Изменение показателей качества при хранении растительных масел с разной влажностью

Аннотация

Сегодня производство растительных масел увеличивается день ото дня. Это требует, чтобы они доставляли его потребителям правильно и с соблюдением критериев безопасности. Известно, что на прилавках не всегда в полной мере обеспечены условия для хранения пищевых продуктов, в том числе масло-жировых продуктов. Это отрицательно сказывается на их качественных показателях. В исследовании брали и хранили рафинированные хлопковое, подсолнечное и соевое масла высшего сорта и постоянно анализировали их физико-химические показатели. При этом установлено, что при длительном хранении продуктов с разным уровнем влажности количество перекисей в них возрастает в разной степени.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
136-142
28

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Аликулов H., Ходжаев S., Саидвалиев S., & Кенжаев N. (2023). Изменение показателей качества при хранении растительных масел с разной влажностью . Среднеазиатская пищевая техника и технология, 1(1), 136–142. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/cafet/article/view/20322
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Сегодня производство растительных масел увеличивается день ото дня. Это требует, чтобы они доставляли его потребителям правильно и с соблюдением критериев безопасности. Известно, что на прилавках не всегда в полной мере обеспечены условия для хранения пищевых продуктов, в том числе масло-жировых продуктов. Это отрицательно сказывается на их качественных показателях. В исследовании брали и хранили рафинированные хлопковое, подсолнечное и соевое масла высшего сорта и постоянно анализировали их физико-химические показатели. При этом установлено, что при длительном хранении продуктов с разным уровнем влажности количество перекисей в них возрастает в разной степени.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

136

`

TURLI NAMLIKGA EGA O‘SIMLIK MOYLARINI SAQLASH DAVOMIDA

SIFAT KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI

Avloqulov Humoyun Rahmon o‘g‘li

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, magistratura talabasi

Xodjayev Sarvar Faxreddinovich

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, doktorant

Е-mail: sarvarkh1993@gmail.com

Saidvaliyev Saidazim Saydiamirxanovich

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, dotsent

Kenjayev Nuriddin To‘raqobilovich

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, assistant

Annotatsiya.

Bugungi kunda o‘simlik moylarini ishlab chiqarish kun sayin ortib bormoqda. Bu

esa ularni iste’molchilarga to‘g‘ri va xavfsizlik mezonlariga amal qilgan holatda yetkazib berish kerak

ekanligini talab qiladi. Ma’lumki, savdo rastalarida xar doim ham oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan

yog‘-moy mahsulotlarini saqlash shart-sharoitlari to‘liq taminlab berilmagan. Bu esa ularning sifat

ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etadi. Tadqiqot ishida oliy navli rafinatsiyalangan paxta, kungaboqar va

soya moylarini olib saqlangan va doimiy ravishda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilingan.

Bunda, mahsulotlarni turli namlikga ega bo‘lgan vaqtda uzoq muddat saqlash davomida ularning perekis

sonlari turli darajada oshib borishi aniqlangan.

Kalit so‘zlar:

perekis soni, saqlash, paxta moyi, kungaboqar moyi, soya moyi, rafinatsiyalangan

dezodoratsiyalangan o‘simlik moylari.

ИЗМЕНЕНИЕ ПОКАЗАТЕЛЕЙ КАЧЕСТВА ПРИ ХРАНЕНИИ РАСТИТЕЛЬНЫХ

МАСЕЛ С РАЗНОЙ ВЛАЖНОСТЬЮ

Аннотация.

Сегодня производство растительных масел увеличивается ден ото дня. Это

требует, чтобы они доставлялис потребителям правильно и с соблюдением критериев

безопасности. Известно, что на прилавках не всегда в полной мере обеспечены условия для

хранения пищевых продуктов, в том числе масло-жировых продуктов. Это отрицательно

сказывается на их качественных показателях. В исследовании брали и хранили рафинированные

хлопковое, подсолнечное и соевое масла высшего сорта и постоянно анализировали их физико-


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

137

`

химические показатели. При этом установлено, что при длительном хранении продуктов с

разным уровнем влажности количество перекисей в них возрастает в разной степени.

Ключевые слова:

перекисное число, хранение, хлопковое масло, подсолнечное масло,

соевое масло, рафинированные дезодорированные растительные масла.

CHANGES IN QUALITY INDICATORS DURING STORAGE OF VEGETABLE OILS

WITH DIFFERENT MOISURE

Abstract.

Today, the production of vegetable oils is increasing day by day. This requires that they

be delivered to consumers correctly and within safety criteria. It is known that the conditions for storing

food products, including oil and fat products, are not always fully provided on the shelves. This

negatively affects their quality indicators. In the study, refined cottonseed, sunflower and soybean oils

of the highest grade were taken and stored and their physicochemical parameters were constantly

analyzed. At the same time, it was found that during long-term storage of products with different levels

of humidity, the amount of peroxides in them increases to varying degrees.

Key words:

peroxide value, storage, cottonseed oil, sunflower oil, soybean oil, refined deodorized

vegetable oils.

KIRISH

O‘simlik moylarini rafinatsiyalash jarayoni moy tarkibidagi hamroh moddalar, mexanik

qo‘shimchalar va moy tarkibida bo‘lishi tavsiya qilinmaydigan boshqa moddalarni chiqarib yuborishni

o‘z ichiga oladi. Moylarning hamroh moddalari tarkibiga fosfatidlar, yog‘ kislotalari, pigmentlar, turli

sovunlanmaydigan moddalar va o‘simlikning o‘sish davrida hamda moyli urug‘ yetilish davrida

sintezlanadigan ba’zi moddalar kiradi [1]. Qayta ishlash jarayonlarida texnologik parametrlar (harorat,

namlik, bosim va b.) bu moddalarning ko‘pchilligi o‘z xususiyatlarini o‘zgartirib nafaqat moy sifatiga

ta’sir qiladi, balki ulardan ikkilamchi mahsulot sifatida foydalanish imkonini ham kamaytiradi.

Rafinatsiya jarayonining oldiga qo‘yiladigan muhim muammolardan biri bu, moyni keraksiz

moddalardan tozalash bilan birga ajratib olinadigan ikkilamchi mahsulotlarning tabiiyligini saqlab

qolish va ikkilamchi mahsulot sifatida samarali foydalanishdan iborat. Rafinatsiyaning to‘liq sikli o‘z

ichiga quyidagilarni oladi [1]: fosfatidlarni chiqarib yuborish; mumsimon moddalardan tozalash; erkin

yog‘ kislotalarini ajratish; rang va xid beruvchi moddalardan tozalash.

Mgebrishvili T.V. va b. o‘simlik moylarini termokoagulyatsiya yo‘li bilan rafinatsiya qilishni

tavsiya qilishgan [2]. Termokoagulyatsiya moydan fosfatidlar va rang beruvchi moddalarni chiqarib

yuborishga yordam beradi. Taran A.A. va b. [3] xom moylarni rafinatsiya qilish va ishlatilganlarini


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

138

`

regeniratsiya qilishda moy massasiga nisbatan 4-40% olingan 3-5% konsentratsiyali natriy sulfat

eritmasi ishtirokida gazsimon ammiak ishlatish texnologiyasini yaratishgan. Bu usul olinadigan

mahsulot sifati, erkin yog‘ kislotalari va oksidlangan mahsulotlar ko‘proq chiqarib yuborilishi hisobiga,

oshishiga sabab bo‘ladi. Undan tashqari moyni yo‘qotishlari kamayib oksidlanishga chidamliligi oshadi.

Kаufman T.Sh. [4] o‘simlik moylarini moy massasiga nisbatan 3-20% miqdorida olingan karbon

kislotalarini 5-30% li eritmasi bilan ishlov berishni nazarda tutuvchi rafinatsiya turini ishlab chiqqan.

Rafinatsiyalangan moy chiqishi va glitseridlar sovunlanishi kamayishi hisobiga sifati oshishiga asos

bo‘ladi.

Arutyunyan N.S., Tarabicheva L.A. va Kornena E.P. lar tomonidan rangi yaxshi moylarni 1,0-

10% li fosfor kislotasining suvli eritmasi bilan moy massasiga nisbatan 0,2-2,5% miqdorda qo‘shib, 25-

30°C haroratda gidratatsiya qilib, keyin gidratatsiyalangan moyni zichligi 1200-1600 kg/m

3

bo‘lgan

natriy silikati bilan rafinatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan [5]. Qo‘shiladigan natriy silikatning miqdori

moy massasiga nisbatan 0,3-2,0% ni tashkil qiladi. Moy tarkibidagi yo‘ldosh moddalar kamayishi

hisobiga sifati oshib, chiqishi ko‘payadi.

Paxta moyini ishqorning suv-spirt eritmasi bilan ishlov berish texnologiyasi [6] ishlab chiqilgan.

Ishlatiladigan ishqorning umumiy miqdoriga nisbatan 15-50% pentanol, butanol, propanol va etil spirti

ishlatilganda yaxshi samara olingan. Spirt konsentrasiyasi 15% dan kam bo‘lmagan holda

rafinatsiyalanishi yaxshilanadi.

Yog‘ kislotalari va noxush xid beruvchi moddalarni yo‘qotishga asoslangan rafinatsiya usuli [7]

taklif qilingan. Moyni 150°C haroratgacha vakuumda qizdirilib azot purkaladi va moyni bir qismi

haydaladi. Shunga o‘xshash boshqa fizik rafinatsiya usuli ham taklif qilingan [8]. Bu usullar turli xil

o‘simlik moylarini rafinatsiya qilishda samarali ekanligi aniqlangan.

Hind olimlari tomonidan [9] kimyoviy va fizik rafinatsiya o‘rniga erkin yog‘ kislotalarini

glitserin bilan fermentativ eterifikatsiya qilish taklif qilingan. Biorafinatsiyani optimal sharoitlari

quyidagilar: glitserinni stexiometrik miqdori; pasaytirilgan bosim (4 mm sim. ust.); 70°C harorat;

ferment konsentratsiyasi 10-15%. Biorafinatsiya yo‘li bilan tozalangan moyni keyinchalik ishqor bilan

ishlov berilib, oqlanadi.

Rafinatsiya jarayonida yog‘ va moylarni emulsiyada glitserin-yog‘ kislotali efir bog‘larini

parchalash xususiyatiga ega fermentlar bilan ishlov berish mumkin [10]. Ferment ta’sir qilgan moylarni

suv yoki kislotali eritma bilan yuviladi. Jarayonda ishqor ishlatilmaganligi va chiqindi suvlar miqdori

kamayganligi uchun yo‘qotishlar ham kamayadi.

O‘simlik moylarini tozalashda membranalardan foydalanish o‘rganilgan [11]. Aniqlanishicha

o‘rganilgan 15 ta membranalardan faqat 5 tasi geksanga chidamli va yuqori aktivlik xossasiga ega. Bu


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

139

`

membranalar fosfatidlarni to‘la, gossipol, xlorofillar, tokoferollarni qisman ushlab qolish xususiyatiga

ega.

Shigemmi Suzuki va b. organik erituvchilar bilan ekstraksiya usulida olingan missellani ultrafiltr

orqali o‘tkazib tozalash usulini ishlab chiqishgan [12]. Ultrafiltr 30 dan 1000A gacha kattalikdagi

g‘ovaklardan iborat noorganik mikroorganizm membranalaridan tashkil topgan.

Kislota soni yuqori o‘simlik moylarini 120-250°C haroratda 0,7-5,0 Mbar bosimda 60 min

davomida bug‘ bilan ishlov berish va so‘ng yoritishni nazarda tutuvchi usul ishlab chiqilgan. Ishlov

berish natijasida rangsizlantirilgan moy olish mumkin [13].

Soya moyini avval vakuumda sentrifugalab, rangsizlantirib, keyin neytrallash va dezodoratsiya

qilish usuli [14] yaratilgan.

Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha ishlar saqlashga chidamli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan

yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan. Ma’lumki, yog‘-moy mahsulotlari ishlab

chiqarishdan savdo rastalariga borgunga qadar bir qancha savdo amaliyotlaridan o‘tadi. Savdo

rastalarida esa bazan oylab qolib ketish ehtimoli ham mavjud. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olsak, ushbu

moylarni saqlash davomida qanday o‘zgarishlar bo‘layotgani, saqlash sharoitlarini tanlash mahsulotning

sifatiga qanday ta’sir qilishini o‘rganish va kerakli shart sharoitlarni yaratish bugungi kunda dolzarb

hisoblanadi.

TADQIQOT OBEKTI VA METODOLOGIYASI

Tadqiqot obekti sifatida essensial rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan oliy navli paxta,

kungaboqar va soya moylari olingan.

Barcha suyuq moy namunalarini olish va tayyorlash ГОСТ Р ИСО 5555-91 «Масла и жиры

животные и растительные. Отбор проб» talablariga muvofiq amalga oshirilan [15].

Namlik va uchuvchan moddalarning massa ulushi foizlarda ifodalangan holda ГОСТ Р 50456-

92 bo‘yicha aniqlangan [16].

Moylarning perekis soni standart usullar yordamida aniqlangan [17].

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Namlik bu – mahsulot tarkibidagi qoldiq suv tushuniladi. Yog‘-moy mahsulotlari gidrofob

bo‘lishiga qaramay, uning tarkibida suv zarrachalari saqlanib qoladi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek,

paxta, kungaboqar va soya moylarini ishlab chiqarishda namlik va uchuvchan moddalarning massaviy

ulushi 0,1% dan oshmasligi belgilab o‘tilgan. Lekin, havo tarkibidagi suv hisobiga mahsulotimizda

sezilar, sezilmas tarzda namligi oshib ketish extimoli mavjud. O‘simlik moylari ishlatilganda uning

qopqog‘i ochiladi va bilar-bilmas holda u atmosfera havosi bilan o‘zaro aloqaga kirishadi, hamda u

yerdan namlik va kislorod bilan ta’sirlashadi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

140

`

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib, biz namlikning o‘simlik moyini saqlash davomida uning

perekis soniga ta’sirini o‘rganib chiqdik. Bunda rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan paxta,

kungaboqar va soya moylarini tadqiq qildik. Olingan natijalar 1, 2 va 3-rasmlarda keltirilgan.

1-rasm. Turli namlikga ega bo‘lgan rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan paxta moyini

saqlash davomida uning perekis sonini o‘zgarishi

2-rasm. Turli namlikga ega bo‘lgan rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan kungaboqar moyini

saqlash davomida uning perekis sonini o‘zgarishi

0,05

0,1

0,2

0

2

4

6

8

0

2

4

6

8

10

12

Nam

lik

,

%

P

er

ek

is

s

on

i,

m

m

ol

ak

t.

O/

k

g

Saqlash muddati, oy

0-2

2-4

4-6

6-8

0,05

0,1

0,2

0

2

4

6

8

0

2

4

6

8

10

12

Nam

li

k

,

%

P

er

ek

is

s

on

i,

m

m

ol

ak

t.

O/

k

g

Saqlash muddati, oy

0-2

2-4

4-6

6-8


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

141

`

1-rasm. Turli namlikga ega bo‘lgan rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan soya moyini saqlash

davomida uning perekis sonini o‘zgarishi

1, 2 va 3-rasmlardan ko‘rinib turibdiki, o‘simlik moyi tarkibidagi namlikning oshishi oksidlangan

moddalar miqdorining o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunda namlik ortgan sari oksidlangan

moddalar miqdorining ko‘payishi ham jadallashmoqda. Natijalar asosida shuni ko‘rishimiz mumkinki,

oxirgi oylarda perekis sonining oshish pasayib brogan, bunga asosiy sabab, mahsulot tarkibida birinchi

bosqich oksidlanishdan so‘ng ya’ni epoksi, ketoksi, gidroksi guruhga ega bo‘lgan yog‘ kislotalar asta

sekin parchalanib ikkilamchi mahsulotlar, aldegid, keton va shu kabilarni hosil qilmoqda.

XULOSA

Shunday qilib, o‘simlik moylarini saqlash davomida perekis sonini o‘zgarishi, uning namliligiga

ya’ni tarkibidagi suv miqdoriga bog‘liq. Namlik qanchalik yuqori bo‘lsa ushbu ko‘rsatkichlar vaqt

o‘tgan sari ortib borib, mahsulotning ozuqaviylik qiymatini tushirib yuboradi va uni yaroqsiz xolga olib

kelishi ham mumkin.







0,05

0,1

0,2

0

2

4

6

8

10

12

0

2

4

6

8

10

12

Nam

lik

,

%

P

er

ek

is

s

on

i,

m

m

ol

ak

t.

O

/k

g

Saqlash muddati, oy

0-2

2-4

4-6

6-8

8-10

10-12


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

142

`


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR / REFERENCES

1.

Технология переработки жиров. Арутюнян Н.С., Аришева, Л.И.Янова, И.И.Захарова,

И.Л.Явлютуд. 14:, Агропромиздат, 1985.

2.

Мгебришвили Т.В., Коваленко Г.С., Артюшков В.Н. и др. Рафинаsия растительных

масел с применением термокоагуляsии. //масложировая промышленность. 1980. №9. с. 13-18.

3.

А.с. 859431, мки с11в 1/10. Способ рафинаsии сырых и регенераsии отработанных

растительных масел. /Таран А.А., Месиsский В.В., Бурsев В.А. –опбл. б.и. –1981. №32.

4.

А.С. 1039958, МКИ с11в 1/10. Способ рафинаsии масел. /Койфман Т.Ш., Бродянский

Л.И., ступин в.н. –Опубл. Б.И. –1983. №33.

5.

А.С. №806750, МКИ С11 1/10. Способ рафинаsии хлопкового масла /Арутюнян Н.С.,

Меламуд Н.Л., Тарабаричева Л.А., Корнена Е.П., Sыпленкова М.А. –Опубл. Б.И. –1981. -№7.

6.

Сирадзе М.Г., Белова А.Б., Гольдберг О.Г. Рафинаsия хлопкового масла. //Пищевая

промышленность. –1990. №3. – с. 49-51.

7.

Дементий В.А., Гладкая В.Ф., Садовничий Г.В., Сидорова Н.В. Малоотходная

рафинаsия растительных масел. // Пищевая промышленность. 1991. №2. с. 37-38.

8.

Пат. №4754613, АQШ. МКИ С11В 1/10. Способ физической дезодораsии и

рафинирования масел и жиров. –Опубл. Б.И., 1988. №7.

9.

Bhattacharyya D.K., Chakraborty A.R., Sengupta R. Enzimatic deacidification of vegetable

oils. //Pett. wiss. technol. 1995. №1. р. 27-30.

10.

Patent USA, 5532163, Process refining of fats and oils. Tokashi J.L., Jagi D.R. (JP).//Journal

amer. oil.chem.soc. -1988. –v.65. -№4.-p.512.

11.

Koseaglu S.S. Phee K.C., Lusas E.W. Membrane prosessing of crude vegetable oils:

labaratory –scale membrane degumming, refining and bleaching. //Edible fats and oils process. -1990.

–p. 182-188.

12.

Patent USA, 5166376, Process refining of vegetable oils. Shigemmi Suzuki (JP). //Journey

amer. oil. chem. soc. -1992. –v.98. - №3.-p.571.

13.

European Patent EP1013753 Al. process refining of vegetable oils. Keshaab Lal Gangulli

(GL). //Journal amer. oil. chem. soc. -2000. –v. 74. - № 9. – p. 785.

14.

Moulton K.I. Continous ultrasonic degumming of crude soybean oil. //Journal amer. oil.

chem. soc. -1988. –v. 65. -№4. – p. 512.

15.

ГОСТ Р ИСО 5555-91 Животные и растительные жиры и масла Отбор проб. М.: 28 с.

16.

ГОСТ Р 50456-92 Жиры и масла животные и растительные. Определение содержания

влаги и летучих веществ. М.: 6 с.

Библиографические ссылки

Технология переработки жиров. Арутюнян Н.С., Аришева, Л.И.Янова, И.И.Захарова, И.Л.Явлютуд. 14:, Агропромиздат, 1985.

Мгебришвили Т.В., Коваленко Г.С., Артюшков В.Н. и др. Рафинаsия растительных масел с применением термокоагуляsии. / масложировая промышленность. 1980. №9. с. 13-18.

А.с. 859431, мки с11в 1/10. Способ рафинаsии сырых и регенераsии отработанных растительных масел. /Таран А.А., Месиsский В.В., Бурsев В.А. –опбл. б.и. –1981. №32.

А.С. 1039958, МКИ с11в 1/10. Способ рафинаsии масел. /Койфман Т.Ш., Бродянский Л.И., ступин в.н. –Опубл. Б.И. –1983. №33.

А.С. №806750, МКИ С11 1/10. Способ рафинаsии хлопкового масла /Арутюнян Н.С., Меламуд Н.Л., Тарабаричева Л.А., Корнена Е.П., Sыпленкова М.А. –Опубл. Б.И. –1981. -№7.

Сирадзе М.Г., Белова А.Б., Гольдберг О.Г. Рафинаsия хлопкового масла. //Пищевая промышленность. –1990. №3. – с. 49-51.

Дементий В.А., Гладкая В.Ф., Садовничий Г.В., Сидорова Н.В. Малоотходная рафинаsия растительных масел. // Пищевая промышленность. 1991. №2. с. 37-38.

Пат. №4754613, АQШ. МКИ С11В 1/10. Способ физической дезодораsии и рафинирования масел и жиров. –Опубл. Б.И., 1988. №7.

Bhattacharyya D.K., Chakraborty A.R., Sengupta R. Enzimatic deacidification of vegetable oils. //Pett. wiss. technol. 1995. №1. р. 27 30.

Patent USA, 5532163, Process refining of fats and oils. Tokashi J.L., Jagi D.R. (JP).//Journal amer. oil.chem.soc. -1988. –v.65. -№4. p.512.

Koseaglu S.S. Phee K.C., Lusas E.W. Membrane prosessing of crude vegetable oils: labaratory –scale membrane degumming, refining and bleaching. //Edible fats and oils process. -1990. –p. 182-188.

Patent USA, 5166376, Process refining of vegetable oils. Shigemmi Suzuki (JP). //Journey amer. oil. chem. soc. -1992. –v.98. - №3. p.571.

European Patent EP1013753 Al. process refining of vegetable oils. Keshaab Lal Gangulli (GL). //Journal amer. oil. chem. soc. -2000. v. 74. - № 9. – p. 785.

Moulton K.I. Continous ultrasonic degumming of crude soybean oil. //Journal amer. oil. chem. soc. -1988. –v. 65. -№4. – p. 512.

ГОСТ Р ИСО 5555-91 Животные и растительные жиры и масла Отбор проб. М.: 28 с.

ГОСТ Р 50456-92 Жиры и масла животные и растительные. Определение содержания влаги и летучих веществ. М.: 6 с.