Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
245
TURIZM SOHASIDA SUVENIRLAR, MAHSULOT TURLARI VA
ISTEMOL MAQSADLARI
Umarova Mahliyo Yaxshiboy qizi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
ORCID: 0009-0002-3134-0852
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turizmni rivojlantirishda va uning samaradorligini
oshirishda uning asosiy segmentlarining birdek ahamiyatliligi yoritib berilib, n
isbatan e’tiborda
n
chetda qolgan yo‘nalish muhumliligiga to‘xtalib o‘tilgan. Manashunday yo‘nalish sifatida chakana
savdo (suvenirlar) do‘konlari tadqiqot obyekti sifatida olinib, har tomonlama o‘rganib chiqilgan.
Jumladan, unga bevisita va bilvosita ta’si
r etuvchi omillar
hamda ularning turlari o‘rganib
chiqildi. Bundan tashqari Turizm sohasining rivojlanishida asosiy o‘rin egallovchi segment
sifatida qaralib, uning muhumlilikdarajasi o‘rganib chiqildi. Suvenir va esdalik sovg’alarning
viloyatlar aro turma
turligi va o‘ziga xosligi o‘rganib chiqilib, ular har bir mahalliy
manzilgohlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqilishi tadqiq etilildi. Maqolaning xulosa va takliflar
qismida esa chakana savdo (suvenirlar) do‘konlari istiqboli uchun yozuvchining o‘z fikir
laridan
kelib chi
qgan holda xulosa va bir nechta takliflari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm segmentlari, transport xizmati, manzilgohlar, mehmondo‘stlik sanoati,
marketing, suvenir, segment, festival.
СУВЕНИРЫ, ВИДЫ ТОВАРОВ И ЦЕЛИ ПОТРЕБЛЕНИЯ В СФЕРЕ ТУРИЗМА
Умарова Махлиё
Яхшибой кизи
Международный
университет туризма и
культурного наследия «Шелковый путь»
Аннотация:
в данной статье подчеркивается равнозначная значимость его
основных сегментов в развитии туризма и повышении его эффективности,
а также
затрагивается значимость направления, которое было относительно запущено. В
качестве такого направления в качестве объекта исследования были взяты и
тщательно изучены розничные (сувенирные) магазины. В частности, были изучены
факторы, прямо и косвенно влияющие на нее, и их виды. Кроме того, он рассматривался
как ключевой сегмент развития туристической сферы и изучалась его важность.
Изучено региональное разнообразие и уникальность сувениров, а также изучено, что они
проистекают из уникальности каждого местного поселения. В заключительно
-
предлагательной части статьи даются вывод и несколько предложений автора,
основанных на его собственных размышлениях, на перспективу розничных (сувенирных)
магазинов.
Ключевые слова:
сегменты туризма, транспортное обслуживание, населенные
пункты, индустрия гостеприимства, маркетинг, сувенир, сегмент, фестиваль.
UO
‘
K: 338.482.2
IV SON - APREL, 2024
245-250
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
246
SOUVENIRS, PRODUCT TYPES AND CONSUMPTION PURPOSES IN
THE FIELD OF TOURISM
Umarova Mahliyo
"Silk Road" International University of
Tourism and Cultural Heritage
Abstract.
In this article, the equal importance of its main segments in the development of
tourism and increasing its effectiveness is highlighted, and the importance of the direction that
has been relatively neglected is touched upon. As such direction, retail (souvenir) shops were taken
as a research object and thoroughly studied. In particular, factors directly and indirectly affecting
it and their types were studied. In addition, it was considered as a key segment in the development
of the tourism sector, and its importance was studied. The regional variety and uniqueness of
souvenirs was studied, and it was studied that they originate from the uniqueness of each local
settlement. In the conclusion and suggestions part of the article, the conclusion and several
suggestions of the writer based on his own thoughts for the perspective of retail (souvenir) shops
are given.
Key words:
tourism segments, transport service, settlements, hospitality industry,
marketing, souvenir, segment, festival.
Kirish.
Turizm sohasi keng qamrovli sohalardan biri hisoblanadi va uni yirik va asosiy 4 ta
segment tashkil etadi.
73
Bu segmentlar quyidagilardir:
•
transport xizmati;
•
chakana savdo (
suvenirlar) do‘konlari;
•
manzilgohlar va faoliyatlar;
•
mehmondo‘stlik sanoati
(joylashtirish vositalari va ovqatlantirish xizmati).
Yuqorida sanab o‘tilgan segmentlar turizm sohasi uchun asos xisoblanadi. Ularning bir
vaqtda mavjud bo’lishi turizmni paydo qiladi. Ammo ulardan birining yo‘qligi yoki qolgan
segmentlarga nisbatan yetarli darajada rivojlanmaganligi butun turizm sohasi rivoji uchun
to‘siq hisoblanadi. Shuning uchun ham maqsad turizm sohasi yuksalishi bo‘lganda uning barcha
segmentlaring bir xil da
rajada yaxshilanishi maqsadga muvofiqdir. Afsuski ko’p holatlarda
asosiy eti
borni faqatgina manzilgohlar va mehmondo‘stlik sanoatiga qaratilganligini hamda
transport xizmati va chakana savdo (suvenirlar) do‘konlari xizmatiga e’tiborni nisbatan sust
ekanlig
ini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ushbu maqolada biz aynan manashu e’tibordan c
hetda
qolayotgan segmentlarni dolzarb mavzu sifatida yoritib bermoqchimiz.
Adabiyotlar sharhi.
Turizm sohasini rivojlantirish maqsadida ushbu tushunchaga oydinlik kiritish va uning
tarkibini ya’ni faoliyat uchun asos bo‘ladigan yo‘nalishlarni chuqur o‘ganish bo‘yicha ko‘plab
mahalliy va xorijiy olimlar izlanishlar olib borishgan va o‘z fikr va muloxazalarini keltirib
o‘tishgan.
Bir guruh olimlar ushbu tushunchaga ta’rif
berishda V. Xunsiker va K. Krapflar talqinidagi
turizmning umumiy nazariyasiga tayana
dilar: “Insonlarning munosabatlari va ularning
yashash joyidan tashqaridagi faoliyati doimiy yashash tarziga aylanmasdan va mehnat haqi
olish bilan bog’liq bo‘lmagan xolda
kun kechirishi natijasida kelib chiqadigan munosabatlar
majmuasi”
(Tuxliyev, Abduhamidov, 2021).
Manilada 1981-yilda qabul qilingan jahon turizmi haqidagi deklaratsiyada
ko‘rsatilishicha “Turizm davlatlarning ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy va iqtisodiy sohal
ariga va
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
247
ularning xalqaro munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi jihatidan xalql
ar hayotida muhim
ro‘l o‘ynaydigan faoliyat sifatida tushuniladi”
(Hayas, Ninemeier, Allisha, 2017).
Butun jahon turistik tashkiloti tomonidan 1981-yilda Madridda tashkil etilgan xalqaro
turizm konferensiyasi materiallariga asosan “Turizm bu turli mintaqal
ar, yangi mamlakatlar
bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladigan va bir qator mamlakatlarda sport bilan bog’liq
bo‘lgan faol sayohat turlaridan biridir”
(Mamatqulov, 2011).
Turizm sohasining asosiy segmentlaridan biri bo‘lmish mehmonxona biznesiga
Sama
rqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti R.S. Amriddinova quyidagi ta’rifni bergan:
“Mehmonxona –
bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon sodir bo‘luvchi b
ino
(yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga nomerlar (yoki nomerlardagi joylar)
berilishi,
shuningdek mehmonxona mahsulidan shinam, qulay va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan
qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi kafolatlanadi”
(Abdukhamidov, Makhmudova va boshq.,
2022).
Joylashtirish vositalarining vositalarining o‘zagi bo‘lmish meh
monxona nomeriga
Samarqnd iqtisodiyot va servis instituti professori Tuxliyev (2022)
ham quyidagi ta’rifni
bergan; “mehmonxona nomeri bu joylashtirish xizmatiningnasosiy e
lementi, mehmonlarga
dam olish, uxlash , ishlash imkoniyatini yaratuvchi ko‘pfunksionalli joy xisoblanadi”.
I.S. Tuxliyevning Turizm nazariya va amaliyot kitobida turizm sohasining yana bir asosiy
segmentlaridan biri ovqatlantirish xizmatini mehmonxonalar
da quyidagicha bo’lishgan:
“Ovqatlanishning turlari
- ertalabki nonushta, yarim pansio
n, to‘liq pansion doimo turistik
xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo’ladi” (Po‘
latov, Amriddinova va baoshq., 2022).
Tuxliyevning (2021) Turizm nazariya va amaliyot kitobida turizm sohasining navbatdagi
sementiga quyidagi ta’rifni bergan: “Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish, turistlarni va
ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkinqadar tez va qulay sharoitlarda tashish
uchun mo‘ljallangan
xizmatlar majmuyi”.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot ishi mobaynida qiyosiy taxlil va tizimli, qiyoslash, ekspert baholash kabi
ko‘plab usullardan keng foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi kungacha olib borilgan tadqiqotlar na
tijalari shuni ko‘rsatyapdiki, suvenirlar,
esdalik sovg’alar va do‘konlar turizm faoliyati
rivojida mehmonxona va transport biznesi kabi
muhim va asosiy o‘rin egallaydi. Chunki suvenirlar va esdalik sovg’alar maxsus daqiqalarni,
voqealarni hamda joylarni e
slatib turivchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Agarda biz masalaga
sayohatchi sifatida qara
ydigan bo‘lsak, suveirlar va sovg’alarni o‘zi va yaqinlari uchun harid
qilish sayohatning bir bo‘lagi xisoblanadi. Suvenirlarning manzilgohlar uchun ahamiyatliligini
qaraydigan bo‘lsak, ular turli
-
tuman destinatsiyalarning mahalliy madaniyati va o‘ziga xos
jihatlari hamda o‘zgarmas xususiyatlarini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda suvenirlar va esdalik
sovg’alar savdosi mahalliy aholi uchun yaxshi daromad manbayi bo‘li
shi mumkin.
Ko‘plab tadqiqotchilar va maqsadli marketing amaliyotchilarining e’tibori bug
ungi kunda
suvenirlar marketingining samarali strategiyalarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Jumladan
qadoqlash marketingi “jim sotuvchi” sifatida tasvirlangan va istemolchilar e’tiborini jalb
qilishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Umuman olganda suvenirlarning k
o‘plab turlari mavjud. Bir necha olimlar ularning
turlari bo‘yicha o‘z izlanishlarini olib borib, suvenirlarning xususiyatlari va funksiyalariga
qarab ularni guruhlarga ajratishga xarakat qilishgan.
74
Ko‘pgona tadqiqotlarda suvenirlar ikki
yirik guruhga bo
‘linganini guvohi bo‘lamiz. Bular ramziy va foydali suvenirlardir. Ramziy
Handwritten-typeface-effect-of-souvenirs--The-influen_2024_Journal-of-Hospit.pdf
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
248
suvenirlar ma’lum joyning o‘ziga xos xususiyati hamda mahalliy madaniyatini o‘zida aks
ettiradi. Foydali suvenirlarning ahamiyati ularning yaroqliligi va instrumental funksiyasidadir.
Bugungi kunda suvenirlarning istemol maqsadi ham dolzarb mavzuga aylanib bormoqda.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, suvenirlar istem
olining ikki xil maqsadi keng
tarqalgan ya’ni o‘zi uchun sotib olish hamda yaqinlariga sovg’a qilish maqsadid
a xaridni amalga
oshirish.
Yurtimiz O‘zbekistonda ham sevenirlarning ahamiyatliligi e’tiborga olinib, milliy
suvenirlar festivali bo‘lib o‘tdi.
75
2021-yilning 28-oktabr sanasida respublikaning barcha
hududlarida “Milliy suvenirlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 9-
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini
yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Festivalning
ochilish va yakuniy qismi mar
osimlari Toshkentdagi O‘zbekiston amaliy san’ati va
hunarmandchiligi tarixi davlat muzeyida bo‘lib o‘tdi. Madaniy meros agentligi matbuot
xizmatid
an olingan xabarlarga ko’ra, festivalning o’tkazilishidan asosiy maqsad ichki va tashqi
turizmni yanada rivojlantirish hamda yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosini
vatandoshlarimiz va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar o‘rtasida keng targ’ib qilishdan
iborat edi.
Mazkur festival mamlakatimizning xavfsiz sayohat va dam olish maskani sifatidagi
nufuzini mustahk
amlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga munosib hissa qo‘shgani
aniqdir. Shuningdek, mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan milliy mahsulotlar savdosi
yo‘lga qo‘yilsa, respublikamiz muzeylari va madaniy meros ob’ektlariga tashrif buyuruvchilar
b
evosita ushbu mahsulotlarni targ‘ib qilishlarini ham alohida ta’kidlash joiz. Bu esa, o‘z
navbatida, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hunarmandlar bandligini
ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab
-quvvatlashga xizmat qiladi. Festival yakunlariga
ko‘ra, har bir viloyat uchun “Eng yaxshi esdalik sovg‘asi” nominatsiyasi bo‘yicha sovrinlar
aniqlanadi, g‘oliblar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan festivalning yopilish marosimida e’lon
qilindi.
O‘zbekistondagi suvenirlar haqidagi ma’l
umotlarni online manbalar orqali ham olishimiz
mumkin.
76
O‘zbekistonda Suvenirlar do‘konlari, kompaniyalarning kontakt ma’lumotlari
keltirilgan en
g to‘liq ro‘yhat eng to‘liq online manba sifatida Yellowpages.uz ni misol qilib
keltirishimiz mumkin. Yellowpag
es.uz O‘zbekistondada Suvenirlar do‘konlari bo‘limining
so‘rov ma'lumoti keltirilgan sahifadan iborat. Bu katalog foydalanuvchilarga souvenir
do’
konlarining manzil va telefonlari, joylashuvi va kontaktlari, hamda boshqa kerakli
ma’lumotlarni topishga yorda
m beradi. Ushbu online manbadan foydalanuvchi shaxs qisqa
fursat ichida Suvenirlar do‘konlari bo‘limiga oid bo‘lgan kerakli ma’lumotlarni olishi
mumkin,
ularga yetib olish uchun yordam beruvchi mo’ljallar ham shu jumladan.
Quyida
77
yurtimiz viloyatlari suve
nir va sovg’alarining ayrim o‘ziga xos jihatlari haqida
ma’lumot berib o‘tamiz. Samarqand viloyati suvenir do‘konlari yog‘ochdan, matodan va bos
hqa
turli materiallardan yasalgan hunarmandchilik mahsulotlarining ishqibozlari uchun
mo’ljallangan. Odatiy anʼanaga ko‘ra, ustaxonalarning asosiy qismi eski madrasalarda
joylashgan bo‘lib, barcha hunarmandchilik mahsulotlari mahalliy hunarmandlar tomonida
n
qo‘lda yasaladi.
Ammo Samarqandda odatiy suvenirlardan tashqari, siz mamlakatning boshqa
hududlarida topa olm
aydigan yana bir nechta xususiyatlarni ko‘rishingiz mumkin. Avvalo, sizga
Bibixonim masjidi yonida joylashgan, eski Samarqandning markazida bo‘l
gan Siyob bozoriga
O‘zbekistonda Milliy suvenirlar festivali bo‘lib o‘tadi | Uzbekistan Travel
76
Suvenirlar do‘konlari O'zbekistonda mintaqasida
- kompaniyalar va tashkilotlar katalogi, ularning manzillari, telefonlari,
kontaktlarini Yellow Pages Uzbeki
stan, O’zbekiston Sariq Sahifalari ma’lumotnomasida to’pasiz.
77
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
249
tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. Ushbu bozorda siz juda ko‘p miqdorda quritilgan
mev
alar, yong‘oqlar va shirinliklarni topishingiz mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan narsalar
qatorida Samarqand kulchasi va Samarqand holvasini alohi
da ajratib ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, Samarqand viloyatida “Meros” nomli qog‘oz fabrikasi ham mavjud. Uning
ustalari
tut po‘stlog‘idan qog‘oz tayyorlash usulini saqlab qolishgan. Ushbu usul X
-
XI asrda paydo bo‘lib
o‘zining bardoshliligi bilan ajralib t
urgan. Ushbu fabrikada siz shahar rasmi tasvirlangan
otkritkalar, yon daftarlar, niqoblar va hatto noodatiy qog‘ozli ko‘ylaklar, qo‘g‘irchoqlar va
sumkalar kabi buyumlarni sotib olishingiz mumkin.
Boshqa viloyatlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, Aytaylik bu
xoro viloyatiga,
78
ushbu
maskan ko‘chalarida ko‘plab turli xil esdalik do‘konlarini va ustaxonalarini topishingiz
mumkin. Baʼzida barcha suvenirlar bir xil bo‘lib tuyuladi, ammo bu bunday emas! Har bir
sotuvchida insonni ajablantiradigan narsa topiladi. “B
uxoro
–
O‘zbekistonning to‘quv poytaxti”
deya tan olingan. Agar siz zamonaviy va didli, hamda milliy kiyim-kechaklar olishni istasangiz,
unda, albatta, Buxoroga sayohatni amalga oshirishingiz lozim. Do‘konlarning asosiy
joylashuviga keladigan bo‘lsak, ular
ning aksariyati Labi-Hovuz oldida va mashhur Poi Kalon
ansambli yonidagi savdo toqlarda joylashgan. Tayyor kiyimlar bilan bir qatorda siz iqat
matosini o‘zini ham xarid qilishingiz mumkin. Bunday matoni Armani savdo uyi o‘z
kolleksiyasida ham ishlatgan. U
arzon emas albatta, lekin o‘z narxiga arziydi. Buxoro gilamlari
bilan ham mashhur. Gilamlarning sifati Hindiston,
Pokiston va Eronnikidan kam emas va baʼzan
ulardan ham yaxshiroq. Ekzotika shinavandalari uchun Buxoro maxsus mahorat bilan
yasaladigan cholg‘u asboblari yoki qo‘lda yasalgan pichoqlarni taklif qilishi mumkin.
Xorazm viloyatining suvenirlari haqida gap ke
tar ekan, albatta cho‘ogirmalar haqida so‘z
ochmasdan iloj yo‘q.
79
Xorazmda cho‘girma telpaklar tayyorlash kasbi bilan o‘tgan asrda 60
nafar us
ta shug‘ullangan. Ilgari cho‘girmasiga qarab odamning mansabini bilib olish mumkin
bo‘lgan. Aholining ko‘pchilik qismi asosan qora, qo‘ng‘ir,
sheroziy
rangli cho‘girma kiygan.
Xulosa va takliflar.
Keng qamrovli o‘rganilgan taxlillar shuni ko‘rsatadiki, turizm sohasi rivojlanishi uchun
uning asosiy tarkibiy qismlaridan bo‘lmish 4 yo‘nalish ya’ni transport xizmati, ch
akana savdo
(suvenirlar) do‘konlari, manzilgohlar va faoliyatlar, mehmondo‘stlik sanoati (joylashtirish
vositalari va ovqatlant
irish xizmati) yuksalishini ko‘zda tutishimiz kerak. Hamda yuqorida
sanab o‘tilgan 4 yo‘nalishning turizm sohasidagi o‘rni va aha
miyatliligini teng deb xisoblash
maqsadga muvofiqdir. Chunki turizm shunday sohaki uning barcha segmentlari bir xil darajada
ri
vojlangandagina o‘zining istiqbolli nuqtasiga erishishi mumkin.
Chakana savdo (suvenirlar) do‘konlari segmentining muhimlilik da
rajasiga keladigan
bo‘lsak, soha rivoji uchun quyidagilarni taklif qila olishimiz mumkin.
-
Har bir viloyatning mahalliy o‘ziga xos madaniyati o‘rganib chiqilishi;
-
Ushbu o‘ziga xoslikdan kelib chiqgan holda mahalliy suvenirlar ishlab chiqilishi;
-
Do‘konlarda
suvenirlar ma’nosi jamlangan kitobchalar tashkil etilishi;
-
Miliy suvenirlarga bag’ishlangan festivallar sonini ko‘paytiri
sh.
O‘ylaymizki ushbu takliflar amaliyotga joriy etilsa ko‘zlangan maqsadga olib boruvchi
yo‘llardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Abdukhamidov, A. S., Makhmudova, A. P., & Mukhammadiev, N. (2022). Directions for the
development of tourist routes of buddhist monuments and the formation of attractive tourist
products. Builders Of the Future, 2(02), 146-153.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
250
David K. Hayas, Jack D. Ninemeier, Allisha A. (2017)
“
Hotel operation management”
Miller
third edition.
Mamatqulov X.M. (2011)
“Turizm infratuzilmasi” o‘quv qo’llanma, Toshkent.
Po
‘
latov M.E., Amriddinova R.S., Norqulova D.Z., Talibova A.Yu
. (2022)“
Mehmonxonalarda
kasbiy etika
”
Samarqand.
Suyunovich, T. I., & Erkin, G. (2022). Possibilities to increase the multiplicative efficiency of
tourism through digital technologies in new uzbekistan. Web of Scientist: International Scientific
Research Journal, 3(8), 74-80.
Tuxliyev I.S., Abduhamidov S.A. (2021)
“Turizm nazariya va amaliyot” darslik.
