Ingliz tiliningglobalmiqiyosdakengtarqalish sabablari

Аннотация

Jamiyatning har bir sohasida ingliz tili muhim bir qismiga aylanishga ulgurdi . Yaqin yillar ichida ingliz tili o`rganuvchilar ko`rsatkichi maksimal tarzda oshdi. Bu tilning globallashuviga bir necha sabablar bor. Uning ommalashuviga sabablar va hozirgi o'rni haqida faktlar va sonlar orqali ko'rsatib o'tiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
506-508
49

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Райхона N., & Чориева A. (2025). Ingliz tiliningglobalmiqiyosdakengtarqalish sabablari. Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования, 1(1), 506–508. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81923
Нарзикулова Райхона, Академический лицей Самаркандского государственного института иностранных языков
Учитель
Азиза Чориева, Академический лицей Самаркандского государственного института иностранных языков
студент 1 курса
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jamiyatning har bir sohasida ingliz tili muhim bir qismiga aylanishga ulgurdi . Yaqin yillar ichida ingliz tili o`rganuvchilar ko`rsatkichi maksimal tarzda oshdi. Bu tilning globallashuviga bir necha sabablar bor. Uning ommalashuviga sabablar va hozirgi o'rni haqida faktlar va sonlar orqali ko'rsatib o'tiladi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

506

Samarkand State Institute of Foreign Languages

INGLIZ TILINING GLOBAL MIQIYOSDA KENG TARQALISH

SABABLARI

Rayhona Narzikulova

SamDCHTI o‘qituvchisi

Aziza Choriyeva

SamDCHTI 1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Jamiyatning har bir sohasida ingliz tili muhim bir qismiga aylanishga

ulgurdi . Yaqin yillar ichida ingliz tili o`rganuvchilar ko`rsatkichi maksimal tarzda oshdi. Bu

tilning globallashuviga bir necha sabablar bor .Uning ommalashuviga sabablar va hozirgi o'rni

haqida faktlar va sonlar orqali ko'rsatib o'tiladi .

Kalit sozlar:

tarixiy omillar, iqtisodiy tasir ,texnalogiya va ilm- fan, ma`daniy tasir,

o‘rganuvchilar soni.

Hozirgi kunda ingliz tili globallashuv darajasi eng yuqori bolgan tillardan biri bunga

sabab esa bir nechta. Bir necha asrlar oldin mustamlakachilik davrlarida inglizzabon davlatlar

katta hududlarni egallab oldi va bu hududlar tijoratning qaynoq o'choqlari edi. Shunday qilib u

nafaqat iqtisodiy ta`sirini balki madaniyat va texnologiyalar rivojlanishidagi o`rnini topdi.

Ingliz tili eng qadimiy tillardan biri hisoblanadi va uning paydo bo'lish tarixi bir necha

bosqichlarni o'z ichiga oladi. Hozirgi Ingliz tili dastlab 16- asrdan qo'llanila boshladi va u

avvalgilariga qaraganda ancha o`zgarishlar bilan boyitilgan edi. Bundan bir asr o'tib Buyuk

Britaniya eng kuchli imperiyalardan biriga ayalndi. Britaniya imperiyasi Afrikadan

Osiyo ,Shimoliy va Janubiy Amerikagacha kengayib , o'z ta'sirini kuchaytirdi. Natijada, ingliz

tili Britaniyaning sobiq mustamlaka mamlakatlari bo‘lgan Hindiston , Avstraliya Afrika va

Kanadaning asosiy tiliga aylandi.

XX asrga kelib esa ingliz tili oʻzining iqtisodiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. AQSHning

import va eksportdagi roli bu tilning xalqaro dunyo bozoridagi imkoniyatlarini nafaqat yetarli

tarzda balki qisqa vaqt ichida ochib berdi . Har bir savdo aloqalarini o1rnatmoqchi bo`lgan

davlatlar bu tildan foydalanishni boshladi.

Ingliz tili global iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, u xalqaro biznes,

savdo, moliya va investitsiyalar sohalarida juda muhim. Ingliz tili global iqtisodiyotning ajralmas

qismiga aylangan bo‘lib, u xalqaro biznes, savdo, moliya va investitsiyalar sohalarida muhim

o‘rin egallaydi. Quyida ingliz tilining iqtisodiyotga ta’sirini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Dunyodagi eng yirik moliyaviy markazlar – London, Nyu-York va Singapur – asosan

ingliz tilida ish yuritadigan hududlardir.Jahon bo‘ylab yirik savdo bitimlari va shartnomalar

aksariyat hollarda ingliz tilida tuziladi.Xitoy va Germaniya kabi mamlakatlar ham xalqaro biznes

sohasida ingliz tilidan foydalanishga majbur. Chunki jahon bozoriga yoʻl ingliz tili orqali

oʻtadi.Ingliz tilini bilish dunyo bo‘ylab yaxshi maoshli ish topish imkoniyatini oshiradi. Ko‘plab

xalqaro kompaniyalar (Amazon, Google, Samsung) ishga qabul qilish jarayonida ingliz tilini

bilish eng asosiy jihatlardan biridir . Bu til orqali insonlar oʻzlariga yaxshi hayot qura boshladi .

Bunga katta misol qilib Kremniy vodiysini olishimiz mumkin .Kremniy vodiysi dunyoning eng

qaynoq internet va biznes nuqtalardan biri. Bunday joyda ishlash uchun nafaqat professional

bo`lish ,balki ingliz tilini bilish juda muhim.

Ingliz tili global iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Uni

bilish nafaqat ish topish imkoniyatini oshiradi, balki xalqaro bozorga chiqish, investitsiyalar jalb

qilish va innovatsiyalar yaratishda ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli, O‘zbekistonda ham

ingliz tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ingliz tili global iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Uni

bilish nafaqat ish topish imkoniyatini oshiradi, balki xalqaro bozorga chiqish, investitsiyalar jalb

qilish va innovatsiyalar yaratishda ham katta ahamiyatga ega boʻla boshladi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

507

Samarkand State Institute of Foreign Languages

XXI asr esa axborot texnologiyalar asri va bu davrda ham Ingliz tili o‘z dominantlik

o‘rnini yo‘qotgani yo‘q. IT sohasidagi eng birinchi programma va internet texnologiyalari ingliz

tilida yaratildi . Bu sohaga talab esa kundan kunga oshib borardi . Yaxshi daromad keltiruvchi bu

kelajak fani juda koʻplab odamlarni ingliz tilini oʻrganishga undadi .

Ilm-fan va texnologiya rivojlanishi bilan tadqiqotchilar uchun yagona tushunarli tilga

ehtiyoj ortib bordi. Katta hajmdagi ilmiy tadqiqot maqola va qo‘llanmalar shu tilda yozildi va bu

olimlar uchun zarur vosita edi. Har bir izlanuvchi eng sifatli va qiziqarli maʼlumotlarni olish

uchun bu tilga murojaat qila boshladi .Dunyo boʻylab ilm insonlari uchun bu til "lingua franca "

vazifasini bajara boshladi .

Madaniyat, sanʼat va tilning global taʼsiri asosan kino va musiqa orqali keng tarqaldi, bu

esa muayyan tilning ommalashuviga ham katta hissa qoʻshdi. Gollivud kinoindustriyasining

dunyo boylab rivojlanib hukmronlik cho'qqisiga chiqishi va Amerika musiqasi ommalashuvi

asosiy sabablardan biri boldi. XX - XXl asrlar Gollivudning eng zoʻr top kinolari davri boʻlib har

bir insonni oʻzining jangari ekshin va komediya filmlari bilan ohangrabodek tortdi.

Bu barcha jarayonlar sababli ingliz tili har tomonlanma takomillashshgan universal ya`ni hozirgi

darajasiga erishdi.

Bugungi kunda ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻrganuvchilar soni kundan kunga oshib

bormoqda.Birinchi diagrammada oʻrganuvchilar sonini ikkinchi diagrammada esa ularning soni

qanchalik tez sur'atda oʻsganini guvohi boʻlamiz.

Yuqoridagilar ingliz tilining globallashuvinung asosiy omillari. Ular jamiyatning har bir

sohasidagi oʻrni tufayli kompleksiv ravishda juda katta oʻsishga sabab boʻldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Vikipedia. Ingliz tili – Ingliz tilining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va tarqalishi haqida

umumiy ma'lumot. URL:

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ingliz_tili

2. Sinaps.uz. Ingliz tilining tarixiy davrlari va shakllanishi – Ingliz tilining paydo bo‘lishi va

rivojlanish bosqichlari haqida qiziqarli ma'lumot. URL:

https://sinaps.uz/bilasizmi/2918

3. Best Publication. Ingliz tilining shakllanishi va rivojlanishi – Ilmiy tahlil va tarixiy

ma'lumotlar. URL:

https://bestpublication.org/index

4. Odam.uz. Ingliz tilining qiziqarli tarixi – Ingliz tilining rivojlanishi va tarqalishi haqida

maqola. URL:

https://odam.uz/news/tillar-qiroli

5. Vikipediya maqolasi: Ingliz tilining tarqalishi va so'zlashuvchilar soni haqida umumiy

ma'lumot beradi. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ingliz_tili

6. Kun.uz saytidagi maqola: Ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha davlatlar reytingi haqida

ma'lumot beradi.

https://kun.uz/news/2019/12/15/

7. ForumDaily saytidagi maqola: Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlar va ularning aholisi

haqida ma'lumot beradi.

https://www.forumdaily.com/uz/477245-2/

8. Dilnoza Buronova. Yovvoyi tabiatning tiklanishi: Ernest Seton-Tompsonning “Lobo” va

“Yovvoyi yo ‘rg ‘a” asarlari tahlili. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

508

Samarkand State Institute of Foreign Languages

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=AyBfU0EAAAAJ&ci

tation_for_view=AyBfU0EAAAAJ:_Qo2XoVZTnwC

9. Dilnoza Buronova. Moodle platformasida mustaqil ta’lim. ISSN 2181-4147 VOLUME 1,

ISSUE 33 DECEMBER 2023

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=AyBfU0EAAAAJ&ci

tation_for_view=AyBfU0EAAAAJ:8k81kl-MbHgC

Библиографические ссылки

Vikipedia. Ingliz tili - Ingliz tilining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va tarqalishi haqida umumiy ma'lumot. URL: https:. uzAvikipedia.org/wiki Ingliz tili

Sinaps.uz. Ingliz tilining tarixiy davrlari va shakllanishi - Ingliz tilining paydo bo‘Iishi va rivojlanish bosqichlari haqida qiziqarli ma’lumot. URL: https: inans.uzbilasizmi/2918

Best Publication. Ingliz tilining shakllanishi va rivojlanishi - Ilmiy tahlil va tarixiy ma’lumotlar. URL: https: .'bestpublication.org/index

Odam.uz. Ingliz tilining qiziqarli tarixi - Ingliz tilining rivojlanishi va tarqalishi haqida maqola. URL: https: odam.uz news tillar-qiroli

Vikipediya maqolasi: Ingliz tilining tarqalishi va so'zlashuvchilar soni haqida umumiy ma'lumot beradi. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ingliz tili

Kun.uz saytidagi maqola: Ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha davlatlar reytingi haqida ma'lumot beradi. https://kun.uz/news/2019/12/15/

ForumDaily saytidagi maqola: Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlar va ulaming aholisi haqida ma'lumot beradi. https://www.forumdaily.com uz477245-2/

Dilnoza Buronova. Yovvoyi tabiatning tiklanishi: Ernest Seton-Tompsonning “Lobo” va “Yovvoyi yo ‘rg ‘a” asarlari tahlili. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit. https: . scholar.google.cxim citations?view op-view citation&hl-ru&user-AyBfUOEA.AA.AJ&ci tation_for_view=AyBfU0EAAAAJ:_Qo2XoVZTnwC

Dilnoza Buronova. Moodie plalformasida mustaqil ta'lim. ISSN 2181-4147 VOLUME 1,ISSUE 33 DECEMBER 2023 https://scholar.google.com/citations7view_op=view citation&hl=ru&user=AyBfUOEAAAAJ&ci tation for view=AyBfU0EAAAAJ:8k81kl-MbHgC