Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
57
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI SAMARADORLIGI TAHLILI
Temirov Muxammadali Xamidovich
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti PhD
Annotatsiya.
Ushbu maqola zamonaviy sharoitlarda davlat moliyaviy nazorati mexanizmlarining
samaradorligini baholash muammosini o'rganilgan. Nazorat mexanizmlari samaradorligini o'lchashning
turli yondashuvlari tahlil qilingan, shuningdek, moliyaviy nazorat sohasida optimal natijalarga erishishga
ta'sir qiluvchi omillar aniqlangan. Xulosa qismida, davlat moliyaviy nazorati samaradorligini doimiy
monitoring qilish va tahlil qilish muhimligi asoslangan.
Kalit so'zlar:
moliyaviy nazorat, davlat moliyaviy nazorati, nazorat organlari, samaradorlik,
samaradorlik mezonlari.
АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ГОСУДАРСТВЕННОГО ФИНАНСОВОГО КОНТРОЛЯ
Темиров Мухаммадали Хамидович
PhD,
Международный университет Кимё в г. Ташкенте
Аннотация
.
В данной статье рассматривается проблема оценки эффективности
механизмов
государственного
финансового
контроля
в
современных
условиях.
Проанализированы различные подходы к измерению эффективности механизмов контроля, а
также выявлены факторы, влияющие на достижение оптимальных результатов в сфере
финансового контроля. В заключении обосновывается важность постоянного мониторинга и
анализа эффективности государственного финансового контроля.
Ключевые слова:
финансовый контроль, государственный финансовый контроль,
контрольно органы, эффективность, критерии эффективности.
ANALYSIS OF THE EFFICIENCY OF STATE FINANCIAL CONTROL
Temirov Mukhammadali Khamidovich
PhD., Associate professor,
Kimyo international university in Tashkent
Abstract.
This article deals with the problem of assessing the effectiveness of state financial control
mechanisms in modern conditions. Various approaches to measuring the effectiveness of control
mechanisms are analyzed, as well as factors influencing the achievement of optimal results in the field of
financial control are identified. In conclusion, the importance of constant monitoring and analysis of the
effectiveness of state financial control is substantiated.
Key words:
financial control, state financial control, control bodies, efficiency, efficiency criteria.
Kirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi turmush darajasini oshirish davlat oldida turgan asosiy
vazifalardan biridir. Bu muammoni hal
etish esa davlat moliyasi boshqaruvi sifatiga bevosita bog‘liq.
Shu munosabat bilan uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar mavjud bo'lib, bu o'z
navbatida davlat moliyaviy nazorati samaradorligini oshirish, shuningdek, nazoratni zamon talablariga
moslashtirish dolzarbligini yanada kuchaytirmoqda.
IV SON - AVGUST, 2023
57-65
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
58
Davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish va amalga oshirish davlat boshqaruvining ustuvor
vazifasi hisoblanadi. O’z o’rnida davlat moliyaviy nazorati samaradorligini tahlil
qilish zamonaviy
jamiyatda dolzarb va muhim masala sanaladi. Samarali davlat moliyaviy nazorati davlat moliyasining
shaffofligi, hisobdorligi va samarali boshqaruvini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu
mavzuning dolzarbligini aks ettiradigan bir
nechta muhim jihatlar mavjud bo’lib, ularning eng asosiylari
quyidagilardir:
- korrupsiyaga qarshi kurash: davlat moliyaviy nazorati korrupsiya, moliyaviy resurslardan
noto‘g‘ri foydalanish va byudjet mablag‘laridan samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash va oldini
olishga yordam beradi;
- byudjet mablag'larining samarali sarflanishi: nazorat samaradorligini tahlil qilish byudjet
mablag'lari samarasiz yoki hatto behuda sarflanayotgan sohalarni aniqlash imkonini beradi. Bu byudjet
xarajatlarini optimallashtirish va davlat dasturlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
- shaffoflik va ishonch: samarali moliyaviy nazorat davlat moliyasini boshqarishda shaffoflikni
oshirishga yordam beradi. Bu fuqarolar, biznes va xalqaro hamkorlarning ishonchi uchun sharoit
yaratadi;
- moliyaviy barqarorlik: moliyaviy operatsiyalarni tizimli tahlil qilish byudjetni rejalashtirish va
ijro etishdagi xavf va nomuvofiqliklarni aniqlash imkonini beradi. Bu davlatning moliyaviy
barqarorligini saqlashga yordam beradi;
- xalqaro standartlar: tobora ko'proq mamlakatlar xalqaro moliyaviy hisob va hisobot
standartlariga rioya qilishga intilmoqda. Davlat moliyaviy nazorati samaradorligini tahlil qilish
davlatlarga moliyaviy faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiqligini nazorat qilishda yordam beradi;
- texnologik taraqqiyot: texnologiyaning rivojlanishi bilan ma'lumotlarni tahlil qilishning yangi
vositalari va usullari paydo bo'lmoqda, ular moliyaviy nazorat samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi va aniqroq natijalar beradi;
- iqtisodiy muhitdagi o'zgarishlar: iqtisodiy sharoitlar o'zgarishi va bu byudjet ustuvorliklari va
xarajatlariga ta'sir qilishi mumkin. Nazorat samaradorligini tahlil qilish davlat moliyasi boshqaruvini
yangi voqelikka moslashtirish imkonini beradi.
Umuman olganda, davlat moliyaviy nazorati samaradorligini tahlil qilish davlatlarga moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish, barqarorlik va shaffoflikni saqlash, fuqarolar va xalqaro hamkorlar
ishonchini oshirishga yordam beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Bogoslavskiyning (2015) fikricha davlat moliyasi tizimi faoliyati samaradorligining asosiy
elementlaridan biri bu davlat moliyaviy nazorati bo'lib, u qonunchilik va huquqiy- normativ hujjatlarga,
davlat mablag'laridan foydalanish normalari, standartlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
bo'yicha harakatlar va operatsiyalar majmuasidir. Bundan kelib chiqadiki, davlat moliyaviy
nazoratining asosiy maqsadi g’aznaga mablag’lar oqimini maksimal darajada oshirish va ulardan
maqsadsiz foydalanishning oldini olishdir (Kovaleva va boshqalar, 2017).
Shuni qayd etish lozimki, tadqiqot davomida iqtisodchi olimlar o‘rtasida davlat moliyaviy nazorati
organlari faoliyati samaradorligi mezonlarining soni va ularni baholash metodologiyasi bo‘yicha yakdil
fikr yo‘qligi aniqlandi.
Ignatovning (1999) so'zlariga ko'ra nazorat organlari faoliyatining samaradorligi nazorat
obyektlari faoliyati natijalariga asoslanishi kerak. Bu jihatdagi baholash mezonlari nazorat obyektlari
faoliyatining yakuniy natijalari, ularning dinamikasi; nazorat qilish obyektlari uchun mavjud resurslar
miqdori va ulardan foydalanish darajasi; nazorat qilinadigan ob'ektlarda mavjud resurslardan
foydalanishni yaxshilash orqali yakuniy natijalarning o'sishi hisoblanadi.
Salixovning (2005) takidlashicha, kelgusida samaralilikning asosiy mezoni tekshirilayotgan
obyektlarida moliyaviy qonun buzilishlari emas, balki oʻgʻirlik, oʻzlashtirish va suisteʼmol qilish
holatlarini aniqlash maqsadida nazorat tadbirlarini oʻtkazish boʻ
yicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
audit standartlarini amalga oshirish boʻladi.
Litvinenko va Shevtsov (2015) davlat moliyaviy nazorati samaradorligini baholash uchun
quyidagi mezonlarni taklif qiladilar: natijaviylik, samaradorlik, tejamkorlik, intensivlik, dinamiklik.
Dinamiklik mezoni ko'rsatkichlari nazorat organi faoliyatining rivojlanishini, o'zgarishini aks ettirishi
kerak va intensivlik mezoni ko'rsatkichlari ishning intensivligini tavsiflashi kerak, xususan: ko'rilgan
choralar soni, aniqlangan qoidabuzarliklar hajmi, nazorat bilan qamrab olingan ob'ektlar soni. Biz
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
59
Sharinning (2012) “dinamiklik mezoni ko‘rsatkichlari asosan natijaviylik va samaradorlik mezonlari
ko‘rsatkichlarining nisbatini aks ettiradi va ularning koeffitsienti hisoblanadi” degan fikriga qo‘shilamiz.
Boshqa bir guruh olimlar ham davlat moliyaviy nazorati samaradorligini baholashning shunga
o'xshash mezonlarini taklif qiladilar: natijaviylik, tejamkorlik va mahsuldorlik. Samaradorlikni
baholash, ularning fikricha, “birinchi navbatda, faoliyat yoki dastu
r samaradorligini baholashni, ya'ni
olingan natijalar kutilgan natijalarga qanchalik mos kelishini baholashni nazarda tutadi” (Ivanova va
boshqalar, 2009).
Yana bir guruh olimlar, jumladan, Shoxin va Voronina (1997), Burtsev (2000) va Yakupovlar
(2013) davlat moliyaviy nazoratining samaradorligini davlatga qaytarilgan mablag'lar miqdoridan
nazorat qilish xarajatlarini chiqarib tashlagan holda, shuningdek, davlat moliyaviy va boshqa moddiy va
nomoddiy resurslarni boshqarishda ortiqcha xarajatlarning oldini olish orqali baholanishi mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, davlat moliyaviy nazorati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishi, uni
amalga oshirish xarajatlarini kamaytirishdir.
Umuman olganda, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining samaradorligi belgilangan
maqsadlarga erishishni mutlaq va nisbiy qiymatlarda baholash asosida belgilanishi kerak. Biroq, taklif
etilayotgan ko'rsatkichlar, odatda nazorat organi samaradorligini aniqlangan qonunbuzarliklar hajmiga
va taqdim etilgan arizalar soniga bog'liqligini aks ettiradi. Natijada, nazorat organlari tekshirilayotgan
tashkilotlar tomonidan mablag’larni maqsadsiz sarflash, noqonuniy o’zlashtirish va boshqa
huquqbuzarliklarni
ng ko‘payishidan manfaatdor bo‘ladigan vaziyat vujudga keladi. Shu boisdan, davlat
moliyaviy nazorati samaradorligining asosiy ko'rsatkichi byudjet mablag'laridan foydalanish
samaradorligi bo'lishi kerak (Zaxarov, 2010).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, guruhlash, taqqoslash usullaridan foydalangan
holda ilmiy natijalar ishlab chiqilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida davlat moliyaviy nazorati organlarining asosiy
funksiyalari, qoida tariqasida, davlat organlariga byudjet mablag‘larini ajratish bo‘yicha buyurtmalarga
ruxsat berish, davlat xarajatlarining qonuniyligini hamda budjet
xarajatlarining sarflanishi to‘g‘risidagi
hisobotlarning
tayyorlanishini nazorat qilishdan iborat bo‘lgan (Mirzoyev, 2022). Bunda nazorat
organlarining asosiy maqsadi davlat moliyasini samarali va mas’uliyat bilan boshqarishni ta’minlash,
byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik, xarajatlarni davlatning ustuvor
yo‘nalishlari va qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlashdan iborat edi. Vaqt o'tishi va davlat
moliyasini boshqarish tizimining rivojlanishi bilan bu funksiyalar zamonaviy iqtisodiyot va jamiyat
ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish uchun o'zgartirilishi va to'ldirilishiga ehtiyoj sezila boshlandi.
Xususan, jamiyat davlat organlari, jumladan, byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar faoliyatining
ochiqligiga, shaffofliligiga va hisobdorligiga yuqori talablar qo’ymoqda, bu esa o’z navbatida ularga,
fuqarolarga davlat mablag’larining sarflanishi bo’yicha to’liq ma’lumot bilan ta’minlash majburiyatini
yuklaydi (Mirzoyev, 2022).
Shuningdek, taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakat oldida iqtisodiyotni modernizatsiya
qilish va aholining turmush darajasini oshirish vazifasi turibdi. Bu muammoni hal etish bevosita davlat
moliyasini boshqarish sifatiga bog‘liq. Uning samaradorligini
oshirishga yuqori e’tibor qaratilayotgan
sharoitda maqsadli dasturlarni amalga oshirish uchun byudjet xarajatlari ustidan davlat moliyaviy
nazorati samaradorligini oshirish, nazoratni zamonaviy talablariga moslashtirish dolzarb vazifalardan
biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda davlat moliyaviy nazoratining samaradorligi bir qator mezon va ko'rsatkichlar
bilan tavsiflanadi, ularning holatiga turli xil tashqi va ichki omillar ta'sir qiladi. Har qanday harakatning
samaradorligi uning natijaviyligi bilan bog'liq bo'lib, bu, o'z navbatida, davlat mablag'laridan
foydalanish jarayonida rejalashtirilgan ko'rsatkichlar darajasiga erishishdan dalolat beradi
Shu bilan birga, “barcha bosqichlarda nazorat samaradorligini baholashning yuqoridagi
ko'rsatkichlari va mezonlari muayyan ko'rsatkichlar va mezonlarning ustuvorligi bilan bog'liq
muammolarga duch kelishi mumkin, ya’ni, ularni taqqoslashda ularning ahamiyatliligining o’ziga xos
raqobati” (Vasilyeva, 2015).
Openyshev va Jukov (2001) “nazorat samaradorligi mezonlarini aniqlash ... adekvat uslubiy
yondashuvlardan foydalanganda mumkin”, deb hisoblaydilar. Mualliflar davlat moliyaviy nazorati
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
60
samaradorligini baholash modeliga quyidagi ko'rsatkichlar guruhlarini kiritadilar: ijtimoiy, iqtisodiy va
tashkiliy. Ular tomonidan taklif etilgan davlat moliyaviy nazorati samaradorligi tuzilmasi ikki qismdan
- makro samaradorlik (kompleks samaradorlik) va oraliq samaradorlikdan iborat. Makro samaradorlik
- moliyaviy nazoratni amalga oshirish natijasida olingan samaralar yig'indisi, jumladan, ijtimoiy samara,
tashkiliy samara va iqtisodiy samara. Davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining oraliq
sam
aradorligi taqdimnomalar va ko‘rsatmalarni bajarilishining iqtisodiy natijalarini davlat moliyaviy
nazorati organlarini saqlash xarajatlariga nisbati bilan belgilanadi.
Mualliflar davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining makroiqtisodiy samaradorligini
miqdoriy bahosini ijtimoiy, tashkiliy va iqtisodiy samaralarning pul ko’rinishidagi yig‘indisini ushbu
organlarni saqlash xarajatlariga nisbati sifatida aniqlashni taklif qiladilar. Muayyan davlat moliyaviy
nazorati organi faoliyatining oraliq samaradorligini miqdoriy bahosini byudjet hisobvaraqlariga
qaytarilgan mablag‘larning davlat moliyaviy nazorati organlarini saqlash xarajatlariga nisbati sifatida
hisoblash taklif etiladi.
Ular moliyaviy nazorat organlari faoliyatining kompleks samaradorligini quyidagi formula
bo'yicha aniqlashni taklif qiladilar:
𝐸
𝑘
= (𝐸
𝑠
− 𝐸
𝑡
+ 𝐸
𝑖
)/𝑋
(1)
bu yerda,
𝐸
𝑘
–
kompleks samaradorlik
𝐸
𝑠
–
ijtimoiy samaraning pul qiymati
𝐸
𝑡
–
tashkiliy samaraning pul qiymati
𝐸
𝑖
–
iqtisodiy samaraning pul qiymati
𝑋
–
moliyaviy nazorat organini saqlash xarajatlari
Moliyaviy nazorat organlari faoliyatining oraliq samaradorligini esa quyidagicha hisoblash taklif
qilinadi:
𝐸
𝑜
= 𝐸
𝑏
/𝑋
(2)
bu yerda,
𝐸
𝑜
–
moliyaviy nazorat organlari faoliyatining oraliq samaradorligi
𝐸
𝑏
–
byudjetga qaytarilgan mablag’lar
Davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligining quyidagi mezonlarini ajratib
ko’rsatish mumkin (1
-rasm).
1-rasm.
Davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligi mezonlari
Ushbu mezonlarni alohida ko’rib chiqadigan bo’lsak, ularning xar biri o’z ichiga quyidagi jihatlarni
oladi, jumladan:
Davlat moliyaviy
nazorati
organlari
faoliyati
samaradorligi
mezonlari
Natijaviylik
mezoni
Amaliylik
mezoni
Tejamkorlik
mezoni
Faoliyat
dinamikasi
mezoni
Intensivlik
mezoni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
61
▪
Natijaviylik mezoni:
-
qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanilgan
mablag‘larning aniqlangan miqdori;
-
samarasiz foydalanilgan mablag'lar miqdori;
-
boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan mablag'lar miqdori;
-
tayyorlangan taqdimnomalar va ko’rsatmalar soni.
▪
Amaliylik mezoni:
-
bajarilgan taqdimnomalar soni;
-
byudjetga va tashkilotlarning byudjet hisobvaraqlariga qaytarilgan mablag'lar miqdori;
-
hisob palatasining takliflari bo‘yicha iqtisodiyotda, vazirlik va idoralarda amalga oshirilgan
tarkibiy o‘zgarishlar soni;
-
hisob palatasining taqdimnomalari asosida budjetning daromad qismini ko‘paytirish yoki uning
xarajatlar qismini tejash;
-
amaldagi qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlar soni;
-
hisob palatasining takliflari bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlarining qabul qilingan
qarorlari soni;
-
hisob palatasining taqdimnomalari bo‘yicha ochilgan jinoyat ishlari soni.
▪
Tejamkorlik mezoni:
-
moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun sarflangan mablag'lar miqdori;
-
tekshirilayotgan nazorat subyekti tomonidan inspektorlar uchun materiallar tayyorlashga
sarflangan mablag'lar miqdori;
-
samaradorlik darajasi - hisob palatasining taqdimnomalarini amalga oshirishdan olingan
iqtisodiy samaraning uni saqlash xarajatlariga nisbati;
▪
Faoliyat dinamikasi mezoni:
-
nazorat tadbirlarining samaradorlik darajasi: taqdim etilgan taqdimnomalar va ko'rsatmalar
sonining nazorat choralari soniga nisbati;
-
nazorat chorasining samaradorlik darajasi: amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda
foydalanilgan mablag'lar miqdorining tekshirilgan mablag'larning umumiy miqdoriga nisbati;
-
nazoratning qat'iylik darajasi: jarimalar miqdorining maqsadsiz foydalanilgan mablag'lar
miqdoriga nisbati;
-
taqdimnomalar va ko'rsatmalarning ta'sirchanlik darajasi: to'ldirilgan taqdimnomalar va
ko'rsatmalar sonining taqdim etilgan taqdimnomalar va ko'rsatmalarning umumiy soniga
nisbati;
-
taqdimnomalar va ko'rsatmalarning samaradorlik darajasi: byudjetga qaytarilgan mablag'lar
miqdorining maqsadsiz foydalanilgan mablag'larning umumiy miqdoriga nisbati;
-
qabul qilingan o'zgartirishlar, qarorlar, normativ hujjatlar sonining qonunlar, qarorlar,
normativ hujjatlarga o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi kiritilgan takliflar soniga nisbati;
-
nazorat faoliyatining makro-samaradorlik darajasi: byudjetiga qo'shimcha tushumlarning
Hisob palatasini saqlash xarajatlariga nisbati.
•
Intensivlik mezoni
-
nazorat tadbirlari soni;
-
tekshirilgan mablag'lar hajmi;
-
tekshirilgan ob'ektlar soni.
Keltirilgan mezonlar ishni bajarish muddatlariga, me'yoriy hujjatlarga rioya qilish, aniqlangan
qonunbuzarliklarni aks ettirishning to'liqligi, nazorat o’tkazish va hisobot berish jarayonida xolislik
nuqtai nazaridan davlat moliyaviy nazorati faoliyati sif
atini tavsiflaydi. Ushbu mezon va ko‘rsatkichlar
moliyaviy nazorat samaradorligini ikki bosqichda har tomonlama baholash imkonini beradi.
Birinchidan, xar bir indikatorga erishish darajasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝐾
𝑒𝑓𝑖
= 𝐼
𝑓𝑎𝑘𝑡
/𝐼
𝑛𝑜𝑟𝑚
(3)
bu yerda,
𝐼
𝑓𝑎𝑘𝑡
–
haqiqiy ko'rsatkich, i-mezon bo'yicha amalda erishilgan ko'rsatkichlar;
𝐼
𝑛𝑜𝑟𝑚
–
me'yoriy ko'rsatkich, i-mezon bo'yicha samaradorlik ko'rsatkichlarining umumiy
soni.
Ikkinchidan, indikatorlarga erishishning integral darajasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝐾
𝑒𝑓𝑖𝑠
= 𝐾
𝑒𝑓
1 + 𝐾
𝑒𝑓
2 + ⋯ . . +𝐾
𝑒𝑓𝑛/𝑛
(4)
bu yerda,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
62
𝐾
𝑒𝑓
1, 𝐾
𝑒𝑓
2, 𝐾
𝑒𝑓𝑛
–
aniq indikatrolarga erishish darajasi,
n
-indikatorlar soni.
O'tkazilgan hisob-kitoblar asosida davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining ham individual
mezonlar bo'yicha, ham umumiy samaradorligi to'g'risida xulosalar chiqarish mumkin bo’ladi (1
-
jadval).
1-jadval
Davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini baholash metodikasi
Samaradorlik koeffitsientining qiymati
Ko’rsatkich samaradorligini baholash
Aniq indikatorga erishish darajasi
𝐾
𝑒𝑓𝑖
= 1
Yuqori samarali
1 > 𝐾
𝑒𝑓𝑖
≥ 0,8
Samarali
0,8 > 𝐾
𝑒𝑓𝑖
≥ 0,6
Ehtimol samarasiz
0,6 > 𝐾
𝑒𝑓𝑖
Samarasiz
Indikatorlarga erishishning integral darajasi
𝐾
𝑒𝑓𝑖𝑠
= 1
Yuqori samarali
1 > 𝐾
𝑒𝑓𝑖𝑠
≥ 0,8
Samarali
0,8 > 𝐾
𝑒𝑓𝑖𝑠
≥ 0,6
Ehtimol samarasiz
0,6 > 𝐾
𝑒𝑓𝑖𝑠
Samarasiz
Taqdim etilgan moliyaviy nazorat samaradorligini tahlil qilish metodikasi (1-jadval) universal
bo'lib, boshqaruv jarayonining barcha darajalarida davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini
baholash imkonini beradi.
Lomakinning (2008) so'zlariga ko'ra, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining
samaradorligini baholash quyidagi formula orqali amalga oshirilishi mumkin:
𝑆
𝑓𝑖𝑠
= (𝑆
𝑡
+ 𝑆
𝑎
+ 𝑆
𝑒
)/𝑋
𝑚𝑛
(5)
bu yerda,
𝑆
𝑓𝑖𝑠
–
faoliyat iqtisodiy samaradorligi
𝑆
𝑡
–
nazorat tadbirlari iqtisodiy samaradorligi (byudjetga qaytarilgan mablag’lar)
𝑆
𝑒−𝑎
–
ekspert-
analitik faoliyatdan olingan iqtisodiy samara (byudjetga qaytarilgan mablag’lar)
𝑋
𝑚𝑛
–
moliyaviy nazorat organini saqlash xarajatlari.
Ammo, davlat moliyaviy nazorati organi samaradorligini baholashda ba'zi cheklovlarni hisobga
olish kerak. “Jumladan, aniqlangan huquqbuzarliklar hajmi nazorat samaradorligi oshishi bilan
kamayishi mumkin, nazorat ishlarining tannarxini pasaytirish esa uning sifatining zarur darajasi bilan
cheklanadi. Ideal holda, moliyaviy nazorat qonunbuzarliklarning kamayishiga olib kelishi kerak.
Faoliyat samaradorligini baholashda yuqoridagi mezon va ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, yakuniy
natijalar qanday olinganligini ko‘rsatuvc
hi mehnatning ekstensivlik va intensivlik omillarini ham
hisobga olish maqsadga muvofiqdir” (Lomakin, 2008).
Ekstensivlik mezoni quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi: o'tkazilgan nazorat tadbirlari soni;
tekshirilgan mablag'lar miqdori; tekshirilgan ob'ektlar soni. Bu nazorat bilan qamrab olinadigan
xarajatlar hajmining
(𝐻
𝑞
)
xarajatlar bo’yicha byudjet hamjiga
(𝐻
𝑏𝑥
)
nisbati sifatida aniqlanadigan
nazorat qamrovi koefitsienti (
𝐾
𝑞
) bilan aniqlanishi mumkin.
𝐾
𝑞
= 𝐻
𝑞
/𝐻
𝑏𝑥
(6)
Shuningdek, u nazorat bilan qamrab olingan byudjet mablag'laridan foydalanuvchilar
(𝐵
𝑓𝑛
)
sonining byudjetdan foydalanuvchilarning umumiy soniga
(𝐵
𝑓𝑢
)
nisbati bilan ham aniqlanishi mumkin:
𝐾
𝑞
= 𝐵
𝑓𝑛
/𝐵
𝑓𝑢
(7)
“Intensivlik mezoni inspektorlar soni bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi.
Masalan, bitta inspektor tomonidan tekshirilgan ob'ektlar soni yoki bitta inspektor tomonidan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
63
tekshirilgan mablag'lar miqdori. Moliyaviy nazorat organining umumiy samaradorligi ko'rsatkichi bilan
birgalikda ular moliyaviy nazorat samaradorligining “narxini” ko'rsatadilar”
(Lomakin, 2008).
Lomakin davlat moliyaviy nazorati organlarini baholashning o'ziga xos mezonlarini taklif qildi (2-
jadval). Shu bilan birga, u mezonlarni har tomonlama baholash imkonini beruvchi ko'rsatkichlar
(koeffitsientlar) bilan bog'ladi. Davlat moliyaviy nazorati organlari samaradorligining umumiy bahosi
ushbu koeffitsientlarning integral qiymati sifatida hisoblanadi.
(2-jadval)
Lomakin tomonidan taklif etilgan davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati
samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvlari
Samaradorlik
mezonlari
Koeffitsientlar
Koeffitsient tavsifi
Natijaviylik
mezoni
Fosh etish koeffitsienti
nazorat davomida aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar
hajmining nazorat ob'ektini moliyalashtirish uchun berilgan
mablag'larning umumiy miqdoriga nisbati
Ekspert samaradorligi
koeffitsienti
o'tkazilgan ekspertiza (tahliliy materiallar) sonining
ekspertizalar soniga nisbati
Qaytarilish koeffitsienti
Umumiy ekvivalentda ifodalangan, qonunbuzarliklar bilan
sarflangan mablag’larning byudjetga tiklangan hajmining
moliyaviy huquqbuzarliklarning umumiy hajmiga nisbati
Ijro etish koeffitsienti
bajarilgan va ko'rib
chiqilgan taqdimnomalar va ko’rsatmalar
sonining taqdim etilgan taqdimnomalar va ko’rsatmalarning
umumiy soniga nisbati
Amaliylik
mezoni
Nazorat bilan qamrab
olish koeffitsienti
nazorat bilan qoplangan xarajatlar hajmining xarajatlar
bo'yicha byudjet hajmiga nisbati
Nazorat bilan qamrab
olish darjasikoeffitsienti
nazorat bilan qamrab olingan budjetdan mablag‘ oluvchilar
sonining byudjetdan mablag‘ oluvchilarning umumiy soniga
nisbati
Nazorat organi ishini
rejalashtirish
samaradorligi
koeffitsienti
ish rejasiga muvofiq hisoblangan nazorat bilan qamrab olish
darajasi koeffitsienti va nazorat ishlari natijalari bo'yicha
hisoblangan nazorat qamrovi darajasi koeffitsienti nisbati
bilan aniqlanadigan hosila qiymati
Xabardorlik koeffitsienti haqiqiy va rejalashtirilgan nashrlar sifatining nisbati
Tejamkorlik
mezoni
Iqtisodiy taraflama
maqsadga muvofiqlik
koeffitsienti
amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanilgan
(nazorat paytida aniqlangan) mablag‘lar miqdorining nazorat
organini saqlash xarajatlariga nisbati
Iqtisodiy samaradorlik
koeffitsienti
byudjetga qaytarilgan mablag'lar miqdorining nazorat
organini saqlash xarajatlariga nisbati
Qaytarilish koeffitsienti
aniqlangan huquqbuzarliklar hajmining nazorat tadbirini
o'tkazish xarajatlariga nisbati
Dinamiklik
mezoni
Nazorat qiluvchi
organning funksionallik
koeffitsienti
nazorat organi tomonidan hozirda foydalanilayotgan
funksiyalar va bajariladigan funksiyalar sonining nisbati
Operativlik koeffitsienti
nazorat chorasini amalga oshirish uchun haqiqatda sarflangan
vaqtning uning standart ko'rsatkichiga nisbati
Chaldayeva va Fedorenko (2016) nazorat-taftish organlarining samaradorligini baholashning
indikativ yondashuvini taklif qiladilar, ularning fikriga ko'ra, ushbu yondashuvdan dinamikada umuman
nazorat va buxgalteriya organi, bo'linma yoki alohida har bir xodim uchun foydalanish mumkin. Nazorat
organlari faoliyati samaradorligini baholash ko'rsatkichlari tizimida quyidagi ko'rsatkichlar taklif
etiladi: samaradorlik, natijaviylik, intensivlik, hajm, xarajatlar.
Samaradorlik ko'rsatkichi byudjetga qaytarilgan mablag'lar miqdorining nazorat organini saqlash
uchun ajratilgan mablag'lar miqdoriga yoki nazorat organi xodimlarining soniga nisbatini ko'rsatadi.
Natijaviylik ko'rsatkichi noqonuniy sarflangan byudjet mablag'larini aniqlash va undirish
parametrlarini aks ettiradi. Intensivlik ko'rsatkichi shaxsiy yukni hisobga olgan holda faoliyatning
miqdoriy natijalarini aks ettiradi. Hajm ko'rsatkichi byudjet mablag'larini nazorat bilan qamrab olinishi
darajasini va byudjet mablag'larini oluvchilar sonini tavsiflaydi. Xarajatlar ko'rsatkichi aniqlangan
huquqbuzarliklar hajmining nazorat organini saqlash uchun ajratilgan mablag'lar miqdoriga nisbatini
aks ettiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
64
Yuqorida ko’rib chiqilgan olimlarning ishlarida nazorat organlari faoliyati samaradorligini
baholashning turlicha yondashuvlari taklif qilingan bo'lib, ular turli mezon va ko'rsatkichlarga
asoslanadi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, a
holining moliyaviy nazorat organlari faoliyatini samaradorligi va
ta’sirchanligiga bo‘lgan talablari ortib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Tashqi moliyaviy nazorat
organlari rivojlangan mamlakatlarda ham, bizning respublikamizda ham davlat boshqaruvini
takomillashtirishga olib keladigan islohotlar tashabbuskorlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan
nazorat organlari o‘z mavqeini yanada oshirishi, fuqarolar ishonchini mustahkamlashi, hamda ilg‘or
xalqaro tajriba natijalarini hisobga olgan holda doimiy ravishda takomillashib borishi zarur deb
xisoblaymiz.
Moliyaviy nazoratning o'zi bevosita moddiy va moliyaviy resurslarni tejash imonini bermaydi.
Bundan tashqari, shuni ta'kidlash kerakki, nazorat xarajatlari kamaytirilganda bu faoliyat torayadi,
rasmiylashadi, boshqaruv tizimida nazorat va uning natijalarining ahamiyati salbiy tendensiyaga ega
bo'ladi. Bunday oqibatlarning oldini olish uchun umuman nazoratning maqsad va vazifalari va har bir
alohida nazorat chorasi nazorat subyektining mavjud resurslariga mos kelishi zarur. Agar u yoki bu
nazorat subyektinin
g resurslari nazorat chorasini sifatli amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasa,
qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa nazorat qiluvchi organlardan tegishli resurslarni
jalb qilish zarur. Demak, nazorat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va davla
t nazoratchilarining vakolatlari
davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligining muhim sharti va ayni paytda mezoni
hisoblanadi.
Tizimli yondashuvni qo'llash va standart baholash usullaridan foydalanish moliyaviy nazorat
organlari faoliyati samaradorligini ta'minlashning asosiy elementlari hisoblanadi. Nazorat jarayonini
har tomonlama ko'rib chiqish va uning faoliyatining turli tomonlarini hisobga olish muhim sanaladi.
Moliyaviy nazorat organlari moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, byudjet
mablag‘larining sarflanishi samaradorligini baholash va boshqalar kabi bir qator muhim vazifalarni
bajaradi. Bu funksiyalarni samarali bajarish uchun nazorat organlari faoliyatining barcha jabhalarini
qamrab oluvchi mezonlarni ishlab chiqish zarur.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Mirzoyev B. (2022) Davlat moliyaviy nazorati tizimida samaradorlik auditi: amaliyotga joriy
etilishining muhimligi va istiqbollari. Scientific progress, 3 (1), -b. 837-847.
Богославский Е.А. (2015) Значение финансового контроля в системе общего
государственного контроля / Е.А. Богославский // Право. –
№3 –
С. 46
- 49.
Бурцев В. В. Система государственного финансового контроля/ В.В Бурцев // Финансы. –
2000.
–
№ 9. –
С. 47–
49. 9.
Васильева М. Эффективность государственного и муниципального финансового
контроля: организационный, институциональный и системный ракурсы / М. Васильева //
Финансы и кредит. –
2011.
–
№ 33 (465) –
С. 35
-44.
Васильева, М.В. (2015) Критерии и показатели оценки эффективности государственного
финансового контроля [Текст] / М.В. Васильева // Финансы и кредит. –
.
–
№ 25. –
С. 12
-24.
Иванова Е.И., Мельник М.В., Шлейников В.И. (2009) Аудит эффективности в рыночной
экономике: учеб. пособ. –
М.: Кнорус, –
328с.
Игнатов Ю. (1999) Основы взаимодействия / Ю. Игнатов // Президентский контроль. –
№39. –
C.23-26
Захаров К.Е. (2010) Государственный финансовый контроль: подходы к оценке
эффективности //Финансовый журнал. –
№2. –С.61
-72.
Ковалева Э.Р., Попова Е.А., Кабашева И.А. (2017) Оценка эффективности государственного
финансового контроля в Республике Татарстан
//Экономика и предпринимательство.
-
№8
-2. -
С.321
-325
Литвиненко И.Н., Шевцов В.В. (2015) Оценка эффективности государственного
финансового контроля/ И.Н. Литвиненко, В.В. Шевцов // Новое слово в науке: перспективы
развития. –
№ 2(4) –
C. 374-377.
Ломакин С.И. (2008) Оценка эффективности деятельности контрольно
-
счетных органов
Российской федерации. Конкурс АКСОР на звание «Лучший финансовый контролер России»:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
65
Рефераты участников / С.И.Ломакин. –
М., –
Внутренние материалы Контрольно
-
счетной
палаты Волгограда.
Опёнышев С.П., Жуков В.А. (2001) Теоретические и методологические основы оценки
эффективности государственного финансового контроля // Бюллетень Счетной палаты
Российской Федерации. № 1
Салихов З.А. Некоторые подходы к оценке эффективности и результативности работы
органов государственного финансового контроля / З.А. Салихов// Аудит и финансовой анализ. –
2005. -
№2. –
С.15
-23
Чалдаева Л.А., Федоренко И.Н. (2016) Государственный финансовый контроль на
региональном уровне: индикативный подход // Региональная экономика: теория и практика. №
6. С. 4–
13.
Шарин В.И. (2012) К вопросу об оценке эффективности деятельности контрольно
-
счётных органов // Вестник АКСОР. № 2 (22). С. 43–
54.
Шохин С. О., Воронина Л. И. Бюджетно
-
финансовый контроль и аудит. Теория и практика
применения в России: науч.
-
метод. пособие.
-
М.: Финансы и статистика, 1997.
-
240 с. 8.
Якупов З.С. Институт налогового контроля в системе государственного финансового
контроля / З.С. Якупов // Казанский экономический вестник. ‒ 2013. –
№ 2 (4). ‒ C. 80
-84.
