniyati va resurslar aylanish
tezligining bir maromda rivojlanib borishiga asoslangan korxonalar faoliyatining kompleks

ko‘rsatkichidir. Professor Xamdamovning (2021) ta’kidlashicha, kompaniyalarning moliyaviy
barqarorlik monitoringi deyilganda moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi ko‘rsatkichlarni

muntazam kuzatish, tahlil qilish va prognoz qilish, taktik va strategik qarorlarni qabul qilish,
shu bilan birga qabul qilingan qarorlarni samaradorligini baholash tushuniladi.

Solodov (2017) risklarga doir quyidagi fikrlarni bayon qiladi. Tavakkalchilik – kompaniya

moliyaviy qarorining aniq natijasini oldindan aytib bo‘lmaydigan, lekin uni hal qilishning

variantlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi harakat yo‘nalishi ma’lum bo‘lgan vaziyat.
Moliyaviy risklar - bu kompaniyaning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishni,

moliyaviy resurslari hajmi va tuzilishini hamda uning moliyaviy holatini ma’lum miqdorda
o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan holatlar (hodisalar). Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini

ta’minlash tizimidagi moliyaviy risklar ma’lum bir korxona uchun mavjud bozor
kon’yunkturasining xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan bir nechta tarkibiy qismlardan iborat.

Barqaror raqobatdosh ustunliklar kompaniyaning bozorda o‘rnini saqlab qolishini ta’minlaydi
(Боровская, Шайхутдинова, 2019).

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy tadqiqot davomida mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlashtirish, o‘zaro va

qiyosiy taqqoslash usullaridan samarali foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bugungi kunda “risk” iborasining yagona tarifini beruvchi talqin yo‘q. Risk haqida so‘z

borganda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf yoki muqarrar bo‘lgan omadsizlikni tushunish
keng ommalashgan. Iqtisod nuqtai nazaridan qaralganda, risk – prognoz qilinayotgan

variantlar bilan taqqoslanganda, kamomadlarning yuzaga kelishi yoki daromadga ega
bo‘lmaslik ehtimolini yuzaga kelishi demakdir.

Risk deganda, salbiy iqtisodiy oqibatlarga olib keluvchi sharoitlarning mavjudligi

(ehtimoli) tushuniladi. Salbiy oqibatlarga manbaning bir qismini yo‘qotish, daromadga ega

bo‘lmaslik, qo‘shimcha xarajatlarning yuzaga kelishi, zarar ko‘rmoq, sarmoyaviy loyihalarni
yopish va hokazolar bo‘lishi mumkin. Risk, tavakkalli vaziyatlarni yuzaga kelishiga, ya’ni

maqsadga erishish bilan bir qatorda, unga erishishga monelik qiluvchi noaniq vaziyatlarni
yuzaga keltiruvchi voqealar (vaziyatlar) va sharoitlarning bir vaqtga to‘g‘ri kelishi bilan

bevosita bog‘liq. Noaniqlik bir xilda yakun topishi noma’lum bo‘lgan vaziyatning yuzaga kelishi

bilan shartlanadi, va shuning uchun u yoki bu vaziyatning paydo bo‘lishning ehtimol darajasini
miqdor va sifat jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, aynan shuning o‘zi tavakkal qilish

vaziyati bo‘ladi.

Aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy risklar o‘ziga hos hususiyatlarga ega bo‘lib, samarali

boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish maqsadida aniq bir belgilari
bo‘yicha tasniflanishi lozim. Fikrimizcha, moliyaviy risklarni quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha

turkumlash mumkin (1-rasm).

Noaniqlik elementlarining mavjudligi bir hilda yakun topadigan vaziyatlarni (yuzaga

kelishiga qarorlarni qabul qilinishiga) sharoit yaratadi. Agar qaysidir bir variantni nafaqat
miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud bo‘lsa, demak statistik jarayonlar bilan

bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik vaziyati to‘g‘risida xulosa qilsa bo‘ladi va ular quyidagi shartlar
bilan ta’riflanadi:

- noaniqliklarning mavjudligi, bu kelajakka nisbatan ishonchli va to‘liq ma’lumotning

yo‘qligida namoyon bo‘ladi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

15

1-rasm. Moliyaviy risklarni asosiy belgilari bo‘yicha turkumlanishi

1

- yakunga oid bir necha muqobil variantlarning (kelajakda rivojlanish) mavjudligi;

- muqobil variantlarni amalga oshirish ehtimolini baholash;
- muqobil variantlardan birini tanlash zaruratining borligi (shu jumladan tanlashdan voz

kechish imkoniyati ham);

- tavakkalchilik vaziyatini yuzaga kelishi bilan bog‘liq moddiy, ma’naviy va boshqa

zararlarning bo‘lish ehtimolining mavjudligi.

Shuningdek, moliyaviy menejmentda moliyaviy risklarni boshqarishdagi asosiy e’tiborli

jihatlardan biri ularni boshqarishning asosiy tamoyillarini shakllantirib olish hisoblanadi.

Xalqaro amaliyotda moliyaviy risklarni boshqarishga doir turli yondashuvlar va

moliyaviy risklarni baholash bo‘yicha ko‘plab metodologiyalar mavjud. Ushbu metod va

uslublardan foydalanishda kompaniyalar moliyaviy va investitsion faoliyatini tashkil etish va
amalga oshirishda zamonaviy moliyaviy menejment instrumentlaridan foydalanish, kapital

bozoridagi ishtirokining holati, modellardan foydalanishda kompaniya tomonidan
foydalaniladigan ko‘rsatkichlarning mavjud ekanligi yoki mos kelishi kabi jihatlarni inobatga

olish kerak. Moliyaviy risklarni baholashda foydalaniladigan barcha yondashuvlarni uch
guruhga ajratish mumkin: birinchisi risk ehtimolini baholash, ma’lum bir ssenariy bo‘yicha

ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash va kombinatsiyalangan yondashuv, ya’ni yuzaga kelish
ehtimolini ham yo‘qotishlar miqdorini ham baholash.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, xalqaro amaliyotda risklarni baholashda kombinatsiyalangan

yondashuvdan keng foydalanilmoqda, chunki ushbu yondashuv risk ehtimolligini baholash

bilan birga ko‘riladigan zararlarni (yo‘qotishlar miqdorini) ham baholash imkonini beradi.
Shuningdek, moliyaviy risklarni baholashda foydalaniladigan usullar va modellarni ikki

guruhga ajratish mumkin: birinchisi miqdoriy usullar bo‘lib, o‘z ichiga iqtisodiy-statistik

modellarni, ikkinchisi esa sifat usullari bo‘lib, o‘z ichiga reyting tizimi, ballar yordamidagi va
ekspert baholash usullarini kiritish mumkin.

1

Muallif tomonidan tuzildi.

Moliyaviy risklarni asosiy belgilari bo‘yicha turkumlanishi

Sug‘urtalash imkoniyatiga ko‘ra

Sug‘urtalanadigan risklar

Sug‘urta qilib bo‘lmaydigan risklar

Vujudga kelish manbaiga ko‘ra

Tashqi va ichki risklar

Oldindan ko‘ra olish imkoniyatiga ko‘ra

Prognoz qilinadigan risklar

Prognoz qilib bo‘lmaydigan risklar

Ta’sir etishning davomiyligiga ko‘ra

Doimiy yoki vaqtinchalik risk


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

16

1-jadval

Moliyaviy risklarni boshqarishning xalqaro standartlari (Баранов, 2015)

Qisqartirilgan

nomlanishi

Standartning nomlanishi

O‘zbek tilidagi nomlanishi

ISO/IEC 31010:2009

Risk management - Risk assessment techniques

Risk-menejment – risklarni baholash usullari

ISO/IEC Guide 73

Risk Management – Vocabulary - Guidelines for use in standards

Risk-menejment – lug‘at – standartlardan foydalanish

bo‘yicha ko‘rsatmalar

ISO 31000:2009

Risk management - Principles and guidelines

Risk-menejment – tamoyillar - tavsiyalar

COSO II ERM -

Integrated
Framework

Enterprise Risk Management - Integrated Framework Committee

of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission (COSO),
USA

Kompaniya risklarini boshqarishning integrallashgan modeli

(2004), Tredvey komissiyasining homiy tashkilotlari
qo‘mitasi, AQSh

IRM, AIRMIC va

ALARM (FERMA
RMS)

Risk management standard, 2002 The Institute of Risk

Management (IRM), The Association of Insurance and Risk
Managers (AIRMIC) and ALARM The National Forum for Risk
Management in the Public Sector, UK. Adopted by Federation of
European Risk Management Associations

Risklarni boshqarish standarti (RMS) 2002, Risk-menejmenti

instituti, Sug‘urtalash va risk-menejmenti assotsiatsiyasi,
Davlat sektorida risklarni boshqarish milliy forumi. Yevropa
risk menejerlari uyushmalari Federatsiyasi tomonidan qabul
qilingan.

BS 31100:2008

Britaniya standarti

Code of practice for risk management

Risklarni boshqarish bo‘yicha amaliy Kodeksi

AS/NZS 4360:2004

Avstraliya standarti

Risk management

Risklarni boshqarish

HB 436:2004

Avstraliya
yo‘riqnomasi

Risk management Guidelines – Companion to AS/NZS 4360:2004

Risklarni boshqarish bo‘yicha yo‘riqnoma - AS/NZS

4360:2004 standartini qo‘llash

CSA Q 850:1997

Kanada standarti

Risk Management Guidelines for Decision Makers

Qaror qabul qilish jarayonida risklarni boshqarish bo‘yicha

ko‘rsatmalar

JIS Q 2001:2001

Yaponiya standarti

Guidelines for development and implementation of risk

management system

Risklarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga

joriy etishga doir yo‘riqnoma


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

17

Umuman olganda moliyaviy risklarni boshqarishga doir tadqiqotlarning zamonaviy

tendensiyalari o‘tgan asrning 90-yillaridan keyin rivojlanash boshladi. Aynan o‘sha davrga

kelib moliyaviy sektordagi yirik kompaniyalar moliyaviy risklarni boshqarishda alohida
yutuqlarga erishish bilan birga, innovatsion boshqaruv usullarini amaliyotga joriy eta boshladi.

Bunda, birinchi navbatda sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta hodisalari bilan bog‘liq
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hatarlarni prognoz qilish va baholash, hususiy va davlat sektori

o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni sug‘urtalash orqali yo‘qotilishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy natijalarni baholash amaliyotini takomillashib borishi risk-menejmentini tor

doiradagi ixtisoslikdan alohida funksional yo‘nalishga aylanishiga olib keldi. O‘z navbatida
tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan yuqori riskli moliyaviy operatsiyalar

ko‘lamining ortib borishi moliyaviy risklarni boshqarishda yangicha yondashuvlarni
amaliyotga tatbiq etishni taqozo etgan.

Yevropa ittifoqi davlatlari ekologik, texonologiya, ijtimoiy va boshqa shu kabi

muammolarni hal qilish hamda mazkur yo‘nalishga doir strategik qarorlar qabul qilishda

risklarni boshqarish mexanizmini faol amaliyotga joriy eta boshladi.

Buning natijasida risk-menejmenti kompaniyalar menejmentining muhim sohalaridan

biriga aylanib korporativ boshqaruvning barcha bosqichlarida alohida o‘rin egallay boshlashi
bilan birga ijro organi va boshqa darajadagi menejerlarning KPI darajasini baholovchi asosiy

indikatorlaridan biri aylandi. 1990-yillarning boshiga kelib xalqaro amaliyotda risk-menejment

sohasida iqtisodiyotning alohida va turli jabhalarni qamrab oluvchi standartlar amaliyotga
tatbiq eta boshladi. Keyinchalik esa, buning ortidan alohida davlatlar o‘zlari uchun risk-

menejmenti standartini amaliyotga joriy etgan bo‘lsa, iqtisodiyotning moliya sektori
kompaniyalari standartda belgilangan asosiy qoida va taomillardan kelib chiqqan holda

istiqbolli moliyaviy-investitsion strategiyalarni ishlab chiqishda keng foydalana boshladi (1-
javdal). Xalqaro standartlar bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilishi bilan birga,

kompaniyalar uchun tarmoq hususiyatlarini hisobga olgan holda xalqaro moliyaviy tashkilotlar
tomonidan alohida me’yoriy talablar ishlab chiqilgan. Bular orasida sug‘urta kompaniyalari va

qayta sug‘urtalash amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun Solvency, SolvencyII
va tijorat banklari uchun belgilanadigan Basel, Basel II, Basel III talablarni misol qilib keltirish

mumkin.

1-jadvalda keltirilgan xalqaro standartlarda risklarni boshqarishda quyidagilarni

unifikatsiyalashni nazarda tutadi:

-

sohada foydalaniladigan terminologiyani;

-

risklarni boshqarish jarayonining tarkibiy tuzilishi va o‘zaro muvofiqligini;

-

kompaniyalarda risklarni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqishga

yondashuvlarni.

Tadqiqot natijalaridan ma’lumki, xalqaro standartda belgilangan tartib va qoidalarni

mavjudligiga qaramay ayrim standartlarda farqlanishlar (terminologiya, risklarga ta’sir

mexanizmi va sh.k.) mavjud.

Moliyaviy risklarni boshqarishga doir bo‘linmalar tashkil etilgan jamiyatlarda ham asosan

tashqi va ichki omillarning faoliyat samaradorligiga ta’siri va uning natijalariga e’tibor
qaratiladi. Risklarning miqdoriy baholanishi va ularning tasniflanishiga doir ma’lumotlar

keltirilmaydi. Bu esa foydalanuvchi va manfaatdor tomondan istiqboldagi risklarning
darajasini aniqlashda muammolarni keltirib chiqarish mumkin.

Xulosa va takliflar.

Fikrimizcha mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarida risklarni boshqarishning xalqaro

standartlarni bosqichma-bosqich joriy etishda yuqorida keltirilgan unifikatsiyalash talablarini

inobatga olgan holda quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirish kerak:

-

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari to‘liq joriy etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida

korporativ boshqaruv samaradorligini baholash me’zonlarini ishlab chiqishda moliyaviy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

18

risklarni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini mavjud ekanligiga doir alohida indikatorlarni
kiritish;

-

moliyaviy risklarni baholash va minimallashtirishga doir ilmiy tadqiqotlarni yanada

rivojlantirish mazkur yo‘nalishda fundamentlar grantlarni joriy etish;

-

aksiyadorlik jamiyatlarida “uch himoya chizig‘i”, ya’ni tavakkalchiliklarni aniqlash va

bartaraf qilish bo‘yicha nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishning yagona mexanizmini

joriy etish orqali moliyaviy risklarni xedjirlash tartibini takomillashtirish. Mazkur jarayonda
kuzatuv kengashi, ijro organi va audit subyektlari doirasida moliyaviy risklarni boshqarishga

doir funksional vazifalarni proporsional ravishda taqsimlash va javobgarligi bo‘yicha aniq
chegaralarini belgilash;

-

moliyaviy risklarni boshqarishda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida

tegishli infratuzilmani tashkil etish va viloyatlar kesimida teng taqsimlash;

-

moliyaviy risklarni boshqarishga doir mutahassislarni ko‘paytirish maqsadida mavjud

kadrlarni xorijiy kompaniyalarda amaliyot tajribalarini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-

tadbirlarni yanada jadallashtirish.

Bizningcha, risklarni boshqarishning xalqaro standartlari orasida milliy amaliyotda

Yevropa risk menejerlari uyushmalari Federatsiyasi (FERMA) tomonidan qabul qilingan
standartdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2002 yilda ishlab chiqilgan “Risklarni

boshqarish standarti” (RMS) deb nomlangan standart Yevropa Risk-menejmenti instituti,

Sug‘urtalash va risk-menejmenti assotsiatsiyasi, Davlat sektorida risklarni boshqarish milliy
forumi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Boshqa stnadartlarda farqli ravishda, qo‘llanilgan terminologiya nuqtai nazaridan, ushbu

standart Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti hujjatlarida qabul qilingan yondashuvga amal

qiladi (ISO/IEC Guide 73 Risk Management - Vocabulary - Standartlarda foydalanish bo‘yicha
ko‘rsatmalar). Hususan, risk darajasi/risk standartga asosan “hodisa va uning oqibatlari

ehtimolining kombinatsiyasi” sifatida aniqlanadi va belgilanadi. Shuningdek, FERMA
standartiga muvofiq kompaniya risklari to‘rtta guruhga ajratiladi, bular: strategik, operatsion,

moliyaviy va kelgusidagi havflar. Ta’kidlash, risklarni bu kabi guruhlanishi moliyaviy risklarni
boshqarishga doir strategik qarorlarni qabul qilishning vertikal ketma-ketligiga asoslanadi.

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Aaron Lancaster, Sarah Goff (2023) Financial Risk Management Fundamentals// September

21,

https://www.auditboard.com/blog/financial-risk-management/#authors

Burxanov A.U. (2019) Korxonalar moliyaviy barqarorligi: nazariya va amaliyot Monografiya –

T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2019. 160 b.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli

«2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»

Farmoni.

Mu Fan, Xunan Chen, Bo Liu, Fei Zhou, Bo Gong, Rancheng Tao, (2023) An analysis of financial

risk assessment of globally listed football clubs, Heliyon, Volume 9, Issue 12, 2023, e22886, ISSN 2405-

8440

https://doi.org/10.1016/j.heliyon.2023.e22886

Qi Wang, Lin Zhang, Qianqun Ma, Chong Wu, (2024) The Impact of Financial Risk on Boilerplate

of Key Audit Matters: Evidence from China, Research in International Business and Finance, 102390,

ISSN 0275-5319, https://doi.org/10.1016/j.ribaf.2024.102390.

Xamdamov O.N. (2021) Moliyaviy barqarorlik strategiyasini shakllantirishning xalqaro

amaliyot tajribalari//“Logistika va iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali 2021 yil 5-son.

Баранов А. (2015) Международные стандарты управлениya рисками: не базелем

единым//Рынок ценных бумаг № 5.

Боровская И.Л., Шайхутдинова А.К. (2019) К вопросу об управлении финансовыми

рисками. Вестник университета «Туран». (3): 86-91.

Солодов А.К. (2017) «Основы финансового риск-менеджмента»: учебник и учебное

пособие// – М.: Издание Кнорус, – 24,0 п.л.

Bibliografik manbalar

Aaron Lancaster, Sarah Goff (2023) Financial Risk Management Fundamentals// September 21, https://www.auditboard.com/blog/financial-risk-management/#authors

Burxanov A.U. (2019) Korxonalar moliyaviy barqarorligi: nazariya va amaliyot Monografiya – T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2019. 160 b.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» Farmoni.

Mu Fan, Xunan Chen, Bo Liu, Fei Zhou, Bo Gong, Rancheng Tao, (2023) An analysis of financial risk assessment of globally listed football clubs, Heliyon, Volume 9, Issue 12, 2023, e22886, ISSN 2405-8440 https://doi.org/10.1016/j.heliyon.2023.e22886

Qi Wang, Lin Zhang, Qianqun Ma, Chong Wu, (2024) The Impact of Financial Risk on Boilerplate of Key Audit Matters: Evidence from China, Research in International Business and Finance, 102390, ISSN 0275-5319, https://doi.org/10.1016/j.ribaf.2024.102390.

Xamdamov O.N. (2021) Moliyaviy barqarorlik strategiyasini shakllantirishning xalqaro amaliyot tajribalari//“Logistika va iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali 2021 yil 5-son.

Баранов А. (2015) Международные стандарты управлениya рисками: не базелем единым//Рынок ценных бумаг № 5.

Боровская И.Л., Шайхутдинова А.К. (2019) К вопросу об управлении финансовыми рисками. Вестник университета «Туран». (3): 86-91.

Солодов А.К. (2017) «Основы финансового риск-менеджмента»: учебник и учебное пособие// – М.: Издание Кнорус, – 24,0 п.л.