Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
248
CHAKANA SAVDO KORXONALARIGA TA
’
SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Xabibullaev Anvar Shovkat o
‘
g
‘
li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0001-6640-9197
khabibullaevanvar707@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada chakana savdo korxonalari faoliyati, ularga ta’sir qiluvchi omillar
tahlili, chakaa savdoni rivojlantirish bo‘yicha olimlarning ilmiy
-nazariy yondashuvlari, chakana
savdoni rivojlantirishda xorijiy tashkilotlarning tahlillari o‘rganilgan.
Chakana savdo
tashkilotlarining marketing tadqiqotlari olib borildi.
Kalit so‘zlar:
c
hakana savdo, iste’molchi, elektron tijorat, online xarid, ehtiyoj, marketing,
bozor, xaridor, mehnat, internet, raqamli savdo.
АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ПРЕДПРИЯТИЯ
РОЗНИЧНОЙ ТОРГОВЛИ
Хабибуллаев Анвар Шовкат угли
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье рассмотрена деятельность предприятий розничной
торговли, анализ влияющих на них факторов, научно
-
теоретические подходы ученых к
развитию розничной торговли, анализ зарубежных организаций в развитии розничной
торговли. Проведены маркетинговые исследования организаций розничной торговли.
Ключевые слова:
розничная торговля, потребитель, электронная коммерция,
интернет
-
магазины, потребности, маркетинг, рынок, покупатель, рабочая сила,
интернет, цифровая торговля.
ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING RETAIL ENTERPRISES
Khabibullaev Anvar Shovkat ugli
Tashkent State University of Economics
Annotation.
The article explores the activities of retail enterprises, analysis of the factors
affecting them, scientific-theoretical approaches of scientists on the development of chakaa trade,
analysis of foreign organizations in the development of retail trade. Marketing research of retail
organizations has been conducted.
Keywords:
retail, consumer, e-commerce, online shopping, need, marketing, market, buyer,
labor, internet, digital sales.
UO
‘
K: 339.13.024
VI SON
—
IYUN, 2024
248-255
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
249
Kirish.
Mamlakatimizda chakana savdoning rivojlanishi bilan bir qatorda iste’molchi xulq
-
atvorining o‘zgarish
i, xaridorlar tomonidan tovarlarning sifati va assortimentiga hamda
ko‘rsatilayotgan savdo xizmatlariga bo‘lgan talabining tobora ortib borish tendensiyasi
kuzatilmoqda. Bunday sharoitda xaridorlarga qo‘shimcha savdo xizmatlarini taklif etish orqali
ko‘rsa
tilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va takroriy xaridini raqobatlantirish chakana savdo
raqobatbardoshligini oshirishning va unga ta’sir etuvchi omillar
ning zamonaviy
yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilg‘or mamlakatlar va savdo korxonala
r
i amaliyotida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni
yo‘lga qo‘yish asosida chakana savdo raqobatbardoshligini ta’minlash tobora ommalashib
bormoqda. Ayniqsa, tovarlarni onlayn xarid qilish imkoniyatini oshirish, interaktiv vitrina va
savdo zallari, innovatsion Merchendayzing bugungi kun talabiga aylangan. Shu bilan birga
mamlakatimizda ham chakana savdoda marketing amaliyotining zaifligi, iste’molchilar xulq
-
at
vorining tadqiq etilmayotganligi, zamonaviy xizmat turlarini kengaytirishni ta’minlashga
yetarlicha e
’
tibor qaratilmasdan kelinmoqda.
Shunday qilib, chakana
savdo korxonalari tomonidan qo‘shimcha xizmat turlarini taklif
etish asosida savdo xizmatlarini yuqori darajada tashkil qilish, xaridorlarga sotilayotgan
tovarlarga muvofiq keluvchi kutilgan darajadagi
servisni taqdim etish lozim bo‘ladi.
Qo‘shimcha savdo xizmatlari savdo zalini tashkil qilish, tovar tanlovini muvofiqlashtirish,
xaridorl
arga qo‘shimcha axborot berish, xarid jarayonida ko‘maklashish, merchendayzing va
hisob-kitob jarayonini takomillashti
rish bilan bog‘liq xizmatlar majmuidan iboratdir.
Qo‘shimcha savdo servisi tovarlarning xaridorlar tomonidan anglanishiga, iste’mol qiymat
ining
ortishiga hamda xarid imkoniyatining ortishiga olib keladi (Saydullayev, 2023).
Xaridor tomonidan zarur bo‘lgan
tovarni tanlash va xarid qilish masalasi ko‘rib chiqilar
ekan, bu jarayonga taalluqli bo‘lgan bir qator jihatlarga to‘xtalib o‘tishimiz jo
iz. Birinchidan,
xaridor muayyan ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan tovarni tanlar ekan, avvalo tovarning
muayyan is
te’mol xossalarining ehtiyojiga mos kelish darajasini hisobga oladi. Ya’ni, u o‘zining
mavjud usul va vositalari yordamida tovarlarning qa
ysi biri ko‘proq iste’molchi samarasini
berish darajasini baholaydi va shu bo‘yicha ularni o‘zaro taqqoslaydi.
Ikkinc
hidan, xaridor tomonidan tovarning iste’mol xossalari baholanayotganda chakana
savdo korxonalari tomonidan tovarning tayyorlanishi va yetkazib berilishi uchun ketgan
mehnat sarfi uni umuman qiziqtirmaydi. Chunki, xaridorni xarid chog‘ida tovarning o‘zi em
as,
balki undagi ehtiyojni boshqa substitutlarga (raqib tovarlarga) nisbatan yuqori darajada
qondira olish xususiyati qiziqtiradi.
Adabiyotlar sharhi.
Xorijlik olimlardan Guy (2006) chakana savdoda rejalashtirishning aralashuvi asosan
iqtisodiy holat hisob
lanib, chakana rejalashtirish siyosati chakana sektorning o‘sishi va
o‘zgarishiga imkon beradi, shu bilan birga rentabellikning qoniqarli
darajasini saqlab qoladi.
Rentabellikni oshirish, milliy va mahalliy iqtisodiyotga kengroq foyda keltirishi va jamoat
manfaatlariga mos kelishi mumkin.
Reinartz (2011) global va globallashayotgan chakana savdoda korxonalar duch keladigan
muammolar asosan y
etkazib berish bilan bog‘liq bo‘lib boshqa davlat firmalari o‘rtasida yuzaga
keladi. O‘ziga xos milliy bozorlarning x
ususiyatlariga javob beradigan chakana savdo ehtiyojlari
chakana savdo korxonalarining muvaffaqiyati uchun juda muhimdir deb keltirgan.
Krasnyuk va boshqalar (2017) chakana savdoda innovatsion rivojlanishning yana bir
usuli bu marketing innovatsiyasidir. Ularning chegaralari juda xiralashgan, bunday
innovatsiyalar aniq cheklovga ega emas, bu esa har qanday xaridorni o‘z mahsulotini topishga
va sotib olingan narsadan foyda olishga majbur qiladigan, shu bilan birga hissiy qoniqishni his
qiladigan yangiliklarni
yaratish uchun keng imkoniyatlar yaratishi haqida gapirib o‘tgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
250
Rijix va boshqalar (2022) korxonada ishlab chiqarilayotgan tovarlar va taqdim
etilayotgan xizmatlarga doimiy talabni boshqarishi uchun marketologlar iqtisodiyot va
biznesni rivojlantirishning zamonaviy sharoitida harakat qilishlari va ushbu shartlarda
samarali reklama kampaniyasi rejasini shakllantirish zarurligini ta’kidlayd
i.
Bobkov (2017) chakana savdo korxonasi faoliyati foyda olish maqsadida tegishli
mahsulotlarni sotib olish, qayta ish
lash, saqlash va sotishni o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish
jarayoni sifatida qaralishi mumkin. Bu jarayonni bir kishi tomonidan amalga oshirish juda
murakkab jarayondir. Xorijda bir kishidan iborat firma tushunchasi mavjud bo‘lib, albatta,
klassik g‘oyal
a
rga to‘g‘ri kelmaydi, ammo turli mamlakatlarda ko‘plab yakka tartibdagi
tadbirkorlarning mavjudligi ularni chakana savdo korxonasini rivojlantirishning dastlabki
bosqichi sifatida aniqlashga imkon beradi deb hisoblaydi.
O’zbekistonlik olimlardan Abdukarim
ov (2011) asarlarida mamlakatimizda savdo
iqtisodiyotining asosiy muammolari va savdo korxonalarining iqtisodiy rentabelligi va
iqtisodiy samaradorligi savdoda bozor mexanizmlarini takomillashtirish masalalari
o‘rganilgan.
Xolmamatovning (2021) ilmiy izlanishlarida Ulgurji savdoda marketing logistikasini
rivojlantirish va servis strategiyasini takomillashtirish masalalari yoritilgan.
Mamatqulova (2022) ilmiy tadqiqotlarida xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish,
xizmat ko‘rsatish jarayonini mijozlarning
individual xohish-istaklari negizida takomillashtirish
masalalari yoritib berilgan.
Tadqiqot metodologiyasi
Ushbu ilmiy maqolada empirik, prospektiv, vaziyatli (situasion) va komparativ tahlil
usullari qo‘llanilgan. Xususan, maqolada so‘z yuritilgan muammo
ning dolzarbligi situasion
tahlil orqali yoritib berilgan bo‘lsa, prospektiv tahlil yordamida chakana savdo korxonalariga
ta’sir etuvchi omillar va istiqbollari ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, komparativ usul bilan chakana
savdoni rivojlantirish yo‘nalishla
ri tahlil qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi kunda mamlakatimiz shaharlari hamda tumanlari markazlarida faoliyat
yuritayotgan chakana savdo korxonalarida savdo madaniyati tobora yuksalib borayotganini
kuzatish mumkin (Shadiyeva, 2023):
-
savdo
shoxobchalarida keng va barqaror tovarlar assortimentining mavjud bo‘lishi;
-
savdo xizmati ilg‘or usullarining qo‘llanilishi;
-
xa
ridorlarga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etilishi;
-
savdo xodimlarining yuqori kasbiy mahorati, ularning xaridorlarga nisbatan
xu
shmuomalali va e’tiborli bo‘layotganligi;
-
ma’lum tovarlarni sotish tartib
-
qoidalari to‘g‘risida (plastik kartalar
vositasida xarid
qilish mumkinligi to‘g‘risida) xaridorlarni xabardor qilish;
-
savdo shoxobchalari atroflari hamda savdo maydonlarining yaxshi sanitar holatda
saqlanishi va boshqalar.
Chakana savdo korxonasi tomonidan samarali reklamasini o‘tkazish uchun za
monaviy
reklama yo‘nalishlari va texnologiyalarini o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Natijada jamiyatning
onlayn reklamaga bo‘lgan ehtiyojini hiso
bga olgan holda media-rejani amaliy ishlab chiqish
bo‘ldi. Mamlakatimizda chakana savdoning o‘sish sur’atiga e’tibor beradigan bo‘lsak sezilarli
o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin (1
-jadval).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
251
1-jadval
Chakana savdo hajmining o‘sish sur’ati (yillik)
97
Klassifikator
2017
2018
2019
2020
2021
2022
O'zbekiston Respublikasi
101,3
100
108,6
105
117
110,8
Qoraqalpog'iston Respublikasi
101,1
103,7
109,3
104,3
119,6
111,4
Andijon viloyati
100,4
101,3
104,4
106,8
108,9
109,7
Buxoro viloyati
100,5
100,2
104,6
104,9
115,5
108
Jizzax viloyati
99,3
92,5
105,3
109,9
115,1
109,7
Qashqadaryo viloyati
99,8
100
112,4
102,9
109,6
111,9
Navoiy viloyati
98,2
98
104,3
105,4
115,8
110,2
Namangan viloyati
101,7
97,8
110,2
105,2
120,5
113,3
Samarqand viloyati
100,7
101,2
106,3
111,4
118,3
113,5
Surxondaryo viloyati
101
101,6
106,8
102,1
112,3
112
Sirdaryo viloyati
100
99,1
107,3
106,9
116,3
103,7
Toshkent viloyati
100
93,4
113,8
97,1
118,6
109,8
Farg'ona viloyati
101,9
101,7
106
106,2
118,6
105,6
Xorazm viloyati
101,2
101,4
110,2
110,9
113,8
112,9
Toshkent shahri
103,9
102,2
110,8
103,6
120,6
111,8
1-
jadval ma’lumotlari asosida aytish mumkinki chakana savdo hajmi yillik ko‘rsatkichda
har yili o‘sib bormoqda 2020
-yilda Pandemiya sababli chakana savdoning kamayishi
kuzatilgan. Olib borilgan tadqiqotlar chakana savdoni rivojlantirishda elektron savdoni
qo‘llash
ahamiyatli ekanligini ko‘rsatmoqda. 2021
-
yida chakana savdo eng yuqori ko‘rsatkichni
ko‘rsatmoqda (17 %), bu pandemiyadan keyin iste’molchilarning faol tarzda online sa
vdo
qilishi natijasida yuqorilagan. 2022-
yilga kelib esa bu ko‘rsatkich (10,8 %
) sezilarli darajada
kamaygan. Bunga sabab aholining daromadlari ham ta’sir qilishi mumkin.
Mamlakat aholisiga chakana savdo xizmatini ko‘rsatishda bir qator kamchiliklar ko‘zga
tashlanib turadi. Jumladan, savdo xizmati sifatining pastligi, do‘konlarning bezatilishi va
tovarlar joylashuvining qoniqarsiz tashkil etish holatlari hamon saqlanib qolinmoqda.
Respublika hududlarida savdo qilishning internet marketing va boshqa turlaridan
samarali foydalanish davr talabi hisoblanadi. Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda
zamonaviy savdo qilish turi hisoblanadi. Iste’molchilar o‘zlariga kerakli tovarlarni o‘zlarining
kompyuter, planshet va qo‘l telefonlari orqali buyurtma berib sot
ib olishlari mumkin. Internet
orqali chakana savdoning ustunlik tomoni − xaridorlar vaqtining tejalishidir
(Shadiyeva, 2023).
Kartografiya ma’lumotlariga e’tibor bersak ko‘p hududlarda chakana savdoning rivojlanishi
juda past bo‘lib qolmoqda. Bunga sabab s
ifatida hududlardagi infrastruktura, AKT sohasining
rivojlanishining sekinligi bilan izohlash mumkin.
Hozirgi paytda chakana savdo korxonalari amaliyotida marketingning to
‘g‘ri usuli
nisbatan kengroq taraqqiy etgan: xaridor bilan turli vositalar bilan to‘g‘
ridan-
to‘g‘ri muloqot
bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir. Chakana savdoning ilg‘or
usullaridan yana biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari
savdoning ijtimoiy-
iqtisodiy samaradorligini ta’
m
inlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda
iste’mol xarajatlarini kamaytirish, iste’molchi hukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga
egadir. Rivojlangan mamlakatlardagid
ek zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan savdo
avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini ta’minlash hamda ular faoliyati
samaradorligini oshirishda yangi oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish hamda xaridorlarga
tunu-
kun savdo xizmatini ko‘rsatishni kengaytirish muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
252
1-rasm. Chakana savdo hajmi (2022-yil)
98
Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sharoitida ko‘p formatli (yo‘nalishli)
savdo jadal rivojlanmoqda, bu yerda har bir format mijozga yo‘naltirilganlik yondashuvi bilan
ajralib turadi va aholining darom
adlari, yoshi va boshqa bir qator ko‘rsatkichlardan qat’iy nazar
ehtiyojlarini to‘liq qondirishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF
-60-sonli Farmoniga
muvofiq “Harakatlar strategiyasidan —
Taraqqiyot strategiyasi sa
ri” tamoyiliga asosan ishlab
chiqilgan ye
ttita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 —
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi
O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori
o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha vazif
alar belgilandi, xususan, Iqtisodiyot tarmoqlarida
barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi
ichki mahsulotni
—
1,6 baravar va 2030-
yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
daromadni 4 ming AQSh
dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan
davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish, buning uchun esa makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023
-yilda bosqichma-bosqich 5
foizgacha pasaytirish maqsad qilindi. Shuningdek, hududlarda xiz
mat ko‘rsatish va servis
sohalarini rivojlantirish orqali keyingi 5 yilda xizmat ko‘rsatish hajmini 3 baravarga oshirish
hamda ushbu yo‘nalishda jami 3,5 million yangi ish o‘rinlarini yaratish, shahar va tumanlar
markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yu
qori bo‘lgan maishiy va kommunal xizmatlarni
rivojlantirish bo‘yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini ta’mirlash, keytering kabi
xizmatlarni ko‘rsatish punktlarini rivojlantirish, respublika hududlarida
s
avdo va yo‘lbo‘yi
xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari,
shuningdek, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik
xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, servis soha
sida yashirin iqtisodiyot ulushini 3
baravarga qisqartirish, xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirish maqsadida sohadagi
tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, savdoni
rivojlantirish strategiyasi orqali tarmoq va masofaviy savdoni rivojlantirishni, shuningdek,
ta’minot zanjirini kengaytirishni nazarda tutadi (Sultanova, 2023).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
253
2-rasm. Elektron tijorat savdo hajmi (yillik)
99
2-
rasmda malakatimizda electron tijoratning o‘sish sur’atlari o‘rganilgan bo‘lib
, elektron
tijorat chakana savdo
korxonalari samaradorligiga ta’sir etuvchi omil hisoblanadi.
Tadqiqotlarimiz natijasida chakana savdo korxonalarini raqamlashtirish va rivojlantirish roli
bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarning kontent tahlili o‘tkazildi, qu
yidagi tendensiyalar aniqlandi,
u
larning aksariyati Deloitte (2023) tomonidan “Global Marketing Trends 2023” hisobotida
e’lon qilindi. U eski mijozlarni saqlab qolish va yangilarini jalb qilishga yordam beradigan
rivojlanishning 7 asosiy marketing yo‘nalis
hini nomladi.
1. Asosiy maqsad. Tashkilot nima uchun va kim uchun ishlashini aniq tushunishi kerak.
Maqsadli auditoriyangizni aniqlang, ularning qadriyatlarini o‘rganing, ular nimani
o‘ylayotganini va ularni nima tashvishga solayotganini tushuning. Shuning
dek, korxona
intiladigan maqsadla
rni aniq belgilab qo‘ying.
2. Moslashuvchan yondashuv. Inqiroz davrida va undan keyingi davrda korxonaning
rentabelligini saqlab qolish uchun korxona faoliyatini moslashuvchanligi yo‘nalishida qayta
tashkil etish zarur. Ya’
n
i, faoliyatni mijozlarning o‘zga
ruvchan ehtiyojlarini kuzatib borish va
qondirish, buning uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish.
Korxona barcha bo‘limlarining eng muvofiqlashtirilgan ishini tashkil qilish.
3. Tajriba. Aksariyat korxonalar faqat samaradorlikni
oshirishga e’tibor qaratadilar va
ular bilan muloqot qiladigan xodimlar, mijozlar va hamkorlar haqida unutib, brend marketingi
bilan shug‘ullanishadi. Holbuki, hozirgi sharoitda insoniy munosabatlarni o‘rnatish va
mustahkamlash ustunlik berish kerak.
4. Ishonch. Mijozlarning ishonchini mustahkamlash uchun ularning qadriyatlarini
aniqlash, ular haqida ma’lumotlarni to‘plash va shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish uchun
yanada shaffof va xavfsiz tizimni yaratish kerak. Korxona, shu
ningdek, o‘z qadriyatlarini
iste
’molchilarning qadriyatlariga mos keladigan tarzda qurishi kerak. Va barcha aytilgan so‘zlar
korxonaning harakatlariga mos kelishini ta’minlashga harakat qiling. Bularning barchasi
iste’molchilar bilan uzoq muddatli munosab
atlarni shakllantirishga yordam beradi.
5. Iste’molchilarning ishtiroki. Bu nafaqat iste’molchini qiziqtirish, balki uni xaridga olib
borish, sodiqlik va qo‘llab
-quvvatlashga erishish kerak.
Faol iste’molchilar bilan hamkorlik va muloqot samarali rivojlani
shga yordam beradi.
Masalan, mijo
zlarning shikoyat va takliflarini ko‘rib chiqish, iste’molchilarning brend
elchilariga aylantirish, iste’molchilarni turli flesh
-moblarda yoki chaqiruvlarda ishtirok etishga
jalb qilish. Qanchalik ko‘p xaridorlar ishtirok e
tsa, ular shunchalik qadrli ekanligini his qiladilar
va brendga shunchalik qiziqish bildiradilar.
99
Muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida ishlab chiqildi.
6
12,1
40,9
275,3
1002,5
5978,7
10886,8
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
254
6. Tarmoqlararo hamkorlik. Korxonalar tarqatish kanallarining samaradorligi va
mahsuldorligini oshirish, brend xabardorligini oshirish va yangi iste’molchilar
ni jalb qilish
uchun birlashishi va yangi, qiziqarli loyihalarni yaratishi mumkin. Hamkorlik bir xil sohadagi
raqobatchi korxonalar tomonidan yaratilishi mumkin, masalan, korxonalardan biriga yordam
ko‘rsatish yoki turli sohalardagi korxonalarning hamkorli
gi, masalan, tajriba va bilim almashish
yoki bozorning yangi sektorini zabt etish uchun yaratilishi mumkin.
7. Xodimlarni samarali boshqarish. Xodimlarni sinchkovlik bilan tanlash, jamoada to‘g‘ri
tuzilgan aloqalar, to‘g‘ri tanlangan motivatsiya tizimi va
x
odimlarni doimiy o‘qitish samara
li
jamoani yaratadi.
Mazkur mavzu bo‘yicha tegishli adabiyotlarni tadqiq qilish, bizga, chakana savdoda
innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish bo‘yicha faoliyatning predmeti va
asosiy nuqtasi bo‘lgan
quyidagi asosiy tashqi muhit omillarini aniqlash imkonini berdi
(Shaymatova, 2023):
−
iste’molchilar: chakana savdo innovatsiyasining muvaffaqiyati iste’molchilarni real yoki
joriy ehtiyojlarini chakana savdo bozorida mavjud bo‘lgan boshqa takliflarga qa
raganda
samaraliroq qondirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lganligi sababli mijozlarning yas
hirin
ehtiyojlarini aniqlash asosida ularning innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga jalb qilish
muhimligini ifodalaydi;
−
ko‘plab chakana savdo korxonalari xa
ridorlarni innovatsiyalarga jalb qilish chakana
savdoning asosiy muvaffaqiyat omili ekanligini tan oladilar;
−
me’yoriy
-
huquqiy baza chakana savdo biznesdagi innovatsiyalar bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan tashqi muhit omillarni anglatadi, chunki u chakana
savdoda innovatsiyalarni
qo‘llashning muayyan qoidalari va yo‘nalishlarini belgilaydi va ba’zi hollarda butun innovarsion
jarayonni sezilarli darajada cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi;
−
qonunchilikning innovatsion jarayondagi roli ko‘plab davlatlar h
ukumatlari tomonidan
uzoq vaqtdan buyon e’tirof qilingan bo‘lib, ular o‘zlarining konstitusiyaviy huquqlaridan turli
sohalarda, jumladan, chakana savdoda innovatsion jarayonlarni faollashtirish uchun
foydalanadilar va ularni amalga oshirilishini tashkil eti
shga hissa qo‘shadilar;
−
chakana bozor kon’yunkturasi umumiy muammolar, bozor imkoniyatlari, raqobat,
yetkazib beruvchilar kuchi va chakana biznesga zamonaviy texnologiyalarning kirib borish
darajasiga asoslanadi, sanoat kontekstida innovatsiyalarning muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligining asosiy omillari raqobat va ta’minot zanjiri boshqaruvi, zamonaviy
aloqa va IT texnologiyalari ham chakana savdoda innovatsiyalar uchun katta imkoniyatlarga
ega.
Aniqlangan tashqi muhit omillari chakana savdo korxonalari uchun innovatsiyalarga
bo‘lgan ehtiyojni va zaruratni keltirib chiqaradi hamda ularni kuchini turli xil bozorlarda
mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga yo‘naltiradi. Natijada ul
arning biznesini
unumdorligi va samaradorligi oshadi.
Xulosa va takliflar.
Respublikamiz chakana savdo tizimida innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘llarini
aniqlash
uchun tashqi muhit omillaridan foydalangan holda, biz, chakana savdoda innovatsion jarayonni
amalga oshirishda innovatsion marketing tizimini yaratishga qaratilgan innovatsion marketing
salohiyatini aniqlashimiz kerak.
Korxona uchun muhim innovatsion chora-
tadbirlar milliy va xalqaro to‘lov tizimini joriy
etish, toifalarni boshqarishni takomillashtirish, logistika zanjirlarini optimallashtirish va
yetkazib b
eruvchilar bilan ishlashdir. Bundan tashqari, bozorga yo‘naltirilganlikning yuqori
darajalariga o‘tishni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan ham foydalanish zarur.
Shubhasiz, bugungi kunda chakana biznesdagi innovatsiyalar, asosan, elektron tijoratning
yangi turlarini, jumladan, onlayn-
do‘konlarni, jamoat joylaridagi virtual vitrinalarni joriy etish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
255
bilan bog‘liq bo‘ladi, ular orqali uyda xaridlarga buyurtma berish, savdo ma
ydonchasini tashkil
etishning yangi shakllarini kiritish mumkin.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Abdukarimov F.B. (2011) Savdoda bozor mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini
oshirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida).
Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan dissertatsiya. Samarqand: SamISI, 156 b.
Deloitte
(202
3)
“Global
Marketing
Trends
2023”
https://www2.deloitte.com/us/en/insights/industry/technology/technology-media-and-
telecom-predictions/2024/introduction.html
Guy C. (2006) Planning for retail development: a critical view of the British experience.
–
Routledge.
Mamatqulova Sh.J. (2022)
Chakana savdoda aholiga savdo xizmati ko‘rsatishda
merchendayzingning o‘rni va ahamiyati// "Logistika va iqtisodiyot" ilmiy elektron jurnali. I
-son
www.economyjournal.uz
Reinartz W. (2011) et al. Retailing innovations in a globalizing retail market environment
//Journal of Retailing.
–
Т
. 87.
–
С
. S53-S66.
Saydullaev Sh. (2023) Savdo xizmatlarini takomillashtirish asosida savdo korxonalari
raqobatbardoshligini oshirish //Economics and Innovative Technologies.
Т
. 11.
–
№. 4. –
С
. 187-
195.
Shadieva L.A. (2023) Marketing strategiyasidan foydalanish
–
savdo korxonalari
raqobatbardoshligini oshirishda ustuvor yo‘nalish //Journal of marketing, business and
management. T. 2.
–
№. 9. –
S. 162-167.
Sha
ymatova X., Yo‘ldoshev U., Xaitov O.N
. (2023)
O‘zbekiston Respublikasining chakana
savdo korxonalarida innovatsion xizmatlar ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari //Journal of
Discoveries in Applied and Natural Science.
–
T. 1.
–
№. 4. –
S. 93-96.
Sultanova N.U. (2023) Raqamli iqtisodiyot sharoitida chakana savdo korxonalarida
raqobatbardoshlik //Raqamli iqtisodiyot (Sifrovaya ekonomika). №. 2. –
S. 28-34.
Xolmamatov D.X. (2021)
Ulgurji savdoda marketing logistikasini rivojlantirish yo‘llari
.
“Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 3, may
-iyun,
Бобков А.Л., Денисов И.В., Кучмаева О.В. (2017) Развитие организационной
структуры предприятий розничной торговли (на примере Чешской Республики) //
Статистика
и
экономика.
№3.
URL:
https:
//cyberleninka.ru/article/n/razvitie-
organizatsionnoy-struktury-predpriyatiy-roznichnoy-torgovli-na-primere-cheshskoy-respubliki.
Красюк Ирина Анатольевна, Бахарев Владимир Васильевич, Медведева Юлия
Юрьевна (2017) Инновационные решения в розничной торговле. Инновационная
экономика: перспективы развития и совершенствования. №3 (21).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/innovatsionnye-resheniya-v-roznichnoy-torgovle
Рыжих А.И., Герасименко В.В. (2022) Маркетинговые стратегии предприятий
розничной торговли в
условиях цифровизации // Инновации и инвестиции. №4. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/marketingovye-strategii-predpriyatiy-roznichnoy-torgovli-v-
usloviyah-tsifrovizatsii.
