INCOME OF THE POPULATION AND STANDARDS OF LIVING IN UZBEKISTAN

Abstract

The article draws conclusions and proposals on the current state of life of the population of the country and its further improvement.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Khusinov, I., & Imamova, N. (2023). INCOME OF THE POPULATION AND STANDARDS OF LIVING IN UZBEKISTAN. Economic Development and Analysis, 1(4), 73–80. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44747
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article draws conclusions and proposals on the current state of life of the population of the country and its further improvement.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

73


O‘ZBEKISTONDA AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH DARAJASI

Xusinov Ibragim Ismailovich

i.f.n., dotsent

PhD,

Imamova Nasiba Muzafarovna

"INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE"

Annotatsiya.

Maqolada mamlakatimiz aholisining turmush darajasini bugungi kundagi holati va

uni yanada yaxshilash yuzasidan xulosa hamda takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

aholi jon boshiga real daromadlar, investitsiyalar,

kam ta’minlangan aholi

, xarid

qobiliyati, aholini turmush darajasi.

ДОХОДЫ НАСЕЛЕНИЯ И УРОВЕНЬ ЖИЗНИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Хусинов Ибрагим Исмаилович

к.э.н., доцент

Имамова Насиба Музафаровна

PhD, "INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE"

Аннотация

.

В статье сформулированы выводы и предложения по текущему состоянию и

дальнейшему улучшению уровня жизни населения нашей страны.

Ключевые слова:

реальные даходы на душу население, инвестиции, мало обеспеченние

население, платежаспособности население, уровни жизни население.

INCOME OF THE POPULATION AND STANDARDS OF LIVING IN UZBEKISTAN

Khusinov Ibragim Ismailovich

Ph.D., associate professor

Imamova Nasiba Muzafarovna

PhD,

"INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE"

Annotation.

The article draws conclusions and proposals on the current state of life of the

population of the country and its further improvement.

Keywords:

realpercapitaincome, investments, poor population, purchasing power, living standard

of living.

Kirish.

Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga joriy

etishidan qat’i nazar

ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, etakchi mamlakatlar
safidan joy olishga qaratilgandir.

"Turmush darajasi" tushunchasi va ijtimoiy-

iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirishda

Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo‘shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global miqyosda

turmush darajasini aniqlash va o‘lchash tamoyillari haqi

da hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni

yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi
ko‘rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978 yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy yo‘nalishni qamrab olgan.

BMTining tavsiyasiga ko‘ra, tug‘ilish, o‘lim, umr ko‘rish davomiyligi, sanitar

-gigienik

sharoitlarning mavjudligi, oziq-

ovqat mahsulotlarining iste’mol darajasi, uy

-

joy, ta’lim olish va madaniy

imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar

va xarajatlar muvozanati, iste’mol narxlari,

transport vositalari bilan ta’minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy ta’minot, inson

huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo‘nalishlar turmush darajasini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar ta

rkibiga kiradi.

IV SON - AVGUST, 2023

73-80


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

74

Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini

oshirish va kambag‘allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida qator ishlar

amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000-

yilda qabul qilingan “Ming

yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015

-

yilda tasdiqlangan “2030

-

yilgacha mo‘ljallangan Barqaror

rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy

-

ijtimoiy qo‘llab

-

quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini asrashga

qaratilgan muhim tadbirlar ishlab chiqilgan.

Ma’lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar va

iste’mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha

kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi konsepsiyalarni aholining turmush darajasi

sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko‘rsatkichga keltirish bo‘yicha samarali usul

mavjud emas.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholi turmush darajasining

yaxshilanishi, bevosita ishlab

chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, ilmiy

-texnik taraqqiyot, aholining

madaniy-

ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, albatta hukumat tomonidan qabul qilinadigan

chora-tadbirlar hamd

a amaliy harakatlar natijasiga bog‘liq bo‘ladi.

Adabiyotlar sharhi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning

Prezident tomonidan 2022-yil 28-

yanvardagi

“2022

-2026-yillarga

mo‘ljallangan

Yangi

O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi

PF-60-son Farmonida ettita

yo‘nalish

keltirilgan

bo‘lib

ushbu

yo‘nalishlarning

barchasi

aholini yaxshi turmush kechirishiga erishishni

ta’minlashga

yo‘naltirilgan

bo‘lib

bevosita

to‘rtinchi

yo‘nalish

adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish deb nomlangan yo‘nalishda

bevosita shu maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan 55 ta aniq chora tadbirlar rejasi keltirilgan

(

Farmon,

2022

).

Shuni

alohida ta’kidlash joizki tadqiqotimiz ob

yekti hisoblangan - aholi turmush darajasi ,aholi

daromadlari, sog‘liqni saqlash, savodxonlik darajasi, madaniy hayoti, bo‘sh vaqtning mavjudligi, atrof
muhit kabi bir qator faktorlarga bog‘liq bo‘lishi bilan birga, aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy

-

iqtisodiy siyosatida samaradorlikni baholashning eng muhim mezoni hisoblanib, uni oshirib borish

ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. Mustaqillik yillarida ushbu yo‘nalish bo‘yicha

mamlakatimizda bir qancha ijobiy ishlar qilindi, misol uchun 2006-

yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2007

-

yil “Aholini ijtimoiy ximoya qilish yili”, 2008

-

yil ”Yoshlar yili”, 2017

-

yil “Xalq bilan muloqot va inson

manfaatlari yili”, 2019

-

yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili”,

2020-yil

“Ilm

-

ma’rifat

va

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, 2021

-

yil “Yoshlarni qo‘llab quvatlash va aholi salomatligini

mustahkamlash yili”,

2022-

yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”deb e’lon qilinishi va shu

nomlarga mos islohotlarning amalga oshirilishi buning yaqqol isbotidir. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi

turmush darajasi insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish darajasi sifatida talqin etiladi.

Salin, Shpakovskayalar (2001)

“Aholi turmush darajasi bu inson faoliyatining, eng avvalo, real ijtimoiy

-

iqtisodiy sharoitlar yig‘indisini ifodalovchi murakkab va ko‘p qirrali kategoriya bo‘lib, ijtimoiy
taraqqiyotning muhim tavsifi hisoblanadi”, –

deb ko‘rsatadi. Aholi turmush darajasiga moddiy, ma’naviy

va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish darajasi sifatida qarashlar bor (Dagbaeva, 2008). Abdurahmonov,

Xolmo‘minovning

(2004)

tadqiqotlarida aholi turmush darajasiga ta’rif berilib, uni oshirishga doir

nazariy ma’lumotlar berilgan, jumladan, aholi turmush darajasi deganda ularning hayot kechirishi

uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda insonlar

ehtiyojining bu

ne’matlar bilan qondirilish darajasi tushuniladi. Biz maqolada ushbu ta’rif asosida statistik tahlillar qilib,

tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqamiz. O‘lmasovning

(1997)

“Iqtisodiyot asoslari” kitobida aholi

turmush darajasi va fa

rovonligining bir nechta ta’riflari nazariy jihatdan keltirilib, u muntazam o‘zgarib

turadigan, turli ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni

qondirish imkoniyatlari, tovar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish

haqi bilan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish

yuzasidan taklif, tavsiyalar keltirilgan. Xusainov, Sayitkulova (2018)

Mehnatga haq to‘lash tizimini

takomillashtirish masalalari, jumladan, 2017-

yilda o‘zbekistonliklarni narxlar, kommunal xizmatlar va

ijara haqi, kreditlar, soliqlarni to‘lashdagi qarzlar tufayli kelib chiqqan muammolar tashvishga soldi.

Gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari, maktabgacha ta’lim muassasalarining etishmaslig

i, yuqori

bo‘lmagan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar ham fuqarolarning ayrim toifalari uchun tashvish va

bezovtalik manbalari tahlil qilinib, ushbu tizimni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

75

chiqilgan. Bozor munosabatlariga asoslangan O‘zbekiston iqtisodiyotida xodimlarning ish haqi
masalalari to‘g‘risida mualliflarning ilmiy qarashlari bayon etilgan. O‘zbekiston statistika qo‘mitasi

tomonidan berib boriladigan axborotlar asosida mamlakatimiz aholi turmush darajasi va farovonligini

oshirish masalalari yuzasidan ilmiy, nazariy tadqiqotlar o‘tkazilib, xulosalar qilingan (G‘oyibnazarov,

2006).

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotimiz mavzusi mamlakatimiz aholisi turmush darajasi va farovonligini oshirish

masalalariga bag‘ishlanganligi sababali, avvalo, mavzu doirasidagi mamlakatimiz Prezidentining qaror

va farmonlar, hukumatimiz qarorlari bilan belgilangan vazifalarga hamda mavzu doirasida tadqiqot olib

borgan iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilib, mavzuni o‘rganilganlik darajasi tadqiq etilgan.

Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tadqiqot, adabiyotlar qiyosiy tahlili va farazni asoslash
usullaridan foydalanilgan. Aholi turmush darajasi deganda ularning hayot kechirishi uchun zarur

bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda insonlar ehtiyojining bu ne’matlar
bilan qondirilish darajasi tushuniladi. Insonlar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar juda ko‘p

ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Bularga misol qilib mehnat sharoiti, ta’lim sohasi, sog‘liqni saqlash, oziq

-

ovqat va uy-

joy sifati kabi ko‘plab ehtiyojlarni aytish mumkin. O‘zbekistonda aholining moddiy,

ma’naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq
qo‘llaniladi. Turmush darajasiga to‘liq ta’rif beradigan bo‘lsak, bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy

ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun
yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-

iqtisodiy kategoriyadir. Ma’lumki, aholi

turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar va iste’mol hajmi

miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida esa bu ancha kengiroq

tushunchadir. BMTining tavsiyasiga ko‘ra, tug‘ilish, o‘lim, umr ko‘rish davomiyligi, sanitar

-gigienik

sharoitlarning mavjudligi, oziq-

ovqat mahsulotlarining iste’mol darajasi, uy

-

joy, ta’lim olish va madaniy

imkoni

yatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste’mol narxlari,

transport vositalari bilan ta’minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy ta’minot, inson
huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo‘na

lishlar turmush darajasini ifodalovchi

ko‘rsatkichlar tarkibiga kiradi. Ushbu ko‘rsatkichlar ichida, eng asosiysi, aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan daromadlar hajmi bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich mamlakat aholisi turmush darajasini baholash

bilan birga, xal

qaro taqqoslamalarda ham foydalanish imkonini beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,

aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari

samaradorligining ko‘lami, ilmiy

-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-

ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy

xususiyatlar, albatta hukumat tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar hamda amaliy harakatlar

natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi

turmush darajasini oshiris

h va kambag‘allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko‘maklashish

maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000-

yilda qabul qilingan “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015

-

yilda tasdiqlangan “2030

-yilgacha

mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy

-

ijtimoiy qo‘llab

-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining

salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar s

irasiga kiradi. O‘zbekistonda aholining moddiy,

ma’naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq
qo‘llaniladi. Unga to‘liq ilmiy ta’rif beradigan bo‘lsak, bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarnin

g

rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks
ettiruvchi kompleks ijtimoiy-

iqtisodiy kategoriyadir. Ma’lumki, aholi turmush darajasini barchamiz

aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar va iste’mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi

bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu

boradagi konsepsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan

yagona ko‘rsatkichga keltirish bo‘yicha samarali usul mavjud emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,

aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari
samaradorligining ko‘lami, ilmiy

-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-

ma’r

ifiy saviyasi va tarkibi, milliy

xususiyatlar, albatta hukumat tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar hamda amaliy harakatlar

natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar

ulushi 71,5 foizni, shund

an 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste’mol uchun ishlab

chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

76

Daromad

bu rezidentlar ixtiyoriga tushgan pul tushumlaridir. Mohiyati jihatidan daromad

rezidentlarning yalpi ichki mahsulot (YaIM) dagi hissasi bo’lib, pul shaklida ifoda etiladi.

Ish haqini hisoblash

Ish haqi

bu mehnat bilan band bo’lgan aholining asosiy daromadidir. Rivojlangan mamlakatda

jami daromadlarning 70

80 foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi tirikchilik vositalarini xarid qilish va

pul jamg’armasini hosil etish uchun ishlatiladi. U quyidagicha hisoblanadi:

IH = AIH + B + PT

Bu yerda:
AIH

asosiy ish haqi (ya’ni, ish kuchi egasining o’z mehnati natijasi uchun oladigan haqi);

B

bonus (mukofot ko’rinishidagi ish haqi, imtiyozli yoki foizsiz ssuda berish, turli tekin xizmatlar

ko’rsatish va h.k.);

PT

pul to’lovlari (belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan haq);

Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab ish haqi ikki turga:

-

umumiy (brutto);

-

sof (netto) ish haqiga bo’linadi.

-






Daromad

Shaxsiy

daromad

Firma

daromadi

Davlat

daromadi

Brutto ish haqi –

bu yalpi, ya’ni ishlovchi hisobiga yozilgan ish haqidir.

Netto ish haqi

esa yalpi ish haqidan turli to’lovlar chegirib tashlangandan

so’ng qoladigan ish haqidir. U quyidagicha hisoblanadi:

SIH = YaIH-(DS + IST + JAM)

Bu yerda: YaIH – yalpi ish haqi; SIH – sof ish haqi; DS – daromad solig’i; IST – ijtimoiy sug’urta
solig’i; JAM – jamg’armaga ajratilgan mablag’.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

77

Ish yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga zarar ko’rishi

mumkin.

Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, u tez

-

tez o’zgarib turadi. Aholi daromadlari

tarkibida foydaning hissasi katta bo’lmaydi. Chunki tadbirkorlik bilan g’oyat ozchilik shug’ullanadi.

Masalan, AQShda foydaning aholi daromadlaridagi hissasi taxminan 15 - 18 foizni tashkil etadi.

Foyda quyidagicha aniqlanadi:


Dividend

bu foydaning aktsiyadorlarga ulush sifatida tegadigan qismi. Dividend aktsiya

chiqargan korxonaning rentabel ishlashiga bog’liq. Shu sababdan turli firmalarning aktsiyasiga har xil
divident beriladi. Aktsiyalar oddiy va imtiyozli bo’lishi mumkin. Oddiy ak

tsiyaga tegadigan divident

kafolatlanmaydi. Korxona (firma) foyda ko’rsa dividend beriladi, zarar ko’rsa dividend to’lanmaydi.

Aholining turmush darajasi

sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va

ma’naviy

-

ma’rifiy ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini

tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar -

joy, yoqilg’i, ma

ishiy va

kommunal xizmat ko’rsatishni yaxshilash kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi. Ma’naviy

-

ma’rifiy

ehtiyojlarga kishilarning bilimi, malakasi va ma’naviy

-

ma’rifiy saviyasini oshirish, intellektual

salohiyatini yuksaltir

ish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi.

Aholining sotsial turmush sharoiti

bu jamiyatning hamma a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har

tamonlama jismoniy va madaniy taraqqiyotni ta’minlash hamda mehnat qilish qobiliyatini saqlashni

kafolatlash, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlarni sotsial ta’minot, pensiya va nafaqalar bilan
ta’minlash, nisbatan kam daromadli oilalarning bolalariga nafaqalar berish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Mazkur “turmush darajasi” tushunchasidan, biz bu kategoriyaning naqadar murakkab va ko’p

qirrali mazmuniga ega ekanligiga ishonch hosil qildik. Demak, u qandaydir bitta ko’rsatkich bilan emas,

aholi daromadi va turmushning turli qirralarini ifodalovchi ko’

rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanishi

lozim.

Bu tizim quyidagi asosiy bo’limlarni o’z ichiga oladi:

-

umumlashtiruvchi sintetik ko’rsatkichlar;

-

aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

-

aholining ma’rifiy

-

ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

-

aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

Bu ko’rsatkichlar natural va qiymat ko’rinishida ifodalanib, aholi turmush darajasini miqdor va

sifat tomonlarini o’zida aks ettiradi.

R

asmiy statistika to‘g‘risida” Q

onunning 14-moddasiga

ko‘ra, Davlat statistika qo‘mitasi ijtimoiy

-

iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini yig‘ish,

qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish, e’lon qilish vazifalarini bajaradi.

Shuningdek, unda qo‘mitaning aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar
yig‘ishda yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda statistik hisobot shakllari yoki turli

kuzatuvlar orqali m

a’lumotlarni olish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan.

2017-2021-

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari

bo‘yicha “Xarakatlar strategiyasi”da ham asosiy e’tibor ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari bo‘lgan aholining bandligi va haqiqiy daromadlarini bosqi

chma-bosqich oshirish:aholining

haqiqiy pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni va aholining
daromadlari bo‘yicha farqlanishi darajasini yanada qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish hamda

sog‘liqni sa

qlash tizimini takomillashtirish masalalari belgilab berilgandi . Bundan tashqari aholi

turmush sharoitini yanada yaxshilash ya’ni aholini uyga bo‘lgan talabini qondirishda asosiy e’tiborni

arzon uy-

joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshir

ish, aholining hayot sharoitlari

yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l

-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani

rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishga qaratilgan chora tadbirlar belgilab berilgandi (Farmon,
2022).


F = YaQQ - (IH + IChS + IUT)

Bu yerda: YaQQ – yalpi qo’shilgan qiymat; IH – ish haqi; IChS – ishlab chiqarishga soliq;
IUT – import uchun to’lovlar.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

78

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni,

shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste’mol uchun

ishlab chiqarilgan

shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad

va kam ta’minlanganlar aholi

40

.

1-jadval

A

holining jon boshiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy daromadlar

Ko‘rsatkichlar

2000-

yil

2005-

yil

2010-

yil

2015-

yil

2020-

yil

2022-

yil

2022-yilda

2000-yilga

nisbatan %

Aholi jon boshiga haqiqiy

daromadlar (ming so‘m)

77,2

349,6

2038,7

5127,5 10873,2 15979.3

20752 %

Aholi jon boshiga asosiy

kapital yo‘naltirilgan

investitsiyalar (ming so‘m)

30,2

121,0

583,2

1431,7

6140,3

7468.6

24728 %

Kam ta’minlangan aholi
salmog‘i %

27,5

25,8

17,7

12,8

11,5

14.1

51.2

1-

jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy

daromadlari yildan yilga o‘sib borgan.

Jumladan ushbu ko‘rsatkich 2000

-

yilda 77,2 ming so‘mni tashkil

qilgan bo‘lsa 2022

-

yilda 15979,3 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib 22 yil davomida 207,5 marotaba

o‘sgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad

barcha davrlarda

o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bizga ma’lumki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarni

o‘sishiga ishlab chikarish sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori o‘zining ta’sirini bevosita
ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlarni ko‘yidagi jadvaldagi ma’lumotlardan ham ko‘rishimiz mumkin ya’ni aholi

jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar miqdori yildan yilga o‘sib
borish tendensiyasiga ega bo‘lib 2000

-2022-

yillar oralig‘ida 30,2 ming so‘mdan 7468,6 ming so‘mga

o‘sgan bo‘lib 22 yil ichida 247,3 martaga o‘sishga erishilgan Ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi natijasida
aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar o‘sishida o‘z aksini topgan.

Aholi real

daromadlarining o‘sishi bizga ma’lumki aholining turmush darajasini yaxshilanishiga bu esa o‘z
navbatida kam ta’minlangan aholi soni va salmog‘ini kamayishiga olib kelganida ko‘rish mumkin. Kam

ta’minlangan aholi salmog‘i 2000

-

yildagi 27,5% tashkil qilgan bo‘lsa aholi jon boshiga real daromadlarni

oshishi natijasida 2020-yilga kelib 11,5% ni tashkil qilgan. 2021-

yildan boshlab kam ta’minlangan aholi

ko‘rsatkichi o‘rniga kambag‘allik ko‘rsatkichini xisoblash boshlandi va shu yili bu ko‘rsatkich 17.0 % ga
teng bo‘lgan bo‘lsa 2022

-

yilga kelib bir muncha kiskarib 14.1 %ni ya’ni deyarli 3%ga pasaygan.

Bularning barchasi davlatimiz tamonidan kambag‘allikni kiskartirish uchun olib borilayotgan ishlarning

samarasi sifatida qarashimiz mumkin bo‘ladi. Aholi turmush darajasi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
daromadlar bilan bir qatorda ta’lim darajasi, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, oziq

-ovqat

mahsulotlari iste’moli kabi ko‘rsatkichlar bilan ham o‘lchanadi. Albatta bu borada 2016

-yildan keyin

bir muncha ijobiy siljishlarga erishildi.

Ta’lim darajasi indeksi –

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining (BMTTD)

umumiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u kattalar savodxonligi indeksi va ta’lim olayotgan talabalarning jami

salmog‘i indeksi sifatida hisoblanadi.

Indeks mamlakat aholisining ta’lim darajasi bo‘yicha erishgan

yutuqlarini ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan baholaydi:

Kattalar savodxonligi indeksi (2/3 vazn).

Boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’limdagi talabalarning kumulyativ ulushi indeksi (1/3 vazn).

Ta’lim yutuqlarining bu ikki o‘lchovi yakuniy indeksda umumlashtiriladi va 0 (minimal) dan 1

(maksimal) gacha bo‘lgan raqamli qiymatlar sifatida standartlashtiriladi. Dunyo aholisining

savodxonligi haqidagi ma’lumotlar milliy ro‘yxatga olishning rasmiy nat

ijalaridan kelib chiqadi va

YUNESKO statistika instituti hisob - kitoblari bilan taqqoslanadi. Indeks har ikki yilda yangilanadi, biroq

BMT ma’lumotlari bilan hisobotlar odatda bir yilga kechiktiriladi, chunki ular milliy statistika idoralari

tomonidan e’l

on qilinganidan keyin xalqaro taqqoslashni talab qiladi.

2020-

yilda nashir qilingan ta’lim darajasi indeksi bo‘yicha jahondagi eng yaxshi mamlakat

Germaniya davlati hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Norvegiya va Buyuk Britaniya egallagan.

40

https://stat.uz

›Davlat Statistika ko‘mitasi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

79

MDHga kiruvchi mamlakatlar orasida eng yaxshi natijani jahonda 26

o‘rinni egallagan Gruziya

davlatiga tegishlidir. MDH ga kiruvchi qolgan mamlakatlar ketma-ketligi esa quyidagicha: Belarus (32),

Qozog‘iston

(35), Rossiya (39), Ukraina (47), Armaniston

(64), Qirg‘iziston

(70),

O‘zbekiston

(71),

Ozarbayjon (80), Moldova (82) Tojikiston (96), Turkmaniston (111). (Education Index, 2021) Bundan

ko‘rinadiki ushbu sohada hali amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ishlar talaygina.Albatta bu sohada

oxirgi yillarda bir qancha ishlar amalga oshirildi .Jumladan

YUNESKO va O‘zbekiston Respublikasi

o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumda

Oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish bo‘yicha

Tokio konvensiyasini O‘zbekistonda

joriy qilish 2018-2021-yillarda amalga oshirilishi kerakligi

belgilangan va bu ishlar bugungi kunda to‘liq amalga oshirilgandir.

Ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilish yurtdoshlarimiz uchun xorijiy davlatlarda ta’lim olish,

ishlash va bu borada o‘qigan davlatida olingan malakani va hujjatini boshqa bir davlatda tan olinishini,

xususan, ta’lim olishni keyingi bosqichda davom ettirish ya’ni akademik tan olish hamda kasbiy faoliyat
bilan shug‘ullanish uchun tan olish imkonini beradi.

“O‘zbek yoshlarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasi

3 barobar

ga

(2016-

yilda 9 foiz bo‘lgan

bo‘lsa, 2021

-yilda 28 foiz)

oshdi. Ta’lim xizmatlari bozorida xorijiy va nodavlat ta’lim xizmatlari

vakillarining ishtiroki kengaydi. Oliy ta’lim muassasalari soni

2,2 marotaba

(2016-yilda 64 ta

2021

yilda 141 ta),

nodavlat OTMlar soni

7,2 marotaba

(2016-yilda 4 ta

2021 yilda 29 ta) oshdi.

Xalqaro tajriba asosida xorijiy ta’limni

tan olish jarayonlari soddalashtirildi

. Nostrifikatsiya

amaliyotidan voz kechilib, “

tan olish

” amaliyoti joriy etildi.

Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor

yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy

-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil

fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bos

qichga ko‘tarish, oliy

ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot

tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida:

-

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

oliy ta’lim

sohasida davlat-xususiy sheriklikni

rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari

faoliyatini tashkil etish asosida

oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan

oshirish, sohada sog‘lom

raqobat muhitini yaratish;

-

O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim

muassasalarining flagmaniga aylantirish;

-Respublikadagi kamida 10

ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar

(Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of
World Universities) reytingining birinchi 1 000

ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu

jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi

500

ta o‘rindagi oliy

ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;

-

oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma

-bosqich kredit-modul tizimiga

o‘tkazish;

rejalari belgilab berildi

2

-

jadval

Aholining uzoq muddat foydalanadigan buyumlar bilan

ta’minlanganlik darajasi

41

Aholining uzoq muddat foydalanadigan buyumlar bilan ta’minlanganligi

( 100 ta uy xo‘jaligida)

( uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotilariga asosan) dona

Buyum nomlari

2010-yil

2015-yil

2019-yil

2020-yil

2022-yil

Televizorlar

132

152

160

162

171

Sovutkich va muzlatkichlar

99

101

106

107

115

Konditsionerlar

19

32

39

40

45

Elektr chang yutkichlar

37

53

58

60

69

SHaxsiy kompyuterlar

12

47

55

60

64

Kir yuvish mashinalari

75

79

89

90

95

Mobil telefonlar

145

234

282

287

304

Engil avtomobillar

21

42

47

49

55

Ushbu oliy ta’limni 2030

-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan rejalarni amalga

oshirilishi ta’limda raqobatni rivojlanishiga va bu orqali ta’lim sifatini yanada oshishiga olib kelishi

41

https://stat.uz

›Davlat Statistika ko‘mitasi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

80

ta’lim darajasi indeksining yaxshilanishiga olib kelgan holda bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekistonni
jahonda o‘ziga munosib o‘rinni egallashi erishiladi deb hisoblaymiz.

Aholi turmush darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan yana biri uzoq muddat

foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy

-

joy sharoitlari ta’minlanganligi darajasida ham

ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Oxirgi yillarda uzoq muddat foydalaniladig

an buyumlar soni ham 100 ta

uy xo‘jaligiga nisbatan o‘sib bordi buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin.

Inson tabiati shundayki agarda daromadlari oshib borsa oziq - ovqat va kiyim

kechakdan

ortirgan mabalag‘lari evaziga ko‘p yillar davomida ishlatishi mumkin bo‘lgan uzoq muddat foydalanishi

mumkin bo‘lgan buyumlarni sotib olishga intiladi. O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga

to‘g‘ri keladigan televizorlar 1,23 barobarga, shaxsiy kompyuterlar 12 dan 60 gacha ya’ni 5 barobarga,
engil avtomobillar 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib boshqa uzoq muddatli ishlatiladigan buyumlar

bo‘yicha ham o‘sishga erishilgan. Bularning

barchasi ham aholini turmush sharoiti yaxshilanib

borayotganligidan dalolat beradi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib ayitganda mamlakatimiz aholisining turmush darajasini yanada oshirish uchun

quyidagi ishlar qilishimiz zarur deb hisoblaymiz.

Birinchidan aholiga yuqori daromad keltiruvchi ish o‘rinlarini yaratish ya’ni yaratilayotgan

mahsulotga ko‘piroq qo‘shilgan qiymat qo‘shadigan tarmoq korxonalarini soni va salmog‘ini oshirishga

erishish.

Ikkinchidan o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlaydiganlarga sharoit yaratib berish orqali ular sonini

oshirishga va bu orqali esa yashirin iqtisodiyotda faoliyat olib boruvchilar soni hamda salmog‘ini

kamaytirish erishish.

O‘zbekiston Respublikasi aholining katta qismini kam daromad olishini inobatga oladigan

bo‘lsak , yashash qiymati masalasi joriy vaziyatda muhim ahamiyat kasb etadi hamda

past darajada

daromad olayotgan aholi farovonligini oshirish uchun echim bo‘lad

igan samarali chora-tadbirlar ishlab

chiqishni talab qiladi.

Aholini turmush darajasini yanada oshirish uchun mo‘ljallangan chora

-tadbirlar:

bozorlarni yashash uchun muhim bo‘lgan iste’mol tovarlari bilan ta’minlash hamda tovarlar

taklifini rag‘batlantirish va

etkazib berish zanjirini tashkil etish orqali ular narxining keskin oshib

ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;

ishga layoqatsiz shaxslar, shu

jumladan, yolg‘iz ona va

nogironligi bo‘lgan shaxslarga moliyaviy

yordam ko‘rsatish hamda

muhim iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash hamda ularga o‘zlariga to‘g‘ri

keladigan ish sharoitlarini yaratib berish ;

qishloq joylarda agrar sohani isloh qilish orqali er va suv resurslaridan foydalanish

samaradorligini tubdan yaxshilash .

aholini maqbul uy-joy va

jamoat transporti xizmatlari bilan ta’minlash, aholining moliyaviy

savodxonlik darajasini oshirish;

zamonaviy ta’limni moliyalashtirishni kengaytirish va

zamonaviy axborot texnologiyalari,

injenerlik, biotibbiyot hamda boshqa shu kabi yuqori daromad olish imkonini beradigan zamonaviy

mutaxassisliklarga yo‘naltirish;

kam ta’minlangan oilalar uchun maktab

-

gimnaziyalar sonini ko‘paytirish va

bolalarni sifatli ta’lim

olishini ta’minlash.

Аdabiyotlar/Литература/Reference:

Abdurahmonov Q.H, Xolmo‘minov Sh.R. (2004) “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. Toshkent.

Dagbaeva S.D. (2008) Uroven jizni naseleniya: puti resheniya problem

ы

bednosti. Ulan-Ude., s.35.

Education Index (2021) United Nationis Development Programme:
Farmon (2022)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2022 yil 28 yanvardagi

“2022

-2026 yillarga

mo‘ljallangan

YAngi

O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi

PF-60-son Farmoni.

G‘oyibnazarov B.K. (2006) Aholi turmush darajasini statistik baholash. –

T.: Fan,.

125 b.

O‘lmasov A.

(1997)

“Iqtisodiyot asoslari”. –

T.: Mehnat.

Salin V.N., Shpakovskaya E.P. (2001) Sotsialno-ekonomicheskaya statistika. M.,. s. 399.

Xusainov G‘.L., Sayitkulova P.I.

(2018)

“Mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalalari”.

Iqtisodiyot va ta’lim. №1,. 93

-96 betlar.

References

Abdurahmonov Q.H, Xolmo‘minov Sh.R. (2004) “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. Toshkent.

Dagbaeva S.D. (2008) Uroven jizni naseleniya: puti resheniya problemы bednosti. Ulan-Ude., s.35.

Education Index (2021) United Nationis Development Programme:

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

G‘oyibnazarov B.K. (2006) Aholi turmush darajasini statistik baholash. –T.: Fan,. –125 b.

O‘lmasov A. (1997) “Iqtisodiyot asoslari”. –T.: Mehnat.

Salin V.N., Shpakovskaya E.P. (2001) Sotsialno-ekonomicheskaya statistika. M.,. s. 399.

Xusainov G‘.L., Sayitkulova P.I. (2018) “Mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalalari”. Iqtisodiyot va ta’lim. №1,. 93-96 betlar.