Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
49
YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING
USTUVOR YO’NALISHLARI
Safieva Nigora Nurmaxamadovna
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya.
“O‘zbekiston
-
2030” strategiyasida q
ishloq
xo‘jaligida hosildorl
ik va rentabellik
darajasini keskin oshirish maqsadiga erishish borasida bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni
5
ming
dollarga etkazish, qishloq xo‘jaligi sohasida eksport hajmini yiliga
10 milliard dollarga etkazish,
hosildorlik
ko‘rsatkichlarini pa
x
ta bo‘yicha o‘rtacha
45-50 tsentner
ga, g‘alla bo‘yicha –
80-85 tsentnerga
etkazish kabi vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu kabi vazifalarning amaliy ijrosi birinchi
navbatda, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish holatiga bog‘liq. Shundan ke
lib chiqqan holda, mazkur
maqolada sug‘oriladigan yerlardan foydalanishni takomillashtirish borasida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
milliy xo‘jalik, iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, qishloq
xo‘jaligi
resurslari, agrosanoat
majmui, yer resurslari, sug‘oriladigan yerlar, yer munosabatlari, yer ijarasi.
ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИИ УЛУЧШЕНИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ
Сафиева Нигора Нурмухамадовна
Гулистанский государственный университет
Аннотация.
Стратегия “Узбекистан –
2030” предусматривает реализацию таких задач,
как доведение среднего дохода с одного гектара до 5 тысяч долларов с точки зрения достижения
цели резкого повышения производительности и рентабельности в сельском хозяйстве, доведение
объема экспорта в аграрном секторе до 10 миллиардов долларов в год, доведение показатели
производительности
в среднем 45
-
50 центнеров с хлопка, 80
-
85 центнеров с зерно,
практическая реализация таких задач зависит в первую очередь от состояния использования
орошаемых земель. Из этого следует, что в этой статье речь пойдет об улучшении
использования орошаемых земель.
Ключевые слова:
национальная экономика, отраслевая структура экономики, аграрная
экономика, сельскохозяйственные ресурсы, агропромышленный комплекс, земельные ресурсы,
орошаемые земли, земельные отношения, аренда земли.
PRIORITY AREAS FOR IMPROVING THE USE OF LAND RESOURCES
Safieva Nigora Nurmaxamadovna
Gulistan State university
Annotation.
The strategy ”Uzbekistan –
2030" provides for the implementation of such tasks as
bringing the average income per hectare to $ 5,000 in terms of achieving the goal of a sharp increase in
productivity and profitability in agriculture, bringing the volume of exports in the agricultural sector to $
10 billion per year, bringing productivity indicators on average 45-50 quintals from cotton, 80-85 the
practical implementation of such tasks depends primarily on the state of use of irrigated land. It follows
from this that this article will focus on improving the use of irrigated land.
Keywords:
national economy, sectoral structure of the economy, agrarian economy, agricultural
resources, agro-industrial complex, land resources, irrigated lands, land relations, land lease.
V SON - SENTABR, 2023
49-55
UO‘K
: 332.334
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
50
Kirish.
Aholi sonining o‘sishi, yer, suv va energ
iy
a resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek,
iqlimning keskin o‘zgarishi oziq
-
ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir. So‘nggi
yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mu
stahkamlash bo‘yicha bir qator choralar a
malga
oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma
-
bosqich global reytinglarda o‘z mavqeini yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2018 yilda Global
ochlik inde
ksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52
-
o‘r
in
ni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan «mo‘tadil»
darajaga erishdi. Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari
ta’minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qo
biliyatini oshirish, mahsulotlar
narxi va m
iqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq
xo‘jaligi mahsu
lotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy
vositasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami yerlar 44 892,4 ming gektarni tashkil etib,
yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra 8 ta toifaga bo‘linadi, jumladan, qishloq xo‘jaligiga
mo‘
ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa
maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya
maqsadlariga mo‘ljallangan yer
lar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerla
r, o‘rmon fondi yerlari, suv
fondi yerlari; zaxira yerlar.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish sur’atlari shundan guvohlik beradiki, kishilik jamiyatining
barcha soha va jabhalari, ayniqsa global iqlim o‘zgarishi natijasida sayyoramizning ko‘plab hududlar
ida
keng avj olayotgan qashshoqlik va ocharchilikka barham berishning asosiy omillaridan biri sifatida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi, shuningdek ularga turli yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi
sub’ektlarning xo‘jalik faoliyatini innovatsiyal
ar asosida tashkil etish strategik ahamiyat kasb etgani
holda, ushbu jarayonni uzluksiz takomillashtirish davr talabiga aylanmoqda.
Muhim strategik tarmoqlardan biri sifatida qishloq xo‘jaligining vazifasi
- mamlakatda,
shuningdek jahon miqyosida oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Goldman Sachs xalqaro
konsalting kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, BMT 2050
-yilga borib dunyo aholisi 9,8 mlrd. kishiga
etishini, buning uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 70 foizga oshirish kerakligini
bashorat qilmoqda. BMT, XVJ, Jahon banki kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar dunyoda oziq-
ovqat inqirozi yanada chigallashishini, buning uchun qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, sohag
a
innovatsiyalarni izchil joriy etish, ilmiy-
tadqiqotlarni yanada jonlantirish zarurligini ta’kidlashmoqda.
Yer munosabatlari borasida amalda tarkib topgan tizim undan foydalanish samaradorligi va
raqobatbardoshligini oshirish borasida yangicha yo‘nalishlarni izlab topish, tashkiliy
-iqtisodiy
mexanizmni takomillashtirishni talab qiladi. Yer munosabatlarini tahlil
qilish O‘zbekistonda bu borada
tub islohotlar amalga oshirilayotganligini, turli xil tabiatga ega bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik
omillarning ta’siri ostida qishloq xo‘jaligini ba
rqaror rivojlantirish borasida jiddiy xatarlar vujudga
kelayotganligi
ni ko‘rsatmoqda. Bu yerga egalik qilish shakllari va turlarining o‘zgartirish, yerdan
foydalanish borasida huquqiy va iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, yerdan foydalanish
samaradorligini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligidan dalolat beradi
Adabiyotlar sharhi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi
texnologiyalarining mukammallik darajasi va intens
ivlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, u nafaqat ishlab
chiqarish rentabelligining maqbul darajasi, balki tuproq unumdorligini oshirishni ham ta’minlashi lozim
bo‘ladi
(Merkulova, 2015).
Merkulova va Vyazov (2015)
qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy samarado
rlikni baholash uchun
ham qiymat va ham tabiiy ko‘rsatkichlardan foydalanish lozimligini ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflar
asosiy ko‘rsatkichlarga yerning rentabelligi, yer sig‘imi va yer qaytimi kabi ko‘rsatkichlarni kiritishadi,
bunda ular mazkur ro‘yxa
tn
i tarmoq va faoliyat turi bo‘yicha hisoblangan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi
bilan to‘ldiradilar
(Merkulova, 2015)
. Shuningdek, ular yerni shudgorlash darajasi, hosildorlik, o‘g‘itlash
va muayyan bir ekin turini bir gektarga ekishda ozuqa moddalari olish
kabi ko‘rsatkichlarning
muhimligini tan olishadi.
Joriy va taqqoslanadigan narxlarda yer maydoni birligiga yalpi mahsulot emas, balki tovar
mahsulotlar ishlab chiqarish Xanbaev va Daibova (2016) tomonidan yerdan foydalanish iqtisodiy
samaradorligining asos
iy va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi sifatida bahol
anadi (Xanbaev, 2016).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
51
Bir qator mualliflarning yani Alakoz, Ovsyannikov (2016) fikricha yer resurslaridan oqilona
foydalanishni ta’minlash vositalaridan biri
-
bu hududning yer tuzilishi bo‘yicha chora
-tadbirlarni amalga
oshirish hisoblanadi (Alakoz, 2016).
Adabiyotlar tahlilidan shunday xulosaga kelish mumkinki, yerdan foydalanishni tashkil etish
yerdan foydalanishda eng yuqori iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorlikka erishishga qaratilgan
qishloq xo
‘jaligi yerlaridan foydalanish bo‘yicha izchil
chora-tadbirlar tizimini ifoda etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini mahalliy va xorijiy olimlarning yerdan foydalanish
borasidagi munosabatlarni tartibga solishga bag‘is
hlangan ilmiy izlanishlari natijalari, qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan xukumat dasturlari va yo‘l xaritalari tashkil qiladi.
Tadqiqot ishining uslubiyoti sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish bog‘liq bo‘lgan
munosabatlarni tizmli-
funktsonal va dialektik o‘zaro bog‘liqlikda tadqiq qilishda namoyon bo‘ladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni tashkil etishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari
quyidagilar taklif qilingan:
- agrosanoat ma
jmui sohasida band bo‘lgan hududlardan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha
chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan;
-
agrosanoat majmui sohasida band bo‘lgan hududlardan foydalanishni boshqarishning uslubiy
yondashuvlari belgilangan;
-
bo‘sh turgan hudu
dlarni biznes aylanmasiga jalb qilish vositalari taklif etiladi;
- optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui
qishloq xo‘jaligini raqamli o‘zgartirish sharoitida agro
-innovatsiyalarni joriy etish taklif etiladi.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini
tartibga solish, qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqaruvchilarini
rag‘batlantirish borasida davlatning islohotchilik o‘rni oshib borayotgan bo‘lsa
-da, oziq-ovqat xavfsizligi
muammosi to‘lig‘icha o‘z yechimini topayotgani yo‘q.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi s
oh
asida band bo‘lgan yerlardan samara
li foydalanish,
sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketishining oldini olish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar etarlicha emas.
Shu munosabat bilan biz qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydala
ni
shni tashkil etish bo‘yicha quyidag
i
yo‘nalishlar bo‘yicha chora
-tadbirlar majmuini taklif qilamiz:
- yerdan foydalanishni tashkil etishni takomillashtirishda davlatning etakchi rolini kuchaytirish;
-
aqlli qishloq xo‘jaligi tizimini faol joriy etish va
ulardan foydalanish;
-
qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish uchun ishlab chiqarish omili sifatida
axborotlashtirishni keng joriy etish;
-
qishloq xo‘jaligining asosiy tabiiy
-iqtisodiy resursi sifatida yerdan muvozanatli foydalanishga
qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy
va ekologik mexanizmlarning ta’sirini kuchaytirish.
Erni boshqarishni maqbullashtirish sohasidagi davlatning ustuvorligi saqlanib qolishi kerak, bu
talab ko‘p ukladli boshqaruvni amalga oshirishga imkon beradigan bozor iqtisodiyoti
tamoyillariga zid
emas. Agrosanoat majmuasi ehtiyojlari uchun foydalaniluvchi yer maydonlarini xususiylashtirish
sohasida milliy manfaatlarning ustuvorligi yer resurslarini boshqarish, ularni tashxislash, foydalanish
jihatlarini prognoz qilish, degradatsiya ahamiyati omillari ta
’siridan himoya qilishni ta’minlashi lozim.
Albatta, bunday qarashni amalga oshirish qishloq xo‘jaligidan oqilona foydalanishga
bag‘ishlangan davlat va va mintaqaviy darajada yo‘l xaritalarini tuzish bo‘yicha ishlarni davom ettiris
h
zaruratini taqozo qilu
vchi to‘laqonli institutsional bazani yaratishni talab qiladi, bu esa agrosanoat
majmui ehtiyojlari uchun foyda-
lanilayotgan yer maydonlarini boshqarishda yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan xatolardan qochish imkonini beradi.
Hech bir shubhasiz, normativ-huqu
qiy hujjatlar quyidagi ko‘rinishdagi tadbirlarni o‘tkazish
zaruriyatini ta’kidlashi lozim:
-
agrosanoat majmuasi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanishni
boshqarish jihatlari;
-
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari u
chun foydalanilayotgan yer maydonlarining ekologik jihatlari, ular
o‘z navbatida tashkiliy jihatdan tuproqning ifloslanishni kamaytirish va unumdorligini oshirishga
qaratilgan bo‘lishi lozim;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
52
-
imkon qadar tuproq sifatini ni yaxshilash bilan bog‘liq yec
himlarga asoslangan
agroinnovatsiyalarni keng joriy etish;
- agrosanoat majmuasi ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan yer maydonlarining texnologik
jihatlari;
- yer tuzish va yer resurslarini boshqarish jihatlari.
Bunday chora-
tadbirlarni to‘laqonli amalga
oshirish yer reestrining mavjudligini talab qiladi, bu
o‘z navbatida ma’lumotlarni muntazam yangilash bilan tasdiqlanadi.
Muayyan iqtisodiy vaziyatlarda u qishloq xo‘jaligi korxonalarining rentabelligini oshirish
borasida ko‘zlangan iqtisodiy vazifaga zid
k
elishi mumkin bo‘lsa
-da, ammo tuproqni muhofaza qilish,
yerni boshqarish va boshqa chora-
tadbirlarni amalga oshirish uzoq muddatli va o‘zini iqtisodiy jihatdan
oqlovchi strategik vazifa hisoblanadi.
Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni
ta
shkil etish bo‘yicha t
aklif etilayotgan chora-
tadbirlar majmui yer resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora
-tadbirlar
majmuini ta’minlaydi degan xulosaga kelish mumkin.
Davlat vakolatlari sohasidagi qarorlarni qabul qilishning mezo darajasida yer resurslaridan
maqbul foydalanish masalalari hududlar faoliyatining yagona jihatidan kelib chiqqan holda amalga
oshirilishi lozim. Agrosanoat majmuasi ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan yer maydonlaridan
foydalanishni rejalashtirish va tashkil etish milliy iqtisodiyotning boshqa sohalari faoliyatiga zarar
etkazuvchi oqibatlarni keltirib chiqarmasligi lozim. Er resurslarini boshqarish muammolariga kompleks
yondashuvning natijasi yerni boshqarish va hududiy rejalashtirishning yagona sxemasi
–
mintaqaning
yer siyosat
ini amalga oshirishning bashorat qiluvchi vositasi bo‘lishi lozim.
Bunday sxemalar mahalliy ijro etuvchi hokimiyatlarini hududlarning holati va ularni uzoq
muddatli istiqbolda rivojlantirish imkoniyatlari to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma’lumot bilan ta’m
inlash
maqsadida yaratiladi. Hududlarni va umuman mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqish doirasida milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha asosiy qarorlar yer
resurslarining holati to‘g‘risidagi ma’
lumotlarni hisobga olmasdan qabul qilinishi mumkin emas.
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun band bo‘lgan hududlarning axborot bazasini yaratishning
pirovard maqsadi yer resurslaridan O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlantirishning
umumiy vektoriga muvofiq foydalani
shni maqbullashttirishdan iborat bo‘lishi lozim. Erlar nafaqat
rentabellikni hisobga olgan holda, balki yer maydonlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga
e’tiborni qaratgan holda maqbul taqsimlanishi lozim.
Agrosanoat majmuasi ehtiyojlari uchun foydalaniluvchi hududlardan maqbul foydalanishni
prognozlash va tashkil etish bo‘yicha ishlar natijasida amalga oshiriladigan chora
-tadbirlar majmui yer
resurslarini tabiiy rayonlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va
yer maydonlarining maqbul
tuzilishini aniqlash asosida milliy iqtisodiyotning turli sohalarini boshqarish sub’ektlari manfaatlariga
zid bo‘lmagan sharoitda, milliy oziq
-ovqat xavfsizligi va chorvachilik sanoatining ozuqa bazasiga
bo‘lgan ehtiyojlarini hi
sobga olgan holda yaratilishi lozim.
Xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarining mavjudligi qishloq xo‘jaligi yerlarini
rivojlantirish va ulardan foydalanish borasida muayyan cheklovlar qo‘yadi. Avtonom hududiy
tuzilmaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlani
sh yo‘nalishlarini ani
qlash borasida: tuproq unumdorligi, yer
tuzilishi, ishlab chiqarish xarajatlari, chorva mollari mahsuldor-
ligi, bozor sig‘imi, mahsulot rentabelligi
kabilarni tahlil qilish talab qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 3
-bobi 11-
moddasida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan
yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshirilishi va qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi
jihatidan yerlarni rayonlashtiri
sh to‘g‘risidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini
qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish
shartlari jumlasiga kiritilishi” belgilab qo‘yilgan.
Ushbu holatda tayyorgarlik
ishlari asosan ma’lumotlar bilan operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Bunda iqtisodiy va ijtimoiy, tashkiliy, ekologik, texnologik jihatdan ko‘rib chiqilayotgan hududdagi
ishlarning holati to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beruvchi
m
a’lumotlarni to‘plash,
umumlashtirish
va birlamchi qayta ishlash amalga oshiriladi. Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni boshqaruv
ma’lumotlariga aylantirish uchun oldindan birlamchi va olingan ko‘rsatkichlarning keng to‘plami
shakllantiriladi. Tabiiy sharoitlar, yer
resurslarining o‘rganilganlik darajasi, hududda amalga
oshirilayotgan yerga bo‘lgan egalik borasidagi jarayon natijalari, ekologik holat qayd qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
53
Ma’muriy –
hududiy tuzilmalarning o‘ziga xos xususiyatlari boshqa turdagi ko‘r
satkichlarni
aniqlashtir
ish borasida ma’lumot to‘plashni talab qilishi mumkin. mazkur bosqichning natijasi o‘laroq,
kartografik materiallar to‘planadi.
Ikkinchi va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan asosiy bo‘lgan bosqich
-
bu tabiiy
va qishloq xo‘jaligi
jihatidan rayonlashtirish bosqichi hisoblanadi. Rayonlashtirish jarayonida
ko‘rib chiqilayotgan hudud uning chegaralaridagi turli xususiyatlarning bir xilligi yoki turlichaligi nuqtai
nazaridan o‘rganiladi. Turli
-tumanlik aniqlangan t
aqdirda, o‘xshash xusu
siyatlar bilan birlashtirilgan va
boshqalardan farq qiluvchi alohida hududiy birliklar -taksonlar ajratiladi.
Alohida taksonlarga nisbatan turli darajadagi texnologik va boshqaruv qarorlari qabul qilinadi,
harakatlar rejalari va rejalarni amalga oshirish b
orasida maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi.
Ko‘rinib turibdiki, rayonlashtirish parametrlarini tanlash va har bir jihat borasida hududni bo‘laklarga
ajratish maqsadga muvofiqlik tamoyili bilan mos kelishi lozim. Haddan tashqar
i ortiqcha bo‘laklarga
ajratish taksonlar chegarasida agrobiologik xususiyatlarni aniqlash imkoniyatlarini pasaytiradi va
aksincha taksonlarni kerakli darajada bol
‘aklarga ajratilmasligi texnologik jarayonlarni bitta ajratilgan
birlik chegaralarida maqbullashtirish borasida yagona chora-tadbirlarni ishlab chiqishga imkon
bermaydi.
Ma’muriy
-hududiy birliklar doirasida rayonlashtirish zonalar va shuningdek, agrar sohaning
xo‘jalik birliklari doirasida joylashgan zonalarni farqlash maqsadida amalga oshirila
di
, bu o‘z navbatida
qi
shloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishning maqbul usullari bo‘yicha umumiy tavsiyalar, shuningdek bir
qator tegishli masalalar bo‘yicha yechimlar ishlab chiqishga imkon beradi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni rejalashtiri
shni tashkil etish borasida tavsiya etilgan
uslubiy asoslar quyidagilarga imkon beradi:
- hududni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning tanlangan yo‘nalishiga muvofiq yerlarni
taqsimlash mexanizmini takomillashtirish;
- - agrosanoat majmuasining yer salohiyatidan foydalanishni hududiy tashkil etishni
maqbullashtirish yo‘nalishlarini belgilash;
-
iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining yuqori darajada daromad olishlariga imkon yaratgan holda,
hududiy birlik chegaralarida yerdan foydalanishni tashkil etish;
- qis
hloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni maqbullashtirish yo‘llarini izlab topish borasida ilmiy
tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarni belgilash.
Bo‘sh yerlarni xo‘jalik muomalasiga qaytarish, shuningdek, yangi uchastkalarni o‘zlashtirish bir
xil hatti-harakat emas, ular shartli ravishda bir qator chora-
tadbirlar majmuidan iborat bo‘lgan uchta
asosiy guruhga ajratish mumkin :
-
bunday uchastkalarning mavjudligi va xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot bazasini shakllantirish,
to‘ldirish, yangilash va
ulardan
har qanday manfaatdor shaxslarning foydalana olishlarini ta’minlash;
-
yerni iqtisodiy aylanmaga jalb qilishdan ko‘proq manfaatdor shaxslarga foydalanish uchun
berish;
- yangi jalb qilingan uchastkalarda yerdan foydalanishni tashkil etishning eng samarali va ayni
paytda puxta usullarini huquqiy jihatlan nazorat qilish va iqtisodiy rag‘batlantirish.
Xulosa va takliflar.
Taklif etilayotgan chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirish quyidagi natijalarga erishish imkonini
beradi:
- yer resurslarining holatini sifat, miqdor va huquqiy jihatdan baholash, shu asosda yerning holati
to‘g‘risida dolzarb va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;
- yerdan vijdonan va samarali foydalanuvchilar qatlamini yaratish;
- yerdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish, uni investitsiyalar uchun
yanada jozibador qilish;
-
yer solig‘ining mahalliy byudjetlarga undiriluvchanligini oshirish.
Davlat hokimiyati organlari va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlarini ishlab chiqarish
rentabelligini ta’mi
nlash shartlaridan kelib chiqqan holda ajralmas muvozanatlash muammosi faqatgina
agrobiznesning funktsional sohasi sifatida ularning huquqiy maqomini mustahkamlash orqali yer
resurslari bazasini yaratish orqali hal qilinadi (
Югай
, 2018).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
54
Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish borasida ko‘zga tashlanayotgan inqirozli
holatlarni bartaraf etish maqsadida har bir hudud bo‘yicha foydalanilmayotgan yer maydonlarini
qishloq xo‘jaligi aylanmasiga jalb qilish borasi
da
“yo‘l xarita”lar ishlab chiqis
h talab qilinadi. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2023 yildagi “2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab
-
quvvatlashning qo‘shimcha chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PQ-113 son
li Qarori imzolandi. Hujjatga ko‘ra, 2023 yilda
qishloq xo‘
jaligi sohasiga qayta foydalanishga kiritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa etishtirish uchun aholiga dehqon xo‘jaligi
yuritish maqsadida beriladigan yerlarning maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.
2023 yil 1 maydan boshlab “Ijti
moiy himoya yagona ree
stri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar
chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda va ushbu xaridni soliq
organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini QR-kod yordamida skanerlash
orqali ro‘yxatdan o‘tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 %
miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid sum
ma
sida to‘langan QQS s
ummasi qaytariladi.
Qaror bilan 2023 yilga mo‘ljallangan chora
-
tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda quyidagi
tadbirlar
ko‘zda tutilgan:
“Oziq
-
ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
“Qishloq xo‘jalig
i
kooperativi” to‘g‘ri
sida qonun qabul qilish;
hududlarda 10 ta agrologistika markazlari va 41 ta sovutkichli sig‘imlarni tashkil etish;
“E
-
IJARA”
tizimi orqali aholiga 92,6 ming gektar yer maydonini dehqon xo‘jaligini tashkil etish
maqsadida ochiq elektron tanlov orqali ajratish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
Qashqadaryo viloyatida Avstraliyaning
“
Rubikon
”
kompaniyasi
tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish;
Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimini Internet tarmog‘iga joylashtirish va barcha
foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Hudud yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi ma
hsulotlarini
ishlab chiqarish hajmini oshirish “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishning maqsadi sifatida baholashimiz
mumkin.
Belgilangan maqsadga erishish borasida o‘zaro bog‘liq vazifalar majmuini bajarilishiga erishish
lozim:
-
qishloq xo‘jaligi ahamiyati
ga
ega bo‘lgan ammo foydalanilmayotgan yer uchastkalarini qishloq
xo‘jaligi aylanmasiga jalb qilish;
- tuproq unumdorligini saqlash va boyitish;
- yer ulushlari va yer uchastkalarining muoamaladan chiqib ketishini oldini olish;
- agrosanoat majmui sohasida i
sh o‘rinlari sonining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Ye
rdan foydalanishni agroekologik va iqtisodiy jihatdan asoslash qishloq xo‘jalik korxonalarida
yer tuzish loyihalarining amaliy iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Ushbu bosqichlarning barchasi
qi
shloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘zgargan institutsional va iqtisodiy sharoitlariga javob beradigan
yangi tamoyillar asosida qishloq xo‘jalik korxonalarida yer tuzish loyihalari asnosida ishlab chiqiladi.
Ekin maydonlarining alohida ish maydonlarining chegaralarini loyiha-lash, aslida, tuproq
unumdorligini boyitishni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
xarajatlarining rasmiylash-tirilgan tavsifiga asoslangan amaliy iqtisodiy tahlil muammosini hal qilishdir.
Chegarani
belgilash borasida loyiha yechimining samaradorligi ko‘rsatkichlariga bitta ish hududidagi
tuproq unumdorligi darajasi, shuningdek, hosilni etishtirish uchun texnologik operatsiyalarni bajarish
xarajatlari bog‘liq bo‘lgan ekinlarning texnologik xususiy
atl
ari ta’sir qiladi.
Aniq qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanish sohasidagi ilg‘or texnologik yechimlardan biri bo‘lib, u
bir vaqtning o‘zida xarajatlarni tejash va dala ishlab chiqarishda moliyaviy daromadlarni oshirish bilan
bog‘liq iqtisodiy maqsadlarga
erishish, shuningdek, ekinlarni ekologik jihatdan toza etishtirishni
ta’minlashga imkon beradi.
Aniq qishloq xo‘jaligi asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni tashkillashtirish bir qator
muammolarni keltirib chiqaradi, chunonchi aniq qishloq xo‘jaligi
texnologiyalarini joriy etish katta
moliyaviy va iqtisodiy resurslarni talab qiladi. Bunday texnologiyalardan foydalanishni kichik va mayda
ishlab chiqaruvchilar o‘zlariga ravo ko‘ra olmaydilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
55
Bugungi kunda axborotlashtirish shunchaki qishloq xo‘jal
igida ishlab chiqarishni tashkil qilish
omili emas, balki iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish omillari, xususan yerdan
oqilona foydalanishni tashkil etish va innovatsion rivojlantirishning muhim usuliga aylanmoqda.
Qishloq xo‘jaligi
yerl
aridan foydalanishni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
yer fondini tartibga solishda davlatning etakchi rolini kuchaytirish; aqlli qishloq xo‘jaligi tizimlaridan
foydalanish va ishlab chiqarishni axborotlashtirishni kengaytirish; yerlarni toifalarga ajratish asnosida
yerlarning sifat va miqdoriy xususiyatlarini yangilash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta tiklash va shu kabilar hisoblanadi.
Аdabiyotlar/Литература/Reference
:
Алакоз
В.В.
(2016)
Организация
использования
сельскохозяйственных
земель.
Провозглашение и реализация / В.В. Алакоз, Д.А. Овсянников //
Землеустройство,
кадастр
и
мониторинг
земель.
–
.
–
№9.
–
С.
13-20.
Меркулова Е.Ю. (2015) Методика оценки эффективности
использования земельных
ресурсов региона / Е.Ю. Меркулова, Г.Б. Вязов // Вестник
Тамбовского университета.
Гуманитарные науки. –
№2(142). –
С.
55-65.
Меркулова Е.Ю.
(2015)
Методика оценки эффективности использования земельных
ресурсов региона
/ Е.Ю. Меркулова,
Г.Б. Вязов // Вестник
Тамбовского университета.
Гуманитарные науки. –
№2(142). –
С.
55-65.
Ханбаев Т.Г. (2016) Эффективность использования земли в сельском
хозяйстве
с
применением
системы
показателей
/
Т.Г.
Ханбаев,
Л.С.
Даибова //
Горное
сельское
хозяйство.
–
.
–
№1.
–
С.
31-35.
Югай А.М. (2018) Землепользование в аграрной сфере / А.М. Югай //
№
4.
С.
56.
