Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
197
RAQAMLASHTIRISHNING XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARINI
RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Usmonova Vasila Botirovna
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
ORCID: 0000-0002-6626-4936
Annotatsiya.
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning nazariy jihatlari, raqamli
iqtisodiyotga xos bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini
rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, raqamlashtirish sohasidagi o‘zgarishlar
masalalari yoritib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijasida muallif tomonidan amaliy tavsiyalar
ilgari surilgan.
Kali
t so‘zlar:
raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish, raqamli transformatsiyalar,
elektron
hukumat, raqamli madaniyat, xizmatlar tarkibi.
РОЛЬ ЦИФРОВИЗАЦИИ В РАЗВИТИИ СЕКТОРА УСЛУГ
Усмонова Васила Ботировна
Джизакский филиал Национального университета Узбекистана
Аннотация.
В данной статье освещены теоретические аспекты цифровой
экономики, технологические изменения, характерные для цифровой экономики, реформы,
проводимые в нашей стране в целях развития сферы услуг, а также вопросы, связанные
с изменениями в области цифровизации. По результатам проведенного исследования
автором выдвинуты практические рекомендации.
Ключевые слова:
цифровизация, предоставление услуг, цифровые трансформации,
электронное правительство, цифровая культура, структура услуг.
THE ROLE OF DIGITALIZATION IN THE DEVELOPMENT OF THE SERVICE SECTOR
Usmonova Vasila Botirovna
Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan
Abstract.
This article highlights the theoretical aspects of the digital economy, the
technological changes characteristic of the digital economy, the reforms being implemented in our
country to develop the service sector, and the issues related to changes in the field of digitalization.
Based on the conducted research, the author has proposed practical recommendations.
Keywords:
digitalization, service delivery, digital transformations, e-government, digital
culture, service structure.
U
O‘K:
330.566.622
XII SON - DEKABR, 2024
197-201
0
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
198
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishi va kelgusi taraqqiyotini ilm-
fan, ilmiy, ijtimoiy-gumanitar texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot asosida boshqarish tashkil
etadi. Bu tizim raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va
iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi. Raqamli iqtisodiyot
bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas, bu
yangi
texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish
orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning bir
qancha afzalliklari hamda ijobiy tomonlari mavjud. Masalan, axborot-kommunikatsion
texnologiyalarining rivojlan
ishi inson uchun eng qimmatbaho bo‘lgan vaqtni tejashga, undan
unumli foydalanishga ko‘maklashishi mumkin. Biron bir kitobning chop etilgan ko‘rinishini
sotib olish shu kitobning elektron formatini sotib olishdan qimmatroqqa tushadi.
Bu borada mamlakatimizda yaratilayotgan tashkiliy-iqtisodiy shart-
sharoitlarga e’tibor
qaratsak,
“Raqamli O‘zbekiston
-
2030» strategiyasida ”...zamonaviy axborot tizimlari va
dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash,
ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlarni kamaytirish, moliyaviy
-iqtisodiy
faoliyatning shaffofligini oshirish, innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va
dasturiy mahsulotlarni joriy et
ish bo‘yicha normativ
-huquqiy bazani takomillashtirish,
boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab
-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt
rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish, 2025 yilda korxona
resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan y
irik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
ulushini 90 foizga yetkazish”
vazifasi belgilangan (Qaror, 2020).
Aynan iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali jamiyatdagi mavjud barcha platformani
qamrab olgan holda samaradorlik ko‘r
satkichlariga, iqtisodiyotda yara
tilayotgan qo‘shilgan
qiymatlilikka, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga bandlik muammosiga, daromadlilik
darajasiga, xarajatlarni optimallashtirishga erishishga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa xizmat ko‘rsatish
sohalarini rivojlantirishni takomillashtirish borasidagi tadqiqotlarning dolzarbligini yanada
oshiradi.
Adabiyotlar sharhi.
Shu o‘rinda mavzuga oid adabiyotlar tahliliga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Yangi
O‘zbekistonni barpo etish jarayonida ijtimoiy
-iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush sifatini
oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“
Xizmat ko‘rsatish sohasi aholi bandligini ta’minlashda eng katta zaxiralardan biri
hisoblanadi. Hisob-kitobla
rga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda kamida 160 ming qo‘shimcha
ish o‘rni
yaratish mumkin. Har bir tuman va shahar kesimida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini
ishlab chiqish, shu bilan birga, tarmoqni tartibga solish, undagi metodologiya va statistika
ma’lumotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish” (Videoselektor, 2020) kabi vazifalar
belgilab berilgan. Bu borada xizmat ko‘rsatish sohasi hajmini mahsulotlar turini keskin
kengaytirish va sifatini oshirish, korxonalar istiqbol rivojini ichki va tashqi omillar sharoitida
raqobatli ustunlikni ta’minlash, iste’mol sharoitidagi qisqa muddatli o‘zgarishlarni hisobga
olish, shuningdek xizmat turlarini hududlar kesimida marketing muvofiqlashtirish, xizmatlar
bozori salohiyatidan ijtimoiy-iqtisodiy
o‘sish nuqtasi sifatida samarali foydalanishga
yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarni ustuvor amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Iqtisodiyot va jamiyatning “raqamlashtirish” jarayoni (ingliz tilida –
digitization ya’ni,
raqamlashtirish, ba’zan es
a digitalizat
ion ya’ni raqamlashtirilishi ma’nosini bildiradi.) haqida
gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. Eng keng ma’noda
“raqamlashtirish” jarayoni odatda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash va assimilyatsiya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
199
qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishni anglatadi. axborotni yaratish,
qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalaridir (Алексеев, 2015) .
Massachusets texnologiya instituti professori Adjemogluning (2019) tadqiqotlariga ko‘ra,
informatsion va kommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va iqtisodiyotning
barcha tamoqlarida qo‘llanilishiga qaramasdan ular mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish
hajmi yoki bandlik darajasining oshishiga yetarli ta’sir o‘tkazmaganligidan dalol
at beradi.
B
u borada olimlarning fikrlariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq: “Raqamli iqtisodiyot
- iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish
aloqa muhitidir” (Калужский, 2014).
“Raqamlashtirish
- bu bizning fikrlash tarzimiz, harakatimiz, atrof-muhit va bir-birimiz
bilan aloqa qilishimizning paradigmal o‘zgarishi” ya’ni, raqamlashtirishni aloqa va o‘zaro
munosabat paradigmasining o‘zgarishidir
(
Марей
, 2020). Raqamli iqtisodiyot bu ishlab
chiqarish kompleksi inso
nlar uchun qulayliklarni ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni
yaratadigan virtual muhit bo‘lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab
chiqarish tizimidir. Shuningdek, raqamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan barcha
narsan
i qamrab olishi mumkin, ya’ni mantiqiy sxemalarda namoyon bo‘ladi. Hayotning o‘zi esa
bu “narsalarni” ishlab chiqarish, tarqatish, almashtirish va iste’mol qilish tizimiga aylantirishga
imkoniyat yaratadi.
Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib ta’kidlash l
ozimki, raqamli iqtisodiyot bu ishlab
chiqarish kompleksi insonlar uchun qulayliklarni ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni
yaratadigan virtual muhit bo‘lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqt
isodiy ishlab
chiqarish tizimidir. Shuningdek, ra
qamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan barcha
narsani qamrab olishi mumkin, ya’ni mantiqiy sxemalarda namoyon bo‘ladi. Ulardan
foydalanish samaradorligi ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar
tobora kengayib bormoqda
. Bozor sub’ektlarining faoliyatida raqamli transformatsiyalarning
asosiy omili raqamli madaniyatni rivojlantirishdan iborat.
Raqamli iqtisod, noyob funksiyaning ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik
iqtisodga xos bo‘lgan cheklovlarni yengish
ga imkon beradi:
1. Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki raqamli
mahsulotlarning bunday to‘siqlari yo‘q: nusxa ko‘chirish va cheksiz odamlar doirasiga
taqsimlanishi mumkin.
2. Materiallardan foydalanish paytida foydalanish taqiqlanadi. Raqamli mahsulotlar asl
xususiyatlarini yo‘qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv
jarayonida yaxshilanishi mumkin.
3. Axborot-kommunikatsiya maydonchalari od
atiy savdo binolarida mavjud bo‘lgan
maydonlarnin
g hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatadigan
mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi (Umarov, 2018).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishida
mantiqiy va taqqoslash tahlili, tadqiqotni o‘rga
nishga tizimli yondashuv,
tahlil va sintez, sotsiologik tadqiqot usullaridan foydalanildi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida
raqamlashtirishning
rivojlanishi
sifatida
samaradorlik,
kadrlar
raqobatbardoshligining oshib borishi, hududlarda makroiqt
isodiy o‘zgarishlar asosida ishlab
chiqarishni rivojlantirishdagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22
foiz ish o‘rinlari inter
net texnologiyalari yordamida yaratiladi. Kelgusi besh yilda sanoat
korxonalarida axborot texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga tannarx
ni o‘rtacha 13
-15
foizga pasaytirish mumkin
(Ma’ruza, 2024)
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
200
Jahon hamjamiyatidagi xalqaro reytinglarda O‘zbekisto
nning hozirgi pozitsiyasiga nazar
tashlanadigan bo‘lsa, 2022 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni
rivojlanish Indeksi reytingida 18
pog‘ona
yuqorilab
,
193 ta davlatlar ichida 69
-
o‘rinni
egalladi
hamda eng tez sur’atlarda rivojlana
yotgan mamlakatlar qatoriga kirdi. Jahon bankining
hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha O‘zbekiston
37
pog‘ona
yuqorilab,
198
mamlakat
ichida
43
-
o‘rinni
egalladi. Jahon bankining raqamli ko‘nikmalar va
davlat xizmatlaridagi
innovatsiyalar bo‘yicha
esa O‘zbekiston dunyoda
4
-
o‘rinni
egallab, 2020 yilga nisbatan 65
pog‘ona
yuqoriladi.
Bundan tashqari raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va amalga oshirishning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri mintaqaviy siyosatni amalga oshirish hisoblanadi. Mintaqaviy rivojlanish
sohasida quyidagi strategik vazifalarni bajarish lozim: hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi
sifatida ularning raqobatdoshligini oshirish va resurs salohiyatini mustahkamlash, inson
kapitalini rivojlantirish, institutsional shart-sharoitlarni yaratish, jarayonlarni samarali
boshqarish va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun onlayn rejimda xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt darajasida moliyaviy va iqtisodiy xavfsizlikni monitoring qilish uchun dast
uriy
ta’minotni taqdim etish uchun bevosita m
uloqot qilish tizimini yaratish.
Xulosa va takliflar.
Raqamli iqtisodning shakllanishi muayyan bazaga ega bo‘lishi kerak, bu quyidagicha
bo‘lishi lozim:
-
raqamli infratuzilmani va aloqa standartlarini ishlab chiqish;
-
axborot xavfsizligini ta’minlash;
-
On-Line xizmatlarni kengaytirish;
-
fuqarolar uchun tarmoq ichidagi va On-Line kommunikatsiyalarga bepul kirishni
yaratish;
-
raqamli ekotizimlarda axborot oqimlari va bilimlarni boshqarishni takomillashtirish
(
Петросян
, 2016).
Bugungi kunda raqamlashtirishning xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishdagi
o‘rnini oshirishda mazkur sohalarda korxona va tashkilotlar o‘zlarining ish faoliyatiga
raqamlashtirishni qo‘llash natijalarida qulayliklar
ga erishishlari uchun quyidagi taklif va
tavsiyalarni ilgari suramiz:
-
raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirishning g‘oyalarini tarqatish va amalga oshirish;
-
raqobatbardosh mutaxassislarni tanlab olish imkoniyatining yuqoriligi;
-
iste’molchilar, ishlab c
hiqaruvchilar, v
ositachilar o‘rtasidagi axborot mahsulotlari
bozorini masofaviy ishlashiga erishish;
-
bevosita yaqin muloqotda ishlaydigan yuqori malakali mutaxassislar yordamida yanada
sifatliroq xizmat ko‘rsatish;
-
axborot-kommunikatsion tizimlarni yaxshilash, amalga oshirilayotgan investitsiya
loyihalari va imkoniyatlari haqida ma’lumotlar bazasini yaratish;
-
axborot industriyasining ustunligini kuchaytirish, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasi
borgan sari bilimga asoslangan va innovatsion asosida rivojlanishiga erishish.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni yuksaltirish muammolarini hal etishda tovarlar va xizmatlar
bozori alohida o‘rin tutadi. Aynan, tovarlar va xizmatlar bozori, ularning samarali faoliyat
ko‘rsatishi, bir tomondan iste’molchilar, ya’ni aholi t
urmush darajasi va sifatini oshirishning
muhim vositasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ushbu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi
sub’ektlarning doimiy, uzluksiz faoliyat yuritishi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni
amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Aholining turli-tuman
tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan hamda tobora o‘sib va kengayib borayotgan ehtiyojlarini
imkon qadar to‘laroq qondirish mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan ijtimoiy
-
iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifasi
hisoblanadi. Bu borada xizmatlarning o‘rni va ulushini
oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
201
tubdan o‘zgartirishga erishish, qishloq aholi punktlarida xizmat ko‘rsatish korxonalarini
rivojlantirish, birinchi navbatda kommunal-maishiy, uy-
joylarni ta’mirlash va qurish, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini
kuchaytirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, aholi o‘rtasida talab yuqori bo‘lgan yangi
istiqbolli
konsalting, bank, moliya, sug‘urta, lizing va baholash xizmati kabi turlarini jadal rivojlantirish,
xizmat ko‘rsatish sohasini keng rivojlantirish maqsadida mazkur sohada ishlaydigan kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishg
a alohida e’tibor qaratish maqsadga
muvofiq.
Umuman olganda, bugungi kunda raqamli texnologiyalar jahon iqtisodiy tizimining
barcha sub’ektlari ijtimoiy
-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining ajralmas qismi hamda
ijtimoiy taraqqiyot asosi
dir. O‘zbekiston
, dunyoning aksariyat mamlakatlari singari, hayotning
barcha sohalarida bilim, fan, texnika va axborotning muhim roli bilan ajralib turadigan boshqa
texnologik inqilob, yangi sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi arafasida. Zero, hozirgi murakka
b
davrda O‘zbekiston uchun an’anaviy iqtisodiyotni imkon qadar zamonaviy axborot,
intellektual, raqamli iqtisodiyotga aylantirish juda muhimdir.
Adabiyotlar/Литература/References:
Acemoğlu Daron.
(2019)
. “It’s Good Jobs, Stupid”. Economics for
Inclusive Prosperity Policy
Brief 13.
Ma’ruza (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 11 may kuni raqamli
iqtisodiyot va elektron hukum
atni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilishdagi ma’ruzasi.
uza.uz.
Qaror (2020) O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi 5 oktabrdagi Raqamli
O‘zbekiston
-
2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori. Lex.u.
Umarov O. (2018) Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari.
“Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, № 3, 4
- bet. www.iqtisodiyot.uz.
Usmanova V. (2024) FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY IN
THE DEVELOPMENT OF REGIONS //Journal of Contemporary World Studies.
–
2024.
–
Т
. 2.
–
№.
2.
–
С
. 43-46.
Usmonova V., Ilashev A. (2023) STRATEGY “DIGITAL UZBEKISTAN
-
2030”: INNOVATIVE
-
INTEGRATION DIGITALIZATION OF AGRICULTURE ECOLOGICAL-ECONOMIC DEVELOPMENT
AND AN IMPORTANT STRATEGIC DIRECTIONS OF EMPLOYMENT OF THE RURAL POPULATION
//Science technology&Digital finance.
–
2023.
–
Т
. 1.
–
№. 5. –
С
. 22-28.
Videoselektor (2020) Prezident Shavkat M
irziyoev raisligida xizmat ko‘rsatish va ichki
turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi // “Xalq
so‘zi”, 2020 yil 16 iyun. –
Алексеев И.В.
(2015)
Информационное обеспечение системы управления
франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические и
гуманитарные науки. –
№1 (276). –
С
. 105
–
110.
Калужский М.Л.
(2014)
Маркетинговые сети в электронной коммерции:
институциональный
подход / М.Л. Калужский. –
М.; Берлин: Директ
-
Медиа, 2014. –
402 с
Марей А.
(2020)
Тсифровизатсия как изменение парадигмй [Электроннйй ресурс].
Резҳим доступа:
Петросян А.
(2016)
Что нужно знать о цифровой экономике и ее перспектива.
[Электронный ресурс].
-
Режим доступа: h
ttp://www.kommersant.ru/ doc/3063024.
Шарафуллина Р., Усманова В. (2023) ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА: ОПРЕДЕЛЕНИЕ,
ПРЕИМУЩЕСТВА, НЕДОСТАТКИ //Science technology&Digital finance. –
2023.
–
Т. 1. –
№. 5. –
С. 47
-51.
