ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
506
Samarkand State Institute of Foreign Languages
INGLIZ TILINING GLOBAL MIQIYOSDA KENG TARQALISH
SABABLARI
Rayhona Narzikulova
SamDCHTI o‘qituvchisi
Aziza Choriyeva
SamDCHTI 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Jamiyatning har bir sohasida ingliz tili muhim bir qismiga aylanishga
ulgurdi . Yaqin yillar ichida ingliz tili o`rganuvchilar ko`rsatkichi maksimal tarzda oshdi. Bu
tilning globallashuviga bir necha sabablar bor .Uning ommalashuviga sabablar va hozirgi o'rni
haqida faktlar va sonlar orqali ko'rsatib o'tiladi .
Kalit sozlar:
tarixiy omillar, iqtisodiy tasir ,texnalogiya va ilm- fan, ma`daniy tasir,
o‘rganuvchilar soni.
Hozirgi kunda ingliz tili globallashuv darajasi eng yuqori bolgan tillardan biri bunga
sabab esa bir nechta. Bir necha asrlar oldin mustamlakachilik davrlarida inglizzabon davlatlar
katta hududlarni egallab oldi va bu hududlar tijoratning qaynoq o'choqlari edi. Shunday qilib u
nafaqat iqtisodiy ta`sirini balki madaniyat va texnologiyalar rivojlanishidagi o`rnini topdi.
Ingliz tili eng qadimiy tillardan biri hisoblanadi va uning paydo bo'lish tarixi bir necha
bosqichlarni o'z ichiga oladi. Hozirgi Ingliz tili dastlab 16- asrdan qo'llanila boshladi va u
avvalgilariga qaraganda ancha o`zgarishlar bilan boyitilgan edi. Bundan bir asr o'tib Buyuk
Britaniya eng kuchli imperiyalardan biriga ayalndi. Britaniya imperiyasi Afrikadan
Osiyo ,Shimoliy va Janubiy Amerikagacha kengayib , o'z ta'sirini kuchaytirdi. Natijada, ingliz
tili Britaniyaning sobiq mustamlaka mamlakatlari bo‘lgan Hindiston , Avstraliya Afrika va
Kanadaning asosiy tiliga aylandi.
XX asrga kelib esa ingliz tili oʻzining iqtisodiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. AQSHning
import va eksportdagi roli bu tilning xalqaro dunyo bozoridagi imkoniyatlarini nafaqat yetarli
tarzda balki qisqa vaqt ichida ochib berdi . Har bir savdo aloqalarini o1rnatmoqchi bo`lgan
davlatlar bu tildan foydalanishni boshladi.
Ingliz tili global iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, u xalqaro biznes,
savdo, moliya va investitsiyalar sohalarida juda muhim. Ingliz tili global iqtisodiyotning ajralmas
qismiga aylangan bo‘lib, u xalqaro biznes, savdo, moliya va investitsiyalar sohalarida muhim
o‘rin egallaydi. Quyida ingliz tilining iqtisodiyotga ta’sirini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dunyodagi eng yirik moliyaviy markazlar – London, Nyu-York va Singapur – asosan
ingliz tilida ish yuritadigan hududlardir.Jahon bo‘ylab yirik savdo bitimlari va shartnomalar
aksariyat hollarda ingliz tilida tuziladi.Xitoy va Germaniya kabi mamlakatlar ham xalqaro biznes
sohasida ingliz tilidan foydalanishga majbur. Chunki jahon bozoriga yoʻl ingliz tili orqali
oʻtadi.Ingliz tilini bilish dunyo bo‘ylab yaxshi maoshli ish topish imkoniyatini oshiradi. Ko‘plab
xalqaro kompaniyalar (Amazon, Google, Samsung) ishga qabul qilish jarayonida ingliz tilini
bilish eng asosiy jihatlardan biridir . Bu til orqali insonlar oʻzlariga yaxshi hayot qura boshladi .
Bunga katta misol qilib Kremniy vodiysini olishimiz mumkin .Kremniy vodiysi dunyoning eng
qaynoq internet va biznes nuqtalardan biri. Bunday joyda ishlash uchun nafaqat professional
bo`lish ,balki ingliz tilini bilish juda muhim.
Ingliz tili global iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Uni
bilish nafaqat ish topish imkoniyatini oshiradi, balki xalqaro bozorga chiqish, investitsiyalar jalb
qilish va innovatsiyalar yaratishda ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli, O‘zbekistonda ham
ingliz tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ingliz tili global iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Uni
bilish nafaqat ish topish imkoniyatini oshiradi, balki xalqaro bozorga chiqish, investitsiyalar jalb
qilish va innovatsiyalar yaratishda ham katta ahamiyatga ega boʻla boshladi.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
507
Samarkand State Institute of Foreign Languages
XXI asr esa axborot texnologiyalar asri va bu davrda ham Ingliz tili o‘z dominantlik
o‘rnini yo‘qotgani yo‘q. IT sohasidagi eng birinchi programma va internet texnologiyalari ingliz
tilida yaratildi . Bu sohaga talab esa kundan kunga oshib borardi . Yaxshi daromad keltiruvchi bu
kelajak fani juda koʻplab odamlarni ingliz tilini oʻrganishga undadi .
Ilm-fan va texnologiya rivojlanishi bilan tadqiqotchilar uchun yagona tushunarli tilga
ehtiyoj ortib bordi. Katta hajmdagi ilmiy tadqiqot maqola va qo‘llanmalar shu tilda yozildi va bu
olimlar uchun zarur vosita edi. Har bir izlanuvchi eng sifatli va qiziqarli maʼlumotlarni olish
uchun bu tilga murojaat qila boshladi .Dunyo boʻylab ilm insonlari uchun bu til "lingua franca "
vazifasini bajara boshladi .
Madaniyat, sanʼat va tilning global taʼsiri asosan kino va musiqa orqali keng tarqaldi, bu
esa muayyan tilning ommalashuviga ham katta hissa qoʻshdi. Gollivud kinoindustriyasining
dunyo boylab rivojlanib hukmronlik cho'qqisiga chiqishi va Amerika musiqasi ommalashuvi
asosiy sabablardan biri boldi. XX - XXl asrlar Gollivudning eng zoʻr top kinolari davri boʻlib har
bir insonni oʻzining jangari ekshin va komediya filmlari bilan ohangrabodek tortdi.
Bu barcha jarayonlar sababli ingliz tili har tomonlanma takomillashshgan universal ya`ni hozirgi
darajasiga erishdi.
Bugungi kunda ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻrganuvchilar soni kundan kunga oshib
bormoqda.Birinchi diagrammada oʻrganuvchilar sonini ikkinchi diagrammada esa ularning soni
qanchalik tez sur'atda oʻsganini guvohi boʻlamiz.
Yuqoridagilar ingliz tilining globallashuvinung asosiy omillari. Ular jamiyatning har bir
sohasidagi oʻrni tufayli kompleksiv ravishda juda katta oʻsishga sabab boʻldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Vikipedia. Ingliz tili – Ingliz tilining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va tarqalishi haqida
umumiy ma'lumot. URL:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ingliz_tili
2. Sinaps.uz. Ingliz tilining tarixiy davrlari va shakllanishi – Ingliz tilining paydo bo‘lishi va
rivojlanish bosqichlari haqida qiziqarli ma'lumot. URL:
https://sinaps.uz/bilasizmi/2918
3. Best Publication. Ingliz tilining shakllanishi va rivojlanishi – Ilmiy tahlil va tarixiy
ma'lumotlar. URL:
https://bestpublication.org/index
4. Odam.uz. Ingliz tilining qiziqarli tarixi – Ingliz tilining rivojlanishi va tarqalishi haqida
maqola. URL:
https://odam.uz/news/tillar-qiroli
5. Vikipediya maqolasi: Ingliz tilining tarqalishi va so'zlashuvchilar soni haqida umumiy
ma'lumot beradi. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ingliz_tili
6. Kun.uz saytidagi maqola: Ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha davlatlar reytingi haqida
ma'lumot beradi.
https://kun.uz/news/2019/12/15/
7. ForumDaily saytidagi maqola: Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlar va ularning aholisi
haqida ma'lumot beradi.
https://www.forumdaily.com/uz/477245-2/
8. Dilnoza Buronova. Yovvoyi tabiatning tiklanishi: Ernest Seton-Tompsonning “Lobo” va
“Yovvoyi yo ‘rg ‘a” asarlari tahlili. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
508
Samarkand State Institute of Foreign Languages
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=AyBfU0EAAAAJ&ci
tation_for_view=AyBfU0EAAAAJ:_Qo2XoVZTnwC
9. Dilnoza Buronova. Moodle platformasida mustaqil ta’lim. ISSN 2181-4147 VOLUME 1,
ISSUE 33 DECEMBER 2023
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=AyBfU0EAAAAJ&ci
tation_for_view=AyBfU0EAAAAJ:8k81kl-MbHgC
