Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
143
SAMARQAND SHAHAR XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARINING RAQAMLI
PLATFORMASINI TASHKIL ETISH
PhD, dots. Kurbanova Raxima Jamshedovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotasiya.
Maqolada xizmatlar sohasi xizmatlari tasniflagichi modeli asosida
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqamli platformasini tashkil etish tizimi
bo‘yicha tashkiliy mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
tasniflagich, raqamli platforma, tashkiliy mexanizm, texnik-texnologik holat,
raqamli texnologiya, “pastdan yuqoriga” strategiyasi, infratuzilma, korxona elektron platformasi.
СОЗДАНИЕ ЦИФРОВОЙ ПЛАТФОРМЫ ПРЕДПРИЯТИЙ СФЕРЫ
УСЛУГ ГОРОДА САМАРКАНД
PhD, доц. Курбанова Рахима Джамшедовна
Самаркандский Институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье показаны организационные механизмы по системе
организации цифровой платформы предприятий сферы услуг в Узбекистане на основе
модели классификатора услуг сферы услуг.
Ключевые слова:
классификатор, цифровая платформа, организационный
механизм, технико-технологическое состояние, цифровые технологии, стратегия “снизу
вверх”, инфраструктура, электронная платформа предприятия.
ORGANIZATION OF A DIGITAL PLATFORM FOR SERVICE ENTERPRISES
IN THE CITY OF SAMARKAND
PhD, assoc. prof. Kurbanova Rakhima Jamshedovna
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
the article shows the organizational mechanisms of the system for organizing a
digital platform for service enterprises in Uzbekistan based on the service classifier model.
Keywords:
classifier, digital platform, organizational mechanism, technical and
technological state, digital technologies, bottom-up strategy, infrastructure, electronic platform
of the enterprise.
Kirish.
Hozirgi vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasida, jami 400 dan ortiq turlari, xillari mavjudki
ularning barchasi alohida - alohida o‘zining tasnifiga ega bo‘lib, xizmat ko‘rsatish korxonalarini
tashkil etadi. Bizning misolimizda savdo, umumiy ovqatlanish va mehmonxona korxonalari va
ularning o‘ziga xos xizmatlarining tashkil etilishi ko‘rib chiqilsada, raqamli iqtisodiyotga
o‘tishda, qabul qilingan strategiya, platformalar subyektlari, ularning funksional darajalanishi
bilan bog‘liq holda olib boriladi.
UO‘K: 338.46
V SON - MAY, 2024
143-149
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
144
Xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqamli iqtisodiyotga o‘tish tashkiliy – iqtisodiy
mexanizmidagi asosiy raqamlashtirish texnologik jarayonlarini ko‘rishdan oldin, xizmatlar
turlarining qanday tasnifanganligini ko‘rib chiqishni talab qiladi. Chunki xizmat ko‘rsatish
turlari va xillari bo‘yicha, umumiy tasavvurga ega bo‘lish va kelajakda barcha korxonalarni
raqamli iqtisodiyotga o‘tkazilishi osonlashadi.
Adabiyotlar sharhi.
Rossiyalik olim Dalning (1882) lug‘atida xizmat tushunchasi quyidagicha talqin etilgan:
Xizmat ko‘rsatish, yordam, imtiyoz, ko‘mak, ko’nglini topmoq, istagini bajo keltirmoq. Biroq
ushbu lug‘atlarda keltirilgan talqinlarda “xizmat” tushunchasining mohiyati to’liq
ifodalanmagan.
Rossiyalik olim Ojegov (1991) tahriri ostida chop etilgan rus tili gramatik lug‘atida
“xizmatlar” bu “naf, foyda keltiradigan harakat, boshqalarga yordam deb hisoblanadi” degan
fikr ilgari surilgan.
Amerikalik iqtisodchi Kotler (1992) o’zining “Marketing asoslari” nomli kitobida
“xizmatlar – bu obyektni sotish jarayonida o‘z manfaatini qondirish, muayyan bir naf olish
uchun qilingan harakt” degan holda, o‘zining fikrini davom ettirib, “ishlab chiqarishda xizmatlar
moddiy ko‘rinishdagi tovarlar blan bog‘liq bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin”, deb hisoblagan.
Shiray (2003) “Xizmat – alohida olingan inson yoki bir butun jamiyatni qandaydir
ehtiyojini qondiruvchi, natijalari samarali foydada gavdalanuvchi, maqsadli mehnatning
faoliyatidir”.
Hozirgi vaqtda, xizmatlar sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda raqamlashtirish
metodologiyasi (Грибанов, 2018), soha raqamli platformalarini yaratish modellari (Грибанов,
2018), uning sanoat korxonalari bilan transformasiyasi (Скруг, 2018), tadbirkorlik
strukturasining raqobatbardoshligiga ta’siri (Бабкин, Чистякова, 2017) va boshqalar
ko‘rilayotgan bo‘lsada, xizmatlar ko‘rsatish korxonalari bo‘yicha izlanishlar kam.
Shuning uchun, bu borada ilmiy tadqiqotlarni izchillashtirib, O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatish korxonalarini raqamli iqtisodiyotga bosqichma – bosqich o‘tkazish: korxonalarda
server tizimini tashkil etgan holda, raqamli texnologiyani yaratib, mahalliy-, tarmoqlararo-
respublika mikyosida raqamli platformalarni tashkil etish asosini yaratish, raqamli
platformalarga kirishini rag‘batlantirish asosida izchillashtirish, respublika va xalqaro tashqi
aloqalarning o‘rnatilishida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish va respublika,
xalqaro tizimlardan to‘laqonli foydalanish lozim bo‘ladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolani tayyorlashda mantiqiy tahlil,ilmiy mushohada, innovatsion usullardan
foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ma’lumki, xizmatlar sohasida tasniflashning asosiy maqsadi, xizmatlarning umumiy
alomatlarini aniqlash, ularni alohida sinflari, guruhlar va xillarga birlashtirish yo‘li bilan,
umumiy nazariy nuqtai nazardan o‘rganishga yo‘naltirishdir. Tasnifning asosiy shartlariga:
sinflar, guruhlar va xillarning ma’nodosh bo‘lishi, barcha alomatlarni o‘z ichiga olishi va
alomatlarning takrorlanmasligini ta’minlash kiradi.
Tasnifning bu shartlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda xizmatlar tasnifining
umumiy tan olingan tasnifi mavjud emas. Mavjud tasniflagichlarda, jumladan 2006 yilda rasmiy
nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasi faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tasniflagichida
(ФТБХУТ, 2006) ham umumiy yondashish va ilmiy asoslashning sustligi namoyon bo‘lyapti.
Chunki, tasniflagich, Yevropa iqtisodiy jamiyati faoliyat turlari mahsulotlari statistik
tasniflagichi asosida yaratilganki, unda tasniflagich tuzish asosiy metodologik prinsipi, bu
xizmatlarning ishlab chiqarishdan kelib chiqishiga yondashilgan. Bunda 6 belgi darajasida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
145
mahsulot, 4 belgi darajasida iqtisodiy foliyat inobatga olingan. Keyingi 7chi, 8chi, 9chi belgilari
keyingi tipi, xili va xil osti darajasidagi xizmatlar tasnifi bilan davom etadi. Faoliyat turlari
bo‘yicha xizmatlar tasniflagichi tuzilmasi identifikasiyasi va nomlaridan iyerarxik tizimi va
ketma-ket xarflar va sonlar orqali kodlashdan foydalanishgan. Tasniflagichda jami 400 ga yaqin
xizmatlar turlari: guruhlar seksiyada, seksiya osti, guruhlar, sinflar, razryadlar, razryad ostki,
tiplar, xillar, xil osti darajada berilgan (ФТБХУТ, 2006).
Umuman olganda, iyerarxik metod: yo‘nalish, guruhlar, guruh osti guruhlari, turi va
turdoshlar tizimidan foydalanib 5ta mahsulot ishlab chiqarish va 12 ta xizmatlar, jami 17 ta
yo‘nalish guruhlardan foydalanilgan. Iyerarxik metodda tasniflashning boshqa davlatlar
bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatdiki: AQSh va Kanadada 7 ta, Yevropa davlatlarida 10 ta, Rossiyada
13 ta yo‘nalish guruhlardan tasniflagichlarda foydalanilgan.
Tasniflash metodologiyasi bo‘yicha olib borilgan xizmatlar sohasi tahlili natijalari shuni
ko‘rsatdiki, yaratilgan tasniflagichlar asosan amaliyot uchun, mahsulotlar va xizmatlarni
kataloglari, me’yoriy hujjatlari tuzish, statistik ma’lumotlarni agregirlash, iqtisodiy statistik
tahlil, tashkilotlar kunlik iqtisodiy amaliyotga mo‘ljallangan.
Tasniflashda uning kelib chiqishi yo‘nalish guruhining asosiy ko‘rsatkichi, ilmiy kelib
chiqish mexanizmi bir butun talab va taklifdan, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar
munosabatidan ekanligi ko‘rsatilmagan. Shuning uchun, ularni tizimli mexanizmini o‘rganish,
tushunish, pastki darajalarda xizmat turlarini qaysi guruhlarda bo‘lishini aniqlash va boshqalar
murakkablashgan. Xizmatlar sohasi xizmatlar turlarining tasniflagichining yangi modelini
tuzishdan oldin olib borilgan nazariy metodologik izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, barcha
xizmatlar asosini uning bosh qatnashuvchilari, xizmatlar iste’molchilari va ularni ishlab
chiqaruvchilari orasidagi munosabat (aynan raqamli iqtisodiyotning platforma ko‘rinishi)
tashkil etadi va bu munosabatlarni harakatlantiruvchisi bo‘lib asosiy iqtisodiy ko‘ratkichlar
farqi tashkil etadi.
Adabiyotlarda keltirilgan fikrlardan kelib chiqgan holda, biz xizmatlar sohasi xizmatlar
guruhlarining, kelgusida raqamlashtirishga, ularning model shaklida raqamli iqtisodiyotda
qo‘llash maqsadida qulay bo‘lishi uchun 1-rasmda keltirilgan tasniflagich modelini taklif
etamiz.
Ushbu tasniflagich modelida biz xizmat iste’molchisi (XI
1
) va xizmatlarni ishlab
chiqaruvchilari (XI
2
) o‘rtasidagi munosabatni ijtimoiy hodisa deb, bu munosabat har qanday
xizmatlarning asosini tashkil etadi.Ushbu o‘zaro munosabatlarni rivojlantiruvchilari yoki
harakatlantiruvchi omillariga: samaradorlik (∆S), qoniqarlilik darajasi (∆Q), davlat munosabati
(∆DM), ko‘ngil holati va texnik texnologik holat (∆TTX) ko‘rsatkichlari farqi tashkil etadi. Aynan
shu omillar asosida xizmatlar sohasi asosiy jarayonlarini farqlashimiz mumkin. Bularga: ishlab
chiqarish, muomala (mahsulotlar realizasiyasi), ixtisoslashgan, jamoaviy va ommaviy, ijtimoiy
asosiy xizmatlar jarayonlari kiradi, ular o‘z o‘rnida xizmat turlariga, xillariga va h.k..larga
bo‘linadi.
Asosiy xizmat jarayonlaridan biri bo‘lgan ishlab chiqarish xizmatlarining
harakatlantiruvchi omili ∆S, samaradorlik farqi ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatib, shu bilan birga ishlab chiqarish xizmat turlarining harakatlantiruvchi omilini tashkil
etadi. Xuddi shuningdek, ∆Q-qoniqarlilik darajasi bir tomondan xizmat iste’mol-chilariga va
muomala xizmatlar guruhiga, ∆DM - davlat munosabatlari farqi ko‘rsatkichlari ham xizmat
iste’molchisiga, ham xizmatlar ishlab chiqarishlariga ta’sir etib, ixtisoslashgan asosiy xizmatlar
turlarini rivojlantiradi (yoki rivojlantirmaydi), ∆KX insonlarning ko‘ngil holati ko‘rsatkichi esa,
xizmatlar iste’molchilariga jamoaviy xizmatlar turlari bilan, ∆TTH-texnik-texnologik
holatlarining farqi esa, asosan ishlab chiqarish holatini belgilash bilan ommaviy (iste’mol)
xizmatlar turlarining rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. O’z o‘rnida xizmatlar
harakat (rivojlanish) omillari barcha asosiy xizmatlar jarayoniga bilvosita (rasmda punktr
chiziqlar) ta’sir etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
146
Ushbu modeldagi 5ta asosiy xizmat jarayonlarini hozirgi mavjud rasmiy O‘zbekiston
Respublikasi faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tasniflagichi tarkibidagi 7ta asosiy xizmat
jarayonlarini mutanosiblikda birlashtirilsa, ham nazariy, xam ilmiy- amaliy ahamityaga ega
bo‘lgan bir butun tasniflagichga ega bo‘lamiz.
1-rasm. Xizmatlar sohasi xizmatlari tasniflagichi modeli
Tanlab olingan strategiyamizdan “Pastdan yuqoriga” strategiyasiga asosan, korxonalar
(savdo, umumiy ovkatlanish, mexmonxonalar) miqyosida tuzilishi va undan so‘ng shahardagi
korxonalar guruhi bo‘yicha har bir korxona platformalari alohida - alohida tarkib topgan.
Bulardan mahalliy platformalar kompleksi, davlat platformalari blokiga qo‘shiladi. Shuningdek,
sohaning davlat va davlatlararo, hududiy platformalar orqali boshqa raqamli platformalar bilan
bog‘lanadi. Infratuzilmadagi mavjud informasion kanali, informasiya bazasi va boshqaruv
markazi bilan to‘laqonli bir butun raqamli platformani tashkil etadi. Umuman olganda,
yurtimizda raqamli iqtisodiyotning qanday infratuzilmasi mavjudligidan kelib chiqadi. Chunki,
raqamli platformalar tizimli tuzilmasi pastdan yuqoriga kengayib borib, turli xildagi
platformalar bilan bog‘lanish imkoniyatini beradi.
Shulardan kelib chiqgan holda, biz korxonalarning raqamli iqtisodiyotda faoliyat olib
borishining tashkiliy - iqtisodiy mexanizimidagi korxona elektron platformasining tashkil
etilishi tuzilmasini 2-rasmda keltirdik.
Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning faoliyat olib borish tashkiliy-iqtisodiy
mexanizimining tuzilmasining maqsadi - raqamli iqtisodiyotni tashkil etuvchi texnologik
jarayonlarning bajarilishi tufayli, olingan ma’lumotlarning asosiy serverga uzatish va qayta
ishlangandan so‘ng mavjud korxona elektron platformasiga, keyin boshqa platformalarga
chiqish hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
147
2-rasm. Samarqand shahar savdo, umumiy ovkatlanish va mehmonxonalar
korxonalari raqamli platformalarini tashkil etish sxemasi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqamli iqtisodiyotga o‘tish tashkiliy mexanizmini:
korxonada mavjud elektron texnika bazasi, raqamli iqtisodiyot texnologik jarayonlari, korxona
elektron platformasi va chiqishi mumkin bo‘lgan platformalar subyektlari tashkil etadi.
O‘z o‘rnida, korxona elektron bazasini undagi mavjud barcha elektron texnikalar, asosiy
texnologik jarayonlarga - generasiyalash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash, qidirish, saqlash va
uzatish, elektron shaklda uzatish va korxona elektron platformasiga korxona serveri, undan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
148
so‘ng chiqish mumkin bo‘lgan elektron platforma subyektlari tashkil etadi. Albatta, bu
jarayonlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligi korxonaning quvvatidan, infratuzilmasining holati va
elektron texnikasiga bog‘liq holda bo‘ladi. Lekin, har qanday holda ham ularning asosiylari
ishtirok etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, raqamlashtirish platformalari subyektlarinig har
qanday darajasiga bular bajarilgandan keyin chiqish mumkin bo‘ladi (3-rasm).
3-rasm. Raqamli iqtisodiyotda faoliyat olib borish uchun korxona raqamli
platformasini tashkil etish tuzilmasi
Raqamli platformalarni yaratishda, biz qabul qilingan “Pastdan yuqoriga” strategiyasiga
asosan, platformalar tuzilmasining eng pastida korxonalarda mavjud elektron texnika
vositalari tashkil etadi.
Tasniflagichda keltirilgan, korxonada mavjud elektron texnika vositalari asosida asosiy
raqamli texnologik jarayonlar bajariladi. Raqamli iqtisodiyot asosiy texnologik jarayonlariga:
generasiyalash, to‘plash, saqlash,qayta ishlash, qidiruv, elektron shaklda uzatish kiradi.
Xulosa va takliflar.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqamli iqtisodiyotga o‘tish tashkiliy - iqtisodiy
mexanizmlarini ko‘rib chiqishda xizmatlar turlarining tasniflanganligini ko‘rib chiqish
kelajakda barcha korxonalarni raqamli iqtisodiyotga, platformaga o‘tkazilishini osonlashtiradi.
Olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, ushbu masala bo‘yicha quyidagi taklif va
tavsiyalarni berdik:
1.
Xizmatlar sohasi xizmatlari tasniflagichi modelini yaratish;
2.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi raqamli infratuzilmasiga asosan raqamli
iqtisodiyotga o‘tkazish uchun “Pastdan yukoriga” strategiyasiga foydalanish.
3.
Raqamli iqtisodiyotda faoliyat olib borish uchun xizmat ko‘rsatish korxonalarini
raqamli platformasini tashkil etish tuzilmasidan foydalanish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
149
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Qurbonov J.M., Kurbanova R.J.Xizmatlar ko‘rsatish korxonalari elektron texnikasi. –
Toshkent: Noshir nashriyoti, 2019. -168 b.
Бабкин А.В., Чистякова О.В. (2017) Цифровая экономика и ее влияние на
конкурентоспособность
предпринимательских
структур
//
Российское
предпринимательство. – Том 18. – № 24. – С. 40874102. doi: 10.18334/rp.18.24.38670
Грибанов Ю.И. (2018) Методология развития экономики, промышленности и сферы
услуг в условиях цифровизации: коллективная монография / Ю.И. Грибанов, под ред. А.В.
Бабкина. СПб.: Политех-Пресс, С. 48-90.
Грибанов Ю.И. (2018) Основные модели создания отраслевых цифровых платформ /
Ю.И. Грибанов // Вопросы инновационной экономики. - Том 8. № 2. - С.223-234. – 1,1 п.л.
Даль В.И. (1882) Толковыий словарь великорусского языка. 2-е изд. М., –Т.: IV. С.512.
Котлер Ф. (1992) Основы маркетинга. М. Прогресс. – 734 с.
Ожегов С.И. и. др. (1991) Граматический словарь русского языка. -М.: Русский язык. -
432 стр.
Скруг В.С. (2018) Трансформация промышленности в цифровой экономике: проблемы
и перспективы // Креативная экономика. – Том 12. – № 7. – С. 943-952. doi:
10.18334/ce.12.7.39208
ФТБХУТ (2006) «Узстaндaрт» aгентлиги. Ўзбекистон Республикaси фaолият
турлaри бўйичa хизмaтлaрнинг тaснифлaгичи. Ўз.ДТ 2006 йил 12 мaй №0515 10.
Ширай В.И. (2003) Мировая экономика и международные отношения: Учебное
пособие. –М.: Дашков И. К. -с. 226.
